21789
Bizning maqsadimiz faqat foyda keltirish!!! Foydali postlar ✔️ Internet lifehacklar✔️ Texno yangiliklar✔️ Qiziqarli ma'lumotlar✔️ 📈 Reklama: @technoflyadmin
#dolzarb
🚨 Rekord darajadagi ma’lumotlar sizib chiqdi!
Xakerlar 16 milliarddan ortiq parollarni o‘z ichiga olgan ulkan bazani internetga joylashtirishdi. Ushbu rekord darajadagi sizib chiqish Google, Apple, Facebook, Instagram, GitHub va Telegram kabi yirik platformalardagi akkauntlarga taalluqli!
🔍 Cybernews tadqiqotchilari 30 ta yirik ma’lumotlar bazasini aniqlashgan, ulardan eng kattasi 3,5 milliard yozuvni o‘z ichiga olgan. Bu — insoniyat tarixidagi eng yirik ma’lumotlar sizib chiqishi va yangi, faol parollarni ham o‘z ichiga olishi bilan xavfni yanada kuchaytiradi.
🛡️ Nima qilish kerak?
• Parolingizni darhol yangilang.
• Har bir xizmat uchun alohida, kuchli parol qo‘llang.
• Ikki bosqichli tasdiqlash (2FA) ni yoqing.
• Shubhali havolalarga kirmang va noto‘g‘ri xabarlarni ochmang.
📢 Do‘stlaringizni ham ogohlantiring — bu sizib chiqish har birimizga taalluqli bo‘lishi mumkin!
@technoflyuz
#yangilik
🇺🇸 Tramp iPhone raqibini taqdim etdi
AQShning sobiq prezidenti o‘z brendi ostida yangi smartfon chiqardi. Qurilma oltin rangda bo‘lib, tashqi ko‘rinishi hashamatli dizaynga ega. Rasmiy taqdimotda bu telefon to‘liq Amerika mahsuloti sifatida tanishtirilgan bo‘lsa-da, uning texnik jihatlari Xitoyda ishlab chiqarilgan Android qurilmasini eslatadi.
Smartfon 12 GB tezkor va 256 GB ichki xotiraga ega. Asosiy kamera 50 megapiksel bo‘lib, unga qo‘shimcha tarzda 2 megapiksellik ikkita kamera ham o‘rnatilgan. Batareya sig‘imi 5000 mA/soat.
Qurilmaning narxi 499 dollar etib belgilangan. Istovchilar uchun 47.45 dollar evaziga maxsus mobil aloqa paketi ham taklif etilmoqda. Bu paket narxi Trampning prezidentlik davri bilan bog‘liq ramziy ma’no kasb etgan, ya’ni AQSh’ning 47 va 45-prezidenti deyilgandek
@technoflyuz
#dolzarb
🔚 Micron ham DDR4 ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Micron — AQShning yetakchi chip ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lib, u ham DDR4 xotiralarini ishlab chiqarishni to‘liq yakunlaganini e’lon qildi. Avvalroq xuddi shunday qarorlarni Samsung va SK Hynix ham qabul qilgandi. Endi barcha yirik ishlab chiqaruvchilar e’tiborni DDR5, LPDDR5 va HBM turdagi yangi avlod xotiralarga qaratmoqda.
📉 DDR4 faqat avtomobilsozlik, sanoat va tarmoq uskunalari sohalari uchun yetkazib beriladi.
📈 Shu bois may oyidayoq DDR4 narxlari 50% gacha oshdi va narxlar yana ko‘tarilishi, hattoki defitsit yuzaga kelishi kutilmoqda.
🇨🇳 Bo‘shab qolgan bozorni Tayvan va Xitoy kompaniyalari to‘ldirishi mumkin, biroq ularning mahsulotlari ishonchliligi bo‘yicha yetakchilardan ortda qoladi.
@technoflyuz
#yangilik
Apple iOS 26 yangilangan versiyasini taqdim etdi.
Endilikda interfeys «shishadek» dizaynda bo‘lib, bu yechim visionOS’dan ilhomlangan. Yangi dizayn Apple’ning barcha operatsion tizimlari uchun bir xil bo‘ladi.
@technoflyuz
#qiziqarli
🏍 Xitoylik bloggerdan motopoygachilar uchun shafqatsiz simulyator yaratildi!
Xitoylik blogger eng realistik motopoyga simulyatorini yaratdi — bu oddiy o‘yin emas, to‘liq his qilinadigan virtual reallik!
Simulyator xususiyatlari:
• har bir harakatni real vaqtda takrorlaydi
• mototsikl qiyshayganda bukiladi, silkanadi
• avtohalokatda esa o’yinchini urib tashlaydi yoki yiqitadi
Bu texnologiya haqiqiy adrenalinni uyda his qilishni istaganlar uchun.
@technoflyuz
#yangilik
🚀Ilon Mask XChat messenjerini ishga tushirdi.
XChat — bu X (oldingi Twitter) ichidagi yangi zamonaviy messenjer bo‘lib, quyidagi funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi:
🔐 Shifrlangan xabarlar
💬 O‘z-o‘zidan yo‘qoladigan chatlar
📞 Qo‘ng‘iroqlar
📁 Fayllar yuborish
🔒 PIN-kod bilan himoya
Hozircha XChat beta-versiyada faqat obunachilar uchun mavjud. Bu X’ni messenjer, ijtimoiy tarmoq va multimedia servislarini birlashtiruvchi superilovaga aylantirish yo‘lidagi muhim qadam.
@technoflyuz
#foydali
⚡️Subnautica smartfonlarga taqdim etilmoqda.
U App Store va Google Play da chiqariladi
O’yin rasman 8 iyul kuni taqdim etiladi.
@technoflyuz
#dolzarb
Apple endi iPhone’larni har yili yangicha dizaynda taqdim etadi!
Insayderlarga ko‘ra, Apple iPhone 17’dan boshlab har yili tashqi ko‘rinishni o‘zgartirib boradi. Kompaniya klassik “har bir necha yilda dizayn” strategiyasidan voz kechib, har yili yangi ko‘rinishga o‘tmoqda. Bu esa yangi modellarga qiziqishni oshirish va foydalanuvchilarni yangilashga undashga qaratilgan.
Kutilayotgan yangiliklar:
• 2025-yil: Kamera blokining dizayni yangilanadi
• 2026-yil: Dynamic Island yo‘qoladi, Face ID ekran ostiga yashiriladi
• 2027-yil: Butunlay ramkasiz, tirqish va teshiklarsiz iPhone taqdim etiladi!
Apple’dan bunday agressiv yondashuv — yangi davr boshlanishi bo‘lishi mumkin.
@technoflyuz
#yangilik
OpenAI yangi avlod ChatGPT Codex’ni taqdim etdi!
Bu — avtonom AI dasturchi. U nafaqat kod yozadi, balki uni test qiladi, xatolarni tuzatadi va takomillashtiradi — bularning barchasi odam aralashuvisiz amalga oshadi.
Codex-1 modeli asosida qurilgan va o3 arxitekturasiga tayanadi.
U to‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzerda ishlaydi, GitHub bilan ulanadi va bir nechta vazifalarni bir vaqtning o‘zida bajara oladi.
Yangi imkoniyatlar:
• Toza va tushunarli kod
• Aniqlik bilan bajarilgan ko‘rsatmalar
• Tez aniqlanadigan xatolar
Codex hozirda quyidagilar uchun mavjud:
ChatGPT Pro, Team va Enterprise foydalanuvchilari.
@technoflyuz
#yangilik
Sony WH-1000XM6 taqdim etildi!
Yangi flagman naushniklar nihoyat chiqdi — bu safar yanada qulayroq, yaxshilangan shovqinni bekor qilish funksiysi va quvvatlash paytida ham foydalanish imkoniyati bilan!
Asosiy yangiliklar:
• Yangi QN3 protsessori
• 12 ta mikrofon bilan ilg‘or ANC (shovqinni faol bekor qilish)
• Kuchli 40 mm drayverlar
• LDAC va DSEE Extreme texnologiyalari
• 10-polosali ekvalayzer orqali aniq sozlash
• Buklanadigan dizayn
Narxi: $450
@technoflyuz
#yangilik
Endilikda mashinalar uchadi!
Klein Vision kompaniyasining parvoz qiluvchi sportkari — AirCar 2026-yilda savdoga chiqadi. Narxi 1 million dollar bo‘ladi.
Bu mashina atigi 2 daqiqada samolyotga aylanadi. U havoda 250 km/soatgacha, yo‘lda esa 200 km/soatgacha tezlikda harakatlana oladi. Parvoz masofasi — 1000 km gacha.
AirCar uchishga yaroqlilik sertifikatini olgan va 500 dan ortiq muvaffaqiyatli sinov parvozlaridan o‘tgan.
Avvalo Yevropa bozorida sotuvga chiqadi. Kompaniya allaqachon Xitoylik ishlab chiqaruvchi bilan mahalliy bozor uchun versiyasini yaratish bo‘yicha shartnoma imzolagan.
@technoflyuz
#foydali
ChatGPT yaratuvchisi bo’lmish Sem Altman butun dunyo uchun raqamli ID tizimini qurmoqda!
Worldcoin loyihasi orqali hozirgacha 100 davlatdagi 12 milliondan ortiq odam o‘zining ko‘z pardasini skanerdan o‘tkazdi. Buning evaziga ular World ID (raqamli pasport) va 16 ta Worldcoin token olishdi.
World ID yordamida:
• Tinder, Duolingo kabi ilovalarga kirish mumkin bo‘ladi
• Visa kartalari orqali to‘lovlar amalga oshiriladi
• Stripe va Shopify kabi yirik xizmatlar bilan allaqachon integratsiya qilingan
Sem Altman bu tizimni sun’iy intellekt davrida global identifikatsiya vositasi sifatida ishlatmoqchi.
Bu raqamli kelajak sari tashlangan yana bir katta qadam!
@technoflyuz
📱 Новый Redmi A5 уже в Узбекистане!🇺🇿
Идеальный выбор для тех, кто ищет стильный и надёжный смартфон по разумной цене:
👜Тонкий и лёгкий корпус — удобно держать в руке и носить с собой.
🎞Большой экран 6.88” с частотой обновления 120 Гц — наслаждайтесь плавным изображением при просмотре видео и играх.
📸32 Мп основная камера с ИИ и ночным режимом — делайте яркие и чёткие фото даже в условиях слабого освещения.
🔋Батарея 5200 мАч — до 20 часов видео или 9 часов игр на одном заряде.
☝️Быстрая разблокировка — по лицу или отпечатку пальца.
💥Цена от 1 185 000 сум
📍Приобретайте в: Xiaomi Store, CA Store, Mediapark, Texnomart, Joybox, Uzum Market и других магазинах.
Мы в социальных сетях:Читать полностью…
📱 Facebook | 📱 Telegram |
📱 Instagram | 📱 xiaomistore_uz">YouTube
#qiziqarli
Apple’dan yangi avlod aqlli ko‘zoynaklari kutilmoqda!
Apple kompaniyasi yangi qurilma ustida faol ishlamoqda — N50 kod nomli loyiha Meta ko‘zoynaklariga o‘xshash, ammo ancha ilg‘or imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Asosiy xususiyati — Visual Intelligence texnologiyasi integratsiyasi: ko‘zoynakdagi kameralar atrofdagi obyektlarni aniqlab, ular haqida dinamika orqali ma’lumot beradi.
Bu yangilik real dunyo bilan o‘zaro aloqani yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda!
@technoflyuz
#yangilik
Duolingo’da endi faqat tillar emas!
Shahmat uchun kurslar ishga tushyapti — taktika darslari, mini-o‘yinlar va boshqotirmalar bilan to‘la! Maqsad: shaxmatni har kim uchun tushunarli va qulay qilish.
Beta test bugundan boshlandi, boshqa foydalanuvchilarga esa bir necha hafta ichida yetib boradi.
@technoflyuz
#foydali
📱Adobe Firefly endi iOS va Android’da!
Adobe yangi Firefly mobil ilovasini taqdim etdi. Ilova yordamida siz:
✨ Generative Fill va Expand orqali rasm tahrirlashingiz,
🖊️ Matnli promptlar bilan rasm yaratishingiz,
🎞️ Videoanimatsiya funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.
Barcha yaratilgan natijalar Creative Cloud bilan sinxronlanadi va Photoshop, Illustrator, hamda veb-versiyada mavjud.
🔹 Bepul foydalanuvchilar – oyiga 25 ta generatsiya
🔹 Pro rejim – kengaytirilgan modellar va imkoniyatlar ($10+/oy)
Ilova Google Imagen, Veo, OpenAI, Ideogram, Runway Gen-4, Luma AI kabi tashqi modellarni ham qo‘llab-quvvatlaydi.
App Store
Play Store
@technoflyuz
📢 Million dollarli imkoniyat!
Endi siz yaratgan o‘yin, ilova yoki texnologik loyiha sizni mashhurlik sari olib chiqishi mumkin!
💥 President Tech Award — bu IT va startap olamidagi eng yirik tanlov!
Umumiy mukofot jamg‘armasi — 1 000 000 $!
🏆 Asosiy sovrinlar:
• 1-o‘rin — $100 000
• 2-o‘rin — $50 000
• 3-o‘rin — $30 000
• Hakaton maxsus sovrini — $100 000
📌 Tanlov yo‘nalishlari:
– Sun’iy intellekt texnologiyalari;
– Ijtimoiy yo‘nalishlarda raqamli texnologiyalar;
– Micro-SaaS va AdTech texnologiyalari;
– Kompyuter va mobil o‘yinlar;
– Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
– Maxsus yo‘nalish: Hakaton.
🚀 Sizda g‘oya bor. Bizda — mukofot! Faqat ishtirok eting!
📲 Ro‘yxatdan o‘tish
⏳ Imkoniyatni boy bermang — bu siz kutgan start bo‘lishi mumkin!
@technoflyuz
#qiziqarli
🌍 Orbitadagi inqilob: Sun’iy yo‘ldoshlar tarixi
1957-yilda insoniyat ilk sun’iy yo‘ldosh — “Sputnik-1”ni uchirgan edi. O‘shandan buyon Yer orbitasi tubdan o‘zgardi.
🚀 Oxirgi yillarda ayniqsa Starlink, OneWeb va boshqa loyihalar sababli o‘n minglab sun’iy yo‘ldoshlar orbitani to‘ldirdi.
📡 Bu nafaqat internet va aloqa imkoniyatlarini kengaytirdi, balki orbitani tozalash, xavfsizlik va ekologik muammolarni ham dolzarb masalaga aylantirdi.
📊 Vizualizatsiyani tomosha qiling — bu insoniyat tarixidagi kosmik sakrashdir.
@technoflyuz
🔥 Texnologiya dunyosida o‘z nomingni qoldirmoqchimisan?
President Tech Award — 1 million dollarlik startap tanlovi boshlandi.
Yo‘nalishlar:
— Sun’iy intellekt (AI);
— FinTech;
— Micro-SaaS;
— Ijtimoiy loyihalar.
🏆 Har bir yo‘nalishda sovrinlar:
✅1-o‘rin — $100 000;
✅ 2-o‘rin — $50 000;
✅ 3-o‘rin — $30 000;
🔹 Hakaton g‘olibiga alohida — $100 000.
Agar sendagi g‘oya hozircha faqat daftar varaqlari orasida yotgan boʻlsa, endi uni sahnaga olib chiq!
📌 Ro‘yxatdan o‘tish
@technoflyuz
#yangilik
🎨 Adobe Photoshop endi Android’da – kompyuter funksiyalari bilan!
Adobe kompaniyasi Photoshop’ning Android uchun beta-versiyasini ishga tushirdi! Endi telefon orqali ham deyarli kompyuter darajasida tahrir qilish mumkin:
📌 Asosiy imkoniyatlar:
• Sloylar (layers), maskalar, blending rejimlari
• Klonlash va obyektlarni o‘chirish funksiyasi
• Generativ sun’iy intellekt – Firefly AI
→ Matn orqali obyekt qo‘shish yoki o‘chirish (“text to image fill”)
• Android 11+ va 6 GB RAM’dan yuqori qurilmalar uchun
• Beta-test davrida barcha funksiyalar bepul!
📥 Google Play’da “Photoshop (Beta)” deb qidiring va sinab ko‘ring!
🕋 Qurbon hayiti muborak bo‘lsin, aziz TECHNOFLY obunachilari!
Yuragingiz to‘la nur, niyatingiz to‘la ezgulik, hayotingiz to‘la texnologik yutuqlar bo‘lsin!
Bayramda ilm, tafakkur va texnologiyani birga rivojlantiraylik.
@technoflyuz
#yangilik
🇯🇵 Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi rekord!
Yaponiyalik olimlar 1,02 petabit/soniya (ya’ni 127 500 GB/soniya) tezlikda ma’lumot uzatishga erishdi!
Bu uzatish:
🔹 19 yadroli optik tolali kabel orqali amalga oshirildi
🔹 1808 km masofaga hech qanday signal kuchaytirgichlarsiz o‘tkazildi
🔹 Kabel diametri atigi 0,125 mm — ya’ni standart o‘lchamda
🔹 Har bir yadro alohida kanal bo‘lib ishlaydi va ulkan o‘tkazuvchanlikni ta’minlaydi
Bu texnologiya shunchaki tajriba emas — u amaliy foydalanish uchun yaratilgan:
⚙️ Sun’iy intellekt (AI)
💽 Data-markazlar
📶 6G texnologiyasi
🚗 Avtonom tizimlar
Eng qizig’i shundaki ushbu texnologiyadan foydalanish uchun, eski internet infratuzilmasini yangilash shart emas!
@technoflyuz
🚀 President Tech Award: IT ғоялар учун 1 миллион долларлик имконият
Технология, инновация ва рақамли ечимлар муҳитида катта танлов — President Tech Award бошланди. Бу танлов реал лойиҳаларни қўллаб-қувватлаш ва ёрқин ғояларни илгари суриш учун ташкил этилган.
🎯Мукофотлар жамғармаси — $1 000 000!
— 1-ўрин: $100 000;
— 2-ўрин: $50 000;
— 3-ўрин: $30 000;
— Махсус тоифа (Hakaton): $100 000.
Йўналишлар:
👉сунъий интеллект технологиялари;
👉 ижтимоий йўналишларда рақамли технологиялар;
👉 Micro-SaaS ва AdTech соҳасидаги технологик ечимлар;
👉 компютер ва мобил ўйин дастурлар;
👉 тадбиркорлик ва молиявий технологиялар;
👉 махсус йўналиш: Hakaton.
Талаб катта, рақобат кучли — лекин имконият ҳақиқий.
📌Рўйхатдан ўтиш
Реклама
@technoflyuz
#yangilik
Xiaomi o‘zining ilk krossoverini taqdim etdi. Model nomi — YU 7.
Yangi YU 7 nafaqat tez, balki juda zamonaviy:
— 0 dan 100 km/soatgacha atigi 3.23–5.88 soniyada (komplektatsiyaga qarab)
— Maksimal tezlik: 253 km/soat
— Zaxira yurish masofasi: 835 km
— 15 daqiqalik tezkor quvvatlash bilan 620 km yuradi!
Salon ichida esa texnologiyaning cho‘qqisi:
— An’anaviy panel o‘rniga HyperVision panoramali displey – barcha ma’lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri lobovoy oynaga chiqariladi
— Xiaomi Pilot avtopilot tizimi, lidar va alkantara hamda karbon bilan ishlangan hashamatli interyer
@technoflyuz
Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?
🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital University ilk bitiruvchilari uddalashdi.
Ushbu karuselni varoqlang va Yaponiya sari qadamni hoziroq tashlang 😊
👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN
📞 71-200-05-95
Telegram | Instagram | Facebook | JapanDigitalUniversity">YouTube | Web site
#qiziqarli
Apple’dan navbatdagi futuristik qadam!
Apple 2027-yilda taqdim etilishi rejalashtirilgan ilk aqlli ko‘zoynaklari ustida ishlamoqda. Ular uchun kompaniya Apple Watch chipi asosida maxsus protsessor yaratmoqda. Bu chip ko‘plab kameralar va iPhone 16’dagi vizual intellekt tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Nimalar kutilmoqda?
• microLED ekran
• mikrofonlar va dinamiklar
• yangilangan visionOS operatsion tizimi
• Protsessor ishlab chiqaruvchisi: TSMC
Ushbu ko‘zoynaklar real va virtual olam o‘rtasidagi chegarani yanada xira qilishi mumkin. Apple bu bilan AR texnologiyasini oddiy gadjet emas, hayot tarzi darajasiga olib chiqmoqchi.
@technoflyuz
#yangilik
Telegram’da pullik “takliflar” (предложка) joriy qilinmoqda!
Endilikda ba’zi kanallarda obunachilar faqat Telegram yulduzlari (stars) orqali adminlarga xabar yubora oladi — ya’ni taklif yuborish pulli bo‘ladi. Bu funksiya hozircha faqat macOS’dagi beta-versiyada mavjud, lekin tez orada keng joriy etilishi kutilmoqda.
Muhim jihatlar:
• Bepul takliflar bo‘lmaydi — faqat yulduz evaziga.
• Kanallar tushumning 85% ini oladi — ya’ni bu adminlar uchun qo‘shimcha daromad manbai.
• Taklif yuborilishi — post bo‘lishini kafolatlamaydi. Adminlar o‘zlari tanlaydi.
• Istagan admin taklif funksiyasini butunlay o‘chirib qo‘yishi mumkin.
Bu o‘zgarishlar orqali Telegram’dagi kanallar kontent takliflarini pulga sotish imkoniga ega bo‘ladi.
@technoflyuz
#foydali
Har bir musiqa tinglash platformalari afzalliklar. O’zingizga mos platformani tanlashingiz mumkin.
Spotify
Ko’plab musiqalar, mukammal tavsiya tizimi, ko‘plab playlistlar, podcastlar, bepul versiya mavjud.
YouTube Music
Musiqa + videoklip, YouTube bilan bog‘lanadi, musiqaning turli versiyalarini topish oson.
Apple Music
Ajoyib va optimizatsiyalangan interfeys, yuqori sifatli ovoz, iPhone bilan integratsiya, eksklyuziv kontentlar, karaoke va musiqa matnlari uchun qulay. Androidda ham mavjud.
Yandex Music
O‘zbek va rus musiqalari ko‘p, arzon obuna, bepul rejimda ham qulay. Mukammal tavsiya algoritmi.
Deezer
“Flow” funksiyasi orqali musiqa tavsiyalari, matn bilan musiqa tinglash, radio va podkastlar.
SoundCloud
Yangi va mustaqil ijodkorlar, remikslar, o‘z musiqangizni yuklash imkoniyati.
@technoflyuz
#dolzarb
Kariesga barham beramiz! Rossiyada tishlarni o‘zi tozalaydigan va bakteriyalarni yo‘q qiladigan maxsus qoplama yaratildi.
Bu qoplama tarkibida tish emaliga o‘xshash modda bor. U tishlarni mustahkamlab, kariesga olib keladigan bakteriyalarni butunlay yo‘q qiladi. Eng qizig‘i — bu bakteriyalar qaytib kela olmaydi.
Qoplama tirik emalga o‘xshaydi: tishni tiklaydi, himoya qiladi va uzoq vaqt saqlanadi. Natijada tish yuvish kundalik odatdan asta-sekin tarixga aylanadi.
Endi og‘riq, karies va doktorga borish o‘rniga oddiy qoplama bilan sog‘lom tishlarga ega bo’lishimiz mumkin. Ilm-fan bu borada katta qadam tashladi.
@technoflyuz
#yangilik
Xiaomi’dan geymerlar uchun bomba yangilik!
Yangi Redmi G Pro 27U monitori — nafaqat o‘yin uchun, balki haqiqiy televizor o‘rnini bosadi!
• 27 dyuymli 4K UHD matritsa
• Yangilanish chastotasi 320 Ghz gacha
• Yorqinligi — 1600 nit
• Ranglar deyarli ideal!
• HyperOS tizimi bilan ishlaydi va bitta tugma orqali televizorga aylanadi!
Narxi esa atigi 2699 yuan — bu taxminan 375 dollar atrofida.
@technoflyuz
📱Xiaomi yangi dizayndagi kuchli kamera va yuqori samaradorlikka ega Redmi A5 smartfonini taqdim etdi
Xiaomi o‘zining Redmi A5 smartfonini yangi dizaynda namoyish etdi. Ushbu qurilma yangilangan va kuchli kameralar, shuningdek, 120 Gs chastotaga ega kattalashtirilgan displey bilan jihozlangan.
Redmi A5 smartfoni qora, oltin, yashil va ko‘k ranglarda hamda turli hajmdagi tezkor xotira va doimiy xotira konfiguratsiyalarida taqdim etilmoqda.
💰Narxlar:
• Redmi A5 (3 GB + 64 GB) — 1 185 000 so‘mdan
• Redmi A5 (4 GB + 128 GB) — 1 370 000 so‘mdan
🛒Smartfonlar Xiaomi Store, CA Store, Idea, Mediapark, Texnomart, Joybox va Uzum kabi rasmiy savdo nuqtalari orqali xarid qilish uchun mavjud.