Assalomu alaykum, qadrdonim🎁
Yangi yilni qay holda yoki kim bilan kutib olsangiz, kelgusi yilgi hayotingiz ana shu tarzda yoxud õsha kishi bilan o'tadi deyishadi...
Oilangiz bağrida ,issiq pechka yonida qòlda kitob,dilda duo bilan yangi yilni kutib olishga nima yetsin! Shu sabab yangi yilni tabassum bilan oilangiz, qadrli insonlaringiz yonida qarshi olishingizga tilakdoshman!
Agarda safarda, oilangiz-u yaqinlaringizdan yiroqda bo‘lsangiz, Alloh ularning diydoriga eson-omon, nurli chehra bilan yetishtirsin...
Yangi yil ko'plab quvonchli daqiqalar, muvaffaqiyatli yutuqlar, yangi zafarlar, mehr-oqibat va cheksiz baxt keltirsin! Yomon odatlarimizni eski yilga tashlab ketishni unutmaylik...
Kirib kelayotgan YANGI YIL muborak...
Tepada qadrdonim so‘zini bosing😁
@Taqdir_bitiklari 🎁
Chin yurakdan kulish va tabassum umrni uzaytadi.
Kunni ham, umrni ham tabassum bilan davom eting...
Baxt nafasingiz bo‘lsin...
@Taqdir_bitiklari 🤍
🧠 Mutolaa qiling!
✍🏻 Barbara Oukli
📚 Raqamlar uchun yaralgan idrok
• Xotira va eslab qolish qobiliyatini qanday yaxshilashni oʻrganasiz;
• Kreativ fikrlashni va muammolarni samaraliroq yechishni bilib olasiz;
• Kechiktirishni qanday yengish va yaxshi oʻqish odatlarini rivojlantirishni oʻzlashtirasiz;
• Miyangiz qanday oʻrganishini chuqurroq tushunasiz;
• Aktiv oʻrganish koʻnikmasini hosil qilasiz;
• Xato qilish qanday qilib bilimingizni oshirishga yordam berishini tushunasiz;
• Davomiy harakatning oʻzlashtirishdagi oʻrnini bilib olasiz;
• Bilimni amalda qoʻllashning sinovdan oʻtgan usullari bilan tanishasiz.
📚O'qishni hoziroq boshlang!
@Taqdir_bitiklari
📽 Shedevr kinolar ... Bular ozmi-ko‘pmi umrimizning bir qismiga aylangan xotiralar...
@Taqdir_bitiklari 🎞
#xayollar
Sen bilan bir yoqlarga bosh olib ketsammi deyman. Lekin kimning boshini olish ustida ikkilanib qolaman...☹
@Taqdir_bitiklari 🍂
,,Nadan yaralgan bo‘lsak,
Yana shunga qaytarmiz.
Suvimiz, loyimiz bir
San kimsan-u, man kimman?‘‘
@Taqdir_bitiklari 🍂
Ona… Yuragimda simillar og'riq,
Hayot girdobida berayapman jon.
Doim yaxshilikni istadim biroq,
Afsus… jajji qalbda laxta-laxta qon…
Ezgu tuyg'ularim bo'lmoqda barbod,
Asli sof yurakka tushmoqda dog'lar.
Insof-u vijdonning bozori kasod,
Ona... Bu yashashda qolmaydi sog'lar…
Abdukarim Mirzayev
T.me/Taqdir_bitiklari 🍂
#iqtibos
☝️Sizning eng birinchi vazifangiz - oʻzingizni baxtli qilishdir...
Oʻzingiz baxtli boʻlsangizgina boshqalarni ham baxtli qila olasiz!
©️ Lyudvig Andreas
(Izohlarda fikringizni yozing👇)
T.me/Taqdir_bitiklari 🍂
Imkoniyat muzqaymoqqa o‘xshaydi, erib ketmasidan oldin yeb qolish kerak.
©Bodo Shefer
T.me/Taqdir_bitiklari 🍧
MUVAFFAQIYATNING 5 SHARTI💡
1.Biror ishni qilib ko‘rmaguningizgacha har doim uni qilib bo‘lmaydigandek tuyiladi.
2.Muvaffaqiyatli va omadsiz insonlar orasidagi farq ularning qobiliyatida emas, balki maqsadga erishishda bolgan xohishidadir. – Jon Maksvel
3. Muvaffaqiyatning kaliti oddiy ishlarni nooadatiy ravishda bajarishdadir. –Jon D.Rokfeller
4. Qilgan ishlaringiz uchun emas, imkoniyat bor bolganda bajarmagan ishlaringiz uchun afsuslaning.
5.Siz har doim ham o‘zingiz xohlaganingizdek bo‘lgan natijaga erishmasligingiz mumkin, siz o‘zingiz qanchalik mehnat qilgan bo‘lsangiz shunga erishasiz.
TAQDIR BITIKLARI ☕️
Ba'zan kimlarnidir (vaziyatini) tushunaverishdan charchaysan...
Ba'zan vaziyatingni, ahamiyatni tushuntiraverishdan charchaysan...
Seni tushungan va hayotingdagi barcha-barchasi yaxshilikka ekanini senga tushuntirgan Alloh bor ekan, umiding o‘lmaydi, sabringning zanjirlari mustahkam bo‘lib boraveradi...
@Taqdir_bitiklari ☕️
☝️,,Bir turkning gapini aytay sizga...
Sen besh vaqt namozingni o‘qib, 🕋 Hajlarga borib kelib... Agar omonatingni topshirsang-u, lekin qiyomat bo‘lib Alloh seni do‘zaxga tashlasa, hech shikoyat qilma. Haqqing yo‘q! Chunki...‘‘
@Taqdir_bitiklari ☕️
#miyaga_turtki
1-yanvar iroda sinaladigan kun:
✅️ Dushanbadan boshlayman!
✅️ Yangi yildan boshlayman... deguvchilar uchun ayni vaqti. Ikkisi birda! Bahonaga aslo o‘rin yo‘q!
(IELTS, GOETHE, TOPIK, rivojlanish kurslari, sport, kitob mutolaasi)
T.me/Taqdir_bitiklari 🧠
Ozodligingizdan rohatlaning! Kimlardir qayerdadir “Xayrli tun” deb yozmasdan uxlab qolgani uchun kechirim so‘rayapti hozir... 😁
T.me/Taqdir_bitiklari 🧠
Xotirani yaxshilash yo‘llaridan biri kuniga 3-4ta qo‘shiq tinglash hisoblanadi.
Men odatda simfoniyalarni, so‘zlarsiz musiqaning o‘zini tinglayman. Musiqaning so‘zlarini yozishni esa Xayol va Qalbga qo‘yib beraman...
@Taqdir_bitiklari 🤍
Senga ahamiyat beradiganlarga sen ham e'tibor qarat. Qolganlarga esa ,,Assalomu alaykum‘‘ kifoya qiladi...
— Uilyam Shekspir
@Taqdir_bitiklari 🍁
#xotira
Yozuvchi Gabriyel Markes alsgeymer (xotira yo‘qolishi) kasalligi bilan kasallanganida uni ko‘rgani yaqin insoni keladi. U bilan bo‘lgan suhbat vaqtida Gabriyel yaqiniga:
"Men seni eslay olmayapman, ammo seni sevishimni bilaman!" - degan edi.
Ha, qalbning xotirasi kuchli...
Yana bir gap, ,,Xotiramni yo‘qotsam, nima bo‘ladi?‘‘ degan fikr mening ham xayolimga kelgan🙂
@Taqdir_bitiklari 🍂
O‘rmon chetida joylashgan uyning egasi favvorasidan quyon suv ichayotganini ko‘rib qolib kamera o‘rnatibdi. Natijasini ko‘ring...
(Ovozini baland qiling)
@Taqdir_bitiklari 🍂
Agar koʻproq baxtiyor boʻlishni istasangiz, ikki narsani unuting – oʻtmish azobini va kelajak qoʻrquvini!
Shunchaki oʻtmishdan xulosa oling. Kelajakka esa ishoning...
Yasmin Mujohid | ,,Qalbingni isloh qil‘‘
🫀
T.me/Taqdir_bitiklari 🍂
Birgina so‘z qaroringni o‘zgartiradi. Birgina qaror hayotingni o‘zgartiradi.
Birgina odam esa qaroringni ham, hayotingni ham va sen o‘zingni ham o‘zgartirishi mumkin.
| KONFUTSIY
@Taqdir_bitiklari 🍂
Men odatda ikkita muzqaymoq olaman – o‘zimga va senga!
Men shokoladlisini yoqtiraman, sening ta'bingni esa hali bilmaganim uchun ikkinchisini har safar har xilidan tanlayman.
Aytgancha, ikkala muzqaymoqni ham doim o‘zim yeb qo‘yaman, chunki sen bilan hali uchrashmadik...🤷🏻♂️
T.me/Taqdir_bitiklari 🍂
-Kulishni bilmaydigan odam – baxtsiz odam, yigʻlashni bilmaydigan odam esa ikki karra baxtsizdir.
-Haqiqatdan qoʻrqqan odam yolgʻonning panasiga berkinadi.
-Tarix takrorlanadi, degan gap bor. Buning belgilari hozirdan koʻrinyapti: kitob oʻqiydiganlar kamayib ketyapti.
-Adolat Kuchga boʻysungan yurt - vayron yurt.
Kuch Adolatga boʻysungan yurt - boʻston yurt.
- Doʻstni xoʻrlash - gunoh, umr yoʻldoshini xoʻrlash - yuz hissa gunoh, ota-onani xoʻrlash - ming hissa gunoh, goʻdakni xoʻrlash - cheksiz gunoh.
- Bolalikda dunyo keng-u kiyim tor, keksalikda kiyim keng-u dunyo tor.
Oʻtkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" asaridan
@Taqdir_bitiklari 🍂
Bizlar yomğir edik õshanda,
Ravishimiz siğmas aqlga.
Bizlar yomğir edik õshanda
Va siğmasdik boshqa shaklga.
Bizlar yomğir edik õshanda,
Õzni bõlak ne ham der edik?
Nari borsak, ikki yutim may,
Bitmay qolgan ikki she'r edik.
Bizlar yomğir edik õshanda,
Bu boğlarni tanib turibman.
Onda-sonda yoğib tur, men ham,
Goh-gohida tinib turibman.
Rost, bilmayman, chizib ber, bilsang,
Fasllarni kaftimga yog‘dir.
Nima bilan qoriladi qor,
Qaysi rangda yog‘adi yomğir?
Faqat bitta tanish ohang, lek
Rõyo bõlsa, dunyom beshondir.
Taniganim garchi chin bõlsa,
Yomğirman deb meni ishontir,
Yomğirman deb meni ishontir.
© Rashid Xõjamov
T.me/Taqdir_bitiklari
Har bir insonning chegarasi bor. Hissiyotlar chegarasi. Og'riq chegarasi. Ko'z yoshlari chegarasi. Nafratning chegarasi. Kechirimning chegarasi. Shuning uchun odamlar ba'zida uzoq vaqt bardosh berishlari mumkin. Uzoq vaqt jim bo'lib, keyin bir zumda so'zlarsiz va tushuntirishlarsiz ketib qolishlari mumkin...
©️ Kimdir | @Taqdir_bitiklari
Bir kun kelib “Ochilmaydi” degan gullar ochiladi. “Ketmaydi” degan g‘amlar ketadi.
"Tugamaydi" degan vaqtlar o‘tadi...
Hayot shunday bir sirki, avval shukr qilish, keyin sabr qilish, undan keyin ishonish kerak!
©Jaloliddin Rumiy
⇆ㅤ◁ㅤ📖ㅤ▷ㅤ↻
@Taqdir_bitiklari