21789
Bizning maqsadimiz faqat foyda keltirish!!! Foydali postlar ✔️ Internet lifehacklar✔️ Texno yangiliklar✔️ Qiziqarli ma'lumotlar✔️ 📈 Reklama: @technoflyadmin
#qiziqarli
⚡️Pavel Durov ishtirokidagi ulkan podkast chiqdi!
Ushbu suhbat to‘liq 4 soat davom etadi. Durov unda Telegram, erkinlik, senzura, pul, hokimiyat va kelajakdagi rejalar haqida o‘z fikrlarini bayon qildi. Podkast ingliz tili, rus tili va yana bir nechta tillardagi dublyaj bilan ham taqdim etildi.
💬Bu podkast texnologiya, mustaqillik va jamiyatdagi o‘zgarishlarga qiziqqan har bir inson uchun juda qiziqarli bo‘ladi.
@technoflyuz
#qiziqarli
▶️Google uch yillik beta-testdan so‘ng Google Play Games for PC xizmatini rasman ishga tushirdi.
🤖Endi Android o‘yinlarini kompyuterda ishga tushirish uchun “beta” yozuvisiz to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi.
🌍Platformada 200 000 dan ortiq o‘yin mavjud bo‘lib, u 130 dan ortiq mamlakatda ishlaydi.
🎮Klaviatura, sichqoncha va gеympad qo‘llab-quvvatlanadi, shuningdek, saqlangan natijalar kompyuter va smartfon o‘rtasida sinxronlashadi.
👨💻Developerlar esa agar o‘yinlari kompyuter uchun optimallashtirilmagan bo‘lsa, uni PC-versiyadan olib tashlash imkoniyatiga ega.
@technoflyuz
O‘zbekiston sun’iy intellektni rivojlantirish uchun poydevor yaratmoqda: ICTWeek 2025'da Uzum, Microsoft, Nvidia va DataVolt ishtirokidagi panel muhokamasi
ICTWeek 2025 doirasida sun’iy intellekt uchun raqamli infratuzilmani rivojlantirishga bag‘ishlangan panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar mahalliy infratuzilma imkoniyatlarini yaratish sun’iy intellekt tizimlarini kengaytirish uchun hal qiluvchi omilga aylanayotganini muhokama qildilar.
Sessiyaga Uzum CTO&CPO Kevin Xanda moderatorlik qildi:
"Minimal tarmoq kechikishlari bilan barqaror hisoblash infratuzilmasi har qanday mashtablashgan sun’iy intellektning asosidir. Mahalliy quvvatlarga investitsiyalar nafaqat texnologiyalarni rivojlantirishga investitsiyalar, balki ma’lumotlar suvereniteti, xarajatlar samaradorligi va yechimlarni joriy etish tezligi hamdir."
"Barqaror va kengaytiriladigan ma’lumotlar markazlarini rivojlantirish faqat texnologiyalar masalasi emas. Gap O‘zbekiston va butun mintaqada sun’iy intellekt va raqamli o‘sishning kelajagi haqida ketmoqda."
#yangilik
Ⓜ️Meta’dan yangi texnologiya: Ray-Ban Display
Meta $799 narxda Ray-Ban Display nomli aqlli ko‘zoynaklarini taqdim etdi.
🔴Ko‘zoynak linzalarida 90 Hz chastotali, 5000 nit yorqinlikka ega va 600×600 pikselli mini-displeylar o‘rnatilgan.
🔴Qurilmada kamera, dinamika va mikrofon mavjud bo‘lib, u orqali qo‘ng‘iroq qilish, videomuloqot o‘tkazish, xorijiy tilni tarjima qilish va hatto videoyoqsundagidek mini-xarita chiqarish mumkin.
🔴To‘plamga qo‘shimcha ravishda neyrobraslet ham qo‘shilgan bo‘lib, u mushak faolligini o‘qib, qo‘l ishoralarini aniqlaydi.
🚀Yangi ko‘zoynaklar nafaqat AR, balki neyrointerfeys texnologiyalarini ham o‘zida mujassam etmoqda.
@technoflyuz
#yangilik
🖥Windows 10 tarix sahifasida qolmoqda
14-oktyabr kuni Microsoft Windows 10 uchun qo‘llab-quvvatlashni butunlay to‘xtatadi. Demak:
🔐xavfsizlik yangilanishlari bo‘lmaydi
🛠️xatoliklarni tuzatish ham berilmaydi
⛔️Tizim ishlashda davom etadi, lekin undan foydalanish xavfli bo‘ladi.
Foydalanuvchilar uchun yechim:
➡️Windows 11 ga o‘tish
➡️korxonalar va o‘quv muassasalari uchun Extended Security Updates dasturi mavjud
➡️muqobil variant — Windows 365 bulutli tizimi
@technoflyuz
#qiziqarli
Bugun taqdim etilgan iPhone’lar ro’yxati:
📱 Apple iPhone 17 Pro
— Eng kuchli iPhone: 48 MP’li 3 kamera, 8K video va 8x optik zoom.
— Yangi Cosmic Orange rang va 4 baravar mustahkam alyuminiy korpus.
— A19 Pro chip — 40% tezroq va sovuq ishlaydi.
— 39 soatgacha batareya va yangilangan dizayn.
💰 Narxi: $1200 dan.
📱 iPhone 17 Air
— Plus o‘rniga chiqqan eng yupqa iPhone.
— 6.5” 120 Hz ekran, 48 MP kamera.
— A19 Pro chip — MacBook Air darajasida.
— Yangi orqa panel himoyasi, yupqa va qulay dizayn.
⸻
📱 iPhone 17
— Birinchi bor 120 Hz ekran va Pro’dagi kabi yupqa ramkalar.
— 6.3” displey, 256 GB xotira bosqichi.
— 48 MP asosiy kamera + 2x zoom, yaxshiroq selfi kamera.
— A19 chip, 20% samaraliroq va 15% ko‘proq batareya.
— 3 baravar kuchliroq himoya.
💰 Narxi: $800 dan.
👆Batafsil rasmlarda.
@technoflyuz
#foydali
🎶 Spotify endi shart emas!
Bepul musiqa pleyer chiqdi — u YouTube, SoundCloud va yana o‘nlab manbalardan qo‘shiqlarni striming qiladi. Shuningdek, uni Windows, MacOS va Linux qo’llab-quvvatlaydi
📀 Ichida ulkan kutubxona va zo‘r funksiyalar:
— Radio rejimi
— Lastfm bilan integratsiya
— Qo‘shiqlar matnlari
— Cheksiz tinglash
🔥 Eng asosiysi: obuna yo‘q, ro‘yxatdan o‘tish yo‘q, hech qanday cheklov yo‘q!
LINK
@technoflyuz
#qiziqarli
🩴Crocs iPhone 15 va 16 uchun maxsus chexollar chiqardi — mashhur sabo poyabzal ko‘rinishida.
—Chexollarda Jibbitz bezaklari uchun teshiklar, maxsus tasma va timsolli krokodil logotipi bor.
—TPU va polikarbonatdan tayyorlangan, tushib ketganda ham himoya qiladi.
—Tasmalar va bezaklarni almashtirish mumkin.
—5 xil rangda mavjud: Bon, Mint Tint, Pink Milk, Blue Calcite va Black.
O‘zbekiston Mustaqilligi – Bizning eng katta yutug‘imiz! 🎉🇺🇿
🚀Bugun – Vatanimiz uchun eng ulug‘ kunlardan biri. Mustaqillik tufayli nafaqat siyosiy va iqtisodiy sohalarda, balki ilm-fan, texnologiya va IT yo‘nalishida ham ulkan yutuqlarga erishib kelmoqdamiz.
🔹Mustaqillik yillari davomida:
✅ Yangi texnoparklar va IT markazlari ochildi
✅ Yoshlar uchun startaplar yo‘li ochildi
✅ Dasturlash, robototexnika va sun’iy intellekt kabi sohalarda katta imkoniyatlar yaratildi
✨Bugun biz – yangi avlod, mustaqil O‘zbekistonni texnologiya olamida ham oldinga olib chiqish mas’uliyatini his qilamiz.
🇺🇿Mustaqilligimiz muborak bo‘lsin!
Kelajak texnologiyalarini yaratishda hamisha birga bo‘laylik!
@technolfyuz
#yangilik
📣 Apple Siri yordamchisi uchun Google bilan muzokara qilmoqda
Apple hozirda Google bilan Gemini’ni Siri’ga integratsiya qilish bo‘yicha dastlabki suhbatlarni olib bormoqda. Reja – Apple’ning o‘z bulut serverlarida ishlaydigan moslashtirilgan versiya yaratish. Hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Bundan tashqari, Apple o‘zining Linwood modelini ham sinovdan o‘tkazmoqda, shuningdek, OpenAI va Anthropic’ning yechimlarini ham ko‘rib chiqmoqda.
⏳ Yangi Siri chiqishi esa kutilganidan kechikmoqda – u 2026-yil bahorida taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.
@technoflyuz
#qiziqarli
🚀 NVIDIA GeForce NOW — yirik yangilanish!
🔥 NVIDIA sentyabr oyida GeForce NOW servisiga eng katta yangilanishni taqdim etadi. Endi u RTX 5080 quvvatida ishlaydi!
✨ Ultimate obunachilar uchun yangiliklar:
• 5K gacha 120 fps’da stream
• 1080p’da 360 fps’gacha tezlik
• DLSS 4, HDR10 va yanada yorqin ranglar
• Reflex va yangi tarmoqli texnologiyalar tufayli minimal kechikish
🎮 Katta o‘zgarishlar:
• O‘yinlar kutubxonasi 4500 ta o‘yin yetadi — Install-to-Play orqali tezkor o‘rnatish
• Discord va Epic bilan integratsiya — o‘yinlarni darhol ishga tushirish
• Yangi qo‘llab-quvvatlash: Steam Deck, LG OLED, Mac
• LG televizorlari va monitorlari Android TV yoki Chromecast’siz bevosita GeForce NOW’ni ishga tushira oladi
@technoflyuz
#yangilik
🚀 Google va NASA astronavtlar uchun tibbiy yordamchi sun’iy intellekt ishlab chiqmoqda
Google va NASA uzoq kosmik missiyalar davomida astronavtlarga tibbiy yordam ko‘rsatadigan Crew Medical Officer Digital Assistant (CMO-DA) nomli AI-assistent ustida ishlamoqda.
👩🚀 Birinchi sinov natijalari:
• 88% – oyoq bilagi shikastida tashxis qo‘yishda
• 80% – quloq og‘rig‘ida
• 74% – qorin yon og‘rig‘ida
🩺 Assistent simptomlarni tahlil qiladi, davolash variantlarini taklif qiladi va Google Cloud Vertex AI bazasida ishlaydi.
🛸 Loyihaning asosiy vazifasi – uzoqdagi missiyalarda (Oy yoki Mars) aloqa kechikishlari va tez evakuatsiya imkoni bo‘lmaganda astronavtlar uchun mustaqil tibbiy yordamni ta’minlash.
@technofyuz
#yangilik
📱 iPhone 17: barcha modellarning tafsilotlari oshkor bo‘ldi
🔹 iPhone 17 (bazaviy) — 6,3” OLED, 120 Hz, A19 chip, narxi $799 dan.
🔹 iPhone 17 Air — atigi 5,5 mm qalinlik, 6,6” ekran, $949 dan.
🔹 iPhone 17 Pro — uchlik 48 MP kamera, A19 Pro chip, $1050 dan.
🔹 iPhone 17 Pro Max — 8× optik zoomgacha(raqamli zoom esa 30x dan oshishi kutilmoqda), $1199 dan.
📅 Taqdimot: 9-sentabr.
@technoflyuz
#yangilik
🕊Samsung rekordchi OLED monitorini chiqardi!
Samsung yangi Odyssey G6 OLED monitorini taqdim etdi — 27 dyuym, 1440p native, 500 Hz chastota va 0.03 ms ping vaqti! 🚀
Monitor NVIDIA G-Sync va AMD FreeSync’ni qo‘llab-quvvatlaydi, portlari esa zamonaviy:
✅ DisplayPort 1.4
✅ HDMI 2.1
✅ 2× USB 3.2 Type-A
✅ 1× USB Type-B
💡 Bu hozirgi kunda bozordagi eng tezkor OLED monitor — LG’ning 720 Hz modeli faqat 720p’da ishlaydi va sotuvda yo‘q.
💵 Narxi: $1000.
@technoflyuz
#dolzarb
📱 Android’dan erkinlik ketmoqda
📅 1-avgustdan boshlab Yevropa Ittifoqida yangi qoidalar kuchga kirdi — endi smartfon ishlab chiqaruvchilar yuklovchi (bootloader) qismini majburiy bloklashlari shart. Aks holda, qurilmalar bozorga chiqarilmaydi.
🚫 Samsung birinchi bo‘lib javob berdi — endi uning telefonlariga kastom proshivka yoki yadro (kernel) o‘rnatib bo‘lmaydi. Avvallari bu eski qurilmalarni uzoqroq ishlatishning yagona yo‘li edi.
🌍 O‘zgarishlar global — boshqa davlatlarda ham bootloader’lar yopildi. Hatto Snapdragon flagmanlarida ham Magisk, kastom yadro yoki LineageOS o‘rnatish endi imkonsiz.
⚠️ Ekspertlar ogohlantirmoqda: Android tobora yopiq tizimga aylanmoqda — avval root huquqlarini bloklashdi, endi esa proshivkalarning o‘zini ham.
@technoflyuz
#yangilik
🤖OpenAI ChatGPT’da yangi “Pulse” rejimini ishga tushirdi
OpenAI ChatGPT uchun Pulse deb nomlangan yangi rejimni taqdim etdi. U modelni shaxsiy yordamchiga aylantiradi va har kuni ertalab:
🔴shaxsiylashtirilgan yangiliklar sarlavhalari
🔴g‘oyalar va maslahatlar
🔴eslatmalar hamda tavsiyalar tayyorlab beradi.
#yangilik
🖥Microsoft Windows 11’da video fon qo’yish funksiyasini qaytardi!
Endi Windows Insider dasturidagi testchilarga 26x20.6690 versiyasidan boshlab ish stolida video fonlardan foydalanish imkoniyati ochildi.
🔴Video fon faqat ish stolida ishlaydi
🔴Tizimga minimal yuk beradigan qilib optimallashtirilgan
🔴Endi Wallpaper Engine kabi tashqi dasturlar shart emas
#dolzarb
🇺🇸Tramp AQSh IT sohasini qaltis vaziyatga qo‘ydi
Donald Tramp yangi qaror bilan H-1B ishchi vizasi narxini $1 000 dan $100 000 gacha oshirdi. Endi Google, OpenAI, NVIDIA kabi kompaniyalar uchun xorijlik mutaxassislarni yollash 100 baravar qimmatroq bo‘ladi.
💸Viza muddati tugagach, uni qayta uzaytirishda ham yana shu to‘lov olinadi.
📉Nima bo‘ladi?
⏺IT sohasi chet ellik kadrlarni yo‘qotishi mumkin.
⏺Yangi startaplar va kichik kompaniyalar bunga dosh berolmaydi.
⏺Yirik kompaniyalar ham xodimlarni qisqartirishga majbur bo‘lishi mumkin.
🌍Kim ko‘proq zarar ko‘radi?
🔴H-1B vizalarining 72,6% ini hindlar, 12,5%ini xitoyliklar oladi.
