Barcha xorijiy til o‘qituvchilari yangi o‘quv yili oldidan kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi lozim
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq:
2024/2025-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.
Mazkur talabdan kelib chiqqan holda, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha xorijiy til ustozlari 2024/2025-o‘quv yiliga qadar kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi lozimligini eslatadi.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
O'qituvchi attestatsiya test sinovi vaqtida uch marotaba boshqa tomonga qarasa test yopilib qoladimi?
Attestatsiya test sinovlari vaqtida pedagoglar ko‘chada navbat kutishmaydimi?
Ayrim maktablarda fanlarni chet tilida oʻqitish amaliyoti joriy etiladi
Prezident maktablarining mahalliy oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3838/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Akademiklar ishtirokida dars oʻtish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi
Har yili umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida taʼlim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim oʻzgarishi va qishloq xoʻjaligi kabi yoʻnalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi “Ixtirochilikka qadam” tanlovi oʻtkaziladi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3834/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Prezident maktabi o‘quvchisi Garvard universitetiga qabul qilindi
Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Abdulaziz Sobirov dunyo reytingida TOP 5 likka kiruvchi Garvard universitetiga 354,000 AQSh dollari miqdoridagi grant bilan o‘qishga qabul qilindi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3825/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
⚡️Fizika va biologiya fanlari bo'yicha diagnostika testlari yuklandi!
Ayni paytda umumta'lim fanlaridan pedagoglar uchun diagnostika testlari o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.
Ushbu test topshiriqlari malakali testologlar tomonidan vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.
Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.
O‘qituvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda telegran botlarga quyidagi fanlar bo‘yicha testlar joylashtirildi:
🔹Fizika
🔹Biologiya
🔹Qoraqalpoq tili va adabiyoti
🔹Geografiya
🔹 Boshlang‘ich ta'lim (2 xil)
🔹 Ona tili
🔹 Matematika
🔹 Ingliz tili
🔹Tarix
🔹Jismoniy tarbiya
❗️Barcha fanlar bo'yicha testlar telegram botlarga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.
Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:
👉 @uztditestbot
👉 @uztdi_testbot
👉 @uztditestt_bot
👆Yuqoridagi videoda ushbu telegram botlardan qanday foydalanish lozimligi ko'rsatib berilgan.
📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
❓O‘qituvchilarning "Open budget"ga uchun ovoz yig‘ish uchun jalb qilinishi qanchalik to‘g‘ri?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining 2023-yilgi yakuniy sarhisobi hamda joriy yilda vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga bag’ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjuman davomida mutasaddilar tomonidan o‘qituvchilarning tashabbusli byudjetga jalb qilinishi haqidagi savolga ham javob qaytarildi.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
❓ "Aslida eng to‘g‘ri yo‘l – o‘qituvchining darsdagi amaliyotini baholash!"
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining 2023-yilgi yakuniy sarhisobi hamda joriy yilda vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga bag’ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjuman davomida mutasaddilar tomonidan attestatsiyaning 2-bosqichida pedagogik mahoratni test emas, boshqa uslubda aniqlashni rejalashtirganligi haqidagi savolga ham javob qaytarildi.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Ijod maktablarida “Tasviriy san’at va chizmachilik” fani o‘rniga “San’at” fani kiritish taklif etilmoqda
Bunda faqat rasm chizish emas, balki rangtasvir, hunarmandchilik, kinematografiya, haykaltaroshlik va dizaynga oid ko‘nikmalar o‘rgatiladi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3814/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Umumta’lim maktablari o’qituvchilarining sinf rahbarlari uchun qanday ustama va imtiyozlar berilgan?
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida Umumta'lim muassasalari o'qituvchining sinf rahbarligi uchun qo'shimcha haq to'lovlari nazarda tutilgan. Unga ko'ra mazkur to'lovlar sinfdagi o'quvchilar soniga qarab, mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorida nisbatan foiz hisobida amalga oshiriladi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3804/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Umumtalim, musiqa maktablari, oʻrta maxsus va professional talim tashkilotlaridagi bir qancha lavozimlar ham qisqartirilishi mumkin
Ayrim telegram kanallarda umumtalim, musiqa maktablari, oʻrta maxsus va professional talim tashkilotlaridagi bir qancha lavozimlarni qisqartirish bo'yicha tayyorlangan taklif tarqalmoqda.
Ushbu xabar rasman tasdiqlanmagan va takliflar qaysi tashkilot tomonidan tayyorlangani haqida ma'lumot berilmagan.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi va muddatlari tasdiqlandi
Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikat hamda chet tili fanlari boʻyicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar imtihondan muayyan fandan ozod qilinadi.
Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3791/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Maktabni bitirish imtihonlarida OTMga kirish sinovlariga mos fanni tanlash imkoniyati yaratiladi
Imtihon topshiriqlari yozma va amaliy shaklga oʻtkaziladi, javoblarni maxsus platforma orqali tekshirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi, savollar doimiy ravishda yangilanib boriladi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3782/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
⚡️Pedagoglar attestatsiyasi bo'yicha diagnostika testlarida barcha bepul ishtirok etishi mumkin!
Ayni paytda umumta'lim fanlaridan pedagoglar uchun diagnostika testlari o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.
Ushbu test topshiriqlari malakali testologlar tomonidan vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.
Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.
O‘qituvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda test platformasiga quyidagi fanlar bo‘yicha yangi testlar joylandi:
🔹 Boshlang‘ich ta'lim (2 xil)
🔹 Ona tili
🔹 Matematika
🔹 Ingliz tili
🔹Tarix
🔹Jismoniy tarbiya
❗️Barcha fanlar bo'yicha testlar telegram botlarga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.
Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:
👉 @uztditestbot
👉 @uztdi_testbot
👉 @uztditestt_bot
👆Yuqoridagi videoda ushbu telegram botlardan qanday foydalanish lozimligi ko'rsatib berilgan.
📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Til sertifikati talabi natijasida magistratura bosqichida 2022-yilda 80,2 foiz, 2023-yilda 62,6 foiz kvota ochiq qolgan
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son qarori tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB) dan o‘tkazilmoqda.
Vazirlik tomonidan mazkur qaror bo‘yicha to‘ldirilgan TSTB hisoboti e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun 2021-yilda 20,7 foiz kvota ochiq qolgan bo‘lsa, 2022-yilda 80,2 foiz, 2023-yilda 62,6 foiz kvota ochiq qolgan.
Shuningdek, hujjat topshirgan yoki talabgorlar soni so‘nggi 3 yilda 12,5 baravarga kamaygan.
"Qabul kvotalarining to‘lmasligi moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlarining moliyaviy holatiga ta’sir etmoqda.
Mazkur tartibning joriy etilishi fuqarolarga ham moliyaviy harajatlar keltirib chiqarmoqda.
Jumladan, talabgor ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirish uchun milliy yoki xalqaro sertifikat olishga imtihonga tegishli to‘lovlarni amalga oshiradi", – deyiladi vazirlik hisobotida.
Yakkabog‘ MMTB boshligʻi lavozimiga tayinlanish uchun 55 ming AQSh dollari talab qilingan
Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda viloyat tumanlaridan biridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Ma’lum qilinishicha, direktor oʻzining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qarshi tumanidagi maktab direktorining oʻrinbosarini Yakkabogʻ tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlanishida yordam berish evaziga 55 ming AQSH dollari talab qilgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
❓Eski pasport maʼlumotlari asosida murojaat yuborgan pedagoglarda testda qatnashish bo‘yicha muammolar bo‘ladimi?
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘lmoqda
Ma’lum qilishlaricha, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Karimov Komiljon Hamidovich va Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining o'rinbosari Turdikulova Shaxloxon Utkurovna lavozimidan ozod qilingan.
Ularning o‘rniga bugungi kunga qadar Prezidenti Administratsiyasida sektor rahbari sifatida faoliyat yuritib kelgan Otabek Mahkamov va Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritib kelgan Shohruh Daliyevlar tayinlangani aytilmoqda.
Ta’kidlash lozim, Shaxloxon Turdikulova bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari sifatida “O‘zbekistonda biotibbiyot va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish” simpoziumida ishtirok etgan.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Malaka (test) sinovlari o‘tkazilishi muddatlari toʻgʻrisida maʼlumot rad qilindi
Test sinovlarining oʻtkazilish muddatlari pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga SMS xabar yuborish orqali maʼlum qilinadi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3828/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
4-18-aprel kunlari O‘zbekistonda xalqaro TALIS 2024 tadqiqotining asosiy so’rovnoma jarayonlari oʻtkaziladi
Tadqiqotda ishtirok etish uchun mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari orasidan tasodifiy reprezentativlik tamoyili asosida 210 ta maktab tanlab olingan. Jarayonlarda mazkur maktablar direktorlari va ularda faoliyat yuritayotgan 4507 nafar oʻqituvchi ishtirok etadi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3821/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining 2023-yilgi yakuniy sarhisobi hamda joriy yilda vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga bag’ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjuman davomida mutasaddilar tomonidan pedagoglar attestatsiyasiga quyidagi savollarga ham javob qaytarildi.
👉 Pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun qancha ariza yuborilgan?
👉 Sinov materiallari kimlar tomonidan tuzilgan?
👉 Bu yilgi malaka (test) sinovlari qanday tashkil etiladi?
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
❓O‘qituvchi qoidani buzsa, testdan keyin ham attestatsiyadan chetlatiladimi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining 2023-yilgi yakuniy sarhisobi hamda joriy yilda vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga bag’ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjuman davomida mutasaddilar tomonidan o‘qituvchilarning qanday holatlarda attestatsiyadan chetlatilishi haqidagi savolga ham javob qaytarildi.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Oltin va kumush medallar kimlarga beriladi?
Oltin va kumush medallarni berilishi yuzasidan qo‘shimcha savollar yuzasidan tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3816/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
6-sinf o’quvchisi IELTSdan 7 ballni qo’lga kiritdi
Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 30-sonli umumta'lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Saidaxon Hamroyeva ingliz tili bo‘yicha xalqaro IELTS sertifikati uchun imtihondan 7 ballni qo‘lga kiritdi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3808/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Oʻqituvchilar haqida yaratilgan dunyodagi TOP-12 film
Ushbu kinolar oʻqituvchilarning fidoyiligi va ularning qahramonliklari haqida hikoya qiladi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3801/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Qanday holatlarda oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin?
Ularning bilimlarini yakuniy baholash va reytingini aniqlash yillik baholar asosida amalga oshiriladi.
👉 Bitiruvchilarni yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod qilish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxati
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3796/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish vaqti belgilandi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 15-aprel kuni boshlanadi.
Malaka sinovlari avval eʼlon qilingan manzillarda real vaqt rejimida test (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3787/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Vazirlik va idoralarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samaradorligi baholandi
Ta’lim sohasiga doir vazirlik va idoralar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi faoliyati 84 ball bilan "yaxshi" deb baholangan bo‘lsa, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 50 ball bilan "qoniqarsiz" natija qayd etgan.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3779/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Asosiy fan olimpiadalarining Respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
Joriy yilning 24-27-mart kunlari Qoraqalpog‘iston respublikasi hamda Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan Asosiy fan olimpiadalarining Respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3774/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari