21789
Bizning maqsadimiz faqat foyda keltirish!!! Foydali postlar ✔️ Internet lifehacklar✔️ Texno yangiliklar✔️ Qiziqarli ma'lumotlar✔️ 📈 Reklama: @technoflyadmin
#dolzarb
🍎Apple yangi “Ultra” liniyasini tayyorlamoqda
Apple kompaniyasi uchta yangi premium qurilmani ishlab chiqmoqda — va ularning barchasi “Ultra” nomini olishi kutilmoqda.
📱 iPhone Ultra
— Egiluvchan (flexible) ekran
— Narxi: ~$2,000
💻 MacBook Ultra
— Sensorli OLED displey
— M6 chip bilan jihozlanadi
🎧 AirPods Ultra
— Kameralar orqali imo-ishora va atrofdagi obyektlarni tanish imkoniyati
@technoflyuz
27–28-mart kunlari Central Asian University mintaqaning eng yirik texnologik voqeasi — CAU Tech Hackathon 2026 va Global Tech Summit 2026 mezboniga aylanadi.
🤖 Mazkur xakaton O‘zbekiston, AQSH, Turkiya va boshqa 17 davlatdan kelgan 1200 dan ziyod iqtidorli talaba hamda maktab o‘quvchilarini bir nuqtaga jamlaydi. Ishtirokchilar Sog‘liqni saqlashda AI, Kiberxavfsizlik (CTF) va Robototexnika yo‘nalishlarida o‘zaro bellashadilar. Musobaqa natijalarini xalqaro hakamlar hay’ati baholab boradi.
🔥 Sovrin jamg‘armasi — $38 000
🧠 Global Tech Summit 2026 “AI Beyond Hype: real texnologiyalar, real yechimlar” mavzusiga bag‘ishlanadi. Sammitda jahon texnologiya olamining kuchli ekspertlari so‘zga chiqadi. Tadbirning faxriy mehmoni va asosiy spikeri — Stenford universiteti professori, Udacity asoschisi va Google X loyihasi hammuassisi Sebastian Thrun ilk bor O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Savol va takliflar uchun:
📱 +998954304004
Batafsil
Instagram | Telegram
#yangilik
iOS beta’da Telegram uchun yangi funksiya aniqlandi
iOS’ning beta-versiyasida Telegram’ga tegishli yangi imkoniyat paydo bo‘ldi. Endi foydalanuvchi shaxsiy chatlarda kontent ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishi mumkin bo‘ladi.
Yangi sozlama orqali:
• xabarlarni nusxalash
• foto va videolarni saqlash
• kontentni uzatish (forward)
to‘liq taqiqlanadi.
#foydali
🌍Dunyo voqealarini bir ekranda kuzatib borish uchun qulay veb-sayt
World Monitor — bu bepul platforma, u dunyo yangiliklari, videolar va voqealarni bir joyda ko‘rsatadi.
📊 Asosiy imkoniyatlar:
• Interaktiv xaritada 25+ qatlam: mojarolar, noroziliklar, favqulodda vaziyatlar, texnika harakatlari, texnologik yangiliklar.
• Sun’iy intellekt real vaqtda qisqacha ma’lumot beradi, xavfli hududlarni ajratib ko‘rsatadi va g‘ayrioddiy hodisalarni yangiliklardan oldin aniqlaydi.
• Bloomberg, Sky News, Al Jazeera, CNBC videolarini va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini tahlil qilib, vizual tarzda namoyish qiladi.
LINK
❗️Sayt kompyuter brauzerlarida optimal ishlaydi
@technoflyuz
#malumot
🌐 Wi-Fi (Wireless Fidelity) — haqida ma’lumot
Wi-Fi — IEEE 802.11 standartlariga asoslangan simsiz tarmoq texnologiyasi bo‘lib, qurilmalarni LAN va internetga radio to‘lqinlar orqali ulaydi.
🔧 Ishlash prinsipi:
Router (Access Point) provayderdan kelgan signalni 2.4 GHz, 5 GHz yoki 6 GHz diapazonlarda uzatadi. Qurilmalar signalni qabul qilib, paketli ma’lumot almashinuvini bajaradi.
🗣 Asosiy chastota diapazonlari:
• 2.4 GHz — qamrov keng, devorlardan yaxshi o‘tadi, lekin shovqin ko‘p
• 5 GHz — yuqori tezlik, past kechikish, masofa qisqaroq
• 6 GHz (Wi-Fi 6E) — toza spektr, minimal shovqin, maksimal tezlik
⚙️ Wi-Fi standartlari:
• 802.11n (Wi-Fi 4) — 600 Mbps gacha
• 802.11ac (Wi-Fi 5) — 6.9 Gbps gacha
• 802.11ax (Wi-Fi 6 / 6E) — yuqori samaradorlik
• 802.11be (Wi-Fi 7) — ultra past kechikish, 30+ Gbps
🔐 Xavfsizlik protokollari:
• WEP — eskirgan, xavfli
• WPA / WPA2 — keng tarqalgan
• WPA3 — eng xavfsiz, zamonaviy shifrlash
@technoflyuz
#dolzarb
Rossiya do‘konlarida dunyodagi eng kuchli videokarta savdoga chiqdi — RTX PRO 6000.
Narxi: 1 089 999 rubl.
Videokarta 96 GB GDDR7 xotira bilan jihozlangan va unumdorligi bo‘yicha RTX 5090 dan taxminan 30% kuchliroq.
Bu model asosan professional vazifalar — 3D-render, sun’iy intellekt, katta hajmdagi hisob-kitoblar va server darajasidagi ishlar uchun mo‘ljallangan. Oddiy geymingdan ko‘ra, yuqori yuklama talab qiladigan loyihalar uchun maksimal quvvatni taklif qiladi.
@technoflyuz
#yangilik
🆕Google yangi operatsion tizimining videosini oshkor qildi
Google shaxsiy kompyuter uchun mo‘ljallangan Aluminium OS interfeysi aks etgan videoni tasodifan oshkor qildi.
Yangi operatsion tizim Android va ChromeOS gibridi sifatida ishlab chiqilmoqda va Google Play’dagi barcha ilovalar to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi, shuningdek, klaviatura va sichqoncha uchun moslashtirilgan interfeysga ega.
📆Taxminiy reliz — 2026-yil
⚡️Google kompyuterlar uchun yagona va universal operatsion tizim yaratishga jiddiy kirishganga o‘xshaydi.
@technoflyuz
#yangilik
OpenAI ChatGPT Translate’ni ishga tushirdi
OpenAI yangi ChatGPT Translate xizmatini taqdim etdi — bu 50 dan ortiq tilni qo‘llab-quvvatlaydigan sun’iy intellektga asoslangan tarjimon (rus tili ham bor).
• Ikki tomonlama matn tarjimasi
• Tilni avtomatik aniqlash
• Kontekst, sleng va idiomalarni to‘g‘ri tushunadi
• Tarjima uslubini qisman moslashtira oladi
#yangilik
⚡️Xitoylik olimlar natriy–oltingugurt akkumulyatorlarini yaratishdi.
🔋Ularning solishtirma energiya zichligi taxminan 2000 Vt·soat/kg bo‘lib, bu ko‘rsatkich litiy-ion batareyalarnikidan 6–20 baravar yuqori (100–300 Vt·soat/kg).
💸Faol materiallarning taxminiy tan narxi $5/kVt·soat atrofida baholanmoqda. Taqqoslash uchun, litiy-ion akkumulyatorlar narxi odatda $100–200/kVt·soat darajasida.
🔬Laboratoriya namunalarida ushbu akkumulyatorlar 1400 ga yaqin zaryad sikliga bardosh bergan va bir yil davomida ishlatilmasdan saqlanganda ham boshlang‘ich sig‘imining qariyb 95 foizini saqlab qolgan.
@technolfyuz
#yangilik
🇨🇳Xitoy rasmiy ravishda GPMI (General Purpose Media Interface) standartini tasdiqladi — u bitta kabel orqali yuqori tezlikdagi ma’lumot uzatish va katta quvvat yetkazishni birlashtiradi.
• 192 Gbit/s gacha ma’lumot uzatish
• 480 Vt gacha quvvatni bitta kabel orqali berish
• Video, audio va boshqaruv ma’lumotlari yagona interfeysda
• 8K 120 Hz gacha bo‘lgan tasvirlarni qo‘llab-quvvatlaydi
• TV, monitor, konsol va VR qurilmalar uchun mo‘ljallangan
#yangilik
⚡️Telegram’da nihoyat sun’iy intellekt funksiyasi paydo bo‘ldi
Messenjer yil boshidagi ilk katta yangilanishni chiqardi.
✉️Postlarning qisqa konspekti — uzun matnlarni o‘qishga erinadiganlar uchun interfeysda yangi tugma paydo bo‘ldi. U postdan qisqa va lo‘nda xulosa chiqarib beradi. Funksiya Cocoon asosida, ochiq modellar yordamida ishlaydi. Faqat Telegram Premium foydalanuvchilari uchun mavjud.
📱 uchun yangi dizayn — “suyuq shisha” (liquid glass) endi yanada shaffof bo‘lib, yorug‘likning yumshoq sinishi effekti qo‘shilgan. Interfeys yanada zamonaviy va yengil ko‘rinadi.
@technoflyuz
#qiziqarli
⚡️Google’dan yangi funksiya: Gmail manzilini o‘zgartirish
🔍Google @gmail.com domenidagi elektron pochta manzilini o‘zgartirish imkoniyatini joriy qilmoqda.
• Manzil o‘zgartirilgach, eski email psevdonim sifatida saqlanadi — ikkala manzil ham xatlarni qabul qiladi va akkauntga kirish uchun ishlatiladi.
• Akkauntdagi barcha ma’lumotlar (xatlar, fayllar, sozlamalar) o‘zgarmaydi.
• Yangi manzilni o‘chirish yoki yana o‘zgartirish faqat 12 oy o‘tgach mumkin bo‘ladi.
• O‘zgartirishlar soni cheklangan: 1 akkaunt uchun maksimal 3 marta (ya’ni jami 4 ta email).
• Eski manzil ayrim servislarida, masalan Google Kalendar tadbirlarida ko‘rinib qolishi mumkin.
#yangilik
⚡️ChatGPT Images ishga tushdi
🤖OpenAI ChatGPT ichiga yangi Nano Banana Pro nomli rasm generatorini qo‘shdi. Endi alohida servislar shart emas — hammasi bevosita ChatGPT’da.
🔴Noldan rasm yaratish
🔴Tayyor fotosuratlarni tahrirlash
🔴Ob’ektlarni almashtirish yoki olib tashlash
🔴Fon, uslub va yoritishni o‘zgartirish
#foydali
⚡️iPhone’da ilovalarni tez-tez yopish — batareyaga foyda emas, aksincha, zarar!
Ko‘pchilik ilovalarni doimo “tepaga swipe qilib yopish” quvvatni tejaydi deb o‘ylaydi. Aslida esa bu aks ta’sir beradi.
⁉️Nega?
Ilovani butunlay yopib, qayta ochganingizda u boshidan yuklanadi. Bu esa protsessorni ko‘proq ishlatadi va battereyani tezroq tugatadi.
💽iOS qanday ishlaydi?
iOS orqa fondagi ilovalarni o‘zi avtomatik “muzlatib qo‘yadi”. Ya’ni ular quvvat yemaydi. Sizning qo‘lda yopishingiz esa faqat tizimga ortiqcha yuk beradi.
ℹ️Ilova muzlab qolganda yoki xatolik bergandagina yopish kerak. Boshqa holatlarda — foydasi yo‘q.
@technoflyuz
#qiziqarli
⚡️Zamonaviy jang maydoni uchun aqlli shlem taqdim qilindi.
📡U dronlar, kuzatuv kameralar va boshqa razvedka qurilmalari bilan to‘liq sinxron ishlaydi hamda jangchiga real vaqtning o‘zida ma’lumot beradi.
⚙️EagleEye nimalarga qodir?
• AI orqali barcha qurilmalardan kelgan ma’lumotlarni qayta ishlaydi.
