#mutolaadaman. Ota, o'g'il va kelin Rossling tomonidan yozilgan va to'plangan " Factfulness" kitobi mutolasidaman. hozircha ilmiy va axborotlar iste'moli bo'yicha udar tushunchalar olyapman. Siz-chi qaysi kitob mutolasidasiz?
Читать полностью…Kitob o'qish ishingiz ko'paygani sari qiyinlashib boryapti. Oldingi vaqtlarni sog'indi odam.
Читать полностью…#Kitobdan_atama. Legitimist - Fransiyada davlat tuzilishining bosh tamoyili hokimiyatning nasldan - naslga meros bo'lib o'tishidir, deb qaragan siyosiy yo'nalish tarafdorlari. Manba: Viktor Gyugo " Klod Gyo"
Читать полностью…#Kitob_iqtibos. " Bevaqt o'lmasliging uchun shoh saroyida eshitganlaringning hammasi ichingda o'lsin. " Manba: " 100 mumtoz faylasuf"
Читать полностью…Uzoqdan menga tanish palto….menga tanish mallatop sochlar….. meni qiynashni hohlayotgan shiringina qomat … ko’rinardi. Xuddiki bosh qon tomirlarim yorilib ketishni hohlayotganday harakatni to’xtaishni istashardi. Joyimda qotib qoldim, u esa men tarafga qarab qo’yardi, uning yuzi uzoqdan ko’rinmasa ham u ekanligini his qilardim va kallamda g’ujg’on savollar qamrovida qolgan edi: “ U nima qilyapti? O’qishimga nima ish bilan kelgan bo’lishi mumkin? Men bilan ko’rishganimikan-a? Balkim uzr so’ramoqchidir, xatosini to’g’irlash uchun kelgandir? Nega aynan uch yildan keyin? Unashtirilgan deb eshitgan edim-ku? Demak yarashib uzr so’ragani kelgan? “ Son – sanoqsiz savollar meni qiynar va shuni ta’sirida esa asta – asta u tomon yurib borardim. U dugonasi bilan ko’rindi. Savollar orasida qolib yuzimda jiddiylik yasab unga yaqinlashardim. Uning 3 yildan keyin yuzini ilk ko’rishim edi… uning yuzini oppoqligidan yanada go’zallashgandi, uning yuzlaridan baxtni ko’rdim. Bu baxt nimadan ekanliini bilmas edim. U menga e’tibor bermagandek ko’rsatdi va dugonasi bilan tinimsiz gaplashib kulardi. Uning yonidan asaliga intilgan asalaridek o’tib ketdim. Ha, tan olaman u bilan gaplashishni hohlayotgandim. Lekin bu navbatdagi xatom bo’lishini bilardim…
Leksiya xonasiga kirdim va o’zimning doimiy joyimga aylana borayotgan burchakdagi stulni egalladim va narsalarimni qo’yib ertaroq kelganim uchun bir – ikkita kursdoshlar bilan nomiga uzoqdan salomlashdim. Joyimga o’tirib daftarlarimni oldim va unga mukkasidan ketib o’qiy boshladim. Shu payt yana o’sha jarangli ovozni eshitdim. Hayratdan unga tikilib qolganimni sezmay qoldim va u yolg’iz menga yaqinlashib kelardi. Hayratdan hayajonga aylangan tanam birdan haykalday qotib qoldi. U sekin-astalik va hirom bilan menga yaqinlashardi, o’sha masum kulgusi bilan yaqinlashardi. U yonimga kelib tikildi va tomoq qirib gapini boshladi. Shu paytda menga tikilganlarning nigohlarini his qildim.
- Salom Abror aka.
- S-salom Oy-d-din yaxshimisiz.
- Rahmat sizga muhim gapim bore di. Shunga soat 13:30da doimiy joyimizga kela olasizmi?
- X-xo’ – o’p.
- Kutaman.
Atrofni kursdosh yigitlarning masxara kulgulariga to’lib ketdi, yonimda turganlari esa “ Daxshat-ku, yomonsan Abror” degan gaplari eshitilardi. Ammo bular menga umuman qiziqarli emas edi. Miyamda faqatgina bitta savol aylanardi, xolos. “ Nima uchun” . dars boshlanini hayollar orasida familyamni eshitgach sezdim. Doimgi “Men” degan so’zimni aytganimdan keyin joyimga o’tirib yana hayolga berildim. Atrofimdagi hech narsa bilan ishim yo’qligidan menga gapirgan qancha og’izlarni eshitmadim va bu o’qituvchini diqqatini tortdi. Hayollarga berilganim uchun o’qituvchining menga murojaatini eshitilolmadim. Yonimda o’tirgan kursdoshimning turtishidan keyin o’rnimdan turib ketdim. O’qituvchi “tezda leksiyamdan chiqib ket” degan so’zidan keyin xonadan chiqdim… universitet hududidan chiqdim…. Hiyobonga bordim... Doimgi o’zimning skameykamga o’tirdim. Hayollar va savollar zarbi ta’sirida yana shunday holda ancha o’tirdim. Oradan qancha vaqt o’tganini bilmayman. Hayolimni telefon qo’ng’iroqining uzluksiz ovozidan o’zimga keldim. Shunda hayolimni yig’ishtirib qo’ng’iroqni ko’tardim va yana o’sha ovozni eshitdim.
- Salom kelyapsizmi?
- Hozir boraman?
Telefonning soatiga qarasam 13:42 bo’lgan va kelishgan vaqtga kechikkani bilib shoshilib o’rnimdan turdim va o’sha doimgi joyimiz daraxt oldiga qarab yurib ketdim. Uzoqdan u ko’rina boshladi. O’sha vaqtlardagidek … boshqa ko’rishmasligimizni aytgandagidek…. Sababini ham aytmasdan xayr deganidagidek…. Uning oldiga keldim va oldingidek daraxtning ortidagi skameykaga qarab asta “yur”degandek harakat qildim.
#Ijodnoma. Fayllarim tekshirib o'tirganimda bir hikoyamni topib oldim va negadir chaladek, ko'p narsa qo'shish kerakdek tuyuldi. balkim sizning fikrlaringiz va xolis tanqidlaringizdan keyin tahrirlarmiz. O'qib ko'ring va qiziqishingiz qo'llab - quvvatlayman.
Читать полностью…#Oskarnoma.
Oskar mukofoti 1929-yilda AQSH kinomatografiya san’ati akademiyasi tomonidan tashkil qilindi.
Ilk tashkil qilinganda “ Yilning eng yaxshi kinosi”, “ Eng yaxshi rejissura”, “ Eng yaxshi erkak roli”, “ Eng yaxshi ayol roli”, “ Eng yaxshi senariy-adaptasiya “ , “ Eng yaxshi badiiy operator”, “ Eng yaxshi operatorlik ishi” nominasiyalari tashkil qilindi. Keyinchalik ularning soni 23taga yetkazilgan.
1929-yilda uchta kino nomzod bo’lgan. Bular quyidagilar:•“ Qanotlar” (Крылья)
Bulardan esa “ Qanotlar” kinosi g’olib bo’ldi. U kino Drama janrda bo’lib, kino voqealari Fransiyadan bo’lgan ikki aviator Birinchi jahon urushi davrida amerikalik eskadriyasi tarkibida bo’lgani voqealari haqida.
•“ Reket” (Рэкет)
•“ Yettinchi osmon” (Седьмое небо)
#Kino_time.
Dushanba – boevik, sarguzasht kinolar kuni.“ Qotil va himoyachi “
(2022-yil) boevik.
Koreya kinosi bo’lgan “ Qotil va himoyachi” syujeti juda ham sustdek ko’rindi. Chunki qo’shnisi qizi nega unga tashlab ketishi bitta ayolning uyiga ega bo’lish uchun qilishi juda tushunarsiz. Jangga usta yollanma qotil bir o’zi qizlar bilan savdo qiladigan katta jinoiy to’dani fosh qiladi. Qahramonlik eposimiz “ Alpomish”dek ko’rindi menga kino. “ Ram ko’prigi”
(2022) sarguzasht kino.
Hind afsonaviy qahramoni Ram haqidagi afsonalarga ishonmaydigan olim tarixiy ko’prikning buzilishiga yo’l qo’ymasligi kerak. U Ramayana haqiqatligini, Ravan borligini o’zining tarixiy izlanishlari va sarguzashtlari bilan ergashadi. Akshay Kumarni yangi obrazda ko’ramiz.
#Kino_time.
Yakshanba – Bir aktyor kinolari. - Kevin Kosnar ( 8 yanvarda).“ Silverado”
(1985-yil) IMDp: 7,2/10
bu kino Texasning kovboylar dunyosi haqidagi kinolardan biri. Unda telba uka uni qidirgan akasi sarguzashtlari aks etadi. Yo’lda ularga yigit yordam beradi va u do’sti oldiga ketyotgan edi. Afsus u brogan joyida do’sti aslida jinoiy to’da bilan hamkorlikda katta jinoyatlarni amalga oshirayotgan edi. Do;stiga qarshi ularga qarshi kurashadi. Kevin Kosner kinoda telba uka rolini zo’r o’ynagan. “ Yaqinlashib bo’lmaydiganlar”
–(1987-yil) IMDp : 7,8/10
Bu kino Al Kapone nomli Nyu- Yorkning jinoiy olamining otasi Al Kaponening dunyosini yo’q qiliniishi haqida. Bu bilan Eliot Ness shug’ullanadi va bu uchun sobiq milisioner, politsiya tahlilchisi bilan unga qarshi kurashadi. Ammo ularni yo’qotadi va Ness bir o’zi kurashishiga to’g’ri keladi. 1930-yillar jinoiy olami va politsiya tizimi haqida sizda yaxshi tassurot shakllanadi. Juda ham ayanchli jinoiy tarix. Kevin Kosner Eliot Ness rolini o’ynaydi.
Navbatdagi. Motivasion kitobdan keyin endi 696-betlik Teodor Drayzerning " Sarmoyador" romaniga o;tayapman. yaqin orada o'qiydigan eng katta kitob bo'lishi aniq. Klassikani anchadan beeri o'qimay qo'ygandim. Qaytish qanday bo'ladi ko'ramiz? Sizchi qaysi qalin kitobni yaqinda o'qidingiz?
Читать полностью…XIX asrning eng zo’r asarlari Top – 100taligiga nomzod kitoblar . (2 qism)
101. Pyotr Ershov “ Kichik ot”
- 1834-1856- yillar. |O’zbek tilida yo’q|
102. Jyul Vern “ O’n besh yoshli kapitan”
– 1878- yil. |O’zbek tilida bor|
103. Jyul Vern “ Dunyo bo’ylab 80 kun”
– 1872 – yil. |O’zbek tilida bor|
104. Charlz Dikkens “ Oliver Tvistning sarguzashtlari”
– 1838-yil. |O’zbek tilida bor|
105. Sergey Aksakov “ Qizg’ish qizcha”
– 1858 –yil. |O’zbek tilida bor|
106. Jerom K. Jerom “ Qayiqda uch kishi itni hisobga olmaganda”
– 1889 – yil. |O’zbek tilida bor|
107. Aleksandr Pushkin “ Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak”
– 1830-yil. |O’zbek tilida bor|
108. Viktor Gyugo “ Kulayotgan odam”
- 1860-yil. |O’zbek tilida bor|
109. Tomas Mayn Rid “ Boshsiz chavandoz”
– 1865-1866-yillar. |O’zbek tilida bor|
110. Nikolay Nekrasov “ Sovuq, Qizil burun”
- 1863-yil. |O’zbek tilida yo’q|
111. Gerbert Uels “ Ko’rinmas odam”
- 1897-yil. |O’zbek tilida bor|
112. Nikolay Gogol “ Burun”
- 1832-33-yillar. |O’zbek tilida bor|
113. Aleksandr Kuprin “ Olesya”
– 1898-yil. |O’zbek tilida yo’q|
114. Vladimir Korolenko “ Yer osti bolalari”
– 1885-yil. |O’zbek tilida yo’q|
115. Nikolay Chernishevskiy “ Nima qilish kerak?”
– 1863-yil. |O’zbek tilida yo’q|
116. Aleksandr Dyuma “ Qirolicha Margo”
- 1845-yil. |O’zbek tilida yo’q|
117. Emili Bronte “ Momaqaldiroqli dovon”
– 1847-yil. |O’zbek tilida yo’q|
118. Fyodor Dostoyevskiy “ Amakining tushi”
– 1859-yil. |O’zbek tilida yo’q|
119. Anton Chexov “ Ionich”
– 1898-yil. |O’zbek tilida yo’q|
120. Mixail Lermontov “ Maskarad” –
1835-yil. |O’zbek tilida bor|
121. Fyodor Dostoyevskiy “ Egizak”
– 1846-yil. |O’zbek tilida yo’q|
122. Gerbert Uels “ Dunyolar jangi”
– 1897-yil. |O’zbek tilida bor|
123. Aleksandr Pushkin “ Oltin xo’roz haqida ertak”
– 1834-yil. |O’zbek tilida bor|
124. Nikolay Leskov “ Muhrlangan farishta”
– 1872-yil. |O’zbek tilida yo’q|
125. Nikolay Leskov “ Ibodatxonalik”
– 1872-yil. |O’zbek tilida yo’q|
126. Etel Lilian Voynich “ So’na”
– 1897-yil. |O’zbek tilida bor|
127. Aleksey Tolstoy “ Knyaz Serebryaniy”
– 1863-yil. |O’zbek tilida yo’q|
128. Vladimir Dal “ Rus xalqining hikmatlari va maqollari” –
1862-yil. |O’zbek tilida yo’q|
129. Aleksandr Pushkin “ Yosh dehqon qiz”
– 1831-yil. |O’zbek tilida yo’q|
130. Mixail Lermontov “ She’riyat”
– 1828-1841-yillar. |O’zbek tilida bor|
131. Mixail Lermontov “ Iblis”
– 1829-1839 – yillar. |O’zbek tilida bor|
132. Vladimir Dal “ Tirik buyuk rus tilining izohli lug’ati” –
1861-1868-yillar.|O’zbek tilida yo’q|
133. Edgar Po “ Hikoyalar”
– 1833-1849-yillar. |O’zbek tilida bor|
134. Aleksandr Ostrovskiy “ Bo’ron”
– 1860-yil. |O’zbek tilida bor|
135. Ivan Goncharov “ Qoya”
– 1869-yil. |O’zbek tilida yo’q|
136. Anton Chexov “ G’ilof odam”
– 1898-yil. |O’zbek tilida bor|
137. Anton Chexov “ Qora monax”
– 1894-yil. |O’zbek tilida yo’q|
138. Hand Kristian Andersen “ Qor malikasi”
– 1844-yil. |O’zbek tilida bor|
139. Edmon Rostan “ Sirano de Berjerak”
– 1897-yil. |O’zbek tilida yo’q|
140. Aleksey Tolstoy “ Vurdalak oilasi”
– 1839-yil. |O’zbek tilida yo’q|
141. Jeyms Kuper “ So’nggi mogikan”
– 1826-yil. |O’zbek tilida bor|
142. Gyustav Flober “ Bovari xonim”
– 1856-yil. |O’zbek tilida bor|
143. Lev Tolstoy “ Bo’yoqchi xotiralari”
– 1853-1855- yillar. |O’zbek tilida yo’q|
144. Uilyam Tekkerey “ Soxtakorlik yarmarkasi”
– 1848-yil. |O’zbek tilida yo’q|
145. Nikolay Gogol “ Nikoh”
– 1842-yil. |O’zbek tilida yo’q|
146. Jek London “ Bo’rining o’g’li”
– 1899-yil. |O’zbek tilida yo’q|
147. Jek London “ Oq sukunat”
– 1899-yil. |O’zbek tilida yo’q|
148. Anton Chexov “ Saxarov oroli”
-1893-1894-yillar. |O’zbek tilida yo’q|
149. Anton
Chexov " Jar bo'yida"
1899-yil. |O’zbek tilida yo’q|
150. Anton Chexov “ Dasht”
- 1888-yil. |O’zbek tilida yo’q|
#Book_time. Hasan Mamasaidov “ Bu kitob siz uchun emas” (1380)
Motivasion kitoblarni o’zi kam o’qib qolgandim. Chunki ularda deyarli bir qolipdagi so’z va takliflarni ko’rib va o’qib bezor bo’lardim. Bu kitobda ham Lider so’ziga allergiyam paydo bo’ldi. O’qigan kitoblari asosida o’zining kitobini omuxta yaratganiga o’xshab qolgan. Boblar nomidan buni his qilasiz?P.S. Kitobdan men yangilik va kerali bilim ololmadim. Balkim aytgan kitoblarni o’qiganim sabablidir. Читать полностью…