🔴Aynan ular AQSh IT sohasining asosiy qismini tashkil etadi.
@technoflyuz
#qiziqarli
🆕Windows’da yangi funksiya!
📶Endi SpeedTest tugmasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri taskbarda paydo bo‘ladi.
Bir tugmada Bing orqali internetingizning kiruvchi va chiquvchi tezligini ko‘rsatib beradi.
Qulay, tez va qo‘shimcha dastursiz!
@technoflyuz
#dolzarb
💥Dunyoning eng boy odami Ilon Mask emas, u endi — Larri Ellison!
Oracle asoschisi Larri Ellison boyligi bir kunda $101 mlrd ga oshib, $393 mlrd ga yetdi. Natijada u Ilon Maskni ($385 mlrd) ortda qoldirdi.
📈Bunga sabab — Oracle aksiyalari 41,5% ga ko‘tarilishi bo‘ldi.
☁️Kompaniya bu yil bulutli xizmatlar daromadi 77% ga o‘sishini prognoz qilmoqda.
🤖AI serverlariga bo‘lgan talab, jumladan OpenAI bilan shartnomalar, kapitalizatsiyani keskin oshirdi.
☁️Oracle haqida qisqacha: 1977-yilda tashkil etilgan, AQShdagi yirik IT kompaniyalardan biri. U ma’lumotlar bazalari, bulutli xizmatlar, korporativ dasturiy ta’minot va endilikda AI infratuzilmasi bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan hisoblanadi.
@technoflyuz
#yangilk
Apple’ning “Awe Dropping” nomli prezentatsiyasi boshlandi!
LINK
@technoflyuz
#yangilik
📡 Amazon Project Kuiper sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi
Amazon o‘zining sun’iy yo‘ldosh internet loyihasi Project Kuiper doirasida o‘tkazilgan testda 1,28 Gbit/s tezlikni qayd etdi. Bu ko‘rsatkich Starlink xizmatining odatiy 50–400 Mbit/s tezligidan bir necha baravar yuqori. Sinov oddiy kompyuter va Ookla Speedtest yordamida amalga oshirildi.
Hozircha orbitada rejalashtirilgan 3236 ta sun’iy yo‘ldoshdan 100 dan ortig‘i joylashtirilgan. Kompaniya 2026-yil iyuligacha guruhlamaning yarmiga yaqinini uchirishni maqsad qilmoqda.
📡 Foydalanuvchilar uchun uch xil terminal taklif etilishi rejalashtirilgan:
• 100 Mbit/s gacha
• 400 Mbit/s gacha
• 1000 Mbit/s gacha
🔗 Bu natijalar kelajakda Starlink uchun jiddiy raqobat yaratishi mumkin.
@technoflyuz
#yangilik
✅ Janubiy Koreya olimlari yangi texnologiya taqdim etdi!
Janubiy Koreyada akne(husunbuzar)ga qarshi mikroignali plastirlar ishlab chiqildi.
Ular:
—3 kunda yallig‘lanishlarning 81% gacha kamayishini ta’minlaydi.
—Yarim soatda eriydigan mikrostrukturalar orqali gialuron kislotasi va faol moddalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yallig‘langan joyga yetkaziladi.
—Klinik sinovlarda 20 nafar ko‘ngillida 1 hafta ichida aknelar to‘liq yo‘qolgan.
#dolzarb
🔒 Yangi xavf – sun’iy intellektli virus yaratildi.
Tadqiqotchilar kiberxavfsizlik tarixida ilk bor sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan virusni topishdi. Unga PromptLock deb nom berilgan.
🧠 Oddiy viruslardan farqli, PromptLock ichida 20 milliard parametrli sun’iy intellekt modeli bor. Bu unga:
• zararli skriptlarni o‘zi yozishga,⚠️ Yaxshi tomoni — hozircha bu virus faqat tajriba sifatida yaratilgan, real hujumlarda ishlatilmagan. Lekin mutaxassislar bunga jiddiy qarashmoqda, chunki bu kashfiyot kelajakda to‘liq avtonom sun’iy intellektli viruslar paydo bo‘lishini ko‘rsatmoqda.
• Windows, macOS va Linuxda ishlashga,
• fayllarni o‘g‘irlash, shifrlash va hatto o‘chirishga,
• va eng muhimi, antiviruslarni aldashga imkon beradi.
#foydali
📚ChatGPT endi test yarata oladi!
📝Endi siz xohlagan mavzuda interaktiv testlar tuzishingiz mumkin. Buning uchun so‘rovingiz oxiriga shunchaki yozing: “quizgpt’dan foydalan”
👉 Masalan:
• “Ingliz grammatikasi bo‘yicha mashq tuzib ber, quizgpt’dan foydalan”
🔗 Bir necha soniyada sizga tayyor test chiqib keladi!
@technolfyuz
#qiziqarli
🤖 Bola endi robot ichida ulg‘ayishi mumkinmi?
Xitoyning Kaiwa Technology kompaniyasi shov-shuvli yangilik bilan chiqdi — sun’iy bachadonli robot!
👶 U homiladorlikni to‘liq takrorlaydi:
• maxsus kapsulada “amniotik suyuqlik”
• oziqlantirish uchun sun’iy “pupovino”
• harorat va bosim nazorati
🍲 Robot 24/7 rejimda yurak urishi, harakatlar va o‘sishni kuzatadi.
🍼 Tug‘ruq vaqti kelganda esa, chaqaloqni kapsuladan yumshoq chiqarib beradi.
🔬 Sinovlar hayvonlarda muvaffaqiyatli o‘tdi.
🗓 Sotuvga chiqishi 2026-yilda.
💰 Narxi — $13 900.
@technoflyuz
💥 Pul seni kutmoqda — bugunoq daromad topishni boshlang!
🚀 Botimiz yana ishga tushdi va 100% daromadingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kartangizga to‘lab beradi!
👥 Do‘stlaringizni taklif qiling, daromadingizni cheksiz oshiring!
⚡️ To‘lovlar bir zumda — pul soniyalarda yetib keladi!
📈 Ko‘proq do‘st — ko‘proq daromad. Juda oddiy!
👇 Boshlash uchun shu yerga bosing:
🔗 💰 PUL ISHLASH BOTI 💰
🔗 💰 PUL ISHLASH BOTI 💰
🔗 💰 PUL ISHLASH BOTI 💰
#qiziqarli
🚀 Muhandislar boshqa sayyoraga ko’chish uchun kema g’oyasini taqdim etishdi.
Muhandislar Chrysalis nomli, uzunligi 58 km bo‘lgan kosmik kemaning konsepsiyasini taqdim etishdi. U Proxima Centauri b sayyorasiga uchish uchun mo‘ljallangan va 2400 kishini olib ketishi mumkin. Kema aylanish orqali sun’iy tortish kuchi hosil qiladi, sayohat esa taxminan 400 yil davom etadi.
🛰 Qurilish joyi — Yer–Oy tizimidagi L1 Lagranj nuqtasi, bu esa Yer va Oy resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Energiyani esa termoyadroviy reaktorlar ta’minlaydi.
@technoflyuz
“Muhimi qancha pul topayotganing emas, balki uni qanday sarflayotganing”
Marat Toshkentdagi IT kompaniyada backend dasturchi bo‘lib ishlaydi. Oyiga qariyb 2500 dollar topadi. Daromadining yarmi uy-ro‘zg‘or, avtokredit va kundalik ehtiyojlariga ketadi, qolganini esa tomorqasi bor hovli sotib olish uchun yig‘adi.
U qulay yashash va tejash o‘rtasida muvozanatni topa olgan. Qahva, tushlik yoki pul o‘tkazmalarida ortiqcha xarajat qilmaslik bo‘yicha o‘zining oddiy, lekin foydali maslahatlari bilan maqolada bo‘lishdi.
To‘liq hikoyani havola orqali o‘qing.