Hamma narsadan charchab ketdim. Odamlar orasida tushunadigan, tushunishni istaydigan odam yo‘q.
Hech kimga o‘xshashni xohlamayman. Nima qilay? Men o‘zgachaman, shuni istayman. Bu aybmi?
@Taqdir_bitiklari
Jonim yur, olib ketaman seni yiroqqa, uzoqqa.
Havoga mos tarona. Kuningiz maroqli o‘tsin.
@Taqdir_bitiklari
Orziqib kutilgan kun keldi!
Yohud, negativlarga yana gap topildi! ))
Fevralda tushgan jarimam hozir kelibdi. Nimaga yozdi ekan, deb yuragim halak edi. Endi ko‘ngil joyiga tushdi. Buni qarang, jarima kelsayam xursand bo‘lish mumkin ekan, kattamasligiga.
Aytgancha, invoys raqaminiyam berkitib qo‘ydim, kimdir to‘lab qo‘ymasin deb.
O‘sha trenddagi gap: “Qoida buzishlar bahona edi, ГАИlar orasidan seni izladim”.
©Shahzod | @Taqdir_bitiklari
Haqiqiy xarakterni ko'rsatib tuzilgan munosabatlar uzoq yashaydi. Hattoki, butun umr.
©meningcha | @Taqdir_bitiklari
Bu dargohda xalqning ertangi umidlari o‘qiyapti in sha Alloh!
Bu ismlarni eslab qoling: Javohir, Muzaffar!
@Taqdir_bitiklari
Bugun ishim va uyim orasidagi 32 kilometrlik masofada naqd 13 ta radarni ko‘zim bilan ko‘rib, kayfim uchib ketdi.
Ko‘rmaganlarim qancha ekan hali.
Kamiga 3 yerda "ГАИ" ham turibdi.
Shuncha vaqt bilmay yuraverganimni qarang. Yaxshiyam oltmushdan oshmayman. Hammasiga tushsam bormi bir kunda!
Ko‘rganimdan keyin o‘sha tezligim ham yorug‘lik tezligiga o‘xshab ketdi. Endi ko‘zimga hamma narsa radar bo‘lib ko‘rina boshladi. Xuddi, ins-jinslar haqida eshitgan kuningdan boshlab hammayoqdan seni kuzatishayotgandek tuyilganidek.
Ashaddiy jinoyatchidek his qila boshladim o‘zimni. 😂
Maqsad nima o‘zi insof bilan qo‘yilmaydimi-e!
Hammasi "otmen"!
Velikda yuraman endi!
@Taqdir_bitiklari
#Qiziq
Nyutonning boshiga tushgan olma sening boshingga tushganda nima qilgan bo‘larding.
Menimcha butun olam so‘kinish qonunini o‘ylab toparding.
It‘s just my idea))
@Taqdir_bitiklari
Cho‘g‘ga kartoshka ko‘mib yegan kezlarim esimga tushib ketdi negadir.
Qaynoqqina edi, puflab puflab kaftimizda unisidan-bunisiga otardik kuymaslik uchun. Po‘stini ohista shilib, tuzdan sepib havas-la "urardik jig‘ildonga".
Siz ham yeganmisiz?
@Taqdir_bitiklari
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
Menga nuqul gunohsiz farishtalar uchraydimi deyman. Bilishimcha eng gunohkor inson menman shekilli olamda.
Ularga xuddi jannat bashorati berilgandek.)
Birga parvoz etaylik! Maylimi?
Uchgisi kelyapti odamni.
Shunchaki | @Taqdir_bitiklari
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘,
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !
@Taqdir_bitiklari
Ramazonda vaznim 3,5 kilogramga ortibdi. Ozg‘inligim uchun semirish jarayoni qiyin kechadi aslida menda.
O‘zgarishga sabab esa, to‘g‘ri va tizimli ovqatlanish bo‘lsa kerak. Har kuni ayni vaqtda. Demak ozishi keraklar ozadi, semirishi keraklar semiradi.
Ramazon nafaqat gunohlarimizni, balki vujudimizdagi kasalliklarni ham yuvib ketuvchi oydir. Ma sha Alloh!
©Shahzod | @Taqdir_bitiklari
Yo Alloh, bugun saharlikka turgan bandalaringni ushbu oydan gunohlari to‘kilib, onadan tug‘ilgandek chiqadigan bandalaring qatoridan qilgin.
Ro‘za tutishga qodir qilib yaratganing uchun ham senga hamd-u sanolar bo‘lsin!
Hammamizga insof bergin, o‘z yo‘lingdan adashtirmagin!
@Taqdir_bitiklari
Befarosat bo‘lib tarbiyalanish qiyin.
Befarosat bo‘lib tug‘ilish kerak!
Kayfiyat uchun yozilgan postga mana shunday izoh yozish uchun nechi yoshga kirgan bo‘lish kerak?
Kitob o‘qish haqida yozsam kitobxonligimni maqtanish bo‘lsa. Telefon haqida yozsam telefonim borligini maqtanish bo‘lsa. Ish haqida yozsam ishim borligini maqtanish bo‘lsa. Radar haqida yozsam mashinam borligini maqtanish bo‘lsa.
Hoy to‘nka, o‘zingni dindor qilib ko‘rsatib, dindorligingni maqtayapsanmi? Kibrli deb sen kabilarni aytadi deydigan odam yo‘q )
Mayli, shunchaki asabim ko‘tarmadi. Mana bu oyda Alloh kechirsin.
@Taqdir_bitiklari
Mening jajji, bilimdon o‘quvchim Yorqinoy o‘z kitobidan sovg‘a qildi.
Prezident maktabini tamomlagach kelajagi ham ismidek yorqin bo‘lsin!
Senga ishonaman, seni yaxshi ko‘raman!
@Taqdir_bitiklari
O‘zinnga qarshi shaxmat o‘ynaganingda eng ko‘p qiynaydigan narsa, raqibing hozir qilgan rejangdan xabar topgan-topmaganidan shubhalanish.
@Taqdir_bitiklari
– Xayr, yaxshi qol... – dedi u.
– Xayr, yaxshi bor, – dedi Tulki. – Mana senga aytmoqchi boʻlgan sirli gapim: faqat koʻngil koʻzigina ochiq, eng asosiy narsani koʻz bilan koʻrolmaysan.
– Eng asosiy narsani koʻz bilan koʻrolmaysan, – deb takrorladi Kichkina shahzoda, bu hikmatni eslab qolish uchun.
©Antuan de Sent-Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"
@Taqdir_bitiklari ☕️
O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov 74 yoshida vafot etdi.
Mening bolalikdan eng sevgan komiklarimdan biri edi.
Alloh rahmatiga olsin!
Inna lillahi va inna ilahi roji‘un!
@Taqdir_bitiklari
Ummon guruhini ko‘pchilik yomonlardi, ammo o‘shalarning pleylistida ham kamida uchta qo‘shig‘i bor edi bu super trioning.
Qisqa qilib aytsam, o‘zim ham tinglardim yoshlikda, o‘smirlikda. Hammasini ham emas, ma‘lum bir qo‘shiqlari yoqimli edi men uchun juda.
Kecha Uzmir afsonaviy guruhning eng sara qo‘shiqlarining qaynoq joylaridan popuri qilganini ko‘rib qoldim.
Menga juda yoqdi. Zohid deb o‘ylab, hayron qolibman. Uzmirga ham hurmatim oshdi. Harakteri yaxshi yigit ekan intervyularini ko‘rsam. Qisqasi xulosa chiqarishdan oldin ko‘p o‘ylash kerak do‘stlar.
@Taqdir_bitiklari
Sening ishqingda, ey nomehribon, bexonumon bo‘ldim.
Demon bexonumon, ovvorayi ikki jahon bo‘ldum.
– Mirzo Bobur
@Taqdir_bitiklari