#TDPU_Ittifoqi
#TTJ_Tashrif
🏛️Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversiteti Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi Jonibek Qo'chqorov boshchiligida 10-sonli Talabalar turar joyida yashovchi talabalarning yashash sharoitlari ichki tartib intizom qoidalarini tekshirish hamda ular bilan yaqindan fikr-mulohaza qilish uchun tashrif buyurdi.
⭕️Shuningdek, talaba-yoshlar bilan muloqot qilib, u yerda yaratilgan barcha sharoitlardan oqilona foydalanib, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish bo'yicha tavsiyalar berdi. Muloqotda xonalardagi shart-sharoitlar, mavjud kamchiliklar, dars jarayonlarining borishi, bosh vaqtini kongilli va mazmunli o'tkazish borasida so'z bordi. Talabalarni qiziqqan savollarga batafsil javoblar berildi.
🌐@TDPU_Yoshlar_Ittifoqi
#zulfiya
🏛Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti tomonidan "Zulfiyaxonim qizlari" nomli tanlov e'lon qilinadi❗️
⭕️Sadoqat va vafo ramzi bo'lgan ardoqli shoiramiz Zulfiyaxonim Isroilovaning ibratli hayot yo'li va o'lmas asarlarini yoshlar orasida keng targ'ib qilish bo'yicha "Zulfiyaxonim qizlari " tanlovi o'tkaziladi.
🟢Tanlov shartlari:
1. She'riy tanishtiruv. (2 daqiqa)
2. Savol javob. (10 ta savol 3 daqiqa)
3. She'riy bahru-bayt.
4. Erkin mavzu. (3 daqiqa)
📆Sana: 1-mart Juma
🕰Soat: 18:00
📍Manzil: 7 TTJ ma'naviyat xonasi.
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor.
(Zulfiyaxonim Isroilova)
Murojaat uchun @Lobar_Xonimova
#TDPU_YOSHLAR_ITTIFOQI
#TDPU_Ittifoqi
#TTJ_Tashrif
🏛️Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi va Universitet Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi Jonibek Qo'chqorov hamda Tarix fakulteti Yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosari Elyorxon Jo'rayev boshchiligida 7-sonli Talabalar turar joyida yashovchi talabalarning yashash sharoitlari ichki tartib intizom qoidalarini tekshirish hamda ular bilan yaqindan fikr-mulohaza qilish uchun tashrif buyurdi.
⭕️Muloqotda xonalardagi shart-sharoitlar, mavjud kamchiliklar, dars jarayonlarining borishi, bosh vaqtini kongilli va mazmunli o'tkazish borasida so'z bordi. Talabalarni qiziqqan savollarga batafsil javoblar berildi.
🌐@TDPU_Yoshlar_Ittifoqi
26.02.2024 yil
#yangi_hafta_madhiya_bilan
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti dekanati hamda ichki ishlar xodimlari va talabalari yangi öquv haftasini Özbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlashdi.
Bu esa yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiya qilishga, vatanga dahildorlik hissini kuchaytirishga xizmat qiladi.
🌐@TDPU_kozgusi
📝Maqola yozish tartiblari:
▫️Maqola sarlavhasi
▫️Mualliflarning to‘liq F.I.O lari
▫️Muallifning ilmiy darajalari, lavozimlari, to‘liq ish joyilari
▫️Annotatsiya (Abstrakt) 100-150 ta so‘z yoki undan yuqori
▫️Kalit so‘zlar 15 dona yoki undan ko‘p
▫️Kirish qism (Introduction)
▫️Asosiy qism ( Main part)
▫️Natijalar va muhokamalar (Results and Discussions)
▫️Xulosa (Conclusion)
▫️Foydalanilgan adabiyotlar (References)
Adabiyotlar soni 10 ta dan ko‘p
▫️Maqola hajmi minimum 7-8 bet. Maksimum 30 betgacha.
▫️Maqola Times New Romanda 14 shrift va 1.5 intervalda
▫️Maqolalar ingliz tilida qabul qilindi. Agar maqola rus yoki o‘zbek tilida bo‘lsa, bizda ingliz tiliga tarjima xizmati mavjud.
Менимча
#24feb #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Ayni vaqtda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti koordinatorlari o'quv seminarida qatnashmoqdalar.
Читать полностью…#TTJga_tashrif
Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakulteti dekani U.Mansurov, Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari E.Jo‘rayev va fakultet tyutori P.Murotovlar 7-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi hamda talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, o‘z ustida ishlab komil inson bo‘lib yetishishlari uchun ma'naviyat xonasi, kutubxona hamda sport zalidan unumli foydalanishlari tavsiya etildi. Shu bilan birgalikda talabalarning yashash tarzi, sharoitlariga ham e'tibor qaratilib talabalar turar joyida elektr jihozlaridan xavsiz va to‘g‘ri foydalanishlari ta'kidlab o‘tildi. Uchrashuvda talabalarning ham fikr mulohazalari tinglanib qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Dekan boshchiligida TTJda uchrashuvlar har haftada ötkazilishi kelishib olindi.
@tdputarix
#TDPU_Ittifoq
#shaxmat_shashka
🏛️ Nizomiy nomidagi TDPU Yoshlar itiffoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan talabalarning Intellekt darajasini aniqlovchi "Shaxmat - Shashka " musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Oʻyin natijalariga koʻra quyidagi ishtirokchilar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:
🔘Shaxmat o'g'il bollar
1-o'rin - Abdumalikov Sardor ( Fizika - matematika fakulteti)
2-o'rin - Baxtiyorov Adhamjon (Xorijiy tillar fakulteti)
3-o'rin - Obidjonov Xasan ( Kechki ta'lim fakulteti)
🔘Shaxmat qiz bollar
1-o'rin - Xoliqjonova Pokiza (O'zbek tili va adabiyot)
2-o'rin - Tuyunbayeva O'g'iloy (Tarix fakulteti)
3-o'rin - Yusopova Ro'zaxon ( Xorijiy tillar fakulteti)
🌐@TDPU_Yoshlar_ittifoqi
#ilmiy_seminar
🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida "Pedagog sha'ni qonun himoyasida" shiori ostida seminar bo'lib o'tdi.
✅ Yangi O‘zbekiston va uchinchi Renessansni barpo etishda pedagoglarga yirik va mas’uliyatli vazifalar yuklatilgan.
Mazkur qonunda ilk marotaba pedagog tushunchasiga yuridik ta’rif berildi: “Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxs pedagogdir”.
✅ Seminarda pedagogika fanlari doktori, professorlar B.Xodjayev, A.Muxsiyeva, A.Baybayevalarning ma’ruzalari tinglandi va qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi.
🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting!
🌐🕊 @TDPU_UZ
BUGUN TURKISTON MUXTORIYATI RASMAN QULATILGAN KUN
Oʻzbek xalqi boshidan oʻtkazmagan koʻrgilik qolmagan. Muxtoriyatni tugatish paytida Qoʻqon qirgʻini ham shunday ogʻir kunlardan edi. Uch kun ichida oʻn ming inson oʻldirildi, undan keyin butun vodiy boʻylab pogromlar uyushtirildi. Oʻzbek xalqiga oʻz taqdirini oʻzi hal qilish huquqi berilmadi.
Шавкат Мирзиёев Татаристонда ўтаётган “Келажак ўйинлари” қатнашчиларини ўзбек тилида табриклади.
2026 йилги “Келажак ўйинлари”ни Ўзбекистонда ўтказишни таклиф қилди.
Kun.uz расмий канали
#TDPU
#ittifoq
🏛️Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar yetakchisi hamda Rektorning yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi Jonibek Qo'chqorov boshchiligida universitet Yoshlar ittifoqi BT kengash koordinatorlari va fakultet koordinatorlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
🔘 Unda universitet boshlang'ich tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan ishlar, kengash va fakultet koordinatorlarining faoliyati tanqidiy hamda tahliliy ko'rib chiqildi. Shuningdek, amalga oshirilishi kerak bo'lgan tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
@TDPU_Yoshlar_Ittifoqi
#TDPU_Yoshlar_ittifoqi
#Zakovat
🏛️ Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar ittifoqi BT bilan birgalikda "ZAKOVAT" intellektual oʻyini bo'yicha Universitet Ligasining 2-tur o'yini bo'lib o'tdi.
🔘 Universitet koordinatorilari tomonidan o'tkazilgan qizg'in va murosasiz bahsda 16 ta jamoa 2 round mobaynida 24 savol bo'yicha o'zaro bellashishdi.
