terdu340 | Unsorted

Telegram-канал terdu340 - TerDU rasmiy kanali

23480

Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Subscribe to a channel

TerDU rasmiy kanali

⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi

2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

▪️Bunda nomzodlar platformada:
oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#TerDU #bitiruvchi2025🎓

🏛TerDUda diplom topshirish haftaligi

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

TerDU rektori kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bilan tanishdi

Abituriyent va mas'ullar bilan bo'lgan muloqotlarda yaratilgan sharoit va qulayliklar haqidagi fikrlarini eshitib, sinov jarayonlarini adolatli va shaffof o'tishida har kim vijdonan yondashish lozimliligini uqdirdi hamda abituriyentlarga omad tiladi.

Ma’lumot o‘rnida, 7–15-iyul kunlari Termiz davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun 19 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar bo'lib o'tadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Qabul_2025
#Kasbiy_imtihon_natijalari

🗣 Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bilan tanishing!

Termiz davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun 9-iyul kuni o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi.

Quyidagi havola orqali imtihon natijalarini yuklab olishingiz mumkin:

60210400 - Dizayn: kompyuter grafikasi va badiiy foto ta'lim yo‘nalishi 1-guruh. YUKLAB OLSIH;

60210500 - Rangtasvir: dastgohli ta'lim yo‘nalishi 1-guruh. YUKLAB OLSIH;

60210800 - Amaliy san'at: badiiy kulolchilik ta'lim yo‘nalishi 1-guruh. YUKLAB OLSIH;

60320100 - Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) ta'lim yo‘nalishi 2-guruh. YUKLAB OLSIH;

61010200 - Sport faoliyati (dzyudo) ta'lim yo‘nalishi 1-guruh. YUKLAB OLSIH;

61010200 - Sport faoliyati (dzyudo) ta'lim yo‘nalishi 2 -guruh. YUKLAB OLSIH;

61010200 - Sport faoliyati (boks) ta'lim yo‘nalishi 1-guruh. YUKLAB OLSIH;

61010200 - Sport faoliyati (boks) ta'lim yo‘nalishi 2-guruh. YUKLAB OLSIH;

Sayt orqali yuklash: https://tersu.uz/struct/view/1000415

Eslatma
! Abituriyentlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bo'yicha qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay'atiga natijalar e'lon qilingan kundan (vaqtdan) boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmuni faqat abituriyentning o‘z ballari haqida bo‘lsagina qabul qilinadi, ammo boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🎓Bitiruvchilariga diplom topshirish marosimini instagram orqali jonli kuzatish:👉 https://www.instagram.com/terdu_rasmiy/live/17918116692121355

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🎓Bitiruvchilariga diplom topshirish marosimini instagram orqali jonli kuzatish:👉 https://www.instagram.com/terdu_rasmiy/live/18078333151925328

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Qabul_2025
#Kasbiy_imtihon_natijalari

🗣 Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bilan tanishing!

Termiz davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun 8-iyul kuni o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi.

Quyidagi havola orqali imtihon natijalarini yuklab olishingiz mumkin:

Dizayn: milliy kostyum 1-guruh (DMK-1)
YUKLAB OLISH;

Dizayn: milliy kostyum 2-guruh (DMK-2)
YUKLAB OLISH;

Sport faoliyati (yengil atletika) 2-guruh (SFYA-2) YUKLAB OLISH;

Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) 1-guruh (JFT-1) YUKLAB OLISH;

Sport faoliyati (kurash) 3-guruh (SFK-3)
YUKLAB OLISH;

Sport faoliyati (kurash) 4-guruh (SFK-4)
YUKLAB OLISH;

Sport faoliyati (basketbol) 1-guruh (SFBL-1)
YUKLAB OLISH;

Sayt orqali yuklash: https://tersu.uz/struct/view/1000415

Eslatma
! Abituriyentlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bo'yicha qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay'atiga natijalar e'lon qilingan kundan (vaqtdan) boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmuni faqat abituriyentning o‘z ballari haqida bo‘lsagina qabul qilinadi, ammo boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#qabul2025

TerDUda adolat va shaffoflik asosida kasbiy (ijodiy) imtihonlar tashkil etilmoqda

TerDU rektori universitetda o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayonlari bilan tanishdi.

🟢Imtihonlar TerDU kampusi va stadionida so‘ngi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari samarasida, xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan zamonaviy sport maydonlari, kuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkazilmoqda.

