Таълим янгиликлари Ta'limdagi yangiliklar aniq, tezkor va xolis xabarlarni kuzatib boring. Respublika, viloyat, tuman va shahar darajadagi tadbirlar joylashtirish mumkin.
#Shu_kunlarda
✅ Shu kunlarda Farg'ona viloyati, Dang‘ara tumanida qurilish ishlari o'z yakuniga yetib, ta'lim muassasalarining yangi binolari foydalanishga topshirildi.
➖ Xususan, tumanning Oltiqo‘sh MFYda joylashgan 39-maktab filiali binosi o‘rnida homiylik mablag‘lari hisobiga 2 qavatli, 240 o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurildi.
Tantanali marosimda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, soha mutasaddilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🔰 Shuningdek, Dang‘ara tumani, Kunchiboy-qo‘rg‘oncha qishlog‘ida ham yangi maktabgacha taʼlim maskani ham o'z faoliyatini boshladi.
📊 Maʼlumot uchun, qisqa muddatda qurib bitkazilgan ushbu MTT 90 o‘rinli bo‘lib, barcha sharoitlarga ega.
Bizni kuzating
Президент Шавкат Мирзиёевнинг ёшлар билан учрашувдаги нутқидан иқтибослар
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёевнинг ёшлар билан учрашувдаги нутқида илгари сурилган ташаббуслар
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев 30 июнь – Ёшлар куни муносабати билан ўтказилган учрашувда нутқ сўзлади ва ёшлар билан мулоқот қилди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев выступил на встрече по случаю 30 июня - Дня молодежи и провел диалог с молодежью.
#Mirziyoyev #uchtashuv #yoshlar #muloqot
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Минск шаҳрида Олий Евроосиё иқтисодий кенгашининг навбатдаги йиғилишида EОИИ ҳузуридаги кузатувчи давлат раҳбари мақомида иштирок этди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в городе Минске принял участие в очередном заседании Высшего Евразийского экономического совета в статусе главы государства-наблюдателя при ЕАЭС.
#Mirziyoyev #sammit #YOII #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муносабати билан соҳа ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муносабати билан соҳа ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Jasorat_maktabi
#ochilish_marosimi
✅ Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi 5-umumta’lim maktabi negizida “Jasorat maktabi” tashkil etildi. Ochilish marosimida soha mas’ul xodimlari, ota-onalar, o‘quvchi-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
➖ Yosh avlodni chaqiruvga qadar tayyorlash, ularning harbiy xizmatga bo‘lgan mas’uliyat hissini mustahkamlash, vatanparvarlik g‘oyalarini singdirish maqsadida tashkil etilgan maktabda zamonaviy o‘quv xonalari, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik faniga mo‘ljallangan xonalar hamda “Jasorat burchaklari” mavjud.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Севара Шакирова Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги тизимидаги Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги директори лавозимига тайинланди.
Бунга қадар у Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги директори ўринбосари вазифасида ишлаб келаётган эди.
Telegram | YouTube
‼️‼️‼️
#Диққат_эълон
📣 Umumta’lim maktablari direktorlari va pedagoglari diqqatiga!
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan umumta'lim maktablarining koreys tili o‘qituvchilarini kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul davom etmoqda.
Ushbu kurslar:
Ushbu kursda bakalavr darajasidan kam bo‘lmagan oliy ma’lumotga ega:
Bizni kuzating:
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Мўғулистон Президенти Ухнаагийн Хурэлсух рафиқалари билан бирга "Их Тэнгэр" давлат мажмуаси боғида дарахт экдилар ҳамда “Наадам” анъанавий мўғул беллашувларини томоша қилдилар.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Монголии Ухнаагийн Хурэлсух вместе с супругами посадили дерево в парке государственного комплекса «Их Тэнгэр», а также посмотрели традиционные монгольские игры «Наадам».
#Mirziyoyev #tashrif #Muguliston #daraxt
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Yangiyo‘l tumanidagi 15-maktabda dolzarb 90 kun tadbirlari mobaynida amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishtiramiz
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15 maydagi 41-son bayoni hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 23 maydagi chora-tadbirlari doirasida 15-maktabda yozgi mavsum mazmunli tashkil etilmoqda.
9–11-sinf o‘quvchilari xususiy korxonalarda vaqtinchalik ishga jalb qilindi. Ular hunar o‘rganish barobarida 1,5–3 mln so‘mgacha daromad topmoqda. Shuningdek, oromgohda madaniyat, sport, san’at va axborot texnologiyalari yo‘nalishida to‘garaklar ham tashkil etilgan.
Bu ishlar yoshlarning ta’tilini mazmunli o‘tkazish va ularni ijtimoiy faollikka jalb etishga xizmat qilmoqda.
Kanalga a’zo boʻlish 👈
✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Президент Администрацияси тузилмасига ўзгартиришлар киритилди. Президент Администрацияси раҳбари лавозими ташкил қилинди.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Саида Шавкатовна Мирзиёева Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбари лавозимига тайинланди.
—
Указом Президента Республики Узбекистан внесены изменения в структуру Администрации Президента. Введена должность руководителя Администрации Президента.
Указом Президента Республики Узбекистан Мирзиёева Саида Шавкатовна назначена на должность руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан.
Facebook|Instagram|X
#fursat_info
📍BEKOBOD TUMANI
✅“DOLZARB 90 KUN” TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Президент ташрифи: Ҳудудларда кучли иқтисодиёт ва замонавий инфратузилма барпо этиш, туман ва қишлоқларни бугунги талаблар асосида обод қилишга қаратилган ислоҳотлар Қашқадарё ҳаётига ҳам шиддат билан кириб бормоқда.
—
Поездка Президента: Реформы, направленные на создание сильной экономики и современной инфраструктуры в регионах, благоустройство районов и сел в соответствии с требованиями времени, уверенно входят в повседневную жизнь Кашкадарьи.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Онлайн-приём в 1-й класс на 2025–2026 учебный год начнётся 20 июня в 09:00.
Электронные заявки можно подать через электронную платформу Министерства — my.maktab.uz или через Единый портал интерактивных государственных услуг — my.gov.uz.
Если у вас есть вопросы по поводу процесса электронной приёма, вы можете получить ответы по номерам call-центра: 71-203-07-04, 71-203-04-03 или через официальный Telegram-канал — @mymaktab_uz.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Президент Шавкат Мирзиёев: Фарзандлари билимли, соғлом, мард ва жасур, доимо олдинга интилиб яшайдиган халқ ва давлатнинг келажаги албатта ёруғ бўлади.
—
Президент Шавкат Мирзиёев: Народ и государство, имеющее образованных, здоровых, смелых и отважных детей, устремленных только вперед, ждет счастливое завтра.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёевнинг ёшлар билан учрашувдаги нутқидан иқтибослар
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев мамлакатимиз ривожига муносиб ҳисса қўшаётган бир гуруҳ фаол ёшларга давлат мукофотларини топширди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев вручил государственные награды группе активной молодежи, вносящей достойный вклад в развитие нашей страны.
#Mirziyoyev #marosim #yoshlar #taqdirlash
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Саида Мирзиёева оммавий ахборот воситалари ходимларини табриклади
Президент администрацияси раҳбари мамлакатдаги кўплаб ижобий ўзгаришлар айнан журналистлар меҳнати туфайли амалга ошаётганини таъкидлади.
👉 https://kun.uz/kr/73268421
Kun.uz расмий канали
🏆 O‘zbekistonning barcha hududlaridagi 20 ta maktabning 50 nafar o‘smirini birlashtirgan “Young Climate Champions” dasturining birinchi bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🚀 Dastur 2023-yilda imzolangan Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim o‘zgarishi bo‘yicha kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha milliy va mintaqaviy strategiyalarni amalga oshirishning amaliy bosqichi sifatida 2024-yilning avgust oyida ishga tushirilgan edi.
📚 Dastur boshlanganidan buyon ekochempionlarning birinchi avlodi tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar o‘rtasida ekologik bilimlarni oshirgan holda butun mamlakat bo‘ylab 17428 nafar yoshni safarbar qildi, o‘z hududlarida 260 ta ekologik tadbirni tashkil etdi, 3200 ta daraxt ekdi, 13 tonna chiqindi yig‘di, milliy va xalqaro miqyosda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha siyosiy tashabbuslarda, jumladan, BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Bokuda bo‘lib o‘tgan COP-29 konferensiyasida ishtirok etdi.
📆 Bolalar, tez orada yosh ekochempionlarning ikkinchi guruhiga arizalar qabul qilinishini e’lon qilamiz! Yangiliklarimizni kuzatib boring!
~~~
🏆 Состоялась церемония награждения первого выпуска программы Young Climate Champions, которая объединила 50 подростков из 20 школ со всех регионов Узбекистана.
🚀 Программа была запущена в августе 2024 года как действенный шаг реализации Национальной и региональных стратегий продвижения культуры устойчивого развития и вовлечению детей и молодёжи в повестку дня по изменению климата, подписанных в 2023 году.
