Apgreyd bo'yicha yana bir kichik qadamni bosib o'tdim. Nihoyat, 1000W blok pitaniya, 1TB SSD oldim. Endi C diskim to'lib qolaverishi va bir nechta dasturlar ishlatayotganimda tok yetishmovchiligidan kompyuterim qotib ishlashidan qutulaman)) Hali kompyuterga o'rnatganim yo'q, shu 1-2 kunda kompyuterim bo'shab qolsa, o'rnataman))
1 yilga yaqin vaqt ichida rejalarimdagi apgreydni deyarli to'liq tugalladim (monitor qoldi xolos):
- GTX1660 => RTX4070✅
- 16GB RAM => 32GB RAM✅
- 120GB SSD => 1TB yoki 512GB SSD✅
- 750W PSU => 850 yoki 1000W PSU (blok pitaniya)✅
- Bitta oyog'i singan stul => Gaming kreslo✅
- Ukamni dars qiladigan stoli => kattaroq stol✅
- 1ta 27', 1ta 19' monitor => 3ta 27' monitor.
Va o'z o'rnida keyingi, asosiy apgreyd uchun ham reja tuzib qo'ydim, DDR5ga o'tish va CPUni oxirgi avlodlarga yangilash. Nasib qilsa, apgreydni boshlaganimga 1 yil to'lmasidan bu qadamni ham tashlab olaman))
Aytishlaricha, iWashning instagram akkauntidan ommaviy tark etishlar boshlanib, 50Kdan ortiq odam chiqib ketgan. Shuningdek, iwash profiliga kimgadir ehson qilingani haqidagi video pin qilib qo'yilibdi)
Kecha Troll Uz ishtirokida jonli efirga chiqishgandi. Shunin to'liq varianti qayerda bor, biladiganlar bo'lsa darak beringlar.
Notcoin yig'ish bilan shug'ullanayotganlar bormi? Hozirda Notcoinning pre-market bahosi 10M notcoin uchun 40-70$gacha ekan. 10 Million notcoin yig'ishga sarflanayotgan vaqtinglar shu pulga arziydi, deb hisoblaysizlarmi?
Shuningdek, Notcoinni chindan ham Telegramga aloqasi bor, deb hisoblaysizlarmi/ishonasizlarmi?
Shaxsan o'zim notcoin chiqqanidan boshlab loxotron deb hisoblab kelganman. Juda bo'lmaganda NFT singari vaqtinchalik hayp bo'ladigan narsa deb bilaman.
Shu kunlarda Epstein oroli bilan bog'liq gaplar butun dunyoda trend bo'lmoqda. Agar buni eshitmaganlar bo'lsa, qisqacha aytib bermoqchiman.
Jeffrey Epstein ismli amerikalik iqtisodchi o'z shaxsiy orolida voyaga yetmagan qizlardan iborat fohishaxona tashkil qilgan. Bu orolga dunyodagi judayam boy odamlar, mashxur media vakillari, siyosatchilar "mehmon" bo'lishgani aytilmoqda. Bular orasida sobiq prezident Bill Klinton, fizik olim Stiven Hoking, Hollywoodning juda ko'plab mashxur aktyorlari bor.
MCUda jiddiy o'zgarish bo'ladiganga o'xshayapti.
Bir muddat avval Jonathan Majors ismli aktyor (MCU proyektlarida Kangni gavdalantirgan aktyor) tajovuzkorlikda ayblanayotgani bo'yicha xabarlar tarqalgandi. Shu xabarlar fonidayoq MCUning oldindagi rejalari xavf ostida qoldi, desak bo'ladi.
Bugun bo'lib o'tgan sud majlisida Majors aybdor deb topildi va fevral oyidan boshlab 1 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Xo'sh, bu MCUga qanday tahdid soladi? Marvel muxlislariga ma'lumki, 4-5-6 fazalarga "Multiverse Saga", ya'ni, "Multiolam hikoyasi" nomi berilgan va ushbu fazalar uchun asosiy yovuz qahramon qilib Bosqinchi Kang tanlangan edi. Bosqinchi Kang obrazini "Chumoli Odam: Kvantomania" filmida ko'rishimiz mumkin. Uning multiolamdagi variantlari ham shu kinoda yaxshi ochib berilgan. Shuningdek, uning variantlaridan bo'lgan "He Who Remains" obrazi Loki seriali orqali ko'pchilikka ma'qul kelgandi.
1-2 kun oldin bo'lib o'tgan "The Game Awards" o'yinida "Yil O'yini" nominatsiyasi g'olibi e'lon qilindi.
Nominatsiya g'olibi bu o'rin uchun jiddiy tayyorgarlik ko'rgan "Spider-Man 2" emas, "Baldur's Gate 3" o'yini bo'ldi. O'rgimchak-Odam o'yini syujet tomonlama ham, grafika tomomlama ham juda zo'r chiqqan edi.
"Baldur's Gate 3" o'yini esa, klassik DOTA o'yiniga o'xshashib ketadigan, faqat konsollar uchun chiqarilgan onlayn o'yin ekan. Nimayam derdik, odamlar tanlovi shu bo'libdi, demak.
Lekin GTA 6 chiqadigan yilda boshqa har qanday o'yinlar uchun og'ir kelishi aniq.
Nihoyat, GTA 6 treylari e'lon qilindi va o'yin 2025-yilga rejalashtirilgan ekan:
https://www.youtube.com/watch?v=QdBZY2fkU-0
Assassin's Creed o'yinlariga qiziquvchilar bo'lsa, 6-dekabrgacha Ubisoft Storega kirib, "Assassin's Creed: Syndicate" o'yinini tekinga olib qolishiz mumkin. Aynan shu seriyada o'yin grafika tomonlama eng cho'qqisiga chiqqan vaqti edi. Undan keyingi o'yinlar rasvolashishni boshlagan.
@TheAliBlog
Aytishlaricha, endi OpenAI xizmatlaridan O'zbekistonlik foydalanuvchilar ham cheklovsiz foydalanishlari mumkin. Ya'ni, ChatGPT ishlatish uchun chet el raqamlari emas, o'zimizni raqamlar bilan ham ro'yhatdan o'tsak bo'laverarkan.
Читать полностью…Quidditch Champions video-o'yini haqida.
O'yin qiziqarli, interaktiv, adrenalinga boy tarzda o'tadigan qilib ishlangan. Quidditch qanday o'yinligini bilmaydiganlar bo'lsa, bu Garri Potterning afsungarlik olamidagi eng mashxur sport turi hisoblanadi. Katta stadionda, uchar supurgilar bilan o'ynaladi. Rouling xonimning versiyasiga ko'ra, o'yin mana bunday:
O'yinda 3 xil koptok/shar bor:
- Snitch: kichkinagina, qanotchasi bor, uchib yuradigan sharcha. U tezda ko'zdan g'oyib bo'lib qolishi mumkin. O'yin tugashi uchun sharcha ushlanishi kerak.
- Kvofl: o'zimizni futbol to'pidek keladigan oddiy koptok. O'yinchilar uni bir-biriga oshirib, raqib darvozalari bo'lgan 3ta baland-baland halqalar ichidan o'tkazib gol urishi kerak. Gol urish jamoaga 10 ball olib keladi.
- Bladjer: futbol to'pidan sal kichikroq bo'lgan, katta tezlikda uchib kelib o'yinchilarga zarba beradigan koptok.
Jamoada 7ta o'yinchi bo'ladi (tarjimasiz yozaman): 1ta darvozabon, 3ta Chaser, 2ta Beater, 1ta Seeker. Ularning vazifalari:
- Chaser: Kvofl bilan o'ynab, koptokni bir-biriga oshirib, dushman halqalariga gol urishadi.
-Darvozabon: O'z jamoasining halqalarini himoya qiladigan o'yinchi.
-Beater: beysbol bitasiga o'xshash tayoqlar bilan Bladjerlarga zarba berib, uni raqib o'yinchilariga yo'naltiradi va raqiblariga Bladjer bilan zarba beradi. Ularni o'yindan chalg'itish, halal berish uchun.
Seeker: Snitchni izlaydigan, uni orqasidan quvib ushlashi kerak bo'lgan o'yinchi. Snitchni ushlash jamoaga 150 ball beradi va o'yin tugaydi.
Endi video-o'yinga kelsak, o'yinchilar qisqartirilib, 5taga tushirilgan. 2ta Chaser, 1ta Beater. O'yinchi o'z akkauntida 4ta pozitsiya uchun ham personajlar tayyorlab, ularni yuz-tuzilishi kiyimlarini o'zgartirishi mumkin. O'yin boshlanishidan oldin qaysi pozitsiyada o'ynashni tanlab olishi mumkin. O'yin 5 daqiqa davom etadi. kvofl bilan gol urish 10 ball, snitchni ushlash 30 ball. 5 daqiqa davomida eng ko'p ball olgan jamoa g'olib bo'ladi. Yoki 5 daqiqa tugamasidan oldin qaysidir jamoa 100 ballga chiqib olsa, g'olib bo'ladi. Hamma pozitsiyada o'ynab ko'rdim. Juda zo'r ishlangan.
O'yin grafikasi giper-realistik emas, Fortnite o'yinidagi grafikaga o'xshaydi. Lekin o'yin qiziqarli ekanidan grafika 851-o'ringa chiqib qoladi. Shunaqa gaplar. O'yinning supertestlari tugab, yakuniy reliz bo'lishini kutib qolamiz🫡
@TheAliBlog
Call of Duty, World of Warcraft o'yinlari bilan mashxur bo'lgan Activision Blizzard kompaniyasini va nihoyat Microsoft sotib oldi.
Microsoft o'zining Xbox o'yin konsolini rivojlantirish maqsadida katta qadamlar tashlamoqda.
@TheAliBlog
Bir necha kun oldin Assassin's Creed Mirage video-o'yini ommaga reliz qilindi. O'yin voqealari 9-asrdagi Bag'dod shahrida bo'lib o'tadi.
O'yinda masjidlar, azon ovozlari, hattoki namoz o'qiyotgan NPClarni uchratish mumkin. Lekin o'yinni o'zini bir tiyinga qimmat, desa ham bo'laveradi.
Yodingizda bo'lsa, Valhalla chiqqanidayoq AC seriyalari bitta qolipga tushib qolgani, Origins, Odyssey bilan har tomonlama o'xshashligi haqida yozgandim. Shu sababli ham o'yinni sotib olmaganman va o'ynab ham ko'rmaganman. (Tepadagi fikrga kelish uchun strimlardan parchalar yetarli bo'lgan).
O'yinni narxi yangi avlod AAA o'yinlari narxida bo'lib yotibdi: $50. Lekin grafikasi juda rasvo. Bu grafikani PS3 ham qiynalmay ko'tara olsa kerak, deb o'ylab qoladi odam. Undan tashqari jang qilish animatsiyalari, parkurlar ham juda achinarli ahvolda.
Syndicate o'yinidan keyin bu seriyani to'xtatilgan, deb hisoblasak ham bo'laveradi.
Aytgancha, hozirda video-o'yinlarga pul sarflamay turibman. Kelasi oyda bo'ladigan "Black Friday" aksiyasida video-o'yinlarga ham katta chegirmalar beriladi. O'shanda qoplab olib qo'yamiz))
Xullas, o'tgan kuni Falastinning Hamas sektori Isroil tortib olgab yerlarni qaytarib olish uchun hujum uyushtirdi. Buni tushunsa bo'ladi. Lekin buni oqibatida Isroilning tinch aholisi ham qurbon bo'lganini oqlab bo'lmaydi, albatta.
Bu mavzu haqida gap borganda, jahon mamlakatlari Isroil-Falastin mavzusida yo favoritlar o'yini qilayotgani, yoki Islomofobiya bo'layotganini sezdirishyapti. Tushuntiraman.
O'tgan yillarda Isroil Falastinga hujum qildi, tinch aholini quvib chiqardi, qiynoqqa soldi, o'ziga tegishli bo'lmagan hududlarni tortib oldi. Bu voqeaga nisbatan jahondagi gigant davlatlar teskari qarab turishdi. Ko'rmaganga olishdi. O'tgan kuni bo'lgan hujumdan keyin darrov ko'plab davlatlar Isroilni yonini olib chiqishdi, o'zini himoya qilish uchun har qanday chora ko'rishi mumkinligini yoqlab chiqishdi ham.
Eng hayron qoldirgani Zelenskiy ham shu mavzuda Isroil har qanday chora ko'rsa ham haq bo'lishi haqida munosabat berdi. Lekin chetdan qarasak, Isroil-Falastin urushi qaysidir ma'noda Rossiya-Ukraina urushiga ham o'xshardi. Rossiya Ukraina yerlarini tortib olish uchun hujum qildi, biz Ukraina taraf bo'ldik. Ukraina o'zini himoya qilish uchun hujum qilganda ham, Moskvaga portlovchi dronlarni yuborganda ham Ukraina tarafda bo'ldik. Chunki buyerda Rossiya bosqinchilik qilayotgan edi. Lekin ne ajabki, Ukrainaning o'zi himoyada turgan Falastinni emas, bosqinchilik qilayotgan Isroil yonini olmoqda. Bu bilan Zelenskiyni obro'si bir tiyin bo'ldi, desak ham bo'laveradi.
Kecha, 5-oktyabrdan boshlab Loki serialining 2-mavsumiga start berildi. Nihoyat, Marveldan navbatdagi shedevr, katta byudjetli serialni ko'ramiz.
@TheAliBlog
Anavi iWash degan moykachi blogger "chet el mashinalarini opkelib arzonga sotsak xalq mazza qilyapti, lekin avtosanoatimizga bolta urmasligimiz kerak" degan gapi tarqalganidan keyin Mufasa degan blogger uni UzAutoMotorsdan soqqa olganligi haqidagi shartnoma nusxasini ko'rsatdi)) Endi qaysidir podkastga chiqib, o'zini oqlash uchun yanada dolbayobona fikrlarni ilgari surgan emish. Podkastlar ko'payib, shunaqalar aslida kim ekani yuzaga chiqib qolyapti))
Adashmasam, UzAvtoMotors tarmoqlarida 10-15 mingta odam ishlaydi umumiy. Ya'ni, 36 mln xalqni erkin avtomobil xarididan to'sib turuvchi bu monopoliyani tarqatvormaslik uchun shu 10-15 mingta odamning non topishi sabab qilib ko'rsatiladi ko'pincha.
Bilayn kompaniyasi bir necha oydan beri arzon ta'riflarida "resurslarni oshirish bahonasi" bilan abonent to'lovini doimiy oshirib kelmoqda.
Men foydalanadigan "Yana Bitta" ta'rifiga birinchi ulanganimda, oylik to'lovi 23 ming edi. Umuman olganda, arzonligi uchun ulangan edim. Va buni sekin-sekin oshirib borib, mana, aprel oyidan abonent to'lovi 35 ming so'm bo'lar ekan. Eng qizig'i, Bilaynda bu narxdagidan arzon ta'rif qolmagan. Hatto "konstruktor" ta'rifi ham shunaqa bosqichma-bosqich narxi oshirib qo'yilgan.
Modem uchun ishlatadigan simkartamda esa, bir necha oydan beri Bilayndan oqilona foydalanib kelmoqdaman)) Bu simkarta faqat va faqat internet uchun ishlatiladi, undan sms/qo'ng'iroqlar umuman foydalanilmaydi. Xullas, u raqamga Dekabr oyidan beri abonent to'lovi to'lanmagan. Lekin shunda ham agar internet paket bo'lsa, internet ishlatish mumkin ekan.
Internetni ham salkam cheksiz qilib olganman. "Juma takliflari"dagi "kunlik 100GB" xizmati aslida 1 kun emas, 2 kun ishlashini bilarmidingiz? Masalan, xizmatni juma kuni yoqsangiz, 100GBni siz shanba kuni 23:59gacha ishlatishingiz mumkin. Agar yakshanba 00:00da hisobingizga 7 ming so'm tushirsangiz, xizmat avtomatik uzaytirilib, yakshanba-dushanba kunlari yana 100GBni ishlatishingiz mumkin. Shunday tartibda 105 ming so'm evaziga 1 oy mobaynida 1,5TB internetdan foydalanishingiz mumkin. Xizmatni nomi "kunlik" bo'lgani sabab, agar xizmatni Juma kuni yoqsangizu, shanba kuni balansingizda kamida 7 ming so'm bo'lsa, shanba kuni 7 mingni yechvolib, qaytadan 100GB beradi va bu ketishda 1 oyda 210 ming so'm ishlatib qo'yasiz. Shu sabab balansda kamroq pul bo'lishi va har 2 kunda 7 ming so'mga to'ldirilishi kerak.
Aslida xizmat narxi boshida 5 ming edi, yaqindan boshlab 7 ming qilib qo'yishdi.
Shunday qilib, salkam 3-4 oydan beri abonent to'lovi to'lamasdan, oyiga 105 ming ishlatib, 1.5TB internetdan foydalanib kelyapman))
Bahorning ilk kuniga ham yetib keldik nihoyat. Kanalga nimadirlar yozishga vaqt bo'lmadi to'g'risi))
Qish qattiq kelmaganidan xursandman. Qiynalmasdan qishlab oldik bu yil.
Aytmoqchimanki, Majors ijrosidagi yovuzlar hozirgacha bo'lgan proyektlarda zo'r ochib berilgan va Kang bilan asosiy jang 2026-yilda "Avengers: Kang Dynasty" filmida bo'lib o'tishi kerak edi. Bugungi sud qaroridan keyin Marvel Majorsni bo'shatib yuboribdi. Endi Kangni boshqa aktyor gavdalantiradimi yoki voqealar rivoji o'zgarib, asosiy yovuz qahramon o'zgartiriladimi? Ikkala variant ham ko'plab muxlislarning e'tirozlariga sabab bo'lishi aniq. Chunki Majorsning ijrosi shu qadar zo'r chiqqanki, u qahramonlarni boshqa aktyor talqinida tasavvur qilib bo'lmaydi endi.
Xo'sh, Marvel endi qanday yo'l tutadi? Majors qamoqdan chiqqunigacha asosiy proyektlarini kechiktirib turarmikin? Kuzatishda davom etamiz.
Lady Ballers
Shu haftaning boshida "Daily Wire" tarmog'i tomonidan ishlangan "Lady Ballers" filmi ko'plab muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Film komediya janrida bo'lib, hozirgi g'arbning "woke" mafkurasini tanqid ostiga oladi.
Woke mafkura deganda bu inson agar o'zini ayol deb his qilsa, demak u ayol kishi bo'lishga haqli va uni jinsini birov tanqid qilishga, behurmat qilishga haqqi yo'q, qabilidagi qarashni tushunish mumkin. Qisqacha aytganda, LGBTning pro max versiyasi))
Lady Ballers filmi aynan shu qarashni tanqid qiladi. Bir qancha sportchi erkaklar birlashib, o'zlari ayol ekaniga da'vo qilishib, ayollar sportida qatnashishadi va tabiiyki, ayollarga qarshi osongina g'alaba qozonishadi.
Filmda bir qancha "anti-woke" aktivistlarni ham uchratish mumkin. Jumladan, Ben Shapiro, Matt Walsh va Brett Cooper.
Filmni ko'rishni tavsiya qilaman.
GTA 6 treyleri 24 soat ichida 90 milliondan ortiq marta ko'rildi va 1 sutkada prosmotr to'plash bo'yicha rekordni yangiladi.
Bungacha 1 sutkada eng ko'p ko'rilgan (musiqa bo'lmagan) video Mr Beastning dengizda yashash videosi (67M) edi.
Yahudiylardan qo'rqadigan, yahudiylar qo'g'irchog'i bo'lgan gigant korporatsiyalar haqida.
Shu kunlarda Elon Maskning "go fuck yourself" intervyusi trendga chiqdi. Balki siz ham ko'rgandirsiz. Lekin intervyuda reklama beruvchilariga bunday deyishiga nima sabab bo'ldi?
Tahminan 2 haftacha oldin twitter foydalanuvchilaridan biri "yahudiylar oq tanlilarni yomon ko'radi" qabilidagi uzun maqola yozadi. Elon Mask bu twitga "Judayam to'g'ri😂" deb javob yozadi. Va mana shu javobining o'zi uni antisemitist deb qabul qilinishiga sababchi bo'ladi. O'sha kundan boshlab bir qancha gigant kompaniyalar Twitterda reklama berishni birin-ketin to'xtata boshlaydi. Bular orasida Disney, Apple, LionsGate, IBM, Sony, Warner Bros, Paramount va yana bir qator kompaniyalar bor.
"New York Times" sammitida boshlovchi undan reklama berishga boykot bo'layotgani haqidagi fikrlarini so'raganda, Elon Mask shunday deydi:
"To'xtatishinglar mumkin. Reklama bermanglar. Menga reklama bo'yicha, pul bo'yicha tahdid qilyapsizlarmi? Go fuck yourself (bu jumlani "chiqqan joyinglarga kirib ketinglar" deb tarjima qilish mumkin). GO FUCK YOURSELF. Salom, Bob! (Disney CEOsi Robert Iger nazarda tutilgan).
Shuningdek, intervyu davomida Elon Mask shunday deydi:
- Ular reklama berishdan bosh tortishlari menga emas, kompaniyaga ziyon keltiryapti. Ular kompaniyani (twitterni) o'ldirishyapti. Va butun dunyo bu kompaniyani ana shu reklama beruvchilar o'ldirganini bilib olishadi. Bularni bari mayda detallarigacha hujjatlashtirib qo'yamiz.
Boshlovchi:
- Lekin ular aytishi mumkinku, kompaniyani biz o'ldirmadik, siz platformada nomaqbul gaplar yozganingiz uchun platformada o'zimizni noqulay his qila boshladik, deb.
Elon Mask:
- Buni Yer aholisiga aytishsin. Ular bunga qanday javob qaytarishini ko'ramiz.
Shunday qilib, Elon Mask masalasida barcha gigant kompaniyalar yahudiylarni qo'g'irchog'i ekani, ularga zarracha bo'lsada yomon gap bo'lishidan qo'rqishlarini butun dunyo ko'rib turibdi.
Birgina tvit yozib Bitcoin narxini o'ynatib yuborish kuchiga ega bo'lgan Elon Mask bu masalada qanday chora ko'radi, gigant kompaniyalar endi nima qiladi, davomini jim kuzatamiz.
Agar video-o'yin sotib olishga qiziqib turganlar bo'lsa, hozir ayni vaqti. Steam va Epic Gamesda "Black Friday" aksiyasi boshlangan va 28-noyabrgacha davom etadi. O'yinlar ko'lami jihatidan Steamda ko'proq o'yinlarga chegirmalar bo'lmoqda. Lekin Epic Gamesda chegirmadan tashqari yana 30% chegirma beruvchi kupon ham beriladi. Ya'ni, o'zi chegirmada turgan o'yinni yana 30% arzonroq olishingiz mumkin.
Читать полностью…Uzoq vaqtli tanaffusdan keyin yaxshi yangilik bilan qaytdim)) Rockstar Games kompaniyasi nihoyat GTA 6 haqida so'z ochdi. O'yinning birinchi treyleri Dekabr oyida e'lon qilinar ekan. Katta ehtimol bilan o'yinni kelasi yil oxiriga o'ynash imkoniyatiga ega bo'lsak kerak.
GTA 6 o'yini video-o'yinlar sanoatini yanada yangi darajaga olib chiqishi kutilmoqda. GTA V va RDR2 video-o'yinlarining o'ziyoq video-o'yinlar rivojlanishida katta iz qoldirgan edi. Yangi kutilayotgan o'yin ham har tomonlama oldingi o'yinlardan murakkabroq bo'lishiga umid qilamiz.
Qisqacha tushuntirsam, Ukraina o'z yerini himoya qilish uchun Rossiyaga hujum qilsa, Ukraina oppoq, Falastin o'z yerini himoya qilish uchun Isroilga hujum qilsa, Falastin terrorchilik harati sodir etyapti ekan.
Читать полностью…Vakansiya faqat offlayn ishlash uchun ekan. Taklif etilayotgan maosh (10-15mln oralig'ida) esa, Toshkentga borib ishlashim uchun kamlik qiladi😑 O'zi hali tanlov natijalari e'lon qilinmadi, lekin top20likka kira olgan taqdirimda ham, tanlovni qolganida ishtirok eta olmayman demak.
Читать полностью…