tav_uz | Unsorted

Telegram-канал tav_uz - Tavsiya.uz

218

Sizga kitob, kino, yangicha g'oya va ijtimoiy tarmoqdagi kanal va guruhlar haqida tavsiya qilamiz. Youtube kanalimiz: https://www.youtube.com/channel/UCWsnffYpVehY1T0aTBxfY_A Instagram:https: https://www.instagra Murojaat uchun @Elhamrayev

Subscribe to a channel

Tavsiya.uz

#Kitob_iqtibos. * Tangri hamma narsadan ko'hnaroqdir. Chunki u yaratilmagan. *Men uch narsa uchun taqdirdan minnatdorman: birinchidan, hayvon emas, inson bo'lib tug'ilganim uchun; ikkinchidan, ayol emas, erkak bo'lib tug'ilganim uchun; uchinchidan esa varvar emas, ellinlik bo'lganim uchun. Miletlik Fales. Manba: "101 mumtoz faylasuf"

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#book_time.

"Tarixiy ko‘nikma odamlarning o'zaro tug‘ma farqlarni aks ettiradi deb taxmin qilish mantiqqa to'g'ri keladi.Albatta, bizga omma oldida aytishni xushmuomalikdan emas deb o'rgatishadi. Biz tug‘ma farqlarni ko'rsatmoqchi bo'lgan texnik tadqiqotlar to'g'risida izlanamiz,shuningdek, ushbu tadqiqotlar texnik kamchiliklardan tufayliligi haqidagi raddiyalarni o‘rganamiz. Kundalik hayotimizda, hali ham mustamlakachi xalqlar, fathlar yoki qullar olib kirilishidan asrlar o'tib ham, jamiyatda quyi tabaqa formasini saqlab kelishmoqda. Bizga buni biologik kamchiliklar bilan emas, balki ijtimoiy noqulayliklar va imkoniyatlarning cheklanganligi bilan bog‘liq deb tushuntirishdi.

Jared Deymond " Qurollar, mikroblar va po‘lat: insoniyat jamiyatlari taqdiri" kitobidan.

Читать полностью…

Tavsiya.uz

52. Lev Tolstoy “ Hojimurod” - 1896-1904- yillar| O’zbek tilida bor|
53. Aleksandr Dyuma “ Qirq besh” – 1848-yil. | O’zbek tilida yo’q|
54. Aleksandr Ostrovskiy “Sepsiz ”- 1878-yil. | O’zbek tilida bor|
55. Jyul Vern “ Sirli orol” – 1874 – yil. | O’zbek tilida yo’q|
56. Viktor Gyugo “ Muqaddas Bibi Maryam Parij sobori” – 1831-yil. | O’zbek tilida bor|
57. Nikolay Gogol “ Shinel “ – 1842-yil. | O’zbek tilida bor|
58. Iogan Volfgang Gyote “ Faust” - 1774-1831- yillar. | O’zbek tilida bor|
59. Lev Tolstoy “ Sevastopol hikoyalari” - 1855-yil. | O’zbek tilida bor|
60. Fyodor Dostoyevskiy “ Yer ostidan maktublar”- 1864-yil. | O’zbek tilida bo’ladi|
61. Nikolay Gogol “ Peterburg qissalari” - 1832-1842-yillar. | O’zbek tilida yo’q|
62. Nikolay Gogol “ Viy “ – 1835-yil. | O’zbek tilida bor|
63. Lev Tolstoy “ Kreyzer sonatasi” – 1889-yil. | O’zbek tilida yo’q|
64. Ivan Krilov “ Masallar” - 1805-1844- yillar. | O’zbek tilida bor|
65. Lev Tolstoy “ Kazaklar” – 1863 – yil. | O’zbek tilida bor|
66. Robert Luis Stivenson “ Xazinalar oroli” – 1883-yil. | O’zbek tilida bor|
67. Oskar Uayld “ Dorian Grey Portreti” – 1891-yil. | O’zbek tilida bor|
68. Artur Konan Doyl “ Sherlok Xolms haqida xotiralar”- 1894-yil.|O’zbek tilida bor|
69. Nikolay Leskov “ Chapaqay”- 1881-yil. | O’zbek tilida yo’q|
70. Redryad Kipling “ Jungli kitobi” (Maugli)- 1894-1895-yillar. | O’zbek tilida bor|
71. Hans Kristian Andersen “ Ertaklar” - 1839-1872-yillar| O’zbek tilida bor|
72. Aleksandr Pushkin “ Baliq va baliqchi haqida ertak” – 1833-yil. | O’zbek tilida bor|
73. Anton Chexov “ It bilan xonim” – 1899-yil. | O’zbek tilida yo’q|
74. Mark Tven “ Shahzoda va gado” – 1880-yil. | O’zbek tilida bor|
75. Stendal “ Qizil va qora “ – 1830-yil. | O’zbek tilida bor|
76. Mixail Lermontov “ Ishsiz ” – 1840-yil. | O’zbek tilida yo’q|
77. Fyodor Dostoyevskiy “ Oq tunlar” – 1848-yil. | O’zbek tilida bor|
78. Lyuis Kerrol “ Alisa mo’jizalar mamlakatida” – 1864-yil. | O’zbek tilida bor|
79. Artur Konan Doyl “ To’rtlar belgisi” – 1890-yil. | O’zbek tilida bor|
80. Nikolay Leskov “ Mtsen uyezdlik Makbet xonim” – 1864-yil. | O’zbek tilida bor|
81. Aleksandr Pushkin “ She’rlari” - 1809-1836- yillar.|O’zbek tilida bor|
82. Nikolay Leskov “ Sehrlangan Sargardon” - 1873 – yil | O’zbek tilida yo’q”
83. Anton Chexov “ Kashtanka” - 1887- yil. | O’zbek tilida bor|
84. Lev Tolstoy “ Ivan Ilichning o’limi” – 1886-yil. | O’zbek tilida bor|
85. Nikolay Gogol “ Portret” - 1833-1834 / 1841-1842 – yillar. | O’zbek tilida yo’q|
86. Aleksandr Pushkin “ Kichkina tragediya” – 1830-yil. |O’zbek tilida yo’q|
87. Lyuis Kerrol “ Alisa ko’zgu ortida “ – 1871-yil. | O’zbek tilida|
88. Nikolay Nekrasov “ Kimga Rusda yashash yaxshiroq”- 1865-1876 yillar| O’zbek tilida yo’q|
89. Ivan Turgenev “ Asya” – 1858- yil. | O’zbek tilida bor|
90. Ivan Goncharev “ Oddiy hikoya ” – 1847-yil. | O’zbek tilida yo’q|
91. Mixail Saltikov – Shedrin “ Bir shahar tarixi” – 1869-1870-yillar. | O’zbek tilida yo’q|
92. Ivan Turgenev “ Mumu” – 1852-yil. | O’zbek tilida bor|
93. Artur Konan Doyl “ Qirmizi rang etyudlari” – 1887-yil. | O’zbek tilida yo’q|
94. Maksim Gorkiy “ Chelkash” – 1895-yil. | O’zbek tilida yo’q|
95. Gerbert Uels “ Vaqt mashinasi” – 1895- yil. | o’zbek tilida yo’q|
96. Mixail Saltikov Shedrin “Janob Golovlyovlar” - 1875—1880 – yillar| O’zbek tilida bor|
97. Fyodor Dostoyevskiy “Netochka Nezvanova” – 1849-yil. | O’zbek tilida yo’q|
98. Aleksandr Pushkin “ Shoh saltan haqida ertak” – 1831-yil. |O’zbek tilida bor|
99. Maksim Gorkiy “ Kampir Izergil” – 1894-yil. |O’zbek tilida yo’q|
100. Anton Chexov “ Duel” – 1891- yil | O’zbek tilida bor|
Bu ro'yxatni davomi bor. bu ro'yxatdan qaysi 10ta kitobni Top-100ga kiritgan bo'lardingiz!!! @tavsiya.uz

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#Kino_time.
Chorshanba – Ujas, triller kinolar kuni (4 yanvarda)
“ Bo’ritus” (Оборотень) 2000- yil.
Ikki opa- singil, konservator va zamonaviy qizlar muhokamasida bo’lib keladi. Ammo shahard qandaydir mahluq yo’lida uchragan odamlarni burdalab ketayotgani xabari tarqaladi. Opa – singil kechqurun yo’lda ketayotganda hujum qiladi va opa Bridjit jarohatlanadi. Oradan ancha vaqtlar o’ta borib Bridjetda bo’rituslik belgilari aks eta boshlaydi. Singil esa da’vo topadi, ammo u ulgurarmikan? Uning prikveli ( ilk paydo bo’lish tarixi) va sikveli ( asosiy kinoning davomi) ham suratga olingan.

Drakula (2000) 
Drakula ya’ni vampirlarning Alfasi bo’lgani haqidagi filmning zamonaviy shakli. Juda ham o’zgacha syujetga ega. Qadimiy mumiya tobutidan boshlangan bu voqealar odamlarning qirg’ini va yordamchiga aylantirilishi sababli ko’paya boshlaydi. Vampirlar ovchisi esa ularni yo’q qilish uchun harakatlarini boshlashadi. O’zgacha yakun va yangicha vampirlarga yondashuv sizga yoqadi.

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#Kino_time.
Ancha vaqtdan beri ko’rgan kinolarim haqimda gapirmadim. Endi sizga qisqa qisqa aytib bermoqchiman.
Seshanba – detektiv, kriminal kinolar haftaligida( 3 yanvarda) men quyidagi ikki kinoni ko’rdim.
Nildagi o’lim” (Смерть на Ниле) kinosi oldin chiqqan “ Sharqiy ekpressdagi qotillik” asarining mantiqiy davomi. Davomiyligi faqat o’sha detektivning qatnashishida. Mashhur va boy ayolning hayotidagi suiqasdlar va uning ortidagi uzoq vaqt rejalashtirilgan jinoyatni fosh qilish Puaroning qo’lida. Unda odamlar qurbon bo’lishini to’xtata olmaganligi alamzadaligi juda ham jonli ko’rsatilgan. Bu uchun aktyor Kennet Branaga minnatdorman. Detektiv ayniqsa Erkyul Puaro muxlislariga nostalgiyadek ko’rinadi.
Chiqish yo’q “ (Выхода нет)
Tasavvur qiling siz jinnixonadan qochdingiz va yo’llar yopiq bo’lgani uchun kutish punktiga bordingiz va furgonda bog’loqlik qizni ko’rdingiz nima qilasiz/ biz ko’rayotgan kinomizda ham shu savol sodir bo’ladi. Endi kutish punktidagi qiz o’g’rilari kimligini bilish va ularni tutib berish yo’lini topish kerak. Shunday ziddiyatlarga boy.

Читать полностью…

Tavsiya.uz

Navbatdagi Uzoq cho'zilgan kitob mutolasidan keyin endi navbatdagi kitob - Hasan Mamasaidov " Bu kitob siz uchun emas" ni boshlamoqdaman. Biznes uchun kitoblardagi did meni oqlarmikan buni ko'ramiz. Sizchi qaysi kitob mutolaasidasiz ?

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#Book_time. Tohir Malik “ Shaytanatning jin ko’chalari” (1379)

Buni asar emas, balkim yozuvchining jinoyat haqidagi asarlariga kirish qismi uchun yozilgan badia deyish mumkin. unda jinoyat olamini shaytanat deb atab uning ikir chikirlarigacha tahlil qilishga harakat qilgan. U 64 betgina bo’lsa ham sizga jinoyat olami haqida qiziqarli ma’lumotlarni beradi. Jinoyat olami atamalari, o’g’rilarning turlari, qonundagi o’g’rilari haqida ma’lumotlarni bergan. Kitobda Mashhur rus qonundagi o’g’rilari Mongol, Yaponchik,Qora kardinallari haqida qiziq faktlar, manyak va kanniballar haqida ham ma’lumot berilgan. SSSR davrida juda shov-shuvlikka sabab bo’lgan Andrey Chikatilo va boshqalar haqidagi ma’lumotlar esa sergaklikka undaydi.
Kitobda ota-onalarning bolalarga befarqligi, ularning kayfiyati va hissiyotlari bilan qizqmayotgani nimalarga olib kelishi aytilgan edi. Masalan maktabga ota-onalar bolalarini maktabga olib kelishi, ularni darsi tugaganda olib ketishi Toshkentliklar tomonidan nato’g’ri qabul qilingani aytilgan. Ammo bu ish bolasining o’ziga bo’lgan tartibi va ota- onam e’tiboridan kata kuch olishini his qilishmagan. Jinoyatchiga aylanish tug’ilganda aniq bo’lmaydi deymiz. Ammo u kata bo’lguncha atrofidagi muhit sababli juda ham katta voqea deb qaralmagan holatlar sababli ulardabolalik travmalari sababli jinoyatchilar paydo bo’lgani isbotlangan.
Jinoyatchilikka oid atamalar:
Shilta ish ( makruxa) – o’g’irlik paytida odam o’ldirish.
Raskladushka –jinoyatchilar tilida buzuq xotin
Toj Guli - O’g’rilar jinoyat olamining eng yuqori tabaqalaridan hisoblanadi va ularni ruslarda “ Цветная масть “ atashgan. Shuni o’zbekchasi.
Bozorchilar ( рыночники) – bozorlarga moslangan o’g’rilari laqabi.
Niqobchilar ( shirmachi) – qo’lini kiyim yoki qandaydir buyum orqasiga berkitib o’g’irlovchi kissavurlar.
P.S. jinoyatchilarga xavas qilish yoki uni ortidan ergashish eng katta xato. Yaxshi amallar va yaxshi ishlar uchun yaratilgan insonlar bir – birini azobga qo’yish yoki o’ldirish uchun yaralmagan.

