terdu340 | Unsorted

Telegram-канал terdu340 - TerDU rasmiy kanali

23480

Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Subscribe to a channel

TerDU rasmiy kanali

#tafsilot

Bugun TerDUda universitet Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Unda dastlab universitetning 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu strategiya universitetning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash hamda o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Shuningdek, "Termiz universiteti” gazetasida e'lon qilingan vakant ish o‘rinlari, jumladan, kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi va o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga oid tanlovlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi hamda universitetda yaratilgan elektron platforma orqali Kengash a'zolari tomonidan ovoz berish yo‘li bilan natijalar tasdiqlandi.

Yig‘ilish davomida dotsent va professor ilmiy unvonlari uchun nomzodlarni tayinlash Nizomi tasdiqlandi, shuningdek, ilmiy unvonlarga tavsiya etish masalasi muhokama qilindi. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi monitoring natijalari ko‘rib chiqilib, “Yoshlar akademiyasi liderlari” faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida vazifalar belgilandi.

Yakunda barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#qabul2025

🏛Termiz davlat universitetida 2025/2026 o'quv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning UMUMIY JADVALI

Ta'lim yo'nalishlari va guruhlar kesimida.

🔗Batafsil: https://tersu.uz/struct/view/1000406

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Toshkent shahrida matbuot kotiblari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursi davom etmoqda!

🟢Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan seminarlarda OTMlar axborot xizmati xodimlari o‘z malakasini oshirmoqda.

🟢Mashg‘ulotlar malakali va tajribali ustozlar tomonidan olib borilmoqda. Jumladan, "Axborot xizmatlari faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sun’iy aql" mavzusidagi treninglar katta qiziqish uyg‘otmoqda.

🔗Ma’lumot o‘rnida kurs yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi. O‘quv jarayonlari ijtimoiy tarmoqlar orqali ham keng yoritib borilmoqda.

🟢Maroqli daqiqalar, foydali bilimlar va yangi tajribalar — barchasi malaka oshirish kurslarida!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Dolzarb90Kun

Sho‘rchi tumani – Dolzarb 90 kun

🟢Bugun Sho‘rchi tumanidagi Madaniyat markazida "Karyera kuni va mehnat yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi. Tadbir Termiz davlat universiteti va Sho‘rchi tuman hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

🟢Dastlab uchrashuv tashkil etilib, yuridik fakulteti vakillari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishdi. Ular TerDUdagi o‘qish imkoniyatlari, kasb tanlashda muhim jihatlar va yurisprudensiya sohasining bugungi kundagi ahamiyati haqida tushunarli ma’lumotlar berishdi.

🟢Tadbir sho‘rchilik yoshlar uchun kelajak kasbini tanlashda foydali va ilhomlantiruvchi bo‘ldi. Oliy ta’lim sari ishonch bilan qadam tashlashga undadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Qonunchilik_yangiliklari

B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega professor-oʻqituvchilarning lavozim maoshlariga 100 foizgacha oylik ustamalar toʻlanishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga davlat oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2025-yil 12-iyundagi 362-son qarori qabul qilindi.


🌐Unga koʻra:

◀️ oliygohlarda xorijiy tillar boʻyicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega professor-oʻqituvchilarning chet tilida maxsus o‘quv fanlarini o‘qitganlik uchun lavozim maoshlariga 100 foizigacha boʻlgan miqdorda oylik ustamalar belgilanishi mumkin (chet tillari, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yo‘nalishlarining kasbiy va maxsus fanlari o‘qituvchilari bundan mustasno);

▶️ dotsent lavozimiga bir muddatga qabul qilingan professor-oʻqituvchilarga mos ravishda “Dotsent” boʻlimida nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari to‘lanishi belgilandi;

◀️oliygohda faoliyat yuritayotgan boshqa toifadagi xodimlarning ish haqiga nisbatan ustamalarning eng yuqori miqdori 400 foizdan oshmasligi belgilandi.

🖇 Shuningdek, talabalar turar joylarini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan, biroq BHMning 3 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratish orqali qoplab boriladi.

☑️Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida jamoat transporti bekatlariga yaqin boʻlgan litsey, texnikum va oliy taʼlim tashkilotlarining boʻsh turgan maydonlari ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari o‘qitish uchun tadbirkorlik subyektlariga oʻquv markazlarini tashkil etish maqsadida elektron onlayn-auksion savdolari orqali tanlov asosida ijaraga beriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Kun_hikmati

Agarda, sevgan kasbingni tanlagan bo‘lsang, hayoting davomida bir kun ham ishlamaysan.


✍️ Konfutsiy

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📹"Malayziya Utara universiteti mas'ul vakillarining Termiz davlat universitetiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi jarayonidan videolavha."

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🇺🇿🇲🇾#xalqaro_hamkorlik #UUM #Malayziya

Malayziyaning
Utara universiteti delegatsiyasi bilan ikki tomon uchun xam manfaatli muzokaralar olib borildi

Uchrashuvda TerDUning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor O‘.Ahmedov va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor G‘.Tog‘ayev, shuningdek Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Tomonlar “Kompyuter muhandisligi” yo‘nalishidagi qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi. Jumladan:
🟢o‘quv rejalarini muvofiqlashtirish,
🟢fanlarni semestrlar bo‘yicha taqsimlash,
🟢malakaviy amaliyot sharoitlari,
🟢professor-o‘qituvchilar almashinuvi grafigi kabi muhim yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Utara ta’lim markazi faoliyati bo‘yicha moliyaviy shartlar, bino ta’miri va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, markaz xodimlarini tayyorlash rejalari yuzasidan ham batafsil muzokaralar olib borildi.

Uchrashuv yakunida barcha masalalar bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi va hamkorlikning yangi bosqichi belgilab olindi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Ilm va tahlil maydoni — “TerDU xabarlari”ning yangi sonini ushbu havola journals.tersu.uz/ orqali yuklab olishingiz mumkin!

📖 Bu sonda:
🟢 “Yozuvlarning qiyosiy tahliliga doir dastlabki mulohazalar”
🟢 “Avesta”ning jahon tillaridagi tarjimalari tahlili
🟢 Novie naxodki koloniy Cepea hortensis v Minske i Minskoy oblasti (Belarus)
🟢 Quyi Surxon florasining transformatsiyasi va adventiv turlari
🟢 Surxondaryo viloyati sharoitida Lavandula angustifolia Mill. urug‘ining unuvchanligi
🟢 Sopolli madaniyati aholisi kundalik turmush tarzi: ovqatlanish ratsioni, kasallik va jarohatlar (antropologik, paleobotanik va arxeozoologik manbalar asosida)
🟢 Surxondaryo hududiy transport tizimlarini takomillashtirishning iqtisodiy geografik jihatlari


Jurnalning keyingi sonlari uchun maqolalar qabul qilinmoqda!

📱 @Mohtob_80

📞 Murojaat uchun tel:
+998 93 078 68 60

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#qabul2025

🏛Termiz davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturi va baholash mezoni bilan tanishing!

➡️60210400-Dizayn (kompyuter grafikasi va badiiy foto)

➡️60210400-Dizayn (milliy kostyum)

➡️60210500-Rangtasvir (dastgohli)

➡️60210800-Amaliy sanʼat (badiiy kulolchilik)

➡️60211400-Vokal sanʼati (anʼanaviy xonandalik)

➡️60211500-Cholgʻu ijrochiligi xalq cholgʻulari (rubob, prima, qashqar va afgʻon rubobi)

➡️60211700-Xalq ijodiyoti (folklor va etnografiya)

➡️61010200-Sport faoliyati (basketbol)

➡️61010200-Sport faoliyati (boks)

➡️61010200-Sport faoliyati (dzyudo)

➡️61010200-Sport faoliyati (erkin kurash)

➡️61010200-Sport faoliyati (futbol)

➡️61010200-Sport faoliyati (gandbol)

➡️61010200-Sport faoliyati (kurash)

➡️61010200-Sport faoliyati (og‘ir atletika)

➡️61010200-Sport faoliyati (voleybol)

➡️61010200-Sport faoliyati (yengil atletika)

➡️61010300-Adaptiv jismoniy tarbiya va sport

➡️60320100-Jurnalistika

Qabul jarayonlariga oid barcha savollaringizga aloqa markazi orqali javob oling!

📞+998762280340

⬇️ Batafsil ma'lumot:
https://tersu.uz/struct/view/1000414

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Dolzarb90Kun

🎓 Oliy ta’lim – har bir yoshga yaqin!


🏛 TerDU Axborot texnologiyalari fakulteti tashabbusi bilan Muzrabod tumanida ochiq eshiklar kuni va mehnat yarmarkasi tadbiri tashkil etildi.

Termiz davlat universiteti, Muzrabod tuman hokimligi hamda Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbir davomida tumanining olis qishloqlarida istiqomat qiluvchi yoshlarga oliy ta’lim imkoniyatlari kengroq tanishtirildi. Mehnat yarmarkasi orqali esa korxona va tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari xususida kengroq ma’lumotlar berildi.

🎯 Tadbir davomida yoshlar:
🟢 Turli yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi;
🟢 TerDU fakultetlari faoliyati haqida ma’lumot olishdi;
🟢 Kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha maslahatlar oldilar;
🟢 Ish o‘rinlari va amaliyot imkoniyatlari bilan tanishdilar.

➡️ Ushbu tashabbus yoshlarimizni oliy ta’limga jalb qilishda muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Ёшларнинг олийгоҳга кириш кўрсаткичи бўйича Сурхондарё бир йил ичида 11-ўриндан 4-ўринга кўтарилиб, катта сакраш қилди. Жиззах ва Сирдарё ҳам яхши натижа кўрсатмоқда.

Икки йил олдин халқаро фан олимпиадаларида 7 та ҳудуддан 45 нафар ўқувчи соврин олган бўлса, ўтган 6 ойда уларнинг сафига Жиззах, Андижон, Наманган, Самарқанд, Сурхондарё, Хоразм, Тошкент вилоятлари ўқувчилари ҳам қўшилиб, жами 166 та медаль қўлга киритилди.

“Бир миллион дастурчи” лойиҳаси доирасида 325 минг ёшлар ўқитилди. Айниқса, Хоразм, Қашқадарё ва Самарқанд ёшлари ITдан катта даромад топишни ўрганиб олди.

Бошқа бир мисол: ўтган йили 150 мингдан зиёд ёшларимиз халқаро тил сертификатлари олди, бу 2023 йилга нисбатан 2 баравар кўп.

Хорижий тилларни мукаммал билиш бўйича Тошкент шаҳри, Фарғона, Наманган, Бухоро ва Самарқанд ёшлари анча илгарилаб кетди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Sharhsiz #YoshlarKuni

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#YoshlarKuni

🇺🇿 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan sizlarni samimiy tabriklaymiz!

Hurmatli yoshlar!
Shubhasiz yurtimiz kelajagi, taraqqiyoti va barqarorligi sizning bugungi intilishlaringizga bog‘liq, har soniya va har daqiqa ilm olishga chog‘laning.

Ana shu ulkan va ezgu maqsad yo‘lida sizlarga sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Bayramingiz muborak!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟦🟦🟦🟦🟦

Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti


🟢Rektorimiz "Qabul-2025" komissiyasi a'zolari bilan uchrashdi

🟢Talaba yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida 4-TTJda ochiq osmon ostida she'riyat va adabiyot tadbiri o'tkazildi.

🟢Kurashdagi yuksak natijalar e’tirof etilgan uchrashuv

🟢TerDUda yulduzli mehmon – Eldor Shomurodov!

🟢Bandixon tumanida TerDUning targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

🟢Professor-o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot

🟢TerDU sportchilari – O‘zbekiston sport maydonlarida yana bir tarix yozdi!

🟢 Darbandda yangi turizm va yashil energetika sari dadil qadam!

🟢Sariosiyo tumanida TerDUning targ‘ibot tadbiri va mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

🟢Termiz davlat universitetining xalqaro ta’lim yarmarkasi

🟢DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

🟢TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARI— XORIJIY TA’LIM MAKONIDA

🟢TerDUda "Dolzarb 90 kun": Talabalarning ilmiy salohiyatiga turtki!

🟢"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Rayxona Raxmonova | 32-son

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Dolzarb90Kun

Sherobod tumani – Dolzarb 90 kun


Bugun Sherobod tumanidagi Kasbiy koʻnikmalar markazida "Karyera kuni va mehnat yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi. Tadbir Termiz davlat universiteti, Sherobod tuman hokimligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi hamkorligida tashkil etildi.

Dastlab uchrashuv tashkil etilib, Fizika-matematika fakulteti vakillari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishdi. Ular TerDUdagi o‘qish imkoniyatlari, kasb tanlashdagi muhim jihatlar va taʼlimning bugungi kundagi ahamiyati haqida tushunarli ma’lumotlar berishdi.

Tadbir sherobodlik yoshlar uchun kelajakda kasb tanlashda foydali va ilhomlantiruvchi manba boʻlib xizmat qildi. Oliy ta’lim sari ishonch bilan qadam tashlashga undadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Dayjest #Dolzarb_90kunlik
#01-04.07.2025

“Dolzarb 90 kun” doirasida – ilm, ijod va tashabbus ruhi!


Yurtimiz bo‘ylab oliy ta’lim muassasalarida talabalar va yoshlar uchun turli ilmiy-amaliy, ijodiy va tashkiliy tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda.

🔹Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

🔹Qoʻqon davlat universiteti;

🔹Andijon davlat universiteti;

🔹“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;

🔹O‘zMU Jizzax filiali;

🔹TATU Urganch filiali;

🔹Buxoro davlat texnika universiteti;

🔹Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

🔹Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

🔹O’zbekiston Sharda universiteti;

🔹Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

🔹Namangan davlat pedagogika instituti;

🔹Buxoro davlat universiteti;

🔹Buxoro davlat tibbiyot instituti;

🔹O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;

🔹Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

🔹O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

🔹Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

🔹Namangan davlat texnika universiteti;

🔹Guliston davlat pedagogika instituti;

🔹Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti;

🔹TDIU Samarqand filiali;

🔹Andijon davlat tibbiyot instituti;

🔹Namangan davlat chet tillari instituti;

🔹SamDU Urgut filiali;

🔹TDTU Olmaliq filiali;

🔹Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;

🔹SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali;

🔹Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

🔹Andijon davlat chet tillari instituti;

🔹Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

🔹Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

🔹Jizzax politexnika instituti;

🔹Toshkent arxitektura-qurilish universiteti;

🔹Urganch davlat universiteti;

🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali;

🔹Toshkeht tibbiyot akademiyasi Termiz filiali;

🔹TKTI Yangiyer filiali;

🔹Nukus davlat pedagogika instituti;

🔹Toshkent davlat agrar universiteti;

🔹Urganch davlat pedagogika instituti;

🔹Andijon davlat pedagogika instituti;

🔹Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

🔹Osiyo xalqaro universiteti;

🔹Termiz davlat universiteti;


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

💵 “Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” yoshlar tanlovi

📌 Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Davlatlararo kengash shafeligida, Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi tashabbusi bilan Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa hamkor davlatlar prokuratura idoralari bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” nomli yoshlar o‘rtasidagi xalqaro ijodiy tanlov e’lon qilindi.

👥 Tanlovda 10 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha davlatlar fuqarolari qatnashish huquqiga ega.

✔️Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:

➡️Eng yaxshi plakat – kompyuter grafikasi yordamida tayyorlangan, A3 formatda, hajmi 15 MB dan oshmagan holda.
➡️Eng yaxshi rasm – qo‘lda chizilgan ijodiy ish, A3 formatda, hajmi 15 MB dan oshmagan.
➡️Eng yaxshi video – mp4 formatda, 3840x2160 pikseldan ortiq bo‘lmagan, hajmi 300 MB gacha.

🏅Tanlov g‘olib va sovrindorlari tanlov ramzlari tushirilgan faxriy medallar, esdalik sovg‘alari, elektron sertifikat va boshqa rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlanadi.

🗓 Tanlovga arizalar joriy yining 1-oktabrigacha qabul qilinadi.
🌐 Ariza yuborish: www.anticorruption.life

➡️ Ishtirokchi ariza namunasi

➡️ Batafsil tanlov nizomi

📣 Barchani ushbu xalqaro tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#eslatma

📅 Qabul yakunlanishiga 1 kun qoldi

Xitoyning nufuzli universitetlaridan biri
Szyansu universiteti (Xitoy) (Top 300) bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo'shma ta'lim dasturi qabuli yakunlanishiga 1 kun qoldi.

Quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha hujjatlar qabul qilinmoqda:


  - Lingvistika: ingliz tili (magistratura) - 25 nafar
  - Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti (magistratura) - 10 nafar.

Afzalliklar:
• Xalqaro darajadagi ta'lim,
• Ikki tomonlama diplom,
• Chet elda amaliyot o'tash va aloqalar o'rnatish imkoniyati.


