taqdir_bitiklari | Unsorted

Telegram-канал taqdir_bitiklari - Taqdir bitiklari

-

Ijodkor, pedagog Shahzod Ergashaliyevning rasmiy sahifasi @Shahzod_Ergashaliyev 📩 Aloqa: @Taqdir_bitiklaribot 💰Reklama: @tijoriy_taklif

Subscribe to a channel

Taqdir bitiklari

#tarjima

O‘zimga kelishni istamayman,
Faqatgina senga kelsam yaxshilanadi holim...

Turk tilidan
Shahzod Ergashaliyev tarjimasi


@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Har bir inson hayotda qandaydir dardga, qiyinchilikka yo‘liqadi.

Ana shunday damlarda aslo siqilmaslik lozim. Imkon qadar albatta.

Har bir ishda hikmat bor...

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Nega men qaysi idoraga yumush bilan borsam, eng muhim odam "abetga" chiqib ketgan bo‘laveradi? 🤨

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Kichkina bolaligimda "Ruh 5:13" degan kino bo‘lardi.

Kechki payt uyda hamma qayoqqadir ketgan edi adashmasam. Xullas bir o‘zim edim.

Nima hayol bilan DVDga o‘sha kino diskini qo‘yib, (maza qilib ko'raman deb o‘ylagan bo‘lsam kerak-da😆) borib joyimga joylashib oldim.

Sal o‘tgach, shunaqa qo‘rqa boshladim-ki, nima qilishni bilmay qoldim. Kamiga ovozini ancha baland qilib qo‘ygan ekanman.

Borib o‘chirib qo‘yishga ham qo‘rqqanman (U paytda TV pultli emas ekan shekilli) svetlarniyam o‘chirib ko‘ryotgan ekanman.

Shu ko‘yi oxirigacha ko‘rganman majburan 😂
Keyin 1 hafta kunduziyam ko‘chada yolg‘iz o‘zim qo‘rqib yurganman. ☹️

P.S/ Qo‘rqinchli kino shaydolari uchun Turk ijodkorlari tomonidan hayotiy voqealarga asoslanib, suratga olingan 6 qismli "Siccin" serialini tavsiya qilaman. Majburlamayman lekin ko‘ring deb 😁.

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Paxta–2015/16. Yohud kulish yo‘q faqat.

Studentlikdan yodgorlik 😂
Sobiq kursdoshlar tashlab qolishdi. (Biram hijolat bo‘lib ketdim o‘sha paytdagi rasmni ko‘rib. 😆)

Na iloj oshing halol bo‘lsa ko‘chada ye, ekan.
Meni topdingizmi shu rasmdan? 😂

Yaxshiyam paxta terish yo‘qoldi. Lekin bir tomondan sarguzashtlar ham juda ko‘p bo‘lardi.

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

— Farosat onadan tug‘ma bo‘ladimi, yoki orttirilgan bo‘lishi ham mumkinmi hayot davomida?

Ba‘zan shularni o‘ylashga majbur qilishadi. 😑😬

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Kanalga nimadir yozmoqchi edim boya, shu esimdan chiqib qoldi.

Nima edi o‘sha, siz bilmaysizmi??

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Eng sifatlilarini: @Rumiy 🍃 kanalimga joylayman.

Qo‘shilib oling!

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

— Yur, bu yerlardan ketamiz. Sen pianino chalib berasan, men senga menemen pishirib beraman.
— Menemenni yaxshi ko‘rishimni qayerdan bilasan?
— Men faqat shuni pishirishni bilaman, shundan. 😁

🎥 "Qashqirlar makoni" serialidan

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Ayriliq zo'r keldi
Yuraklar ko'ndi.
Ajab, siljimadi holsiz qadamlar.
Yer-u ko'k tushundi,
dunyo tushundi,
Bizni tushunmadi qalbsiz odamlar.
Alamlar zo'r keldi,
ko'zyoshlar tindi,
Barmoqlar yig'ladi kaftlaringda jim…
Nega asrolmading,
nega dil sindi?
Nega eshitmadi bizlarni hech kim?!
Na bir so`z,
na bir sas,
na faryod, nido,
Uzoqlashib borar hissiz qadamlar…
Osmon faryod chekdi,
tushundi Xudo,
Bizni tushunmadi qalbsiz odamlar…!


©Lobar Aziz

@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

#tarjima

Menga yolg‘on gapirishini juda-juda istardim aslida... Chunki inson nimanidir yo‘qotishdan qartiq qo‘rqsa yolg‘on ishlatadi.

Turk tilidan
Shahzod Ergashaliyev tarjimasi


@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

#hayotiy

Biz qutqardik, deb o‘ylagan qurbaqalar aslida o‘sha botqoqda yasharkan...

P/S: Yaxshilik hammaga ham yoqavermaydi.

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Shu xonada yashashni istardim juda.

Oh, barcha g‘uborlar ketsa kerak dildan.
Qiziq,
Uxlaging kelarmikin-a?
🤔🧐

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

#tarjima

Ba‘zan kichik bir shu‘la yonganda yorug‘lik nimaligini anglamoq uchun ham zulmatda qolishimiz lozim...

Turk tilidan
Shahzod Ergashaliyev tarjimasi


@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Minde-e o‘ylab qarasam, ertadan keyin ish va o‘qishlar boshlanar ekan. 😟

🥱 "Eh-h Marfusha, Marfusha, g‘am-g‘ussaga ne hojat?" deydigan odam yo‘q.

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

3 ta sotiladigan kanalim bor oladiganlar bo‘lsa. Ulgurmayapman.

Batafsil: /channel/tijoriy_taklif/199

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

* * *

Dunyo hali noraso, hali
o‘rtamizda chopar ayriliq,
chaqiramiz bir-birimizni,
og‘zimizni yopar ayriliq.
Nafrat yashar dunyoda, hali
yozilganday qaysi kitobda
Muhabbatning asrini kutib,
o‘tiribmiz ikki qutbda...


©Shavkat Rahmon

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Yo‘lda ketayotganda ham ilhom kelib qoldi qayerdandir 😁

Qanday baho berasiz?
Dublyajda ham sinab ko‘rsammikin o‘zimni 😂

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Shunda qorayganim bo‘yi hali oqarmadim 🤣

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Sizning ham shunday tanishlaringiz bormi?

Ular hamma uchun qadrli...

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Chiroyli aytilgan qo‘shiq.

O‘zi Ozod akani san‘atkor sifatida juda hurmat qilaman. Juda ko‘p ijrolari yoqadi.

Ba‘zi qo‘shiqlar bor-ki, bolalikni ham yodga solib yuboradi o‘sha paytlarda ko‘p eshitilgani uchun.

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙

Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙


@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Nimaga xalq orasida "yaxshi" so‘ziga sinonim sifatida "yomon" so‘zi ham qo‘llanilarkin-a? 😁

"Kecha yomon uy oldim" 😲
"Hozir yomon pul topvoryapman, bezovta qilmay tur" 🤐
"Kallasi yomon ishlaydi-da!" 🤓
"Yomon so‘zlari aqlli shu odamni" 🥸

"Sizni yomon ko‘raman", ham shular toifasiga kirarmikin? 😁

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Qachonki IELTS imtihoniga ketishdan avval keksa buvingdan duo olsang:

— 🤲 Iloyo imtihonni beshga topshirgin bolam.
— Faqat bu emas.
🙀🤯🤦🏻‍♂

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

* * *

Bir lahzadek o’tdi-yu ketdi
Nogahoniy bu qisqa visol.
Kemalardek uchrashgan edik,
Ayrilurmiz kemalar misol.

Na men senga ishq izhor etdim,
Na sen menga mayl etding oshkor.
Seni bir zum tutmoqqa endi
Na haqqim bor, na huquqim bor.

Sohillarda sayr aylagan on
So’z ochmoqqa jur’at qilmadim.
Bu quvonchlar so’ngida hijron
Borligini, netay, bilmadim.

Endi naf yo’q, vaqt o’tdi, ketdi,
Tamom bo’ldi bu qisqa visol.
Kemalardek uchrashgan edik,
Ayrilurmiz kemalar misol.

Suzarkansan manzilga tomon,
Oq yo’l tilab qolgum, dilrabo.
Yetkazing deb sohilga omon
Shamollarga qilgum iltijo.

©Erkin Vohidov

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Qizlar nega shunaqa bo‘lishadi, bilmayman.

Lekin rostdan ham teskari magnitligicha bor.

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

#tarjima

Unutolmasligingni anglagan kuning sevishni o‘rganasan...

Turk tilidan
Shahzod Ergashaliyev tarjimasi


@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

#tundalik

Tutqunlikda yashagan qush ozodlikni jazo deb o‘ylaydi...

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Bunday sharoitda maza qilib uxlashga nima deysiz? 👀😴

Bir dona istagan kitobingizni ham ovolishingiz mumkin 🤩
Sherik tanlolmaysiz, joy yo‘q.

Osmon to‘la yulduz, yirtqich akulalarni hisobga olmaymiz, yo‘q deb o‘ylaymiz. Allambalolar deb shirin xayollarni beliga tepmang kommentariyada.

Bu yerga qochishdan maqsad miyaga biroz tinchlik kerak. 🙂
Aytgancha, u yerda internet yo‘q. 😲

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Yo‘ldagi har kunlik eng asabiy holat: 😬😑

Burilish chirog‘ini yoqmay buriladiganlarning qoshlari orasiga sakrab kelib juft oyoq bilan tepsang, ikkita qulog‘i besh tashlashib yuborsa-da!

😵‍💫🥴 Muvozanatdan chiqarib yuboradigan bir-ikkita "udarlar"ni o‘shalarga qo‘llab ko‘rish kerak.

Umrining oxirigacha eshigining tagida qum o‘ynab o‘tib ketadi keyin 😲😂

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…
Subscribe to a channel