1. Liderlik nima o’zi?
2. Lider bo’lib tug’iladilarmi yoki shakllanadilarmi?
Ko’rib turganingizdek o’shanaqa kitob. Yangiliklar faqat Mamasaidovlar oilasining ba’zi hayotiy tajribalaridan keltirgan. Ammo men kitob ilk chiqqanida demak katta kompaniyalardan biri tarixini o’qiyman deb. Ammo unday bo’lmadi va keyingisida kutaman deb o’ylayman. Kitob qandaydir mashhur nom ortidan pul toppish uchun chiqarilgandek tuyuldi. Kitobni sotib oldingizmi demang, chunki uni majburan “ Yosh kitobxon” tanlovi sababli ega bo’ldim. Kitob yozish u kishiga emas, ammo kompaniyalaridan birining rivojlanish tarixini o’qish uchun kitobini aniq sotib olardim.
Biznes uchun 5ta insonning kitoblarini tavsiya qilgan.
1)Deyl Karnegi.
2)Napoleon Xill
3) Brayan Treysi
4) Robin Sharma
5) Bodo Shefer
Men yoshligimda yuqoridagilarni o’qiganman, ammo hozir yoki o’sha o’qiganimdan biroz o’tib maslahatlarning ko’pini davri o’tganini his qilganman.
Kitobdan keltirilgan ayrim fikrlar siz uchun:
• Hayot shaxmatga o’xshaydi. Katta narsalarni yutish uchun kichiklarida yutqazib turish kerak.
• Bugun joyimizda turish uchun ham yugurish kerak.
• Matematikada 1+1=2 bo’lsa, biznesda 1+1=11. Hamkorlik biznesda katta rol o’ynaydi.
• “ O’rmalashga tug’ilganlar ucha olmas”. ( Xalq maqoli)
• “ Kechagi qurollar bugun samarali bo’lmay qoldi”.
#kitob_iqtibos.
" Hamma baxtli oilalar bir-biriga o'xshaydi. Baxtsiz oilalarning baxtsizligi esa bir-biridan farqlidir".
Manba: Lev Tolstoy " Urush va tinchlik".
#mikrofon_sizga.
Qani endi siz so‘rang va tavsiya qiling. Shu post kamentida bemalol yozishingiz mumkin.
#Fikricha.
Kitob tanlolmay qolganimda bir oylik armiyada Erkin A‘zamning " Shovqin" kitobini qayta qayta o‘qiganimga esga kelaveradi. Bemalol kitob tanlay olish ham qiziq!!!
#Oskarnoma.
#Yilning_eng_yaxshi_kinosi.
1930-yilda esa ikki marta taqdimot bo’lib o’tgan.
Birinchi taqdimotda beshta kino nomzodi taqdim qilingan. Ular quyidagilar:
• “ Brodvey melodiyasi”
(Бродвейская мелодия)
• “ Alibi”
(Алиби)
• “ 1929-yil Gollivud revyusi”
(Голливудское ревю 1929 года)
• “ Qadimiy Arizonada”
(В старой Аризоне)
• “ Vatanparvar”
(Патриот)
Nomzodlar orasida “ Brodvey melodiyasi “ kinosi g’olib bo’ldi. Melodramali myuzikl bo’lib, opa singillari qo’shiq aytuvchi raqqoslaar hayoti tasvirlangan. IMDp : 5,6/10
Ikkinchi taqdimotda ham beshta kino nomzodi ko’rsatilgan. Ular quyidagilar:
• “ Garbiy frontda o’zgarish yo’q”
(На западном фронте без перемен)
• “ Davlat g’aznasi”
(Казённый дом)
• “ Dizraeli”
(Дизраэли)
• “ Sevgi parade”
(Парад любви)
• “ Ajrashish”
(Развод)
Nomzodlar orasida “ G’arbiy frontda o’zgarish yo’q” kinos g’alaba qozondi. Erix Mariya Remarkning asari asosida olingan bu kino juda mashhur bo’lgandi. IMDP: 8,1/10
Yaqinda bu kino yangi formatda premyerasi bo’ldi.
#Kino_time.
Seshanba – detektiv, kriminal kinolar haftaligi. (10-yanvarda)
“ Detektiv Nayt : Yangi yil arafasidagi qotillik”Detektiv Nayt ishdan chetlashtirilgani sababli qamoqda o’z kayfini surib yurardi. Bu paytda esa Qorbobo kiyimidagi talonchilar to’dasi banklarga hujum qilardi. Boshlanishi juda chalkash va Nayt nima qildi va qanday qarshi kuch bo’ldi juda bemaza syujet. Kino yoqmadi. Faqat telba obrazi va uning qiyomat haqidagi fikrlari qiziqish uyg’otadi, ammo tugalanmagan qahramon. Tez-tez kino davomi chiqishi meni hayratga solyapti. Hozir Detektiv Naytni uchinchi kinosi ham chiqibdi. Bryus Uilmissning esa qariganda yuzidan pul ishlash uchun bu kinolar olinayotganga o’xshaydi.
“ Qo’g’irchoq “ hind filmi.Bu hind filmi juda yoqdi. Kino boshlanishida ujas kinolar uchun senariy ishlagan, ammo Hind kinosanoati ujas kino uchun talabni oqlamaydi deb hisoblashadi. ( Qaysidir davlatni eslatyaptimi?) u keyin oilasi bosimi ostida politsiya xizmatiga ishga kiradi va seriyali qotil haqida bilib qoladi. Ammo politsiyadagilar unga ishonishmaydi. Ammo maktab o’quvchilarni o’girlaydigan manyakni aniqlaydi. Dalillari bilan, ammo manyak yanada ayyor edi. Ammo yakun menga yoqmadi. Oddiy syujet bo’lgan, ustida yana ishlanishi kerak edi menimcha. Читать полностью…
Birga skameykaga o’tirdik. Oldingidek yaqin emas, balkim begonalardek ikki chetida o’tirdik. Bir – birimizga jim tikildik va kim boshlaydi degandek tomoq qirib qo’yardik. Shu payt menda futbolchi koptokka mashhur bo’lish uchun intilgandek, och qolgan mechkayning tez-tez shirin ovqatni yemoqchidek shirin gapirgilarim, imkoniyat sifatida buni qabul qilmoqchi bo’ldim. Ammo meni nimair ushlab turardi…
- Meni nimaga ko’rmoqchi edingiz, - dedim sabrim chidamay.
- Men … sizga bir gapni aytmoqchi edim….
- Nima gap ekan ,- dedim uning uzoq jim qolganiga chidashni hohlamay.
- Men … sizga… bir narsani taklif qilmoqchiman.
- Xm….
- Yangi yildan keyin mening to’yim bo’layapti. Shunga …
- Taklif qilmoqchimisiz…. Buni dugonangiz orqali aytsangiz ham bo’lardi.
- Men boshqa narsani aytmoqchiman…
- Nimani… uzr so’ramoqchimiz. Bu kerak emas. Siz men uchun begonaga o’sha kuni aylangan edingiz.
- Eshitasizmi yoki ezmalanasizmi?
- Ha, shunaqaman. Xayr. – dedim-u jahl bilan o’rnimdan turdim va uzoqlasha boshladim. Ortimdan esa u baqirdi:
- Iltimos oxirigacha eshiting, iltimos.
- Men shuncha payt eshitishni kutdim va endi buni hohlamayman.
- Iltimos…
- Xayr.
Bilgan narsamni eshitish men uchun keraksiz edi.
O’sha kun…
Yangi yil… men uchun odatiy bir kun. Boshqalar uchun quvonch va yangi orzu va intilishlariga intiladigan kun. Ammo men uchun emas, chunki u mening yagona quvonchimdan ayrilgan kundan meni uzoqlashtiradigan shafqatsiz bayram. Ha uni eslaydigan o’sha yil va o’sha kundan uzoqlashtirgani uchun bu bayramni yomon ko’rishimni sezdingiz. O’sha kunni boshqalar nishonlaganda men yorim bilan o’tgan kunlarni rasmda eslardim. Har kuni u bilan ajraligan kunimizdagi yangi yil bayrami o’tkazilgan joyga boraman. U yerda hamma xursand mening esa ichimga chiroq yoqsa yorishmaydi. Bilmayman nega shunday, unutaman dedim bo’lmadi. Qilmagan ishim qolmadi, o’sha kun o’sha ayriliqni unutish uchun. Shundan keyin biron narsa qilishga urinmaslikka qaror qildim.
Hayot men uchun suvi siqib siqib chiqarilgan apelsinga o’xshab qolgandi. Na maza na hohish bor edi. Kunlar davom etar, yangi yilning yaqinlashini bilmagunimcha odatiy hissiz bir xil hayot kechirardim. O’qish, uy o’qish uy va dam olish. Bu sxema har kuni davom etardi. Do’stlarim ham meni kamsuqum ekan-ku deb zerikib tashlab ketishardi. Aynan o’sha voqea sodir bo’lmaguncha shunday kunlarim o’tardi…
Ertalab doimgidek o’qishga borish uchun uyqudan turdim, yuvindim, tarandim va nonushta qilganday bo’lib ovqatlandim. Bekatga chiqib o’zim doim ketadigan avtobusni kutdim. Atrof yangi yil shukuhi bilan o’ralgan, ayniqsa bu do’konlarning oynalariga chizilgan yangi yil rasmlarida yaqqol sezilardi.
Kutayotgan avtobusim kelgach, unga mindim va odatga atlanayotgan hayolga berilishga mukkasidan ketdim. Hayolga berilganim sababli ortimdagi mas’umona tikilishga e’tibor ham bermagandim. Oradan biroz vaqt o’tdi… yoqimli ovoz eshitildi. Menga tanish bo’lgan o’sha ovoz….
- Kechirasiz, o’tib ketay.
- …. – gapirolmay ortga qarashni hohlashimni ham bilmay qolgandim.
- Eshitayapsizmi, allo… - der edi o’zining yoqimli ovozida.
Jim turish xatoligini bilib o’zimni chetga olib u qaramaydigan tarafga qarab oldim. Afsuski, bu harakatim uni qiziqishini oshirishini tushunmagandim. U yuzimni ko’rish uchun yonimga kela boshladi. Uning o’sha – o’sha yoqimli atiri ham menga yaqinlashib kelardi. Qancha harakat qilmay u meni yuzimni ko’rdi, ha ko’rdi. Ammo mendek hayajonga ham tushmadi va ortiga burilib o’z bekatida tushish uchun avtobus haydovchisiga “ To’xtang” deb baqirdi.
Uni avtobusdan pastga tushganida ko’rdim . U o’zgarmagandi, u o’sha-o’sha yoqimtoy edi va eng yomoni men sovg’a qilgan paltoda edi. Paltoni ko’rib u mening ustimdan kulayotgandek tuyuldi, shunda shartta orqamga o’girilib oldim. Yuziga qaramay burilgandim, o’sha meni aqldan ozdiradigan yuziga qaramay. Chunki bilardim yuzini ko’rsam yanada azoblanardim, yana yana o’sha azobni his qilardim. Hayollar ummoniga yana ko’mildim, ammo manzilga yaqin kelganimni his qilib atrofga qaradim. Yana adashgandim, yana tushishim kerak bo’lgan bekatdan bir bekat o’tib ketgandim.
O’qishimga piyoda qaytardim, uzoqdan xotiralar daraxti ko’rindi. Daraxtga qaramaslikka intilib o’tib ketmoqchi bo’lardim, ammo qandaydir kuch o’sha ismlari yozilgan daraxtning tanasiga qaratishga majbur qildi. Shunda xato qilayotganimni sezdim va tezda daraxtdan uzoqlashdim. O’qishimga yaqinlashdim va ko’rgan narsamdan karaxt bo’lib qoldim…
#Nobelnoma.
Alfred Nobel tasis qilgan bu mukofot Adabiyot bo’yicha beradigan yo’nalishida 1901-yildan berib kelinadi. Birinchi bo’lib mukofotni Rene Syulli Pryudom
qo’lga kiritgan. Uning ham raqiblari bo’lib, ularning soni 24ta bo’lgan.
Vengriyadan Ferens Kemen;
Germaniyadan Yulius Gersdorf, Malvida fon Meyzenbug;
Ispaniyadan Gaspar Nunes de Arse;
Italiyadan Jakamo Stampa, Antonio Fogassaro;
Polshadan Genrik Senkevich,
Portugaliyadan Juan da Kamara;
Ruminiyadan Aleksandra Ksenapol;
Finglandiyadan Karl Gustav Estlander;
Fransiyadan Rene Valleri-Rado, Lui Dyukro, Emil Zolya, Osip Lurye, Frederik Mistral, Gaston Paris, Sharl Renuvye, Edmon Rostan, Ogyust Sabatye, Pol Sabatye;
Shvetsariyadan Aleksandr Baumgartner, Sharl Borjo, Pol Dyuprua, Oskar le Pen;
Shular orasidan faqatgina Fransiyaliklar qatoridan Rene Pryudomga nasib qildi.
#Kitob_iqtibos. " Qizlarning ismiga yulduzlar nuri va gullar nafisligi yo'g'rilgan bo'lishi lozim. O'gillar ismida esa, kitoblar hikmati va qilichlar jaranggi ifodasini topmog'i kerak. Men kitoblarni o'qib, qilichlar jaranggini tinglab ko'p ismlarni bildim". Manba: Rasul Hamzatov " Mening Dog'istonim"
Читать полностью…#Book_time.
Hozirda Teodor Drayzerning “ Sarmoyador” romani o’qish juda tez va joyida ketyapti. Yengil va sevimli kitobimga aylanib bormoqda. Moliya tizimi va uning olamida Kaupervudning suzishi menga juda yoqyapti.
Bu xabar men uchun shu yilning eng yaxshi xabari. Fentezi janridagi " Buyuk uch asos" bo‘lgan asarlar siklidan biri tarjima qilinayotgani meni xursand qilyapti.
" Narniya xronikasi" xayoliy dunyoning eng yuqori cho‘qqisi.
151. Aleksandr Pushkin “ Dovul”
1831-yil. |O’zbek tilida yo’q|
152. Aleksandr Ostrovkiy “ Yuqori donishmandlikdagi juda oddiyligi”
-1868-yil. |O’zbek tilida yo’q|
153. Gerbert Uels “ Hikoyalar”
1887-1939-yillar. |O’zbek tilida yo’q|
154. Aka-uka Grimmlar “ Ertaklar”
– 1812-yillar. |O’zbek tilida bor|
155. Aleksandr Pushkin “ Poltava”
– 1828-yil. |O’zbek tilida yo’q|
156. Gi de Mopassan “ Azizim”
– 1885-yil. |O’zbek tilida bor|
157. Anton Chexov “ Bolalar”
– 1887-yil. |O’zbek tilida yo’q|
158. Jeyn Ostin “Sezgi va sezuvchanlik (ong va tuyg'u)”
– 1811-yil. |O’zbek tilida yo’q|
159. Fyodor Tyutchev “ She’rlar”
– 1813-1873- yillar. |O’zbek tilida yo’q|
160. Garriyet Bicher Stou “ Tom tog’aning kulbasi”
– 1852-yil. |O’zbek tilida bor|
161. Vilgelm Gauf “ Ertaklari”
– 1826-1828-yillar. |O’zbek tilida yo’q|
162. Valter Skott “ Ayvengo”
– 1819-yil. |O’zbek tilida yo’q|
163. Fridrix Nitshe “ Zardusht tavallosi”
– 1883-1891-yillar. |O’zbek tilida bor|
164. Anton Chexov “ Jonim”
– 1899-yil. |O’zbek tilida yo’q|
165. Uolt Uitmen “ O’tning bargi”
– 1855-1891-yillar. |O’zbek tilida yo’q|
166. Nikolay Gogol “ Telbaning kundaligi”
- 1834-yil. |O’zbek tilida yo’q|
167. Uilki Kollinz “ Oq kiyingan ayol”
- 1860-yil. - |O’zbek tilida bor|
168. Onore de Balzak “ Sag’ri teri tilsimi”
– 1831-yil. |O’zbek tilida bor|
169. Aleksey Tolstoy “ Dramatik trilogiya”
– 1866-1870yillar. |O’zbek tilida yo’q|
170. Aleksandr Ostrovskiy “ Kechikkan sevgi”
– 1873-yil. |O’zbek tilida yo’q|
171. Charlz Dikkenz “ Katta umidlar”
– 1861-yillar. |O’zbek tilida bor|
172. Nikolay Leskov “ Bir ayolning hayoti”
– 1863-yil. |O’zbek tilida yo’q|
173. Oskar Uayld “ Ertaklar”
– 1888-yil. |O’zbek tilida yo’q|
174. Nikolay Karamzin “ Rus davlatining tarixi”
– 1816-1825-yillar. |O’zbek tilida yo’q|
175. Jan Pol “ Estetik tayyorgarlik maktabi”
– 1804-yil. |O’zbek tilida yo’q|
176. Artur Shopengauer “ Jahon donishmandlari hikmatlari”
– 1851-yil. |O’zbek tilida yo’q|
177. Gektor Malo “ Oilasiz”
– 1878-yil. |O’zbek tilida yo’q|
178. Aleksandr Pushkin “ O’lik malika va yeti bahodir haqida ertak”
- 1833-yil. |O’zbek tilida bor|
179. Robert Lyuis Stivenson “ O’z joniga qasd qiluvchilar klubi”
- 1878-yil. |O’zbek tilida yo’q|
180. Anton Chexov “ Kechikkan gullar”
– 1882-yil. |O’zbek tilida yo’q|
181. Jorj Sand “ Konsuelo”
– 1843-yil. |O’zbek tilida yo’q|
182. Gi de Mopassan “ Do’ndiqcha”
– 1880-yil. |O’zbek tilida bor|
183. Charlz Dikkens “ Rodjestvo qo’shig’I nasrda”
– 1843-yil. |O’zbek tilida yo’q|
184. Rafaello Jovannoli “ Spartak”
– 1874-yil. |O’zbek tilida yo’q|
185. Jeyms Kuper “ Iztopar yohud Ontario qirgog’ida” –
1840-yil. |O’zbek tilida bor|
186. Aleksandr Pushkin “ Lo’lilar” -
1874-yil. |O’zbek tilida yo’q|
187. Ivan Turgenev “ Birinchi muhabbat”
– 1860-yil. |O’zbek tilida yo’q|
188. Charlz Dikkens “Devid Kopperfild “ ( Devid Kopperfildning o’zi aytib bergan hayoti)
– 1849-1850-yillar.
189. Genrik Senkevich “ Quo vadis “ ( Kamo kelyapti)
– 1894-1896-yillar. |O’zbek tilida yo’q|
190. Gerbert Uels “ Doktor Moro oroli”
– 1896-yil. |O’zbek tilida bor|
191. Karl Marks “ Kapital”
– 1867-yil. |O’zbek tilida bor|
192. Jeyms Kuper “ Hayvonlar urushi yoki birinchi urush bosqichi”
-1841-yil. |O’zbek tilida yo’q|
193. Anton Chexov “ Buqalamun”
– 1884-yil. |O’zbek tilida yo’q|
194. Mixail Lermontov “ Oshiq G’arib”
– 1837-yil. |O’zbek tilida yo’q|
195. Jeyn Ostin “ Emma”
– 1816-yil. |O’zbek tilida yo’q|
196. Afanasiy Fet “ Kechki olovlar”
– 1883-1891-yillar. |O’zbek tilida yo’q|
197. Lev Tolstoy “ Bolalar uchun masal va ertaklar”-
00- |O’zbek tilida bor|
198. Uilki Kollinz “ Oytosh”
– 1866-yil. |O’zbek tilida yo’q|
199. Charlz Dikkens “ Pikvik klubi o’lim oldi yozishmalari”
– 1837-yil. |O’zbek tilida yo’q|
200. Jeyn Ostin “ Fikrlash qoidalari”
– 1817-yil. |O’zbek tilida yo’q| Bu ro'yxatni davomi bor. bu ro'yxatdan qaysi 10ta kitobni Top-100ga kiritgan bo'lardingiz!!!
@tavsiya.uz
#Kino_time.
Shanba – Tasodifiy kino ( 7 yanvarda) “ Pusanga borayotgan poyezd”
IMDp : 7,6/10
Zombilashish dunyosining poyezdda sodir bo’lishi haqida. Otaning qizi bilan sayohatga chiqishi zombilashishga sabab bo’ladi. Zombilar haqidagi kinolar ichida o’zgacha yo’nalish bilan boshlangani va davom etgani ajoyib. Ammo kampirning opasi o’lganiga chidolmay eshikni ochib yuborishi hissiyotliroq ko’ringan. Ammo bitta maraz sababli 10lab odamlarning sababchisi bo’lishi odamni jahlini chiqaradi. Otaning o’limi sizdayam achinish sabab bo’lganmi? Ko’rgansizmi? Sizgayam yoqadi deb o’ylayman.“ Qora Adam”
IMDp : 6,4/10
Shazamlar dunyosidagi qora tarafli bo’lgan qahramon. Ajoyib qahramon deb aytish mumkin, ammo DC uchun yangi zamon kinolari boshlanishiga sabab bo’ladigan kino deyilgandi, ammo uni ko’rgan kinomanlar qatorida hayratlantirmadi. Bitta qishloqda qolib ketishi zerikarli, DCning yangi qahramonlarining kinoda aks etishi uncha yoqmadi. Ular o’zgacha kirib kelishini yoqlardim. Endi “ Flesh”ni yangi DC dunyosini boshlab berishadi deyishyapti. Ammo uyam Qora Adamdek bo’lmasmikanmi? deb qoldim .
⭕️⭕️⭕️
#O'quvchilar uchun ajoyib imkoniyat!
❄️ ❄️ Maroqli va foydali tavsiyalar ➖
🟢 1. Kitob.uz mobil ilovasini yuklab oling ⬇️ va 3 mingdan ziyod elektron kitoblarni o'qing hamda 1000 dan ortiq audio kitoblarni bepul tinglang. ⭕️
🟢 2. Kitob o'qishdan zeriksangiz📱 Smart Land mobil ilovasini yuklab oling va o'yin ko'rinishidagi 1000ga yaqin interaktiv mashqlarni yeching va bilimingiz charxlang, kreativligingizni oshiring. 🎮
🟢 3. Farzandingiz dunyoqarashini oshirish uchun 100dan ortiq ✈️ Edukids ilmiy-ommabop animatsion videoroliklarni ko'ring.
🟢 4. Agar darslarni sog'ingan bo'lsangiz ⌨Maktab.uz platformasiga kiring va 10 mingdan ziyod onlayn darslarni tomosha qiling. ◀️
🟢 5. Yuqori sinf o'quvchisi bo'lsangiz, 😃 YouTube'dagi milliy_talim_resurslar">Milliy ta'lim resurslari kanaliga obuna bo'ling va 30 dan ortiq kelajak kasblarini o'rganing, Sizni 700 dan ortiq o'zbek tilidagi bepul videodarslar kutmoqda.
🔎 t.me/yoshkitobxonuz
Kanal uchun harid.
Kitoblarni Asaxiydan kreditga oldim va sizga maqtangim keldi. Kamazchada olingani bolamni ideyasi. 4ta non fikshn va bitta badiiy asar keyingi oy mutolaasi uchun olindi.
Asaxiydan kreditga oling va qarzga boting!
Bu xazil😁😁😁😁
#Kino_time.
Juma – Fantastika, fentezi kinolar kuni.(6 yanvarda)“ Oy hujumi” (Падение Луны)
kinosi. IMDP – 5,1/10
Kino menga yoqdi, ammo ba’zi kamchiliklar va syujetdagi bo’shliqlarga ko’zim tushdi. Ammo “ O’layotgan O’zbek kinosi” ko’rayotgan odam uchun zo’r kino. Oydan bo’layotgan hujumlarni bo’lishi, uni sirlarini aniqlash uchun urinishdir. Undagi sirlar uzoq tarixda borib ulanishi va bzni kimlar yaratgan degan savollarga boshqacha nazar bo’lgan. Ammo tanish va aqlga sig’mas voqea.“ Morbius”
– bu kinoni premyera bo’lganida ko’rishni istamagandim. Doimiy odatim shunda yangi yil kayfiyatida ko’rgan bu kinomda uncha hayratlandim. Ko’rshapalaklarni hisobga olmasa Drakulaning komikslashgan formatiday ko’rindi. Ukasining akaga isyoni va uning o’ksinishi juda ham eski syujet. Eng zo’r topilma nogiron odamning muvaffaquyatga erishishi, motivasion versiyasi ko’rinadi. Aktyor juda ham roliga mos tushadi. Yaxshi kino hazm qilolsangiz.