tarix_repetitorlari | Unsorted

Telegram-канал tarix_repetitorlari - Tarix Repetitorlari

590

Ushbu kanalimizga TARIXCHI REPETITORLAR tomonidan hamjihatlikda asos solindi KUZATISHDA DAVOM ETING. ENG SARALARI BIZDA Murojaat: @Xoldorov_Husanboy Tarixga ixtisoslashtirilgan REPETITORLAR KANALI

Subscribe to a channel

Tarix Repetitorlari

📖8-sinf Jaxon tarixi
📝 1-20-Mavzugacha Xronologiya mashqlari
👨‍🏫Muallif: Shoxruhbek Abdullayev (@ShoX_KoRoL_95 )

👉@TARIX_REPETITORLARI

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

📘 6-7-sinflar yuzasidan test
📝 ((OPTIMAL)) test toʻplamidan


Muallif : Navroʻz Norboʻtayev

👉 @Tarix_Repetitorlari

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

🎲 “8-sinf jahon tarixi test Muallif @Xoldorov_Husanboy kanalimiz: @Tarix_Repetitorlari” testi
🖊 11 ta savol · ⏱ 30 soniya

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

Tarix fanidan xronologik ma'lumotlarni takrorlash uchun onlayn test natijalari.

👉
@TARIX_REPETITORLARI

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

Tarix fanidan xronologik ma'lumotlarni takrorlash uchun onlayn test.

Javoblarni yozayotganda "-yil" qo'shimchasi bilan yozish mumkin emas.
Misol uchun: Amir Temur tug'ilgan yil?
Javob: 1336

❗️Javoblaringizni kiritib bo'lgach, "Отправит" yoki "Submit" tugmalarini bosing.Keyingi sahifada ballarni ko'rish tugamasini bosish orqali natijangiz bilan tanishish imkoniga ega bo'lasiz.
Barcha savollarga javob bermasdan sinovni yakunlash mumkin emas
.


▶️Testni boshlash: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScmXUOfiRV_fRjIFbMlru3KAHNzWhaS2F5Zaas_kqJ69JGUaQ/viewform

❗️Natijalar ertaga 20:00da e'lon qilinadi.

👨‍🏫Muallif: To
'lqin Ro'zmatov (@tolqinrozmatov)
👉@TARIX_REPETITORLARI

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

#Amirov
#ABITURIYENTLAR

7-sinf Jahon tarixi darsligida nomi keltirilgan yerlar

1⃣ Benefitsiy - Franklar davlatida bo'lgan. Davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xlodvigning vorislari boshqaruvi davrida qirollar alohida xizmatlari evaziga jangchilar va yaqin hamkorlariga berilgan yirik yer-mulk. Bu so'z lotin tilidan olingan. Senyorning o'z vassaliga harbiy xizmati evaziga in'om etgan yer-mulki.

2⃣ Allod - G'arbiy Yevropa feodal jamiyatida avloddan-avlodga meros bo'lib o'tadigan yer-mulk. Bu so'z yunon tilidan olingan. VI asr oxiridan franklarning chek yeri allodga aylanadi.

3⃣ Feod - ma'lum xizmat evaziga qirol tomonidan berilgan va meros bo'lib qoladigan yer-mulk feod deyilgan. Lotin tilidan olingan. Franklarda hukmdorlar tomonidan ot, qurol-aslahasini tartibda saqlashi, urushlar paytida oilasini ta'minlashi uchun ritsarlarga in'om etilgan yer-mulk.

3⃣ Grass - Ilk o'rta Hindistonda in'om etilgan yer maydoni. Tarjimasi "bo'lak" yoki "qultum". Bunday yerni olgan shaxs harbiy xizmat o'tab berishi kerak bo'lgan.

4⃣ Patta - ilk o'rta asrlarda Hindistonda rojalar tomonidan o'z xonadoniga mansub bo'lmagan amaldorlarga ma'lum muddatga foydalanishga berilgan yer. Tarjimasi "yorliq" yoki "yorliqqa olingan yer". Pattadan alohida xizmat ko'rsatgan kishilarni taqdirlash uchun foydalanishgan. Mulkchilik munosabatlari mustahkamlanib borishi bilan bunday yerlar ham avloddan-avlodga o'tadigan merosiy mulkka aylana boshlangan.

5⃣ Mu - Xitoyda 1 mu 6 sotixga teng bo'lgan yer. 624-yildagi qonunga ko'ra, har bir xo'jalik 80 mugacha haydaladigan yerni ijaraga olish huquqiga ega bo'lgan. Bunday yerlarni sotish taqiqlagan.

6⃣ Domen - lotin tilidan "mulk" deb tarjima qilinadi. Fransiyada qirol, gersog, graf va baronlarning qaram dehqonlar mehnati bilan ishlanadigan yer-mulklari.

7⃣ Iqto - Saljuqiylar davlatida davlat yerlarining katta qismi iqto tarzida harbiylar va amaldorlarga xizmatlari evaziga in'om etilgan. Saljuqiylarda iqto dastlab merosiy mulk bo'lmasdan, faqat xizmat muddati davomida foydalanish sharti bilan berilgan. Dehli sultonligida yer egaligining asosiy turi iqto deyilgan.

8⃣ Tumori - Usmonli davlatida suvoriyga berilgan yer. Bunday yerlar faqat turklarga va harbiylarga xizmatda bo'lgan paytda taqdim etilgan.

9⃣ Syoyen - Yaponiyada XI - XII asrlarda vujudga kelgan yer. Bunday yerlar merosiy bo'lib, barcha soliqlardan ozod etilgan.

🔟 Xolisa - Dehli sultonligida davlat ixtiyoridagi yer. Bunday yerlardan olinadigan soliqlar xazinaga tushib, davlat xarajatlari va maxsus qo'shinni ta'minlash uchun ishlatilgan.

Muallif: O'rol Amirov
(
@Amirov0215)


@TARIX_REPETITORLARI

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

👉 Abulxayrxon ibn Davlatshayx ibn Shaybon ibn Jo'jixon ibn Chingiz!

Abulxayrxonning o'g'illari

1️⃣ Shohbudoq Sulton
2️⃣ Ko'chkinchi Sulton
3️⃣ Suyunchixo'ja Sulton
4️⃣ Xoja Mahmud Sulton

1️⃣ Shohbudoq Sulton o'g'illari
❇️ Muhammad Shaybonbiyxon (1500-1510)
❇️ Mahmud Sulton

☢️ Muhammad Shayboniyxon o'g'li
💮 Muhammad Temur

☢️ Mahmud Sulton o'g'li
💮 Ubaydullaxon (1533-1540)

⚛️ Ubaydullaxon o'g'li
☑️ Abdulazizxon
(1540-yil qo'shhokimyat Abdulatif bilan)

2️⃣ Ko'chkinchi Sulton (1510-1511, 1512-1530) o'g'illari
❇️ Abu Said (1530-1533)
❇️ Abdullaxon I (1540-yil qisqa davr)
❇️ Abdulatifxon (1540-1548)

3️⃣ Suyunchixo'ja Sulton o'g'illari
❇️ Navro'z Ahmad (1548-1556)
❇️ Baroqxon

4️⃣ Xo'ja Mahmud Sulton o'g'li
❇️ Jonibek Sulton

☢️ Jonibek Sulton o'g'llari
💮 Pirmuhammad I (1556-..)
💮 Iskandan Sulton (15..-1583)

⚛️ Pirmuhammad I o'g'li
☑️
Pirmuhammad II (1598-1601)

⚛️ Iskandar Sulton farzandlari
☑️ Abdullaxon II (1556-1598-amalda, 1583-1598-rasman)
☑️ Zuhrabegim

⚜️ Abdullaxon II o'g'li
✔️ Abdulmo'min (1598)


‼️ Yuqorida faqat darslik bo'yicha ota-o'g'il silsilasini yoritdik. Hukmronlik silsilasini alohida qo'llanma qilamiz! Qo'llanmani yaxshilab yodlab, tushunib oling.

