Xudayqulov Sherzod Uktamovich - Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori lavozimiga tayinlandi!
Sh.Xudayqulov bunga qadar Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Finlyandiyaliklar 9 yil imtihonsiz oʻqishadi
Finlyandiyada bolalar 9-sinfga qadar imtihon qilinmaydi. Yaʼni sinfdan sinfga oʻtish uchun hech qanday davlat imtihoni yoʻq.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3319/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Nafaqadagi o’qituvchilar dars o’tishi mumkin emasmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Endilikda pensiya yoshidagi o’qituvchilar dars o’tishmaydi, ham pensiya ham oylik olishmaydi” degan xabarlar tarqaldi. Tabiiyki ushbu xabar ko’plab o’qituvchilar tomonidan yaxshi kutib olinmadi. Talimxabarlari.uz jamoasi ushbu xabarlarni o’rganib shularni ma’lum qiladi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3252/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Kollej, texnikumlarni tugatganlar OTMda 2- yoki 3-kursdan o‘qishi mumkin
▪️ Bu haqida prezident boshchiligidagi yig‘ilishda so‘z bordi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/uz/3092/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Yig‘ilishda maktab ta’limidagi islohotlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan vazifalar belgilab berildi.
O‘tgan yili Respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, o‘tgan hafta Loyiha ofisi tashkil qilindi va katta ilmiy-amaliy tajribasi bor va salohiyatli kadrlar jamlandi.
Markaz va ofisga Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim vazirliklari bilan birgalikda:
- maktablarda matematika, fizika, kimyo, biologiya va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangilash;
- o‘quvchilar bilimi, tahliliy, tanqidiy va kreativ fikrlashi, muammolarga yechim topib, amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv metodikalarini ishlab chiqish topshirildi.
Bunda, tan olingan xorijiy dasturlar (A-level, IB kabi), o‘quvchi va muallimlar bilimini baholashda xalqaro tajribalar (PISA, TIMSS, PIRLS) bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Joriy yilda Prezident maktablari ta’lim dasturi yana 1 mingta maktabda boshlanadi. Hokimlar ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilashga mas’ul bo‘ladi.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
#tayinlov
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziriga ikki o'rinbosar tayinlandi
Joriy yilning 2-fevral kuni Radjabov Sardor Baxtiyorovich hamda Boqiyev Farxod Esanovich Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3063/
👉 Obuna bo‘ling -@talimxabarlari
⚡️ Test topshiriqlari soni va baholash mezoni tasdiqlandi
🔰 2024-2025-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni va baholash mezoni tasdiqlandi.
✅ Test topshiriqlari soni va baholash mezoni:
▶️ Majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha:
🔹 har bir fandan 10 tadan jami 30 ta test topshirig‘i;
🔹 har bir to‘g‘ri javob uchun — 1,1 balldan;
🔹 maksimal ball — 33 ball.
1️⃣-mutaxassislik fani bo‘yicha:
🔸 test topshiriqlari soni — 30 ta;
🔸 har bir to‘g‘ri javob uchun — 3,1 balldan;
🔸 maksimal ball — 93 ball.
2️⃣-mutaxassislik fani bo‘yicha:
🔹 test topshiriqlari soni — 30 ta;
🔹 har bir to‘g‘ri javob uchun — 2,1 balldan;
🔹 maksimal ball — 63 ball.
📚 Umumiy 5 ta fan bo‘yicha test topshiriqlari soni — 90 ta. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.
🔗 Ta’lim yo‘nalishiga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bilan ushbu havolada tanishish mumkin.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Talaba ham oʻqib, ham ishlasa boʻladimi?
Buning uchun qonunlarda cheklov yoʻq.
Oliy taʼlim toʻgʻrisida nizomning 50-bandiga koʻra kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba darsdan boʻsh…
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/2873/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumida ishtirok etdi
Davlatimiz rahbari forumni ochar ekan, barcha ishtirokchilarni samimiy qutladi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/2867/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketmaslik choralari bormi?
Tarmoqlardan ajraling.
Ijtimoiy tarmoqlaringizni doimiy qo‘lingizda turadigan telefoningizga emas, masalan, uyda ishlatadigan kompyuteringizga ochib qo‘ysangiz, har daqiqada ularni tekshirib vaqt yo‘qotmaysiz;
2️⃣ Real foydalar haqida o‘ylang.
Telegram yoki Instagramda…
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/2837/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Rasman: Tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi xorijda o‘qitiladi
Prezident qaroriga ko‘ra 2024-2025-o‘quv yilidan tibbiyot OTMning 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTM va markazlarda o‘qitiladi.
2024/2025 oʻquv yilidan:
➖tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTMlar va markazlarda oʻqitiladi;
➖tibbiyot OTMlarining bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida koʻp tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi toʻlanadigan internatura tashkil etiladi;
➖Toshkent tibbiyot akademiyasining taʼlim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkaziladi;
➖tibbiyot yoʻnalishidagi OTM talabalarining bilimlari ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholanadi.
📁Quyidagi magistrlik yoʻnalishlari joriy etiladi hamda har yili kamida 150 nafar…
https://talimxabarlari.uz/2845/
Navbatdagi majburiy attestatsiya ishtirok etadigan pedagoglar pul to‘lamaydi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga ko‘ra, pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
✅ Nizomga asosan, pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun:
➖ davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi (hozirda 340 ming so‘m);
➖ pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m);
➖ yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.
👉Eslatma: To‘lovlar navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi.
Kanalga ulanish: @talimxabarlari
⚡️ Oʻqituvchilar attestatsiyasi yana bir yilga kechiktirilishi mumkin!
Taʼlim inspeksiyasi yopilganidan keyin oʻqituvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish vazifasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuklatilgan edi.
👉 Shundan soʻng, 2023-yilda yilning birinchi va ikkinchi yarmida oʻtkazilishi kerak boʻlgan attestatsiyalar oʻtkazilmadi.
Vazirlik attestatsiya yangi tartib boʻyicha 2024-yil 1-yanvardan oʻtkazilishi haqida bayonot bergan edi.
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻzi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) ga koʻra malaka toifasini berishning yangi tartibi 2024-yil 1-sentabrdan boshlab joriy qilinishi maʼlum boʻlmoqda.
Vazirlik haligacha attestatsiya muddati nega choʻzilgani haqida aniq maʼlumot bergani yoʻq.
On24.uz – tezkor va ishonchli yangiliklar
❗️ Ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yishni tezlashtirish uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi
O’rta maxsus kasb-hunar, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yish bilan bog‘liq murojaatlar 2023-yil 17-fevraldan boshlab Bilimni baholash agentligi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Murojaatlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq 2 ish kunida (ayrim hollarda 10 ish kunigacha) ko‘rib chiqilmoqda.
Mazkur qarorda apostil qo‘yish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi (2023-yil 1-aprel holatiga 60 ming so‘m) miqdorida yig‘im undirilishi belgilangan bo‘lib, undirilgan yig‘im tegishliligi bo‘yicha 4 ta tashkilot o‘rtasida taqsimlanadi. Talabgorlardan bundan boshqa hech qanday to‘lov talab etilmaydi.
Lekin bizga kelib tushayotgan ma’lumotlarga ko‘ra turli firmalar tomonidan jarayonni tezlashtirib beramiz deb fuqarolardan pul so‘rash holatlari kuzatilmoqda ekan.
Hurmatli fuqarolar!
❗️ Agar kimdir sizdan hujjatlarga apostil qo‘yish uchun qo‘shimcha to‘lov so‘raydigan bo‘lsa, ularga ishonmang. Hujjatlarga apostil qo‘yish uchun BHMning 20 foizidan ortiq to‘lov talab etilmaydi. Jarayonni tazlashtirib beramiz deb pul so‘rayotganlar sizga hech narsa qilib bermaydi, shunchaki pulingizni oladi xolos.
✅ Shu sababli, apostil qo‘yish bo‘yicha turli firmalarga murojaat qilmasdan, o‘zingiz 3 xil usulda ariza berishingiz mumkin:
1️⃣ Bilimni baholash agentligiga kelib.
2️⃣ Davlat xizmatlari markazlariga borib.
3️⃣ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali onlayn.
Kanalga ulanish: @talimxabarlari
⚡️Yangi tartib joriy qilinguniga qadar attestasiya sinovlarini o‘tkazishga moratoriy joriy etiladimi?
✅Ijtimoiy tarmoqda 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga Malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinishi haqidagi yuqoridagi rasmdagi xabarlar tarqaldi.
Bunda:
👉 malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi;
👉 malaka toifasi berishning yangi tartibi doirasida oliy va birinchi toifaga ega bo‘lgan pedagog kadrlarining bazaviy tarif stavkalari amaldagi darajalarga nisbatan mos ravishda 50 va 30 foizga oshiriladi;
👉 malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarini o‘tkazishga moratoriy joriy etiladi;
👉 moratoriy davomida pedagog kadrlar navbatdagi malaka toifasini olish sinovlariga jalb etilmaydi hamda ularning Malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikatning amal qilish muddati navbatdagi malaka toifasini olish sinovlariga jalb qilingunga qadar uzaytiriladi, - deb yozib qo‘yilgan.
Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Barcha chet tili o‘qituvchilarida B2 til sertifikati bo‘lishi shart
Lekin vazirlik sertifikat ololmaydigan o‘qituvchilarga qanday chora ko'rilishi haqida haligacha ma’lumot bermadi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3328/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Munosabat: Xususiy OTMning litsenziyasi to‘xtatilsa, undagi talabalar nima qiladi?
“Kun.uz” tomonidan e’lon qilingan “Xususiy OTMning litsenziyasi to‘xtatilsa, undagi talabalar nima qiladi?” sarlavhali maqola bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qildi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3257/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifa berish boʻyicha pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat qabul qilish yo‘lga qo‘yildi.
pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (One ID)dan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Eslatma: Belgilangan tartibga koʻra, pedagog kadrlardan hujjatlar qabul qilish joriy yilning 1-mart sanasida to‘xtatiladi.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga oʻtkaziladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan video selektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3072/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Prezident Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga ham eʼtiroz bildirdi
Davlatimiz rahbari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga ham eʼtiroz bildirdi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3069/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Maktabgacha va maktab ta`limi vazirining ikki o’rinbosari lavozimidan ozod qilindi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich va Kenjayev Dilshod Mutalibovich egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova Talimxabarlari.uz ga ma’lum qildi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3047/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Ta’til pulini hisoblashda ustamalar qo‘shib hisoblanadimi?
Mehnat kodeksining 233-moddasiga muvofiq har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha…
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/2954/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
⚡️ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2024-yil 28-yanvar (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 08:30 dan boshlab (test sinovi 10:00 da) kiritiladi.
❗️ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Dunyo o’quvchilari tanaffusni qanday o’tkazadi?
Yaponiyada darslar orasidagi tanaffus 10 daqiqadan. Tushlik uchun 1 soat ajratilgan. O‘quvchilar tanaffusni asosan kutubxonada o‘tkazishni ma’qul ko‘radi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/2695/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Qanday qilib dars qilayotganda diqqatni yo‘qotib qo‘ymaslik mumkin?
Qanday qilib?
📚 Diqqatingizni bo‘lmaydigan atmosfera toping. Kimdir o‘ta tinch xonada, kimdir odamlar ko‘p kutubxonada yaxshiroq dars tayyorlaydi.
📱Xalaqit beruvchi narsalarni uzoqroq qo‘ying. Agar sizni telefon chalg‘itsa, uni dars qilayotgan payti yoningizga emas, o‘zingizga ko‘rinmaydigan joyga qo‘ying.
⏳Reja qilib oling. Qancha narsani tugatishingiz kerakligini, necha daqiqa tanaffus sizga foydali ekanini belgilab chiqing.
🗓 Kun tartibini shakllantiring. Doimiy bir vaqtda dars tayyorlash ortiqcha narsalarga xayol bo‘linmasligi uchun yaxshi yordam beradi.
🔖 Tanaffus qilib turishni unutmang. Ozgina toza havo olish yoki boshqa usulda dam olish o‘qishingizni yana qolgan joyidan sifatli davom ettirishga yordam beradi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/2840/
Kanalga ulanish: @talimxabarlari
❗️Ayrim telegram kanallari yoki guruhlarida 2024-yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan Pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari o‘tkazilishi muddatlari to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilmoqda.
❗️Pedagoglardan mazkur xabarlarga e’tibor bermasliklarini so‘rab qolamiz, zero, bu sanalar o‘tgan yoki undan oldingi yillarda test sinovlari o‘tkazilgan sanalar ekanligini ma’lum qilamiz!
❗️Pedagog kadrlar attestatsiyasi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar vakolatli vazirliklarning (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi) rasmiy manbalarda e’lon qilinishini eslatib o‘tmoqchimiz!
❗️Shuningdek, yangi tartibga ko‘ra attestatsiya to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar, shu jumladan test sinovlarining o‘tkazilish muddatlari pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga SMS xabar yuborish orqali ma’lum qilinadi.
Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Maktab darsliklarida "o‘z yurtingda it bo‘l"ishga undalgan (mi)?
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab darsliklarida “Birovning yurtida bek bo‘lguncha, O‘zingning yurtingda it bo‘l” maqoli berilganligi xususidagi fikrlar tarqaldi.
@faktcheck_uz'ning aniqlashicha, ushbu maqol maktab darsliklarida emas, “Yurist-media markazi” xususiy nashriyotining “Sinfdan tashqari o‘qish kitobi”da keltirib o‘tilgan.
“Sinfdan tashqari o‘qish kitobi” darslik kitob emas, balki tijorat maqsadida chop etilgan hamda erkin sotuvdagi matbaa mahsuloti hisoblanadi, deyiladi xabarda.
Unda bolalar uchun o‘zbek xalq ertaklari va maqollari, shoir va yozuvchilarning turli asarlari ham o‘rin olgan.
Kanalga ulanish: @talimxabarlari
✅Maqsadingiz Koreya texnologiyasi va madaniyati kollejining eng zamonaviy bakalavriat yo‘nalishlaridan birida tahsil olishmi?
✅Xitoy energetika instituti dasturlarida tahsil olib, energetika muhandisligi bo‘yicha mutaxassis bo‘lish istagidamisiz?
✅Universitetni tugatgandan so‘ng "ERIELL Group", "Enter Engineering", "Industrial Energy Group" kabi yirik xalqaro kompaniyalarda ishlashni xohlaysizmi?
➡️ Unda Samarkand International University of Technology siz uchun munosib tanlov!
SIUTda darslar AQSh, Italiya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Hindiston, Polsha, Janubiy Afrika va boshqa mamlakatlarning professorlari tomonidan ingliz tilida olib boriladi.
Siz SIUT bitiruvchisi sifatida o‘zingiz tanlagan sohada nafaqat noyob mutaxassis bo‘lib yetishishingiz balki nufuzli kompaniyalarda ishga joylashishingiz va jahonning turli mamlakatlari madaniyati bilan ham yaqindan tanishishingiz mumkin!
❗️SIUT talabasi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
2023-2024 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 2023 yil 1-iyulgacha davom etadi.
SIUT bilan porloq kelajakka dadil qadam!
📞 +99855 705-50-05, +99897 575-48-29
🚀Telegram | 🌐Facebook |🌐 Instagram |🌐 Website
Бу сафар ҳақиқатни билиш учун кўп вақт кетмади
Икки йил аввал Таълим инспекцияси бошлиғи Улуғбек Тошкенбоев мактабгача таълим муассасаларига қамров бўйича қўшиб ёзиш ҳолатлари авж олаётгани ҳақида маълумот берган эди.
Унга жавобан Мактабгача таълим вазирининг биринчи ўринбосари Қаҳрамон Олимов 2020 йилдан бошлаб тизимдаги барча қўшиб ёзишлар барҳам топганини таъкидлаганди.
Ушбу ҳолатга бўйича блогер Хушнудбек Худойбердиев “Кимга ишонишингни ҳам билмайсан. Икки хил бир-бирига зид маълумот борми, демак кимдир ёлғон гапиряпти. Ёки иккала гап ҳам ростмикин? Қўшиб ёзилаётгани ҳам ҳақиқат, қўшиб ёзишларга бутунлай барҳам берилгани ҳам ҳақиқат, шунақами?” деб савол берганди.
Орадан икки йил ўтиб Мактабгача таълим агентлиги ўз расмий каналида эълон қилаётган ахборотлар бу саволларга жавоб берди десак ҳам бўлади.
Андижон, Наманган ва Бухоро вилоятларидаги айрим давлат-хусусий шериклик асосидаги ҳамда оилавий нодавлат МТТлар фаолияти танланма асосида ўрганилганда бир нафар тарбияланувчининг фотосурати бир нечта бошқа боғчада давоматдан ўтказилганлиги аниқланган. Шунингдек, бола сонини ошириб кўрсатиб учун қилинган бошқа қоидабузарликлар кўрсатиб ўтилган.
🟦 Каналга уланиш: @talimxabarlari
❗️Majburiy attestasiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar ro‘yxati kengaytirildi
"Ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestasiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Hukumat qarori (120-son, 23.03.2023 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-apreldan quyidagilar majburiy attestasiyaga jalb etilmaydi:
▫️pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega pedagog xodimlar;
▫️yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi