taqdir_bitiklari | Unsorted

Telegram-канал taqdir_bitiklari - Taqdir bitiklari

-

Ijodkor, pedagog Shahzod Ergashaliyevning rasmiy sahifasi @Shahzod_Ergashaliyev 📩 Aloqa: @Taqdir_bitiklaribot 💰Reklama: @tijoriy_taklif

Subscribe to a channel

Taqdir bitiklari

Bahor ranglarini unutmoqdaman
Sargʻish yaproqlarning xonishin tinglab.
Yomgʻirli shamolga qoʻl tutmoqdaman,
Koʻcha chiroqlari yonadi titrab...

Soʻnggi troleybus tushirib ketar
Bekatma-bekatga odamlarini.
Oz qoldi, mening ham bekatim kutar,
Yomgʻir sanay boshlar qadamlarimni...

Mendan boshqa barcha baxtli bu kecha,
Tush koʻrib, yo koʻrmay uxlar osuda.
Qaniydi, hayollar bir zum tinchisa
Koʻzlarim uyquni sogʻingan juda.

Shu kecha xattoki chiroq yoqmadim,
Tun boʻyi tingladim bitta qoʻshiqni,
Oxiri, bagʻrimga bosib yigʻladim
Qorongʻu xonamda bechora ishqni.

Oygul Suyundikova

@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Bugun yana classic o‘yin guvohi bo‘lamiz!

"Real Madrid" dunyoning eng yaxshi klublaridan biri ekanligi hammaga ayon. Biroq, oxirgi vaqtlarda "Real"ni yutish "Barcelona" uchun qiyin bo‘lmay qoldi. Xavi rostdan ham "Realshunos" bo‘lib chiqyapti.

Kubok formatidagi o‘yinlarda "Real" yutishni yaxshi biladi. Ligada esa "Barca". Ammo bugun maydonda har narsa bo‘lishi mumkin.

Ikki jamoa o‘rtasida bir an‘ana ko‘p uchrardi: raqib maydonida g‘alaba qozonish. Ammo, ming yillik rivoyatni beliga tepyapti "Barcelona" shu yillarda.

Men o‘yindan uchdan ortiq gol kutyapman. Barcelona tarkibida Gavi, Raphinhalar o‘zini ko‘rsatsa ajab emas.

Barcelona 4:2 Real Madrid

Olg‘a Barcelona! (Bu shunchaki mening o‘ta shaxsiy taxminim xolos. Aksi bo‘lishi ham mumkin kim uchundir)

@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

⚡️AMIRBEK OYOQQA TURISHI MUMKIN, FAQAT MABLAG' KERAK.
ILTIMOS YORDAM QILING, EHSON QILING, ZAKOT BERING, BOLAJONIMIZ OYOQGA TURIB KETSIN, ILTIMOS BEFARQ BO’LMANG🤲🏻


📌REKVIZITLARIMIZ:

💳 UzCard SQB: 8600 0304 4536 6457 (Рахимова Малика)

💳 Сбербанк: 4817 7603 4592 4686  (Рузметов Музаффар тогаси)

💳 Master card SQB: 5392 0300 0094 8242
        (Рахимова Малика)

💳 Humo SQB: 9860 0201 0864 0663
           (Рахимова Малика)

💳 Humo Hamkorbank: 9860 1601 0487 0508
(Рахимова Малика)
Paynet:
+998909699110
PAYNET: +99890 110 91 01

☎️ Алока ва видео алока учун тел. раками:         
     
+998919999110  
Рахимова Малика (онаси)

Telegram link:
/channel/Amirbekgayordam

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Ko‘paytiraylik sonimizni do‘stlar.
Bosqichma-bosqich yangi renosansga qo‘l uramiz siz bilan!
5200 tomon olg‘a!

Kanal nafaqat meniki, sizniki hamdir.
Hamma 1 tadan do‘stini taklif qilsa, ancha bo‘lamiz.

Thanks a lot for u before doing it)

@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Qadrlilarim, kitob o‘qish marafonini yana boshlamoqdamiz.

Endi yillik emas, oyma-oy kichik marafonlar qilamiz. Shunda hech kim qolib ketmaydi.

Eng sifatli va professionallar tomonidan o‘qilgan audio asarlar va pdf kitoblarni navbati bilan ulashib boraman.

Biz bilan bo‘ling va yiliga ehe-e «ashincha» kitob o‘qib qo‘yasiz.

Faqat iltimos @Saralangan_asarlar 📚 kanaliga qo‘shiling va eng yaqin insonlaringizni ham taklif qiling, birga o‘qish boshqacha bo‘ladi. 😊

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Pul tushdi!
Yangi tug‘ilgandek bo‘lasan kishi. 😁

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Xalqqa keladi, deb e‘lon qilingan yulduzlar kelmadi.

Oxirigacha qo‘shnim bilan narigi mahallani hofizi o‘xshamagan fonogramma qildi.
Benzinim ketdi xolos.

Mayli, kechki sayr deb hisoblaymiz.

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

«otmen» bo‘ldi. 😂

«sevaman», emas «yaxshi ko‘raman» ekan.

Mayli, buyam zo‘r.

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

#Hayotiy

Unutmagin-ki, kutayotganlaring kutmagan insonlaringdan kutiladi...

@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Motivatsiyaning biri. )
Amal qiling, hayotingiz o‘zgaradi.

@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙

Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙


@Taqdir_bitiklari ☕️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Nimaga men mashina yuvsam yomg‘ir yog‘averadi? 😩

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Sukut saqlashni ham bilish kerak.

Sukut eng yaxshi chora ekanligini yigirma to‘rt yilda anglab yetdim.

Agar, jahlingiz chiqsa janjallashishdan avval, bir so‘z demasdan ikki soat o‘sha insondan uzoqroq turing, keyin yaxshiyam yomon gap aytmaganingizni tushunib yetasiz.

@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Kechagi postlarning izhoida mag‘lubiyatni tan ololmasdan, "Real Madrid"ning ba‘zi muxlislari bahonalar yozishibdi.

Men "Real"ni hurmat qilaman, bunaqa muxlislik bunday buyuk jamoaga yarashmaydi do‘stlar. Tan olish mardlarga xos, bahonani qo‘ying. Ochiqchasiga oxirgi o‘yinlarda kuchi yetmayapti "Barcelona"ga.

Bir necha yil avval "Real" doim g‘alabani ilib ketayotgandi.

Yuqorida Elmurod Haqnazarovdan bahonachilarga chiroyli javob.

@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Bitta golga adashibman. )

O‘yin "Barcelona" foydasiga hal bo‘ldi: 2-1.
Lekin yondirib tashlashdi har ikki tomon ham.

"Barcelona" raqibini umuman ezib tashlayotgan paytda birdan "Real" uyg‘onib, "chaqib" oladigan xarakterga ega. Shunday bo‘ldi ham. Qo‘rqitdiyam anchagina.

Lekin baribir Xayrulla Hamidov ta‘biri bilan aytganda ""Real"ga kambeklarga qo‘ymaydigan jamoa, "Realshunos" Xavi jamoasi g‘alabaga erishdi", tabirklaymiz!

Endi biroz mizg‘ib olsak bo‘ladi.

@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Qavs ichida yozgan tahminim o‘zini oqladi.

«Real» loyiq o‘ynadi ikkinchi bo‘limda. Aniqrog‘i «Barcelona» uxlab qoldi.

Menimcha Xavining ketadigan joyi keldi. )

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Sekinroq qarang.
Uyqingiz qochib ketmasin )

@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Aytgancha bitta video bor. Iftorlikdan keyin tashlayman mayli. 😆

Kimlargadir rahm qildim )

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Ingliz tilida ko‘pchilik bilmaydigan ammo kerakli so‘zlar bisyor.

Shulardan biri «mend» fe‘lidir. Uni «tuzatmoq», «ta‘mirlamoq», «yamamoq» shaklida tarjima qilsa bo‘ladi.

Bu fe‘lni ko‘ylaklarni ta‘mirlashda, uylarning kamchiligini tuzatishda ishlatsak bo‘ladi.

Masalan:

She is mending her old clothes.

Siz ham ushbu so‘zga 2 tadan misol yozib qoldiring.

@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Beeline interneti hammada ishlamay qoldimi yoki faqat mendami?

Qiziq... juda qiziq 🤔🤔

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Keyingi yilgi iftorlik shu yerdami in sha Alloh?

Kim bilan? Ota-onam deyishingiz aniq, bu javobdan boshqa)

@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

#hozirgina

Yangi konstitutsiya uchun bayram tadbiri bo‘lyapti, kichik konsert ham.

Endi og‘iz-burun maqtashayotgan edi, chiroq o‘chib qoldi o‘n besh minut.

Boshimni qayoqqa uray. )

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

#shunchaki

"Menga mullaligingni qilma", degan gapni kimingizdan kutgan bo‘lardingiz?

Javobingiz qanday bo‘lardi?

@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Kim sevayotgan bo‘lsa, bilsin-ki...

@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Odatda yo‘l qoidalarini deyarli buzmayman. Ammo, so‘nggi ikki yildan beri birinchi marta "tushib qoldim".

Gap shunda-ki, bir yerdagi svetaforda "stop" 🛑 belgisi bor ekan. Bu belgi o‘rnatilgan joyda bir marta to‘xtab, keyin yo‘lda davom etish kerak. Svetafor bor bo‘lsa, qizil yonganda shundoq ham to‘xtaysiz, yashil bo‘lsa, to‘xtashdan ma‘no yo‘q.

Men, chorrahaga yetib kelganimda svetafor ishlamayotgan edi. Boz ustiga odatda bunday joyga "stop" qo‘yilmasligi uchun, sekinlab yon atrofda mashinalar yo‘qligi uchun katta yo‘lga burilgandim. Yuz metr o‘tmasdan "akalar" turgan ekan. Anu tik-tokdagi xola TVda guvohlik berayotganda aytgandek, hodim "chur-r", etdi, keyin "var-var", deb borib, yo‘l chetiga "shig‘-g‘" etib to‘xtadim. )

Keyin... yozdi, nimayam bo‘lardi. ) Biroz tortishdim. Ammo, nailoj. Protokol tuzdi planshetiga.

Lekin, gap bunda emas. Mana shu voqeaga qariyib qirq kun bo‘lyapti-ki, jarimadan darak yo‘q. Ilovadan ham xabar kelmayapti. Odam ezilib ketdi, natijasi nima bo‘ldi, mani to‘xtatgan GAI o‘qiyotgan bo‘lsa, lichkamga yozvoring ;)

Imtixon natijalariniyam shuncha kutmaganman-e!

@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Shu kunlarga yetkazganiga shukur. O‘tgan ramazonda o‘ynab-kulib yurgan, bu galgisiga yetolmaganlar qancha?..

Demak Alloh bizga yana imkon beribdi. Tavba qilaylik.

Jannatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qo‘shni qilsin barchamizni!

@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

"Shum bola"ning boshqa varianti.

Grim va kostyumlarni o‘xshatishga sal-pal urindik xolos. 😹

Montaj va videoda o‘zim. 😁
Keyingisi ham bo‘lsinmi?

@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Bayramni bepayon qirda do‘stlar bilan piknik qilib o‘tkazsa okmi?

Nimagadir tabiatim bepayonlikni, chegarasizlikni, maza qilib baqiradigan joylarni xohlaydi.

@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Aytgancha, uchta golni ham "Barcelona" futbolchilari urishdi. To‘g‘ri topibman baribir. 😁

"Barcelona"ni esa, endi qo‘rqmay chempionlik bilan tabriklasak bo‘ladi.

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

"El classico" ertagi davom etadi.

"Barcelona", hamda Real Madrid" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar har doim shiddatli va murosasiz o‘tgan.

Bu ikki afsonaviy jamoalar qarama-qarshiligi haqida ortiqcha to‘xtalib o‘tirish shart emas. Bola tili shu jamoalardan birini tanlab chiqadi...

"Real" azaliy raqibidan 9 ochko ortda qolmoqda. Chempionat esa yakuniga yetay deb qoldi. Bu o‘yin ham boy berilsa, chempionlik haqida boshqa o‘ylamasa ham bo‘ladi.

Shuni unutmaslik kerak-ki, "Real" o‘zi uchun asosiy musobaqa — "Chempionlar ligasi"da o‘z yurishini davom ettirmoqda. Bu omil "Barcelona"ni bor kuchi bilan shu o‘yinni yutishga undashi mumkin.

Qizig‘i shunda-ki, har ikki jamoa ham raqib maydonida zafar quchishni yaxshi ko‘radi. Bugun o‘yin "Camp Nou"da bo‘ladi. Kim biladi deysiz...

"Barcelona" muxlisi bo‘lsam ham, yon bosmay tahmin qilmoqchiman. Bugun "Real"ning kuni emas. 2-0, yoki 3-1 bo‘lsa yo‘q demasdim "Barca" hisobiga. )

Aytgancha, bugun tun yarimidan oqqanda 01:00 da ko‘rishamiz.

@Taqdir_bitiklari

Читать полностью…
Subscribe to a channel