Qashqadaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham qishki ta’til 18-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham qishki ta’til 18-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Buxoro viloyatidagi mavjud umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida qishki ta’til 18 yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Фарғонадаги мактаблар ва мактабгача таълим муассасаларида қишки таътил 16 январдан 18 январгача узайтирилди.
🟦 Каналга уланиш: @talimxabarlari
Қорақалпоғистонда ҳам таътил яна узайтирилди, ўқишлар бекор қилинди.
Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг маълум қилишича, дарс машғулотлари 16 январь — душанбадан бошланади.
Аввалроқ, Бухоро ва Хоразм вилоятларида таътил кунлари узайтирилгани ҳақида хабар берган эдик.
🟦 Каналга уланиш: @talimxabarlari
Бухорода дарслар 16 январдан бошланади!
Бухоро вилояти умумтаълим мактаблари, ўрта махсус касб-ҳунар ва олий таълим муассасаларида бугун, 11 январь кунидан анъанавий тарзда ўқиш бошланган эди.
🔹 Бироқ совуқ об-ҳаво шароитида кўпчилик ота-оналарнинг мурожаатларини инобатга олиб, Бухородаги барча таълим муассасаларида ўқиш 16 январь кунидан бошланиши белгиланди.
🔹Шунингдек, мактабгача таълим масканлари ҳам ўз ишини 16 январь кунидан бошлайди.
🟦 Каналга уланиш: @talimxabarlari
Paradoks
O'zbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq, normativ-huquqiy hujjat o‘ziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonun hujjatlaridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar va qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Normativ-huquqiy hujjat o‘ziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi kerak (Qonunning 2-moddasida Prezident qaror va farmonlari iyerarxiya bo'yicha Konstitutsiya, qonunlar va Oliy Majlisi palatalarining qarorlaridan keyinga qo'yilgan).
Shu o'rinda qiziq paradoks yuzaga keladi.
Prezidentning "Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoniga binoan Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 2023-yil 1-yanvardan tugatilgan, uning vakolatlari esa yangi tashkil etilgan ikkita vazirlik (Maktabgacha va maktab ta'limi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari) orasida taqsimlanmoqda.
"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunga ko'ra esa, "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayoni, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati ustidan nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradigan, ta’lim sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir". Ya'ni inspeksiya mustaqil, vazirlik(lar) tarkibida bo'lmagan baholovchi organ sifatida tuzilgan edi, chunki vazirlik(lar) va ta'lim tashkilotlari ta'lim sifatini aslidan ko'ra yaxshiroq qilib ko'rsatishdan qaysidir ma'noda manfaatdor bo'ladi. Masalan, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi oliy kategoriyali o'qituvchilar ulushi ko'proq bo'lishidan manfaatdor (hatto ular oliy kategoriya talablariga to'la javob bermasa ham), chunki statistikada chiroyli ko'rinadi.
Paradoks shundaki:
1) "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunni hech kim bekor qilgani yoki o'zgartirgani yo'q va qonunga ko'ra, inspeksiya bor, Prezident farmoniga ko'ra esa - yo'q.
2) Mustaqil baholovchi organ sifatida tuzilgan inspeksiyaning vakolatlari vazirliklarga bo'lib berilmoqda, ya'ni vazirliklar o'z ishiga o'zi baho beradi.
3) Nodavlat ta'lim tashkilotlari Xalq ta'limi (hozirgi Maktabgacha va maktab ta'limi) vazirligiga yoki Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga (hozirgi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi) bo'sunmaydi, ular qaysidir ma'noda bu vazirliklar tizimiga kiradigan davlat ta'lim muassasalariga raqobatchi. Shunda bu vazirliklar o'z raqobatchilari bo'lgan nodavlat ta'lim tashkilotlariga litsenziya berib, ulardagi ta'lim sifatiga baho beradimi? Vazirliklar o'z raqobatchilari ishiga xolis, obyektiv baho berishdan qay darajada manfaatdor?
Parlament bu borada biron nima deydimi? Yoki jimgina qonunni farmonga moslab qo'yadimi?
Izoh: gap bu yerda Inspeksiya kerak-nokerakligi, uning qanday ishlaganligi haqida ham emas, balki o'zimiz chiqargan qonunlarga o'zimiz rioya qilishimiz haqida.
Komil Jalilov
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Президент Мурожаатномага якун ясар экан, унда айтилган вазифаларни дунёдаги ҳозирги мураккаб шароитда амалга ошириш осон бўлмаслигини қайд этди.
