terdu340 | Unsorted

Telegram-канал terdu340 - TerDU rasmiy kanali

23480

Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Subscribe to a channel

TerDU rasmiy kanali

#Dolzarb90Kun

📚TerDU talabalari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishmoqda


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🏛Kurashdagi yuksak natijalar e’tirof etilgan uchrashuv

19–20-iyun kunlari Toshkent viloyatida o‘tkazilgan Kurash bo‘yicha Vazir Kubogi final bahslarida talabalarimiz ajoyib natijaga erishganidan xabaringiz bor.

🏆Unda jami 5 ta vazn toifasida gilamga tushgan polvonlarimiz:
🥇3 ta oltin
🥈1 ta kumush medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi.

🟢 Bugun universitet rektori A. Toshqulov g‘alaba sohiblari va ularning murabbiylari bilan uchrashib, samimiy suhbat o‘tkazdi. Unda yoshlarimizning sportdagi yutuqlari, mamlakatimizda sportga qaratilayotgan e’tibor va imkoniyatlar haqida so‘z bordi.

“Bu kabi natijalar ortida talab, mehnat, sabr-toqat hamda, ustozlarning mehri va fidokorona yordami turibdi”, – dedi rektor.

Rektor topshirig‘iga ko‘ra, sovrindor talabalar belgilangan tartibda moddiy rag‘batlantiriladigan bo‘ldi

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟢Rektorimiz "Qabul-2025" komissiyasi a'zolari bilan uchrashdi

Bugun Termiz davlat universiteti rektori "Qabul-2025" komissiyasi a'zolari bilan uchrashuv o'tkazdi. Suhbat davomida mas'ullar qabul jarayonlarini shaffof va adolatli tashkil etish borasida yo‘lga qo‘yilgan platforma orqali ishlar tizimli olib borilayotganligi xususida ma'lumot berdi.

🟢Aytish kerakki qabul binosida faoliyat yuritayotgan Abituriyent shtabi, Aloqa, Maslahat markazlari orqali abituriyentlar va ularning ota-onalariga amaliy yordam ko‘rsatilib, har bir murojaat tizimli tarzda hal etilmoqda.

🟢A.Toshqulov ijodiy imtihonlarni yuqori saviyada o‘tkazish borasida ko‘p yillik tajribasiga tayangan holda o‘z taklif va ko‘rsatmalarini berdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#№37
#Himoya_2025

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Otamurodova Shamsu Qamar Otamurodovna Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi" ixtisosligidan “Diversifikatsiya tamoyili asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik potensialini oshirish metodikasini takomillashtirish (ona tili o‘qitish metodikasi fani misolida)” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.


Universitet jamoasi nomidan Shamsu Qamar Otamurodovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟦🟦🟦🟦🟦

Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti


🟢Xitoyda bo‘lib turgan TerDU delegatsiyasi xalqaro seminarda faol ishtirok etmoqda

🟢Talabalar amaliyotda — nazariya va amaliyot uyg‘unligi!

🟢TerDUda navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🟢Surxondaryoda malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashdagi hamjihatlik

🟢Surxondaryo viloyati turizm salohiyati Gonkongdagi xalqaro anjumanda namoyish etildi.

🟢Tashabbuskor va ilgʻor yoshlar tantanali ravishda taqdirlandi.

🟢Boysun tumanida TerDUning targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

🟢"Universitet tanlashda adashmang"!

🟢TerDU rektori huzurida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🟢“Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” chempionati viloyat bosqichi yakunlandi!

🟢Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi

🟢TerDU va Vladimir davlat universiteti (Rossiya) o‘rtasida samarali hamkorlik!

🟢TerDUda yozgi ta’til - bilim, faoliyat va ilhomga boy kunlar!

🟢TerDU kurashchilari – vazir kubogi g‘oliblari!

🟢Filologiya fanlari doktori, professor Masud Asadov bilan suhbat...

🟢ERASMUS+ dasturi doirasida Yevropa davlatlarida bo‘lib turgan TerDU magistranti bilan suhbat

🟢Viloyatimiz hududida Xitoy olimlari bilan hamkorlikda qo‘shma arxeologik tadiqiqotlar olib borilmoqda.

🟢"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Dildora Abdumo'minova | 31-son

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#xorijiy_OAV

Viloyatimiz hududida Xitoy olimlari bilan hamkorlikda qo‘shma arxeologik tadiqiqotlar olib borilmoqda

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📌 Sizni qiziqtirgan muhim savollarga javoblar:

🚩Savol: OTMlarga hujjat topshirish qachon tugaydi?

Javob: 25-iyun soat 23:59da!

🚩Savol: Maktabni avvalgi yillarda tamomlaganlar qancha to'lov qilishi kerak?

Javob: 170 000 so'm!

🚩Savol: Qachongacha to'lov qilish kerak?

Javob: 25-iyun soat 23:59gacha!

🚩Savol: Bakalavrga kirish imtihonlari qachondan boshlanadi?

Javob: 14-iyul boshlanib, 28-iyul tugaydi!

🚩Savol: Magistraturaga hujjat topshirish qachondan boshlanadi?

Javob: 1-iyul boshlanib 30-iyul tugaydi!

🚩Savol: Perevod uchun arizalar qabuli qachondan boshlanadi?

Javob: Xorijdan perevod ham ichki perevod ham o'qishni tiklash uchun ham ariza qabuli 15-iyul boshlanib, 5-avgust tugaydi!

🚩Savol: iyul-avgust oylari ham ijara to'lovi beriladimi? iyul-avgust oylari ham yotoqxona ochiq bo'ladimi?

Javob: Yo'q, yotoqxonalar yopiladi, ijara to'lovlari faqat o'qish davrida to'lanadi, ta'til davrida ijara to'lovi to'lanmaydi.

✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#vazir_kubogi #kurash

🗣Kurash sport turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi!

🤼‍♂️ Joriy yilning 19-20-iyun kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti oliy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi barcha talaba-yigitlar o‘rtasida KURASH sport turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasining Respublika final bosqichiga mezbonlik qildi.


☑️Musobaqa davomida Respublikamizning 100 dan ortiq taʼlim muassasalaridan 200 nafardan ortiq polvonlar o‘rtasida 60 kg, 66 kg, 73 kg, 81 kg, 90+ kg vazn toifalarida qizg‘in va shiddatli bellashuvlar kechib, eng yaxshi kurashchilar aniqlandi.

Yakuniy natijalar quyidagicha bo‘ldi:

🔹60 kg vazn toifasi g‘oliblari:
🥇1-o‘rin: Sadulayev Asadbek – TerDU talabasi
🥈2-o‘rin: Ataniyazov Damir – QQDU talabasi
🥉3-o‘rin: Shokirov Fazliddin – BuxDU talabasi
🥉3-o‘rin: Egamberganov Asrorbek – UrDU talabasi

🔹66 kg vazn toifasi g‘oliblari:
🥇1-o‘rin: Sulaymonov Umar – O‘zDJTSU talabasi
🥈2-o‘rin: Jo‘rayev Zokir – TerDU talabasi
🥉3-o‘rin: Xursanov Obitjon – SamDU talabasi
🥉3-o‘rin: Eshbadalov Oybek – O‘zDJTSU talabasi

🔹73 kg vazn toifasi g‘oliblari:
🥇1-o‘rin: Ayitbayev Asadbek – QQDU talabasi
🥈2-o‘rin: Lolayev Sardorbek – TerDU talabasi
🥉3-o‘rin: Mirzamurodov Mahmudjon – O‘zDJTSU talabasi
🥉3-o‘rin: Karimbayev Kamronbek – NamDU talabasi

🔹81 kg vazn toifasi g‘oliblari:
🥇1-o‘rin: Mamadaminov Fozil – TerDU talabasi
🥈2-o‘rin: Tuhtamishev Zayniddin – O‘zb.Fin talabasi
🥉3-o‘rin: Oqboyev Ravshan – ADU talabasi

🔹+81 kg vazn toifasi g‘oliblari:
🥇1-o‘rin: Amanturdiyev Oybek – TerDU talabasi
🥈2-o‘rin: Terimov Og‘abek – O‘zDJTSU talabasi
🥉3-o‘rin: Abdurazzoqov Abubakir – O‘zDJTSU talabasi
🥉3-o‘rin: Shernazarov Quvonchbek – QarDU talabasi

🏆 G‘olib va sovrindorlarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov, O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Erkin Qodirov, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti birinchi prorektor Sherzod Mirzanov tomonidan diplom, medal va chempionlik kubogi topshirildi.

Musobaqa g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 1-o‘rin 5 million so‘m, 2-o‘rin 2 million so‘m va 3-o‘rin 1 million so‘m pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺yoshlareduuz/?sub_confirmation=1">YouTube | 🕊Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Dolzarb90Kun

🏛 TerDUda yozgi ta’til - bilim, faoliyat va ilhomga boy kunlar!

Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan edi. Shunga muvofiq Termiz davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” doirasida maktab o‘quvchilari va barcha xohlovchilar uchun xorijiy til kurslari faoliyat yuritmoqda.


📌 Darslar jadvali:
Dushanba, chorshanba, juma — Ingliz tili 🇬🇧 va Turk tili 🇹🇷
Seshanba, payshanba, shanba — Fransuz tili 🇫🇷, Nemis tili 🇩🇪, Rus tili 🇷🇺

Barcha mashg‘ulotlar bepul bo‘lib, tajribali va mahoratli ustozlar tomonidan olib borilmoqda.

➡️ Aziz yoshlar! Termiz davlat universiteti jamoasi sizlar uchun yozgi ta’tilni nafaqat maroqli, balki manfaatli o'tishini ta'minlashga xayrxoh. Barcha eshiklar siz uchun ochiq!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#kun_hikmati

Ilmning avvali chiroyli eshitish, so‘ngra tushunish, undan so‘ng amal qilish va oxirgisi tarqatishdir.

😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
✏️Sufyon ibn Uyayna

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi

🟢Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetining 2-3-kursida tahsil olayotgan 196 nafar talabalar Samarqand, Toshkent viloyatlaridagi quyidagi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, nufuzli ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tamoqdalar:

📍Samarqand kimyo (superfosfat) zavodi
📍Samarqand "PULSAR GROUP BREWERY” MCHJ
📍 Samarqand “ASL NAFIS” mas’uliyati cheklangan jamiyati
📍 Samarqand “Xorvenko nomidagi Samarqand vino kombinati” AJ
📍Samarqand chinni zavodi
📍Sovplastital” O‘zbekiston-Italiya qo‘shma korxonasi
📍Toshkent lak- bo‘yoq ishlab chiqarish korxonasi
📍Toshkent o‘simlik moddalari kimyosi, bioorganik kimyo, polimerlar kimyosi va fizikasi instituti va yadro fizikasi institutlarida) ilmiy-tadqiqot institutlari

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#xalqaro_tanlov

XALQARO INNOVATSIYA TANLOVI – CICSIC 2025
🇨🇳 Xitoyda o‘zingizni innovator sifatida namoyish eting!

📣 Xitoy xalqaro talabalar innovatsion tanlovi (CICSIC) 2025-yilgi bosqichiga ro‘yxatga olish boshlandi!

🌐 150dan ortiq mamlakatdan 130 000+ ishtirokchilarga mezbonlik qiladigan eng yirik global tanlovlardan biri!

📌 Final bosqichi joyi: Chjenchjou shahri, Xitoy
📅 Ro‘yxatga olish: 2025-yil 19-iyun – 15-iyul

Ishtirok etish shartlari:
2–15 kishilik jamoa;
35 yoshdan kichik talabalar (yoki so‘nggi 5 yilda bitirganlar);
Idea yoki Startup bosqichida bo‘lishi kerak;

🎁 Mukofotlar:
🟢 500 ta loyiha finalga chiqadi.
🟢Shundan 150 tasi Xitoyda bo‘ladigan final bosqichida qatnashadi.

📄 Kerakli materiallar:

🟢 Loyihani PDF yoki PPT formatida topshiring. Qo‘shimcha hujjatlar: 1 daqiqalik video (ixtiyoriy).
🟢 Har bir jamoa a’zosi – talabalik guvohnomasi yoki diplom nusxasini topshirishi kerak. Mentor bo‘lsa, uning ma’lumotlari ham kiritiladi.
🟢 Barcha materiallar ingliz yoki xitoy tilida bo‘lishi shart.

🔗Batafsil: bu yerda

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun:
@shohabbos_bozorov
📞+998919109696

📌 O‘z g‘oyangizni global miqyosda namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🟢 Do‘stlaringiz bilan ulashing va jamoa tuzing!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

"UNIVERSITET TANLASHDA ADASHMANG!

Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar!

Agar siz:
Ikki davlatning rasmiy diplomini bir vaqtning o‘zida olishni istasangiz;
Chet elda ta’lim olish orqali dunyoni ko‘rishni orzu qilsangiz;
Xalqaro darajadagi mutaxassis bo‘lib yetishmoqchi bo‘lsangiz;

🏛 Termiz davlat universiteti siz uchun ajoyib imkoniyat taklif etadi!

Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi hamda Belarus Respublikasi bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlariga start beriladi!
🟢 Bakalavriat: 2 yil TerDUda + 2 yil xorijiy hamkor universitetlarda!
🟢 Magistratura: 1 yil TerDUda + 1 yil xorijiy hamkor universitetlarda!

Nega aynan biz?
Qulaylik va qo‘llab-quvvatlash – moslashish bo‘yicha yordam!
Ikkita diplom + xorijiy tajriba

Murojaat uchun raqamlar:
+998 93 638 80 26
+998 91 978 19 98
+998 93 076 22 25

Telegram:
@Iskandar_Salimov
@abdulatifjumazoda
@Normuminov_Salokhiddin


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📹TerDUning targ‘ibot tadbirlaridan videolavha.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammitidagi nutqidan iqtibos:

2030-yilgacha mo‘ljallangan “Yashil” rivojlanish dasturini qabul qilish va uni amalga oshirishga imkon qadar tezroq kirishish muhimdir.

Cho‘llanishga qarshi kurashish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash, qurg‘oqchil va cho‘l hududlarda bioekologik barqarorlikni oshirish sohasida muloqot va sheriklik uchun bizning formatda Ekologik alyansni tuzishni taklif etaman.

Qayd etmoqchimanki, Xitoy tajribasi va uslubidan foydalangan holda, biz mintaqada kompleks ko‘kalamzorlashtirish va pitomniklar yaratish, biomuhandislik, biomonitoring stansiyalarini rivojlantirishni, shuningdek, ijtimoiy-ta’lim dasturlarini qamrab olgan sinov tariqasidagi loyihalarni amalga oshirishimiz mumkin.

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Xitoy

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

⭐️TerDUda yulduzli mehmon – Eldor Shomurodov!

🟢Bugun rektorimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi, faxrimiz Eldor Shomurodov bilan bo'lgan samimiy muloqotda sport sohasi, xususan universitetda futbol yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar uchun muhim taklif va rejalarni muhokama qildi.

🟢Uchrashuv davomida talabalar va murabbiylar mahoratini oshirish, futbolni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Dolzarb90Kun

🟢 Talaba yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida 4-TTJda ochiq osmon ostida she'riyat va adabiyot tadbiri o'tkazildi.

🟢 Ustoz-murabbiylar she’riyat va mutolaaning inson hayotidagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirishdi. Talabalar esa sevimli shoirlarining she’rlarini o‘qib, adabiyotga bo‘lgan mehrini namoyon etishdi.

🟢 Zulfiya, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov kabi shoirlarning she’rlari, ayniqsa "Nido" dostonining birgalikda o‘qilishi barchada chuqur taassurot qoldirdi.

🟢Bu kecha talabalar qalbida ilhom, zavq va unutilmas xotiralar qoldirdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Mehnat yarmarkasi va ochiq eshiklar kuniga marhamat

Ertaga 2025-yilning 24-iyun sanasi soat 08-00 da 17-sonli MFCHO'IMda Bandixon tuman hokimligi, tuman kambag'allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko'maklashish bo'limi hamda Termiz davlat universiteti bilan hamkorlikda mehnat yarmarkasi va ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tadi.

Barcha Bandixonlik yoshlarni ushbu mehnat yarmarkasi va ochiq eshiklar kuniga taklif etib qolamiz.


Mo'ljal: Bandixon tuman Madaniyat bo'limi yoni

🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting!

Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati


Tᴇʟᴇɢʀᴀᴍ | bandixon_news">ʏᴏᴜᴛᴜʙᴇ | Iɴsᴛᴀɢʀᴀᴍ  | FaceBook

Kanalga ulanish👉
/channel/Bandixonthaxborotxizmati

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

⚡️Diqqat! Abituriyentlar uchun muhim eslatma! 

2025-yil 25-iyun soat 23:59 – Oliy ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning SO‘NGGI SANASI! 

So‘nggi kunlarga qoldirmang! Har yili qabul oxirida abituriyentlar oqimi ortadi, tizim sekinlashadi va shoshilinch xatolar yuzaga kelishi mumkin. 

🔹 ERTA RO‘YXATDAN O‘TING! 
🔹 Test to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshiring! 
🔹 Fanlar majmuasi, ta’lim tili va test hududini diqqat bilan tanlang! 

ℹ️ 25-iyun 23:59 gacha shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Ammo qabul tugagach, barcha ma’lumotlar qat’iy hisoblanadi! 

Eslatma: 
✔️ Shaxsiy kabinetingizda ma’lumotlaringizni tekshiring. 
✔️To‘lov amalga oshirilganligiga ishonch hosil qiling. 
✔️So‘nggi kunlarda tizimga kirish qiyin bo‘lishi mumkin – hozirroq harakat qiling! 

🌐Ro‘yxatdan o‘tish uchun: my.uzbmb.uz

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Dildora Abdumo'minova | 31-son

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

TerDU magistranti Sherzod Tursunmurodov ERASMUS+ dasturi doirasida Yevropaning Fransiya, Angliya, Chexiya, Slovakiya, Sloveniya va Italiya kabi davlatlarning nufuzli universitetlarida tadqiqotlar olib bormoqda.

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Filologiya fanlari doktori, professor Masud Asadov bilan suhbat...

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#xushxabar

🥇 TERDU KURASHCHILARI – VAZIR KUBOGI G‘OLIBLARI!

19-20-iyun kunlari Toshkent viloyatida o‘tkazilgan Oliy ta'lim tashkilotlari o‘rtasidagi Vazir Kubogining final bellashuvlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

😀 Musobaqada Termiz Davlat Universitetining polvonlari yana bir bor o‘z salohiyatini namoyon etishdi!

🟢5 ta vazn toifasida gilamga tushgan kurashchilarimiz:
🥇 3 ta OLTIN,
🥈 1 ta KUMUSH medalni qo‘lga kiritishdi!


🟢Umumjamoa hisobida esa TERDU faxr bilan 1-o‘rinni egalladi!

Balli, yigitlar! Siz bilan faxrlanamiz!

Tabriklaymiz, aziz kurashchilarimiz va ularning murabbiylarini Muvaffaqiyatlaringiz bardavom bo‘lsin!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🇺🇿🤝🇷🇺 TerDU va Vladimir davlat universiteti (Rossiya) o‘rtasida samarali hamkorlik!

🟢Ayni damda qo'shma ta'lim dasturi asosida Vladimir davlat universitetining filologiya va tillarni o'qitish: rus tili ta'lim yo'nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarimiz, bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilmoqdalar. Bu voqea hamkorlik samarasi va ta’lim sifati yuksalayotganining yorqin dalilidir.

🟢 Hamkorlik nima berdi?
• Yangi va zamonaviy ta’lim uslublari joriy etildi
• O‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashuvi tashkil etildi
• Talabalarning bilimi va faolligi oshdi
• Qo‘shma ilmiy loyihalar yo‘lga qo‘yildi
• Talabalar tadqiqot ishlarida faol ishtirok etmoqda

🟢Bu kabi hamkorliklar talabalarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📹 Termiz davlat universiteti — imkoniyatlar maskani!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Dolzarb90Kun

🟢“Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” chempionati yakunlandi!

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida o‘tgan “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” chempionatining hududiy yakuniy bosqichi kutilganidek talabalarimizning ustunligida o‘tdi.

🟢Ushbu nufuzli turnir davomida talabalar o‘zlarining strategik fikrlash qobiliyati, jamoaviy ishlash tajribasi va tezkor qaror qabul qilish salohiyatini namoyon etishdi. Chempionat “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning texnologiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni zamonaviy raqamli sohalarga jalb qilish maqsadida tashkil etildi.

🟢Unda ishtirok etgan Termiz davlat universiteti talabalari musobaqalarning "Just Dance" hamda "Dota2" yo‘nalishlarida 🥇-o‘rinni, CS2" yo‘nalishida esa 🥉-o‘rinni egallab joriy yilning 21-24-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Biz esa talabalarimizga musobaqaning respublika bosqichida ham omad tilaymiz.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟢TerDU rektori huzurida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🟢Sohalar bo‘yicha prorektorlar boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etgan yig‘ilishda dastlab ijro intizomiga oid masalalar muhokamalar markazida bo‘ldi.

🟢Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda sohalar bo‘yicha ijro hujjatlarining yuritilishi holati tahlil etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra joriy yilning 1-yanvar sanasidan 16-iyun kuniga qadar universitetga jami 3506 ta hujjatlar (topshiriqlar) kelib tushgan bo‘lib. Ushbu hujjatlarning 2875 tasining ijrosi o‘z vaqtida ta’minlangan, 102 tasi muddatidan kech bajarilgan, 7 tasi bajarilmagan (3 ta band) hamda 525 tasi ayni vaqtda ijro jarayonida.

🟢Yig‘ilishda faqatgina topshiriq kutib, faoliyatiga nisbatan mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lgan xodimlarga nisbatan qat’iy ta’sir choralari belgilandi.

🟢A.Toshqulov yangi o‘quv yiliga auditoriya va binolarni tayyorlash jarayonlarining borishi, 300 talik reytingga kirgan xorijiy OTM lar dasturlari asosida o‘zimizning akademik dasturlarni ishlab chiqilish bilan bog‘liq vazifalar ijrosi bo‘yicha ham o‘z ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.

🟢Bundan tashqari universitet ARM kitob fondini boyitish borasida mas’ullarga qator vazifalar berdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#kun_hikmati

"Eng zo‘r qobiliyatlar bekorchilik sabab so‘nadi"

✏️— Mishel de Monten.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Boysun tumanida TerDUning targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Bugun Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti tashabbusi bilan Boysun tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 39-umumta’lim maktabida 9–11-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kelajak faoliyat” mavzusida Ochiq eshiklar kuni hamda Mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbir davomida 70 yillik tarixga ega Termiz davlat universitetining 51 ta bakalavriat yo‘nalishi va 31 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv bazasi, ilmiy va amaliy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, universitetning xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi talaba almashinuvi va qo‘shma dasturlari doirasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlari o‘quvchilarga tanishtirildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar va maktab jamoasi faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#magistratura

🎓 Termiz davlat universiteti magistraturasi
20 yillik tajribaga ega!


Magistraturada yuqori sifatli ta’limni TerDU bilan boshlang!


2003-2004 o‘quv yilidan beri TerDUda yuzlab mutaxassislar tayyorlandi. Bu yil — 2024-2025 o‘quv yilida 36 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar qabul qilindi!

Hozirgi kunda talab yuqori bo‘lgan zamonaviy va dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha ham qabullar boshlangan:


🟢 71010201 - Sport faoliyati: futbol
🟢 70410501 - Moliya
🟢 70230401 - Kompyuter lingvistikasi
🟢 70210801 - Tasviriy va amaliy bezak san’ati
🟢 70210402 - Kompyuter grafikasi va dizayn
🟢 71010101 - Turizm va mehmondo‘stlik
🟢 70520202 - Ekologiya
🟢 70310301 - Psixologiya
🟢 70420101 - Advokatlik faoliyati yo‘nalishi (1-yillik maxsus dastur asosida)

Shuningdek,
Szyansu universiteti bilan hamkorlikda (Xitoy) (Top 300) (1+1)
🟢 Lingvistika: ingliz tili (magistratura) - 25 nafar
 🟢Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti mutaxassisligi (magistratura - 10 nafar)
ham mavjud!

👤Darslar tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.
📍Talabalar uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan Ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat yuritadi.

Bu markaz — siz uchun ilmiy ishlar va amaliyotni uyg‘unlashtirishda asosiy poydevor!

📞Aloqa uchun tel: 76 228 0340

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel