Oxiri borib klip maker bo’lib ketaman-ov!
O’tgan yilgi an’anamni davom ettirib, bu gal ham bitiruvchilardan olgan videolarimni klipga aylantirib qo’ya qoldim.
Hech qanday ssenariysiz telefonda suratga olinib, telefonning o’zida qilingan montaj uchun yomon emas menimcha )
Xamdam Sobirov “Qishloqqa qayt”
Montajchi, g’oya muallifi Shahzod Ergashaliyev
@Taqdir_bitiklari
#Kayfiyat_uchun
Kunni isishini qarang.
Biror kun morojni yegani boreylik.
Nima deseyz aberaman.
Samalyot desayz morojni. Moshina desayz tapichka aberaman.
Kettikmi?
@Taqdir_bitiklari
Yigitlar arz-dodimni eshitdi chog’i!
Ular “Gentra”ni qaytarib bermaslik uchun jon-jahdi bilan kurasha boshladi )
Otabek Boymurodov ham super-hero kabi jonlanib ketdi-vey! 😆
Ko’proq tanqid qilib turay ekan!
#LIVE 🚨
Yangi O’zbekiston 2-2 Yangi Zellandiya
Tanqid o’rnida: Shuniyam yutolmayapti bu tirranchalar! Yutinglar, aks holda mashinani qaytaringlar! 😡
@Taqdir_bitiklari
20 yoshgacha bo’lgan futbolchilar o’rtasida jahon chempionati davom etmoqda.
Hozircha guruh bosqichi 2-turi doirasida Yangi O’zbekiston Yangi Zellandiyaga qarshi o’yin o’tkazmoqda.
Biznikilar o’yinda to’liq, o’ylaganingizdan ham ko’proq ustunlik qilmoqda. Ammo…
Xullas, men darvozabonimiz Otabek Boymurodov kabi darvozada tura olarkanman. Chunki men ham atigi ikki marotaba darvozamizga tepilgan to’pning birortasiniyam qaytara olmayman.
O’ndan ortiq zarba berdik, ular uzo-o-qlardan ikkita tavakkal tepib ham urib ketishyapti. Bu raqiblar kuchlimas, bizda hamma gap.
Xuddi boks deb tasavvur qilsak, jang boshida ringga chiqib olib rosa sakrab qizish uchun taraddud ko’rib, bo’yinlarni qirsillatib, raqibning birinchi tavakkal zarbasidayoq “uxlab” yerga yiqiladigan o’yinni nima keragi bor ))
Bular Osiyo chempioni bo’ldi, deb “Gentra” bilan vaqtliroq siylab qo’ymadikmikin? Hali ketidan nami ketmasdan yulduzcha yasab olibdi o’zidan.
Mayli, omadini bersin, oxirigacha kutaman, yutinglar yigitlar!
@Taqdir_bitiklari
— Teshavoy yangi kiyim olibsan-a?
— Ha qayerdan bilding, yarashibdimi?
— Yo’q, qog’ozini ko’chirmabsan.
@Taqdir_bitiklari
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘,
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !
@Taqdir_bitiklari
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘,
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !
@Taqdir_bitiklari
Kamchiliklaringizdan to’g’ri foydalaning.
Nuqson faqatgina nuqson bo’libgina qolmay, bir vaqtning o’zida yutuq hamdir. Faqat uni ko’ra bilish lozim. Ular tog’rilanishga emas, tog’ri boshqarilishga muhtoj.
Bir oyog’i yo’q inson har gal yangi oyoq kiyim sotib olganida bir poyini guldon o’rnida foydalanganini o’qigandim. U bo’sh poyabzallarga har kun termilib, noshukurlik bilan vaqt o’tkazmadi. Aksincha, unda ochilgan gullar bilan quvona oldi.
Xulosalar | @Taqdir_bitiklari
Ichi to’la bo’m-bo’sh lift
Talabalik damlarimiz matematika darsida ustozimiz fanga doir bir tushuncha bergandi. O’ylab qaralsa, bu hayotiy vaziyatlarga ham aynan mos keladi.
U shunday degandi: “Lift “bo’m-bo’sh”, degani uning ichida hech kim yo’qligini bildirmaydi. Hammasi unga berilgan ta’rifga bog’liq. Bordi-yu, aytaylik ichkarida uchdan ortiq inson bo’lsa, lift “bo’m-bo’sh”, deb atalishi belgilangan bo’lsa, siz qaragan vaqtda lift ichida o’n kishining borligi uning “bo’m-bo’sh” emasligini anglatmaydi.
Shunday ekan, ta’riflovchining izohi va sizning qadriyatlaringiz zid kelgani bilan, kalavaning uchi bir yerga borib taqaladi.
Bor yo’g’i bu vaziyatni siz “to’la”, u esa “bo’m-bo’sh”, deb ataydi. Bu shunchaki qadriyatlar bilan bog’liq masala.
Xulosalar | @Taqdir_bitiklari
Isbotlashga urinish – yuksak xatolardan bittasi.
Men buni kech anglagan bo’lsam-da, aytaman. Kimgadir oqning “oqligini” isbotlashga jon jahdi bilan urinish nodonlikdir. U “qora” ko’rayotgan bo’sa nima bo’pti? Balki, ko’zlarida nuqsoni bordir? Yoki, oqni u boshqa nom bilan atar? Nima bo’lganda ham, uning fikri o’zgarishi uchun o’zingizni gugurt donasidek yoqib, kul qilmang.
Haqiqat siz qurbon bo’lsangiz ham, nomini har turli shakllarga almashtirsangiz ham o’zgarmaydi, haqiqat bo’lib qolaveradi.
Xulosalar | @Taqdir_bitiklari
She’rning “qichig’i” )
Eshitib yuzimga tabassum yugurdi. Maza qildim ochig’i.
Ayniqsa anu joyi “laminatsiya qilsam” 😂
* * *
“Xayolim xayolingga integratsiya qilsam…” — zamonaviy terminlardan tuzilgan adabiy she’r namunasi.
©Rustam Mirvohid
She’r | @Taqdir_bitiklari
Hayotda faqatgina “men”, deb yashash to’g’ri emas.
Qachon-ki, uni “biz” ga aylantirar ekansan, shundagina munosabatlar ham haqiqiyga aylanadi, ishingda ham samara ko’rina boshlaydi. Baraka bo’ladi.
@Taqdir_bitiklari
Yaxshi bolalar ro’yxatiga tushyapsizmi bu yil?
2023-yilning ham deyarli yarimi o’tyapti.
@Taqdir_bitiklari
Bemorlar ikki xil bo’ladi: telbalar, bilimdonlar.
Telbalarning kayfiyati har doim jismoniy holatidan ko’ra yuqoriroq bo’ladi. Bilimdonlarda esa, aksincha.
Agar “telba”ga “Sen bir oy davolanishing kerak” desangiz, uning yuzida shubha paydo bo’ladi, nahotki shunchalik uzoq davolanishim kerak bo’lsa, qandaydir arzimagan narsa — tanasidan uzilay deb turgan bosh uchun bir oy davolanish shartmi deb o’ylashadi.
Bilimdonlar esa, burniga husnbuzar chiqsa, shifokor oldiga kelib so’raydi:
— Do’xtirjon, men o’laman-a?
Ular qarindish-urug’larini ham yurak hurujigacha olib borishadi, shifokorlarni esa bu kasbni tanlaganlariga ming-ming pushaymonlar bilan bezor qilishadi.
Endi yana qarmoqli savol: Siz o’zingizni qaysi toifaga mansub deb bilasiz?
Mirzakarim Norbekov “Tentakning hayot tajribasi”
@Taqdir_bitiklari
O’ylab qolamanda, bir paytlar Nyutonning boshiga tushgan olma hozirgi kunda sening boshingga tushganda nima qilgan bo’larding?
Hazil | @Taqdir_bitiklari
“In sha Alloh” shunday so’z-ki, hammasini Allohga topshirasan-da, o’zing yengil bo’lib qolasan.
@Taqdir_bitiklari
— Atrofni go’zalligini qara, Tussi! Bahri diling ochiladiya!
Hozir suratga olindi )
@Taqdir_bitiklari
Hayotimdagi eng-eng-eng qaror qilish qiyin vaziyatga tushdim.
Manimcha bundan qiyin vaziyat bo’lmasa kerak. 🤯😖
Ko’nglim nimalardir tusayapti, bilolmayapman…
Aytgancha, tanishmi musiqa?
@Taqdir_bitiklari
“Sen haqsan”, deb ayting.
Devorlar qarshilik ko’rsatmasang, senga bosib bermaydilar. Bu eng oqilona yechim. Qachonki, fikridan qaytarib bo’lmas “devor”ga duch kelsangiz-u, unga qarshi harakat qilsangiz, u yiqilish o’rniga xuddi sizning kuchingizdan kam bo’lmagan kuch bilan sizga nisbatan harakat qilaveradi. Jarayon siz kurashdan to’xtaguningizcha davom etadi. Tek qo’ying, devor devorligicha qolsin.
Shunda sizning qo’llaringiz tirnalmaydi, kiyimingiz yirtilmaydi.
Xulosalar | @Taqdir_bitiklari
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘,
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !
@Taqdir_bitiklari
Inson bir gugurt cho’piga o’xshaydi.
Kimningdir hayotini yoritish uchun yonasan, ammo oxirida qo’llari kuymasligi uchun tashlab yuborishadi.
Ana shunday qismatga duchor bo’lmaslik uchun, hech kimga borini bermaslik kerakligini anglashimga uzoq yillar ketdi. Lekin muhimi – anglaganim.
Endi hammasini imkon qadar o’ziga qo’yib berishni o’rgandim. Zotan, qancha tirishganing bilan, izni senda bo’lmasa – benaf.
Hayot kundan-kun yangi narsalar o’rgataveradi. Goho psixolog yordamiga muhtoj bo’ladi kishi. (Bu ruhiy kasallik belgisi emas, shunchaki teranroq ruhiyatni anglash uchun). Aytgancha, iltimos shu yerdayam qilayotgan ibodatlaringizni ko’z-ko’z qilib, dinni aralashtirib izoh yozmang. Qilaman ularniyam, faqat aytishim shartmas. Men hozir dunyoviy tomoniga izoh beryapman.
Xullas, psixolog ham qiynayotgan savollarimga yechim ko’rsatdi. Barchasi to’g’ri. Men o’zimni sevmay qo’yibman, hurmat qilmay qo’yibman. Meni kechir, men!
Olovimizni istamasalar, bizni yoqmasinlar.
Xulosalar | @Taqdir_bitiklari