taqdir_bitiklari | Unsorted

Telegram-канал taqdir_bitiklari - Taqdir bitiklari

-

Ijodkor, pedagog Shahzod Ergashaliyevning rasmiy sahifasi @Shahzod_Ergashaliyev 📩 Aloqa: @Taqdir_bitiklaribot 💰Reklama: @tijoriy_taklif

Subscribe to a channel

Taqdir bitiklari

Aytgancha, anu er nimaga kerak deydigan psixolog opa yozsalar a. 😂

Sho‘rim quriydi.
Bir umr soqqabosh o‘tkizvorsa kerak meni 🤦🏻‍♂

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

— Sahroda, harqalay, oʻzingni yolgʻiz his qilar ekansan..
— Odamlar orasida ham yolgʻiz his qilaverasan. – dedi ilon...


©A.S.Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"

@Taqdir_bitiklari ☕️ 

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

"Eng yaxshi do‘st — kitob. Undan juda ko‘p bilimlarni beg‘araz o‘rganish mumkin".

"Kitob hech qachon yomonlikka boshlamaydi", deb tinmay miyalarida qaytarayotgan emishlar bu aka. 😅

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Inglizcha qo‘shiq tashlaganim kimlargadir yoqmabdi va bundan fojea yasashibdi.

Qisqa javob bermoqchiman:
Qaysidir tilda qo‘shiq eshitish o‘sha tilni yanayam tushunishga yordam beradi.

Undan tashqari, o‘sha chet ellik qo‘shiqchilar o‘zbekcha qo‘shiq eshitsagina eshitishimiz kerakmi ularni?

Shunchaki yoqqani uchun eshitish ham mumkin-ku masalan. Kim aytganining nima qizig‘i bor? 😂

Keyin, men da‘vat qilish uchun tashlamadim. Kimgadir yoqsa eshitadi, yoqmasa ochmaydi.

Aytgancha, milliy qo‘shiqlarni ham shunchalik eshitaman-ki, men eshita olgan eski qo‘shiqlarga toqat qilolmaydi ko‘pchilik yoshlar.

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Alloh meni jazolayaptimi, demak qayerdadir xato qilganman...

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Yaxshiyam baxtimizga har qanday gapimizni ko‘tara oladiganlar ham bo‘ladi.

Nega-ki, ular bilan oramizda masofa yo‘q. Huddi-ki bir vujud kabi.

Eng yaqin insoning eng qo‘pol so‘zlarni gapirsa-da, ko‘nglingga olmaysan. Qalbingdan yiroq kimsaning biroz kinoyasi ham tunlari uxlatmay chiqadi.

Hayotingizda bormi shundaylar?

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Bolalikdan futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlarini stadionning o‘zidan tomosha qilishni orzu qilaman.

Shu jumladan Amerikada yashashni ham. Yaqin 3-4 yil ichida ketishni niyat ham qilib yuribman in sha Alloh.

Qizig‘i shunda-ki, navbatdagi jahon chempionati roppa-rosa 4 yildan keyin Amerika, Kanada va Meksikada bo‘larkan.

Bir gap bor-o-ov!
Amalga oshyaptimikin orzular?
🤔😁

Aytgancha, keyingi jahon chempionatiga O‘zbekiston ham chiqish ehtimoli juda yuqori. Chunki ishtirokchilar soni 32 tadan 48 taga yetkaziladi.

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

O‘qituvchi:
– Nega darsga kelmading?
O‘quvchi:
– Ustoz bizda qor yog‘di.

— Bu bahona bo‘lolmaydi. Qani rasmini ko‘rsatchi.
— Mana!

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

🔥 "Super xotira" kursimiz endi yanada qulay va cho‘ntakbop!

20 ta darslarimizdan "Eng sara 7 ta dars qoldirildi.
Bu degani, siz kursni behuda vaqt sarflamasdan, qisqa fursat ichida o‘zlashtira olasiz!

Narxlar ham tabiiy-ki, qariyb 2 barobarga qisartirildi.

💳 Yangi narx: 140 ming so‘m!
💻 Darslar soni: 8 ta!
📱 Darslar telegramda.
🖥 Formati: Video, audio, rasm.


Bog‘lanish uchun: @Shahzod_Ergashaliyev

👉 @Superxotira 🧠 – rivojlanish vaqti keldi!

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙

Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙


@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Do‘konga kirsam, bittasi sigaret olayotgan ekan.

Qo‘lidagi sigaret qutisiga biroz tikilib turdi-da, ustidagi "Jinsiy zaiflik" degan yozuvni o‘qib:
– Menga hov anavi rak yoki gangerenadan bera qoling, – deydi.

P.S: Endi kasallikniyam tanlab chekyapsizlarmi odamlar? 🤣

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Bugun ehtiyotsizlik tufayli mashinamni biroz tekizib oldim. Bitta orqa chiroq sindi. Hisoblab ko‘rsa, yo‘q joydan xarajat bu ham yaxshigina.
Lekin, qalbimga quloq tutdim shu zahotiyoq. Zarracha ham tashvishlanmadi.

Xursand bo‘ldim: "mol-dunyo egallab olmabdi qalbimni", deb...

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

#tarjima

Umidlari chil-parchil bo‘lgan inson shaytonga o‘yinchoq bo‘ladi...

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙

Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙


@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

"Anorbooks" nashriyoti menga beminnat jo‘natgan sovg‘a qaysi kitobligini ko‘rsatmagandim.

Bu dunyo tan olgan buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoyning yangi tarjima qilingan "Kreyser sonatasi" asari edi.

Nashriyot faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qolaman!

Bugun esa, "Musbah" nashriyotidan ham qo‘ng‘iroq qilib, ular ham yangi chop etilgan kitoblaridan sovg‘a yubormoqchi ekanlarini aytishdi.

Naqadar baxtiyorman! 😁
Kim menga bir bersa, Alloh ularga ming bersin!

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Orangizda yaxshi psixolog bormi? Charchoq bor shekilli menda ayni kunlarda. Gaplashib olmoqchiman:

Lichkam: @Shahzod_Ergashaliyev

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Suratda Toshkent shaxrida yashovchi Abdivokhapova Umidaning farzandi - Qodirov Muhammadjon.

2018-yilda tug’ilgan

Qodirov Muhammadjonga Salomiy Sudirgi tashxisi qo’yilgan.

Endilikda Muhammadjonda miya yemirilishi boshlangan❕

Kasalning Hindistonda davosi topildi. Muhammadjon sahovatpesha insonlarning ko’magiga muhtoj. Hindistonda davolanishiga 17000$ ketadi aperetsaga yig"ildi 4600💲

Karta raqami:

Uzkart: 8600 3329 9440 2091

Humo kart: 9860 0201 1341 1159
Uz karta xalq banki 8600 060927478942 Dosova madina Kenoyisini nomida
Ushbu kartalar onasi Abdivokhapova Umidaning nomida.

Onasining Telefon raqami:
+998998105027

Sizlardan Muhammadjonning holatiga befarq bo’lmasligingizni so’rab qolamiz.

Beminnat, beg’araz qilingan yaxshilikni Robbimiz mukofotlasin!
Robbimiz qalblarimizni ulfat etsin. Himmatimizni baland aylasin.

Har kim qo’lidan kelgancha (10.000 so’m) bo’lsa ham yordam bersa edi…

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Hayotimdagi eng qo‘rqinchli hodisa bugun ro‘y berdi (eng oxirgisi bo‘lib qolsin insha Alloh)

Maktab yaqinidagi piyodalar yo‘lakchasiga yaqinlasharkanman, yo‘l chetida to‘planib turgan gavjum bolalarni ko‘rib, beixtiyor sekinlashdim. Shu bilan birga, bir kichkina bolakayning yugurishga shaylanib, o‘tib olish uchun oshiqayotgandek tuyilgani e‘tiborimni tortdi.

Baxtga qarshi ro‘paradan yengil mashina tezlikda kelayotganini ko‘rib, nimadir ro‘y berishini ko‘nglim seza boshladi... va u ro‘y berdi.

Bolakay mashinaga "gurs-s" etib urilib, odam bo‘yi balandlikka uchib, men tomonga tushdi. Yaxshiyam-ki, tezligim deyarli 0 ga qarab ketayotgandi. Bosib ketamayin degan qo‘rquvda rulni shartta o‘ngga burdim. Baribir yon tomondan kelib yengil urildi.

Bolaning ahvolini o‘ylab, qo‘l-oyog‘imda mador qolmadi. Yaxshiyam ko‘pchilik bor edi. Maktab qorovuli yordamida bolani shifoxonaga yetkazdim. Boyagi haydovchi ham birga yetib bordi.

Yaxshiyam-ki, ko‘p shikast yetmabdi. Bosh yorilish va yana kichik nimadirlar.

Ortiq toqat qilolmadim. Ko‘z o‘ngimda ro‘y bergan bu voqea ko‘pchilikka dars bo‘lishi kerak. O‘zi juda ehtiyotkor edim yo‘lda bu narsalarga. Endi yanayam eye-opener bo‘ldi ushbu hodisa.

Aytmoqchiman-ki, maktablar oldidan iltimos, yo‘l ochiq bo‘lsa ham sekin o‘ting. 😕

Ota-onalar ham, iltimos ko‘p-ko‘p tushuntiring. U yerda Alloh saqlasin-u, sizning farzandingiz bo‘lishi ham mumkin edi.

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

#Mening_playlistim

Sizga ham ilindim. Yaxshi qo‘shiq.

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

O‘ylab qarasam, sunnatga muvofiq yaqinlarim bilan orani yaxshilashga faqat men urinar ekanman.

