Chirigan g’arb?🤔
Amerika maktablarida kuzatilishi mumkin bo’lgan holat. O’quvchi o’z ustozidan professionallikni talab qilishi to’g’rimi?
Kimdir shu joyda «chiqib olib valdirash osonda» deyishi mumkin. Lekin katta ehtimol bilan shu fikrlar uning miyasiga kecha kelib qolmagani aniq.
Eng qiziq tomoni esa — sobiq ittifoq davlatlarida ko’pchilik bu holatni salbiy qabul qilgan. «Oldin o’zing bir kun o’qituvchilik qilib ko’r!» degan izohlarni ko’p uchratdim. Xo’sh. Sizning fikringizcha bu vaziyatda kim haq?
Sen esa 3 kun yodlagan sheringni doskaga chiqib aytib bera olmaysan 🫵🏻🤨
Kunduziy ham fosh qilishda davom etmoqda
😈 U o'zining "O'g'irLagan" nomli turdagi videolarining navbatdagisini chiqardi va bu videoda Yalla, Imron, Bojalar va yana birqancha mashhur san'atkorlarning chet elliklardan ko'chirgan musiqa, klip va g'oyalarini ochib bergan. Albatta, biznikilardan o'girlaganlarni ham fosh qilgan.
🖥 https://youtu.be/Y05JQPydWNs
🤯 Qisqa qilib aytganda, kayfiyatni ko'tarib yuboradigan va "naxotki shu ham o'g'irlangan bo'lsa" degan o'y-hayolni beradigan video. Ko'rishni tavsiya qilaman.
Kanalga ulanish👇👇👇
📱 @teacherazam
Nozik Qalb Egalari qaytdi!
🌱 O'zbekistondagi kam sonli ekoblogerlardan biri Mo'tabar Xushvaqtova NQE podkastining birinchi ayol mehmoni bo'ldilar.
🎞 https://youtu.be/Qe0f9I4PZYE
🚫Ushbu sonda O'zbekistondagi ekologik vaziyat, ayollar va erkaklarning zamonaviy oilalardagi o'rni kabi jiddiy hamda muhim mavzularda gaplashib o'tirdik. Ajoyib suhbat bo'ldi.
😉 Qiziqqanlar bo'lsa havola orqali o'tib, tomosha qilib, bemalol fikringizni yozib qoldirsangiz bo'ladi.
🎙 NQE podkatsni sog'inganlar bormidi o'zi?
Kanalga ulanish👇👇👇
📱 @teacherazam
BOOKNOMY haqidagi asl haqiqat
👀 "6 oy ichida ingliz tilida erkin gapirishni o'rganing" deyayotgan Booknomy kompaniyasi va uning maxsuloti haqidagi asl haqiqatlar va mening shaxsiy fikrim!
📹 https://youtu.be/NrTtcPBSMeI
🛡 Buni hamma ko'rishi va bilishi kerak. Shuning uchun ham ushbu videoni barcha qarimdoshlar va do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!
Kanalga ulanish👇👇👇
📱 @teacherazam
🇺🇸 Listening - Advanced level
🎧 Audioni tinglang va quyidagi listening testlarini yeching!
Kanalga ulanish👇👇👇
@teacherazam
🦨 A skunk sat on a stump
😉 Ingliz tilida tez aytishlarni mashq qilishning foydasi haqida oldingi postlarda ham bir necha marta aytib o'tgandim. Mana sizga mashq qilish uchun yana bir tongue twister:
〰️ A skunk sat on a stump and thunk the stump stunk, but the stump thunk the skunk stunk
💬 Chat guruhda ovozli xabar jo'natish funktsiyasi qayta yoqildi. Agar istasangiz guruhda birgalikda mashq qilishingiz mumkin.
Kanalga ulanish👇👇👇
@teacherazam
🇺🇸 Listening - Intermediate level
👂 Yana yakshanbada quloqni mashq qildirishga nima deysiz?
🎧 Audioni tinglang va quyidagi listening testlarini yeching!
Kanalga ulanish👇👇👇
@teacherazam
Sizni qanday lox qilishadi?
🌐 Instagram sahifamga odamlarni qanday aldashayotgani va ulardan qanday foydalanishayotgani haqida videolar joylab turaman. Ulardan birini buyerda ham ulashgim keldi. Chunki, u hozirga davrga aloqador.
🤔 Xo'sh, siz bu haqida nima deb o'ylaysiz?
Kanalga ulanish👇👇👇
📱 @teacherazam
Endi intermediate ham bor
🏫 Englify onlayn maktabimizda birin-ketinlik bilan yangi darajalar ochilib bormoqda. Shu kungacha Beginner, Elementary hamda Pre-intermediate darajasidagi darslar olib borilayotgan edi.
🥳 Endi bo'lsa Intermediate ham bor.
🗂 Hozirgi vaqtda yuqoridagi barcha darajalar uchun qabul ochiq. Agarda siz ingliz tilini men Teacher Azamdan o'rganmoqchi bo'lsangiz Englify.uz saytida ro'yxatdan o'ting.
🔸Ro'yxatdan o'tish
😎 Aytgancha yangi ochilgan "Intermediate" darslari oldingilardan farq qiladi. Ular yanada qiyqiriqlashgan.
Kanalga ulanish👇👇👇
@teacherazam
Kinolarda uchrab turadigan frazalar
🌖 At the end of the day - Hammasidan so'ng...
To'g'ridan-to'g'ri tarjimasi "kunning oxirida" bo'lsa ham lekin bu fraza "hammasidan so'ng" yoki "oxirida" ma'nosini beradi.
👅 Bite your tongue! - Tilingni tiy!
Kimdir qo'pol gapirayotgan yoki boshqa bir inson haqida yomon narsalarni aytayotganida unga qarata "tilingni tiy" deyish mumkin.
🤯 Can you imagine? - Tasavvur qilolasanmi?
Hayratlanarli yoki ishonish qiyin bo'lgan voqealar haqida gapirishdan oldin gapni shu fraza bilan boshlashadi.
🤬 Enough is enough! - Yetadi dedimmi, yetadi!
Sabr kosasi to'lib ketgan paytda ishlatish uchun moshniy fraza. Uni shunchaki "yetar" deb tarjima qilsa ham bo'ladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
@teacherazam
🇺🇸 Listening - Intermediate level
😁Yakshanbada quloqni mashq qildirishga nima deysiz?
📻 Audioni tinglang va quyidagi listening testlarini yeching!
Kanalga ulanish👇👇👇
@teacherazam
You are welcome
🫡 Ingliz tilida "Arzimaydi" deyayotganda faqat "you are welcome" deyavermaslik uchun muqobil variantlarni o'rganib qo'yamiz. Lekin uning o'zini ishlatsangiz ham bo'laveradi. Muammo yo'q.
🫵 Hechqachon "Welcome deb aytmang!" demoqchi emasman. 😁
- My pleasure / always a pleasure
- To be happy to help
- No problem / not a problem
- It was nothing
- Anytime
😉 Ana endi sizga rahmat deyishganda turli xil variantlar orqali arzimaydi deyishingiz mumkin.
Kanalga ulanish👇👇👇
@teacherazam
Sizni qiynayotgan yoki qiziqtirayotgan mavzular
🥳 Hammaga salom! Ushbu postni bu oyga aloqasi bo'lmasada, barchangizni Ramazon bilan tabriklaymiz.
💡Biz odatda biron-bir video uchun mavzu tanlayotganimizda uning muhimligi va bizni tomosha qiluvchilar uchun qay darajada foydali ekanligini, ular izohda qaysi mavzularni so'raganini hisobga olamiz. Ko'plab videolarimiz ham siz yozgan izohlar orqali tanlangan aslida.
🤓 Hozir ham shuni so'ramoqchiman! Siz uchun ingliz tilidagi qaysi yo'nalish yoki mavzu og'riqli ekanligi yoki shunchaki qiziq ekanligini yozib qoldiring. Kimdir siz aytmoqchi bo'lgan mavzuni allaqachon yozgan bo'lsa unda unga layk bosib qo'ying.
