Meni qanday duo qildingiz dada?
Ko'zimda yoshlarim tinmay oqmoqda..
Meni qanday duo qildingiz dada?
Hislarim ko'klarga sovurilmoqda...
Meni qanday duo qildingiz dada?
Mulkim ko'p, gadoday yashamoqdaman...
Meni qanday duo qildingiz dada?
Har kuni o'zimni o'ldirmoqdaman...
Meni qanday duo qildingiz dada?
Baxtim... Omadimni ko'raolmayapti...
Meni qanday duo qildingiz dada?
Kimligim Hech Kim sezaolmayapti....
Meni qanday duo qildingiz dada?
Kuchli bo'l, sabrli, aqllimi yo???
Nega unday duo qildingiz dada?
Men ham bir "OJIZA" bo'lgim kelyapti....
#Bonu
@Tasmiya
2023 yilda erishganlarimdan eng yaxshisi magistratura talabasi bo'lishim bo'ldi
2024 - yil uchun Allohdan so'rayotganim yangi uy va .....🙊😂
#Bonu
@Tasmiya
Umr oqar daryo... Uni to'htatish Yoki sekinlatishni Hech Kimsa uddalay olmaydi... Lekin uni mazmunli va unumli sarflash o'z qo'limizda.... Siz bilan umrim sermazmun o'tmoqda...!!!
Ps: Menga to'rt yil sabr qilib yashaganizga rahmat 😂😂😂
#Turmush_ortogimga
@Tasmiya
Pul ortidan quvmayman, boylik qiziqmas menga..
Lekin moddiyatim uchun millionlar yetmaydi...😂😂😂
#Кун_тарихи
Бугун, 10 апрель:
— Ака-ука ва опа-сингиллар куни;
— Титаник Нью-Йоркка биринчи ва охирги сафарини бошлаган;
— Бразилиялик футболчи Роберто Карлос таваллуд топган;
— Ўзбекистонда Ал-Хоразмийга бағишланган почта маркаси тайёрланган.
👉 Byudjet xodimlariga қўшилинг!
"— Yaxshi tushlar ko'ring.
— Shoshmang... Yo'q, mayli" deb boshlanadigan go'zal audiomiz bor. Shu audiodagi she'rning muallifi Aziz Nur bo'ladi yaxshilar. O'zi hali 30 ga ham kirmagan. Ammo boshiga shunaqa dard tushganki, qo'yaverasiz.
Xullas, yaqin bir oyning ichida 4 ta operatsiyani boshdan kechirdi. Sababi esa buyrak yetishmovchiligi. 2,5 yildan buyon gemodializ bilangina omon yuribdi u. Baxtga qarshi, oldinda yana operatsiya turibdi. Ammo endi uydagilarining ham sog'ligi orqaga keta boshladi. Aziz Nurning o'zida esa surunkali kamqonlikka qo'shimcha jigar va yurakda ham muammolar boshlanyapti.
Bilaman, Siz yaxshi insonsiz.
— "Obed"ga saflaydigan pulingizni bir kunginasini unga atay olasiz;
— Bir kun chekadigan sigaretingizni uning uchun ko'zingiz qiyadi;
— Shunchaki "suxari" yoki shirinlikka ketadigan pulingizni bir galgina nafsingizni qurbon qilib, unga bera olasiz;
— Va, umuman, savobni "sotib olishga" imkoniyatingiz bor...
Keling... Vaqtni cho'zmaymiz. Agar imkoniyatingiz bo'lsa, quyidagi karta raqamlariga yordam qilishingizni so'raymiz. Zero, Alloh yaxshilik qilgan bandalarini chandon suyadi.
UZCARD 8600061076558492
Tojimatov Azizbek
HUMO 9860350102401345
Tojimatov Azizbek
Ayni damda 1 kg go'sht bermaydigan 50 ming so'mni ham qadri baland. 10 ming so'm ham katta pul. Kimki duoga qo'l ochib, yordam qo'lini cho'zsa, Alloh umriga umr qo'shib, biriga ming qaytarsin, Omin.
Hech kimga yaqinlarining darddan chekkan "oh"ini ko'rish nasib qilmasin.
Opasi yo'q suygani,
Singlisi yo'q kuygani..
Bu g'arib dunyoda,
Yolg'iz qizga osonmas...!!!
#Hisqilganmiz
#Bonu
@Tasmiya
Ota nega bizning ko‘ksimiz ulkan,
Daryo - daryo abad ko‘z yoshlarimiz.
Bir yugursak agar shamol to‘htaydi,
Samoga teng kelgan so‘zlar boshlaymiz.
Ota nega osmon bizlarga yaqin,
Sal enkaysa bo‘ldi o‘par peshonam.
Kaftim to‘la omad chizig‘i bilan,
Hatto boshim uzra yo‘llolmaydi g'am...!!!
#Bonu
17.03.2019.
16:52
@Tasmiya
Amallar niyyatga bog'liq, natijalar esa harakatga...
Qachonki, niyyatimizni sof va harakatimizni davomli qilarkanmiz yoshlikdagi orzularga erishaveramiz...
#Alhamdulillah_magistrman😌😌😌
Juda shavqatsizman....
Shavqatsiz olamda, shavqatsizlardan olgan ta'limim shudir...
Umuman Bemehr insonman...
Mehrsizlarga ulasha ulasha qolmagan mehr...
Bag'ritoshman...!!!
Toshbag'ir otadan o'tganmi balki?!
Yana bahor keldi meni so'roqlab...
Hamon yodingdami deydi yomg'irlar...
Sog'indingmi uni iforin deya so'roqqa tutadi qirmizi gullar...
@Tasmiya
Choliqushi fransuz tilidan dars bergani chekka qishloqqa dars bergani kelgani esingizdami? Nima maqsadda kelganichi? Qochganmidi? Kimdan Yoki nimadan?
Yo'q! Men qochmadim... Men izladim Allohga yaqin insonlarni va halovatni izladim... Men Shunday joyni topmadim o'zlari meni topti☺️
#Bonu
#Alhamdulillah
Eng alamlisi sogʻinsang ham bora olmaganlaring. Sogʻinsang ham koʻra olmaganlaring. Har tolang sogʻinch boʻladi. Har tushing diydor...
#judayam_sogʻindim
Alloh ramazondan go'dakdek poklanib chiqqan bo'lmoqlikni nasib qilgan bo'lsin. Kelasi Ramazonga bundan ko'proq ilm, bundan ortiqroq taqvo, bundan yaxshiroq hushu va huzur va sog'lomlikda yetaylik. Qatorimizdan kam bo'lmay yetaylik. Alloh Ramazonda qilgan duolarimizni komil ijobatini bersin, kamchiliklari bor bo'lsada O'zining Kariym, Rahmonu Aziz go'zal sifatlari ila rahm aylab ibodatlarimizni qabul qilsin, siddiqlarning, muttaqiyinlarning ibodatlaridek mukammal qabul qilsin ilohim. Insonlarni bir biriga shavqatli qilsin, och va uyi yo'qlarni qalbiga taskinlik, hayotiga kushoyish bersin. Alloh Ummati Muhammadni izzatini qaytarsin. Ne ajabki, in shaa Allah bizni sabab qilsa. Ichimizdan, zurriyotlarimizdan nafaqat islom ummatiga balki butun olamga foydasi tegadigan olimu fuzalolarni chiqarsa.. In shaa Allah.
Haqiqiy ayyomimiz muborak bo'lsin yaxshilar... Allohim bizga bayram qilib bergan bayram muborak azizlar.
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatuhu!
Dilnavoz B.T.
Assalomu alaykum!
Mexribonim.
Bugun 12.00 da Tushkinlikga yechim mavzusida Bepul🤩🤩🤩 vebinarga sizlarni taklif qilamiz.
Turganimda yonimda bo'ladigonmas, yiqilganimda qo'limdan tutadigon insonlarga muhtojligim bor, Robbim..
#Bonu
@Tasmiya
Nima lozim ersa shundan nishona,
Azaldan yozilmish asli peshona.
Bo'lgunicha bo'lur taqdirda ne bor,
O'zingni behuda urma har yona!
#UmarHayyom
@Tasmiya
ONA QIZINGMAN!
Ko‘zingni yoshlarga to‘ldirgan dunyo,
Aslida qadri yo‘q menga bir tiyin.
Onajon sen meni eng azizimsan,
Sensiz bu dunyoda ko‘z ochmoq qiyin.
Bolangni boshiga g‘amlar yo‘lladi,
Aritgin qo‘llaring qadog‘i bilan.
Har bir beshigimni tebragan haqqi,
Mehringni qanday qaytaray adog‘i bilan.
Junjikib ketyapti tanamdagi jon,
Shovullab oqadi ko‘zimdan yoshlar,
Men oyoq bosganda aslo botmadi,
Faqat og‘irlik qildi dildagi toshlar.
Mening mitti jonim senga omonat,
Seni topshirganman Haqning o‘ziga.
Sen bor dunyoyimning adog‘i yo‘qday,
Jannatday tuyilar ikki ko‘zimga.
Sen yo‘l boshlading quyoshga qarab,
Mehr-la ketyapman bosgan izingdan.
Ko‘ngli kuyib ketgan bo‘lsa ham toki
Ko‘zlari kuymagan ona qizingman!
@Tasmiya