taqdir_bitiklari | Unsorted

Telegram-канал taqdir_bitiklari - Taqdir bitiklari

-

Ijodkor, pedagog Shahzod Ergashaliyevning rasmiy sahifasi @Shahzod_Ergashaliyev 📩 Aloqa: @Taqdir_bitiklaribot 💰Reklama: @tijoriy_taklif

Subscribe to a channel

Taqdir bitiklari

#tarjima

Har ish, Alloh uni qanday taqdir etsa, shundayligicha haqiqatga aylanadi.

Turk tilidan
Shahzod Ergashaliyev tarjimasi


@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Agar gap "Ferrari" haqida ketayotgan bo‘lsa dunyodagi eng xunuk rang bo‘lsa ham yoqaverardi masalan menga. 😆😆

Uzuq-yuluq kiyimda ham minaverardim.
Ko‘rganlar moda ekan deb o‘ylaydi baribir. 🤓😎

P.S: Bunaqa mashinada eski kiyimlarda yursang ham yarashaveradi, odamlar shunaqa narsalarga qarab fikrlaydi hozir. 🫤

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Ibodatlar qabul bo‘lsin

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

– Siz chiroylisiz, lekin ichingiz bo'm-bo'sh. Fido bo'lishga arzimaysiz...

©Antuan de Sent-Ekzyuperi "Kichkina Shahzoda"

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Maqomimiz ishq, usulimiz odobdir bizning.
Eshigimizni emas, ko'nglimizni topganlar kelsin!..

©Shams Tabriziy

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi va sallam:

“Ayol to‘rt (narsasi) uchun nikohlanadi: moli uchun, nasabi uchun, jamoli uchun va dini uchun. Bas, dindorini tanla, qo‘ling tuproqqa qorilgur”, dedilar”.

Beshovlari rivoyat qilganlar.

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

"Iymon-e‘tiqodning xosiyati shu erur."

©Ivan Vasilevich 😁


"Anorbooks" ga tashakkur!
O‘quvchilaringiz bundanda ko‘paysin.

Boshqalar ham jo‘natsa duo qilib qo‘yaman yana 😁😁😁

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Bu gifni ko‘rib, dunyo ko‘zimga qorong‘u ko‘rinib ketdi. 🥴😆

Qiziq, anavi aka nimalarni his qilgan ekan a?
Bilmaysizmi? 😁


@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Buni tili chuchukligini qarang 😁
(Mashaning kulishi yodimga tushib ketdi)

Sizdayam bormi shunaqa jiyanlar?

Rosa gaplashging keladi ular bilan negadir. 🤓

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Mana otalar bolalarni qanday uxlatishadi. 😀🥸

Ota baribir ota-da!
Bolani turishini qara Karl! 🤣

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

#sms #dialog

— Salom, Jamshid akami bu?
— Yo‘q, men Jamshid akani ayoliman.
— Kechirasiz, Jamshid akaning erkagi kerak edi. 😀

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

O‘zi shunaqa go‘zlliklarni topib, rasmga olib yuraman. 😀

Qalay, yoqdimi?

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Xalq tushundi 😎

Siz qaysi turiga mansubsiz?
Ha aytgancha,
Bu mening gaplarim emas lekin! 😁

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

* * *

Nogoh salqin keldi avgust so‘ngida,
Yomg‘ir yog‘ib o‘tdi bugun ertalab.
Ertalab —  sabrning ko‘zi o‘ngida –
Men sening ismingni aytdim erkalab.

Nogohon o‘zgarish etdimi ta’sir,
Yo salqin xotirang yetdi – bilmadim:
Ko‘nglimni ertalab etmadim tahrir —
Erkalab ismingni aytdim. Yig‘ladim.

Tushindim — taqdiring ishin yuritgan 
Beyurak royishlar haqlidir, haqli.
O‘yladim: — Albatta, meni unitgan! —
Albatta, baxtlidir! Albatta, baxtli!

Asli bu mung nechun? Taqdir hal bo‘lgan.
Umrdan necha kun qoldi? Bilmadim.
Sensiz o‘lmog‘imga qismatim ko‘ngan...       
Baribir yig‘ladim.


©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Tillar, millatlar, dinlar turli-xil. Ammo kulish, yig‘lash, yuz ifodalari ayni.😊

Bir-birini anglash faqat so‘z bilan emas, qalb bilandir!

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

​​Talaba

Orzuingdir ming imtiyoz ichra gumdon, talaba.
Senga hamdard ota-ona, ilmu urfon, talaba.

So‘ylasin og‘zi qiyshiq bo‘lsa xam imtiyoz olg‘onlar,
Maksimal ball olg‘on birlan mag‘lub bo‘lg‘on, talaba.

Al-Beruniy, al-Xorazmiy, al-Forob avlodidan
Chiqmagandi bu qadar ilmi payhon, talaba.

O‘tdilar sho‘rlik boshingdan, o‘ynatib imtiyozni
Harbiyu organga bo‘lgan qizu o‘g‘lon, talaba.

Tuzdiyu kattakonlar imtiyozlar jadvalin,
Voh, nechun otang bo‘lmadi axli organ, talaba!?

Abituriyent na’rasiga aks-sado berdi Xushnud,
Senga-chi, endi kim bo‘lg‘ay balogardon, talaba.

Dardingni bitmakka, birad, mingta Firdavsiy kerak
Chunki bitta yechgan testing - mingta doston, talaba.

Ortda qoldi shirin xayol, ortda qoldi rejalar
Keldi vaqting, bormu naqding, jonli hamyon, talaba.

Senga Oksford bir jahonu, senga Stenford bir jahon,
Orzusi NamDU, TerDU yo GulDU bo‘lg‘on talaba.

Bo‘ldi osmoning qorong‘i mandat ro‘yxati ila,
Shuncha ball olib hamki, byudjet armon, talaba.

Sen Buyuk yurt o‘g‘lidirsan, sen otang farzandisan.
Ishla, diplomni qilma sandiqda pinhon, talaba.

Imtiyoz deb keng jahonga ne uchun hajv etmayin,
Bunday g‘alat ne’matga bor bizda imkon, talaba.

Qayda bo‘lsang boshing xamdur, jim yurarsan pismayib,
Chunki derlar: “Qulluq bulsin, oshi qachon, talaba?”

Bu xajviyam senga, birad, onlayn dars hurmati,
Kontrakting to‘lab, uyda urgin javlon, talaba.


©nishondagi gaplar

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Mana shu ranglar juda yoqadi menga:

🪖 To‘q yashil
🥈Och kulrang
🛋 Och havorang
◾️ Qora

Sizga-chi?

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙

Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙


@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Shunday bir qoida bor: kimgadir yoqmasang, shunchaki tinch qo‘y. Balki shuni yuzingga ayta olmayotgandir.

Chunki hayot juda qisqa, hammaga yoqish uchun yaratilmagansan.

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

#hamma_qatori

Bu yerga tabrik yozishim mumkin edi.

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Sizlardayam 13:00 da deyilgan majlis 15:30larda boshlanadimi? 🥴🤧

Har safar shunaqa bo‘lishini bilib, ko‘pchilik ancha keyin kelishga ham o‘rganib qolishadi. 😑

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Maktabda bittasi:

– Falonchiyev domla tarbiya olganmilar? – degandi.
– Yo‘q, – deyishdi.
– Iye tarbiyalari yo‘qmi? Man olganlar deb yuruvdim.
– Hozir direktor tarbiyani duch kelgan odamga bervoryapti. Eng osoni shu-da, shuncha staji borlar ham tarbiyasiz qopketyapti... – deydi.

Dumalab qolay dedim eshitib. 😆😆

Boshqacha tushungan faqat men bo‘ldim, ular suhbatda davom etishdi hech nima bo‘lmagandek. 🤣

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Qizlar bilan bozor aylanishni dushmanimga ham ravo ko‘rmayman. 🤯😟

Yo men sabrsizmanmi? Nima deysiz?🤦🏻‍♂😁

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Uraa! Singlim Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetetiga o‘qishga kirdi! 🥳

O‘zim kirgandan ham ko‘proq xursandman!
Repetitorga to‘lovlardan qutuldim 😎🤣

O‘zimni o‘zim tabriklayman! Xurmat bilan o‘zim! 😀

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

...O‘qilmagan kitob to‘la javonga , bitta xo‘rsinib qaraymiz-da, chiroqni o‘chiramiz. 😁

Bechoralar, o‘qiydi bugun meni, deb nechtasi umid qildi ekan... 🤓

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Mana shu bola kirish imtixonlarida tahmindan yuz foiz to‘g‘ri topishiga ham shaxsan men ishonaman. 😅

Muhimi chekinmaslik kerak! 🤓

90 ta savolda birorta ham to‘g‘ri javob uchrab qolmaganining o‘zi haqiqiy omad-ku!😎

P.S: Bu bola bomba topuvchi sapyor bo‘lishi kerak ekan o‘zi. Sapyorlarni tayyorlovchi oliygohga imtihonsiz qabul qilinglar! 😆😆

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Bugun qanday ham yaxshi kundir! 🤗

Kunlarning eng yaxshisi, orziqib kutilgani!
Pokiza kunlarning biri — Jumadir!

Jumaning hayri siz-u bizga bo‘lsin!

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Tan oling, bo‘ldi😎

Sizga kelgan xabarlarni yozgan odamning ovozida, o‘sha holatdagi kayfiyatini his qilib (kulsa kulib, jahli chiqib yozayotgan bo‘lsa qo‘rs ohangda) o‘qiysiz xayolan. 😁

Yo‘q undaymas, deb aldashga urinmang — befoyda, hammada shunaqa. 🤪

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Shu qo‘shiq yoqadi.

Ichidagi savollarga javobingiz qanday? 😉

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

#Football_time

O‘yin tugadi, 4 ta gol urdim.
Hisob esa: 2:2 🤪

Xulosaga shoshilmang, 2 ta jamoada ham o‘ynadim 🤣

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…
Subscribe to a channel