Krossovka kiysam, bir poyining quloqchasi qiyshayib qolaveradiya. 🤣
Sizdayam shundaymi?
@Taqdir_bitiklari
Kunim bilan tunim almashib qolmasa bo‘ldi shu ketishda.
Endi bugun uxlayman degan kunim, kamida futbol bo‘ladigan bo‘pqoladi soat 1 da. 😁
@Taqdir_bitiklari
ASSALOMU ALEKUM VARAXMATULLOH
SURATDA ASHUROVA MADINA NING FARZANDI ASHUROV OBIDJON
2016 YIL TUG'MA SUDRGI CHERIPNOY RAXID BILAN TUG'ILGAN
AQLAN ORQADA QOGAN
YAXSHI GAPIROMIDI TO'YGANINI BILMIDI
JGAR O'TQOP OSHQOZONIDA MUAMMOSI BOR
DOVOLANISHIGA MABLAG' YETMAYAPTI
SABABI UYSIZ IJARADA TURAMIZA
OTASI VA UKASIYAM KASAL
ILTIMOS MUSULMONLA SHU BOLAJONIMMI SOG'AYIB KETISHI UCHUN OZ OZDAN BO'SAYAM ALLOH UCHUN YORDAM BERILA
XAMMAMIZDAN ALLOH ROZI BO'SIN
EXSON QIGANLAGA ALLOHIM FIRDAVS JANNATLARIDAN JOY BERSIN
KARTA HUMO 9860 6004 0100 9003 ASHUROVA MADINA ONASINI NOMIDA
+998946631362
Urush-urush o‘ynab, qirilib ketmaydimi menga desa, dedi.
Hayt, dedi.
Qo‘l siltadi.
Kayfiyatini ko‘tardi. 😁
@Taqdir_bitiklari
Jahon chempionatiga chiqdik! Beshinchi marta!
Shiddatli o‘yinda Avstraliya mag‘lub etildi.
Barchasi uchun rahmat yigitlar!
@Taqdir_bitiklari
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
Rashksiz erkakka jannat harom qilingan.
Ammo, hozirgi kunda rashk oralarni ayiruvchi vositaga aylanib qolgan.
Ular sizni tark etsa ham, sunnatni tark etmang, xayrlisi bo‘lsin.
@Taqdir_bitiklari
Shaxsiy varaqa, so‘rovnoma, tarjimai hol, ma‘lumotnoma...
Nima keragi bor hammasida bir xil ma‘lumot to‘ldiriladi. Shunga hech tushunmayman-da!
Yashash manzilim, ismim, tug‘ilgan yilim, passportim, oldin ishlagan joyim...
Hammasini 8 martadan yozdim shekilli. 😑
@Taqdir_bitiklari
Ayollarga murojaat qilishda, quyidagi ism oldi qo‘shimcharni to‘g‘ri ishlata olasizmi?
Miss: "Miss" 30 yoshgacha bo'lgan, turmushga chiqmagan ayollarga murojaat qilish uchun ishlatiladi.
Ms.: "Mizz" oilaviy ahvolidan qat'iy nazar, har bir ayolga murojaat qilish uchun ishlatilishi mumkin. Bundan birovning oilaviy ahvoliga ishonchingiz komil bo'lmaganda ham foydalanish mumkin.
Mrs.: "Misiz" turmush qurgan ayollarga murojaat qilish uchun ishlatiladi.
📌 Izohlarda o‘z ismingiz boshidan ulardan birini qo‘llab yozib qoldiring.
@Taqdir_bitiklari
3-sinf o‘quvchisi Shamshodbek o‘zlaricha roman yozibdilar. 😄
Hayolotni qarang. O‘qib, dumalab qoldim. 🤦🏻♂
Quyida uni o‘zgarishsiz e‘tiboringizga havola etaman.
~~~
Bu asar ya‘ni roman 2023-yil 21-yanvarda yaratilgan. (H.Shamshodbek)
Maktabdagi voqealar
1-bob
Uyimizning o‘rtasida, yo‘q yonida, balki orqasida ha mayli, harqalay shunday ketayotgan edim.
Biz o‘zi doim kech qaytamiz. Bu yerda tomning ustida ilingan pivo idishi, bitta qo‘lini tishlab qo‘ygan ayiqchami, bilmayman. To‘g‘risi, maktabga ketyapman. Odatda, 6 soat-u 580 minut dars o‘tamiz.
Dars boshlandi.
Ustozimiz:
— Darsga kim tayyor, yoki ayyor?
Ustozim shunaqa gaplarni aytadilar. "Darsga kim tayyor, yoki ayyor?" Deydilar.
— Hammamiz tayyormiz!
— Xo‘sh, x+36+70=120 tenglamamiz. Bu 120 chiqishi kerak. Lekin, teng bo‘lishi kerak.
Negadir, qulfning ovozi chiqib qoldi. Ustozimiz yo‘q, hamma yer qorong‘u. Bir odam shapka kiyib, qo‘lida bolta turibdi-ya!..
(Davomi keyingi sonda)
@Taqdir_bitiklari
Men yonmasam,
sen yonmasang,
biz yonmasak,
qanday
chiqar
bu zulmatlar
yorug‘likka...
@Taqdir_bitiklari
Yigitlar, barakalla!
Barchangiz yigirmadan kichkinasiz, shu yoshingizda futbol bo‘yicha butun boshli O‘zbekiston tarixidagi 4-sovrinni olib beryapsiz!
Uch oydan keyin Jahon chempionatida ham shunaqa rasm qo‘yish nasib qilsin!
G‘alaba muborak Osiyo chempionlari!
@Taqdir_bitiklari
Yigitlar, sizga rahmat akalaringiz his qildira olmagan tuyg‘ularni tuhfa etayotganingiz uchun!
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi finaliga yo‘l oldi. Bu safar o‘lja Janubiy Koreya edi.
Finalda yana o‘sha Iroq bilan to‘qnash kelamiz. Ma‘lumot uchun, Iroq termasini bir necha kun oldin bir kishi kam o‘ynab ham mag‘lub etgandik.
@Taqdir_bitiklari
#omg
— Xo‘jayin, hamma yig‘ildi, majlisdan maqsad nima?
— Bugundan boshlab hujjatbozlikka qarshi kurashamiz!
— O-o-o, nihoyat biz kutgan kunlar keldimi?!
— Ha, buning uchun hech qanday hujjatbozlikka yo‘l qo‘yilmayotgani haqida har kunlik hisobot topshirasiz. Excel formatda! Aytgancha, rasmlari bilan! Imzo ham bo‘lsin.
— ...
@Taqdir_bitiklari
"Y"axshimisan!? – berilar savol,
"A"lbatta, deb javob beraman.
"X"azon kabi sochilgan hayol,
"S"iniqlarin yerdan teraman!
"H"ayot bilan bo'lmas kelishib,
"I"staganin ko'radi ravo...
"M"iyig'ingda kulasan-u lek,
"A"slida-chi hammasi rasvo...
"S"avol oddiy tanish jumlalar,
"M"ening holim barchaga qiziq.
"A"ytolaman yaxshiman deya,
"N"ursiz yuzda aks etib chiziq...
©Abduvoris Alijonov
@Taqdir_bitiklari ☕️
Sevmoq bu — faqat Birini demoqdir. Boshqalarni Uning uchun yaxshi ko‘rmoqdir.
@Taqdir_bitiklari
Faqir va muhtojlarga yordam bergan, taomlantirgan kishini Alloh jannat ne’matlari bilan siylaydi.
UzCard: 8600 0610 0150 5097
MUXAMEDXADJAYEV TUROBDJON
Telefon: +998946631362
Befarq bo‘lmang...
/channel/salihummah_xayriya
/channel/salihummah_xayriya_guruhi
Talablarga binoan.
Qo‘shiq so‘raganlar uchun :)
Maza qililar, davr sizlarniki!😄
@Taqdir_bitiklari
Men tobora Shamshodbekning xayolotiga qoil qolib boryapman. Haqiqatdan ham bolalarcha fikrlar. Ammo, yaratuvchanlik yuqori darajada. Ajablandim!
Aytgancha, hech qanday opzgartirishlarsiz yozib borilmoqda.
(Avvalgi qism)
***
Negadir, qulfning ovozi chiqib qoldi. Ustozimiz yo‘q, hamma yer qorong‘u. Bir odam shapka kiyib, qo‘lida bolta turibdi-ya!..
— Xo‘sh, sizlarni qamash kerak, — dedi.
Keyin qamamoqchi bo‘ldi. Biz maktabning ichida qoldik. Ikkitalik parta bor ekan. Aytganimdek yig‘laymiz! Hamma birdaniga yig‘ladi.
Voy homkalla, bu yerda bir qiz bor! Sochi jingalak, sochlari malak!
2-bob. Qorovul amakining yolg‘onlari, yoki hiylalari.
— Yig‘lamanglar.
Bu kishi qorovul amakiga o‘xshar edi.
— Qorovul! — dedi kimdir.
— I-i-i-i-i, Assalom direktor!
— Tekin ishlar bilan qorovul bo‘lib, muncha kulasiz?
— Qorovul amaki, muncha kulgulari... yoki yaxshi o‘qimaganimiz qamamanglar, — dedi Jingalak.
— I‘m sorry, — dedi kimdir.
— I‘m so-o-o sor-r-r-y-y, — dedi baqirib.
I-i-i-y, bu ingliz tili ustoz-ku!
— Hello! — devordik!
— Bu qorovul amaki, — dedi Jingalak xujumga o‘tib.
Jingalak ham zo‘r qiz-da! Bir kunda oltmush marta yugurib, bir o‘zi ham karate qila olgan.
Iye, qorovul amaki o‘zi yangi e‘lon qilamiz, deb qamamoqchi bo‘lgan ekan.
— Nega endi e‘lon uchun?
— Chunki bu yerga Egamberdiyev Egamberdi keladi. Shuning uchun e‘lon qilamiz deb qamagandim. "Qorovul", deb meni bekorga aytishmagan. Chunki hamma narsaning asosiy qoidasini beraman va e‘lon qilaman. Qorovul nomimni hech kimga bermayman. Bermasam yaxshi, bersam o‘lib ketaman!
(Davomi keyingi sonda)
@Taqdir_bitiklari
Shu yoshga kirib, muddatli (oshirilgan) to‘lovning haloli haqida eshitmagan ekanman.))
@Taqdir_bitiklari
#omg
— Xurmatli bemor, nima uchun men har kuni 6:00 da iching degan antibiotikni 9:00 da ichdingiz?
— Bakteriyalarga syurpriz tayyorladim!
@Taqdir_bitiklari