A.Toshqulov mas’ullar bilan uchrashuv chog‘ida ta’kidladi: "Adolat – har qanday faoliyatning bosh mezoni bo‘lishi shart. Seleksiya jarayonlari vijdonan amalga oshirilsa, haqiqiy iqtidorlar saralanadi. Biz bilim va layoqatga tayanadigan, yangi O‘zbekistonning fidoiy yoshlarini tanlashimiz kerak."

🟢 TerDU jamoasi bu talablarni amalda hayotga tatbiq etishda davom etadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Dolzarb90Kun

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Qabul_2025
#Kasbiy_imtihon_natijalari

🗣 Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bilan tanishing!

Termiz davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun 7-iyul kuni o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi.

Quyidagi havola orqali imtihon natijalarini yuklab olishingiz mumkin:

🟢60210400 - Dizayn: milliy kostyum 1-guruh, YUKLAB OLISH;

🟢60210400 - Dizayn: milliy kostyum 2-guruh, YUKLAB OLISH;

🟢61010200 - Sport faoliyati (kurash) 1-guruh, YUKLAB OLISH;

🟢61010200 - Sport faoliyati (kurash) 2-guruh, YUKLAB OLISH;

🟢61010200 - Sport faoliyati (yengil atletika) 1-guruh, YUKLAB OLISH;

Sayt orqali yuklash: https://tersu.uz/struct/view/1000415

Eslatma
! Abituriyentlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bo'yicha qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay'atiga natijalar e'lon qilingan kundan (vaqtdan) boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmuni faqat abituriyentning o‘z ballari haqida bo‘lsagina qabul qilinadi, ammo boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#bitiruvchi #TerDU

🎓TerDUda diplom topshirish haftaligiga start berildi

🟢Noan’anaviy tarzda tashkil etilgan diplom topshirish marosimida TerDUning Yuridik fakulteti hamda Kimyo fakulteti talabalari ishtirok etdi

🟢Samimiy muloqotlarda farzand tarbiyasi yo‘lida ibrat ko‘rsatgan ota-onalarga ehtirom ko‘rsatildi, esdalik uchun suratlarga tushildi. Hatto yuridik fakultetini tamomlayotgan andijonlik bitiruvchining o‘n besh nafar qarindoshlari bilan alohida suratga tushildi.

🟢Ayniqsa, talabalarga Erkin A’zamning "Gonoluluga elchi" kitobining sovg‘a qilinishi ularning kitob javonini yana bir shoh asar bilan boyitish barobarida 2054-yil nishonlanadigan universitetimizning 100 yilligi tadbirlariga taklifnoma ekanligi ularga universitet professor-o‘qituvchilarning mehrini, shogirdining kelajagiga bo‘lgan daxldorligini namoyon etdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Qabul2025 #Ijodiy_imtihonlar

TerDUda ijodiy va kasbiy imtihonlar boshlandi!

7–15-iyul kunlari Termiz davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda!

Ma’lumot o‘rnida ta’lim yo‘nalishlari va guruhlar bo‘yicha imtihonlar mazkur jadval asosida tashkil etiladi.

Bundan tashqari imtihon jarayonlarini quyidagi havola orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.
http://imtihon.tersu.uz

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟦🟦🟦🟦🟦

Termiz davlat universitetida xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim uchrashuv

TerDU Axborot texnologiyalari fakulteti tashabbusi bilan Muzrabod tumanida ochiq eshiklar kuni va mehnat yarmarkasi tadbiri tashkil etildi.

Ilm va tahlil maydoni — “TerDU xabarlari”ning yangi sonini ushbu havola journals.tersu.uz/ orqali yuklab olishingiz mumkin!

TerDU va Malayziyaning Utara universiteti (QS reytingida 491-o‘rin, THE 401–500) o'rtasidagi hamkorlik aloqalari ko'lami kengaymoqda.

TerDU va Malayziya universiteti o'rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Sho‘rchi tumani – Dolzarb 90 kun

TerDUda universitet Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Sherobod tumani – Dolzarb 90 kun

Toshkent shahrida matbuot kotiblari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursi bo'lib o'tdi

''Dolzarb 90 kun'' loyihasi doirasida to‘garaklar faoliyati tashkil etildi

Termiz davlat universiteti ijodiy imtihonlarga tayyor!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Qabul2025 #Ijodiy_imtihonlar

Termiz davlat universiteti ijodiy imtihonlarga tayyor!

🏛Termiz davlat universitetida 2025/2026-oʻquv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladigan hududlarda belgilangan meʼyor talablari asosida tayyorgarlik ishlari yakunlanib, abituriyentlarga barcha shart-sharoitlar yaratildi.

