⚡️ Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test sinovlari
📆 Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari barcha hududlarda 2023-yil 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
⏳ Bunda test sinovlari o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan o‘tkazilib, 10:00 da boshlanadi.
✅ Test sinovida talabgorlarga 45 ta topshiriq va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat vaqt beriladi.
📋 Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.
👨🏻💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 23-yanvar kunidan boshlab my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
❕ Izoh: Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga 08:30 dan boshlab shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida kiritiladi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
♾Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini maktablarga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi
Chet el fuqarolari va chet elda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini umumtaʼlim maktablariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati yo‘lga qo‘yildi.
✅ Buning uchun chet el fuqarolari va chet elda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portali (my.maktab.uz) orqali onlayn so‘rovnomani to‘ldirgan holda ariza yuboradi.
✅Ariza avtomatik tarzda hududiy boshqarmalar huzuridagi chet el fuqarolari farzandlarini umumtaʼlim maktablariga qabul qilish bo‘yicha Ishchi guruhga yuboriladi.
✅ Ishchi guruhi 7 ish kunida arizani ko‘rib chiqib, yo‘llanmani (QR-kod qo‘yilgan) rasmiylashtiradi hamda elektron portal orqali ariza beruvchiga elektron ravishda yuboradi.
✅ Natijani ariza beruvchi o‘zi murojaat qilgan my.gov.uz yoki my.maktab.uz portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
🟢Davlat xizmatini ko‘rsatish BEPUL amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar shahodatnoma dublikatini olish va xorijda taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni (nostrifikatsiya) tan olish bo‘yicha davlat xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
2023-yil davomida eksternat tartibida imtihonlarni topshirish uchun ariza berish hamda o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish davlat xizmatlari ham ishga tushiriladi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
⚡️Aviaqatnovlarga ham chegirmalar muddati uzaytirildi
Uzbekistan Airways talabalar uchun respublika bo‘ylab amalga oshiriladigan ichki aviaqatnovlarga 50% chegirma muddatini 2023-yil 23-yanvarga qadar uzaytirdi.
18-yanvarga qadar chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalarni 23-yanvargacha rejalashtirilgan aviaqatnovlarga bepul qayta bron qilishga ruxsat etiladi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Rasmiy xabar
⚡️Farg‘ona viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qo‘shimcha ta'til kunlari 2023-yilning 23-yanvar kuniga qadar uzaytirildi.
Bu borada Farg‘ona viloyat hokimligining tegishli yig‘ilish bayonida qaror qilingan.
Viloyatdagi MTTlarida o‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hududdagi barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati ushbu muddatga uzaytirilganligini ma’lum qildi.
Ammo ushbu tashkilot vakolati faqat maktablar bilan cheklanishini hisobga olsak, oliy va professional ta’lim muassasalari haqidagi savol ochiq qolyapti.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Samarqand viloyatidagi barcha umumta'lim maktablarida 18-yanvar sanasidan darslar boshlanadi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Surxondaryo viloyatdagi maktabgacha, maktab va professional ta’lim muassasalari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy o‘quv yurtlarida qishki ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi.
O‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Toshkentda o‘qish 23-yanvardan boshlanadi
Toshkent shahridagi ta’lim muassasalari - mаktablar, litsey va kollejlar hamda oliy ta’lim dargohlarida o‘qish 23-yanvardan boshlanadi.
Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ta’lim ob’yektlaridagi harorat belgilangan me’yorda bo‘lishi nazoratga olinadi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham qishki ta’til 2023-yil 23-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
⚡️ Buxoroda qishki ta’til yana uzaytirildi
Viloyatdagi mavjud umumtaʼlim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda barcha maktabgacha taʼlim muassasalarida qishki taʼtil 22-yanvarga qadar uzaytirildi.
Oʻquv mashgʻulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
Qishki ta’til viloyatda avval 16-yanvarga, keyin 18-yanvarga uzaytirilgandi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham qishki ta’til 18-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Sirdaryoda maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida ta’til muddati 18-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
⚡️Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga arizasi rad etilgan talabgorlar diqqatiga!
2023-yil 15-yanvar 23.59 ga qadar arizalarni tahrirlash imkoniyati yaratildi.
Manba: magistr.edu.uz
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
❔ O‘qishni magistraturada davom ettirish istagida bo‘lgan yoshlar telegam (@nodavlattalim_bot) botimizga "Chet tilini bilish bo‘yicha sertifikatisiz ham magistraturada o‘qish mumkin bo‘lgan hozir qabul davom etayotgan nodavlat universitetlar haqida ma’lumot bersangiz", degan mazmunda murojaatlar yuborishmoqda.
_✅ _Endi chet tilini bilish sertifikatlarisiz ham magistraturaga imtihon topshirish mumkin.
Хоразмда дарслар 16 январдан бошланади
“Юксалиш” ҳаракатининг боғча ва мактабларда ўқиш жараёнларини кейинги ҳафтадан бошлаш чақириғи Хоразм вилоятида ҳам қўллаб-қувватланди.
Хоразм вилояти ҳокимлиги томонидан ўқиш жараёнларини 16 январдан бошлаш қарорига келинган.
🟦 Каналга уланиш: @talimxabarlari
#TEZKOR
⚡️O‘qish 23-yanvardan an’anaviy tarzda boshlanadi
Joriy yilning 23-yanvaridan e’tiboran barcha oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanishini ma’lum qilamiz.
Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan o‘quv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 23-yanvarga qadar uzaytirilgan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
👨🏻💻 Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
📆 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 27-yanvarga qadar davom etadi.
🖥 Imtihonlar esa 31-yanvar kuni Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.
📌 TOEFL ITP va TOEIC imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.
👩🏫 TOEFL ITP va TOEIC sertifikatlari xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
✅ Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:
🔹 TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma;
🔹 TOEIC Listening and Reading Test — ma’lumot | qo‘llanma;
🔹 TOEIC Speaking and Writing Tests — ma’lumot | qo‘llanma.
☎️ Murojaat uchun:
- (95) 515-68-68
- (95) 507-70-72
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
kontrakt.edu.uz sayti orqali to‘lov-shartnomasini olish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Navoiy viloyati maktablarida qishki ta’til 23-yanvarga qadar uzaytirildi
Manba: Navoiy viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini tashkil qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarga oʻquv grafiklarini moslashtirgan holda amalga oshiriladi”, – deb bayonot berdi.
Hokimliklarning hozirgacha (17.01.2023 soat 17:30) bergan eʼlonlariga koʻra quyidagi hududlardagi oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida oʻqish 23-yanvar dushanba kuni boshlanadi:
✅Toshkent shahri
✅Buxoro viloyati
✅Surxondaryo viloyati
✅Qoraqalpogʻiston Respublikasi
✅Toshkent viloyati
✅Namangan viloyati
✅Qashqadaryo viloyati
✅Sirdaryo viloyati
✅Xorazm viloyati
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Qashqadaryo viloyatida bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Sirdaryodagi ta’lim muassasalarida o‘qishni boshlashning aniq muddatini belgilash qarori tuman va shahar sektor rahbarlari, ota-onalar, pedagogik tarkib bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
⚡️Maktablarlarda uchinchi chorak onlayn boshlanishi mumkin
💬 "Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni ob-havo sharoitlari barqarorlashguniga qadar vaqtincha onlayn ta’lim tizimiga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqmoqda," deyiladi vazirlik xabarida.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til 2023-yil 23-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Qashqadaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham qishki ta’til 18-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham qishki ta’til 18-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Buxoro viloyatidagi mavjud umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida qishki ta’til 18 yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Фарғонадаги мактаблар ва мактабгача таълим муассасаларида қишки таътил 16 январдан 18 январгача узайтирилди.
🟦 Каналга уланиш: @talimxabarlari
Қорақалпоғистонда ҳам таътил яна узайтирилди, ўқишлар бекор қилинди.
Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг маълум қилишича, дарс машғулотлари 16 январь — душанбадан бошланади.
Аввалроқ, Бухоро ва Хоразм вилоятларида таътил кунлари узайтирилгани ҳақида хабар берган эдик.
🟦 Каналга уланиш: @talimxabarlari
Бухорода дарслар 16 январдан бошланади!
Бухоро вилояти умумтаълим мактаблари, ўрта махсус касб-ҳунар ва олий таълим муассасаларида бугун, 11 январь кунидан анъанавий тарзда ўқиш бошланган эди.
🔹 Бироқ совуқ об-ҳаво шароитида кўпчилик ота-оналарнинг мурожаатларини инобатга олиб, Бухородаги барча таълим муассасаларида ўқиш 16 январь кунидан бошланиши белгиланди.
🔹Шунингдек, мактабгача таълим масканлари ҳам ўз ишини 16 январь кунидан бошлайди.
🟦 Каналга уланиш: @talimxabarlari