😉 Keyin esa biz ularni ko'rib chiqib eng ko'p layk yiqqan va eng qiziq ko'ringanlarini tanlab olamiz.
(boshqa gaplar kerak emas, faqat mavzu nomlarini yozing!)
Kanalga ulanish👇👇👇
@teacherazam
"Is that a pigeon?" va aybsizlik prezumpsiyasi
Insonlardagi stereotiplar va xato qarashlarni ustidan kulishda foydalaniladigan "Bu kabutarmi?" nomli mem bor.
Memga aylanib ketgan animeda qahramon kapalakni ko'rib, "bu kabutarmi?" deb so'raydi.
Shundan so'ng, tarmoqda bu frazaning mem shakli paydo bo'ladi. Yani "qanoti bor hamma narsa qush emas" ma'nosida.
Bizda esa bu kimdir hibsga olinganda, OAV vakillari darrov uni jinoyatchiga chiqarishi yoki sal boshqacha kiyinsa va gapirsa "elgebete" "xotinquli"ga chiqarishida ko'rinadi.
Insonni aybi tasdiqlanib, sud hukmi o'qilmaguncha jinoyatchi, qotil, vatan xoiniga chiqarmanglar.
Konstitutsiyaga ham kiritishyapti hatto bu qoidani :)
Shuning uchun, "qo'lga olindi", "jinoyat ishi qo'zg'atildi" deganda insonni jinoyatchiga chiqarib xulosa qilib yuborish kerak emas.
@plossla
😀 Shunchaki ishoning!
🎵 O'tgan videolarimizdan birida afsonaviy "The Beatles" guruhining a'zosi John Lennon va uni otib ketishgan joyga borganim haqida aytgandim, Lekin, buni rasm orqali isbotlayolmayman. Chunki...
❓Ushbu guruhni qay darajada bilasiz? Ular kuylagan eng sevimli qo'shig'ingiz qaysi?
Kanalga ulanish👇👇👇
📱 @teacherazam
Bu post davlat xaridi bilan bog'liq emas, ta'lim bilan bog'liq
Xushnudbekning kanalida Magistratura va doktoranturaga talab etiladigan til seritifikatlari ro'yxati yangilangani haqidagi xabarni o'qib qolgandim.
Keyin ancha vaqt davomida o'rganib bordim. Bu yerda ba'zi qiziq jihatlar bor. Ya'ni uchta til bo'yicha ba'zi sertifikatlar endi o'tmasligi aytilgan, bu o'zgarish Oliy ta'lim vaziri buyrug'iga asosan qilingdan.
Endi sal oldinroqqa qaytsak, 2021-yilda imtixonlarda qabul qilinadigan sertifikatlar ro'yxatini e'lon qilgandi. Uni Vazirlar mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi bilan Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tuzib chiqqan.
Vazirlik shu ro'yxatda bo'lgan 3 ta sertifikatni olib tashlab, o'zi bitta qo'shdi.
Olib tashlangan sertifikatlar orasida Cambridge Assessment English Linguaskill ham bor.
2019-yilgi Vazirlar mahkamasining qarorida Linguaskill qabul qilinadi deyilgan, bu hozirgacha amal qiladigan qaror, uni Bosh vazir imzolagan. Ta'lim vaziri esa o'zini bir buyrug'i bilan uni olib tashladi.
Bu sertifikat bo'yicha 6 mingdan oshiq odam imtixon topshirib, uni qo'lga kiritgan degan ma'lumot berilgandi, endi ularning taqdiri nima bo'ladi?
O'zi umuman, qanday qilib vazirlik, Vazirlar mahkamasi qarori asosida kiritilgan ro'yxatga o'zgartirish kiritib yubordi? Yoki man nimanidir o'tkazib yubordimmi?
Qiziq
@gazna1
Avvaliga hammasi yaxshi edi...
🎞 Booknomy haqida video chiqargan edik. Boshida, ko'pchilik "juda zo'r mavzuni, ichimdagi dardni olib chiqipsiz", "bosing oka, rahmat", "fosh qilishda davom eting" deyayotgan edi.