• HUD displey orqali dushman joylashuvi va vaziyatni ko‘rsatadi
• Dronlar va yer sensorlaridan kelgan ma’lumotlarni birlashtiradi
• 360° ko‘rish, tungi rejim va teplovizor imkoniyatiga ega
• Xavfli hududlar, mina joylari va to‘g‘ri yo‘nalishni belgilab beradi
• Ichki aloqa orqali tezkor boshqaruvni ta’minlaydi
#qiziqarli
🔥Honor Robot Phone smartfonini taqdim etdi
📱Yangi modelning eng asosiy jihati — robotlashtirilgan, chiqariladigan kamera moduli. Qurilma 200 MP sensor bilan jihozlangan va 4-axis stabilizatsiya tizimiga ega.
📷Kamera 360° aylana oladi hamda obyektlarni avtomatik kuzatib, ularni doim kadr markazida ushlab turadi. AI-tracking texnologiyasi va gimbal darajasidagi silliq harakatlar video va videong‘iroqlarni yanada professional darajaga olib chiqadi.
Hozircha to‘liq texnik xususiyatlar va narx oshkor qilinmagan. Qurilma 2026-yilning ikkinchi yarmida sotuvga chiqishi kutilmoqda.
@technoflyuz
#yangilik
🆕Telegram katta yangilanish oldi
Telegram’ga navbatdagi yirik update keldi. Asosiy yangiliklar:
📤Fon rejimida fayl yuborish — endi ilovani yopib qo‘ysangiz ham fayl yuborish jarayoni davom etadi.
🔐Shaxsiy chatlar uchun himoyalangan rejim (Premium foydalanuvchilar uchun)
Bu rejim yoqilganda:
• xabarlarni forward qilib bo‘lmaydi
• matnni nusxalash taqiqlanadi
• rasm va videolarni saqlab bo‘lmaydi
• screenshot olish bloklanadi
🏷️Guruhlarda ishtirokchilar uchun teglar — foydalanuvchi ismi yoniga maxsus imzo (label) qo‘shish mumkin.
🖼Rasmdan tezkor stiker yaratish — endi alohida botlarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri suratdan stiker yasash mumkin.
Telegram imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda.
@technoflyuz
#yangilik
⚡️iPhone 17e — ilk renderlar va insayder ma’lumotlari taqdim etildi
Insayderlarga ko‘ra, iPhone 17e kuchli yangilanishlar bilan keladi. Qurilma Apple A19 chipi, 8 GB RAM va 6,1 dyuymli OLED ekran (60 Hz) bilan jihozlanadi.
🔋 Batareya: 4000 mA·soat, energiya tejamkorligiga urg‘u
📸 Kamera: 48 MP asosiy, 18 MP old kamera
🧲 Zaryadlash: MagSafe magnitli zaryadlash qo‘llab-quvvatlanadi
📡 Aloqa: yangilangan C1X modul
🧱 Korpus: alyuminiy va shisha
💵 Boshlang‘ich narx: $599
Barcha xususiyatlar hozircha insayder ma’lumotlari asosida, rasmiy taqdimotgacha o‘zgarishi mumkin.
@technoflyuz
#yangilik
ChatGPT’da reklama paydo bo‘ldi
⚙️OpenAI ChatGPT’ning bepul versiyasida reklama modullarini sinov tariqasida ishga tushirdi. E’lonlar esa maxsus “reklama” deb belgilab qo‘yiladi.
🆕E’lonlar tanlovi foydalanuvchi bilan olib borilayotgan suhbat mavzusiga qarab shakllanadi. Kompaniya ta’kidlashicha, reklama model javoblarining mazmuni va sifatiga ta’sir qilmaydi.
Reklamalar ushbu obunalarda bo’ladi:
— Bepul versiyada
— ChatGPT Go tarifida ($5 oyiga)
Quyidagi obunalarda reklama mavjud emas:
— Plus
— Pro
— Business
— Enterprise
#yangilik
⚡GTA 6 chiqish sanasi aniq bo’ldi!
🎮Rockstar Games va Take-Two Interactive GTA 6’ning chiqish sanasini tasdiqladi. O‘yin 19-noyabr kuni reliz qilinadi. Kompaniyalar ta’kidlashicha, bu sana yakuniy va o‘zgartirilmaydi.
🎮10 yildan ortiq vaqt davomida kutilgan loyiha belgilangan muddatda taqdim etiladi. GTA 6 relizi butun o‘yin industriyasi uchun muhim voqea bo‘lishi kutilmoqda.
@technoflyuz
#yangilik
📱Xiaomi Redmi Turbo 5 Max’ni taqdim etdi
Xiaomi Redmi liniyasiga yangi kuchli model — Redmi Turbo 5 Max qo‘shildi. Smartfon eng avvalo 9000 mAh batareyasi bilan ajralib turadi — bu Xiaomi tarixidagi eng katta sig‘imli akkumulyator hisoblanadi.
🔋 Batareya: 9000 mAh
⚡️ Tezkor zaryadlash: 100W
📺 Ekran: 6,83” OLED, 120 Hz
🧠 Chipset: MediaTek Dimensity 9500s
💧 Himoya: IP69
📸 Kamera qismi ham yetarlicha muvozanatli:
— 50 MP asosiy kamera
— 8 MP ultra keng kamera
— Old kamera 1/4” sensor bilan
Xitoy bozorida 12/256 GB versiyasi 308 AQSh dollar narxida sotuvga chiqadi.
@technoflyuz
#qiziqarli
⚡️Xiaomi eng yupqa Ultra-Thin Magnetic powerbankini chiqardi.
• Qalinligi: atigi 6 mm
• Og‘irligi: 98 g
• Sig‘imi: 5000 mA·soat
• MagSafe orqali Qi simsiz zaryadlash
• USB-C orqali simli zaryadlash
• Narxi (Yaponiya): $50
Milliy AI Hackathon'da ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishga ulguring
20-23 yanvar kunlari Samarqandda O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi eng yirik loyihalardan biri — Milliy AI Hackathon'ning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Loyiha butun mamlakat bo‘ylab iqtidorli mutaxassislarga o‘zlarini ko‘rsatish va o‘zlarining IT-yechimlarini amalga oshirishda yordam olish imkoniyatini beradi.
Xakaton ishtirokchilari mamlakatning yetakchi IT-kompaniyalari mutaxassislaridan yordam olgan holda tibbiyot, kiberxavfsizlik, ta’lim, tadbirkorlik va sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida taqiqlangan moddalar aylanishini nazorat qilish kabi sohalardagi loyihalar ustida ishlaydilar. Bundan tashqari, ishtirokchilar uchun IT sohasidagi mutaxassislar bilan mahorat darslari va seminarlar o‘tkazish rejalashtirilgan. G‘oliblarni nafaqat qimmatbaho sovg‘alar, balki loyihalarni to‘liq ishga tushirish uchun mablag‘ olish imkoniyati ham kutmoqda.
Ishtirok etish uchun ai-hackathon.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak. Ushbu bosqichda faqat Samarqand viloyati aholisi ishtirok etishi mumkin.
👉 Batafsil
#yangilik
📺Google TV endi pultsiz ishlaydi
Google CES 2026’da Gemini AI’ni Google TV uchun taqdim etdi. Endi televizorga ima ko‘rmoqchi ekaningni aytsangjz bas: kayfiyatga, syujetga yoki janrga qarab film va serial tavsiya qiladi.
Pult deyarli kerak emas
Ovoz orqali video qo‘yish, to‘xtatish, oldinga o‘tkazish va menyularga kirmasdan boshqarish mumkin.
🎤Oddiy ovozli qidiruvdan ancha kuchli bo’lib u:
• televizor sozlamalarini o‘zgartira oladi
• Google Foto’dagi rasmlar va shaxsiy videolar bilan ishlaydi
• savollarga ekranda karta ko‘rinishida (matn + rasm) javob beradi
• o‘rgatuvchi va ma’lumot beruvchi so‘rovlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri TV’da bajaradi
#qiziqarli
🔥Finlyandiya shaharlarni serverlar hisobiga isitmoqda
🤖Bu yerda AI data-markazlari faqat ma’lumot qayta ishlamaydi. Serverlardan chiqadigan ortiqcha issiqlik bevosita markaziy isitish tizimlariga uzatiladi. Natijada shaharlar gaz yoki ko‘mirga kamroq tayanadi, yangi qozonxonalar qurishga esa hojat qolmaydi.
Xamina shahrida serverlar hisobiga qariyb 2000 ta uy bepul isitilmoqda, bu esa shahar yillik issiqlik ehtiyojining 80% gacha qismini yopadi
Espoo hududida esa issiqlik nasoslari orqali server issiqligi ishlatiladi va bu yechim 100 mingga yaqin uy uchun yetarli bo‘lib, hudud talabining 40% gacha qismini ta’minlaydi
⚡️Ortiqcha energiya isrof bo‘lmaydi, qazilma yoqilg‘idan foydalanish kamayadi va CO₂ chiqindilari sezilarli qisqaradi
@technoflyuz
🎆Hurmatli obunachilar!
Kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan sizni chin dildan tabriklaymiz.
• O‘tgan yil davomida TECHNOFLY kanalini qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz
• Sizning ishonchingiz va faolligingiz biz uchun muhim
• Aynan siz bilan birga kanalimiz rivojlanib bormoqda
#dolzarb
🧠Nega RAM tezkor xotiralari qimmatlab ketdi
🤖OpenAI Samsung va SK Hynix bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzib, DRAM bozoriga kuchli bosim qildi. Eng muhim jihat — kompaniya tayyor RAM emas, xom, arzon kremniy plastinalarni ommaviy sotib olyapti.
• Bu xotira bozorga chiqmay qolmoqda
• Raqobatchilar DRAMsiz qolayapti
• Oddiy kompyuterlar uchun RAM tanqis bo‘lyapti
• AI uchun oyiga 900 000 tagacha plastina band qilinmoqda — bu global DRAM’ning 40 foizini tashkil qiladi
• Samsung va SK Hynix bozorning 70 %+ qismini nazorat qiladi
#yangilik
🍏iPhone 20 2027-yilgi yubiley modeli haqida yangi ma’lumotlar
📱Apple 2027-yilga mo‘ljallangan iPhone 20 uchun katta texnologik qadam tayyorlamoqda. Qurilma to‘liq ramkasiz OLED displey bilan chiqishi mumkin — ekran korpusning to‘rt tomoniga egilgan bo‘ladi.
😶🌫️Old kamera va Face ID
Apple ilk bor ekran osti frontal kamera va Face ID tizimini joriy qilmoqchi. Bu esa ishlab chiqarishda mutlaqo yangi texnologiyalarni talab qiladi.
🏆Displey yetkazib beruvchilar
Asosiy nomzodlar — Samsung va LG. Ayniqsa, LG Display Apple talablariga moslashish uchun ishlab chiqarishni kengaytirib, taxminan $300 million sarmoya kiritishga tayyorlanmoqda.
💭Asosiy talablar
Yuqori yorqinlik, mukammal bir xillik va uzoq chidamlilik — Apple yangi ekranlar uchun qo‘yayotgan asosiy shartlar.
💥Agar bu reja amalga oshsa, iPhone 20 dizayn va texnologiya jihatidan iPhone tarixidagi eng katta yangilanishlardan biri bo‘lishi mumkin.
@technoflyuz
#dolzarb
📱Netflix Warner Bros.ni 82,7 milliard dollarga sotib oldi
💥Striming tarixidagi eng katta xarid
Netflix endi ushbu aktivlarga ega bo’ldi:
• Warner Bros. studiyalariga ega
• HBO/HBO Max servislari
• Mashhur franshizalar: «Garri Potter», «Taxtlar o‘yini», DC olami
#qiziqarli
💥Telegram katta yangilanishga tayyorlanmoqda!
🆕Telegram tez orada Nodes nomli yangi funksiyani ishga tushiradi — bu esa messenjerning imkoniyatlarini yanada kengaytirib, uni Discord’ga o‘xshash platformaga aylantiradi.
🖥Nodes nima qiladi?
• Shaxsiy va ish kanallarini alohida bo‘limlarga ajratadi
• Har bir yo‘nalish uchun alohida profil yaratish imkonini beradi
• Profil va bo‘limlar o‘rtasida tez almashish funksiyasi bo‘ladi
• Interfeys Discord serverlari va Slack ish maydonlari (workspace) ga o‘xshaydi