Таълим янгиликлари Ta'limdagi yangiliklar aniq, tezkor va xolis xabarlarni kuzatib boring. Respublika, viloyat, tuman va shahar darajadagi tadbirlar joylashtirish mumkin.
#Kasbiy_taʼlim
✅ Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent shahridagi texnikumlarda bo‘lib, o‘quv jarayonlari va moddiy-texnika ta’minoti holatini o‘rgandi.
Uchrashuv davomida Sergeli tuman politexnikumida oshpazlik, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish va tikuvchilik amaliyoti xonalari, Toshkent turizm va madaniy meros texnikumida esa TIKA hamkorligida tashkil etilgan mehmonxona xizmati xonasi va oshpazlik ustaxonalari bilan tanishildi.
Shuningdek, kadrlar tayyorlash jarayoniga xalqaro hamkorlar va ish beruvchilarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzating
✅✅✅✅
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev Surxondaryo viloyati, Angor tumanidagi 18-maktab, 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda Jarqo‘rg‘on tumanidagi 33-, 66- va 68-maktablar faoliyatini o‘rgandi.
➖ Unda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik, o‘quv xonalarining issiqlik ta’minoti, elektr va boshqa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining tayyorgarlik holatiga e’tibor qaratildi.
👉 Shuningdek, Termiz shahri va Termiz tumanidagi ta'lim muassasalarida "Kelajak soati" darslarini yuqori saviyada tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅✅✅✅
Vazirning birinchi o‘rinbosari Farg‘onada
✅Maktabgacha va maktab ta`limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov Farg‘ona viloyatidagi maktablar va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
❕Joylarda ta’lim muassasalari rahbarlari, soha mas’ullari, pedagoglar va o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ldi.
🖇️Vazir o‘rinbosari o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅✅✅✅
#Live
🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Najot” loyihasi doirasida “Yo‘l” filmi taqdimoti boshlandi.
Unda “Shuhrat” medali sohibasi — Buxoroning Romitan tumani 38-maktab o‘qituvchisi Billur Ikromovaning hayot yo‘li haqida so‘z yuritiladi.
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида пахта ҳосили йиғими, куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати, инвестиция ва экспорт кўрсаткичлари ижроси ҳамда “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасидаги ишлар таҳлили юзасидан кенгайтирилган йиғилиш бўлиб ўтди.
—
При Президенте Шавкате Мирзиёеве состоялось расширенное совещание, посвященное уборке хлопка, состоянию подготовки к осенне-зимнему сезону, исполнению показателей по инвестициям и экспорту, а также ходу реализации общенационального проекта «Яшил макон».
#Mirziyoyev #yigilish #iqtisodiyot #ijtimoiysoha
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёевнинг АҚШга ташрифи: БМТнинг юксак минбаридан янграган глобал ташаббуслар, иқтисодиётимиз ривожи ва халқимиз фаровонлигига хизмат қиладиган тарихий учрашув ва келишувлар.
—
Визит Президента Шавката Мирзиёева в США: глобальные инициативы, прозвучавшие с высокой трибуны ООН, исторические встречи и договоренности во имя развития национальной экономики и благополучия нашего народа.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
📱🌍🌍BIZ HAQIMIZDA
➖Olmaliq shahrida tizimda faoliyat yuritayotgan pedogog-psixologlar uchun viloyat seminari tashkil etildi.
📹Batafsil videolavhada
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤Telegram | 🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
🎚🌍🌍BIZ HAQIMIZDA
➖Buguni kunda ta’lim sohasiga berilayotgan e’tibor kun sayin ortib bormoqda. Ayniqsa, inklyuziv ta’lmga ehtiyoji bo‘lgan bolalar bilan ishlash borasida ham sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.
🟠Ma’lumki, Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari respublikada birinchilardan bo‘lib inklyuziv ta’limni joriy qilgan. Kuni kecha shahardagi 33-sonli umumta’lim maktabida ayni ta’lim tizimi doirasida seminar tashkil etildi.
📹Batafsil maxsus videolavhada
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤Telegram | 🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
⚡️"Умумтаълим мактаблари педагог ходимларига дарс соатини бириктириш бўйича:
Дарс соатлари синфлар кесимида бириктириб чиқилади.
@talimda
✅✅✅✅
#Jasorat_maktabi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida yurtimiz bo‘ylab “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali “Vaʼda berish” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
✅✅✅✅
#Jasorat_maktabi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida yurtimiz bo‘ylab “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali “Vaʼda berish” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Nuriddin Kadirov, Milliy Gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, mas'ullar, o‘quvchilar hamda ota-onalar qatnashdi.