"Лекин биз ўтган даврда катта билим ва тажриба тўпладик. Энг муҳими, ўз куч ва имкониятларимизга бўлган ишончимиз тобора ортиб бормоқда.
Шу боис, қанчалик қийин бўлмасин, танлаган йўлимиздан ҳеч қачон ортга қайтмаймиз. Кўзлаган марраларимизга албатта етамиз.
Бу йўлда нияти улуғ, қалби пок, меҳнаткаш халқимизга таянамиз. Бир тану бир жон бўлиб ҳаракат қилсак, мен ишонаман, эл-юртимиз интилаётган Янги Ўзбекистонни албатта барчамиз биргаликда бунёд этамиз", - деди давлатимиз раҳбари.
Президент сўзининг якунида йиғилганларни, бутун халқимизни кириб келаётган Янги йил байрами билан чин қалбдан самимий табриклаб, сиҳат-саломатлик, файзу барака, оилавий бахт тилади.
Facebook|Instagram|Twitter
#Bilasizmi?
⚡️Kontrakt to‘lovi uchun soliq imtiyozlari mavjud
❗️ Shartnoma to'lovini to'lovchilar soliq imtiyoziga ega bo'lishlari mumkin va bu quyidagi holatlarda amal qiladi;
🔰 Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga ko‘ra soliq to'lovchi:
👉 o‘zi uchun;
👉 26 yoshga to‘lmagan farzandlari uchun;
👉 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘i (eri yoki xotini) uchun shartnoma to‘lovlarini amalga oshirganda daromad solig'idan ozod etiladi.
❇️ Shartnoma to‘lovidan 12 foizlik daromad solig‘ini qaytarib olish mumkin
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, shartnoma to‘lovchi:
➖o‘zi uchun;
➖26 yoshga to‘lmagan farzandlari uchun;
➖26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘i uchun to‘lagan shartnoma to‘lovining 12 foizini soliq bo‘limidan qaytarib olishi mumkin.
@abituriyent_2022
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha tegishli qaror Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilinadi
🔰 Ma’lumki, Davlat komissiyasining 7- va 8-son bayonlari bilan quyidagi hududlardan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berilgan:
👉 7-son bayoni bilan — Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlari;
👉 8-son bayoni bilan — Qrim va Sevastopol hududlari.
✅ Bunda:
🔹 o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar Davlat test markazi tomonidan qabul qilinishi;
🔹 talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekshirish Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilishi;
🔹 o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berish bo‘yicha qaror Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilinishi belgilangan.
📆 Shu sababli Davlat test markazi tomonidan 1-30-noyabr kunlari o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinib, barcha ma’lumotlar Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etilgan.
O‘qishni ko‘chirish (Perevod) bo‘yicha so‘ngi yangiliklar👇@perevod_uzbek
🛎 Samarqand xalqaro texnologiya universitetida tahsil olishni istovchi yoshlar uchun ajoyib yangilik🛎
🏢 SXTU 2023-yil 1-fevralda boshlanadigan bahorgi semestr uchun abituriyentlarga quyidagi qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi.
❗️Hujjatlar 2023-yilning 10-yanvargacha qabul qilinadi.
❗️Kirish imtihonlari 2023-yil 16-20-yanvar kunlari universitetda matematika fanidan (maktab o'quv dasturi asosida) va ingliz tili fanidan (suhbat) xorijlik professor-o'qituvchilar tomonidan o‘tkaziladi.
❗️Darslar 2023-yil 1-fevraldan boshlanadi.
❗️💁♀️ Maxsus til bilish sertifikatiga ega bo‘lmagan abituriyentlar SXTU talabasiga aylangach, ular uchun bepul ingliz tili kurslari tashkil etiladi.
🗂 Onlayn hujjat topshirish: http://siut.uz/ru.request.html
👉 Batafsil
Manzil: Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 270-uy
☎️ Murojaat uchun: +99855 705-50-05
+99897 575-48-29
Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳридаги жисмоний тарбия фани ўқитувчилари учун малака (назарий ва амалий) синовларини ўтказиш муддатлари маълум бўлди
🔰 Синовлар 2022 йилнинг 21–29 ноябрь кунлари юқоридаги жадвалда кўрсатилган биноларда ўтказилади.
❗️ Аттестацияга жалб қилинган педагоглар белгиланган муддатларда шахсини тасдиқловчи ҳужжатлари (ПАСПОРТ ва мурожаат юборишда тўлдирилган сўровнома)лари билан белгиланган вақтдан ярим соат олдин имтиҳон ўтказиладиган манзилларга етиб келишлари лозим бўлади.
