Endi hamma narsa aksiga olyapti.
Hech qachon tirband bo’lmagan yo’llarda mashinalar qalashib yotibdi. Bir minutda bir metr yuryapman. Kamiga har svetafor men borishimga qizil rangda porlayapti.😆
Biram zerikdim-ki!
Biror nimalar yozing o’qib o’tiraman. 😁
Kun bo’yi tinmay ishlab charchaganman. Uyqi keladigan vaqtga esa hali bor. 🥱
@Taqdir_bitiklari
⚡️Yozni “Super xotira” bilan qarshi ol!
Online kursimiz yangi guruh ochilishini e’lon qiladi.
🔑 Lug’atlarni juda tez va uzoq muddatga eslab qolish. Til o’rganishning eng to’g’ri yo’llari.
🔑 Katta xonali sonlarni oson eslab qolish.
🔑 Yillarni oson eslab qolish.
🔑 Raqamlarni eslab qolishning POA uslubi.
🔑 Kitoblarni 3 soatda o’qib tugatish hamda eslab qolish.
Kurs telegramda 10 kishilik yopiq guruh tarzida tashkil etiladi, hamda har bir qatnashchi bilan alohida natijaga erishguncha ishlanadi.
— To’liq kurs narxi: 190 ming so’m
📮 Aloqa: @Shahzod_Ergashaliyev
⚡️ Endi muhim ma’lumotarni bir o‘qishda eslab qola olasiz!
👉 @Superxotira 🧠 – rivojlanish vaqti keldi!
Rowan Atkinson men uchun — komediya janri qiroli.
So’zsiz kuldirish san’ati aslida eng qiyini hisoblanadi. Hozirgi kunda so’z bilan ham kuldira olmay, faxshona latifalar va vaynlar qilishdan boshqa chorasi qolmagan hamkasblaridan Rowanning qimirlamay jim turishi ham kulgiliroq men uchun.
@Taqdir_bitiklari
– Seni uchratguncha baxtli edim...
– Endichi?
– Endi juda baxtliman!
©Shahzod Ergashaliyev
@Taqdir_bitiklari ☕️
Aytgancha, buyoqda Yevropa Ligasi finalida “Sevilla” “Roma” bilan o’ynayotgan ekan.
Ko’rmayman. Kecha yetarli bo’ldi O’zbekistonning o’yini.)
Lekin, o’z fikrimni bildirib qo’yaman. Inqirozda bo’lsa ham, Ispan jamoasi Mourinhoning “Roma”sini ikki to’p farqi bilan yutsa kerak. Harqalay, bu jamoa Yevropa ligasining “Reali”. Sherning o’ligi ham sher.
Nima qilay, futbol jon-u, dilim. Xudo xohlasa kelajakda rafiqam ham futbol ko’radi man bilan ilojsiz. 😆
@Taqdir_bitiklari
Har qanday inson ona tilidan boshqa til o’rganishi faqat foydasiga ishlaydi. Bu aynan ingliz tilidir.
Chunki, bu istaymizmi yo’qmi, butun dunyoda foydalaniladugan, albatta tushuniladigan umumiy tildir.
Ingliz tilini bilish nafaqat so’zlashuv doirangizni kengaytiradi, balki fikrlash va dunyoqarashingizni ham tubdan rivojlantirib tashlaydi.
Xullas, sanab o’tirishim shart emas, bilasiz hammasini.
Ingliz tilini ingliz insondan o’rganish esa, eng samarali yo’ldir. Ha, ingliz tilini sizga inglizcha gapirib noldan o’rgatish eng samaralisi! Bunga juda qisqa fursat ketadi.
Xuddi yosh, hali umuman tili chiqmagan bolakay ingliz oilasida shu tilda gapira boshlagani kabi.
@Taqdir_bitiklari
Hislaringizni ishlashga majburlashda davom etaman.
Suratga qarab, ilk bor ichingizdan qanday o’ylar o’tdi?
@Taqdir_bitiklari
Award winning short film — "A social life"
Virtual olamga tobora bog'lanib bormoqdamiz. Bu qisqa filmda o'zingizni oynada ko'rishingiz mumkin.
Are you addicted to your mobile phone or a social life?
Change your lifestyle…
@Taqdir_bitiklari
— Siz hech qachon unutishimni istamaydigan dars qaysi?