🔗 Imtihonlar bo‘lib o‘tish vaqti, hududi, guruh nomi hamda imtihon jarayonlarida ishtirok etish tartibi haqida ushbu havola orqali bilib oling: /channel/terdu340/33340

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Mutolaa

🔶 Hikoya: Anor
✏️Abdulla Qahhorning "Anor" hikoyalar to‘plamidan
🕖 Davomiyligi: 09:29

🎧 Hikoya audiosini Dilbar Boboqulova o‘qidi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Qabul_2025
#Kasbiy_imtihon_natijalari

🗣 Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bilan tanishing!

Termiz davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun 10-iyul kuni o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi.

Quyidagi havola orqali imtihon natijalarini yuklab olishingiz mumkin:

60320100 - Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) ta'lim yo‘nalishi 3-guruh. YUKLAB OLSIH;

60211700 - Xalq ijodiyoti folklor va etnografiya ta'lim yo‘nalishi 1-guruh. YUKLAB OLSIH;

61010200 - Sport faoliyati (erkin kurash) ta'lim yo‘nalishi 1-guruh. YUKLAB OLSIH;

61010200 - Sport faoliyati (og‘ir atletika) ta'lim yo‘nalishi 1-guruh. YUKLAB OLSIH;

61010200 - Sport faoliyati (voleybol) ta'lim yo‘nalishi 1-guruh. YUKLAB OLSIH;

61010200 - Sport faoliyati (voleybol) ta'lim yo‘nalishi 2-guruh. YUKLAB OLSIH;

Sayt orqali yuklash: https://tersu.uz/struct/view/1000415

Eslatma
! Abituriyentlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bo'yicha qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay'atiga natijalar e'lon qilingan kundan (vaqtdan) boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmuni faqat abituriyentning o‘z ballari haqida bo‘lsagina qabul qilinadi, ammo boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🏛TerDUda diplom topshirish haftaligi — hayajonlarga boy, faxrli onlar!

Termiz davlat universitetida 2025–2026 o‘quv yili bitiruvchilarining hayotidagi muhim bosqichlardan biri — diplom topshirish marosimlari davom etmoqda.

➡️Bu yil: 12 ta fakultet va 1 ta magistratura mutaxassisligini jami
👨‍🎓 4944 nafar talabamiz ta’limni muvaffaqiyatli yakunladi.

🟢Kunduzgi ta’lim: 2008 nafar
🟢Sirtqi ta’lim: 2841 nafar
🟢 95 nafar bitiruvchi imtiyozli diplom sohibiga aylandi. E’tiborli tomoni shundaki, bitiruvchilarimizning:
61% IT, IELTS, milliy sertifikatlar, shuningdek biznes boshlash, hunarmandchilik, pazandalik va xizmatlar ko‘rsatish sohalarida huquqiy hujjatlarga ega.
68% bitiruvchi esa muqarrar ish joyiga ega bo‘lgan holda katta hayot sari qadam tashlamoqda.

🎆 Diplom topshirish marosimlari esa, har bir bitiruvchining hayotida unutilmas sahifa sifatida muhrlandi. Ustozlar duosi, tarbiyaga boy nutqlar va ko‘zlardan oqqan shodlik yoshlari — bularning barchasi TerDUning muqaddas dargohligi-yu imkoniyatlar beshigi ekanligini amalda namoyon etdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#kun_hikmati

Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil bo‘lsa holati o‘zgaradi, holati o‘zgarsa a’zolarning amali o‘zgaradi. Bas, amal holatga, holat ilmga, ilm fikrga tobedir.

✍️Imom G‘azzoliy

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj |TerDUda «Dolzarb 90 kun» yoshlarning yozgi ta‘til kunlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlar

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#bitiruvchi2025 #TerDU

📸 Termiz davlat universitetida bitiruvchilarga diplom topshirish haftaligi doirasidagi tadbirlardan fotoreportaj

Tantanali marosimlar fakultetlar kesimida tashkil etilmoqda
.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

TerDU bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi oldi jarayonlar...

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#talabaga_qulaylik

Talabalarga grantlar taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi amalda!

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʼgʼrisidagi nizom” tasdiqlandi. Mazkur qarorda talabalarga ajratiladigan davlat grantlarini adolatli va shaffof taqsimlash, oʼqishda yuqori koʼrsatkichlarga ega talabalarni ragʼbatlantirish, grant mablagʼlaridan maqsadli va samarali foydalanishning aniq mexanizmi belgilandi.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 16-maydagi 186-sonli buyrugʼi bilan oliy taʼlim muassasalarida talabalarning Ijtimoiy faollik indeksini joriy etish boʼyicha metodik talablar belgilandi.

Mazkur qaror va buyruq ijrosini taʼminlash maqsadida Termiz davlat universitetida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, talabalarning ijtimoiy faolligi va oʼquvdagi yutuqlarini baholash hamda grantlar taqsimotini shaffof tashkil etish uchun maxsus elektron platforma — grant.tersu.uz ishlab chiqildi.

Grant ajratilishi yoki qayta taqsimlanishi uchun talabalar 2025-yil 20-iyulgacha platformadan roʼyxatdan oʼtib, elektron ariza va tegishli hujjatlarni topshirishlari lozim. Аrizalar maxsus tuzilgan komissiyalar tomonidan koʼrib chiqiladi va natijalar belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#№40
#Himoya_2025

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti Milliy libos, kashtachilik, to'qimachilik kafedrasi katta o'qituvchisi Raximqulova Sarvinoz Abdurashid qizi Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi  Ilmiy kengashda "Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni " ixtisosligidan “Milliy kostyum bo’yicha ma’lumotlarni tizimlashtirish va dekorativ elementlarni qo’llash usullarini takomillashtirish (Surxondaryo liboslari misolida)” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Raximqulova Sarvinoz Abdurashid qizini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

📽 Quyidagi videolavha orqali Tеrmiz davlat universitetida tashkil etilgan diplom topshirish marosimidagi unutilmas jarayonlarga guvoh bo'ling.

Hafta davomida fakultetlar kesimida diplom topshirish marosimlari davom etadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

⚡️⚡️Magistraturaga qabul boshlandi

Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

👉Sertifikatlar ro‘yxati

#Qabul2025 #Magistratura

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

#Qabul_2025 #Kasbiy_ijodiy_imtihon

🗣 Termiz davlat universitetida 7-15-iyul kunlari oʻtkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning manzili, guruhi, sanasi, vaqti bilan tanishing!

🟢Dizayn (milliy kostyum)
🟢Rangtasvir (dastgohli)
🟢Amaliy san’at (badiiy kulolchilik)
🟢Dizayn: kompyuter grafikasi va badiiy foto
🟢Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik)
🟢Cholgʻu ijrochiligi (rubob prima, qashqar va afgʻon rubobi)
🟢Xalq ijodiyoti (folklor va etnografiya)
🟢Jurnalistika (faoliyat turlari boʻyicha)
📍Manzil: 37.2319033,67.2880272,360m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352da6b0f82173:0xce5acbd6b7550acb!8m2!3d37.2317828!4d67.2884525!16s%2Fg%2F11t0s_5hbc?entry=ttu">Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti o‘quv binosi

🟢Sport faoliyati (kurash)
🟢Sport faoliyati (dzyudo)
🟢Sport faoliyati (boks)
🟢Adaptiv jismoniy tarbiya va sport
🟢Sport faoliyati (erkin kurash)
🟢Sport faoliyati (ogʻir atletika)
📍Manzil: 37.2333952,67.2877795,254m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352dfe5155b759:0x5b08afb1c3af4df9!8m2!3d37.2340057!4d67.2871618!16s%2Fg%2F11c4cz68mt?entry=ttu">Termiz davlat universiteti kurash va boks zali

🟢Sport faoliyati (yengil atletika)
🟢Sport faoliyati (futbol)
📍Manzil: 37.2319033,67.2880272,360m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352d53eb689c81:0x3a5f57b58824f494!8m2!3d37.2320035!4d67.2876982!16s%2Fg%2F11t2c697hv?entry=ttu">Termiz davlat universiteti stadioni

🟢Sport faoliyati (voleybol)
🟢Sport faoliyati gandbol (qo‘l to‘pi)
🟢Sport faoliyati (basketbol)
📍Manzil: 37.2321565,67.2881607,180m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352deb988afc23:0x4a66157cdf2a061c!8m2!3d37.2323812!4d67.2881699!16s%2Fg%2F11t0s_5rmz?entry=ttu">Termiz davlat universiteti sport zali

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning UMUMIY JADVALI (dasturi)
Ta’lim yoʻnalishlari va guruhlar kesimida.

⁉️Eslatma: Abituriyentlardan imtihon bo‘ladigan binoga belgilangan vaqtdan bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) asl nusxasi hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi so‘raladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

Xo‘jamayxona darasida zamonaviy turizm markazi qurilishiga start berildi

Surxondaryo viloyatida ekoturizmni rivojlantirish maqsadida Xo‘jamayxona darasida zamonaviy turizm markazini tashkil etish ishlari boshlandi.

Prezidentimiz qaroriga asosan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida zip-layn, kapsulali uylar, "hiking", "hard trekking", 5 kilometrli velo va piyodalar yo‘laklari kabi infratuzilma elementlari barpo etiladi.

Yangi turizm markazi tabiat qo‘ynidagi sayr va ekstremal turlarni yo‘lga qo‘yish, shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🟦🟦🟦 🟦🟦

Fanlardan akademik qarzdor talabalar diqqatiga (kunduzgi 2 va 3-kurslar, sirtqi barcha kurslar, 2-OT barcha kurslar, kechki barcha kurslar) hamda fanlar farqi bo‘yicha, Fanlarni o‘zlashtirish uchun yozgi semestr o‘quv jarayonlari joriy yilning 15-iyul sanasidan boshlanadi.
Yozgi semestrda ishtirok etish tartibi:

🟢 Yozgi semestrda o‘qish istagini bildirgan talabalar avval kontrakt.edu.uz platformasidan kredit modul shartnomalarini shakllantirish;
🟢 Shartnomada ko‘rsatilgan kredit bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish;
🟢 Joriy yilning 15-iyul kuniga qadar universitetning qaytaoqish.tersu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tib ariza yuborish;
🟢Shartnoma to'lovini amalga oshirib qaytaoqish.tersu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirganingizdan so‘ng, o‘quv jarayonida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lasiz.

❗️Eslatma:
• Yozgi semestrda o‘qish uchun shartnoma olish va o‘quv jarayonlarida ishtirok etish uchun arizalar yuqorida ko‘rsatilgan platformalar orqali amalga oshiriladi;
• O‘quv jarayonida faol ishtirok etish, mashg‘ulotlarda o‘z vaqtida qatnashish hamda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishingiz lozim.

🔗 qaytaoqish.tersu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish tartibi (https://www.youtube.com/shorts/-zNAScNdDdM) bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: https://www.youtube.com/shorts/-zNAScNdDdM

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
Registrator ofis bo‘limi menejeri
Botirov Davron ☎️ +99899 939 20 22
Registrator ofis bo‘limi bosh mutaxassisi
Mardonov Azizbek ☎️: +99891 976 19 98

📹YouTube (https://www.youtube.com/shorts/-zNAScNdDdM)
qaytaoqish.tersu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish tartibi

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Sabrina Abdiyeva | 33-son

Читать полностью…

TerDU rasmiy kanali

🗣 Termiz davlat universitetida 7-15-iyul kunlari oʻtkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning manzili, guruhi, sanasi, vaqti bilan tanishing!

🟢Dizayn (milliy kostyum)
🟢Rangtasvir (dastgohli)
🟢Amaliy san'at (badiiy kulolchilik)
🟢Dizayn: kompyuter grafikasi va badiiy foto
🟢Vokal san'ati (an'anaviy xonandalik)
🟢Cholg‘u ijrochiligi (rubob prima, qashqar va afg‘on rubobi)
🟢Xalq ijodiyoti (folklor va etnografiya)
🟢Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha)
📍Manzil: 37.2319033,67.2880272,360m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352da6b0f82173:0xce5acbd6b7550acb!8m2!3d37.2317828!4d67.2884525!16s%2Fg%2F11t0s_5hbc?entry=ttu">Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti o‘quv binosi

🟢Sport faoliyati (kurash)
🟢Sport faoliyati (dzyudo)
🟢Sport faoliyati (boks)
🟢Adaptiv jismoniy tarbiya va sport
🟢Sport faoliyati (erkin kurash)
🟢Sport faoliyati (og'ir atletika)
📍Manzil: 37.2333952,67.2877795,254m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352dfe5155b759:0x5b08afb1c3af4df9!8m2!3d37.2340057!4d67.2871618!16s%2Fg%2F11c4cz68mt?entry=ttu">Termiz davlat universiteti kurash va boks zali

🟢Sport faoliyati (yengil atletika)
🟢Sport faoliyati (futbol)
📍Manzil: 37.2319033,67.2880272,360m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352d53eb689c81:0x3a5f57b58824f494!8m2!3d37.2320035!4d67.2876982!16s%2Fg%2F11t2c697hv?entry=ttu">Termiz davlat universiteti stadioni

🟢Sport faoliyati (voleybol)
🟢Sport faoliyati gandbol (qo‘l to‘pi)
🟢Sport faoliyati (basketbol)
📍Manzil: 37.2321565,67.2881607,180m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352deb988afc23:0x4a66157cdf2a061c!8m2!3d37.2323812!4d67.2881699!16s%2Fg%2F11t0s_5rmz?entry=ttu">Termiz davlat universiteti sport zali

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning UMUMIY JADVALI (dasturi)
Ta'lim yo'nalishlari va guruhlar kesimida.