Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hududdagi barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati ushbu muddatga uzaytirilganligini ma’lum qildi.
Ammo ushbu tashkilot vakolati faqat maktablar bilan cheklanishini hisobga olsak, oliy va professional ta’lim muassasalari haqidagi savol ochiq qolyapti.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Samarqand viloyatidagi barcha umumta'lim maktablarida 18-yanvar sanasidan darslar boshlanadi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Surxondaryo viloyatdagi maktabgacha, maktab va professional ta’lim muassasalari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy o‘quv yurtlarida qishki ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi.
O‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Toshkentda o‘qish 23-yanvardan boshlanadi
Toshkent shahridagi ta’lim muassasalari - mаktablar, litsey va kollejlar hamda oliy ta’lim dargohlarida o‘qish 23-yanvardan boshlanadi.
Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ta’lim ob’yektlaridagi harorat belgilangan me’yorda bo‘lishi nazoratga olinadi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham qishki ta’til 2023-yil 23-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
⚡️ Buxoroda qishki ta’til yana uzaytirildi
Viloyatdagi mavjud umumtaʼlim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda barcha maktabgacha taʼlim muassasalarida qishki taʼtil 22-yanvarga qadar uzaytirildi.
Oʻquv mashgʻulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
Qishki ta’til viloyatda avval 16-yanvarga, keyin 18-yanvarga uzaytirilgandi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham qishki ta’til 18-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Sirdaryoda maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida ta’til muddati 18-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
⚡️Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga arizasi rad etilgan talabgorlar diqqatiga!
2023-yil 15-yanvar 23.59 ga qadar arizalarni tahrirlash imkoniyati yaratildi.
Manba: magistr.edu.uz
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
❔ O‘qishni magistraturada davom ettirish istagida bo‘lgan yoshlar telegam (@nodavlattalim_bot) botimizga "Chet tilini bilish bo‘yicha sertifikatisiz ham magistraturada o‘qish mumkin bo‘lgan hozir qabul davom etayotgan nodavlat universitetlar haqida ma’lumot bersangiz", degan mazmunda murojaatlar yuborishmoqda.
_✅ _Endi chet tilini bilish sertifikatlarisiz ham magistraturaga imtihon topshirish mumkin.
Хоразмда дарслар 16 январдан бошланади
“Юксалиш” ҳаракатининг боғча ва мактабларда ўқиш жараёнларини кейинги ҳафтадан бошлаш чақириғи Хоразм вилоятида ҳам қўллаб-қувватланди.
Хоразм вилояти ҳокимлиги томонидан ўқиш жараёнларини 16 январдан бошлаш қарорига келинган.
🟦 Каналга уланиш: @talimxabarlari
Таътил вақти ўзгараётгани ҳақидаги эълонларга мос видео
05.01.2023: Дарслар 18 январдан бошланади
10.01.2023: Бухорода дарслар 11 январдан бошланади
11.01.2023, соат 23:46 : Бухорода дарслар 16 январдан бошланади
🟦 Каналга уланиш: @talimxabarlari
Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли фармони билан:
- Бахтиёр Одилович Саидов Ўзбекистон Республикаси ташқи ишлар вазири вазифасини бажарувчи этиб тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси халқ таълими вазири лавозимидан озод этилди.
🟦 Каналга уланиш: @talimxabarlari
"Биз Янги Ўзбекистонни “ижтимоий давлат” тамойили асосида қуришни мақсад қилаяпмиз. Буни Конституцияда мустаҳкамлашимиз керак.
Ижтимоий давлат бу, энг аввало, инсон салоҳиятини рўёбга чиқариш учун тенг имкониятлар, одамлар муносиб ҳаёт кечиришига зарур шароитлар яратиш, камбағалликни қисқартириш, демакдир", - деди давлат раҳбари.
Биринчи навбатда, эътибор Янги Ўзбекистон учун энг катта инвестиция бўлган таълимни қўллаб-қувватлашга қаратилиши таъкидланди.
Ўқитувчиларнинг мақомини, уларнинг шаъни ва қадр-қимматини ҳимоя қилишни Конституцияда алоҳида белгилаш зарурлиги қайд этилди.
Келаси йилдан бошланғич синфларда мутлақо янги методика асосида яратилган дарсликлар бўйича ўқитиш йўлга қўйилади.
Facebook|Instagram|Twitter
Testlar qaysi mavzular boʻyicha tuziladi ?
✅ Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida qoʻllaniladigan test topshiriqlarining boʻlimlar boʻyicha oʻrtacha taqsimoti (2021-yilgi maʼlumot)
Majburiy fanlar:
1️⃣ Ona tili (oʻzbek):
— Orfografiya va punktuatsiya — 40 %;
— Leksikologiya, uslubiyat — 40 %;
— Grammatika — 20 %.
2️⃣ Ona tili (rus):
— Fonetika — 10 %;
— Leksika — 10%;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 40 %.
3️⃣ Ona tili (qoraqalpoq):
— Fonetika — 10 %;
— Leksika — 20 %;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 30 %.
4️⃣ Matematika:
— Sonlar va ular ustida amallar — 40 %;
— Foiz, proporsiya va tenglama — 30 %;
— Geometriya — 30 %.
5️⃣ Oʻzbekiston tarixi:
— Qadimgi va oʻrta asrlar tarixi —35-45 %;
— XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr — 35-45 %;
— Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi — 20-25 %.
Mutaxassislik fanlari boʻyicha rasmda maʼlumot olishingiz mumkin👆
Barcha abituriyentlarga tarqating!
@abituriyent_2022
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini tashkil qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarga oʻquv grafiklarini moslashtirgan holda amalga oshiriladi”, – deb bayonot berdi.
Hokimliklarning hozirgacha (17.01.2023 soat 17:30) bergan eʼlonlariga koʻra quyidagi hududlardagi oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida oʻqish 23-yanvar dushanba kuni boshlanadi:
✅Toshkent shahri
✅Buxoro viloyati
✅Surxondaryo viloyati
✅Qoraqalpogʻiston Respublikasi
✅Toshkent viloyati
✅Namangan viloyati
✅Qashqadaryo viloyati
✅Sirdaryo viloyati
✅Xorazm viloyati
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Qashqadaryo viloyatida bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Sirdaryodagi ta’lim muassasalarida o‘qishni boshlashning aniq muddatini belgilash qarori tuman va shahar sektor rahbarlari, ota-onalar, pedagogik tarkib bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
⚡️Maktablarlarda uchinchi chorak onlayn boshlanishi mumkin
💬 "Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni ob-havo sharoitlari barqarorlashguniga qadar vaqtincha onlayn ta’lim tizimiga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqmoqda," deyiladi vazirlik xabarida.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til 2023-yil 23-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Qashqadaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham qishki ta’til 18-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham qishki ta’til 18-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Buxoro viloyatidagi mavjud umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida qishki ta’til 18 yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Фарғонадаги мактаблар ва мактабгача таълим муассасаларида қишки таътил 16 январдан 18 январгача узайтирилди.
🟦 Каналга уланиш: @talimxabarlari
Қорақалпоғистонда ҳам таътил яна узайтирилди, ўқишлар бекор қилинди.
Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг маълум қилишича, дарс машғулотлари 16 январь — душанбадан бошланади.
Аввалроқ, Бухоро ва Хоразм вилоятларида таътил кунлари узайтирилгани ҳақида хабар берган эдик.
🟦 Каналга уланиш: @talimxabarlari
Бухорода дарслар 16 январдан бошланади!
Бухоро вилояти умумтаълим мактаблари, ўрта махсус касб-ҳунар ва олий таълим муассасаларида бугун, 11 январь кунидан анъанавий тарзда ўқиш бошланган эди.
🔹 Бироқ совуқ об-ҳаво шароитида кўпчилик ота-оналарнинг мурожаатларини инобатга олиб, Бухородаги барча таълим муассасаларида ўқиш 16 январь кунидан бошланиши белгиланди.
🔹Шунингдек, мактабгача таълим масканлари ҳам ўз ишини 16 январь кунидан бошлайди.
🟦 Каналга уланиш: @talimxabarlari
Paradoks
O'zbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq, normativ-huquqiy hujjat o‘ziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonun hujjatlaridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar va qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Normativ-huquqiy hujjat o‘ziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi kerak (Qonunning 2-moddasida Prezident qaror va farmonlari iyerarxiya bo'yicha Konstitutsiya, qonunlar va Oliy Majlisi palatalarining qarorlaridan keyinga qo'yilgan).
Shu o'rinda qiziq paradoks yuzaga keladi.
Prezidentning "Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoniga binoan Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 2023-yil 1-yanvardan tugatilgan, uning vakolatlari esa yangi tashkil etilgan ikkita vazirlik (Maktabgacha va maktab ta'limi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari) orasida taqsimlanmoqda.
"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunga ko'ra esa, "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayoni, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati ustidan nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradigan, ta’lim sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir". Ya'ni inspeksiya mustaqil, vazirlik(lar) tarkibida bo'lmagan baholovchi organ sifatida tuzilgan edi, chunki vazirlik(lar) va ta'lim tashkilotlari ta'lim sifatini aslidan ko'ra yaxshiroq qilib ko'rsatishdan qaysidir ma'noda manfaatdor bo'ladi. Masalan, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi oliy kategoriyali o'qituvchilar ulushi ko'proq bo'lishidan manfaatdor (hatto ular oliy kategoriya talablariga to'la javob bermasa ham), chunki statistikada chiroyli ko'rinadi.
Paradoks shundaki:
1) "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunni hech kim bekor qilgani yoki o'zgartirgani yo'q va qonunga ko'ra, inspeksiya bor, Prezident farmoniga ko'ra esa - yo'q.
2) Mustaqil baholovchi organ sifatida tuzilgan inspeksiyaning vakolatlari vazirliklarga bo'lib berilmoqda, ya'ni vazirliklar o'z ishiga o'zi baho beradi.
3) Nodavlat ta'lim tashkilotlari Xalq ta'limi (hozirgi Maktabgacha va maktab ta'limi) vazirligiga yoki Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga (hozirgi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi) bo'sunmaydi, ular qaysidir ma'noda bu vazirliklar tizimiga kiradigan davlat ta'lim muassasalariga raqobatchi. Shunda bu vazirliklar o'z raqobatchilari bo'lgan nodavlat ta'lim tashkilotlariga litsenziya berib, ulardagi ta'lim sifatiga baho beradimi? Vazirliklar o'z raqobatchilari ishiga xolis, obyektiv baho berishdan qay darajada manfaatdor?
Parlament bu borada biron nima deydimi? Yoki jimgina qonunni farmonga moslab qo'yadimi?
Izoh: gap bu yerda Inspeksiya kerak-nokerakligi, uning qanday ishlaganligi haqida ham emas, balki o'zimiz chiqargan qonunlarga o'zimiz rioya qilishimiz haqida.
Komil Jalilov
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Президент Мурожаатномага якун ясар экан, унда айтилган вазифаларни дунёдаги ҳозирги мураккаб шароитда амалга ошириш осон бўлмаслигини қайд этди.
"Лекин биз ўтган даврда катта билим ва тажриба тўпладик. Энг муҳими, ўз куч ва имкониятларимизга бўлган ишончимиз тобора ортиб бормоқда.
Шу боис, қанчалик қийин бўлмасин, танлаган йўлимиздан ҳеч қачон ортга қайтмаймиз. Кўзлаган марраларимизга албатта етамиз.
Бу йўлда нияти улуғ, қалби пок, меҳнаткаш халқимизга таянамиз. Бир тану бир жон бўлиб ҳаракат қилсак, мен ишонаман, эл-юртимиз интилаётган Янги Ўзбекистонни албатта барчамиз биргаликда бунёд этамиз", - деди давлатимиз раҳбари.
Президент сўзининг якунида йиғилганларни, бутун халқимизни кириб келаётган Янги йил байрами билан чин қалбдан самимий табриклаб, сиҳат-саломатлик, файзу барака, оилавий бахт тилади.
Facebook|Instagram|Twitter
#Bilasizmi?
⚡️Kontrakt to‘lovi uchun soliq imtiyozlari mavjud
❗️ Shartnoma to'lovini to'lovchilar soliq imtiyoziga ega bo'lishlari mumkin va bu quyidagi holatlarda amal qiladi;
🔰 Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga ko‘ra soliq to'lovchi:
👉 o‘zi uchun;
👉 26 yoshga to‘lmagan farzandlari uchun;
👉 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘i (eri yoki xotini) uchun shartnoma to‘lovlarini amalga oshirganda daromad solig'idan ozod etiladi.
❇️ Shartnoma to‘lovidan 12 foizlik daromad solig‘ini qaytarib olish mumkin
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, shartnoma to‘lovchi:
➖o‘zi uchun;
➖26 yoshga to‘lmagan farzandlari uchun;
➖26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘i uchun to‘lagan shartnoma to‘lovining 12 foizini soliq bo‘limidan qaytarib olishi mumkin.
@abituriyent_2022
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha tegishli qaror Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilinadi
🔰 Ma’lumki, Davlat komissiyasining 7- va 8-son bayonlari bilan quyidagi hududlardan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berilgan:
👉 7-son bayoni bilan — Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlari;
👉 8-son bayoni bilan — Qrim va Sevastopol hududlari.
✅ Bunda:
🔹 o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar Davlat test markazi tomonidan qabul qilinishi;
🔹 talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekshirish Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilishi;
🔹 o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berish bo‘yicha qaror Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilinishi belgilangan.
📆 Shu sababli Davlat test markazi tomonidan 1-30-noyabr kunlari o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinib, barcha ma’lumotlar Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etilgan.
O‘qishni ko‘chirish (Perevod) bo‘yicha so‘ngi yangiliklar👇@perevod_uzbek