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#Topnoma. Ikkinchi jahon urushi haqidagi Top 10 kinolar ro’yxati.

1.Shindler ro’yxati. -Список Шиндлера.  (IMDb: 8.9 / КП: 8.8)
2.“ Tonglar sokin edi bu yerda... “ - А зори здесь тихие...
3. “ Sevastopol uchun jang” - Битва за Севастополь (IMDb: 7.1 / КП: 7.5)
4.“ Qahr “ – Ярость (IMDb: 7.6 / КП: 7.3)\
5.“ Pianinochi” – Пианист (IMDb: 8.5 / КП: 8.4)
6.Staliningrad – Сталинград
7.Т-34
8.28 Panfilovchilar - 28 Панфиловцев
9.Oddiy askar Rayanni qutqarish - Спасти рядового Райана (IMDb: 8.6 / КП: 8.5)
10. “ Pirl Xarbor “ - Перл-Харбор.
Bu ro’yxat o’z fikrim asosida tuzdim. Siz-chi qaysi kinolarni bunga kirgizgan bo’lardingiz.

Читать полностью…

Tavsiya.uz

Asarda biz o’t o’chiruvchilik kasbining kitob yoqib reklama qilib beradigan, kitob o’qish daxshatini yasab,sahnalashtirib ko’rsatishadi. Bosh qahramon ham Guy Monteg boshida ulardek, kitobni yoqishni maqullaydi, ammo Klarissa bilan tanishishi bilan hayot mazmunini izlashga harakat qiladi. Mazmunsiz, zerikarli va nega yashayapman degan savollarga javob topishni emas, balkim savolni bera olish uchun ham izlanadi. U nega bunday bo’ldi, u qanday ish qila olardi deb bashorat qilmayman. Chunki kitob o’qimaslik shu voqealarga sabab bo’lgandir. Masalan, hayot qadrini bilmaganidan Montegning xotini Mildred o’z joniga nega qilayotganini bilmay ham joniga qasd qilayveradi. Chunki u hayotini maqsad, istak ko’rmaydi. Hozirda ayollar va singillarimiz eng ko’p kitob o’quvchi qatlam hisoblanadi. Ular shu kitob sababli farzandlarga tarbiya berishadi. Uning yo’qligini tasavvur qilyapsizmi? Bilim yo’q, istak yo’q, hohish yo’q. chunki savollarga javob beradigan kitoblar yo’q. hozir ham televideniya, internet qaramog’ida ularga mos fikrlayapmiz. Million qilgan xazilni takorolaymiz, janjallashgan er-xotin ustidan kulamiz. Soridan o’lgan bolalarga achinib, yana bolaning ota- onasini yomonlaymiz. Hozir biz g’iybatlashish, kimnidir muhokama qilib kerakli vaqtni o’zimiz ustimizda ishlashga bag’ishlamay qo’ydik. Kitobda aytilgan davr yaqin. Buni siz ham kitobni o’qib amin bo’lishingiz mumkin.

Читать полностью…

Tavsiya.uz

Fikringiz men uchun qiziq!!!

Yana bir bor yangi bir loyiha qilsam va g'oliblarga kitoblar bersak. Unda qanday tartibda berilishini maqulardingiz!!!

Читать полностью…

Tavsiya.uz

Sevimli tubebookblogerim Anya Bookspaceni kuzatishim 10 sababi.