📍 Eslatib o'tamiz:
Bu mavsumiy o'yinlarimiz har hafta uzluksiz ravishda o'tkaziladi hamda mavsum yakunida reyting hisobida g'olib jamoalar aniqlanadi.
@TDPU_Yoshlar_ittifoqi
📚 Afrikalik bu yigit ishsiz ekan. Anchayin yordamga muhtoj, lekin tilanchilikdan or qiladi. O‘qigan kitoblarining mazmunini yo‘lovchilarga aytib berib, tirikchilik qilar ekan...
📌 Qashshoq deb hisoblanadigan yurtlarda ham ziyolini tinglaydigan va unga yordam beradigan odamlarning borligidan quvondim.
🌐 Veb-sayt | 📱 Telegram I 📸 Instagram
🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti Universitet yoshlar yetakchisi Qo'chqorov Jonibek O'tkir o'g'li.
✅ Shu kunga qadar Jonibek Qo'chqorov Tarix fakulteti yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
🟢 Ma'lumot o'rnida:
✅ 2021-yil "Eng yaxshi erkak roli";
✅ 2022-yil "Yilning targ'ibotchi talabasi"
✅ 2023-yil "Abdulla Avloniy nomidagi stipendiyasi” sohibi
✅ 2023-yil "Munozara"ko'rik tanlovining respublika hududiy saralash bosqichida "Best speaker" unvoni sohibi;
✅2023- yil "Eng yaxshi erkak roli" nominatsiyasi sohibi.
✅ 2023-yil "Yilning o'z mutaxasisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi".
🚮 Qo'chqorov Jonibek O'tkir o'g'liga o'z ish faoliyatida muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz.
✅ Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
#huquqbuzarlik_profilaktikasi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti dekani U.Mansurov, dekan örinbosarlari va tyutorlar hamda TDPUda faoliyat olib borayotgan IIB mayori profilaktika katta inspektori Z.Boyimbetov bilan birgalikda talaba yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbatlar tashkil etildi.
Bu esa yoshlarni huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.
@tdputarix
📚Kitob oʻqish uchun 10 sabab!
Kitob oʻqishni kundalik odatga aylantirsangiz, sizni ajoyib oʻzgarishlar kutadi!
🔹Miya faol tarzda ishlashni boshlaydi;
🔹Dunyoqarash kengayadi;
🔹Fantaziya rivojlanadi;
🔹Lugʻat boyligi va savodxonlik darajasi oshadi;
🔹Kitob stressdan xalos etadi;
🔹Intellektni rivojlantiradi;
🔹Xotirani mustahkamlaydi;
🔹Altsgeymer kasalligining oldini oladi;
🔹Ijodiy fikrlash qobiliyatini oshiradi;
🔹Uyqu sifatini yaxshilaydi;
✈️Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
O‘tmishga qaytib
Sun'iy intellekt qadimgi yunon faylasuflarini hozirgi qiyofasini tikladi. Videoda Gerodot, Demosfen, Suqrot, Aristotel, Gomer va boshqa faylasuflar moziydan "tilga kiradi".©️
Markaziy Osiyo | Library | Science
Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-martdan:
✅ “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari yoshlarni chet tillari va kasb-hunarga o‘qitish maqsadlariga yo‘naltiriladi;
✅ yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha “Ustoz” maxsus platformasi ishga tushiriladi va dastlabki bosqichda mazkur platforma orqali 250 ming nafar yoshlar qamrab olinadi;
✅ yosh xotin-qizlarni tadbirkorlik, marketing, grafik-dizayn kabi zamonaviy kasblarga o‘rgatish uchun “Qizlar akademiyasi” platformasi ishga tushiriladi va bu orqali yosh xotin-qizlar uchun turli tanlov, loyihalar, o‘quv oromgohlari, stajirovkalar tashkil etiladi.
#mohir_qollar
🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti tomonidan yana bir yangi loyiha yo'lga qo'yilmoqda❗️
⭕️Siz "Hunarmandlar maktabi" loyhasi davomida quyidagi yo'nalishlarda kasb hunar o'rganishingiz mumkin:
📌Karvin san'ati
📌Sovundan gullar yasash texnologiyasi
📌To'qish va bichish texnologiyasi
📌Diadema yasash san'ati
📌Har xil turdagi taomlar tayyorlash sirlari
📌Rekvezitlardan buyumlar yasash texnologiyasi
Va yana bir qancha sohalarni o'z ichiga oladi. Sizni o'z safimizda kutib qolamiz. Zero kasb-hunar egallagan har qanday inson xor bo'lmas.
Murojaat uchun @Lobar_Xonimova
#TDPU_Yoshlar_ittifoqi
🎙📝 Hurmatli ustozlar, aziz yoshlar, köpchilik talaba yoshlarimizni takliflarini inobatga olib STAND UP uslubidagi "Ochiq mikrafon"🎤kulgu dasturi 24-fevral soat 12:30 da Tarix fakultetining 5-04-zalida bölib ötadi
Rezdentlar:
Mavlon Mustafoyev hamda Izzatilla Chorixo'jayev. 🎤🎤
Ushbu kulgu kechasi mehmoni Özbekcha stand up asoschisi Mirshakar Fayzulloyev!
Barchani taklif qilamiz!🎙
😄😄😆😆😂😂 Tushunib kulishingiz ta'minlanadi...
🏛Buyuk sohibqiron Chingizxon bunyod etgan turkiy-moʻgʻullar imperiyasi sarhadlari hajmi Rim imperiyasi bilan taqqoslanganda shunday koʻrinishda boʻladi
🔺Qizil rangda Rim imperiyasi.
@tdputarix
#TDPU
#RASMIY
🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rasmiy kanallarida eng soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻling!
#stop_giyohvandlik
Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakultetida "Giyohvandlik umr zavoli" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Respublika ixtisoslashtirilgan Narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi narkolog vrachi S.Intizorova va TDPU katta inspektori Z.Boyimbetov, Toshkent shahar IIB boshqarmasi tezkor xodimi O.Ikromxöjayevlar ishtirok etishdi.
Ushbu davra suhbati Tarix fakulteti Yoshlar bilan ishlash böyicha dekan örinbosari E.Jörayev, Xotin-qizlar kengashi raisi D.Xodjayeva, Tyutorlar hamda Yoshlar yetakchisi B.Ashurovlar tomonidan tashkil etildi.
Talaba yoshlar özlarini qiziqtirgan savollariga jovoblar olishdi.
@tdputarix
Олий суд томонидан оқланган Иброҳимбек қўрбоши.
«Лақайлик Робин Гуд» тарихи
1931 йил август ойида истиқлол курашчиси, «босмачилар» ҳаракатининг энг машҳур етакчиси Иброҳимбек Чақабоев совет ҳукумати душмани сифатида большевиклар томонидан отиб ташланди. Орадан 90 йил ўтгач, Ўзбекистон Республикаси Олий суди уни оқлади. Ушбу мақолада «Лоқайдан чиққан Робин Гуд», «Лақайлик Наполеон» лақабини олган қўрбоши ҳақидаги маълумотларни умумлаштиришга, унинг ҳаёти ва фаолиятига назар солишга ҳаракат қиламиз.
Батафсил ўқиш
Library @centerasia_library
Каналга уланиш
@centerasiastudy
#xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🇦🇿🏛 2024 yil 21-fevral sanisida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tarix fakultetida Ozarbayjon Respulikasining ADA universiteti professorlari ishtirokida davra suhbati va mahorat darsi bölib o'tdi.
📝 Ushbu tadbirni Tarix fakulteti dekani Uktamjon Mansurov ochib berdi va ADA universiteti professorlari 🎙Muhammad Foix, Mamedova Sona xonim hamda Xaydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi xodimasi Pirmamedova Kifoyat xonim, O'zbekiston-Ozarbayjon döstlik jamiyati raisi Erkin Nuriddinov, Ta'lim menejmenti kafedrasi mudiri Nodiraxon Saidahmedovalar öz ma'ruzalari bilan qatnashishdi.
Bu hamkorlik birinchi qadam bölib bu kabi mahorat darslari yana tashkil etib borilishi kelishib olindi.
ADA universiteti haqida berilgan ma'lumotlar talabalarda qiziqish uyğotdi va özlarini qiziqtirgan savollariga jovoblar olishdi.
@tdputarix