terdu340 | Unsorted

Telegram-канал terdu340 - TerDU rasmiy kanali

23480

Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Subscribe to a channel

TerDU rasmiy kanali

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammitidagi nutqidan iqtibos:

Sanoat sohasidagi va infratuzilmaviy bog‘liqlikning kuchayishi mamlakatlarimizning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish imkonini beradi. Shu maqsadda “Markaziy Osiyo – Xitoy” sanoat va infratuzilmaviy belbog‘ini yaratishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqishni taklif etaman.

Bu o‘rinda gap Xitoyning investitsiyalari, texnologik va ilmiy yechimlarini jalb etgan holda, o‘zaro bog‘liq sanoat klasterlari, texnoparklar va logistika xablari tizimini yaratish haqida bormoqda.

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Xitoy

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#tavsiya

☀️Jaziramada himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar:

🟢 Quyoshdan himoyalaning – Bosh kiyim kiying, to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh ostida yurmang.

🟢 Ko‘p suv iching – Gazlangan va shirin ichimliklar o‘rniga oddiy suv iste’mol qiling.

🟢 Yog‘li taomlardan saqlaning – Yengil hazm bo‘ladigan ovqatlar, meva-sabzavotlar tanovul qiling.

🟢 12:00–16:00 oralig‘ida tashqariga chiqmang – Bu vaqtda issiqlik eng kuchli bo‘ladi.

🟢Belgilarni bilib oling – Oftob urishi: bosh og‘rishi, ko‘ngil aynishi, holsizlik, hushdan ketish bilan namoyon bo‘ladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#taqdirlash

⚡️ “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” nomli tantanali konsert dasturida 2025-yil davomida yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etgan, tashabbuskor va ilgʻor yoshlar tantanali ravishda taqdirlandi.

🇺🇿Ular orasida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Termiz davlat universiteti boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Tolipov Izzatullabekning faoliyati ham alohida e’tirofga sazovor boʻldi.

Mazkur yuksak e’tirof yoshlarimizning jamiyat taraqqiyotiga qoʻshayotgan ulkan hissasining yana bir dalilidir.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#kun_hikmati

"Agar hayot rejangiz bir yilga bo'lsa, unda sholi eking!
Rejangiz o'n yilni ko'zlasa, daraxt o'tqazing.
Agar mo'ljalingiz yuz yil bo'lsa, farzandlaringizni o'qiting!"


✍️ Konfutsiy

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Robbit akademiyasi Termiz filialiga robototexnika va IT sohasida bolalarga ta'lim bera oladigan, ilmga chanqoq va rivojlanishga intiluvchan ustozlarni qabul qilmoqda

- Tajriba kerakmi ?
- Yo‘q, mana biz beramiz-da uni
)

⚡️ Ushbu dastur rejasiga ko'ra, mutaxassislikka tayyorlov 15 kun davom etadi hamda dastur davomida quyidagilar o'rgatiladi:

💬 Kompyuter savodxonligi
💬 Scratch
💬 Tincerkad
💬 3D loyihalash
💬 Lego robototexnikasi (WEDO va EV3)
💬 Pyhton dasturlash
💬 Arduino asoslari


Biz kimlarni qidirmoqdamiz?


-Bolalar bilan ishlashni yoqtiradigan;
-Kuchli muloqot ko‘nikmasiga ega;
-Yangi bilimlarni tez o‘zlashtira oladigan;
-Kelajakda ta’lim sohasida ishlashni reja qilgan;
-IT, Matematika yoki Informatika yo‘nalishida ta’lim olgan.

Batafsil ma'lumot

🔗Pastagi havola orqali ro'yxatdan o'ting va ustozlar safiga qo'shiling.

Ro'yxatdan o'tish

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟢Surxondaryo viloyati turizm salohiyati Gonkongdagi xalqaro anjumanda namoyish etildi.

🟢Ushbu nufuzli tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari rahbarligidagi delegatsiya tarkibida bo'lgan TerDU professor-o‘qituvchilarining fikrlari xorijiy OAV keng yoritildi.

🟢Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston uchun ajratilgan maxsus pavilonda Surxondaryo viloyatining boy tarixiy merosi, milliy an’analari, urf-odatlari, an’anaviy liboslari, shuningdek, tarixiy obidalari va zamonaviy turistik obyektlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

🟢Shuningdek, xalqaro turoperatorlar va turistik kompaniyalar vakillari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida faol muzokaralar olib borildi. Natijada, o‘nga yaqin hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolandi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube |

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🔊 Surxondaryolik yoshlar, galakonsertga marhamat!

"Yoshlar oyligi" doirasida joriy yilning 17-iyun kuni, soat 19:00da Termiz shahridagi "Mustaqillik" maydonida viloyat galakonserti o‘tkaziladi .

🎙 Mazkur shou-konsertda estradamizning mashhur yulduzlari, xalqimiz ardog‘idagi xushovoz xonandalar ishtirok etib, barcha surxondaryoliklar uchun bayramona kayfiyat ulashadi.

⚡️ Yoshlarga bag‘ishlangan ushbu galakonsertda kutilmagan lahzalar, yorqin chiqishlar va jo‘shqin muhit kafolatlanadi.

❗️Kirish bepul.

Barchani ushbu yuksak kayfiyat, musiqiy zavq va jo'shqin onlarga boy konsert dasturi tomoshasiga taklif etamiz!

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#tafsilot

🟢TerDUda navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🟢Termiz davlat universiteti rektori huzurida bo‘lib o‘tgan navbatdagi apparat yig‘ilishida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda kun tartibiga daxldor mas’ullar ishtirok etishdi.

🟢Yig‘ilish avvalida rektor A. Toshqulov Prezidentimiz raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishi tafsilotlari, unda ko‘rilgan masalalar va berilgan topshiriqlar yuzasidan batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

➡️Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

🟢Qarzdor talabalar uchun o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish holati;
🟢Shtatlar qisqarishi bilan bog‘liq vazifalar ijrosi;
🟢 “Dolzarb 90 kunlik” doirasida har bir mahallada o‘tkaziladigan mehnat yarmarkalarida universitet bitiruvchilarining ishtirokini ta’minlash;
🟢Masofaviy ta’lim shaklida o‘quv jarayonini tashkil etish, buning uchun platforma yaratish va fan resurslarini tayyorlash;
🟢Auditoriyalar va laboratoriyalarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash;
🟢Universitetdagi qo‘shma ta’lim dasturlarining targ‘ibotini kuchaytirish;
🟢Fakultetlarni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga kirishish;
🟢Universitetda xorijlik talabalar ulushini oshirish bo‘yicha topshiriqlar ijrosi.


Yig‘ilish yakunida mas’ul rahbarlarga topshiriqlarning ijrosi va nazorati bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟢Talabalar amaliyotda — nazariya va amaliyot uyg‘unligi!

🟢 2024–2025 o‘quv yilining o‘quv reja va yuklamasiga asosan Iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari amaliy ta’lim jarayonini boshladilar.

🟢 Talabalarimiz Termiz shahridagi korxonalar, tashkilotlar va tijorat banklarida malakaviy amaliyot o‘tashmoqda.

🟢 Ushbu amaliyot jarayonlari talabalarga real ish jarayonlari bilan yaqindan tanishish, nazariy bilimlarini amaliyotda sinovdan o‘tkazish va kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkonini bermoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib bormoqda


Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Dastlab davlatimiz rahbari kuni kecha dunyoda yana bir mojarolar o‘chog‘i avj olgani nafaqat Yaqin Sharq, balki mintaqamizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmasligini alohida ta’kidladi.

“Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib borayapti.

Shu bois har bir hokim hududidagi, vazirlar esa tarmog‘idagi imkoniyat va xavflarni oldindan ko‘ra bilib, proaktiv, ya’ni topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus ko‘rsatib ishlashga o‘tishi shart.

Eng muhimi, aholi va biznes bilan muloqotni yanada kuchaytirib, ular so‘rayotgan masalalarni tez-tez hal qilib berish bu rahbarlarning asosiy vazifasi bo‘lishi zarur”,

dedi Prezident.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#№36
#Himoya_2025

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Xayitova Feruza Abdixalikovna Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik" ixtisosligidan «Ingliz va o‘zbek tillarida toponimlarning lingvokulturologik tadqiqi” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Feruza Abdixalikovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#qabul2025

📹Termiz davlat universitetining qabul komissiyasi faoliyati haqida

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#OAV_biz_haqimizda

📹Termiz davlat universitetida kimyo fanidan respublika fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#munozara2025 #final

🗣“Munozara” respublika turniri g‘oliblari aniqlandi!

Xorazm viloyatida Urganch davlat pedagogika instituti mezbonligida o‘tgan respublika turniri mamlakatning turli hududlaridan saralangan 18 ta jamoa ishtirokida qizg‘in va murosasiz, shu bilan birga do‘stona ruhda o‘tdi.

🗣Yakunda quyidagi 3 jamoa yuqori o‘rinlarni egalladi:

🥇Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Kritics” jamoasi;
🥈Termiz davlat universiteti “Gumata” jamoasi;
🥉Navoiy davlat universiteti “Sitseron” jamoasi.

🗣“The best speaker” nominatsiyasi g‘oliblari:
➡️1-spiker: Jalolova Lobar, “Sitseron”, NavDU;
➡️2-spiker: Tojiboyeva Munisabonu, “Kritics”, TDIU;
➡️3-spiker: Abdumutalova Zebo, “Taraqqiyot yoshlari”, OzMU.

Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 1-o‘rin 30 million so‘m, 2-o‘rin 20 million so‘m va 3-o‘rin 15 million so‘m pul mukofotlari hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan smart televizorlar, shuningdek, I, II va III darajali diplomlar, shuningdek, turnir g‘olibi chempionlik kubogi bilan tantanali taqdirlandi.


Tanlovda faol ishtirok etgan barcha jamoa a’zolariga Yoshlar ishlari agenligi tomonidan kitoblar to‘plami va tashakkurnomalar topshirildi.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺yoshlareduuz/?sub_confirmation=1">YouTube | 🕊Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Dolzarb90Kun

🟢“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Termiz davlat universitetida “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionatining universitet bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu chempionat talabalarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etildi. Musobaqa davomida talabalar kibersport yo‘nalishidagi o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

G‘olib jamoalar bellashuvda yuqori natijalar ko‘rsatib, Respublika chempionatining hududiy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Bu esa ularning kelgusi bosqichlarda universitet sharafini munosib himoya qilishlariga imkon yaratadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Xabaringiz bor joriy o‘quv yilining yakunlanishi arafasida, davlatimiz rahbari maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yozga ta’til davrida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida 1-iyun sanasidan 30-avgust kunigacha “Dolzarb 90 kunlik” e’lon qilingan edi

🟢Berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida viloyatimiz markazida Yozgi kasblar markazi faoliyatida tashkil etildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ularni hunar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va qo‘llab-quvvatlashda Termiz davlat universiteti ustoz-murabbiylari ham faol ishtirok etmoqda.

🟢Ayniqsa, Milliy libos va san’at fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan “Amaliy san’at” to‘garagi yoshlarni nafis san’at olamiga yetaklab, ularning ijodiy tafakkurini rivojlantirmoqda.

🟢To‘garak davomida ishtirokchilar milliy san’at namunalarini yaratish, bezak berish asoslari va boshqa foydali ko‘nikmalarni egallamoqda.

🟢Yozgi kasblar markazidagi ushbu tashabbus nafaqat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga, balki ularning kelgusidagi kasb tanlovi, ijodiy tafakkuri va milliy qadriyatlarga hurmatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🇺🇿🇨🇳🇰🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 17-iyun kuni Ostona shahrida o‘tkazilgan "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammitidagi ishtiroki.

