21789
Bizning maqsadimiz faqat foyda keltirish!!! Foydali postlar ✔️ Internet lifehacklar✔️ Texno yangiliklar✔️ Qiziqarli ma'lumotlar✔️ 📈 Reklama: @technoflyadmin
#yangilik
🍎Apple yangi MacBook Air va iPad Air’ni taqdim etdi.
🧠Apple MacBook Air’ni M4 chipi bilan taqdim etdi. Yangi model Sky Blue rangida taqdim etilib, 12 MP Center Stage kamerasi va ikkita 6K-monitorni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega. 13 dyuymli ekranga ega, 16/256 GB xotira bilan ta’minlangan standart versiyasi narxi $999 dan boshlanadi.
🧠iPad Air esa endi M3 chipi bilan jihozlangan bo‘lib, u M1’dan deyarli 2 baravar, A14 Bionic’dan 3,5 baravar tezroq ishlaydi. Apple Intelligence funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va Pro modellar kabi Magic Keyboard bilan mos keladi. 11 dyuymli versiya $599, 13 dyuymli modeli esa $799 dan sotuvga chiqadi. Yangi iPad Air 12-martdan boshlab sotuvda bo‘ladi.
🧠Shuningdek, Apple oddiy iPad modelini ham taqdim etdi. U endi A16 Bionic protsessoriga ega bo‘lib, boshlang‘ich konfiguratsiyada 128 GB xotira bilan taqdim etiladi. Narxi $349 dan boshlanadi.
@technoflyuz
#yangilik
®️Xiaomi smartfon orqasiga o‘rnatiladigan olinadigan optik modulni konseptsiyasini taqdim etdi.
🔗U magnit yordamida smartfonga biriktiriladi va professional suratga olish imkonini beradi.
💻Xususiyatlari:
⏺35 mm f/1.4 linza
⏺100 MP Light Fusion X Type 4/3 sensor
⏺Avtofokus tizimi
⏺RAW formatida suratga olish
HONOR X8c: ҚОЙИЛ қолдиради!
Тунги суратга олиш – қоронғулик энди муаммо эмас, суратларингиз ёрқин ва тиниқ!
AI таҳрирловчи – камчиликларни тузатади ва энг яхшисини таъкидлайди.
Мустаҳкамлик – тушуриб юбориш, сув сачраши? HONOR X8c бардош беради!
Услуб, технология ва сифат – ҳаммаси бирда! ҚОЙИЛ эмасми?!
Смартфонни техника дўконларидан харид қилинг ва махсус совғага эга бўлинг!
Сайт | Instagram | Телеграм
#yangilik
🍎Apple kompaniyasi iPhone SE o‘rnini bosuvchi 599 dollarlik iPhone 16E smartfonini taqdim etdi.
📱Smartfon 60 Ghz chastotali 6,1 dyuymli ekranga, iPhone 16 kabi Face ID, A18 protsessori va “Action Button”ga ega bo‘ldi.
⚙️Asosiy kamera 48 MP, video 4K/60, old kamera 12 MP. Lightning o'rnini zamonaviy Type-C egalladi. Faqat ikkita rang mavjud: oq va qora
@techonflyuz
#yangilik
Action Button va USB-C bilan jihozlangan iPhone SE 4 ning birinchi fotosuratlari tarqaldi. Smartfon shu yoki keyingi haftada namoyish etiladi.
@technoflyuz
#foydali
Vikipediya TikTok bilan kolabboratsiya qildi.
Xizmat nomi WikiTok, bu TikTok ijtimoiy tarmog'i uslubidagi interfeysga ega loyiha, ammo tasmada qisqa videolar o'rniga Vikipediyadan tasodifiy maqolalar mavjud bo’ladi.
LINK
@technoflyuz
#foydali
NVIDIA o’zining Broadcast ilovasida Studio Voice funksiyasini taqdim etdi.
Sun'iy intellekt sifatsiz mikrofonning barcha shovqinlarini olib tashlaydi va ovozni to’liq studiya ovoziga aylantiradi.
LINK
@technoflyuz
#dolzarb
⚡️ChatGPT butun dunyoda ishlamay qoldi.
Foydalanuvchilar sayt va ilova xatolik yuz berayotgani haqida xabar berishmoqda.
@technoflyuz
#dolzarb
TikTok va CapCut rasman bloklandi!
Bugun TikTok AQSh hududida to‘liq bloklandi. Ilova App Store va Google Play platformalaridan butkul o‘chirildi, shuningdek, uning tahrirlash dasturi CapCut ham endi mavjud emas.
Foydalanuvchilar ilovadan foydalanishga harakat qilganda, blokirovka haqida maxsus xabar ko‘rinadi. Xabarda ishlab chiquvchilar Trampdan taqiqni bekor qilish imkoniyatidan umidvor ekani ta’kidlangan.
Ushbu voqea global ijtimoiy tarmoq dunyosiga katta ta’sir ko‘rsatishi aniq.
@technoflyuz
#yangilik
Asus reklamalarni blokirovka qila oladigan neyron protsessorli dunyodagi birinchi router ROG Rapture GT-BE19000AI’ni taqdim etdi. Router 19 Gbit/s gacha tezlik va 280 m² radiusli Wi-Fi 7 bilan jihozlangan.
Shuningdek 4 Gigabayt DDR4 tezkor xotirasi va 32 Gigabayt doimiy xotira bilan jihozlangan, bu esa uning ko’plab qurilmalarga barqarorlik bilan xizmat qilishiga yordam beradi.
Maxsus sun'iy intellekt chipi reklama bannerlari va boshqa turdagi reklamalarni aniqlaydi, signal barqarorligini yaxshilaydi va o'yinlarda pingni kamaytiradi.
@technoflyuz
#yangilik
🔥Nvidia RTX 50-seriyasini taqdim etdi.
Rasmda modellarning narxi ko’rsatib o’tilgan.
RTX 5090 eski 4090 ga nisbatan 1.5 barobar kechli va 1000 watt quvvat blokini talab qiladi. Eng qizig’i 549$ga baholangan RTX 5070 videokartasi 4090 versiyasining kuchini bemalol sizga taqdim etadi.
Shuningdek, yangi seriyada kuler parraklari olib tashlangan va to’liq sovituvchi radiatordan foydalanilgan.
Hozirda boshqa marketpleyslarda RTX 5090 narxi 3200 AQSh dollarigacha baholanyapti.
#yangilik
RTX 50 seriyasi qimmatroq va ko’p quvvat sarflaydigam bo’ladi
16 Gb GDDR7 video xotiraga ega RTX 5080 oldingi seriyalarga qaraganda ancha qimmatroq bo‘ladi. Avstraliyalik sotuvchilar yangi video kartaning narxini oshkor qildi, taxminan 1500 dollar. Shuningdek, RTX 5090 modeli esa 575 vatt sarflaydi, bu degani kompyuter uchun minimum 1200 vatt’lik quvvat bloki olish kerak.
Bu ma’lumotga asoslansak, RTX 5090 taxminan 2000 dollar turadi. Taqdimot yanvar oyi boshida CES 2025 ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tadi.
@technoflyuz
TECHNOFLY jamoasidan barcha obunachilarimizga samimiy tabrik!
Yangi yil – bu yangilanish va imkoniyatlar fasli! 2024-yil barchamiz uchun katta orzular, ajoyib g‘oyalar va ulkan muvaffaqiyatlar yili bo‘lsin!
TECHNOFLY sizni kelgusi yil davomida texnologiya va innovatsiyalar olamida yangi imkoniyatlar, foydali ma’lumotlar va qiziqarli loyihalar bilan birga bo‘lishga chaqiradi.
Sizning ishonchingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz biz uchun juda qadrlidir! Shu sababli, 2024-yilda ham sizni yanada qiziqarli kontent va yangi imkoniyatlar bilan xursand qilishga harakat qilamiz.
Yangi yil siz va oilangizga sog‘lik, baxt, tinchlik va muvaffaqiyat olib kelsin! Birgalikda eng yuqori cho‘qqilarni zabt etamiz!
Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
@technoflyuz
#qiziqarli
AirPods Pro 3-avlodi sog'ligingizni kuzatib borishga yordam beradi.
Kelgusi yillarda AirPods yordamida puls, tana harorati va boshqa fiziologik ko'rsatkichlarni o'lchash mumkin bo'ladi. Bu yangilanishlar yurak urish tezligi sensoridan boshlab, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
@technoflyuz
🤩🥊Ar-Riyod dagi megajang
📱Batafsil MELBET havolasi orqali o'tib bilib oling :➡️
https://bit.ly/3Z6axNI
📲PROMOKOD ➡️ flyuzz
Oleksandr Usik va Tayson Fyuri og'ir vaznda mutlaq chempionlik unvoni uchun revansh jangida jang qilishadi! May oyidagi birinchi jang tarixga kirdi - Usik ikkiga bo'lingan qaror bilan g'alaba qozondi va Fyurini professional ringdagi ilk mag'lubiyati bilan qoldirdi. Bu safar kim g'alaba qozonadi?
Melbet bilan tarixiy voqeani o'tkazib yubormang!
HONOR X8c: ҚОООЙИЛ қолдиради!
Йорқин суратлар учун кучли уч камерали тизим! Ҳар бир лаҳзани юқори тафсилот ва табиий ранглар билан муҳрланг. Ақлли алгоритмлар ҳар қандай шароитга мослашади — кун бўлсин, тун бўлсин, ҳаракат ёки портрет. AI ўчиргич эса фотосуратлардан кераксиз обйектларни осонгина ўчиради.
HONOR X8c — Услуб, технология ва фотография санъати битта қурилмада! ҚОООЙИЛ эмасми?!
Смартфонни техника дўконларидан харид қилинг ва махсус совғага эга бўлинг!
Сайт | Instagram | Телеграм
#yangilik
💽Adobe kompaniyasi Photoshopni iOS uchun kompyuterdagi barcha funksiyalar bilan taqdim etdi.
🧠Ilovaga neyron tarmoq funksiyalari ham qo'shilgan. U bepul, ammo barcha funksiyalarga kirish uchun obuna talab qilinadi.
💸Agar foydalanuvchi allaqachon biron bir Adobe to'plamiga obuna bo'lsa, iOS uchun Photoshop qo'shimcha to'lovsiz ishlaydi. Bundan tashqari, kompaniya Photoshop Mobile va Web tarifini oyiga 8 dollarga baholadi. Android uchun yangilangan versiyasi keyinroq chiqariladi.
@technoflyuz
#dolzarb
📉Kripto olamida hozirda barchasi yomon! Barcha kriptovalyutalar narxi pastga qarab tushib ketmoqda.
— Bitcoin 6% yo‘qotdi;
— Ethereum 10% yo’qotdi;
— SOLANA 13% ga kamaydi;
— Maskning sevimli memecoini DOGE 10% ga tushdi;
—TON 8% ga kamaydi.
📣Bu keskin tushishning asosiy sababi sifatida “kriptoprezident” Donald Trampning bojxona to‘lovlarini joriy qilish haqidagi tahdidlari ko‘rsatilmoqda.
@technoflyuz
#dolzarb
🧠Ilon Mask ertaga Grok 3 chat-boti ishga tushishini aytdi, u buni "yer yuzidagi eng aqlli sun'iy intellekt" deb atadi.
"U barcha mavjud modellarga qaraganda yaxshiroq fikr yurita oladi" - deydi Ilon Mask.
#yangilik
Apple yaqin kunlarda uzoq kutilgan iPhone SE ning yangilangan versiyasini taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Sotuvlar oy oxirida boshlanadi, deb xabar beradi Bloomberg insayderi. Kompaniya qurilmani taqdim etish tadbirini tashkil etmoqchi emas, buning o'rniga uni o'z veb-saytida namoyish qilishni afzal ko'radi.
AQShning ko'plab hududlaridagi Apple do'konlarida eski iPhone SE zaxiralari tugadi, bu odatda yangilanishdan oldin sodir bo'ladi.
@technoflyuz
#yangilik
DuckDuckGo qidiruv tizimi bepul Duck.ai xizmatini taqdim etdi.
Bu xizmat mashhur chatbotlarga anonim tarzda kirish imkoniyatini taqdim etadi:
Claude 3, GPT-4o mini, Llama 3.1 va Mixtral. Kelajakda ular yanada ilg'or AI qo'shishga va'da berishmoqda.
@technoflyuz
#dolzarb
⚡️Xitoy sun’iy intellekti ChatGPT’ni ortda qoldirib, Amerika App Store’idagi eng ommabop bepul ilovaga aylandi. AI nomi DeepSeek.
Ishlab chiquvchi kompaniyaning ta'kidlashicha, modelni tayyorlash uchun atigi 12 million dollar kerak bo'lgan, OpenAI GPT-5 uchun esa 500 million dollar sarflagan. Xitoyliklar modelni o'rgatishda eski Nvidia chiplaridan foydalangan.
Ushbu yangilik kripto bozori va Nvidia aksiyalarining qulashiga olib keldi, ular 24 soat ichida 400 milliard dollardan ortiq kapitalizatsiyani yo'qotdi.
@technoflyuz
#yangilik
⚡️AQShda TikTok butunlay blokdan chiqarildi.
Ilovani ochilganidada qaytish bilan tabriklash va Trampga minnatdorchilik haqida yozuv chiqadi. TikTok AQSh’da tahminan 14 soat blokda bo’ldi
@technoflyuz
#dolzarb
Afsonaviy Nokia smartfonlar bozorini rasman tark etadi(
Nokia kompaniyasi Apple va Samsung kabi soha yetakchilari bilan raqobatlasha olmadi.
Biroq kompaniya yangi loyihalar, jumladan, kosmosda uyali aloqa tarmog‘ini o‘rnatish ustida ishlashda davom etmoqda. Smartfonlar ishlab chiqarilmasa-da, Nokia telefonlari sotuvda qoladi.
Shunday qilib, Nokia o'z tarixini smartfonlar segmentida yakunlaydi, lekin texnologiyaning boshqa sohalarida faol ishtirokini saqlab qoladi.
@technoflyuz
#foydali
Win11Debloat — dasturi orqali siz Windows 11’da keraksiz dasturlarni olib tashlab va shaxsiy kompyuteringizni bir zumda tezlashtirishingiz mumkin
Dastur xususiyatlari:
— Hech qachon foydalanilmagan foydasiz ilovalarni o’chirib tashlaydi;
— Telemetriya va reklamalarni o‘chiradi;
— Cortana, Copilot va shuningdek, Bing’ni olib tashlaydi;
Avtostart yoqilgan dasturlarni o’chiradi;
—Yashirin papkalar va fayllarni ko'rsatadi;
—Va yana bir nechta foydali xususiyatlarga ega;
#dolzarb
Spotify sun’iy intellekt orqali virtual artistlar yaratib, bu orqali pul ishlamoqda.
Ushbu xizmat pleylistlarni "jazz", "chill" va "piano" kabi janrdagi soxta musiqalar bilan to'ldiradi.
Kompaniya soxta artistlarning musiqasini yaratadi, keyin esa albom uchun muqova, musiqa va artist uchun ism yaratish uchun sun’iy intellektdan foydalanadi. Shu orqali real qo’shiqchilar kamroq tinglovchilar soniga ega bo’ladi, shu bilan birga ular kamroq pul topishyapti.
@technoflyuz
#dolzarb
Volkswagen elektromobillarining 800 ming haydovchilari haqidagi ma'lumotlar ommaga ochiq bo'ldi.
Maʼlumotlarning sizib chiqishi avtomobillar uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchi Cariad kompaniyasi xatosi tufayli yuzaga kelgan.
Xatolikni nemis xakerlar jamiyati Chaos Computer Club aniqlagan. Ushbu tarqalgan ma’lumotlar orasida Volkswagen egalarining shaxsiy ma'lumotlarini topish, shuningdek, ularning avtomobillarini bemalol kuzatish mumkin.
@technoflyuz
#dolzarb
Telegram iPhone’dagi xatolikni tuzatdi.
Telegram’ning iOS uchun bo’lgan 11.5.2 yangilanishi smartfonning haddan tashqari qizib ketishiga va batareya quvvatini juda tez sarflashiga olib keldi.
Shunisi e'tiborga loyiqki, iOS 11.5.3 uchun yangilanishda yangi xatolik paydo bo'ldi, video stories’ni ko'rishda dastur faqat ovoz chiqaradi, lekin videoni ko'rsatmaydi.
Telegram dasturchilari tez orada o’z ayblarini tuzatishlarini kutib qolamiz)
#dolzarb
Tesla’ning bozor qiymati 1,4 trillion dollarga yetdi, bu dunyodagi 40 ta eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilarning umumiy qiymatidan ham oshib ketdi.
Eng qizig’i shundaki, Xiaomi kompaniyasi bir dona SU7 modeli bilan 4-o’ringa chiqib oldi
@technoflyuz
#yangilik
Acer kompaniyasi Nvidia RTX 50 seriyadagi video kartalarining texnik xususiyatlarini taqdim etilishidan oldin oshkor qildi.
RTX 5090 — GDDR7 32 GB operativ xotira, 600 Vt va hisoblovchi yadrolari soni: 21,760ta
RTX 5080’da esa atigi 16 GB GDDR7, quvvat sarfi esa 400 Vt va hisoblovchi yadrolari soni: 10,752ta bo'ladi, bu 5090 modeli hajmining yarmini tashkil etadi.
@technoflyuz