⏳ Lekin video chiqganidan tahminan 5 soatlar o'tgandan so'ng yuqoridagi kabi nuqta, vergul va hattoki imloviy xatolarigacha bir xil bo'lgan izohlar turli xil akkauntlar tomonidan yozila boshladi. Hozirda ham yozilishda davom etmoqda.
👏 Bu kimning buyurtmasi va harakati bilmayman lekin trollar juda sifatsiz ishlashdi. Hech bo'lmaganda har xil joyida xato qilish kerakmidi... Shunda ishonarliroq chiqardi. Balki, ular sifatsiz ishlashga o'rganib qolishgandir.
😁 Siz bunga nima deysiz? Trollarga qarshi izoh yozadiganlar bormi yoki shunchaki e'tibor bermay o'tip ketamizmi?
Kanalga ulanish👇👇👇
📱 @teacherazam
O'zbekistonda inson huquqlari bo'yicha ombudsman (vakil)
Ha, shunday odam bor. Va 2022-yil davomida u qilgan ishlardan bir shingil:
Ombudsman so‘roviga asosan davlat organlari xodimlari harakatlarida qonunbuzilish aniqlanib, 3 nafar mas’ul xodim egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 22 nafar mas’ulga “xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, 6 nafar mas’ulga o‘rtacha oylik ish haqining 30,0 foizi miqdorida “jarima” intizomiy jazosi qo‘llanilgan, 3 nafar mas’ul xodim o‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondashganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
O'tgan yili fuqarolar murojaatlari asosida undirilgan hamda undirishi belgilangan mablag‘lar 2 mlrd. 372 mln.so‘mni tashkil etgan. Shundan, 45,4 mln.so‘mdan ortiq aliment to‘lovlari, 505,9 mln. so‘mi fuqarolarning ish haqi va mehnat munosabatlari bilan bog‘liq to‘lovlar ekan.
Murojaat qilib turinglar, masalan tegishli tashkilotga chaqirishsa :)
#tavsiya
#progress
@plossla
Militsiyadan qo'rqaman
👀 Siz-u, biz davlat xodimlariga aslida qanday qarashimiz kerakligi haqidagi video. Bu hammamiz uchun birdek muhim mavzu.
⌨️ Shuning uchun ham, videoni ko'rib bo'lgach izohlarda o'z fikringizni yozib qoldiring!
Kanalga ulanish👇👇👇
📱 @teacherazam
iTicket tadbir noma'lum muddatga ko‘chirilgani haqida ma'lum qildi
Hayronman – ularning murojaati xuddi rossiyaliklar oldida uzrga o‘xshab qolgan. Davlat tili – o‘zbek tilida yozsa, shu kuni bir nima bo‘lib qoladi.
Sizlar uchun o‘zim tarjima qilib beraman. Tekinga. Kichkina matn, ozroq fahm kerak. O‘rganinglar o‘zbek tilini, uyatsizlar. Hech bo‘lmasa, harakat qilinglar bahona topmasdan.
Qachongacha o‘zbek, tojik, qozoq yoki boshqa tilda gapiradigan insonlarga tepadan qaraysizlar? O‘zlaringcha mag‘rursizlar-a baribir.
Olinglar tarjimasini:
“Aziz do‘stlar!
Toshkentda 20-21-may kuni rejalangan “Жара” festivali ko‘chiriladi. Afsuski, ayni vaqtda dunyodagi vaziyatni hisobga olib, katta musiqiy tadbirlarni o‘tkazib bo‘lmaydi.
Biz artistlarimizni sevadigan va ularni kutayotgan ushbu loyihaning barcha muxlislariga minnatdorchilik bildiramiz.
“Жара” festivali – bu serquyosh, musiqa va do‘stlik bayrami, bu loyiha mamlakatlar va avlodlarni birlashtiradi, bu yorqin taassurotlar va hayot ramzi. Qanday vaziyat bo‘lmasin, @zharafest doim shunday qoladi.
Sotib olingan chiptalarni @iticketuzb Telegramiga qaytarishingiz mumkin.
Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat!”
“Jara” hayot ramzi emish, erta ketgan umrlar ramzimi? Yo‘qotilgan umrlar? Sarson ukrainaliklar va sarson rossiyaliklar hayoti ramzimi?
@mirzo_zominiy
Нима кўрамиз? Блогер Аъзам Қаҳрамоний тавсия қилади
Яхши кино — яхши китобдек. Айни дамда, бири иккинчисига халал бермайди. «Газета.uz» вақтни мазмунли ўтказишга кўмаклашмоқ ниятида «Нима кўрамиз?» лойиҳасини бошлади. Кўрилиши мақсадга мувофиқ ҳисобланган фильмлар ҳақида киноижодкорлар, журналистлар, жамоат фаолларининг тавсияларини сизга етказамиз.
«Нима кўрамиз?» лойиҳасининг бу галги меҳмони — блогер Аъзам Қаҳрамоний.
https://www.gazeta.uz/uz/2023/03/31/tomosha-teacher-azam/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Каналга обуна бўлинг
👉 @gazetauz_uzb
Buni hoziroq ko'rish kerak!
📺 https://youtu.be/3_c81EDBboQ
👆 Do'stlar YouTube kanalda yangi video chiqdi.
🏆 Ushbu videoda 6 ta "Oscar" mukofotini qo'lga kiritgan va Amerikaning juda ham ko'p tarixiy hodisalarini o'zida aks ettirgan kino tahlil qilingan va biz bu orqali listening qobiliyatimizni mashq qildiramiz va uni oshiramiz. Bahonada, Amerika madaniyatiga sho'ng'ib, ularning hazillari va madaniyatini ham tushunadigan bo'lamiz.
Kanalga ulanish👇👇👇
@teacherazam
🤯 Yarmidan ko'pi...
🌐 Wikipediada ko'rsatilgan ma'lumotlarga qaraganda internetdagi ma'lumotlarning 56.1 foizi ingliz tilida ekan. Bu sonlar juda katta. Chunki 1 dona tilning o'zi shunchani tashkil qilmoqda.
🗣 Sabablardan biri bu til dunyoning lingua franca tili ekani. Lingua franca - muloqot uchun ishlatiladigan til. Qolaversa, bu til juda ham ko'p davlatlarda ikkinchi til ham hisoblanadi.
🔻Agar YouTube dagi kontentlarni oladigan bo'lsak, ularning 66 foizi ingliz tilida ekanini ko'rishimiz mumkin. Ularning orasida qiziqarli tadqiqotlar va darsliklar ham talaygina. Bu degani, agar siz ingliz tilini bilsangiz ular tekinga tushadi degani.
😉 Aytgancha, agar siz ingliz tilida sifatli va qiziqarli video tayyorlab YouTube'ga joylasangiz ko'rishlar soni ham ancha ortadi. Chunki, uni endi faqat o'zbek tilini tushunadiganlar emas balki butun dunyodagi ingliz tilini biluvchilar ko'rishi mumkin.
🤓 Xo'sh, sizga ingliz tilini o'rganish uchun yana qancha sabab kerak?
Kanalga ulanish👇👇👇
@teacherazam
Foydali ma'lumot olish orqali ingliz tilini yaxshilash...
🔻 YouTube'da ajoyib bir kanal bor. Qanday qilib hikoya, senariylar yozish va umumiy qilib aytganda dramaturkiya haqida turli xil video essaylar tayyorlashadi. Ha bu o'sha siz bilgan insho. Lekin video ko'rinishida.
📺 https://youtu.be/HTEUXulCJZY
👆Ularning ushbu videosini ko'rib qoldim va bu menga juda yoqdi. Satira nimaligi va uning 3 xil turi haqida ekan.
✍️ Bilsangiz kerak, satirada biron bir jamiyatdagi qatlam yoki davlat tuzumi tanqid ostiga olinadi. Lekin shunchaki emas balki yumor orqali amalga oshiriladi va shu tarzda jamiyatdagi muammolar ko'tariladi.
😉 Xullas ushbu video va kanal ingliz tilisini yaxshilamoqchi va shu bilan birgalikda foydali ma'lumot olmoqchi bo'lganlar uchun juda to'g'ri keladi.
Sizga bu video yoqdimi yoki yo'q, izohlarda yozib qoldiring!
Kanalga ulanish👇👇👇
@teacherazam
Yangi video sizni kutmoqda
✌️Hammaga salom! Hozirgina YouTube kanalimizga video joyladik. Shaxsan o'zim haqiqiy inglizlar hayotda gaplashganda qaysi so'zlarni ishlatishini shu video orqali tushuntirib berdim.
👇 Videoga havola
https://youtu.be/lQ5cL43eTgE
😉 Bizga maktabda o'rgatilgan aksariyat so'z va frazalarning ko'pchiligi native'lar tomonidan ishlatilmaydi. Agar haqiqiy inglizlar odatiy, kundalik suhbatlarda qaysi so'z va frazalardan foydalanishini bilib olishni xohlasangiz yuqoridagi video aynan siz uchun!
Kanalga ulanish👇👇👇
@teacherazam
Sizga katta rahmat
🫡 Ingliz tilida "rahmat" deyishning turli xil usullari mavjud. Ular hardoim ham to'g'ridan to'g'ri "thanks" so'zini ishlatmasligi mumkin. Uning o'rniga boshqa so'zlarni aytish orqali ham rahmatni ifoda qilishadi. Misol uchun:
- I appreciate it
- I couldn't have done it without you
- You made this easy
- You're so helpful
- I'm so grateful
☺️ Endi siz bir necha usullar orqali rahmat deyishingiz mumkin. Hech bo'lmaganda bu frazalar kinolarda yoki hayotda kimdir tomonidan ishlatilsa, u odam minnatdorchilik bildirayotganini tushuna olasiz.
😉 Ushbu variantlarni hozirning o'zida izohlarda ishlatib ko'rishingiz mumkin!
Kanalga ulanish👇👇👇
@teacherazam
🇺🇸 Listening - Intermediate level
📻 Audioni tinglang va quyidagi listening testlarini yeching!
Kanalga ulanish👇👇👇
@teacherazam
Bizda yangi video.
🙋🏻♂️ Hammaga salom do'stlar! YouTube kanalimda hozirgina yangi video chiqdi. Bu videoda biznikilar ishlatishga biroz qiynaladigan mavzuni soddagina qilib aytib bergaman.
Videoni ko'rish ⬇️⬇️⬇️
📺 https://youtu.be/Ogu8XEbzAQs
🤓 Ko'pchilik bu grammatikani qaysi vaqtda nima uchun ishlatish kerakligini bilmagani sabab undan kam foydalanadi. Lekin aslida "Passive voice" juda ham kerakli va ko'plab vaziyatlarda foydalansa bo'ladigan gap turi. Shuning uchun ham bu narsa o'zi nima ekanligi va nima uchun kerakligini ushbu video orqali tushuntirib berdim.
😉 Videoni ko'ring va fikrlaringizni yozib qoldiring!
Kanalga ulanish👇👇👇
@teacherazam
Ingliz tilidagi "beer" hamda "bear" so'zlarining talaffuzi ko'pincha adashtirib yuboriladi. Chunki ular juda o'xshash.
😅 Lekin ma'nolari anchagina boshqacha:
🍺 Beer - Pivo
🐻 Bear - Ayiq
Bu so'zlarni adashtirib yuborish anchagina yoqimsiz bo'lsa kerak.
"Feat" va "Feet" so'zlari esa mutlaqo bir xil talaffuz qilinadi.
😠 Feat - "Jasorat, chaqqon" ma'nolarida ishlatiladi. Siz musiqada ko'rgan "kimdir" feat "kimdir" umuman boshqa narsa. Uyerda "featuring" so'zini qisqartmasi ishlatilgan.
👣 "Feet" esa "foot" so'zining ko'plik shakli va u "oyoqlar" degani.
😎 "Rap" esa hammamiz bilgan o'sha rep musiqasi.
🎁 U bilan bir xil talaffuz qilinadigan so'z esa "wrap" so'zi. Uning tarjimasi "o'ramoq" bo'ladi. Qizlarni emas balki sovg'a yoki boshqa narsalarni o'rash ma'nosida ishlatiladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
@teacherazam