🔹 Tadbirda bugungi kunda ta'limda amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash haqida so‘z bordi.
📊
Maʼlumot o‘rnida:
hozirda Respublikamizdagi 208 ta “Jasorat maktablari” uchun 5 408 nafar oʻquvchi saralab olingan.
Bizni kuzating
#Ustozga_ehtirom
✅ Sarvinoz Rajabova — Buxoro viloyati, Jondor tumani 1-umumta'lim maktabi kimyo fani o'qituvchisi, "Shuhrat" medali sohibasi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
📰📰📰📰📰📰📰
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Xitoyning Shenyan pedagogika universiteti rahbari Jiang Fengchun bilan uchrashdi.
Mazkur muloqot universitet delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida tashkil etildi.
➖ Ma'lumot o‘rnida: Shenyan pedagogika universiteti — yirik va strategik ahamiyatga ega oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, Xitoyning ta’lim sohasidagi davlat dasturlari doirasida qator yirik loyihalarni amalga oshiradi.
✈️ Eslatib o‘tamiz: 2025-yilning o‘zida 100 dan ortiq mutaxassis va talabalar Shenyan pedagogika universiteti bilan hamkorlikda malakasini oshirish uchun Xitoyga yuborildi.
Bizni kuzating
БМТ Бош Ассамблеяси доирасида Ўзбекистон Республикасининг Биринчи хоними Зироат Мирзиёева раислигида Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти ва "St. Jude" болалар тадқиқот шифохонаси билан биргаликда "Саратон ва бошқа ҳаёт учун хавфли касалликларга чалинган болаларнинг яшовчанлигини ошириш ва азоб-уқубатларини камайтириш бўйича глобал ҳаракат" мавзусида форум бошланди.
Ўзбекистон тарихида илк бор бундай юксак даражада, жаҳон соғлиқни сақлаш соҳаси учун ўта долзарб масалага бағишлаб ташкил этилган тадбир кўплаб мамлакатлар, халқаро ташкилотлар ва экспертлар эътиборини тортмоқда. Унда давлатимиз раҳбарининг рафиқаси жаҳон ҳамжамиятини саратонга чалинган болаларнинг яшовчанлигини яхшилаш борасида чора кўришга чақиради.
Эътиборлиси, тадбирда дунёнинг қарийб барча минтақаларидаги мамлакатлардан келган биринчи хонимлар – Туркия, Озарбайжон, Ангола, Вьетнам, Гватемала, Сербия Президентлари рафиқалари ва бошқалар иштирок этмоқда.
—
В рамках Генеральной Ассамблеи ООН под председательством Первой леди Республики Узбекистан Зироат Мирзиёевой совместно со Всемирной организацией здравоохранения и детской исследовательской больницей "St. Jude" проходит форум на тему "Глобальное движение за повышение выживаемости и уменьшение страданий детей с онкологическими и другими жизнеугрожающими заболеваниями".
Мероприятие, посвященное чрезвычайно актуальной для мировой системы здравоохранения проблеме, впервые в истории Узбекистана организовано на столь высоком уровне и привлекло внимание многих стран, международных организаций и экспертов. На нем супруга главы нашего государства, как ожидается, призовет мировое сообщество предпринять шаги для улучшения выживаемости детей с онкологическими заболеваниями.
Примечательно, что в форуме участвуют также первые леди из практически всех континентов мира – супруги Президентов Турции, Азербайджана, Анголы, Вьетнама, Гватемалы, Сербии и другие.
Facebook|Instagram|X
#Maktabgacha_taʼlim
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish bo‘yicha o‘quv seminarlar
✅Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan barcha tuman MTTlarida bolalarni sog‘lom va ratsional ovqatlantirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘quv seminarlar tashkil etildi.
🔵Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazildi.
Bizni kuzating
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining nufuzli tadbirlar doirasida “Mehrli maktab” bitiruvchisi va volontyori Samira Idrisova nutq so‘zladi.
В рамках мероприятий Генеральной Ассамблеи Организации Объединённых Наций выступила выпускница и волонтёр “Mehrli maktab” Самира Идрисова.
#WHO #StJude #Zamin #MehrliMaktab #OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте
#Ustozga_ehtirom
✅Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha fidoyi pedagoglarni chin dildan tabriklaymiz!
◀️Sizlarning mehnatingiz, mehringiz va sabr-toqatingiz tufayli bolajonlarimiz ezgulik, bilim va tarbiya olamiga dadil qadam qo‘ymoqda.
📍Toshkent shahar Yunusobod tumani 43-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari va tarbiyalanuvchilari.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Toshkent viloyatida bolalar zaxarlanishi bo‘yicha SSV Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov axborot berdi.
Asosiy ma’lumotlar:
👧🧒 Jami 1 ming 922 nafar bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Shundan:
▪️ 959 nafari sog‘lom deb topilib, uylariga javob berildi;
▪️ 269 nafar bola qisqa davolanishdan so‘ng uylariga qaytdi;
▪️ Hozirda 694 nafar bola shifoxonalarda davolanmoqda. Ulardan 13 nafarining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda.
Bugun yana 421 nafar bola sog‘ayib, uyiga chiqarilishi kutilmoqda.
🔹 Toshkent shahridagi 17 ta ixtisoslashgan muassasadan 100 dan ortiq olim va mutaxassislar jalb qilingan. Davolash jarayonlari zamonaviy standartlarga muvofiq olib borilmoqda.
🔹 Bemor bolalarga o‘tkir gastroenterit tashxisi qo‘yilgan. Mutaxassislarning aytishicha, bu kasallik og‘ir toifaga kirmaydi va asoratsiz o‘tib ketadi.
🔹 Shtab har 3 soatda vaziyatni muhokama qilmoqda, joylarda epidemiologik surishtiruvlar davom etmoqda.
@talimda
Дунёдаги энг нуфузли ва энг кўп иқтибос келтириладиган "The Lancet" тиббиёт журналида мақола чоп этилиши Ўзбекистон илмий ва гуманитар ташаббусларнинг глобал харитасида муносиб ўрин эгаллаётганининг ёрқин далилидир.
"The Lancet" - етакчи экспертлар, ҳукуматлар ва халқаро ташкилотлар эътиборидаги нашр. Унинг саҳифаларида мақола чоп этилиши мавзунинг нафақат юқори илмий қиймати, балки жаҳон кун тартиби учун долзарблигини англатади.
Мақолада айнан Ўзбекистон болалар ўртасидаги онкологик касалликларга қарши курашиш, замонавий тиббиётни ривожлантириш ва халқаро ҳамкорликни мустаҳкамлаш борасида тизимли ишлаётган давлат сифатида бошқа мамлакатларга ўрнак қилиб кўрсатилгани алоҳида аҳамиятга эга.
Хусусан, Президент Шавкат Мирзиёев фармонига биноан Болалар саратонига қарши курашиш миллий стратегияси қабул қилингани, Тошкент шаҳрида Болалар саратони бўйича халқаро академик хаб ташкил этилаётгани қайд этилган.
Шу тарзда, "The Lancet" журналида чоп этилган мақола Ўзбекистоннинг жадал ривожланаётган, очиқ ва масъулиятли давлат сифатида обрўси ошиб бораётганини ва глобал муаммоларни ҳал этишга салмоқли ҳисса қўшишга қодир эканлигини тасдиқлайди.
—
Публикация статьи в авторитетнейшем и самом цитируемом медицинском журнале мира The Lancet является ярким индикатором того, что Узбекистан уверенно занимает достойное место на глобальной карте научных и гуманитарных инициатив.
The Lancet – это издание, к которому прислушиваются ведущие эксперты, правительства и международные организации. Попадание материалов в его страницы означает признание не только высокой научной ценности, но и актуальности поднимаемых тем для мировой повестки.
Особо важно, что в статье именно Узбекистан ставится в пример другим странам – как государство, которое предпринимает системные шаги в сфере борьбы с онкологическими заболеваниями у детей, развития современной медицины и укрепления международного сотрудничества.
В частности, отмечаются такие действия нашей страны, как принятие указом Президента Шавката Мирзиёева Национальной стратегии по борьбе с детским раком, создание в Ташкенте Международного академического хаба по детскому раку.
Таким образом, публикация в The Lancet служит свидетельством возрастающего авторитета Узбекистана как динамично развивающегося, открытого и ответственного государства, способного вносить весомый вклад в решение глобальных задач.
Facebook|Instagram|X
✅✅✅✅
◀️Bugun “Oʻzbekiston ISHONCH 2030” jamgʻarmasi muvofiqlashtiruvchi kengashining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
➡️Yigʻilishda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Azizbek Turdiyev boshchiligidagi vazirlik masʼullari, loyihani amalga oshirish boʻyicha xalqaro hamkor tashkilotlar, jumladan, YUNISEF, YUNESKO hamda fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
➖Tadbirda “Oʻzbekiston ISHONCH 2030” loyihasini amalga oshirishda bugungi kunga qadar erishilgan natijalar, amalga oshirilgan tahlillar va kelgusida hal qilinishi kutilayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi, fuqarolik jamiyati vakillarining taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
#Oʻqituvchilar_olimpiadasi
#Gʻoliblar
OʻQITUVCHILAR OLIMPIADASI RESPUBLIKA BOSQICHINING GʻOLIBLARI ANIQLANDI
🤩24-25-sentabr kunlari biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Oʻqituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Gʻoliblar bilan quyida tanishishingiz mumkin!
Biologiya fanidan:
🥇1-oʻrin: Mirjalol Axmedov - Buxoro shahar, 35-sonli maktab.
🥈2-oʻrin: Ilhombek Turgʻinboyev - Fargʻona shahar, IMA 1-son IM.
🥉3-oʻrin: Ikromova Mohinabonu - Buxoro shahar, 35-sonli maktab.
Matematika fanidan:
🥇1-oʻrin: Abdushukur Axadov - Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, IMA IM.
🥈2-oʻrin: Elbek Toshpulatov - Toshkent viloyati, Angren shahar, IMA IM.
🥉3-oʻrin: Abbos Muhammedov - Buxoro shahar, IMA PM.
Informatika va axborot texnologiya fanidan:
🥇1-oʻrin: Saidjalol Hasanov - Namangan shahar, IMA PM.
🥈2-oʻrin: Davron Avlakulov - Toshkent shahar, Yashnobod tumani, ITMA al-Xorazmiy maktabi.
🥉3-oʻrin: Mansurjon Kamolov - Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, 9-sonli maktab.
Bizni kuzating
📱🌍🌍BIZ HAQIMIZDA
➖Chinoz tumani umumta’lim maktablarida "Tinchligimiz - taraqqiyot va farovonlik uchun" shiori ostida uchrashuvlar tashkil etildi.
📹Batafsil videolavhada
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤Telegram | 🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
#JASORAT_MAKTABI
📍Angren shahar
➖Avval xabar berganimizdek, kuni kecha vilotimizdagi tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tasarrufidagi bittadan umumta’lim maktablarida tashkil etilgan "Jasorat sinfi" o‘quvchilarining tantanali va’da berish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🟠Ayni tadbirlar Anren shahrida ham tashkil etildi. Shahardagi 6-sonli umumta’lim maktabidagi "Jasorat sinfi" o‘quvchilari “Vatanparvarlar bog‘i”da tantanali qasamyod qildi.
🟠Ko‘tarinki kayfiyat, yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu tadbirda Angren shahar hokimligi, Mudofaa bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, 42219-Harbiy gornizoni, keng jamoatchilik vakillari hamda ota-onalar ishtirok etdi.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤Telegram | 🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Vazir boshchiligidagi mas’ullar Toshkent viloyatidagi holatni joyiga chiqib oʻrgandi
Piskent va Boʻka tumanlaridagi maktabgacha taʻlim tashkilotlarida qayd etilgan holat boʻyicha vazirlik tomonidan dastlabki munosabat berilgan edi.
Bugun Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri Eʻzoza Karimova, vazir oʻrinbosari Azizbek Turdiyev mazkur holatlarni shaxsan oʻrganish maqsadida Quyi Chirchiq, Oqqoʻrgʻon, Piskent va Boʻka tumanlaridagi maktabgacha taʻlim tashkilotlarida boʻldi.
Holat nafaqat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, tegishli tashkilotlar nazoratiga ham olingan.
Xususan, hududiy huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy hokimlik masʼullari bilan hamkorlikda bogʻchalarning ayni vaqtdagi holati, oshxonalardagi mavjud sharoitlar koʻzdan kechirildi. Bogʻcha rahbarlari, tarbiyachilar bilan yaqindan muloqot qilindi.
Ayni paytda Quyi Chirchiq tumanida 12 nafar, Oqqo‘rg‘on tumanida 97 nafar bola shifokorlar nazoratida boʻlib, bolajonlar salomatligi barqaror. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ehtiyot chorasi sifatida Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi MTT tarbiyalanuvchilari navbati bilan shifokorlar nazoratidan oʻtkazilmoqda. Hozirgacha bolalar sogʻligʻiga jiddiy xavf soladigan holatlar aniqlanmadi.
