21789
Bizning maqsadimiz faqat foyda keltirish!!! Foydali postlar ✔️ Internet lifehacklar✔️ Texno yangiliklar✔️ Qiziqarli ma'lumotlar✔️ 📈 Reklama: @technoflyadmin
#yangilik
🐣Birinchi marta jo’ja sun’iy tuxumda yetishtirildi
🔬Colossal Biosciences olimlari jo’jalarni oddiy tuxumsiz — to’liq sun’iy kapsulada o’stirishga muvaffaq bo’ldi. Qobiq o’rniga silikon membrana ishlatiladi, embrion qush tanasidan tashqarida rivojlanadi.
🧬Olimlar bu texnologiya orqali 1400-yillarda yo’q bo’lib ketgan moa qushini qayta tiklashni rejalashtirmoqda.
🥚Moa tuxumlari tovuq tuxumidan 80 marta katta bo’lib, hech qanday zamonaviy qush surrogat bo’la olmaydi. Sun’iy kapsula aynan shu muammoni hal qiladi.
@technoflyuz
#foydali
📄Google Gemini endi to’g’ridan-to’g’ri chat ichida fayllar yarata oladi.
Hech qanday qo’shimcha dastur yoki vosita kerak emas.
Qo’llab-quvvatlanadigan formatlar:
📊CSV
📝DOCX
📈XLSX
🖥Google Slides taqdimotlari
#yangilik
🎧Xiaomi to’liq o’lchamli quloqchinlar Redmi Headphones Neo’ni taqdim etdi.
💸Taxminiy narxi ~$55.
Texnik xususiyatlari:
🔊40 mm titanium qoplamali dinamiklar
📻Chastota diapazoni: 20 — 40 000 Gts
🔇Faol shovqinni yo’qotish(ANC): 42 dB gacha
📶Bluetooth 5.4 + USB-C orqali simli ulanish
🔋500 mA·soat batareya — 72 soat avtonom ishlash (ANC’siz)
🎨Ranglar: Qora · Qumrang · Ko’k
#foydali
🖼GPT Image 2’da foto tiklash imkoniyati
OpenAI’ning GPT Image 2 modeli past sifatli rasmlarni yuqori sifatga tiklash borasida yaxshi natijalar ko’rsatmoqda.
Xususiyatlari:
🔍Yuz va ko’zlarni aniq tiklaydi
💇Soch, teri va mayda detallarni qayta yaratadi
📐Asl kompozitsiya va identlikni saqlaydi
🎬8K, studiya sifatida render
Tayyor prompt:
Ultra-premium 8K: Eleva imagen a calidad cine. Conserva 100% identidad, rasgos y composición. Recupera microdetalles: ojos nítidos, poros y cabello real. Fotorrealista, sin pixelado, alto contraste, calidad estudio
#yangilik
🔥Gemini Pro endi ilmiy illyustratsiyalar yaratishi mumkin(batafsil videoda)
💬Yangilangan Gemini Pro’ga “show me” yoki “help me visualize” deb yozsangiz — u matnni avtomatik sxema yoki vizual ko’rinishga o’giradi.
⚙️Qanday ishlaydi:
— Model tushunchani tahlil qiladi
— Keyin uni diagramma yoki grafik ko’rinishda tasvirlaydi
— Biologik jarayonlar, matematik formulalar, abstrakt mavzular hammasi vizual bo’ladi
#yangilik
🎮Steam’da endi o‘yin sotib olishdan oldin FPS’ni taxminan bilsa bo‘ladi!
Endi foydalanuvchilar o‘z PC konfiguratsiyasini (CPU, GPU, RAM) tanlab yoki qo‘lda kiritib, o‘yinning qanday ishlashini oldindan ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Steam boshqa o‘yinchilarning real statistik ma’lumotlariga asoslanib:
📊 o‘rtacha FPS grafigini
⚙️ umumiy ishlash darajasini
📉 turli konfiguratsiyalardagi natijalarni ko‘rsatadi
#dolzarb
🔥Google Play endi batareyani ko’p sarflaydigan ilovalarni belgilaydi
🔋Ko’plab ilovalar fon rejimida keraksiz ishlashda davom etib, smartfonni tezda o’chiradi. Google bu orqali ishlab chiquvchilarni optimallashtirish qilishga majburlashni maqsad qilgan.
⚙️Belgi qanday qo’yiladi?
Android’dagi Wake Lock mexanizmi orqali tekshiriladi.
Agar ilova:
— Fonda 2 soatgacha qurilmani uyg’oq holda ushlab tursa, shuningdek bu holat oylik foydalanishlardan 5% ko’proq kuzatilsa
Natijada ilova «yuqori energiya sarfi» belgisini oladi
#dolzarb
🍎Apple yangi “Ultra” liniyasini tayyorlamoqda
Apple kompaniyasi uchta yangi premium qurilmani ishlab chiqmoqda — va ularning barchasi “Ultra” nomini olishi kutilmoqda.
📱 iPhone Ultra
— Egiluvchan (flexible) ekran
— Narxi: ~$2,000
💻 MacBook Ultra
— Sensorli OLED displey
— M6 chip bilan jihozlanadi
🎧 AirPods Ultra
— Kameralar orqali imo-ishora va atrofdagi obyektlarni tanish imkoniyati
@technoflyuz
27–28-mart kunlari Central Asian University mintaqaning eng yirik texnologik voqeasi — CAU Tech Hackathon 2026 va Global Tech Summit 2026 mezboniga aylanadi.
🤖 Mazkur xakaton O‘zbekiston, AQSH, Turkiya va boshqa 17 davlatdan kelgan 1200 dan ziyod iqtidorli talaba hamda maktab o‘quvchilarini bir nuqtaga jamlaydi. Ishtirokchilar Sog‘liqni saqlashda AI, Kiberxavfsizlik (CTF) va Robototexnika yo‘nalishlarida o‘zaro bellashadilar. Musobaqa natijalarini xalqaro hakamlar hay’ati baholab boradi.
🔥 Sovrin jamg‘armasi — $38 000
🧠 Global Tech Summit 2026 “AI Beyond Hype: real texnologiyalar, real yechimlar” mavzusiga bag‘ishlanadi. Sammitda jahon texnologiya olamining kuchli ekspertlari so‘zga chiqadi. Tadbirning faxriy mehmoni va asosiy spikeri — Stenford universiteti professori, Udacity asoschisi va Google X loyihasi hammuassisi Sebastian Thrun ilk bor O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Savol va takliflar uchun:
📱 +998954304004
Batafsil
Instagram | Telegram
#yangilik
iOS beta’da Telegram uchun yangi funksiya aniqlandi
iOS’ning beta-versiyasida Telegram’ga tegishli yangi imkoniyat paydo bo‘ldi. Endi foydalanuvchi shaxsiy chatlarda kontent ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishi mumkin bo‘ladi.
Yangi sozlama orqali:
• xabarlarni nusxalash
• foto va videolarni saqlash
• kontentni uzatish (forward)
to‘liq taqiqlanadi.
#foydali
🌍Dunyo voqealarini bir ekranda kuzatib borish uchun qulay veb-sayt
World Monitor — bu bepul platforma, u dunyo yangiliklari, videolar va voqealarni bir joyda ko‘rsatadi.
📊 Asosiy imkoniyatlar:
• Interaktiv xaritada 25+ qatlam: mojarolar, noroziliklar, favqulodda vaziyatlar, texnika harakatlari, texnologik yangiliklar.
• Sun’iy intellekt real vaqtda qisqacha ma’lumot beradi, xavfli hududlarni ajratib ko‘rsatadi va g‘ayrioddiy hodisalarni yangiliklardan oldin aniqlaydi.
• Bloomberg, Sky News, Al Jazeera, CNBC videolarini va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini tahlil qilib, vizual tarzda namoyish qiladi.
LINK
❗️Sayt kompyuter brauzerlarida optimal ishlaydi
@technoflyuz
#malumot
🌐 Wi-Fi (Wireless Fidelity) — haqida ma’lumot
Wi-Fi — IEEE 802.11 standartlariga asoslangan simsiz tarmoq texnologiyasi bo‘lib, qurilmalarni LAN va internetga radio to‘lqinlar orqali ulaydi.
🔧 Ishlash prinsipi:
Router (Access Point) provayderdan kelgan signalni 2.4 GHz, 5 GHz yoki 6 GHz diapazonlarda uzatadi. Qurilmalar signalni qabul qilib, paketli ma’lumot almashinuvini bajaradi.
🗣 Asosiy chastota diapazonlari:
• 2.4 GHz — qamrov keng, devorlardan yaxshi o‘tadi, lekin shovqin ko‘p
• 5 GHz — yuqori tezlik, past kechikish, masofa qisqaroq
• 6 GHz (Wi-Fi 6E) — toza spektr, minimal shovqin, maksimal tezlik
⚙️ Wi-Fi standartlari:
• 802.11n (Wi-Fi 4) — 600 Mbps gacha
• 802.11ac (Wi-Fi 5) — 6.9 Gbps gacha
• 802.11ax (Wi-Fi 6 / 6E) — yuqori samaradorlik
• 802.11be (Wi-Fi 7) — ultra past kechikish, 30+ Gbps
🔐 Xavfsizlik protokollari:
• WEP — eskirgan, xavfli
• WPA / WPA2 — keng tarqalgan
• WPA3 — eng xavfsiz, zamonaviy shifrlash
@technoflyuz
#dolzarb
Rossiya do‘konlarida dunyodagi eng kuchli videokarta savdoga chiqdi — RTX PRO 6000.
Narxi: 1 089 999 rubl.
Videokarta 96 GB GDDR7 xotira bilan jihozlangan va unumdorligi bo‘yicha RTX 5090 dan taxminan 30% kuchliroq.
Bu model asosan professional vazifalar — 3D-render, sun’iy intellekt, katta hajmdagi hisob-kitoblar va server darajasidagi ishlar uchun mo‘ljallangan. Oddiy geymingdan ko‘ra, yuqori yuklama talab qiladigan loyihalar uchun maksimal quvvatni taklif qiladi.
@technoflyuz
#yangilik
🆕Google yangi operatsion tizimining videosini oshkor qildi
Google shaxsiy kompyuter uchun mo‘ljallangan Aluminium OS interfeysi aks etgan videoni tasodifan oshkor qildi.
Yangi operatsion tizim Android va ChromeOS gibridi sifatida ishlab chiqilmoqda va Google Play’dagi barcha ilovalar to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi, shuningdek, klaviatura va sichqoncha uchun moslashtirilgan interfeysga ega.
📆Taxminiy reliz — 2026-yil
⚡️Google kompyuterlar uchun yagona va universal operatsion tizim yaratishga jiddiy kirishganga o‘xshaydi.
@technoflyuz
#yangilik
OpenAI ChatGPT Translate’ni ishga tushirdi
OpenAI yangi ChatGPT Translate xizmatini taqdim etdi — bu 50 dan ortiq tilni qo‘llab-quvvatlaydigan sun’iy intellektga asoslangan tarjimon (rus tili ham bor).
• Ikki tomonlama matn tarjimasi
• Tilni avtomatik aniqlash
• Kontekst, sleng va idiomalarni to‘g‘ri tushunadi
• Tarjima uslubini qisman moslashtira oladi
#yangilik
🔥Apple MacBook Neoga to’liq yadroli emas, ataylab cheklangan A18 Pro chip o’rnatayotgani aniqlandi.
⚙️Odatda TSMC ishlab chiqarishda ba’zi chiplarning 1 ta GPU yadrosi nuqsonli chiqadi — bunday chiplar o’chirib, MacBook’larga 5 yadroli holda joylashtiriladi. To’liq 6 yadroli versiyasi esa iPhone uchun saqlanadi.
📈Biroq MacBook Neo’ga talab shunchalik oshib ketdiki — nuqsonli chiplar tugab qoldi. Shunda Apple oddiy, to’liq ishlaydigan chiplarni olib, 1 ta yadroni dasturiy tarzda o’chirib qo’yishni boshladi.
@technoflyuz
#yangilik
⚡️YouTube rasmiy ravishda Picture-in-Picture (PiP) rejimini barcha uchun bepul qildi.
Ilgari bu funksiya faqat Premium obunachilarga mavjud edi — endi esa hech qanday obunasiz ishlaydi.
Xususiyatlari:
📱Video kichik oynada ishlaydi
🎦Boshqa ilovalardan foydalanayotganda ham ko’rasiz
ARGUS: Yandex Ads’da yangi avlod AI-reklama tizimi 🚀
Yandex Ads tomonidan joriy etilgan ARGUS texnologiyasi o‘nlab neyrotarmoqlarni birlashtirib, kuniga 10 mlrd hodisani qayta ishlaydi va soniyasiga 1,2 mln so‘rovni tahlil qiladi.
Endi tizim 8000 tagacha hodisani hisobga olib, foydalanuvchiga aynan kerakli reklamani kerakli vaqtda ko‘rsatadi. Bu esa reklama samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
👉 Batafsil — havola orqali
#yangilik
🎨Anthropic yangi AI mahsuloti Claude Designni taqdim etdi.
Platforma matniy tavsif asosida dizayn maketlari, UI-prototiplar va taqdimotlar yaratadi.
Imkoniyatlari:
🖼UI-prototiplar va dizayn maketlari
📊Taqdimotlar va marketing materiallari
💻HTML, CSS, React kodi + vizual render
📤Formatlar: PDF · PPTX · HTML · Canva
👤Pro, Max, Team va Enterprise obunachilari uchun mavjud.
#dolzarb
⚡️Artemis II missiyasi davom etayotgan bir paytda astronavtlar kutilmagan texnik muammoga duch keldi.
✉️Outlook pochta dasturida 4 profildan 2 tasi ishdan chiqdi.
NASA kosmik tizimlarni yillar davomida sinab, ishonchli qiladi. Ammo oddiy korporativ dastur kosmosda ham muammo chiqarishi mumkinligini bu voqea yana bir bor ko’rsatdi.
💬Microsoft hozircha muammo bo’yicha rasmiy izoh bermadi.
@technoflyuz
#dolzarb
🚀Artemis II — 1972-yildan beri insoniyatning Oyga eng yaqin parvozi.
🌒NASA bugun 4 astronavtni 10 kunlik missiyaga jo'natmoqda. Ular Oy atrofini aylanib, Yerga qaytadi.
Ekipaj:
— Reid Wiseman — kapitan
— Victor Glover — pilot
— Christina Koch — missiya mutaxassisi
— Jeremy Hansen (Kanada) — birinchi kanadalik
#foydali
🎧Apple kompaniyasi AirPods Max quloqchinlarining ikkinchi avlodini rasman e'lon qildi.
🧠Yangi modelning asosiy xususiyatlari:
• H2 chip — kuchli ishlash va past kechikish
• Takomillashtirilgan faol shovqin blokirovkasi (ANC)
• Yangilangan ovoz sifati va bass
Qo'llab-quvvatlanadigan texnologiyalar:
— Adaptive Audio (atrofga moslashuvchan ovoz)
— Conversation Awareness (suhbatni avtomatik aniqlash)
— Voice Isolation (ovozni shovqindan tozalash)
— Live Translation (jonli tarjima rejimi)
— Spatial Audio (fazoviy ovoz)
Midnight · Starlight · Orange · Purple · Blue
#qiziqarli
🔥Honor Robot Phone smartfonini taqdim etdi
📱Yangi modelning eng asosiy jihati — robotlashtirilgan, chiqariladigan kamera moduli. Qurilma 200 MP sensor bilan jihozlangan va 4-axis stabilizatsiya tizimiga ega.
📷Kamera 360° aylana oladi hamda obyektlarni avtomatik kuzatib, ularni doim kadr markazida ushlab turadi. AI-tracking texnologiyasi va gimbal darajasidagi silliq harakatlar video va videong‘iroqlarni yanada professional darajaga olib chiqadi.
Hozircha to‘liq texnik xususiyatlar va narx oshkor qilinmagan. Qurilma 2026-yilning ikkinchi yarmida sotuvga chiqishi kutilmoqda.
@technoflyuz
#yangilik
🆕Telegram katta yangilanish oldi
Telegram’ga navbatdagi yirik update keldi. Asosiy yangiliklar:
📤Fon rejimida fayl yuborish — endi ilovani yopib qo‘ysangiz ham fayl yuborish jarayoni davom etadi.
🔐Shaxsiy chatlar uchun himoyalangan rejim (Premium foydalanuvchilar uchun)
Bu rejim yoqilganda:
• xabarlarni forward qilib bo‘lmaydi
• matnni nusxalash taqiqlanadi
• rasm va videolarni saqlab bo‘lmaydi
• screenshot olish bloklanadi
🏷️Guruhlarda ishtirokchilar uchun teglar — foydalanuvchi ismi yoniga maxsus imzo (label) qo‘shish mumkin.
🖼Rasmdan tezkor stiker yaratish — endi alohida botlarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri suratdan stiker yasash mumkin.
Telegram imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda.
@technoflyuz
#yangilik
⚡️iPhone 17e — ilk renderlar va insayder ma’lumotlari taqdim etildi
Insayderlarga ko‘ra, iPhone 17e kuchli yangilanishlar bilan keladi. Qurilma Apple A19 chipi, 8 GB RAM va 6,1 dyuymli OLED ekran (60 Hz) bilan jihozlanadi.
🔋 Batareya: 4000 mA·soat, energiya tejamkorligiga urg‘u
📸 Kamera: 48 MP asosiy, 18 MP old kamera
🧲 Zaryadlash: MagSafe magnitli zaryadlash qo‘llab-quvvatlanadi
📡 Aloqa: yangilangan C1X modul
🧱 Korpus: alyuminiy va shisha
💵 Boshlang‘ich narx: $599
Barcha xususiyatlar hozircha insayder ma’lumotlari asosida, rasmiy taqdimotgacha o‘zgarishi mumkin.
@technoflyuz
#yangilik
ChatGPT’da reklama paydo bo‘ldi
⚙️OpenAI ChatGPT’ning bepul versiyasida reklama modullarini sinov tariqasida ishga tushirdi. E’lonlar esa maxsus “reklama” deb belgilab qo‘yiladi.
🆕E’lonlar tanlovi foydalanuvchi bilan olib borilayotgan suhbat mavzusiga qarab shakllanadi. Kompaniya ta’kidlashicha, reklama model javoblarining mazmuni va sifatiga ta’sir qilmaydi.
Reklamalar ushbu obunalarda bo’ladi:
— Bepul versiyada
— ChatGPT Go tarifida ($5 oyiga)
Quyidagi obunalarda reklama mavjud emas:
— Plus
— Pro
— Business
— Enterprise
#yangilik
⚡GTA 6 chiqish sanasi aniq bo’ldi!
🎮Rockstar Games va Take-Two Interactive GTA 6’ning chiqish sanasini tasdiqladi. O‘yin 19-noyabr kuni reliz qilinadi. Kompaniyalar ta’kidlashicha, bu sana yakuniy va o‘zgartirilmaydi.
🎮10 yildan ortiq vaqt davomida kutilgan loyiha belgilangan muddatda taqdim etiladi. GTA 6 relizi butun o‘yin industriyasi uchun muhim voqea bo‘lishi kutilmoqda.
@technoflyuz
#yangilik
📱Xiaomi Redmi Turbo 5 Max’ni taqdim etdi
Xiaomi Redmi liniyasiga yangi kuchli model — Redmi Turbo 5 Max qo‘shildi. Smartfon eng avvalo 9000 mAh batareyasi bilan ajralib turadi — bu Xiaomi tarixidagi eng katta sig‘imli akkumulyator hisoblanadi.
🔋 Batareya: 9000 mAh
⚡️ Tezkor zaryadlash: 100W
📺 Ekran: 6,83” OLED, 120 Hz
🧠 Chipset: MediaTek Dimensity 9500s
💧 Himoya: IP69
📸 Kamera qismi ham yetarlicha muvozanatli:
— 50 MP asosiy kamera
— 8 MP ultra keng kamera
— Old kamera 1/4” sensor bilan
Xitoy bozorida 12/256 GB versiyasi 308 AQSh dollar narxida sotuvga chiqadi.
@technoflyuz
#qiziqarli
⚡️Xiaomi eng yupqa Ultra-Thin Magnetic powerbankini chiqardi.
• Qalinligi: atigi 6 mm
• Og‘irligi: 98 g
• Sig‘imi: 5000 mA·soat
• MagSafe orqali Qi simsiz zaryadlash
• USB-C orqali simli zaryadlash
• Narxi (Yaponiya): $50
Milliy AI Hackathon'da ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishga ulguring
20-23 yanvar kunlari Samarqandda O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi eng yirik loyihalardan biri — Milliy AI Hackathon'ning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Loyiha butun mamlakat bo‘ylab iqtidorli mutaxassislarga o‘zlarini ko‘rsatish va o‘zlarining IT-yechimlarini amalga oshirishda yordam olish imkoniyatini beradi.
Xakaton ishtirokchilari mamlakatning yetakchi IT-kompaniyalari mutaxassislaridan yordam olgan holda tibbiyot, kiberxavfsizlik, ta’lim, tadbirkorlik va sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida taqiqlangan moddalar aylanishini nazorat qilish kabi sohalardagi loyihalar ustida ishlaydilar. Bundan tashqari, ishtirokchilar uchun IT sohasidagi mutaxassislar bilan mahorat darslari va seminarlar o‘tkazish rejalashtirilgan. G‘oliblarni nafaqat qimmatbaho sovg‘alar, balki loyihalarni to‘liq ishga tushirish uchun mablag‘ olish imkoniyati ham kutmoqda.
Ishtirok etish uchun ai-hackathon.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak. Ushbu bosqichda faqat Samarqand viloyati aholisi ishtirok etishi mumkin.
👉 Batafsil