📚 С момента запуска программы первое поколение экочемпионов мобилизовало 17428 молодых людей по всей стране, повысив экологические знания среди сверстников и ребят младшего возраста, организовало 260 экологических мероприятий в своих регионах, высадило 3200 деревьев, собрало 13 тонн отходов, приняло участие в политических инициативах по вопросам изменения климата на национальном и международном уровнях, включая Конференцию ООН по изменению климата COP-29 в Баку.
📆 Ребята, совсем скоро мы объявим приём заявок во вторую группу молодых экочемпионов! Следите за нашими новостями!
😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Беларусь Республикаси Президенти Александр Лукашенконинг таклифига биноан амалий ташриф билан Минск шаҳрига жўнаб кетди.
—
По приглашению Президента Республики Беларусь Александра Лукашенко Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вылетел с рабочим визитом в город Минск.
#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #YOII
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Tayinlov
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
✅ Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Shakirov Xasan Rustamovich — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar “Yangi O‘zbekiston” universiteti moliyaviy va ma’muriy ishlar bo‘yicha prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Xasan Shakirov 2001-2016-yillarda Moliya vazirligida mas'ul lavozimlarda, 2016-2020-yillarda Tashqi ishlar vazirligida Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i, 2020-2022-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Moliyalashtirish va rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2022-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Vazirlik jamoasi Xasan Shakirovga kelgusi faoliyatida omad tilaydi.
Bizni kuzating
Ayni kunlarda “Raqamli avlod qizlari-2025” g‘oliblari AQShda ta’lim sayohatida boʻlib turibdi.
Yodimda, ushbu tanlovni ilk bor tashkil etganimizda gʻoliblarni qanday ragʻbatlantirish haqida ancha oʻylaganmiz. Oʻqimishli, xorijiy tillarni yaxshi oʻzlashtirgan, innovator qizlarni qanchadir miqdordagi pul, biror buyum bilan ilhomlantirish qiyin. Ularga eng zarur narsa – imkoniyat!
Biz gʻolib qizlarimizga dunyoning eng nufuzli universitetlariga borish, tanishish, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatini yaratdik.
Mana bu videoda qizlarning Massachusetts Institute of Technology (MIT) universitetiga sayohatini koʻrishingiz mumkin. Ishonaman, ular orasidan ham ana shunday yetakchi ta’lim dargohlarini zabt etadigan oʻzbek qizlari, albatta, chiqadi.
Ta’lim sayohati davom etadi. Gʻoliblarimiz boshqa OTM, ilmiy markazlar, zamonaviy laboratoriyalar, kutubxonalarda boʻladi.
Jarayonlarni mana bu kanal orqali kuzatib borishingiz mumkin: @digitalgeneration_uz
@hilola_umarova
#Chinoz_tumani
Chinoz tumanida “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida yosh avlodning barkamol rivojlanishi, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2025 yil 15 may kuni o’tkazilgan “Maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Chinoz tumanidagi 2-sonli umumiy o’rta ta’lim muassasasida fan, madaniyat, sport va kasb to’garaklari faoliyati yo’lga qo’yildi.
Ushbu to’garaklar o’quvchilarning qiziqishlari va iste’dodlarini rivojlantirishga, ularning bilim olishga bo’lgan intilishlarini qo’llab-quvvatlashga, jismoniy va ma’naviy sog’lom bo’lishlariga xizmat qiladi.
@talimda
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
#Мактабгача_таълим
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan “Maktabgacha ta’limda uzluksiz kasbiy rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.
Tadbirda vazir o‘rinbosari Sardor Radjabov ishtirok etib, seminar ishida omad tiladi.
📊 Gibrid shaklda o'tkazilgan tadbirda Respublikamizning 200 nafardan ortiq tajribali professor-pedagoglari, hududiy mahorat markazlari hamda tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari ishtirok etishdi.
Bizni kuzating:
Bugun butun dunyo bo‘ylab nafaqat ta’lim tizimini, balki jamiyat hayotini ham o‘zgartirayotgan “Teach For All” noyob harakati asoschisi Vendi Kopp bilan uchrashdim.
O‘tgan yildan boshlab “Teach For Uzbekistan” loyihasi “Teach For All” oilasiga qo‘shildi. Liderlik qobiliyatiga ega iqtidorli yoshlar esa mazkur harakatning bir qismiga aylanib bormoqda.
Kopp xonim bilan Markaziy Osiyo mintaqamizni muhokama qildik. Ta’lim va xotin-qizlar huquqlari sohasida erishilgan salmoqli yutuqlarimiz borki, ushbu ijobiy tajriba yurtimizdan tashqarida ham keng yoyilishini istaymiz.
“Teach For Uzbekistan” loyihasi — ta’lim yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning muhim qismi bo‘lib, mamlakatimizning olis hududlaridagi minglab bolalar hayotini yaxshilashga hissa qo‘shishiga ishonaman.
—
Сегодня я встретилась с Венди Копп, основательницей Teach For All — уникального движения, которое меняет не только систему образования по всему миру, но и жизнь сообществ.
С прошлого года Teach For Uzbekistan вошёл в семью Teach For All. И талантливая молодёжь с лидерскими способностями уже становится частью этого движения.
Мы обсудили с г-жой Копп наш Центрально-Азиатский регион. У нас уже есть значимые достижения в сфере образования и прав женщин, и мы хотели бы, чтобы этот положительный опыт распространялся за пределами наших границ.
Я уверена, что Teach For Uzbekistan — это ещё один отличный проект в нашей большой реформе системы образования, который внесёт свой вклад в улучшение жизни тысяч детей в отдалённых регионах страны.
“KLICK TRAINING PROGRAM” loyihasi doirasidagi amaliy seminarlar davom etmoqda
Namangan tumanidagi 2- umumta’lim maktabida "Janubiy Koreya tajribasi asosida raqamli ta’limda yangi yondashuvlar" mavzusida navbatdagi seminar tashkil etilib, unda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi AKTni joriy etish va raqamlashtirish, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari, shahar va tumanlardagi axborot texnologiyalari mutaxassislari hamda informatika fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Veb Sayt
📣 Hurmatli ota-onalar!
✅ Ushbu videoyo'riqnomada "Maktabga yuborildi" holatdagi arizalar asosida biriktirilgan mikrohududdagi maktabga borish uchun navbatga yozilish tartibi ko‘rsatib berilgan.
💭 Eslatma! Maktabga borish navbatini o’zingiz belgilaysiz hamda shu belgilangan vaqtda farzandingiz bilan uning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy maʼlumotnomani olib maktabga borishingiz zarur.
Bizni kuzating
Kecha biz Samarqanddagi 71-maktabda bo‘ldik, ushbu ziyo maskani yorqin natijalarni namoyon etmoqda: bitiruvchilar orasida medal olayotgan va xalqaro ta’lim muassasalariga o‘qishga kirayotgan yoshlar ko‘p. O‘tgan yili esa mazkur dargohning barcha bitiruvchilari oliy o‘quv yurtlari imtihonidan o‘tib, talabalikka qabul qilindi. Ushbu maktabni va Samarqanddagi boshqa maktablarni a’lo baholar bilan bitirgan o‘quvchilarga oltin medallarni topshirish menga katta mamnuniyat bag‘ishladi.
E’tiborli tomoni, Prezident topshirig‘iga binoan, Qo‘shrabot tumanidagi o‘quvchilar uchun 17 ta yangi maktab-avtobusi taqdim etildi. Ushbu ajoyib sovg‘a tumandagi 20 ta olis maktabda tahsil olayotgan 750 nafardan ziyod o‘quvchiga xavfsiz va qulay tarzda o‘z sinfxonalariga yetib borish imkonini beradi.
Biz har bir bola, qayerda yashashidan qat’iy nazar, sifatli, zamonaviy va munosib ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishini juda istaymiz hamda bunga erishish uchun barcha sa’y-harakatlarimizni yo‘naltiramiz.
—
Вчера мы побывали в самаркандской школе № 71, которая показывает вдохновляющие результаты: среди выпускников много медалистов, которые поступают в международные учебные заведения. В прошлом году все до единого выпускники этой школы поступили в вузы. Мне было очень приятно вручить золотые медали выпускникам-отличникам как этой школы, так и других школ Самарканда.
Также по поручению Президента для Кушрабатского района Самаркандской области выделено 17 новых школьных автобусов для учащихся. Этот замечательный подарок позволит более 750 ученикам 20 отдалённых школ района безопасно и с комфортом добираться до своих классов.
Нам очень хочется, чтобы каждый ребёнок, независимо от того, где он живёт, имел доступ к качественному, комфортному и современному образованию, и мы для этого делаем всё возможное.
2025-2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul bugun — 20-iyun kuni soat 09:00 dan boshlanadi.
Elektron arizalarni vazirlikning my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuborish mumkin.
Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali javob olishingiz mumkin.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin