☝️Millionerlar nima qilishadi?
Siz boshqariluvchi bo‘lmoqchimisiz yoki boshqaruvchi?
Ixtiyor sizda!
@Taqdir_bitiklari
⇆ㅤ◁ 📚 ▷ㅤ↻
''Garvard'' talabalarini ruhlantirish uchun aytiladigan so'zlar.
💠 Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko‘rasan. Agar uyquni o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzularingni hayotda ko‘rasan.
💠Qachonki sen hammasiga juda kech bo‘ldi deb o‘ylasang, aslida hali erta bo‘ladi.
💠O‘qish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy.
💠O‘qish — bu vaqt sarflash emas. O‘qish — harakat qilish.
💠Hayot faqat o‘qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o‘ta olmasang, nimaga ham qodir bo‘la olarding?
💠Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.
💠Kimki hammasini erta qilsa, o‘zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.
💠Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o‘z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi.
💠Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.
💠Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir.
💠Sening topadigan puling – olgan biliming darajasiga proporsional.
💠Bugun hech qachon qaytib kelmaydi.
💠Hozir hatto dushmanlaring ochlarcha kitoblarni varaqlamoqda.
💠Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib bo‘lmaydi.
T.me/Taqdir_bitiklari
Yaxshilik va yaxshi narsalar haqida o'yla, deyishadi. Siz shunday chog‘larda onangiz haqida o'ylang...
Tuganmas motivatsiya bu!
@Taqdir_bitiklari
“Hayotga tashnalik”
…mabodo, qo‘lingizga o‘zingizning kechirgan umringiz bitilgan kitobni tutqazishsa, uni oxirgi nuqtasigacha o‘qib chiqishga o‘zingizda sabr-toqat topa olarmidingiz? Ko‘rgan kechirganlaringizning barchasini yana bir bor vijdon tarozisidan o‘tkazishga kuchingiz yetarmidi?
©️ Irving Stoun
📌 Mashhur rassom Van Gogning hayot va ijod yo’liga bag’ishlangan asar!
📞 +998 95 035 95 11
✉️ @factorbooks_info
Taqdir bitiklari – ruhiyat manzili
Tengqurlardan ortda qolib ketdim...
Kimdir institutni 22 yoshida tugatadi, lekin yana 3 yilini ish izlashga sarflashi mumkin.
Kimdir 25 yoshida muvaffaqiyatga erishib, biror joyda direktor boʼlishi va 40 yoshida vafot etishi mumkin.
Kimdir 50 yoshda rahbar boʼladi va 90 yoshgacha yashaydi.
Kimdir 32 yoshga toʼlib hali ham boʼydoq, kimdir esa 26 yoshda farzandli boʼlgan va endi ajrashishga tayyorlanmoqda.
Makron 36 yoshida prezident boʼlgan, Robert Mugabe esa 63 yoshida.
Shumaxer 25 yoshida chempion edi, Nino Farino oʼzining poygadagi ilk titulini 44 yoshida qoʼlga kiritgan.
Uorren Baffet 56 yoshiga kelib milliarder boʼldi, Sukerberg esa 23 yoshida.
Kayli Jenner 21 yoshida eng yosh ayol milliarderga aylangan, koʼplab yosh yigitlarni ortda qoldirib.
Mashhur irland pivosi muallifi Аrtur Ginnesning 56 yoshida 21 ta farzandi boʼlgan. Jorj Kluni 55 yoshga kirib ota boʼlgan.
Oʼziga xos poyga boʼlgan bu hayotda har kim oʼz yoʼlida, oʼz vaqt mintaqasida yuguradi.
Olam koʼp qirralik va noaniqlik ustida qurilgan.
Vaqt — bu farq.
Oʼylab koʼrsak, bu dunyodagi hamma narsa nisbiylik nazariyasiga ega. Аyrim doʼstlaringiz sizdan oldinda, kimlardir esa orqada. Hammasi tabiiy.
Har bir insonning oʼz soat mintaqasida oʼz masofasi bor. Hasad qilmang, qiyoslang — ular oʼz mintaqasida, siz esa oʼzingiznikida.
Hayot bu oʼz lahzangizni, oʼz startingizni kutish va u sari harakatlanib borish demakdir. Kutmoq va umid qilmoq kerak!
Siz kechikmaysiz!
Siz erta ham boshlamaysiz!
Siz oʼz vaqtingizdasiz!
©️ Stanislav Yarosheneo
Taqdir bitiklari – ruhiyat manzili
Haqiqat osmonda, yerdan qidirma,
Izlasang, imkon bor, lekin bildirma.
Malomat ortingda, ig'vo izingda,
Bariga qo'l silta, ruhni sindirma!
@Taqdir_bitiklari – ruhiyat manzili
#umid
Men so‘nggi lahzalargacha umidimni yo‘qotmayman. Toki oxirgi nuqta qo‘yilmaguncha...
O‘zimga o‘zim deyman:
,,Biz eplaymiz... Eplashim kerak!‘‘
Men buni doimo takror va takror aytaman. Xuddi istig‘for kabi...
Bu mening motivatsiyam!
Taqdir bitiklari – ruhiyat manzili
#tongga_chorlov
Hayot uyqudur, o‘lim-la uyg‘onur inson.
Sen shoshil, o‘lmasdan avval uyg‘on!
©️ Jaloliddin Rumiy
📚 Taqdir_bitiklari
#esingizdami_bolalik
Biz kelib ketuvchi tõgarak jahon,
Na boshi ma’lum, na sõngi ayon.
Hech kimsa rostini aytib berolmas,
Biz qaydan keldik-u ketarmiz qayon.
Keksa yosh hayotga har kimki yetar,
Hammasi izma-iz, birma-bir õtar.
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar.
Kelmoq qõlda bõlsa kelmasdim bir dam,
Ketmoq qõlda bõlsa ketmas edim ham.
Juda soz bõlardi bu g'amxonaga
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.
Afsuski, yigitchilik mavsumi bitdi,
Kõklam õtib ketdi, qish kelib yetdi.
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi,
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.
©Umar Xayyom
@Taqdir_bitiklari – ruhiyat manzili...
Yo Alloh! Sen meni shunchaki yaratganing yo'q, shunchaki yashashni men odat qildim!
@Taqdir_bitiklari
#yodingizdami
Zavq va orzular zinapoyaga o‘xshaydi. Zinalar o‘tirib, dam olishga moslashmagan. Umrni shu zinalarda behuda o‘tkazmaslik uchun g‘ofillikdan tez uyg‘ongan va hayotning mohiyatini to‘g‘ri anglab yetgan odam naqadar baxtli!
ⓒ Jaloliddin Rumiy
Serial nomi, aktyor va aktrisalar ismini eslayoldingizmi?
@Taqdir_bitiklari
#tundalik
Hayotda doimo yaxshi insonlar, gözal xotiralar, ajoyib narsalarni yodda saqlashga harakat qiling, yomoni shundoq ham esingizdan chiqmaydi... ☘
@Taqdir_bitiklari
#hozirjavoblik
Ma’lumki, A.S. Pushkin kalta bo‘yli inson bo‘lgan, ammo u uzun bo‘yli ayollarni juda yoqtirgan. Bir safar u bal vaqti knyagina Gonchakova yoniga borib, uni raqsga taklif qiladi. Knyagina undan sal balandroq edi, shuning uchun shoirga yuqoridan pastga nazar solib, kinoya bilan shunday deydi:
- Janob, kechirasiz, ammo menga bola bilan raqs tushish noqulay.
Shundan so‘ng Aleksandr Sergeyevich xushmuomalalik bilan bosh egib shunday javob qaytaradi:
- Kechirasiz, xonim, lekin men sizning homilador ekanligingizni bilmabman...
@Taqdir_bitiklari
🤔 Odamlar nima deydi?
☝️«Yeb-iching, lekin isrof qilmang. Chunki U isrof qiluvchilarni sevmas» (A’rof surasi, 31-oyat).
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Yenglar, ichinglar, kiyinglar va sadaqa qilinglar, isrof va mutakabbirlik bo‘lmasa, bas», dedilar.
🕋 Imom Ahmad, Nasoiy va Ibn Moja rivoyat qilishgan.
@Taqdir_bitiklari ga qo‘shiling!
👇 Siz-chi? Nima deysiz?
Mulohaza vaqti yetmadimikan?
🌏 Yer nega hali ham o‘z o‘qi atrofida aylanishini bilasizmi?
Chunki muvozanat saqlovchilar bor oramizda! Yaxshilik odamlari!
(01:57soniyalik eng yaxshi filmlardan)
Bizga qo‘shiling!
Taqdir_bitiklari – ruhiyat manzili
Haqiqiy sevgi qalbda yashirin bo‘ladi...
Eshitmay turib xitob qilishni bilgan yurak, ko‘rmay turib sevishni ham, sog‘inishni ham bilur, albatta!
©️ Mavlono Rumiy
Taqdir bitiklari – ruhiyat manzili
⏳ 2 sekund nimalarni hal etmaydi, deysiz?
🔥 bombani zararsizlantirayotgan sapyor;
🚦 qizil chiroqda harakatlangan marhum haydovchi;
🏃🏻♂️ 2-o‘rinni egallagan sportchi
— bu lahzalar haqida nima derdi? Siz nima deysiz?
,,Ba'zan bir nafas olgulik muddat
Ming yulduz so‘nishi uchun yetgulik...‘‘ degan ekan shoir!
@Taqdir_bitiklari – ruhiyat manzili
#Iqtibos
,,Biror narsa qilmoqchi bo‘lsang, uni hozir qilishing kerak. Biror narsa aytmoqchi bo‘lsang, uni hozir aytishing kerak. Va eng asosiysi, hammasini bir o‘zing amallashing darkor.
Bu sening hayoting, vafot etadigan ham sensan, yo‘qotadigan ham.‘‘
Sesiliya Axern ,,Men seni uchratgan yil‘‘
Taqdir bitiklari – ruhiyat manzili...
Eski o‘zimni sog‘indim...
Gunohlari kam, orzulari ko‘p.
Umidlari bisyor, tashvishlari yo‘q – eski o‘zim! Seni sog‘indim!
@Taqdir_bitiklari – ruhiyat manzili...
☔️ Soyabon yomg‘irni to‘xtata olmaydi, ammo yog‘ishini maroq bilan kuzatishingizda yordam beradi...
🕋 Xuddi shuningdek Iymon ham sizdan dunyodagi imtihonlarni to‘sa olmaydi, lekin sinovlar kelganda tik oyoqda turib berishingizga yordamlashadi!
🚪 Hech kim eshigingizni taqillatib kelib, sizga go‘zal kun ulashmaydi.
🗝 Aksincha oʻzingiz - ruhingiz qulflarini chertishi, dilingiz derazalarini ochishi, eng afzalini qozonish uchun harakat va jiddu jahd qilishi kerak bo‘lgan yagona insonsiz!
🍃 Allohga nisbatan doim yaxshi gumon qiluvchi va har narsadan yaxshilik qidiruvchilardan boʻling, aziz dindoshim... Moʻminga mahzunlik yarashmaydi 🙂 ))
Kuningiz xayrli va barokatli oʻtsin.
Assalomu alaykum ))
@Taqdir_bitiklari
#Dõstim
Umr - siniq kosadagi suvga õxshaydi. Ichsangiz ham tugaydi, ichmasangiz ham tugaydi. Shunday ekan, hayotdan zavqlanib yashang! Zotan, siz qayg'uga botib yashasangiz ham umr tugaydi, quvonib yashasangiz ham...
Qalbingdagi bitilmish
@Taqdir_bitiklari da...
#Tonggi_xirgoyi
...Ichimda aytsam ham Baxt degan so‘zni
Jaranglab ketadi ovozim...
©️ Nosirjon Jo‘rayev
Yangi tong, yangi nafas...
@Taqdir_bitiklari
Shunchaki tanishmiz anchadan beri,
Shunchaki bosh siltab qo‘yamiz ko‘rsak.
Salom va alikdan o‘tmaymiz nari,
Bemajol xo‘rsinib qo‘yadi yurak!
,,Shunchaki tanishmiz anchadan beri...‘‘
🎙 O‘qidi | Gulruh Pirnazarova
✍🏻 Muallif | Malika Tavfiq
@Taqdir_bitiklari
Senga tor keldi bu ko‘krak,
Sevinching toshdi qirg‘oqdan,
Tilim charchar, ajab, gohi
Seni tarjima qilmoqdan.
Usmon Nosir | ,,Yurak‘‘
@Taqdir_bitiklari