Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining malaka toifasi tarbiya va informatika fani uchun ham amal qiladimi?
Eslatib o‘tamiz, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ushbu fanlardan dars berish uchun Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarida o‘qishi lozim.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3860/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
✅ Pedagog kadrlarning malaka toifasi test sinovlari bo‘yicha videoyo‘riqnoma tayyorlandi.
❗️Unda attestatsiya kuni amal qilish lozim bo‘lgan qoidalar, belgilangan vaqt va imtihon tartibi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
O‘quvchilari eng yaxshi va eng yomon bahoga o‘qiydigan hududlar nomi ma’lum qilindi
“Xalqaro baholash testlari natijasi buning aksini ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchilar o‘quvchilarning bilimini oshirib baholayotganidan va boshqa holatlar kuzatilishidan dalolat beradi”, – deyiladi institut xulosasida.
Maktablardagi davomat eng yuqori va eng past hududlar nomi ma’lum bo‘ldi
Davomatning eng yuqori ko‘rsatkichlari Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida, eng past ko‘rsatkichlar esa Toshkent shahri, Jizzax, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida kuzatilgan.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3846/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Ijtimoiy tarmoqlarda malaka (test) sinovlari o‘tkazilishi muddatlari toʻgʻrisida maʼlumot tarqalmoqda.
📌 Ushbu ma’lumot vazirlik tomonidan rasman tasdiqlanmagan.
Test sinovlarining oʻtkazilish muddatlari pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga SMS xabar yuborish orqali maʼlum qilinadi.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
⚡️ TOEFL iBT sertifikati bekor qilinishi kutilmoqda
Ma’lum bo‘lishicha, 2023-24-o‘quv yilida magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan TOEFL iBT sertifikati bekor qilinmoqda.
Vazirlik tomonidan TOEFL iBT, TKT, ITEP va English Assessment testlarni bekor qilish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Til sertifikati talabi natijasida magistratura bosqichida 2022-yilda 80,2 foiz, 2023-yilda 62,6 foiz kvota ochiq qolgan
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son qarori tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB) dan o‘tkazilmoqda.
Vazirlik tomonidan mazkur qaror bo‘yicha to‘ldirilgan TSTB hisoboti e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun 2021-yilda 20,7 foiz kvota ochiq qolgan bo‘lsa, 2022-yilda 80,2 foiz, 2023-yilda 62,6 foiz kvota ochiq qolgan.
Shuningdek, hujjat topshirgan yoki talabgorlar soni so‘nggi 3 yilda 12,5 baravarga kamaygan.
"Qabul kvotalarining to‘lmasligi moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlarining moliyaviy holatiga ta’sir etmoqda.
Mazkur tartibning joriy etilishi fuqarolarga ham moliyaviy harajatlar keltirib chiqarmoqda.
Jumladan, talabgor ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirish uchun milliy yoki xalqaro sertifikat olishga imtihonga tegishli to‘lovlarni amalga oshiradi", – deyiladi vazirlik hisobotida.
Yakkabog‘ MMTB boshligʻi lavozimiga tayinlanish uchun 55 ming AQSh dollari talab qilingan
Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda viloyat tumanlaridan biridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Ma’lum qilinishicha, direktor oʻzining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qarshi tumanidagi maktab direktorining oʻrinbosarini Yakkabogʻ tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlanishida yordam berish evaziga 55 ming AQSH dollari talab qilgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
❓Eski pasport maʼlumotlari asosida murojaat yuborgan pedagoglarda testda qatnashish bo‘yicha muammolar bo‘ladimi?
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘lmoqda
Ma’lum qilishlaricha, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Karimov Komiljon Hamidovich va Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining o'rinbosari Turdikulova Shaxloxon Utkurovna lavozimidan ozod qilingan.
Ularning o‘rniga bugungi kunga qadar Prezidenti Administratsiyasida sektor rahbari sifatida faoliyat yuritib kelgan Otabek Mahkamov va Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritib kelgan Shohruh Daliyevlar tayinlangani aytilmoqda.
Ta’kidlash lozim, Shaxloxon Turdikulova bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari sifatida “O‘zbekistonda biotibbiyot va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish” simpoziumida ishtirok etgan.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Malaka (test) sinovlari o‘tkazilishi muddatlari toʻgʻrisida maʼlumot rad qilindi
Test sinovlarining oʻtkazilish muddatlari pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga SMS xabar yuborish orqali maʼlum qilinadi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3828/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
4-18-aprel kunlari O‘zbekistonda xalqaro TALIS 2024 tadqiqotining asosiy so’rovnoma jarayonlari oʻtkaziladi
Tadqiqotda ishtirok etish uchun mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari orasidan tasodifiy reprezentativlik tamoyili asosida 210 ta maktab tanlab olingan. Jarayonlarda mazkur maktablar direktorlari va ularda faoliyat yuritayotgan 4507 nafar oʻqituvchi ishtirok etadi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3821/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining 2023-yilgi yakuniy sarhisobi hamda joriy yilda vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga bag’ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjuman davomida mutasaddilar tomonidan pedagoglar attestatsiyasiga quyidagi savollarga ham javob qaytarildi.
👉 Pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun qancha ariza yuborilgan?
👉 Sinov materiallari kimlar tomonidan tuzilgan?
👉 Bu yilgi malaka (test) sinovlari qanday tashkil etiladi?
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
❓O‘qituvchi qoidani buzsa, testdan keyin ham attestatsiyadan chetlatiladimi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining 2023-yilgi yakuniy sarhisobi hamda joriy yilda vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga bag’ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjuman davomida mutasaddilar tomonidan o‘qituvchilarning qanday holatlarda attestatsiyadan chetlatilishi haqidagi savolga ham javob qaytarildi.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Oltin va kumush medallar kimlarga beriladi?