✍🏻 Muallif: Fazliddin BURXONOV

👉@Tarix_Repetitorlari👈

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

📘 9-sinf Jahon tarixi
📝 40-41- mavzular (qoʻllanma)

Muallif : Doniyorbek Qalandarov

(@Doniyorbek_Qalandarov)

@Tarix_Repetitorlari kanali

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

📕 8-sinf O'zbekiston tarixidan qo'llanma
👨🏻‍💻 Muallif: Sobir Matkarimov
(@Sobir100)
📡 /channel/TARIX_REPETITORLARI

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

📘 Optimal toʻplam testlari
📝 6-7-sinflar yuzasidan (Hamkasbimiz tayyorlabdilar , baho bering👍 )

Muallif: Dilobar Rashidova


👉 @Tarix_Repetitorlari

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

🎲 “#Aralash_oson_test 😊 @Xoldorov_Husanboy @TARIX_REPETITORLARI” testi
🖊 15 ta savol · ⏱ 30 soniya

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

📘 8-sinf Oʻzbekiston tarixi
🖼 Rasmli test

Muallif:
@Sohib95

Kanal: @Tarix_Repetitorlari

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari


#Amirov
#ABITURIYENTLAR

Mavzu: RIM PAPALARI

Rim papalari davlati hozirda Italiyaning poytaxti Rim shahrida joylashgan bo'lib, bizga Vatikan nomi bilan tanish. Vatikan dunyoda eng kichik hududga ega davlat ekanligi bilan ham mashhur. Maydoni 44 gektarni tashkil etadi (taqqoslash: Tashkent city maydoni 80 gektar, Bunyodkor futbol majmuasi maydoni 56 gektar). Hozirgi papa Maradona Leo Messilarning vatandoshi, argentinalik Fransisk I hisoblanadi. U papalik taxtiga 2013-yil 13-martda o'tirgan bo'lib, ungacha bu taxtga 265 nafar papa egalik qilgan. Ha, u 266-papa hisoblanadi.

#ABITURIYENTLARGA

(darsliklarda nomlari qayd qilingan Rim papalari ro'yhati)

Frank qiroli ko'magida 756-yilda Italiyada Rim papalari davlati - Papa viloyati tashkil etilgan. Xristian cherkovi Rim imperiyasining G'arbiy va Sharqiy qismlarga bo'lingan paytida - 395-yilda amalda bo'lingan edi. XI asr o'rtalarida esa rasman rim-katolik va yunon-pravoslav cherkovlariga bo'lingan. Rasman bo'linishga sabab etib Sharqiy Yevropadagi bolgarlarni cho'qintirishdagi raqobat ko'rsatiladi.

1⃣ Lev III - 800-yilda Rim mahalliy zodagonlari papa Lev III ga qarshi isyon ko'taradi. Karl bu isyonni qo'shin yuborib bostirgan. Ushbu yordam evaziga papa Lev III 800-yilning dekabrida Karlga imperatorlik tojini kiydirgan.

2⃣ Ioann XII - 962-yilda o'z qo'shini bilan german qiroli Otton I Rimga bostirib kiradi. Ioann XII esa Otton I ga imperatorlik tojini kiydirishga majbur bo'ladi.

3⃣ Silvestr III - asli ismi ("passportdagi ismi") Gerbert bo'lib, shogirdi Otton III tufayli papalikka saylangan. U 999 - 1003-yillarda Rim papasi bo'lgan.

4⃣ Urban II - Salib yurishlari tashabbuskori. Bu papa 1095-yilda Fransiyaning janubidagi Klermon shahrida cherkov yig'inida nutq so'zlagan. U Quddusdagi "payg'ambar qabrini" musulmonlardan ozod qilishga chaqirgan. Ushbu yurishda ishtirok etganlarning gunohlari kechirilishini, halok bo'lganlarning ruhi jannatga tushishini va'da qiladi. "Falastinda sut va asal daryo bo'lib oqadi, Quddus yerning kindigi, jannatmakon hosildor yerli o'lka", deya ta'kidlagan.

5⃣ Innokentiy III - 1198-1216-yillarda hukmronlik qilgan bu papa davrida katolik cherkovi o'z qudrati cho'qqisiga erishgan. Innokentiy III ning bir iborasi bor: "Oy o'z yog'dusini Quyoshdan olganidek, qirol hokimiyati ham o'z jilosini papalikdan oladi". Innokentiy III Germaniya, Fransiya, Angliya hukmdorlarini interdikt orqali tavba-tazarru qildirgan. Aholiga o'z hukmini o'tqazishda rohiblarga tayangan. Faoliyati davomida Germaniya siyosatiga o'z ta'sirini o'tkazgan. U deyarli barcha tomonidan unutilgan, Fridrix I Barbarossaning 18 yoshli nabirasi - Fridrix II ni 1212-yilda qirol deb e'lon qilgan. Innokentiy III XII asr oxirida to'rtinchi salib yurishlarini tashkil etishga kirishgan. Natijada 1202-1204-yillarda to'rtinchi salib yurishlari bo'lib o'tgan. Bundan tashqari u nemis feodallarining XIII asrning boshlarida Boltiqbo'yida olib borgan urushlarini salib yurishlari deb e'lon qiladi. Bundan maqsad Boltiqbo'yida yashovchi aholini katolik diniga o'tkazish edi.

6⃣ Grigoriy IX - bu papa 1227 - 1241-yillarda Papa viloyatini boshqargan. Uning davrida inkvizitsiya o'z qudratining cho'qqisiga erishgan.

7⃣ Bonifatsiy VIII - ushbu papa 1294-1303-yillarda hukmronlik qilgan. Uning hukmronligi davrida Fransiya qiroli Filipp IV cherkovdan soliq talab qiladi. Bu holat tarixda ilk bora sodir etilayotgan edi. Bonifatsiy VIII ruhoniylarga Fransiya qiroliga soliq to'lashni man etgan. Filipp IV dan esa Flandriyaga qarshi urushni to'xtatishini talab qiladi.

8⃣ Piy IX - 1870-yil 3-oktabr kuni Rim Italiya qirolligining poytaxtiga aylantirildi. Bungacha papa Piy IX Rim shahrining Italiyaga qo'shilishiga qarshilik qilayotgan va uni Fransiya armiyasi himoya qilayotgan edi.


Muallif: O'rol Amirov
(@Amirov0215)


@TARIX_REPETITORLARI

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

📘 9-sinf Oʻzbekiston tarixi
📝 6-boʻlim

Muallif:
@Tolibboyev_Mukhtorbek

📡 Bizning manzil
https://t.me/joinchat/AAAAAFlAH7zsFMe17Wcf7Q

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

#DTM

​​Milliy test tizimi uchun onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

🔰 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarorida 2020-yil 1-dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilishi belgilangan.

✅ Unga ko‘ra, umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy etiladi:

➖ 2020-yil 1-dekabrda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha;
➖ 2021-yil 1-fevralda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha;
2022-2024-yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha.

👨🏻‍💻 2020-yil 1-dekabr kuni ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 20-dekabrga qadar davom etadi.

🔖 Qarorda test sinovida ishtirok etish uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undirilishi belgilangan.

⏳ Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi.

📌 2021-2022-o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Manba: Davlat test markazi

@TARIX_REPETITORLARI

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

📖8-sinf Jaxon tarixi
📝 1-20-Mavzugacha Xronologiya mashqlari
👨‍🏫Muallif: Shoxruhbek Abdullayev (@ShoX_KoRoL_95 )

👉@TARIX_REPETITORLARI

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

📖9-sinf Jaxon tarixi Umumiy 60 talik
📝Test
👨‍🏫Muallif: Shoxruhbek Abdullayev (@ShoX_KoRoL_95 )

👉@TARIX_REPETITORLARI

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

📘 8-sinf Oʻzbekiston tarixi
📝 Yakuniy test

Muallif:
Dilobar Rashidova

👉 @Tarix_Repetitorlari

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

📖6-sinf tarix 11-20-mavzular bo'yicha
📝Mashqlar.
👨‍🏫Muallif: To'lqin Ro'zmatov (@tolqinrozmatov)

👉@TARIX_REPETITORLARI

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

#Amirov
#ABITURIYENTLAR

9-sinf Jahon tarixi darsligida keltirilgan partiyalar.

🇪🇬 1871-yil = "Xizb ul-Vatan"
(Vatan) partiyasi. (Misrda)

🇩🇪 1875-yil = "Germaniya sotsial-demokratik partiyasi" (GSDP). (Germaniya imperiyasida)

🇫🇷 1880-yil = "Fransiya ishchi partiyasi". (Fransiyada)

🇮🇳 1885-yil = "Hindiston milliy kongressi" (HMK) partiyasi. (Hindistonda)

🇦🇹-🇭🇺 1889-yil = "Avstriya sotsial-demokratik partiyasi" (ASDP). (Avstriya-Vengriya imperiyasida)

🇹🇷 1889-yil = "Birlik va taraqqiyot" partiyasi. (Usmonli davlatida)

🇦🇷 1895-yil = Sotsialistik partiya. (Argentinada)

🇷🇺 1898-yil = "Rossiya sotsial-demokratik ishchi partiyasi"
(RSDRP). (Rossiya imperiyasida)

🇬🇧 1900-yil = Leyboristlar partiyasi. Tred-yunionlarning bu partiyasi 1906-yildan Leyboristlar partiyasi deb atala boshlangan. (Buyuk Britaniyada)

🇮🇪 1905-yil = "Shinfeyn" ("Biz o'zimiz") partiyasi. (Irlandiya)

🇩🇿 1912-yil = "Yosh Jazoir" partiyasi. (Jazoirda)

🇨🇳 1912-yil = "Gomindan"
("Milliy") partiyasi. (Xitoyda)

🇮🇹 XIX asr oxirlari = Italiya Sotsialistik partiyasi (ISP). (Italiyada)

🇦🇹-🇭🇺 XIX asr oxirlari = Pangerman partiyasi (Avstriya-Vengriya imperiyasida)

🇦🇹-🇭🇺 XIX asr oxirlari = Xristian sotsialistlari partiyasi (Avstriya-Vengriya imperiyasida)

🇮🇳 XIX asr oxirlari - XX asr boshlari = "Musulmonlar ligasi" partiyasi. (Hindistonda)

🇹🇷 XX asr boshlari = "Ittihodi Muhammadi" partiyasi. (Usmonli davlatida)

🇹🇷 XX asr boshlari = "Hurriyat va birdamlik" partiyasi. Ushbu partiya Buyuk Britaniyaga xayrixoh bo'lgan. (Usmonli davlatida)

🇬🇧 Konservatorlar partiyasi Buyuk Britaniyada bo'lgan

🇬🇧 Liberallar partiyasi Buyuk Britaniyada bo'lgan

🇺🇸 Respublikachilar partiyasi AQSHda bo'lgan

🇺🇸 Demokratlar partiyasi AQSHda bo'lgan


Muallif: O'rol Amirov
(
@Amirov0215)


@TARIX_REPETITORLARI

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

#Amirov
#ABITURIYENTLAR

Rus hukmdorlari xronologiyasi
(joriy darsliklar asosida tarixchi abituriyentlar uchun maxsus)

👨‍🎨 Ryurik IX asr ikkinchi yarmida
👨‍🎨 Oleg ...-912-yillar
👨‍🎨 Igor 912-945-yillar
👸 Olga 945-964-yillar
👨‍🎨 Svyatoslav 964-...
👨‍🎨 Vladimir 980-1015-yillar
👨‍🎨 Yaroslav 1019-1054-yillar
👨‍🎨 Vladimir Monamax 1113-1125-yillar
👨‍🎨 Vsevolod Mstislavich (Novgorodda) XII asrda
👨‍🎨 Yuriy Dolgorukiy (Vladimir-Suzdalda) XII asrda
👨‍🎨 Yaroslav (Vladimirda) XIII asrda
👨‍🎨 Aleksandr Nevskiy (Novgorodda) XIII asrda
👨‍🎨 Ivan Kalita (Moskvada) 1325-1340-yillar
👨‍🎨 Dmitriy Ivanovich (Moskvada) XIV asrda
👨‍🎨 Ivan III (Moskvada) XV asrda
👨‍🎨 Ivan IV Grozniy 1547- ...
🤴Fyodor Ivanovich ...- 1598-yillar

Ryurik davridan to 1598-yilgacha Ryuriklar sulolasi boshqargan. 👆

🤴Boris Godunov 1598 - XVII asr boshi

Romanovlar sulolasi 1613-1917-yillar hukmronlik qilishgan👇👇👇

🤴Mixail Romanov 1613-...
🤴Pyotr I 1689-1725-yillar (1721-yildan Imperator unvonida)

Rus podsholigi 1721-yildan boshlab imperiya deb atala boshlangan. Hukmdorlari Imperator deyilgan.👇

👸 Yekaterina II XVIII asr ikkinchi yarmida
🤴 Aleksandr I ...-1825-yillar
🤴 Nikolay I 1825-1855-yillar
🤴 Aleksandr II 1855-1881-yillar
🤴 Aleksandr III 1881-1894-yillar
🤴 Nikolay II 1894-1917-yillar


Muallif: O'rol Amirov
(@Amirov0215)


@TARIX_REPETITORLARI

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

🎲 “Tarix 30 talik DTM darajasida
Tuzuvchi: Bahrom HIKMATOV Kanal manzili: @TARIX_REPETITORLARI testi
🖊 30 ta savol · ⏱ 30 soniya

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

#Amirov
#ABITURIYENTLAR

⚡️⚡️⚡️ 2021-yilning iyul-avgust oylarida bo'ladigan DTM imtihonida tarix fanidan quyidagi darsliklardan test savollari tuziladi.

O'zgarishlar bor: 6-11-sinflar atlasdan test savoli tushar ekan!

@TARIX_REPETITORLARI

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

📘9-sinf Oʻzbekiston tarixi
📝 21-24- mavzu (Qoraqolpoqlar) testi


✏️ Baho bering (comment)

Muallif: Xoldorov Husanboy
(
@Xoldorov_Husanboy)

👉 @Tarix_Repetitorlari

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

📙9-sinf o'zbekiston tarixi(2019)
📌Darslikdagi barcha "Nizom"lar haqida umumiy ma'lumot.

Muallif : Ne'matullo Zamonov


👉 @Tarix_repetitorlari

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

#Tabrik_uchun

🎧 Nomi: QONUN va QALQON
🎙 Ijrochi: Fazliddin BURXONOV
✍🏻 She'r: Xurshid KARIM
💽 Markaz: Qaqnus-media

📘 8-dekabr - O'zbeksiton Respublikasi qabul qilingan kundir
.
🇺🇿 Konstitusiya bayrami barchangizga muborak bo'lsin.

😊
Do'stlaringizga ham ulashing va tabrik eting!

👉@Tarix_Repetitorlari👈

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

#Amirov
#ABITURIYENTLAR

7-sinf Jahon tarixi darsligi bo'yicha poytaxtlar


🏰 Rim - G'arbiy Rim imperiyasining poytaxti;

🏰 Konstantinopol - Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya) ning poytaxti;

🏰 Ravenna - Vizantiyaning Italiyadagi noibligining poytaxti;

🏰 Itil - Xazar xoqonligining poytaxti;

🏰 Makka - Hijoz viloyatining markazi;

🏰 Pataliputra - Guptalar davlatining poytaxti;

🏰 Kioto - Yaponiya poytaxti;

🏰 Samarqand - Amir Temur saltanati poytaxti;

🏰 Reyms - Shampan grafligi markazi;

🏰 London - Angliya poytaxti;

🏰 Saroy Botu - Oltin O'rda xonligining dastlabki poytaxti;

🏰 Istanbul - Usmonli davlati poytaxti;

🏰 Qoraqurum - Chingizxon davlatining poytaxti;

🏰 Sonak - Koryo qirolligining poytaxti;

🏰 Kegyon - Choson qirolligining poytaxti;

🏰 Xanson - Choson qirolligining poytaxti;

🏰 Dehli - Dehli sultonligining poytaxti;

🏰 Tenochtitlan - Asteklar davlatining poytaxti;

🏰 Kusko - Inklar davlatining poytaxti;

🏰 Niara - Mali davlatining poytaxti;

🏰 Gao - Songai davlati poytaxti;

🏰 Chichen-Itsa - Mayyalar davlatining poytaxti;


Muallif: O'rol Amirov
(@Amirov0215)


@TARIX_REPETITORLARI

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

#Amirov
#ABITURIYENTLAR


7-sinf jahon tarixi darsligida nomlari keltirilgan janglar va ularning izohlari

1. Puate jangi - 732-yilda bo'lgan. Franklar hukmdori Karl Martell arablarni yengib, ularning Yevropaga yurishlariga chek qo'yadi.

2. Bavariyaning Lex daryosi bo'yidagi jang - 955-yilda bo'lgan. Otton I vengerlarni mag'lubiyatga uchratgan.

3. Gastings jangi - 1066-yilda Normandiya gersogi Vilgelm I Angliya qiroli Garold ustidan g'alaba qozongan.

4. Mansikert jangi - 1071-yilda bo'lgan. Saljuqiylar sultoni Alp Arslon Vizantiya imperatori Roman IV Diogen ustidan g'alaba qozongan.

5. Lenyano jangi - 1176-yilda bo'lgan. Milan boshchiligidagi Liga qo'shini Germaniya imperatori Fridrix I Barbarossa ustidan g'alaba qozongan.

6. Kalka daryosi bo'yidagi jang - 1223-yilda Dashti Qipchoqda bo'lgan. Mo'g'ullar ruslar va qipchoqlar ustidan g'alaba qozongan.

7. Neva daryosi bo'yidagi jang - 1240-yil 15-iyulda bo'lgan. Aleksandr Yaroslavich shvedlar ustidan g'alaba qozongan.

8. Muz ustidagi jang - 1242-yil 5-aprelda Chud ko'li ustida bo'lgan. Unda Aleksandr Nevskiy nemislar ustidan g'alaba qozongan.

9. Kresi jangi - Yuz yillik urushdagi janglardan biri. 1346-yilda sodir bo'lgan. Inglizlar fransuzlar ustidan g'alaba qozongan.

10. Puate jangi - Yuz yillik urushdagi janglardan biri. 1356-yilda sodir bo'lgan. Ikki baravar ko'p bo'lgan fransuz qo'shini inglizlarga mag'lub bo'lgan. Fransiya qiroli Ioann Saxiy va o'g'li Filipp ingliz qiroli Eduardga asirga tushadi.

11. Voje daryosi bo'yidagi jang - 1378-yilda sodir bo'lgan. Moskva knyazi Dmitriy Ivanovich mo'g'ullar ustidan dastlabki g'alabaga erishadi.

12. Kulikovo jangi - 1380-yilda bo'lib o'tgan. Moskva knyazi Dmitriy Ivanovich Don daryosi sohilidagi Kulikovo maydonida Oltin O'rda tumanboshisi Mamay ustidan g'alaba qozongan.

13. Qunduzcha jangi - 1391-yilda sodir bo'lgan. Sohibqiron Amir Temur Oltin O'rda ustidan g'alaba qozongan.

14. Tarak daryosi bo'yidagi jang - 1395-yilda Shimoli Kavkazdagi Tarak daryosi bo'yida bo'lib o'tgan. Amir Temur Oltin O'rda xoni To'xtamishxon ustidan g'alaba qozongan.

15. Anqara jangi - 1402-yil 20-iyul sanasida Anqara yaqinidagi Chubuk mavzeyida sodir bo'lgan. Amir Temur Turkiya hukmdori Sulton Boyazid ustidan g'alaba qozongan.

16. Azenkur jangi - Yuz yillik urushdagi janglardan biri. 1415-yil kuzda sodir bo'lgan. Fransuzlar inglizlarga mag'lub bo'lgan. Fransiyaning yarmi Angliyaga o'tib ketadi.

17. Kompen qal'asi uchun jang - Yuz yillik urushdagi janglardan biri. 1430-yilda sodir bo'lgan. Janna d'Ark burgundlar tomonidan asirga olinib, inglizlarga topshiriladi.

18. Bosvort yaqinidagi jang - Angliyada "Qizil va oq gullar urushi"dagi jang. 1485-yilda sodir bo'lgan. Jang yakuniga ko'ra Genrix VII Tyudor Angliya taxtiga o'tiradi.




Muallif: O'rol Amirov
(
@Amirov0215)

@TARIX_REPETITORLARI

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

📘 9-sinf Oʻzbekiston tarixi
📝 10-15- mavzular testi! Juda ajoyib💪

Muallif: Xoldorov Husanboy

(@Xoldorov_Husanboy)

MANZIL: @Tarix_Repetitorlari

Читать полностью…

Tarix Repetitorlari

7-sinf Jahon tarixi 10-15-mavzular bo'yicha onlayn test natijalari.

Ishtirok uchun barchaga minnatdorlik bildiramiz.Yuqori natija ko'rsatgan ishtorkchilarni tabriklaymiz.

Test bu yerda.

@Tarix_Repetitorlari

Читать полностью…
Subscribe to a channel