Ayol kishi “Erimdan ko’ra ko’proq o’g’limni yaxshi ko’raman”, desa aslo ishonmang.
Chunki u o’g’lini qo’shni ayolga tashlab keta olishi mumkin, erini esa yo’q. ))
@Taqdir_bitiklari
Huvillab qolmaydi sensiz bu dunyo,
Do’stlaring zor emas sen bilganchalik.
O’lsam ne bo’lgay deb sira tortma g’am,
Ketganing xabari kelganingchalik.
Har inson zotiga zarurman dema,
Kimgadir tuproqsan, kimgadir olmos.
Xudo saqlasin-u, gohi gohida,
Hatto o’zingga ham keraging qolmas.
– Gulruh Pirnazarova o’qidi
@Taqdir_bitiklari
– Ichimdagilarni tushunolmayapsan.
– Unda ayt.
– Aytsam hammayam tushunaveradi…
@Taqdir_bitiklari
Ijodga yana qaytdim!
Oxirgi marta Tiktok ilovasida shunday videolar bilan chiqayotganimda kontentlarim yuz mingdan ortiq tomosha qilinayotgandi. Tezlik bilan ko’tarildi, ammo Iphone ishlata boshlaganimdan keyin VPN bilan muammolar bo’lib, kira olmay qoldim.
Bir tomondan yaxshi bo’ldi, endi Instagramda davom etamiz in sha Alloh!
Keyingi videolar qaysi mavzuda bo’lishini istaysiz?
@Taqdir_bitiklari
Toshkent bilan Namangan orasi bir qadam bo’pqoldi-vey!
Har kuni borib kelishgayam to’g’ri kepqolyapti ))
Statistikaga ko’ra, eng ko’p ishlatadigan so’zlaringiz klaviaturangiz yuqori qismida birinchilardan bo’lib paydo bo’ladi.
Bu qaysidir ma’noda harakterni ham qisman ko’rsatib beradi. Menda shunaqa ekan, sizdachi?Ishlatadigan so’zlarimga qaraganda juda qiziqqon va tarbiyali yigit ekanman aftidan. 😁
@Taqdir_bitiklari
Namangan shahridagi prezident maktabi so’nggi qo’ng’iroq kechasida mening o’quvchilarim ajoyib qo’shiq kuylashdi.
Biram go’zal va beg’ubor ovozlar.
Shohijahon va Yorqinoy 🥰
Qolganlari 5-sinflar, ajoyib!Aytgancha, qo’shiqni o’zlari ijro etishgan.
@Taqdir_bitiklari
Oxirgi vaqtlarga kelib, kimdir mening yoshimni taxmin qilsa, 1992-93 misiz deyaptiya?!
Siqilib qoldim 😐
Shuncha qarib ketdimmi?
@Taqdir_bitiklari
So‘zlashmoqqa yana yo‘q fursat,
Yo‘qdir balki senda ehtiyoj...
Menga ko‘ngling tubini ko‘rsat,
Toki bo‘lmay hech senga muhtoj...
@Taqdir_bitiklari
Nimaga semirmasligimni endi bildim. ))
Biram ozg’inmaney,
Biram ozg’inmaney!
Obbo mene-e-ey, obbo mene-e-ey!
@Taqdir_bitiklari
Allohim, sen uchun sabr qildik, bizning ham navbatimizni bergin!
Barchasiga o’zing kifoya qilgin…
@Taqdir_bitiklari
Agar erkak qizg’onsa, rashk qilsa, mehr bersa, u uchun hamma narsaga tayyor bo’lsa, u holda ayolni qattiq sevadi.
Agar ayol erkakni qizg’onsa, mehr bersa, u uchun hammasiga tayyor bo’lsa, demak u faqatgina uning onasidir…
@Taqdir_bitiklari
Tezroq qiyomat kelsa ham mayli, bu chirkin dunyoda yashashdan ma’no qolmadi.
Har bosgan qadaming gunoh, sitam, stress, shirinmi, achchiqmi tashvish.
Hayit ayyomingiz muborak bo’lsin!
Kelasi shu kunlarni oilangiz bilan Makkada kutib oling ilohim!
Yaqinlaringizga yuborib, tabriklab qo’ying.
@Taqdir_bitiklari
To’g’ri gaplarni aytilgan ekan multikda.
Jo’natish kerak bo’lgan sherigingizga yuboring. 😁
@Taqdir_bitiklari
Ishxonada abetdan keyin uxlab qopman bir xonaga kirib.
Juda yomon tushlar ko’rib, uyg’onib ketdim. Qarasam hozirgi vaqt ekan.
Peshin, asr, shom, xufton o’tib ketibdi bir uxlashda. 😳
@Taqdir_bitiklari
Gul bechora unib-o’sib, butun hayotini seni bir jilmayishing uchun bag’ishladi.
Bechoralar ))
@Taqdir_bitiklari
Telefon zaryadini asragan kuning ishlatmasang ham kamayaveradi.
Tugatib, quvvatlayman deb bor kuching bilan ishlatgan kuning, kechasi 2 gacha ham tugata olmaysan.
@Taqdir_bitiklari
Prezident maktabiga hujjat qabul qilish jarayonidagi qiziq voqealardan.
Bechora mittivoy “bormayman maktabga”, desayam majburlab rasmga olishgan shekilli.
Ko’zidan yosh oqib tushgan joyida suratga olishibdi. ))
@Taqdir_bitiklari
Har kun ishdan kelib, kiyimlarniyam alishtirishga eringan men.
O’zim tartib odamiman, lekin xonam hozir… 😆
@Taqdir_bitiklari