Endi o‘zlariga ham qo‘yib berishni o‘rgandim. Chunki andishaning oti bir kun kelib qo‘rqoq bo‘ladi.

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

* * *
Garchi ishi mo‘ldir – bu dunyo hushyor!
Yurakni boricha ochmoqlik qayda?
Birgina so‘zim bor, yolg‘iz so‘zim bor,
O‘sha eski so‘z-da...
Aytaymi qayta?

Cho‘chima. Men hozir ketaman.
Bu dam
Nechun boshni egding?
Uyalma yoshdan...
Qayrilib qarayman.
Qanday go‘zalsan!
Hatto ayriliq ham senga yarashgan.

©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Ikki-uch yildan buyon xalq tilida "aql tishi" deb nomlanadigan orqa jag‘ tishlarim oz-ozdan chiqib kelardi.

Bugun birdan bezovta qilib qoldi-yu, ko‘zimdan yosh chiqarib yuboray deyapti og‘rig‘i. Aksiga olib, bugun dam olish kuni!

Baxtning kulganini qarang.
Bu azobni dushmanimgayam ravo ko‘rmayman. Ilgariyam og‘rigan, lekin sal insof bilan edi-da! Bunisi og‘riqning "Pro Max" versiyasi bo‘lyapti... 🤒

Shu alpozda qanday tong ottirishimni o‘ylasam... 😵‍💫🤕

Yaxshilar, qanday qilib uy sharoitida amallab tursa bo‘ladi ertagacha?

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Tongni menga yoqadigan sokin qo‘shiq bilan boshlashga nima deysiz? 🙂

I wanna cry and I wanna love
But all my tears have been used up
On another love, another love
All my tears have been used up...

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Istigʼforning foydasi
(O‘rnak bo‘lguvchi hikoyat)

Shahzod Ergashaliyev o‘qidi.
"Solihlar gulshani" kitobidan

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Eng sevgan qo‘shiqlarimdan biri...

Let‘s fall in love for the night and forget in the morning...

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Tish shifokoriga kirsam, obdon tekshirib bo‘lgach:
– Qanaqa ukol qilay uka? – deyapti.

Harchand urinmay dorining nomi hayolimga kelmadi.
Nima deb javob beray shunda?..

Men bilsam, nimaga bordim kasalxonaga o‘zi? 😐

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Dedilar: "Ko‘zdan yiroq bo‘lgan, ko‘ngildan ham yiroq bo‘ladi"...

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Na sen borsan, ne men.
Har narsa Udir...

@Rumiy_Jaloliddin 🍃

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Qatarda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida kimga muxlislik qilyapman?

Avvalo Osiyo qit‘asi vakillariga (Erondan tashqari, negadir shu jamoani yoqtirmayman).

Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Avstraliya va Qatarning har bir g‘alabasini ishtiyoq bilan qabul qilaman.

Baribir tan olib aytaman-ki, ular g‘oliblikka yaqinlashishi ancha mushkul. Shunday bo‘lsa ham, Koreya va Saudiya Arabistoni va Yaponiya katta ehtimol bilan guruhdan chiqsa kerak.

Chempion bo‘lishini istaydigan jamoalarim esa:

Argentina — Messi (afsona)ning so‘nggi jahon chempionati mana shu titul bilan yakunlanishini istardim. Balki bunga erishgach, Chempionlar ligasida ham jamoasi bilan uzoqroqqa borsa 8-oltin to‘pga ega chiqsa kerak.

Ispaniya — "Barcelona" jamoasidan naq 9 futbolchi qatnashmoqda bu terma tarkibida. Bu faktor ispanlarning o‘yinini qiziqib tomosha qilishimga zamin yaratadi. Qolaversa, men tiki-taka, hamda turli aql bovar qilmas passlar shaydosiman.

Portugaliya — futbol qirollaridan biri Ronaldo uchun ham oxirgisi bo‘ladi bu jahon chempionati. Ayni damda 38 yoshga qarab ketayotgan Krishtianuning muvaffaqiyatga erisha olishini, o‘zini qarimaganini barchaga isbotlashini juda-juda istardim. To‘g‘ri, men "Barcelona" muxlisiman, ammo kuchlilarni doim qadrlayman. Usiz futbol huvillab qolishi tayin.

Harqalay bu yil ancha qiziqarli o‘tmoqda chempionat.
Germaniya terma jamoasi juda katta ehtimol bilan bu safar ham guruhda qolib ketadigan ko‘rinadi. Buning uchun Yaponiya Kosta-Rikani mag‘lub etsa kifoya...
(Albatta Nemislar Ispaniya va Kosta-Rikani yutib qo‘ymasa. U holda Ispaniya qolib ketadi.)

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

O‘zingga ishonsang, hech narsa sen erishmasingdan tugamaydi...

@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…
Subscribe to a channel