Yuzaga kelgan holat huquq-tartibot organlari tomonidan nazoratga olingan va tergov jarayonlari boshlangan.
Shu oʻrinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan holat boʻyicha asoslanmagan ma’lumotlar tarqatmaslikni soʻraymiz.
Bizni kuzating
#Maktabgacha_taʼlim
✅“O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida bo’lib o’tgan 5 kunlik o‘quv seminar jarayonlaridan videolavha.
Bizni kuzating
✅✅✅✅
#Ўқитувчилар_олимпиадаси
🔴 Oʻqituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichi ikkinchi tur jarayonlariga start berildi.
Bugungi sinov jarayonlarida ishtirokchilar:
Bizni kuzating
26 сентябрь — Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизмати органлари ходимлари куни!
@talimda
Piskent va Bo‘ka tumanlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qayd etilgan holat bo‘yicha DASTLABKI MUNOSABAT
Joriy yilning 24-sentabr kuni Toshkent viloyatining Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi bir necha maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari salomatligida o‘zgarish bo‘lganligi sababli tibbiyot birlashmalarining yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilingan.
Dastlabki tibbiy ko‘riklar xulosasi asosida bemor bolalarga “Oshqozon ichak faoliyatining o‘tkir funksional buzilishi, ovqat toksikinfeksiyasi” tashxisi qo‘yilib, zaruriy muolajalar amalga oshirilgan hamda shu kunning o‘zida aksariyat bolalarning sog‘lig‘i yaxshilangani tufayli uylariga javob berib yuborilgan. Og‘ir ahvoldagi bemorlar aniqlanmagan.
Mazkur vaziyat darhol Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinib, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda o‘rganish ishlari boshlangan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, bolalar sog‘lig‘idagi o‘zgarishlarga sifatsiz sut mahsulotlari sabab bo‘lgan. Maktabagacha ta’lim tashkilotlariga shu kuni olib kelingan 3,2% li kefir mahsuloti Oqqo‘rg‘on tumanidagi sexlarning birida ishlab chiqarilgani aniqlangan.
Tibbiy yordamga murojaat qilgan bemorlardan olingan tahlillar hamda iste’mol qilingan oziq-ovqatlar namunalari tegishli laboratoriyalarda tekshiruvdan o‘tkazilyapti. Qayd etilgan holat yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari davom etyapti.
O‘rganishlar yakunlariga ko‘ra, holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.
Bizni kuzating
Qahramonlar oramizda!
Ba’zan qahramonlarni uzoqdan yoki olis o‘tmishdan izlaymiz. O‘z sohasida fidoyilik bilan ishlayotgan halol, maqsadlari buyuk insonlar atrofimizda ham ko‘pligini, ular bugunning haqiqiy qahramonlari ekanini unutib qo‘yamiz.
Yaqinda Yurtboshimizning o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotida buxorolik ingliz tili oʻqituvchisi Billura Ikromova faoliyati alohida e’tirof etilib, unga Prezident sovg‘asi – BYD Chazor avtomobili topshirilgan edi.
Billuraning bu yutuqlari ortida hayratlanarli hikoyasi, qiziq hayot yoʻli bor. Tafsilotlarni oldindan aytib qoʻymoqchi emasman. Qolganini yaqinda o‘zingiz tomosha qilasiz.
Filmni yurtimizdagi barcha fidoyi pedagoglar, ilm olish uchun xorijga yo‘l olgan yoshlarimiz, katta orzularga ega ayol-qizlar, ularning yaqinlari ko‘rishini istar edim.
Bu “Najot” loyihasi doirasida tayyorlagan ilk hujjatli-badiiy film. Maqsadimiz: ta’lim, ilm-fan sohasidagi fidoyilarni koʻrsatish, yangi qahramonlarni kashf etish.
Loyiha davom etishi, ayniqsa chekka hududlardagi nomlarni tanitishini istaysizmi? Atrofingizdagi qaysi ustoz, o‘quvchi, olim, umuman ta’lim va ilm-fanga daxldor, uning rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan insonlar loyihada chiqishga munosib, deb o‘ylaysiz? Fikrlaringizni film ostidagi izohlarda qoldiring. Biz uchun har bir taklif, fikr qadrli.
Filmning oflayn va onlayn taqdimoti 27-sentabr kuni boʻlib oʻtadi. Vaqt juda oz qoldi.
Filmni 2 kundan soʻng tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/w2f4UQSGsXw
@hilola_umarova