Oltin va kumush medallarni berilishi yuzasidan qo‘shimcha savollar yuzasidan tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3816/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
🤩 Grant asosida o'qish imkoniyati
Menejment va zamonaviy texnologiyalar universitetida iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025-o'quv yili kunduzgi ta'lim shakli uchun 180 ta grant o'rinlari ajratilmoqda. Grant sohiblari tanlov orqali saralab olinadi.
✅ Tanlovda ishtirok etish uchun @umftgrantbot orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.
📥 Talabgorlar 2024-yil 15-martdan 14-aprelga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
⚠️ Tanlov o'tkazilish tartibi va shartlari bilan batafsil universitet veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin: umft.uz/grant
O'z maqsadlaringizga erishish yo'lida moliyaviy yordam imkoniyatini qo'ldan boy bermang!
UMFT — kelajagingiz uchun eng maqbul hamkor
☎️ +998555068888, +998555208888
📩 @umft_support
🌐 umft.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Instagram | Facebook | umftuz">YouTube | Linkedin
📍 Lokatsiya
Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozim?
Ushbu ustamaga nomzod boʻlish uchun oʻquvchilar OTM va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida yuqori ball olishi lozim.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3853/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi
Avval xabar qilinganidek, maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari 2024-yil 15-apreldan boshlab attestatsiyadan o‘tkaziladi.
📌 Pedagog kadrlarining malaka (test) sinovini oʻtkazish joylari
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3848/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Davomatning pastligi o‘quvchilar bilimi pasayishiga sabab bo‘ladi – PISA natijalari
e-maktab ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda maktablardagi o‘rtacha davomat 83,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib, 82,5 foizga tushgan.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3843/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Amaldagi TOEFL iBT sertifikatlari o‘z kuchida qoladi (mi)?
TOEFL iBT sertifikati bekor qilinishi haqidagi xabardan so‘ng obunachilarimizdan "Amaldagi sertifikatlar o‘z kuchida qoladimi?" degan mazmunda murojaatlar kelib tushdi,
Vazirlikdagi manbalarimizning ma’lum qilishicha, bugungi kunga qadar ushbu sertifikatga ega talabgorlar uchun belgilangan imtiyozlar o‘z kuchida qoladi.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Barcha xorijiy til o‘qituvchilari yangi o‘quv yili oldidan kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi lozim
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq:
2024/2025-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.
Mazkur talabdan kelib chiqqan holda, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha xorijiy til ustozlari 2024/2025-o‘quv yiliga qadar kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi lozimligini eslatadi.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
O'qituvchi attestatsiya test sinovi vaqtida uch marotaba boshqa tomonga qarasa test yopilib qoladimi?
Attestatsiya test sinovlari vaqtida pedagoglar ko‘chada navbat kutishmaydimi?
Ayrim maktablarda fanlarni chet tilida oʻqitish amaliyoti joriy etiladi
Prezident maktablarining mahalliy oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3838/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Akademiklar ishtirokida dars oʻtish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi
Har yili umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida taʼlim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim oʻzgarishi va qishloq xoʻjaligi kabi yoʻnalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi “Ixtirochilikka qadam” tanlovi oʻtkaziladi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3834/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Prezident maktabi o‘quvchisi Garvard universitetiga qabul qilindi
Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Abdulaziz Sobirov dunyo reytingida TOP 5 likka kiruvchi Garvard universitetiga 354,000 AQSh dollari miqdoridagi grant bilan o‘qishga qabul qilindi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3825/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
⚡️Fizika va biologiya fanlari bo'yicha diagnostika testlari yuklandi!
Ayni paytda umumta'lim fanlaridan pedagoglar uchun diagnostika testlari o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.
Ushbu test topshiriqlari malakali testologlar tomonidan vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.
Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.
O‘qituvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda telegran botlarga quyidagi fanlar bo‘yicha testlar joylashtirildi:
🔹Fizika
🔹Biologiya
🔹Qoraqalpoq tili va adabiyoti
🔹Geografiya
🔹 Boshlang‘ich ta'lim (2 xil)
🔹 Ona tili
🔹 Matematika
🔹 Ingliz tili
🔹Tarix
🔹Jismoniy tarbiya
❗️Barcha fanlar bo'yicha testlar telegram botlarga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.
Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:
👉 @uztditestbot
👉 @uztdi_testbot
👉 @uztditestt_bot
👆Yuqoridagi videoda ushbu telegram botlardan qanday foydalanish lozimligi ko'rsatib berilgan.
📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
❓O‘qituvchilarning "Open budget"ga uchun ovoz yig‘ish uchun jalb qilinishi qanchalik to‘g‘ri?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining 2023-yilgi yakuniy sarhisobi hamda joriy yilda vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga bag’ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjuman davomida mutasaddilar tomonidan o‘qituvchilarning tashabbusli byudjetga jalb qilinishi haqidagi savolga ham javob qaytarildi.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
❓ "Aslida eng to‘g‘ri yo‘l – o‘qituvchining darsdagi amaliyotini baholash!"
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining 2023-yilgi yakuniy sarhisobi hamda joriy yilda vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga bag’ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjuman davomida mutasaddilar tomonidan attestatsiyaning 2-bosqichida pedagogik mahoratni test emas, boshqa uslubda aniqlashni rejalashtirganligi haqidagi savolga ham javob qaytarildi.
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Ijod maktablarida “Tasviriy san’at va chizmachilik” fani o‘rniga “San’at” fani kiritish taklif etilmoqda
Bunda faqat rasm chizish emas, balki rangtasvir, hunarmandchilik, kinematografiya, haykaltaroshlik va dizaynga oid ko‘nikmalar o‘rgatiladi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3814/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari