taqdir_bitiklari | Unsorted

Telegram-канал taqdir_bitiklari - Taqdir bitiklari

-

Ijodkor, pedagog Shahzod Ergashaliyevning rasmiy sahifasi @Shahzod_Ergashaliyev 📩 Aloqa: @Taqdir_bitiklaribot 💰Reklama: @tijoriy_taklif

Subscribe to a channel

Taqdir bitiklari

* * *
Yashasang-chi o‘tmishdan arib!
Yo‘l ochiq-ku, nega jilmaysan?
Baxt kelmaydi seni axtarib,
Boriladi baxtga – bilmaysan.

Sevgi – mardlar umriga ziynat –
Qay yo‘sinda hayotin tarzi...
So‘ng bor aytay: “Faqat muhabbat
Topshirmoqqa taqdirni arzir”.

Qalb falagin toqidan zim-zim
Betoqat nur sochgan o‘sha – baxt.
Beyuraklar ne desa desin,
Baxt degani asli – muhabbat.

©Usmon Azim "Bir parcha osmon"

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Hamma yakunlar aslida nimaningdir boshlanishi hamdir. Faqat vaqtida buni bilmaymiz...

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙

Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙


@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Xotiradan o‘chirishdan ham daxshatli qasos yo‘q.

©Y.L.Vishnevskiy

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Birov birovni yo‘qotmaydi hech qachon...

Aslida hammasi boshqacha bo‘ladi.

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Mavlono Rumiyning qalblarga yetib boruvchi hikmatlari reklamalarsiz joylanadigan kanalimga
qo‘shilib oling:
@Rumiy 🍃

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Balki xayrlisi shudir.

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

YAXSHI XOTIN

– Muxtorjon, nima gap? Uyda janjal boʻldimi, deyman?
– Xotin bilan yana ozgina janjallashdik-da, oqsoqol.
– Janjal qildingmi yo kelinni urdingmi?
– Shu, tili chayon. Gap qaytarganida ogʻzi yopilmaydi. Shunga urdim.
– Urganingda xotining koʻchaga qochdimi yo uyga kirdimi?
– Oʻzini darrov uyga urdi, oqsoqol. Nimaydi?!.
– Gap qaytarish xotinlarga tekkan bedavo kasal. Endi xotinni urma, bola. Qaytib qoʻlingni tekkizma, kelin yaxshi xotin boʻladi.

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

***

Shimol tog‘larida sovuq yel esdi,
Qirovlar to‘kildi o‘tu o‘langa.
Mening yuragimni sog‘inching ezdi,
Bog‘larni tutarkan kuzgi alanga.

Kuzakka yuragim kelolmaydi teng-
Sovugan ruhimni tutaman kunga.
Oh, meni hech kimga ishonmading sen-
Faqat yolg‘izlikka...
Boshqa hech kimga...

©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

— Qadriga yetmaganlarni nima qilish kerak sizningcha?

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

* * *

Sovuqlik qiladi Senga bu kunlar,
Qo‘llaring titraydi.
Sovuq. Bilaman.
Ozgina kutib tur!
Qorlarni kurab,
Seni hayotimga olib kiraman.

O‘zingni avayla —
Ketishga chog‘lan,
Azizim, yuzinga tushmasin soya.
Faqat bir iltimos,
O‘sha kungacha —
Uchishni o‘rganib tursang, kifoya.

©Xosiyat Rustamova

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Ranjima, bu dunyodan barcha o‘tadi...

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Suratda Toshkent shaxrida yashovchi Abdivokhapova Umidaning farzandi - Qodirov Muhammadjon.

2018-yilda tug’ilgan

Qodirov Muhammadjonga Salomiy Sudirgi tashxisi qo’yilgan.

Endilikda Muhammadjonda miya yemirilishi boshlangan❕

Kasalning Hindistonda davosi topildi. Muhammadjon sahovatpesha insonlarning ko’magiga muhtoj. Hindistonda davolanishiga 17000$ ketadi aperetsaga yig"ildi 4000💲

Karta raqami:

Uzkart: 8600 3329 9440 2091

Humo kart: 9860 0201 1341 1159

Ushbu kartalar onasi Abdivokhapova Umidaning nomida.

Onasining Telefon raqami:
+998998105027

Sizlardan Muhammadjonning holatiga befarq bo’lmasligingizni so’rab qolamiz.

Beminnat, beg’araz qilingan yaxshilikni Robbimiz mukofotlasin!
Robbimiz qalblarimizni ulfat etsin. Himmatimizni baland aylasin.

Har kim qo’lidan kelgancha (10.000 so’m) bo’lsa ham yordam bersa edi…

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Agar kimnidir yaxshi koʻrsang, uni sevasan, agar unga boshqa biror narsa berolmasang ham, sen unga har holda muhabbatingni berasan.

©Jorj Oruell “1984”

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Tasodiflar yo‘q bu dunyoda,
Uchrashmadik ikkimiz bekor.
Xudoyimning sinovlarida biz bilmagan buyuk hikmat bor...

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

"Subyektiv"ni taniganimdan buyon hurmatim juda oshgan uning ijodkorlariga.

Bizga aynan shunday blogerlar, xalq dardini olib chiqadigan jamoalar kerak edi.

Qolaversa, Mirshakar Fayzulloyev ham "gap yagida nimkosa" qabilida go‘yoki kulguli gaplar bilan achchiq haqiqatlarni aytadi. Ochig‘i ilgari unchalik yoqtirmasdim, ammo keyin bari o‘zgardi.

Hozirgi video esa "odamlar nima deydi?" mavzusida. Xo‘sh, tan olib aytingchi, odamlarning gapi uchun ham hayotingixning qaysidir bo‘lagini shunday yashayotganingiz rost a?

Falonchi o‘libdi desa, "He-e, anuvmi?" deyishdan nariga o‘tmaydi o‘sha odamlar.

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

"U kelmaydi ortiq!"
"Qayerdan bilasan?" dedim. "Ketishidan ma‘lum edi!" dedi u...

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

ONAMGA

– Issiqroq kiyin deb halaksan,
Bilmaysan ichimda olov bor.
Yuragim mushtimdek mittimas
– Dupurlab kishnagan asov bor.

Osmonning poyida yuribman,
Yo'llarni bosyabman birma-bir.
Jilmayib yashayman g'amlarga
G'ururim bo'yimdan balanddir.

Hali ham qaysarman, tajang fe'l,
Sen doim qayg'urib chiqqansan.
Ishonsang bahorga o'xshayman
Lekin
sen kuzakda tuqqansan.
       
©Durdona BAHODIROVA

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Eh meni hech kimga ishonmading sen,
Faqat yolg‘izlikka, boshqa hech kimga...

©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Bu surat sizda qanday hislarni uyg‘otdi?

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Meni yomon ranjitding, sendan qattiq hafaman,
Lekin sendek kuydirgi qizni qaydan topaman?

Sevgi-sevgi der ekan,
Sevgi dilni yer ekan.
Qizga mehring borguncha,
Yerga bag‘ring ber ekan.

Yaxshi qo‘shiq 😁

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Meni shu darajaga yetishimga, Shahzod bo‘lib yurishimga asosiy sabab Alloh bo‘lsa, bandalar orasida eng ko‘p qayg‘uradigani — onam...

Bugun volidamning tavallud kunlari. Hash-pash deguncha 43 ga kiribdilar. Umrlari uzoq bo‘lsin ilohim.

Dilbarim meni, sizni juda yaxshi ko‘raman! ❤️

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Senga aytadigan so‘zim qolmadi...

Usmon Azimdan o‘qigim kelib qoldi :)

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Bir-birini tushunish, bir xil tilda gaplashish emas, bir xil tuyg‘uni his qilishdir...

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Mehrni qadriga yetganga berish kerak.

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

⚡️Dangasalikdan qutulishning juda oson yo‘li

Bu videoni youtube kanalimda BEPUL ko‘rishingiz mumkin.

Ko‘pchilikka yetib borishi va manfaatli bo‘lishi uchun kanalga a‘zo bo‘lib like bosing👇

💻 https://youtu.be/dvUgvwrQ3jI

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Qachon "tuzalamiz"?

Bugun kasalxonaga oddiy bir marta kirib, ko‘rinib chiqish uchun salkam sakkiz soat navbat kutdim.

Buyoqda qancha muhim ishlarim, boradigan joylarim surilib, bekor bo‘lib ketdi ko‘pi. Yosh chaqalog‘i bor ayollar ham talay erkaklar qatorida tik oyoqda bitta oq eshikka termilgancha ilhaq bo‘lib turibdi.

Hammasiga sabab nima bilasizmi? Sababchi — o‘zimiz. Bolalarimiz bir sohaga qiziqsa, yo‘q, manabu sohani tanla, ko‘p pul topasan, deb yo‘ldan ozdirgan kim?

Shifokor bo‘laman, desa shuncha yil o‘qib umringni ketkizib arzimagan pul topasanmi, undan ko‘ra ITni o‘rgan shu rivojlanayapti, falon pul topasan deb, qiziqmagan bolani shu sohaga "tiqqan" o‘zimiz emasmi?

Hamma ITchi bo‘lsa, yaxshi shifokorni qayerdan topamiz? Yaxshi pedagogni-chi?

Azizim, qo‘ying shu pulni. Rizqni beradigan Alloh-ku! Beraman desa, kulol bo‘lsangiz ham "tuvagingiz tilladan" bo‘lsinmi? Bunga yaqqol misollar talay. Masalan, oshpaz Nusretni tanimagan odam bormi dunyoda?..

Xullas, bolaning o‘ziga qo‘yib bering. Qaysi sohaga qiziqsa, "gazini bossin"! Ertaga bir umr o‘sha sohaning halol nonini yeyishini o‘ylang...

Tuzalaylik...

©Shahzod Ergashaliyev


@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Yarim kechada bir miyangizni achitay-a!

Bir ayol mehmonlarga choy uzatyapti. U choy uzatgan odam ayolning onasining qaynonasiga o‘g‘il bo‘ladi. U kim?

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…
Subscribe to a channel