🟦 Каналга уланиш: @talimxabarlari
Қозоғистондаги 2 та ОТМ лицензияси тўхтатилди
Қозоғистон Таълим ва фан вазирлигининг ёзишича, “Орда” (аввалги “Silkway” халқаро университети) ва “Мирас” университетлари лицензияси тўхтатилди.
Маълум қилинишича, 2020 йилда университетларда ўтказилган текширувлар натижасида бир қатор қонун бузилиши ҳолатлари аниқланган. Мазкур камчиликлар бартараф этилгунига қадар мазкур ОТМлар фаолияти тўхтатилган эди.
💬 “ОТМлар ўтган 8 ой мобайнида таълим муассасаларида аниқланган камчиликларни бартараф этиш эмас, қўмита қарори устидан шикоят қилиш билан ўтказган. Аммо Чимкент шаҳрининг туманлараро ихтисослаштирилган маъмурий суди қарорига кўра, қўмита қарори ўз кучида қоладиган бўлди”, – дейилади вазирлик хабарида.
Шунингдек, вазирлик хабарида келтиришича, аввалроқ мамлакатнинг Таълим сифатини таъминлаш бўйича мустақил агентлик ушбу университетлар аккредитациясини тўхтатган. Қозоғистон қонунчилигига кўра, бу ОТМларнинг битирувчиларга диплом бера олмаслигини англатади.
💬 “Қозоғистон Республикасининг «Таълим тўғрисида» ги Қонунига биноан, таълим фаолияти билан шуғулланиш учун лицензияни бекор қилиш ёки таълим ташкилотини тугатиш билан муассиси талабаларни бошқа таълим ташкилотларига ўтказиш чораларини кўради”, – дея қўшимча қилинади хабарда.
Таъкидлаш лозим, ўз давлатида лицензияга эга бўлмаган ва аккредитацияланмаган хорижий ОТМлар дипломлари Ўзбекистонда тан олинмайди.
Таълим инспекцияси матбуот котиби каналига уланиш 👇
@sh_xujaqulov
Yuridik texnikumlarga qabul 1–20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Adliya vazirligiga qarashli “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.
Hujjatlarni Yagona davlat xizmatlari interaktiv portali (my.gov.uz) yoki DTM sayti orqali topshirish mumkin.
Texnikumlarga 2021-2022-o‘quv yili uchun belgilangan qabul kvotasi 3 180 tani tashkil etadi.
Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/SPjUQ88JdQiHN6e0
Ортда қолган ҳафта биз учун жуда самарали бўлди. Шунинг учун янгича ёндашувдаги #ҳафтадайжести лойиҳасини йўлга қўйдик.
🗓 Демак, Таълим инспекцияси фаолиятидаги ҳафтанинг энг муҳим воқеалари | 31.05–05.06.2021
👉 7 та фан бўйича ўқув дастурларини такомиллаштиришда устувор вазифалар муҳокама қилинди
👉 Олий таълим муассасалари рейтингини аниқлаш бўйича назорат тестлари ва ижтимоий сўровномалар ўтказилмоқда
👉 Тошкент давлат Ўзбек тили ва адабиёти университетида аттестация ва аккредитация жараёнлари ўтказилди
👉 Олий таълим муассасаларининг таълим сифатини назорат қилиш бўлимлари билан ОТМлар рейтингини аниқлаш, аттестация ва аккредитасия жараёнларини ташкил этиш масалалари муҳокама қилинди
📌 Лойиҳамизни қўллаб-қувватлаш учун ушбу видеони дўстларингизга ҳам улашинг.
❓Сиз учун яна қандай лойиҳалар қизиқ бўлади? Фикрларингизни изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин!
Таълим инспекцияси матбуот котиби каналига уланиш 👇
@sh_xujaqulov
Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham qishki ta’til 18-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Sirdaryoda maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida ta’til muddati 18-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
⚡️Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga arizasi rad etilgan talabgorlar diqqatiga!
2023-yil 15-yanvar 23.59 ga qadar arizalarni tahrirlash imkoniyati yaratildi.
Manba: magistr.edu.uz
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
❔ O‘qishni magistraturada davom ettirish istagida bo‘lgan yoshlar telegam (@nodavlattalim_bot) botimizga "Chet tilini bilish bo‘yicha sertifikatisiz ham magistraturada o‘qish mumkin bo‘lgan hozir qabul davom etayotgan nodavlat universitetlar haqida ma’lumot bersangiz", degan mazmunda murojaatlar yuborishmoqda.
_✅ _Endi chet tilini bilish sertifikatlarisiz ham magistraturaga imtihon topshirish mumkin.
Хоразмда дарслар 16 январдан бошланади
“Юксалиш” ҳаракатининг боғча ва мактабларда ўқиш жараёнларини кейинги ҳафтадан бошлаш чақириғи Хоразм вилоятида ҳам қўллаб-қувватланди.
Хоразм вилояти ҳокимлиги томонидан ўқиш жараёнларини 16 январдан бошлаш қарорига келинган.
🟦 Каналга уланиш: @talimxabarlari
Таътил вақти ўзгараётгани ҳақидаги эълонларга мос видео
05.01.2023: Дарслар 18 январдан бошланади
10.01.2023: Бухорода дарслар 11 январдан бошланади
11.01.2023, соат 23:46 : Бухорода дарслар 16 январдан бошланади
🟦 Каналга уланиш: @talimxabarlari
Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли фармони билан:
- Бахтиёр Одилович Саидов Ўзбекистон Республикаси ташқи ишлар вазири вазифасини бажарувчи этиб тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси халқ таълими вазири лавозимидан озод этилди.
🟦 Каналга уланиш: @talimxabarlari
"Биз Янги Ўзбекистонни “ижтимоий давлат” тамойили асосида қуришни мақсад қилаяпмиз. Буни Конституцияда мустаҳкамлашимиз керак.
Ижтимоий давлат бу, энг аввало, инсон салоҳиятини рўёбга чиқариш учун тенг имкониятлар, одамлар муносиб ҳаёт кечиришига зарур шароитлар яратиш, камбағалликни қисқартириш, демакдир", - деди давлат раҳбари.
Биринчи навбатда, эътибор Янги Ўзбекистон учун энг катта инвестиция бўлган таълимни қўллаб-қувватлашга қаратилиши таъкидланди.
Ўқитувчиларнинг мақомини, уларнинг шаъни ва қадр-қимматини ҳимоя қилишни Конституцияда алоҳида белгилаш зарурлиги қайд этилди.
Келаси йилдан бошланғич синфларда мутлақо янги методика асосида яратилган дарсликлар бўйича ўқитиш йўлга қўйилади.
Facebook|Instagram|Twitter
Testlar qaysi mavzular boʻyicha tuziladi ?
✅ Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida qoʻllaniladigan test topshiriqlarining boʻlimlar boʻyicha oʻrtacha taqsimoti (2021-yilgi maʼlumot)
Majburiy fanlar:
1️⃣ Ona tili (oʻzbek):
— Orfografiya va punktuatsiya — 40 %;
— Leksikologiya, uslubiyat — 40 %;
— Grammatika — 20 %.
2️⃣ Ona tili (rus):
— Fonetika — 10 %;
— Leksika — 10%;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 40 %.
3️⃣ Ona tili (qoraqalpoq):
— Fonetika — 10 %;
— Leksika — 20 %;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 30 %.
4️⃣ Matematika:
— Sonlar va ular ustida amallar — 40 %;
— Foiz, proporsiya va tenglama — 30 %;
— Geometriya — 30 %.
5️⃣ Oʻzbekiston tarixi:
— Qadimgi va oʻrta asrlar tarixi —35-45 %;
— XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr — 35-45 %;
— Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi — 20-25 %.
Mutaxassislik fanlari boʻyicha rasmda maʼlumot olishingiz mumkin👆
Barcha abituriyentlarga tarqating!
@abituriyent_2022
⚡️Rasman: O‘qituvchilarning fan oyliklarini o‘tkazish bekor qilindi. Kamiga metodik kunlar ham tugatildi!
Xalq ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i bilan o‘qituvchilarning metodik kunlari, fan oyliklarini o‘tkazish tartibi bekor qilinib, o‘qituvchi ish tajribasini ommalashtirish tartibi onlayn platformaga o‘tkazildi. Bu haqda Respublika ta’lim markazi direktor o‘rinbosari Isroil Tillaboyev xabar bermoqda.
Endi o‘qituvchilar belgilangan vaqtda majburan fan oyligini o‘tkazib, hisobotlarni xalq ta’limi bo‘limlariga topshirishi shart bo‘lmaydi.🙅🏻♂️
Shuningdek, o‘qituvchilar haftada bir kun qaysidir maktabga o‘quvga borishlari ham shart emas. 🙅🏻♀️
Endi ular istalgan vaqtda, ixtiyoriy tarzda o‘z ustilarida ishlashi mumkin. Bunday tartibning joriy qilinishi maktablardagi dars jadvali tuzishda kelib chiqayotgan ayrim muammolarning ham oldini oladi.
Kanalga ulanish 👉 @dtmuz2022
🛎 Отличные новости для абитуриентов, которые хотят учиться в Самаркандском Международном Технологическом Университете🛎
🏢 СМТУ предлагает следующие дополнительные возможности абитуриентам на весенний семестр.
❗️Документы принимаются до 10 января 2023 года.
❗️Вступительные экзамены пройдут в Университете 16-20 января 2023 года иностранными профессорами и преподавателями по математике (на основе школьной программы) и английскому языку (собеседование).
❗️Занятия начнутся 1 февраля 2023 года.
❗️💁♀️ С начала учебного года будут организованы бесплатные курсы английского языка для абитуриентов, не имеющих специального языкового сертификата.
🗂 Онлайн-подача документов: http://siut.uz/ru.request.html
👉 Подробно
📍Адрес: г. Самарканд, ул. Спитамен Шох, 270
☎️ По вопросам: +99855 705-50-05
+99897 575-48-29
⚡️ Pedagog kadrlar attestatsiyasi boʻyicha onlayn muloqot yaqin soatda boshlanadi
Yaqin soatlar ichida (soat 17:00 dan 18:00 ga qadar) Ta'lim inspeksiyasining masʼul xodimlari ishtirokida pedagog kadrlar attestatsiya boʻyicha onlayn muloqot boshlanadi.
🎙Muloqot telegramning ovozli chat xizmatidan foydalangan holda tashkil etiladi.
📌 Unda oʻqituvchilar inspeksiya xodimlaridan malaka sertifikatlarining tarqatilishi va kuz oylarida test sinovlarining oʻtkazilishi boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.
❗️Taʼlim inspeksiyasi masʼullariga bevosita mavzu bo‘yicha savol yoki taklif laringizni @uztdibot orqali #savol xeshtegi bilan yozib qoldirishingiz mumkin. Ushbu murojaatlarga ovozli chat davomida javob qaytariladi.
📌 Onlayn muloqotda ishtirok etish uchun havola: /channel/uztdi?voicechat
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube
⚡️⚡️ Янги Ўзбекистонда тиббиёт соҳасида олий маълумотли кадрлар тайёрлаш йўлга қўйилмаган биронта ҳудуд қолмади.
❗️Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 22 июндаги “2021/2022 ўқув йилида Ўзбекистон Республикасининг олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилишнинг давлат буюртмаси параметрлари тўғрисида” ПҚ-5157-сон қарори билан Гулистон, Қарши ва Наманган давлат университетлари, Навоий ва Жиззах давлат педагогика институтлари, Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия ва спорт университетида тиббиёт бўйича олий маълумотли кадрлар тайёрлаш илк бор йўлга қўйилди.
☑️ Тиббиёт йўналишига ўқишга киришни режалаштираётган абитуриентлар учун ёрдам сифатида тиббий йўналишлар рўйхатини ОТМлар ва ҳудудлар кесимида жамладик.
Айтмоқчи, Тошкент тиббиёт академиясида илк бор очилган “Менежмент: соғлиқни сақлаш менежменти” ҳамда “Биотиббиёт муҳандислиги” йўналишларига ҳам алоҳида эътибор қаратишни тавсия қиламиз.
#Қабул2021
@otm_info
❓Men harbiydan nafaqaga chiqqanman. Farzandlarimga Prezident maktabiga kirishga imtiyoz bormi?
✅ Prezident maktablariga kirish imtihon bosqichlarida imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan.
❓Prezident maktabida telefondan foydalanish mumkinmi?
✅ O'quvchi Prezident maktabiga o‘qishga qabul qilingandan keyin, unga o‘quvchilar yotoqxonasida telefondan foydalanishga ruхsat beriladi.
❓Qizim Prezident maktabiga hujjat topshirmoqchi. Kirish imtihonlari maktab darsliklari bo‘yicha bo‘ladimi yoki farzandimni qo‘shimcha tayyorlovga berishim kerakmi?
✅ Prezident maktablariga kirish imtihonlari maktab darsliklari bo‘yicha tuziladi.
Manba: Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi
Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/SPjUQ88JdQiHN6e0
Xorijiy OTMlarda masofadan – onlayn oʻqib olingan diplomlar O'zbekistonda tan olinadimi?
▪️"Hozircha yo‘q. Lekin "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunga masofaviy ta’lim shakli ham kiritildi.
Endi masofaviy ta’lim olishning to‘liq huquqiy mexanizmi ishlab chiqilishi kerak. Shundan so‘ng xorijda masofaviy ta’lim olgan shaxslarning diplomlari O‘zbekistonda tan olina boshlanadi". — Ta’lim inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Nizomjon Ishanqulov
➡️ Xpress.uz – Siz kutgan format