O‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar uchun ajoyib yangilik!
Endilikda o‘quvchilar va ota-onalar eMaktab (Kundalik.uz) platformasiga telegram ilovasi orqali foydalanishlari mumkin.
Buning uchun @BaholarimBot telegram botiga bir marta (parol loginni kiritib) ro'yxatdan o'tish kifoya.
@BaholarimBot orqali darslar jadvali, uy vazifalari, qo‘yilgan barcha baholar, dars jarayonlarida ishlatiladigan materiallar, o‘rtacha ball, o‘tilgan va kelasi darslar mavzulari, o‘qituvchining sharhlari bepul ko‘rish mumkin.
O‘qituvchilar uchun qulay tomoni endi Siz ota-onalarga eMaktab (Kundalik.uz) ga kirib turishni eslatishingiz shart emas.
Botdan foydalangan ota-onalar va o‘quvchilar doimiy faol foydalanuvchi sifatida ko‘rinib turadi.
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha fevral oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
📝 test sinovining yozma qismi — 17-18-fevral kunlari;
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 19-fevraldan 1-martga qadar bo‘lib o‘tadi.
📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Toshkentdagi maktab hududida 3-sinf oʻquvchisi oʻlik holatda topildi
Marhum bolakay maktabga futbol oʻynash uchun borgan. Ammo, oʻsha hududda uning jonsiz tanasi topilgan.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3367/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlandi
Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3347/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Navoiyda 11 yoshli qiz B2 sertifikatini qoʻlga kiritdi
Xatirchi tumanidagi 22-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Zarina Muhiddinova chet tilini bilish darajasi boʻyicha B2 qoʻlga kiritdi. Bu haqida viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3341/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Barcha chet tili o‘qituvchilarida B2 til sertifikati bo‘lishi shart
Lekin vazirlik sertifikat ololmaydigan o‘qituvchilarga qanday chora ko'rilishi haqida haligacha ma’lumot bermadi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3328/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Munosabat: Xususiy OTMning litsenziyasi to‘xtatilsa, undagi talabalar nima qiladi?
“Kun.uz” tomonidan e’lon qilingan “Xususiy OTMning litsenziyasi to‘xtatilsa, undagi talabalar nima qiladi?” sarlavhali maqola bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qildi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3257/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifa berish boʻyicha pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat qabul qilish yo‘lga qo‘yildi.
pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (One ID)dan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Eslatma: Belgilangan tartibga koʻra, pedagog kadrlardan hujjatlar qabul qilish joriy yilning 1-mart sanasida to‘xtatiladi.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga oʻtkaziladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan video selektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3072/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Prezident Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga ham eʼtiroz bildirdi
Davlatimiz rahbari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga ham eʼtiroz bildirdi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3069/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Maktabgacha va maktab ta`limi vazirining ikki o’rinbosari lavozimidan ozod qilindi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich va Kenjayev Dilshod Mutalibovich egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova Talimxabarlari.uz ga ma’lum qildi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3047/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Ta’til pulini hisoblashda ustamalar qo‘shib hisoblanadimi?
Mehnat kodeksining 233-moddasiga muvofiq har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha…
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/2954/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
⚡️ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2024-yil 28-yanvar (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 08:30 dan boshlab (test sinovi 10:00 da) kiritiladi.
❗️ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Dunyo o’quvchilari tanaffusni qanday o’tkazadi?
Yaponiyada darslar orasidagi tanaffus 10 daqiqadan. Tushlik uchun 1 soat ajratilgan. O‘quvchilar tanaffusni asosan kutubxonada o‘tkazishni ma’qul ko‘radi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/2695/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Qanday qilib dars qilayotganda diqqatni yo‘qotib qo‘ymaslik mumkin?
Qanday qilib?
📚 Diqqatingizni bo‘lmaydigan atmosfera toping. Kimdir o‘ta tinch xonada, kimdir odamlar ko‘p kutubxonada yaxshiroq dars tayyorlaydi.
📱Xalaqit beruvchi narsalarni uzoqroq qo‘ying. Agar sizni telefon chalg‘itsa, uni dars qilayotgan payti yoningizga emas, o‘zingizga ko‘rinmaydigan joyga qo‘ying.
⏳Reja qilib oling. Qancha narsani tugatishingiz kerakligini, necha daqiqa tanaffus sizga foydali ekanini belgilab chiqing.
🗓 Kun tartibini shakllantiring. Doimiy bir vaqtda dars tayyorlash ortiqcha narsalarga xayol bo‘linmasligi uchun yaxshi yordam beradi.
🔖 Tanaffus qilib turishni unutmang. Ozgina toza havo olish yoki boshqa usulda dam olish o‘qishingizni yana qolgan joyidan sifatli davom ettirishga yordam beradi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/2840/
Kanalga ulanish: @talimxabarlari
⚡️ Navoiylik o‘quvchi muddatidan avval 178 ball to‘pladi
Qiziltepalik o‘quvchi Munavvara Cho‘liyeva hozirning o‘zida kimyo va biologiya fanidan maksimal ball beradigan darajadagi, ona tili va tarixdan esa majburiy fandan maksimal ball beradigan darajadagi jami 4 ta milliy sertifikatni qo‘lga kiritibdi.
Munavvarada qo‘shimchasiga ingliz tilidan ham B2 daraja bor ekan.
Uning hamma sertifikatlarining balli qo‘shib hisoblansa, jami 178 ball chiqarkan. Endi kirish imtihonida faqat matematika majburiy blokdan savollarni ishlasa yetarli ekan.
Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi
📣 2024-yil 28-yanvar kuni kimyo va geografiya fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
📱 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:
🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball.
🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Bir maktabdan 59 nafar o’quvchi til bilish darajasidagi sertifikatlarini qo’lga kiritdi
Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining xabar berishicha, Mirzaobod tumanidagi Ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatining 9-10-11-sinf o’quvchilaridan 59 nafari til bilish darajasidagi (MULTILEVEL B2) sertifikatlarini qo’lga kiritgan.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3364/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Ingliz tili sertifikatlariga ega bo’lgan yoshlarning Xalqaro IT sertifikatlarini olish xarajatlari to’liq qoplab beriladi
2024-yil 1-fevral kuni "Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxasislarni tayyorlash faoliyatini qo'llab-quvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" prezident qarori qabul qilindi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3344/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Xudayqulov Sherzod Uktamovich - Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori lavozimiga tayinlandi!
Sh.Xudayqulov bunga qadar Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Finlyandiyaliklar 9 yil imtihonsiz oʻqishadi
Finlyandiyada bolalar 9-sinfga qadar imtihon qilinmaydi. Yaʼni sinfdan sinfga oʻtish uchun hech qanday davlat imtihoni yoʻq.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3319/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Nafaqadagi o’qituvchilar dars o’tishi mumkin emasmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Endilikda pensiya yoshidagi o’qituvchilar dars o’tishmaydi, ham pensiya ham oylik olishmaydi” degan xabarlar tarqaldi. Tabiiyki ushbu xabar ko’plab o’qituvchilar tomonidan yaxshi kutib olinmadi. Talimxabarlari.uz jamoasi ushbu xabarlarni o’rganib shularni ma’lum qiladi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3252/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Kollej, texnikumlarni tugatganlar OTMda 2- yoki 3-kursdan o‘qishi mumkin
▪️ Bu haqida prezident boshchiligidagi yig‘ilishda so‘z bordi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/uz/3092/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Yig‘ilishda maktab ta’limidagi islohotlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan vazifalar belgilab berildi.
O‘tgan yili Respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, o‘tgan hafta Loyiha ofisi tashkil qilindi va katta ilmiy-amaliy tajribasi bor va salohiyatli kadrlar jamlandi.
Markaz va ofisga Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim vazirliklari bilan birgalikda:
- maktablarda matematika, fizika, kimyo, biologiya va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangilash;
- o‘quvchilar bilimi, tahliliy, tanqidiy va kreativ fikrlashi, muammolarga yechim topib, amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv metodikalarini ishlab chiqish topshirildi.
Bunda, tan olingan xorijiy dasturlar (A-level, IB kabi), o‘quvchi va muallimlar bilimini baholashda xalqaro tajribalar (PISA, TIMSS, PIRLS) bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Joriy yilda Prezident maktablari ta’lim dasturi yana 1 mingta maktabda boshlanadi. Hokimlar ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilashga mas’ul bo‘ladi.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
#tayinlov
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziriga ikki o'rinbosar tayinlandi
Joriy yilning 2-fevral kuni Radjabov Sardor Baxtiyorovich hamda Boqiyev Farxod Esanovich Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3063/
👉 Obuna bo‘ling -@talimxabarlari
⚡️ Test topshiriqlari soni va baholash mezoni tasdiqlandi
🔰 2024-2025-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni va baholash mezoni tasdiqlandi.
✅ Test topshiriqlari soni va baholash mezoni:
▶️ Majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha:
🔹 har bir fandan 10 tadan jami 30 ta test topshirig‘i;
🔹 har bir to‘g‘ri javob uchun — 1,1 balldan;
🔹 maksimal ball — 33 ball.
1️⃣-mutaxassislik fani bo‘yicha:
🔸 test topshiriqlari soni — 30 ta;
🔸 har bir to‘g‘ri javob uchun — 3,1 balldan;
🔸 maksimal ball — 93 ball.
2️⃣-mutaxassislik fani bo‘yicha:
🔹 test topshiriqlari soni — 30 ta;
🔹 har bir to‘g‘ri javob uchun — 2,1 balldan;
🔹 maksimal ball — 63 ball.
📚 Umumiy 5 ta fan bo‘yicha test topshiriqlari soni — 90 ta. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.
🔗 Ta’lim yo‘nalishiga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bilan ushbu havolada tanishish mumkin.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Talaba ham oʻqib, ham ishlasa boʻladimi?
Buning uchun qonunlarda cheklov yoʻq.
Oliy taʼlim toʻgʻrisida nizomning 50-bandiga koʻra kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba darsdan boʻsh…
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/2873/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumida ishtirok etdi
Davlatimiz rahbari forumni ochar ekan, barcha ishtirokchilarni samimiy qutladi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/2867/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketmaslik choralari bormi?
Tarmoqlardan ajraling.
Ijtimoiy tarmoqlaringizni doimiy qo‘lingizda turadigan telefoningizga emas, masalan, uyda ishlatadigan kompyuteringizga ochib qo‘ysangiz, har daqiqada ularni tekshirib vaqt yo‘qotmaysiz;
2️⃣ Real foydalar haqida o‘ylang.
Telegram yoki Instagramda…
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/2837/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Rasman: Tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi xorijda o‘qitiladi
Prezident qaroriga ko‘ra 2024-2025-o‘quv yilidan tibbiyot OTMning 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTM va markazlarda o‘qitiladi.
2024/2025 oʻquv yilidan:
➖tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTMlar va markazlarda oʻqitiladi;
➖tibbiyot OTMlarining bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida koʻp tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi toʻlanadigan internatura tashkil etiladi;
➖Toshkent tibbiyot akademiyasining taʼlim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkaziladi;
➖tibbiyot yoʻnalishidagi OTM talabalarining bilimlari ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholanadi.
📁Quyidagi magistrlik yoʻnalishlari joriy etiladi hamda har yili kamida 150 nafar…
https://talimxabarlari.uz/2845/