Hurmatli umumta’lim maktablarining Informatika fani o‘qituvchilari!
GOOGLE FOR EDUCATION sertifikati bekor qilinganligi va unga to‘lanadigan ustama pullari to‘lab berilmasligi yuzasidan sizlardan ko‘plab savollar kelib tushmoqda.
Ushbu murojaatlarga javoban, to‘lovlar to‘xtatilmagani, tegishli sertifikatga ega bo‘lgan informatika fani o‘qituvchilariga ustamalar mazkur sertifikat olingan davrdan boshlab belgilangan tartibda to‘lab berilishini ma’lum qilamiz.
Ushbu sertifikat uchun to‘lovlar faqat Informatika fani o‘qituvchilariga tatbiq etilib, GOOGLE FOR EDUCATION sertifikati uchun boshqa fanlardan dars beradigan o‘qituvchilarga ustama to‘lanmasligi bo‘yicha qonuniy ko‘rsatma berilgan.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
⚡️Rasman: 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab, kollej va texnikumlarda dual ta’lim shakli bo‘yicha ham davlat grantlari ajratiladi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
⚡️Мактаб ўқитувчиларининг аттестацияси бекор қилинмаган
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг Kun.uz'га маълум қилишича, аттестация жараёнларига масъул бўлган ташкилот – Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси ёпилгани сабаб ҳозир вазифалар тақсимоти ишлари амалга ошириляпти. Ишлар тўлиқ йўлга қўйилгач, барчаси ўрнатилган тартибда давом эттирилади. Аттестация бекор қилингани ҳақидаги хабарлар эса асоссиз.
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
Ўқитувчилар аттестацияси бекор бўладими?
Ҳозирликча янги ташкил қилинган вазирлик бу масала бўйича бирон расмий муносабат билдиргани йўқ.
Бироқ баҳорги аттестация учун ҳужжатлар қабул қилинмаяпти.
БИРОҚ! Республика таълим маркази директори ўринбосари Исроил Тиллабоев ўз телеграм каналида вазирлик амалдорлари билан ҳамкорликда танлов ўтказиб юрган блогер ўқитувчининг аттестация бекор қилиш таклифи илгари сурилган постини бўлишди.
Бу нимани англатиши мумкин. Одатда ривожланган давлатларда ҳам қандайдир кескин ўзгаришни амалга оширишдан аввал катта компаниялар ва айрим давлат ташкилотлари бу ахборотни норасмий манбалар орқали тарқатиб жамоатчилик фикрини ўрганади ёки кенг оммани бу янгиликка секин-аста тайёрлаб боради.
Мактаблар аттестациясини бекор қилишдан аввал ҳам айнан Тиллабоев каналида сўровнома ўтказилган эди.
Бир икки кундан кейин Исроил ака ўқитувчилар аттестацияси бекор қилишни гўёки уни такомиллаштириш сифатида сўровномаси жойлаб қолишлари мумкин.
Албатта бу шунчаки тахмин. Эрта-индин вазирлик аттестацияга ҳужжатлар қабули бошланганини эълон қилиши ҳам мумкин.
2021 йил: 15 йил узлуксиз ишлаб, олий тоифа олганларнинг тоифаси умрбод сақланади.
2022 йил: Фақат 15 йил узлуксиз олий тоифада ишлаганларнинг тоифаси сақланади.
2023 йил: Аттестация ўзи керакми?
Қуйида 15 йил ишлаб олий тоифа олиб энди бир умр тоифали бўлдим деган ўқитувчининг ҳолати 👇
Каналга уланиш: 👇
@talimxabarlari
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI 16 YOSHGA TO‘LGAN MAKTAB BITIRUVCHILARIDAN O'Z VAQTIDA PASPORT (ID KARTA) OLISHLARINI SO'RAYDI
Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz.
Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.
Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 390 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 129 ming (33%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
‼️DIQQAT
📣Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun e’lon qilingan ta’til kunlari 23-yanvarga qadar uzaytirilganidan xabaringiz bor.
📌 2821-sonli Nizomga muvofiq, mazkur kunlar uchun bog‘cha to‘lovi undirilmaydi.
✅Agar taʼtil eʼlon qilingunga qadar to‘lovlar to’langan bo‘lsa, unda keyingi to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida taʼtil kunlari uchun to‘langan badal summasi hisobga olinadi.
🧮Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib, keyingi oyning to‘lov summasidan ayrilib tashlanadi.
✂️Agar kelmagan kunlar uchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan joriy to‘lov miqdori bola kelmagan kunlari hisobidan kamaytiriladi.
⚠️Eslatma! DXSH hamda Oilaviy NMTTga qatnaydigan bolalarga to’lanadigan taʼminot to‘lovi uchun taʼtil kunlari hisobidan subsidiya ajratilmaydi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
#TEZKOR
⚡️O‘qish 23-yanvardan an’anaviy tarzda boshlanadi
Joriy yilning 23-yanvaridan e’tiboran barcha oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanishini ma’lum qilamiz.
Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan o‘quv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 23-yanvarga qadar uzaytirilgan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
👨🏻💻 Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
📆 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 27-yanvarga qadar davom etadi.
🖥 Imtihonlar esa 31-yanvar kuni Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.
📌 TOEFL ITP va TOEIC imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.
👩🏫 TOEFL ITP va TOEIC sertifikatlari xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
✅ Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:
🔹 TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma;
🔹 TOEIC Listening and Reading Test — ma’lumot | qo‘llanma;
🔹 TOEIC Speaking and Writing Tests — ma’lumot | qo‘llanma.
☎️ Murojaat uchun:
- (95) 515-68-68
- (95) 507-70-72
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
kontrakt.edu.uz sayti orqali to‘lov-shartnomasini olish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Navoiy viloyati maktablarida qishki ta’til 23-yanvarga qadar uzaytirildi
Manba: Navoiy viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini tashkil qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarga oʻquv grafiklarini moslashtirgan holda amalga oshiriladi”, – deb bayonot berdi.
Hokimliklarning hozirgacha (17.01.2023 soat 17:30) bergan eʼlonlariga koʻra quyidagi hududlardagi oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida oʻqish 23-yanvar dushanba kuni boshlanadi:
✅Toshkent shahri
✅Buxoro viloyati
✅Surxondaryo viloyati
✅Qoraqalpogʻiston Respublikasi
✅Toshkent viloyati
✅Namangan viloyati
✅Qashqadaryo viloyati
✅Sirdaryo viloyati
✅Xorazm viloyati
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Qashqadaryo viloyatida bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Sirdaryodagi ta’lim muassasalarida o‘qishni boshlashning aniq muddatini belgilash qarori tuman va shahar sektor rahbarlari, ota-onalar, pedagogik tarkib bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
⚡️Maktablarlarda uchinchi chorak onlayn boshlanishi mumkin
💬 "Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni ob-havo sharoitlari barqarorlashguniga qadar vaqtincha onlayn ta’lim tizimiga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqmoqda," deyiladi vazirlik xabarida.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til 2023-yil 23-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
⚡️Rasman
🗂 2023-yil 1-sentabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida malakali xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Yevropa kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish sifatini taʼminlash tizimi talablariga toʻliq javob beradigan 1 tadan namunaviy professional taʼlim muassasalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
🗓 2023-yil 1-apreldan boshlab:
👉 professional taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy oʻrta taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga;
👉 professional taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan, malaka toifasiga ega boʻlmagan oliy maʼlumotli hamda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishincha umumiy oʻrta taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifali oʻqituvchisi, oliy maʼlumotli oʻqituvchisi hamda oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.
Kanalga ulanish: @talimxabarlari
⚡️Ukraina bilan chegaradosh 8 ta hududdan o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan navbatdagi bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi
Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari so‘raladi.
❗️Bu oxirgi ro‘yxat emas. Yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.
👉Ro‘yxatni yuklab olish
Manba: eduuz
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
⚡️ 8-fevral ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni
✅ 2023-yil 30-yanvar kuni matematika va biologiya fanlarini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.
🖥 Ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 8-fevral (to‘lov qilish 9-fevral) ga qadar davom etadi.
❕ Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 8-fevral kuni (shu kuni ham) ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari lozimligini eslatib o‘tamiz.
📆 Test sinovi esa 2023-yil 19-fevral (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadi va o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.
📍 Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan joylar sig‘imidan kelib chiqqan holda ro‘yxatga olinadi.
❇️ Bunda biror hudud to‘lgan taqdirda test topshirish hududini o‘zgartirib, boshqa hududda test sinovida ishtirok etish mumkin bo‘ladi.
Bilimni baholash agentligi
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Nostrifikatsiya va apostil xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumot
🔰 Ma’lumki, Prezidentning 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son farmoni bilan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tugatilib, uning vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanishi belgilangan.
📌 Shu sababli Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga nostrifikatsiya va apostil xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni qabul qilib olish choralarini ko‘rish topshirig‘i berilgan.
✅ Hozirgi kunda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan nostrifikatsiya va apostil xizmatlarini ko‘rsatish uchun axborot bazasini qabul qilib olish, u asosida axborot tizimi ishlab chiqish va uni tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
📋 Mazkur jarayonlar ma’lum vaqt talab etishini inobatga olgan holda ushbu xizmatlarni mart oyida ishga tushirish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
⚡️ Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test sinovlari
📆 Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari barcha hududlarda 2023-yil 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
⏳ Bunda test sinovlari o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan o‘tkazilib, 10:00 da boshlanadi.
✅ Test sinovida talabgorlarga 45 ta topshiriq va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat vaqt beriladi.
📋 Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.
👨🏻💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 23-yanvar kunidan boshlab my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
❕ Izoh: Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga 08:30 dan boshlab shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida kiritiladi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
♾Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini maktablarga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi
Chet el fuqarolari va chet elda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini umumtaʼlim maktablariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati yo‘lga qo‘yildi.
✅ Buning uchun chet el fuqarolari va chet elda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portali (my.maktab.uz) orqali onlayn so‘rovnomani to‘ldirgan holda ariza yuboradi.
✅Ariza avtomatik tarzda hududiy boshqarmalar huzuridagi chet el fuqarolari farzandlarini umumtaʼlim maktablariga qabul qilish bo‘yicha Ishchi guruhga yuboriladi.
✅ Ishchi guruhi 7 ish kunida arizani ko‘rib chiqib, yo‘llanmani (QR-kod qo‘yilgan) rasmiylashtiradi hamda elektron portal orqali ariza beruvchiga elektron ravishda yuboradi.
✅ Natijani ariza beruvchi o‘zi murojaat qilgan my.gov.uz yoki my.maktab.uz portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
🟢Davlat xizmatini ko‘rsatish BEPUL amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar shahodatnoma dublikatini olish va xorijda taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni (nostrifikatsiya) tan olish bo‘yicha davlat xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
2023-yil davomida eksternat tartibida imtihonlarni topshirish uchun ariza berish hamda o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish davlat xizmatlari ham ishga tushiriladi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
⚡️Aviaqatnovlarga ham chegirmalar muddati uzaytirildi
Uzbekistan Airways talabalar uchun respublika bo‘ylab amalga oshiriladigan ichki aviaqatnovlarga 50% chegirma muddatini 2023-yil 23-yanvarga qadar uzaytirdi.
18-yanvarga qadar chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalarni 23-yanvargacha rejalashtirilgan aviaqatnovlarga bepul qayta bron qilishga ruxsat etiladi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Rasmiy xabar
⚡️Farg‘ona viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qo‘shimcha ta'til kunlari 2023-yilning 23-yanvar kuniga qadar uzaytirildi.
Bu borada Farg‘ona viloyat hokimligining tegishli yig‘ilish bayonida qaror qilingan.
Viloyatdagi MTTlarida o‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hududdagi barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati ushbu muddatga uzaytirilganligini ma’lum qildi.
Ammo ushbu tashkilot vakolati faqat maktablar bilan cheklanishini hisobga olsak, oliy va professional ta’lim muassasalari haqidagi savol ochiq qolyapti.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Samarqand viloyatidagi barcha umumta'lim maktablarida 18-yanvar sanasidan darslar boshlanadi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Surxondaryo viloyatdagi maktabgacha, maktab va professional ta’lim muassasalari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy o‘quv yurtlarida qishki ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi.
O‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Toshkentda o‘qish 23-yanvardan boshlanadi
Toshkent shahridagi ta’lim muassasalari - mаktablar, litsey va kollejlar hamda oliy ta’lim dargohlarida o‘qish 23-yanvardan boshlanadi.
Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ta’lim ob’yektlaridagi harorat belgilangan me’yorda bo‘lishi nazoratga olinadi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham qishki ta’til 2023-yil 23-yanvarga qadar uzaytirildi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari
⚡️ Buxoroda qishki ta’til yana uzaytirildi
Viloyatdagi mavjud umumtaʼlim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda barcha maktabgacha taʼlim muassasalarida qishki taʼtil 22-yanvarga qadar uzaytirildi.
Oʻquv mashgʻulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
Qishki ta’til viloyatda avval 16-yanvarga, keyin 18-yanvarga uzaytirilgandi.
🟦 Kanalga ulanish: @talimxabarlari