— Qachon-ki, bir eshik yopilsa, boshqa bir deraza ochiladi. Bu ayni haqiqat. Yopiq eshikka parvo qilma, ochiq derazani qidir…
@Taqdir_bitiklari
Bu kitob o’yga toldirmaydi, ammo sizni psixologik tomondan davolaydi.
Ayniqsa, turli kasalliklar va ko’zoynakdan qutulish uchun foyda beradi.
Kitob turli kurakda turmas haqoratomuz so’zlar va latifanamo jumlalar bilan ham boyitilgan bo’lib, sizni hech qachon zeriktirmaydi.
O’qishni tavsiya qilaman.
@Taqdir_bitiklari
Budilnik qo’ymay qo’sa telefon bilan uxlab qopman charchab. Ishga kech qoldim. Bir soatli yo’l.
Buyog’i nechpul bo’ldi? 😩
Chempionlar ligasi finali haqiqiy “mahluqlar” o’rtasida bo’lib o’tmoqda.
“Real”ni yutib tashlagandan ketin hamma “Manchester City” bemalol chempion bo’lishini tahmin qilmoqda. Ammo, menimcha bu musobaqada bir necha bor chempion bo’lib ko’rgan “Inter” ancha qiynasa kerak.
Menimcha, aynan “Inter” hisobni ochib, angliyaliklarga bosh og’riq bo’ladi. Lekin “City” bir boshlab olsa, eplash qiyin.
Tahiminim: “City” 3:1 “Inter”
@Taqdir_bitiklari
Chigirtka bir sakradi, ikki sakradi, oxiri tutildi. Yohud, erta kunda aldandim. 😂
Juma kuni tug’ilgandim, nikohimiz ham jumada tug’ildi. Xayrli bo’lsin in sha Alloh!
@Taqdir_bitiklari
Orzularimdan biri, chet elga ketib, ishga, aylanishga motorbike bilan borish.
Rostini aytsam, hali minib ko’rmaganman. Ammo, qiyin emasligini bilaman. “Velik” mingan odam buni ham eplaydi.
Mashina minishni istamayman, zerikarli. Yuzingga shabada urib turmaydi. Yo’lning taftini his qilolmaysan. (Albatta, minuslari ham bor, lekin menga pluslari yoqadi).
Xo’sh, istarmidingiz?
@Taqdir_bitiklari
Sun’iy intellekt.
Agar men janubi-sharqiy Osiyolik bo’lganimda. ))
@Taqdir_bitiklari
Kunlar bir xil o’taverishi yoqmaydi sira.
Tezroq qochib ketish kerakmikin?..
@Taqdir_bitiklari
Ehe, buncha shahar ichi gavjum, desam bugun “Bolalar kuni” ekan-da!
Bayraming bilan tabriklayman! 😁
@Taqdir_bitiklari
Hozirgina yoz kirib keldi.
Bolaligimizda tomda yulduzlarga termilib uxlaganlarim esimga tushib ketdi. Maza davrlar edi.
Uxlaymizmi yana? 😄
@Taqdir_bitiklari
Ma’lumotlarni ko’proq va yaxshiroq eslab qolishga tirishmang. Chunki, kompyuter bu ishlarni sizdan yaxshiroq eplaydi.
Tezroq hisoblashga harakat qilib yashamang. Chunki, kompyuter sizdan tezroq bajara oladi.
Kreativ bo’lishga harakat qiling, innovatsion bo’lishga intiling, ijodiy yondashing.
Siz o’rgangan hamma narsadan bu meni yanada kreativ qila oldimi? Bu meni yanada innovatsion qila oladimi? deb savol bering.
Jek Ma “Alibaba” kompaniyasi asoschisi, millarder
@Taqdir_bitiklari
Balki keyingi yil bu o’rindiqda biz bo’larmiz, nasib?
Write down today’s date somewhere and save this post.
@Taqdir_bitiklari
Jannatga kirishi uchun imomga hujjat yozdirgan inson haqida eshitganmisiz?
Shayh Alojon hazratlarining tillaridan eshitish juda maroqli. U kishini juda yaxshi ko’raman, Alloh umrlarini ziyoda qilsin!
Har safar yig’lab yuboraman nimadir aytib bersalar…
@Taqdir_bitiklari