📂 Szyansu universiteti bilan ochilgan qo'shma ta'lim dasturlariga hujjatlar 2025-yil 4-iyulgacha(shu kuni ham) qadar qabul qilinadi:

- ID karta yoki pasport nusxasi;
- attestat yoki diplom nusxasi (ilovalari bilan birga, PDF formatida);
- ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (IELTS, TOEFL) (faqat Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti yo'nalishiga topshirayotgan abituriyentlar uchun!) (PDF formatida).


📝 Onlayn ariza topshiring yoki TerDU xalqaro aloqalar bo'limiga tashrif buyuring.

🔗 Batafsil ma'lumot uchun:
Tel.: +998919781998,
+998936388026,
+998930762225.
Telegram: @abdulatifjumazoda,
@Salokhiddin_Normuminov,
@Iskandar_Salimov.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Dolzarb90Kun

📹 ''DOLZARB 90 KUN'' LOYIHASI DOIRASIDA TO‘GARAKLAR FAOLIYATI TASHKIL ETILDI

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#OAV_biz_haqimizda

Angor tumanida “Ochiq eshiklar kuni” va mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🇺🇿🇲🇾#xalqaro_hamkorlik #UUM #Malayziya

TerDU va
Malayziya universiteti o'rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Termiz davlat universiteti rektori Malayziyaning Utara universiteti (UUM) delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazdi. Muzokaralar doirasida ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasida olib borilayotgan keng ko'lamli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Utara universitetining o'quv ishlari va xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Professor Dr. Mohd Azizuddin Mohd Sani hamda xalqaro hamkorlik markazi direktori Professor Arpah Binti Abu Bakar bilan quyidagi masalalar bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi:

🟢 TerDU hududida Utara universitetining ta'lim markazini 2026-yildan ishga tushirish borasida olib borilayotgan ishlar;
🟢 "Kompyuter muhandisligi" yo'nalishida qo'shma ta'lim dasturini yo'lga qo'yish;
🟢 Professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvini akademik mobillik asosida rivojlantirish hamda joriy yilning noyabr oyida bir guruh Utara universiteti talabalarini TerDUga xalqaro qishki maktabga jo'natish;
🟢 Ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlikni kengaytirish bo'yicha TerDU professor-o'qituvchilarining Utara universiteti ilmiy kutubxona bazasiga kirish imkoniyatini ta'minlash kabi masalalar muhokama qilindi.


Samimiy suhbat yakunida universitet rektori A.Toshqulov delegatsiya a'zolariga universitet nomidan esdalik sovg'alarini topshirdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🇺🇿🇲🇾TerDU va Malayziyaning Utara universiteti (QS reytingida 491-o‘rin, THE 401–500) o'rtasidagi hamkorlik aloqalari ko'lami kengaymoqda.

🟢Xabaringiz bor bundan bir muddat oldin TerDU rektori boshchiligidagi delegatsiya Malayziyaning Utara universitetida boʻlib, turli yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik aloqalarining huquqiy asosi memorandum imzolashgan edi. Utara universiteti mas'ullarining TerDUga tashrifi ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni keng koʻlamda olib borilishiga zamin yaratmoqda.

🟢Tashrif davomida prof. Mohd Azizuddin Mohd Sani tomonidan “Ertangi kun uchun ta’lim: global o‘zgarishlar davrida ASEAN–Markaziy Osiyo hamkorligi” mavzusida seminar-trening o'tkazilib unda dunyodagi global o‘zgarishlar fonida xalqaro integratsiyaning muhimligi ta’kidlab o‘tildi.

🟢Prof. Arpah binti Abu Bakar esa “Universitet yo‘nalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish” mavzusida, xususan AACSB tajribasi asosida, amaliy trening o‘tkazdi hamda Utara universiteti tajribalarini bo'lishdi.

🟢Ushbu mashg‘ulotlar nafaqat o‘qituvchilar, balki yosh tadqiqotchilar va magistrantlar uchun ham yangi bilimlar, xalqaro tajribalar va keng ufqlar eshigini ochmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Qabul2025 #Texnikum

📣 Bugundan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabuli boshlandi

🔰 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2025-yil 9-sinf bitiruvchilari 515 ta texnikumning birida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 1-iyuldan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

▪️Platformaga:
tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;
3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

✔️ Maʼlumot oʻrnida, joriy yil 139 245 nafar 9-sinf bitiruvchisi davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Shundan:
118 595 nafari kunduzgi ta’lim shakliga;
20 650 nafari dual ta’lim shakliga.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Президент Шавкат Мирзиёев: Фарзандлари билимли, соғлом, мард ва жасур, доимо олдинга интилиб яшайдиган халқ ва давлатнинг келажаги албатта ёруғ бўлади.

Президент Шавкат Мирзиёев: Народ и государство, имеющее образованных, здоровых, смелых и отважных детей, устремленных только вперед, ждет счастливое завтра.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Давлатимиз раҳбари ёшларни қўллаб-қувватлаш ва салоҳиятини рўёбга чиқариш бўйича янги ташаббусларни илгари сурди.

Глава государства выдвинул новые инициативы, нацеленные на поддержку молодежи и реализацию ее потенциала.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#seminar_trening

📢TerDUda Malayziyaning Utara universiteti (QS 491, THE 401-500) prorektori bilan maxsus seminar-trening tashkil etiladi.

📝 Mavzu: Universitet ta'lim yo'nalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazish tartibi to'g'risida (AACSB tajribasi asosida)

Seminarda muhokama qilinadigan asosiy yo'nalishlar:
- Xalqaro akkreditatsiya tushunchasi va ahamiyati
- Akkreditatsiyaga tayyorgarlik bosqichlari
- Asosiy akkreditatsiya mezonlari va ko‘rsatkichlar
- Amaliy
mashg‘ulotlar

📅 Muddat: 30-iyun 2025-yil, dushanba, soat: 14:30 – 16:30

📍 Manzil: Termiz davlat universiteti, Rektorat majlislar zali, 1-qavat

🇬🇧 Seminar ingliz tilida o'tkaziladi. (🇺🇿Tarjima birgalikda olib boriladi)

🔎 Barcha qiziquvchilarni taklif etamiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Yoshlar_Kuni

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Uchrashuv davomida bir guruh yigit-qizlarga davlat mukofotlari topshiriladi.

Tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, salohiyati va iqtidorini yuzaga chiqarish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari suriladi, ilhomlantiruvchi misollar, mamlakatning ertangi kunini belgilashga qodir g‘oyalar va yechimlar taqdim etiladi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan muloqot qilib, ularning innovatsiya, "yashil" iqtisodiyot, kreativ sanoat, tadbirkorlik va IT sohalaridagi ilg‘or ishlanmalari va yutuqlari bilan tanishadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🇺🇿🇮🇩#xalqaro_hamkorlik

🏛Termiz davlat universitetida xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim uchrashuv

Termiz davlat universitetida Indoneziyaning nufuzli oliygohi – Indoneziya Pedagogika Universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi:

🟢 Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi;
🟢Q1, Q2, Q3 Scopus jurnallarida hamkorlikda maqolalar chop etish;
🟢Universitet ilmiy ko‘rsatkichlarini (indekslarini) oshirish;
🟢Kelgusida qo‘shma diplom (Joint Degree) dasturlarini yo‘lga qo‘yish.

📄 Shuningdek, muzokaralar natijasida fakultet miqyosidagi faoliyatga bag‘ishlangan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#seminar_trening

📢TerDUda Malayziyaning Utara universiteti (QS 491, THE 401-500) prorektori bilan maxsus seminar-trening tashkil etiladi.

📝 Mavzu: "Ertangi kun uchun ta'lim: global o'zgarishlar davrida ASEAN – Markaziy Osiyo hamkorligi" (Educating for Tomorrow: ASEAN–Central Asia Partnerships in a Time of Global Transition)

Seminarda muhokama qilinadigan asosiy yo'nalishlar:
- Oliy ta'limning mintaqaviy hamkorlik va global rivojlanishdagi o'rni
- ASEAN va Markaziy Osiyo o'rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlash
- Universitetlarning diplomatiya va madaniyatlararo muloqotdagi roli
- Oliy ta'lim orqali barqaror kelajakni qurish


🗓 Muddat: 30-iyun 2025-yil, dushanba, soat: 10:30 – 12:00

📍 Manzil: Termiz davlat universiteti, Axborot texnologiyalari fakulteti, 1-qavat 105-xona

🇬🇧 Seminar ingliz tilida o'tkaziladi. (🇺🇿Tarjima birgalikda olib boriladi)

👍 Barcha qiziquvchilarni taklif etamiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel