taqdir_bitiklari | Unsorted

Telegram-канал taqdir_bitiklari - Taqdir bitiklari

-

Ijodkor, pedagog Shahzod Ergashaliyevning rasmiy sahifasi @Shahzod_Ergashaliyev 📩 Aloqa: @Taqdir_bitiklaribot 💰Reklama: @tijoriy_taklif

Subscribe to a channel

Taqdir bitiklari

+6 kun — ikki oylik ro‘zaga teng🌘

«Shavvol oyining ro‘zasini qachondan boshlab tutish kerak? Uning hukmi qanday hamda saharlik va iftorlik qachon qilinadi?».

🕋 Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ramazon ro‘zasi o‘n oy ro‘zaga to‘g‘ri kelsa, Shavvolning olti kuni ikki oyga to‘g‘ri keladi, natijada bu bir yil ro‘za bo‘ladi”, dedilar.
Boshqa rivoyatda: “Kim fitrdan keyin olti kun ro‘za tutsa, bir yil to‘la ro‘za bo‘ladi”, deb zikr qilingan (Imom Ahmad va Ibn Moja rivoyati).

🕌 Shavvol oyining ro‘zasini Shavvol oyi mobaynida istalgan kunlarda — Hayitning 3-kunidan boshlab tutish mumkin yoki Hayitning ertasidan tutsa ham bo‘ladi. Mazkur kunlardagi ro‘zani Shavvol oyining xoh avvalida, xoh o‘rtasida, xoh oxirida uzluksiz tutish mumkin.

Saharlik payti bomdod vaqtining kirish vaqtidir. Iftorni esa shom namozi vaqti kirishi bilan qilinadi.

@Taqdir_bitiklari 🌘

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

#Iqtibos

Boshqalarga nega mahzun ekaningni izohlashdan koʻra, oʻzingni xursand qilib koʻrsatish osonroq...

| Muhammad Shahin

@Taqdir_bitiklari 🌗

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Hoy yaramas!
O‘zgarish bugundanmi yo bugun dammi?

@Taqdir_bitiklari 🧠

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

-Bilasizmi? Agar og‘zingizga lampochkani tiqsangiz qayta chiqara olmaysiz, bu fakt- dedi professor L.Karpov sheriklariga.

-Bo‘lishi mumkin emas, kirgan narsa qayta chiqishi aniq, dedi ikki suhbatdoshi.

Isbot uchun lampochka topishdi va hamrohlaridan biri orqa temiridan ushlab lampochkani og‘ziga soldi.
Qayta chiqarmoqchi edi, lekin hech iloji bo‘lmadi.

Vaqt o‘tgan sayin lampochka og‘zida bo‘lgan sherik qiynala boshladi. Dahshat!

Darrov taksi chaqirib shifoxonaga borishdi.
Kasalxonaga kirishda yosh hamshiraga yo‘liqishdi.
Lampochkali kishining ikki ko‘zi qizarib ovozi ming‘irlardi, buni ko‘rgan hali yosh tajribasiz qiz hushini yo‘qotayozdi. Qo‘li bilan zo‘rg‘a xirurgning xonasini ko‘rsata oldi.
Uchovlon tezda ichkariga kirishdi.

Baxtlariga xirurg tajribali ekan. Lampochka yutgan kishining jag‘ qismini bir-ikki joyidan bosib spazmni bo‘shatdi va lampochkani orqa temiridan ushlab sug‘urib oldi.

Ammo jag‘ qotib qolgan, og‘iz esa katta ochiq holatda qotganicha yopilmasdi...
(Davomi👇)
@Taqdir_bitiklari 📚

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Perfect time
,,Hammasi sizga to'g'ri vaqtda keladi‘‘

| Eng qulay vaqtni kuting yoki yarating!
@Taqdir_bitiklari 🌗

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Tabassum bilan himoyalan, sukut bilan hujum qil, befarqlik bilan gʻalaba qozon!

| Konfutsiy

@Taqdir_bitiklari 📚

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

🗣Havasim kelyapti

🔹Uylanish tashvishida yurgan 25 yashar yigit, tinmay yig‘layotgan 4 yashar bolaga dedi: - "Buncha yig‘laysan, maza qilib ovqatlanib, multfilm ko‘rib yotmaysanmi? Biror o‘yloving bo‘lmasa. Senga havasim kelyapti...".

🔹Maoshini u oydan bu oyga yetkazayotgan 35 yashar erkak, uylanish tashvishida yurgan 25 yashar bo‘ydoqqa dedi: "Buncha siqilasan? Uylanarsanam, joninga ham tegar. Mana, qaragin, ahvolimni. Senga juda havasim kelyapti...".

🔹Biznesi o‘xshamagan va bankrot bo‘lib boshi tashvishdan chiqmayotgan 55 yashar kishi, 35 yasharga dedi: "Boriga shukur qiling. Kam maosh olsangizam, qulog‘iz tinch. Mana, umrim bo‘yi borimni bergan biznesim kasodga uchrab, qulog‘imgacha qarzga botib ketdim. Sizga qanchalik havas qilayotganimni tasavvur ham qilolmaysiz..".

🔹Uning gapini eshitib turgan 70 yashar chol dedi: "Buncha siqilasan? Menga o‘xshab, beling qaqshab, oyog‘ing qaltiramayapti-ku, o‘rningda bo‘lganimda tog‘ni urib, talqon qilardim. Havasimni keltirma...".

🔹Qabrda yotgan marhum ularga qarab nido qildi: "Barchangizga havasim kelyapti, chunki sizda tavba qilish imkoniyati bor. Qani edi menda shunday imkoniyat bo‘lganida edi, butun hayotimni unga fido qilardim...".

| lhom Rahmatullayev


@Taqdir_bitiklari 🧠

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

"Chorasizlik Allohdan kelgan eng xayrli ishoratdir. U duo qilish payti kelganini koʻrsatadi".

| Jaloliddin Rumiy

T.me/Taqdir_bitiklari 📚

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

O‘zingiz bilan band bo‘ling. Odamlar gapiraveradi. Ular bilan maydalashmaslik kerak...

@Taqdir_bitiklari 🧠

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

• Kamtar boʻling —  hurmat qozonasiz;
• Mehnatkash boʻling — nasibalanasiz;
• Noziktaʼb boʻling — eslanasiz;
• Saxovatli boʻling — rizqlanasiz;
• Qiziquvchan boʻling — oʻrganasiz;
• Ishonchli boʻling — qadrlanasiz;
• Kechirimli boʻling — xotirjam boʻlasiz;
• Aslingiz kabi boʻling — baxtli boʻlasiz...

T.me/Taqdir_bitiklari 🧠

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

O‘zbekiston atamasi SSSRdan avval ham bo‘lgan.
16-17-asr xaritalarida Markaziy Osiyo hududi to‘liq Usbegistan, Usbekia deb atalgan.

T.me/Taqdir_bitiklari 🧠

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Yaratganning o'zi bizga madadkor,
Kim ham bizga tenglasha olar.
Yelkamizga oftob tekkanligi rost
Tilaklar mushtarak – ezgulikka mos.

Irodamiz metin, qadamlar shahdam.
Bugun yo'lga chaqamiz dadil va bardam
Chekinish yo‘q, og‘ir bo‘lsa ham,
Hayot sinovlardan iborat har dam.


@Taqdir_bitiklari 🧠

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Ko‘mirning olmosga, olmosning  brilliantga aylanishi uchun vaqt va mehnat sarflanadi.

Unutmangki, qat'iyat va ma'rom har qanday harakatda muhim.


@Taqdir_bitiklari 💎

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

#mulohaza

• Baʼzilar seni taqvoli deb bilishadi.
• Baʼzilar uchun esa gunohkorsan.
• Baʼzilar axloqli deb bilar.
• Baʼzilar soxtakor deb o‘ylashadi.

Faqatgina sening oʻzing nafsing haqida xabardorsan. Va yana shunday sirlar ham borki, u sen va Alloh oʻrtasidagi sirdir.

Shuning uchun seni maqtaydiganlarning maqtovlari seni aldab qoʻymasin.
Ayblaydiganlarning ayblovlari esa seni mahzun qilmasin.

Barcha uchun oyna kabi boʻl, nima desa ham “sen haqlisan” degin.
Chunki inson oʻz nafsiga qarshi oʻzi shohiddir.

@Taqdir_bitiklari 📚

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Umuman kitob o‘qimaydigan mehnatkashdan ko‘ra, kitob o‘qiydigan dangasa bilan ishlagan yaxshiroq. Chunki u doim qiyin topshiriqlarga oson yechim topa oladi.

©️ Bill Geyts

P.S. | Lekin shuni ayamga hech tushuntirolmayman-daaa 😄

@Taqdir_bitiklari ✔️

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

🕋 Assalomu alaykum! Barchamizga uluğ Hayit ayyomi muborak bo‘lsin. Allohim uyingizga nur, qalbingizga huzur, umringizga vaqt, ishlaringizga omad, qõllaringizga daromad, yaqinlaringizga quvonch, bir-biringizga ishonch ato etsin.

🕋 Qalbingizni Alloh, tilingizni Bismilloh, dilingizni iymon, qõllaringizni Qur'on hech qachon tark etmasin. Hayotingiz davomida sizga Ka'ba ziyorati, Qur'on tilovati, duo ijobati, iymon halovati, til salovati, aql shijoati, oxirat faroğati, sabr-qanoati, baxt-saodati, tan salomatligi doimo hamrohingiz bo‘lsin🤲

Sizni va yaqinlaringizni muborak ayyom bilan chin qalbimdan tabriklayman!

@Taqdir_bitiklari 🤍

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

#Alisher_Navoiy
Qalbini ishq tilmaganlarga,
Nasib etmas faxrli o‘zlik.
Navoiyni bilmaganlarga,
Qiz bermasin bironta o‘zbek!


©️ Qambar ota

@Taqdir_bitiklari 📚

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

(Davomi)
Ammo jag‘ qotib qolgan, og‘iz esa katta ochiq holatda ochilganicha yopilmasdi.

Xirurg lampochkani ularning qo‘liga qaytarar ekan, bu qo‘rqinchli emasligini, vaqt o‘tib jag‘ o‘z joyiga qaytishini tushuntirdi.
Do‘stlar xursand ko‘chaga chiqishdi.

Taksi to‘xtatishdi.
Taksida ketayotib narigi sherik nahot bu rost bo‘lsa, qanday qilib qayta olib bo‘lmaydi, deb qiziqib lampochkani temir tomonidan ushlab og‘ziga tiqdi.

Voajab. Har qanday harakat qilsa ham sug‘urolmadi.
Taksini tezda orqaga qaytarishdi.

Yana xirurg o‘z ishini ustalik bilan bajarib lampochkani qo‘llariga qaytarib berdi.

Yana taksi to‘xtatib mehmonxonaga yo‘l olishdi.
Endi esa ikki kishi og‘zi katta ochilganicha taksida ketishardi.

Taksist hayron.
Oxiri chidolmadi.
So‘radi.
Vaziyatni professor tushuntirdi.
Taksist hech ishonolmadi.
Mashinasini to‘xtatib, lampochkani berishlarini so‘radi.

Tekshirdi. Endi lampochka uning og‘zidan chiqmas edi.
Yana orqaga qaytishdi.
Xirurg bu safar lampochkani chiqarib oldida qo‘llariga bermay, sindirib axlat qutisiga tashladi.

Endi esa taksida uchta og‘zi katta ochiq kishi va professor ketishar edi.
Mehmonxonaga yetib kelishganda taksistni ham og‘zi o‘z joyiga tushguncha birga xonalarida o‘tirishga taklif qilishdi.

Mehmonxonaga kirishda ularni ko‘rgan eshik og‘asi hayron bo‘lib nima gapligini so‘rab surishtirdi.
Bo‘lgan voqeani professor kula-kula aytib berdi.
Xonalariga ko‘tarilib o‘tirishgan vaqtlarida eshik taqillab qoldi.

Ochishsa shveysar yigitning og‘zidan lampochkaning keti ko‘rinib turardi.

Taksiga o‘tirib yana xirurg oldiga ketishdi.
Xirurgning eshigi berk ekan.
Taqillatishdi.

Saldan keyin eshik ochildi va
og‘zida lampochkaning yumaloq temiri chiqib turgan xirurg ko‘rindi.

P/S: Sinab ko‘rish yo‘q-a, do‘stlar!

@Taqdir_bitiklari 😁

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

T.me/Taqdir_bitiklari 🎧

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

#sinab_kõring
Rasmda 1dan 90gacha sonlar berilgan!

• Ketma-ket sonlarni 5 daqiqada topsangiz, siz daho insonsiz.

• 10-15 daqiqada topsangiz, xotira va diqqatingiz yaxshi holatda.

• 15-20 daqiqa sarflasangiz, sizga ruhiy hordiq va kitob mutolaasi kerak.


@Taqdir_bitiklari 📚

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Suvratning eng yaxshi ko‘rinishi yuzlarda nimtabassum, ko‘zlarda dard aks etishi ekan...

@Taqdir_bitiklari 🌗

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Vale harneki Tangri qilsa taqdir,
Kishiga yo‘q rizodin o‘zga tadbir
.

| Alisher Navoiy

@Taqdir_bitiklari 🌗

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Insonlar ketar, xotiralar qolar...

Hech kimga bog‘lanib qolmang. Kutilmagan vaqt va vaziyatlarda yo‘llar ayro tushadi bir kun.

@Taqdir_bitiklari 💡

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Boriga shukr qilishni unutmasak, qolgan barakamizga ham yetishamiz!

@Taqdir_bitiklari 💡

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Ruhan toliqqan bo‘lsangiz yoki qaysidir muhim ishni boshlolmayotgan bo‘lsangiz, buni tinglang!
Chindan yordam beradi...


T.me/Taqdir_bitiklari 🎧

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

#ibrat

– Onaga bunday qilinmaydi...
– Nega ekan?


@Taqdir_bitiklari 🧠

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

,,Kim aytdi: Do‘st bo‘lmas yigit bilan qiz?‘‘

Bu haqida fikringiz qanday?

@Taqdir_bitiklari 🤍

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

Kim oʻqishdan (ilm olishdan) toʻxtasa qariydi, xoh u 20 yoki 80 yosh boʻlsin.
Kimki muntazam ravishda mutolaani davom ettirsa, yosh va navqiron boʻlib qolaveradi.

Hayotda eng asosiy narsa – miyani yosh,navqiron holatda saqlashdir.

Genri Ford
”Ford Motors" kompaniyasi asoschisi

T.me/Taqdir_bitiklari

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

☝️Kema cho‘kayotganda...

@Taqdir_bitiklari 🧠

Читать полностью…

Taqdir bitiklari

RUHIY YETUKLIK ALOMATLARI

1. Mayda-chuyda gap-soʻzlar, bemaʼni suhbatlar behudaga  vaqt sarflash boʻlib koʻrinadi.

2. Yolgʻiz qolib qalbing ovozini eshitishni istaysan.

3. Insonlarni kechirish oson boʻladi.

4. Yana-da teran fikrlashga, qarama-qarshi fikrlarni hurmat qila boshlaysan.

5. Barcha diniy eʼtiqod va vijdon erkinligiga bagʻrikenglik bilan qaraysan.

6. Hayotingdan ketmoqchi boʻlganlarni osongina qabul qilasan.

7. Oʻtmish uchun qaygʻurib, pushaymon boʻlavermaysan.

8. Hozirni va ayni vaqtni his qilishni, goʻzalliklarni koʻra boshlaysan.

9. Ayblamasdan, mulohaza va maʼqullash bilan qabul qilishni afzal koʻrasan.

10. Boshqalarning sen haqingdagi oʻylarining ahamiyati qolmaydi.

T.me/Taqdir_bitiklari 🧠

Читать полностью…
Subscribe to a channel