1. Anyaning kitoblarga sharhining hissiyotli va chin gapirayotgani sezilgani.
2. Kitob va kino didimiz yaqinligi. U ham mendek mistika,  triller,  detektiv va ayniqsa fantastikaning jinnisi.
3. Mendek Stiven King asarlari ashaddiy muhlisi.
4. Yangi yilga ajoyib va takorlanmas kitob toplarni qilishi.
5. Doimo yangi va biz bilmagan kitoblar haqida gapirishi.
6. Ko‘zi botir blogerligi.  1000 betlik kitoblarniyam yamlamay yutadi.
7. Kitob tanlashdagi didi va kolleksiyasining borligi.
8. Men ko‘rgan kamyob ijodkor va adabiyotshunoslik bo‘yicha  non-fikshnlar tavsiya qilishi.
9. Komikslar,  mangalar muhlisi bo‘lgani.
10. Hammasidanam yaxshisi spoylerdan qochadi,  yomoni u juda katta hajmli videolar qiladi.

Sizchi qaysi youtubeblogerlarni kuzatasiz?

@tavsiya.uz

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#kitobdan_atama.

Kaliban- Uilyam Shekspirning " Bo‘ron " dramasidagi yarim odam yarim mahluq; " zamin ruhi " sifatida hayoliy personaj.

Manba: Onore de Balzak " Sag‘ri teri tilsimi" romanidan.

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#book_time.

Hozirgina Rey Bredberining asarini o‘qib tugatdim. Fikrlarimni nasib taqriz va mulohazalarda aks ettiraman. Kanalni kuzatib boring!!!

@tavsiya.uz

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#kitobdan_atama.

Kromlex-  neolit va bronza davrida diniy marosimlar o‘tkaziladigan joy.  Sizga nimanidir eslatyaptimi? 

Manba: Viktor Gyugo " Dengiz zahmatkashlari" romani.

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#book_time.

Siz ularni hamma yordam- eski grammafon tasmalaridan, eski filmlardan, eski do'stlar do‘stlardan topishingiz mumkin. Ularni tabiatdan, o‘z-o‘zingizdan qidiring. Kitoblar shunchaki biz unutib qo'yishdan qo'rqqan narsalarimizni saqlaydigan bir joy edi. Ularda hech qanday sir, hech qanday sehr yo'q. Sehr ularda aytilayotgan gaplarda, ularning qanday qilib koinot qiyqimlaridan biz uchun bir butun kiyim tika olishida.

Rey Bredberi " Farangeyt bo'yicha 451 daraja" asaridan

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#Fikrcha. " Tuxum qandayligini aytish uchun Tovuq bo'lish shartmas." Sarvar Karimov tilidan NQE Podcastdan

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#Kino_time.
Payshanba – Serial mavzuli hafta (5 yanvarda )- Netflix seriali

“ Ajal o’yini” (Алиса в Пограничье) 2- sezoni.
1-8 seriyalari ko’rib chiqdim. Ilk sezonini ko’rmaganlarga shuni qisqacha aytaman: serial odamlarni tirik qolishga sabab bo’ladigan yangi dunyoga tirik qolish uchun kurashgan Arisu va do’stlari kurashi haqida. Shartlar xuddi Alisa ertagidek kartalarga asoslanadi.
Toppon – insonlarning tuyg’ulari bilan o’ynashadigan shartlar.
Chillik – Jamoaviy o’yinlar
Qarg’a – shafqatsizlik o’yinlari.
G’isht – yolg’on ortidagi haqiqat. @tavsiya.uz

Читать полностью…

Tavsiya.uz

XIX asrning eng zo’r asarlari Top – 100taligiga nomzod kitoblar . (1 qism)

1.Nikolay Gogol “ O’lik jonlar” – 1842- yilda yozilgan. |O’zbek tilida bor|
2.Aleksandr Dyuma “ Graf Monte Kristo” - 1844-1845- yillarda yozilgan. |O’zbek tilida bor|
3.Viktor Gyugo “ Xo’rlanganlar” – 1862 – yillarda yozilgan | O’zbek tilida yo’q |
4. Fyodor Dostoyevskiy “ Jinoyat va jazo” – 1866- yilda yozilgan. |O’zbek tilida bor|
5. Lev Tolstoy “ Urush va tinchlik” - 1865-1868 – yillarda yozilgan. | O’zbek tilida bor|
6. Aleksandr Pushkin “ Yevgeniy Onegin” - 1825-1837 – yillarda yozilgan. | O’zbek tilida bor|
7. Aleksandr Pushkin “ Belkin qissalari” – 1831- yilda yozilgan. | O’zbek tilida bor|
8. Nikolay Gogol “ Revizor “ – 1836- yilda yozilgan. | O’zbek tilida bor|
9. Ivan Turgenev “ Otalar va bolalar” - 1860-1861- yillarda yozilgan. | O’zbek tilida bor|
10. Fyodor Dostoyevskiy “Stepanchikovo qishlog'i va uning aholisi” – 1859 | O’zbek tilida yo’q|
11. Anton Chexov “ 6-palata” – 1892- yilda yozilgan. | O’zbek tilida bor|
12. Aleksandr Dyuma “ Uch mushketyor” – 1844- yil | O’zbek tilida bor |
13. Fyodor Dostoyevskiy “ Aka – uka Karamazovlar “ – 1879-1880 – yillar | O’zbek tilida bor|
14. Fyodor Dostevskiy “ Telba “ – 1868-1869- yillar | O’zbek tilida bor|
15. Ivan Turgenev “ Rudin” – 1855- yil | O’zbek tilida yo’q|
16. Aleksandr Pushkin “ Dubrovskiy” – 1833, 1842- yillar. |O’zbek tilida bor|
17. Anton Chexov “Ov haqida drama” – 1884-1885 – yillar | O’zbek tilida yo’q|
18. Aleksandr Pushkin “ Kapitan qizi” – 1836- yil |O’zbek tilida bor|
19. Ivan Turgenev “ Dvoryan uyi” – 1859- yil. |O’zbek tilida yo’q|
20. Aleksandr Griboedov “ Aqllilik balosi” – 1828- yil. | O’zbek tilida bor|
21. Fyodor Dostoyevskiy “ Xo’rlanganlar va haqoratlanganlar” – 1861-yil. | O’zbek tilida bor|
22. Anton Chexov “ Hikoyalar” – 1883-1885 – yillar | O’zbek tilida bor|
23. Lev Tolsoy “ Tirilish” – 1899- yil. | O’zbek tilida bor|
24. Fyodor Dostoyevskiy “ O’smirlik” – 1875- yil. | O’zbek tilida yo’q|
25. Lev Tolstoy “ Anna Karenina “ – 1873-1877- yillar. | O’zbek tilida bor|
26. Jyul Vern “ Suv ostida 80 ming lye” – 1869- yil. | O’zbek tilida bor|
27. Mixail Lermontov “ Zamonaviy qahramoni” - 1839-1840- yillar. | O’zbek tilida bor|
28. Sharlotta Bronte “ Jeyn Eyr “ – 1847 – yil. | O’zbek tilida bor|
29. Aleksandr Pushkin “ Ruslan va Lyudmila” – 1820 – yil. | O’zbek tilida bor|
30. Jyul Vern “ Kapitan Grant bolalari” – 1868 – yil. | O’zbek tilida bor|
31. Fyodor Dostoyevskiy “ Iblislar” - 1870-1872 – yillar. | O’zbek tilida bor|
32. Aleksandr Dyuma “ Vikont de Brajelon yoki O’n yil keyin” - 1847-1850- yillar. | O’zbek tilida bor|
33. Aleksandr Dyuma “ Yigirma yildan keyin “ – 1845- yil. | O’zbek tilida yo’q|
34. Ivan Goncharov “ Oblomov “ - 1848-1858 – yillar | O’zbek tilida bor|
35. Lev Tolstoy “ Bolalik. Yoshlik. O’smirlik” - 1852-1857 – yillar| O’zbek tilida yo’q|
36. Fyodor Dostoyevskiy “ Qimorboz” – 1866- yil. | O’zbek tilida bor|
37. Aleksandr Dyuma “ Grafinya de Monsoro” – 1846-yil. | O’zbek tilida yo’q|
38. Aleksandr Pushkin “ Olg’ir xonim” – 1834-yil. | O’zbek tilida bor|
39. Nikolay Gogol “ Dikanka qishlog’I oqshimlari” - 1831-1832- yillar. | O’zbek tilida bor|
40. Anton Chexov “ Vanya amaki” – 1896-yil | O’zbek tilida bor|
41. Nikolay Gogol “ Taras Bulba “ - 1835, 1842-yillar. | O’zbek tilida bor|
42. Fyodor Dostoyevskiy “ Kambag’allar” – 1845-yil. | O’zbek tilida bor|
43. Fyodor Dostoyevskiy “ O’lik uydab maktublar” - 1860-1861- yillar. | O’zbek tlida bor|
44. Aleksandr Pushkin “ Mis Chavandoz “ – 1833-yil. | O’zbek tilida yo’q|
45. Aleksandr Pushkin “ Boris Godunov “ – 1825 – yil. | O’zbek tilida bor|
46. Anton Chexov “ Chayka” – 1896- yil. | O’zbek tilida bor|
47. Lev Tolstoy “ Kavkaz asiri” – 1872-yil. | O’zbek tilida bor|
48. Mark Tven “ Tom Soyer sarguzashtlari” – 1876-yil. | O’zbek tilida bor|
49. Mark Tven “ Geklberri Finn sarguzashtlari” – 1884-yil. | O’zbek tilida bor|
50. Ivan Turgenev “ Ovchining xotiralari” – 1852-yil. | O’zbek tilida bor|
51. Anton Chexov “ Uch opa-singillar” – 1900- yil|O’zbek tilida bor|

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#kitobdan_atama. Kliros - nasroniylar cherkovida xor a'zolari turadigan joy. U yerda xor a'zolari uch yoki to'rt qator bo'lib joylashiashadi. Manba: Anton Chexov " Aza ochish" hikoyasi.

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#Kitob_iqtibos. Endigina tug'ilgan chaqaloq birdaniga gapirib yubormaydi.U bitta so'zni aytishdan avval qancha g'o'ldiraydi. Biror joyi og'rib yig'laganida, hatto tuqqan onasi ham uning qayeri og'riyotganini bilmaydi. Nima deb o'ylaysiz, ba'zan sjoir qalbi chaqaloqning shu holatiga o'xshab ketmaydimi? Rasul Hamzatov " Mening Dog'istonim"

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#Kitobdan_mantiqiy_savol. Tohir Malik "Shaytanatning jin ko'chalari" nomli kitobida yozilishicha o'g'rilar o'g'irlaydigan buyumlari yoki joyiga qarab turli toifalarga bo'linarkan. Masalan, bozorda o'g'irlik qiladiganlar "bozorchi" ("рыночник"), shahar transportida o'g'irlik qiladiganlar gonshik yoki marshrutnik, turtib ketib, o'g'irlik qiladiganlar titragich ("трясуны") deb atalarkan. Yana bir toifa bo'lib, ular yumronqoziq ("крот") deb ataladi? Javoblaringiz kutaman.

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#book_time. " Bir odamning tarixiy dalillarga asoslanib tushuntirishga urinishi tushuntirilishi kerak bo‘lgan alohida savolga o‘xshaydi. Shuning uchun ham psixologlar birinchi navbatda qotil va zo‘ravonlarning o‘y-fikrlarini tushunishga harakat qiladilar, shuningdek ijtimoiy tarixchilar avvalo genosidni tushunishga va tibbiyot vakillari esa insonda vujudga keladigan kasalliklarning asl sabablarini anglashga urinadilar. Bunday izlanuvchilar qotillik, zo‘ravonlik, genosid va kasalliklarni isbotlash uchun izlanmaydilar, aksincha ular muammoni yechish uchun uning asl sabablarini aniqlashga urinadilar" Jared Deymond " Qurollar, mikroblar, po'lat: insoniyat jamiyatlari taqdiri"

Читать полностью…

Tavsiya.uz

Ogohlantiraman: Agar siz kitobxon bo’lsangiz, shu kitobni o’qisangiz va fikrlasangiz atrofdagilarning ko’p kitob o’qiganlgingizdan sizni tushunmasliklari, “ nima foyda” savolini doimiy berishlari bunday jamiyatni yuzaga keltirishi mumkinligini ham his qilasiz.

Menda g’ujg’on fikrlar ko’p, ammo ilk kelganlarini ulashdim!!!
@tavsiya.uz

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#book_time. #taqriz Rey Bredberi “ Farangeyt bo’yicha 451 daraja” ( 1378)

Bu asar kitoblarga o’t yoqish haqida.  Oddiy bir turkumdagi kitoblarni yoqish emas, balkim insonlarning ongidagi bilim, ko’nikmalarni shakllantirishini ham yo’qotishdir. Bizning hozirgacha tariximizda  Gitler Germaniyasi davrida kitoblar yoqilgan. AQSH tarixida esa Makkartizm davrida kommunizm g’oyasi ilgari surilgan kitoblarni yoqish bo’lgan. Balkim shu voqea ta’sir ham qilgandir kitob yozilishiga. Kitob 1953 – yil ayni sovuq urush avj olgan davrda yozilgan, o’sha paytlarda ommaviy madaniyat ham shakkllana borib aynan kitobsizlikka yo’l ochgandi.  Asar menga juda yoqdi, ayniqsa kitoblar o’qilmagan, nashr etilmagan davrda nima oqibatlarga olib kelinishini shu kitobni o’qishni davomida amin bo’lish mumkin. Mana hozir ham siz buni ko’ryapsiz:  atrofda kitob o’qishni yaxshi ko’radiganlarga nisbatan Botanik stereotipi, kitob o’qimasdan maqtanishlar, umuman ma’no mazmunida axlatbop kitobning chiroyli muqovasi va ichidagi aqllanamo gaplari uchun rasmga olishning urf bo’lishi, kitoblarni o’qimasdan turib ularni maqtay ketish, mashina olish uchun kitoblarni o’qish va boshqalar.

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#book_time.
Yanvar oyida o‘qishni rejalashtirilgan hozircha badiiy kitoblar ro‘yxati.
1. Tohir Malik " Shaytanatning jin ko‘chalari"
2. Hasan Mamasaidov " Bu kitob siz uchun emas" ( biznes kitobi)
3. Teodor Drayzer " Sarmoyador"
4. Gerbert Uels " Ko‘rinmas odam"
5. Mark Tven " Shahzoda va gado" ( elektron)
6. Pavel Annenkov " Million dollarlik xatolar"

Non-fikshn kitoblar ( Payshanba, Juma, Shanba kunlari o‘qiladigan)

1. Jared Meyson Daymond " Qurollar,~ mikroblar va po‘lat: insoniyat jamiyatlari taqdiri"
2. Ablat Xo‘jayev " Buyuk ipak yo‘li"
3.Stiven Xoking " Murakkab savollarga oddiy javoblar"

Zakovat uchun kitoblar

1. N. A. KUN " Qadimgi afsona va rivoyatlar"
2. Eshqobil Shukur "Boboso‘z izidan"

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#kino_time

Kecha Dushanba- Boevik, sarguzasht kinolar kuni edi.

Shu munosabat bilan ikkita kino ko‘rdim.

1." Jinoyatchilar shahri 2" ( Криминальный город 2)- kinosi Janubiy Koreya ijodkorlari tomonidan olingan. Bu kino birinchi qismidek juda ham qiziq va ekshnli emasdek. Ko‘p voqealari birinchi kinosidek va takror o‘zgargan syujet hisoblanadi. Ammo avtobusdagi voqealar kutilmagan ekshn deb qarasak bo‘ladi. Ammo bu kinoni birinchi qismisiz ko‘rishni tavsiya qilmayman.

Ikkinchi kinosi " RRR " hind kinosi. Bu inglizlarga qarshi uzoq vaqt davomida kurashgan hind tarixidan bir parcha. Ajoyib sahnalar va qiziqarli syujet o‘ziga jalb qilardi. 3 soatlik kino sizni diqqatingizni bo‘lmaydigan deya olaman. Hind uchiradigan sahnalar kamroq

@tavsiya.uz

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#kitob_iqtibos.

" Ertangi kun bilan maqtanma, chunki u nimalarni taqdim etishini bilmaysan".

Hazrat Sulaymon.

Manba: " 101 mumtoz faylasuf" kitobidan

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#book_time.

" Oz bilish- xavfli. Sharob ichsangiz, qadahni to‘ldirib iching yoki umuman tatib ko‘rmang. Bir qultum sizni mast qiladi. Qadahni bo‘shatsangiz, aqlingizni joyiga keladi".

Rey Bredberi " Farangeyt bo‘yicha 451 daraja ".

Читать полностью…

Tavsiya.uz

Nima deb o'ylaysiz?

Hozirda men Rey Bredberining " Farangeyt bo'yicha 451 daraja" asarini tugatar ekanman, bitta savol tug'ildi. Kitob o‘qimaslik dinni o'ldirishi mumkinmi? Qanday qilib??

Читать полностью…

Tavsiya.uz

#kitob_iqtibos.

Bu ruknda kitoblardan ajoyib iqtibos, parchalarni qo‘yib boramiz.

Abu Tolib aytgandi: Kitobdagi so‘zboshi- bu irim- sirimga iwhonadigan tog‘lik ayolning eriga po‘stin tikayotgan vaqtida og‘zining bir chetida tishlab po‘stin tikilmasa, bundato‘po‘stin erining kafaniga aylanishi mumkin ekan.

Siz qaysi asardanligini topdingizmi?

Читать полностью…
Subscribe to a channel