Qani, maktabga hamma bolalar!
Qani endi mashina bemalol harakatlana olsa. Hamma piyoda. )
Bechora kichik sinflar.
@Taqdir_bitiklari
Qo‘rqoqsiz!
Odamlarning gap-so‘zlariga tupurib yasholmaysiz. Negadir.
O‘zingizga qulay kiyim kiyolmaysiz. "Yosh bolamisan", demasinlar deb.
Ko‘nglingiz isimagan inson bilan kerak bo‘lsa bir yostiqqa bosh qo‘yasiz. Kun kelib, davom etishdan ma‘no qolmasa ham qo‘rqasiz. "Bittasiga yolchimabdi", deyishlaridan.
Kredit olib to‘y qilasiz. Qurbingiz dabdabaga yetmaganini odamlar gapirmasligi uchun.
Siz aslida Yaratganga emas, ularga qul bo‘lib yashamayapsizmi? Kimning aytgani muhim Uningmi yo ularning?
@Taqdir_bitiklari
Agar seni harbiy xizmatga yuborish uchun"годный" qilmoqchi bo‘lsalar. 🤣
Yigitlar yaxshiroq tushunadi. )
@Taqdir_bitiklari ☕️
Shu bolachani ovozi yoqib qoldi.
O‘zi kichkinagina, lekin sevgi haqida aytadi.
"Meni tannozginam, senga o‘yganib qoldim,
Ishon battay yana sevib qoldim" emish. 🤣
@Taqdir_bitiklari ☕️
Qishki ta’til uzaytirilgani uchun 14-yanvarda sovg‘a ololmasligini bilgan yigit nolasi:
Har yili bir bahona,
Yurakni qiynar ohim.
Sakkizinchi martda ham,
Sovuq bo‘lsin ilohim.
Emish )) O‘quvchim jo‘natibdi.
@Taqdir_bitiklari ☕️
JAVA ("Dunyo seni tog‘angmas" qo‘shig‘i ijrochisi)dan yangi xit — "Gaz yo‘q"
To‘g‘risi qo‘shiqlari tobora yoqib boryapti menga. To‘g‘ri, ovoz juda zo‘r bo‘lmasligi mumkin, lekin aytilishi va ma‘nosi yaxshi.
@Taqdir_bitiklari ☕️
Allohim, online o'quv kurslarim borligi uchun shukr, sababi bu kurslarim minglab insonlar uyiga nur o'laroq kirib butun oila a'zolarning qalbini yoritmoqda.
Bugun 28-dekabr kuni 20:00 da sizlarni "PRIMOY EFIRDA" kutaman.
Siz o'zingizni qiynayotgan savollarizga javob olasiz
Sevgi va muhabbat ila❤️
@psixolog_Nargiza_Sodiqova
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
👨🏻💻 O‘zingiz uchun ozgina mablag‘dan qizg‘onmang. Rivojlanish uchun har qanday urinishga tayyor bo‘ling!
Xotira siz va farzandlaringiz uchun eng muhim narsa!
》Kurs haqida to‘liq ma‘lumot《
Murojaat uchun: @Shahzod_Ergashaliyev
👉 @Superxotira 🧠 – rivojlanish vaqti keldi!
Inson umri sotiladi: soati yetti mingdan!
Benzindan qirq to‘qqiz ming tejab qolish uchun yetti soat sovuqda navbat kutdi.
Umriga achinmadi, puliga kuyindi!..
@Taqdir_bitiklari
Qizlar uchun maxsus savol:
Oilada erkak va ayol teng huquqli deganda nimalar kiradi deb o‘ylaysiz shu huquqlarga?
Erkaklar baribir o‘ziga yon bosib qo‘yishi mumkin deb, sizga tashlayapman mulohazani.
@Taqdir_bitiklari
O‘ylab qarasam, menda akrofobiya bor ekan. 😨
Baland binolar balkonidan qarasam ham biroz qo‘rquv bosarkan, panjarani ushlagan holdayam. 😄
Xo‘sh do‘stlar, kimda nimaga nisbatan qo‘rquv bor?
@Taqdir_bitiklari ☕️
Bu 2 daqiqalik video hayotingizni o‘zgartirib yuboradi!
Yoqsa, like bosishni
unutmang: https://youtu.be/zhlvIyJyYho
Tushunishni istaydiganlar kam, tushunilishni istaydiganlar ko‘p...
@Taqdir_bitiklari ☕️
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
* * *
Every day, we started fighting
Every night, we fell in love...
Bu qo‘shiq naqadar eski, naqadar qadrdon...
@Taqdir_bitiklari ☕️
Tez va oson lug‘at yodlash:
👉 https://youtu.be/U_ggg3xVa1w
Videoni oxirigacha ko‘ring va like bosishni unutmang. Albatta sizga foydali bo‘ladi degan umiddaman.
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
BOZOR MADONNASI
Isiriq olish uchun bozorga tushgandim. Darvozadan kiraverishda somsa sotib oʻtirgan ayolni koʻrib, beixtiyor toʻxtab qoldim. Rostini aytsam, bunday mukammal xilqatni umrimda koʻrmagandim. Yuzi shu qadar tiniq, qosh-koʻzi, lablari shu qadar mutanosib , shu qadar jozibali ediki , rahmatli Chingiz Ahmarov tirilib kelsa , oʻzbek madonnasini shu ayolga qarab chizgan boʻlardi. Xayolimdan “Qaysi baxti chopgan er shunday pari-paykar bilan yasharkin?” – degan oʻy kechdi.
Xarid qilib qayta chiqayotib , gʻalati shovqin-suron eshitdim. Yaqin kelib, tagʻin toʻxtab qoldim. Boyagi ayol roʻparasida ozodagina kiyingan, boʻyinbogʻ taqqan bir kishi koʻzini pirpiratib , esankirab turar, chamasi qayoqqa qochishini bilmay , gʻujanak boʻlib olgandek edi. Somsa vajidan eʼtiroz bildirganmi, oralaridan noxushroq gap oʻtganmi, xullas , ayol uni shu qadar qalashtirib haqorat qilar , ogʻzidan shu qadar iflos soʻzlar otilib chiqardiki , qirq yil koʻmir tashigan aravakash bunday soʻkishlarni eshitsa , oʻzi ham, oti ham, aravasi ham, boringki koʻmiri ham uyatdan qizarib ketgan boʻlardi! Yomon gap odamni xunuk qilib yuborishini shunda koʻrdim. “Pari-paykar” ning chiroyli koʻzlari olayib ketgan, oydek yuzi qiyshayib, vahimali tus olgandi...
Xayolimdan “Qaysi baxtiqaro er shunday alvasti bilan yasharkin” – degan oʻy kechdi...
©Oʻtkir Hoshimov
@Taqdir_bitiklari ☕️
Bugungi video maqsadni to‘g‘ri qo‘yish va unga muayyan fursat ichida erishish haqida bo‘ldi.
O‘ylayman-ki, albatta foydali bo‘ladi siz uchun.
4 daqiqa vaqtingizni ayamaysiz, like va "podpiska" bosasiz degan umiddaman.
Keyingi video nima haqida bo‘lishini istaysiz, izohlarda yozib qoldiring. Rahmat.
💻 https://youtu.be/dthtnA3E0Ys
* * *
Loy, ustiboshim bo‘ldi, voy!
Otaverma buncha loy
Suvoqchini qizimisan ay-ay-ay-ya!
©Jahongir Poziljonov
@Taqdir_bitiklari ☕️
Eshitib kulaverib o‘lib qolay degandim birinchi martada. 😆
Qancha eshitsam ham kulgu kelaveradi baribir.
Aytgancha, bu latifadan fojea yasash shartmas. Shunchaki kayfiyat uchun.
@Taqdir_bitiklari ☕️
Bugun hayotimda birinchi marta "ГАИ" xodimi to‘xtatdi.
Eng qizig‘i rasmiy formada ekanligimni ko‘rib:
— Talabamisiz? — deb soʻradi.
Men esa, butun hayotimni gapirib bergandan ko‘ra "ha", deb qo‘ya qoldim. 😅
Hujjatlarimni tekshirib bo‘lgach, qaysi yo‘nalishda o‘qishimni so‘radi. Menam shartta "matematika", devordim rostini aytib.
Bir mahal:
— Tenglama deb nimaga aytiladi? — savolga tutib qoldi.
Hayron bo‘lib, javob berdim. Keyin navbatdagi savolga o‘tdi:
— Moddiy nuqta nima?
Maktabda o‘qiganlarim esimga kelganicha bir narsalar dedim. U esa, to‘g‘rilab, davom etdi:
— Trayektoriya deb nimaga aytiladi?
— Aka, o‘zi nimaga fizikadan savolga tutyapsiz meni? — dedim oxiri sabrim chidamay.
— Shuniyam bilmaysizmi qovun? Mayli oqyo‘l! — emish. 🤣
Kamchiligi bo‘lmasa kundalik ham tekshirishga o‘tyapsizlarmi endi? 😆
Nima bo‘lganda ham shu sovuqda nazorat qilayotgan insonlar sog‘ bo‘lishsin!
Shular borki ko‘chalarda sal bo‘lsa ham tartib bor. Aks holda jilovlanmagan Afrika bo‘lib ketardi.
@Taqdir_bitiklari ☕️