Manba: Gorizont

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📹Boysunda TerDUning targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📹 Termiz davlat universiteti — imkoniyatlar maskani!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#OAV_biz_haqimizda

Termiz davlat universitetida tarjima nazariyasi va amaliyoti ta’lim yo‘nalishi tashkil etilib, 200 dan ortiq o‘g‘il-qizlar tahsil olishmoqda.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#qabul2025

Nufuzli xorijiy universitetlar bilan qo'shma ta'lim dasturlari qabuli boshlandi


🇨🇳 Szyansu universiteti (Xitoy) (Top 300)
  - Lingvistika: ingliz tili (magistratura) - 25 nafar
  - Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti (magistratura) - 10 nafar.

🇷🇺 Vladimir davlat universiteti (Rossiya)
  - Turizm va mehmondoʻstlik (bakalavriat) - 25 nafar
   - Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili (bakalavriat) - 25 nafar

🇧🇾 Polotsk davlat universiteti (Belarus)
   - Iqtisodiyot (bakalavriat) - 25 nafar
- Iqtisodiyot (magistratura) - 10 nafar
   - Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti (magistratura) - 5 nafar

Afzalliklar:
• Xalqaro darajadagi ta'lim,
• Ikki tomonlama diplom,
• Chet elda amaliyot o'tash va aloqalar o'rnatish imkoniyati.

📂 Szyansu universiteti bilan ochilgan qo'shma ta'lim dasturlariga hujjatlar 2025-yil 4-iyulgacha, Vladimir davlat universiteti hamda Polotsk davlat universiteti bilan hamkorlikda ochilgan qo'shma ta'lim dasturlariga esa hujjatlar 2025-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilinadi:

- ID karta yoki pasport nusxasi (Szyansu universitetiga hujjat topshiruvchilar uchun — xorijga chiqish pasporti talab etiladi);
- attestat yoki diplom nusxasi (ilovalari bilan birga, PDF formatida);
- ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (IELTS, TOEFL) (faqat Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti yo'nalishiga topshirayotgan abituriyentlar uchun!) (PDF formatida).


📝 Onlayn ariza topshiring yoki TerDU xalqaro aloqalar bo'limiga tashrif buyuring.

🔗 Batafsil ma'lumot uchun:
Tel.: +998919781998,
+998936388026,
+998930762225.
Telegram: @abdulatifjumazoda,
@Salokhiddin_Normuminov,
@Iskandar_Salimov.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Surxondaryoda malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashdagi hamjihatlik

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📹"Muvaffaqiyatim poydevori — TerDUdagi bilimlarim"

Nematullah Kamal, TerDU bitiruvchisi

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#brifing

Sirtqi ta’lim shakli tugatilishi yuzasidan fuqarolar va jamoatchilikdan kelib tushayotgan savollarga javoblar

AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokidagi brifing.

👉 Matn shaklida o‘qish.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🇨🇳 Xitoyda bo‘lib turgan TerDU delegatsiyasi xalqaro seminarda faol ishtirok etmoqda

🟢 TerDU vakillari Vuhan to‘qimachilik universiteti hamkorligida tashkil etilgan xalqaro seminarda ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar Xitoyning mashhur kompaniyalari joylashgan Fuchjou shahriga tashrif buyurishdi. Bu shahar Xitoyning dengiz bo‘yidagi yirik port va sanoat markazlaridan biri hisoblanadi.

🟢 Delegatsiya a'zolari quyidagi kompaniyalar faoliyati bilan tanishdi:
▫️ Fujian Nebula Electronics
▫️ Deyi Cultural and Creative Group
▫️ Fujian Yongfu Power Engineering
▫️ Fujian Haishi Group
▫️ Hengshen Holding Group
▫️ Fujian Hanggang Knitwear
▫️ Fujian Jinyuan Textile
▫️ Fujian Jinlun High-tech Fiber


Ma'lumot o'rnida ushbu kompaniyalar elektronika, to‘qimachilik, maishiy va xo‘jalik buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ularning mahsulotlari va ilg‘or texnologiyalari Osiyo, Yevropa va AQSh bozorlarida yuqori baholanadi.

🟢 Tashriflar davomida ishtirokchilar kompaniyalardagi ilmiy-tadqiqot ishlari, tijoratlashgan ixtirolar bilan yaqindan tanishishdi. Jarayonda TerDU olimlari va xorijiy hamkor universitetlar bilan qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo'yicha muzokaralar olib borildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟦🟦🟦🟦🟦

Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti


🟢TerDU xodimlari Xitoyda xalqaro seminarda ishtirok etmoqda

🟢Dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

🟢TerDUda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida talabalar uchun navbatdagi ma’naviy tadbir tashkil etildi.

🟢TerDUda kimyo olimpiadasi – iqtidor, ilm va kelajak uchrashuvi!

🟢Termiz davlat universiteti siz uchun ajoyib imkoniyat taklif etadi!

🟢Termiz davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti talabalari ikki hafta davomida amaliyot o‘tab qaytishdi

🟢(Call-center) xodimlari abituriyentlarni qiziqtirgan har bir savolga tezkor va aniq javob berishmoqda.

🟢Kimyo fanidan respublika fan olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi!

🟢TerDU delegatsiyasi Tyanszin sport universitetida!

🟢 “Munozara” respublika turniri g‘oliblari aniqlandi!

🟢Termiz davlat universiteti akademik litseyida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🟢Termiz shahrida tashkil etilgan Yozgi kasblar markazi faoliyatida Termiz davlat universiteti ustoz-murabbiylari ham faol ishtirok etmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Azizbek Ikromov | 30-son

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🔔Termiz davlat universiteti akademik litseyida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda universitet rahbariyati tomonidan litsey bitiruvchilarining diplomlari tantanali ravishda topshirildi.

🟢Ma’lumot o‘rnida joriy o‘quv yilida akademik litseyni 150 nafar o‘quvchi tamomladi. Ularning 15 nafari imtiyozli diplomlar, 2 nafari oltin va 3 nafari kumush medallar bilan katta hayotga qadam qo‘yishmoqda.

🟢E’tiborli tomoni, bitiruvchi o‘quvchilarning 84 nafari fan bilish sertifikati, 102 nafari chet tilidan SEFR sertifikati, va 2 nafar o‘quvchilar IELTS,  sertifikatlarini olishgan.


🟢Tadbirda ayni ko‘rsatkichlar e’tirof etilib bitiruvchilarga ta’limning keyingi bosqichi tanlovlarida muvaffaqiyatlar tilandi.

🟢Qo‘shimcha ma’lumot joriy yilning 10-iyun sanasidan yurtimizdagi barcha akademik litseylarida  2025/2026-o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining  9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlar my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinmoqda.

🟢Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

"Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida Termiz davlat universitetida tashkil etilgan xorijiy tillar to‘garaklarining o‘tish kuni va vaqti bilan tanishing.

Bundan tashqari universitetda o‘quvchi-yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni va sport tadbirlari ham tashkil etib boriladi.

❗️Barcha to‘garaklar bepul o‘tiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Dolzarb90Kun

🟢Termiz shahrida tashkil etilgan Yozgi kasblar markazi faoliyatida Termiz davlat universiteti ustoz-murabbiylari ham faol ishtirok etmoqda.

🟢Maqsad – o‘quvchi yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli o‘tkazish, ularni zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarga yo‘naltirish, iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishdir.

🟢Shu maqsadda turli sohalarni qamrab olgan to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ayniqsa, Milliy libos va san’at fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan “Amaliy san'at” to‘garagi yoshlarni nafis san’at olamiga yetaklab, ularning ijodiy tafakkurini rivojlantirmoqda.

🟢To‘garak davomida ishtirokchilar milliy san’at namunalarini yaratish, bezak berish asoslari va boshqa foydali ko‘nikmalarni egallamoqda.

🟢Yozgi kasblar markazidagi ushbu tashabbus nafaqat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga, balki ularning kelgusidagi kasb tanlovi, ijodiy tafakkuri va milliy qadriyatlarga hurmatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel