thedailyuz | Unsorted

Telegram-канал thedailyuz - THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

-

THE DAILY UZ ONLINE BIZNES JURNAL. Biznes olami haqidagi online Jurnal Biznesmenlar hayoti va tavsiyalari haqida. Talab va takliflar uchun: @rosemediapro

Subscribe to a channel

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️Endi TikTok Oʻzbekistonda soliq toʻlaydi

TikTok PTE LTD kompaniyasi (Singapur) Oʻzbekistonda soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtdi. Bu haqda Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasida keltirib o‘tilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Oʻzbekistonda 2021-yil yozida TikTok, Twitter, Skype, WeChat va Vkontakte tarmoqlariga cheklov qoʻyilgandi. Bunga “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan 27-1-modda sabab boʻlgandi. Unga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsiga doir maʼlumotlar jisman Oʻzbekiston hududida joylashgan serverlarda saqlanishi belgilangan.

Bu talabni ayni paytgacha birorta global ijtimoiy tarmoq bajargani maʼlum emas. 2021-yilning 3-noyabrida Telegram, YouTube, Instagram, Facebook va Odnoklassniki tarmoqlariga ham toʻsiq qoʻyilgan va bu katta rezonansni keltirib chiqargan edi. Natijada toʻsiq shu kunning oʻzida olib tashlanib, qator mansabdorlar ishdan olingandi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️O‘zbekistonga 9 oyda tijorat maqsadida qancha chet ellik kelgan ?

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida 42,6 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

O‘zbekistonga 9 oyda tijorat maqsadida tashrif buyurgan eng ko‘p davlatlar fuqarolari:

Turkmaniston — 25,5 ming nafar;

Tojikiston – 10,4 ming nafar;

Afg‘oniston – 1,3 ming nafar;

Turkiya – 0,8 ming nafar;

Xitoy – 0,7 ming nafar.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal !

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️Operatsion tizimdagi xatoliklar tufayli iPhone 15 smartfonlari tez qizib ketmoqda

Mijozlar telefon qo‘ng‘iroqlari, video chatlar yoki o‘yinlar paytida iPhone 15 smartfoni qizib ketishidan shikoyat qilishmoqda. Agar smartfon ham zaryad olayotgan bo‘lsa, muammo yanada yomonlashadi. Foydalanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, telefonlar shunchalik qizib ketganki, ularni korpussiz ushlab bo‘lmaydi.

Apple kompaniyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya yangi iPhone 15 kutilganidan ko‘proq qizib ketishining bir qancha sabablarini aniqlagan. Uning aytishicha, kompaniya mobil operatsion tizimning keyingi yangilanishida tuzatiladigan xatolikni aniqlagan.

Shuningdek, ortiqcha yuklanuvchi ilovalar ham bunga sabab bo‘lishini ko‘rsatgan. Apple’ning qo‘llab-quvvatlash sahifasida aytilishicha, agar smartfon haddan tashqari qizib ketsa, ichki komponentlar uchun himoya faollashadi, bu esa haroratni tartibga solish imkonini beradi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal !

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️Isroil va Falastin urushida necha nafar jurnalist halok bo‘lgan ?

Ma'lumotlarga ko'ra, o‘tgan hafta holatiga ko‘ra, “Xalqaro jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi” tomonidan o‘lganligi tasdiqlangan 21 nafar jurnalistdan 17 nafari falastinlik, uch nafari isroillik va bir nafari livanlik bo‘lgani aniqlangan. Shuningdek, sakkiz nafar jurnalist yaralangani, uch nafari bedarak yo‘qolgani yoki hibsga olingani xabar qilingan.

“Xalqaro jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi” jurnalistlar inqiroz davrida muhim ishlarni bajaradigan tinch aholi ekanligi va urushayotgan taraflar tomonidan nishonga olinmasligi kerakligini ta’kidlagan. Halok bo‘lganlar ro‘yxatida xalqaro va mahalliy OAVlarning muxbirlari ham mavjud. Qurbonlar orasida Sovt al-Asra radiosi jurnalisti Ahmad Shehab ham bor. Shehab 12-oktyabr kuni Isroilning G‘azo sektori shimolidagi uyiga berilgan havo hujumida xotini va uch farzandi bilan birga halok bo‘lgan.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal !

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡Izroil HAMAS ga qarshi ochgan urushni qachon to'xtatadi?

Isroil va Falastin o‘rtasidagi urush Hamas guruhining jangchilari qurollarini tashlab, garovga olinganlarni ozod qilsa va taslim bo‘lsagina, “o‘t ochishlarsiz” yakunlanishi mumkin. Bu haqda Isroilning BMTdagi elchisi Gilad Erdan ma’lum qildi.

Diplomat hozirgi mojaroni BMT uchun burilish nuqtasi deb atadi va ayrim rezolyutsiyalarida Falastinni qo‘llab-quvvatlagan tashkilotning “xatolarini” keltirdi. Uning ta’kidlashicha, xalqaro hamjamiyat G‘azo sektoriga milliardlab dollar jo‘natgan, ammo bularning barchasi Xamasga ketgan. Erdan Hamas Isroilni “yo‘q qilish” maqsadida ekanini da’vo qilib, Isroil G‘azodan chiqib ketganidan keyin ham, guruhning pozitsiyasi o‘zgarmasligini aytdi: Hamas motivatsiyasini hech narsa o‘zgartira olmaydi”.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal !

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Fil Nayt – Dunyoning eng boy kishilari ro'yxatida 22-o'rinni egallagan inson.( Forbes talqiniga ko'ra)

– Nayt Nike kompnaiyasini 0 dan boshlab o'zi mustaqil rivojlantirgan. U bir qancha raqobatlarga bardosh berib hozirda dunyoning yetakchi kompaniyasini vujudga kelishida sababchi bo'ldi.

🔝Hozirda uning boylik hisobi $33 milliard ga teng.

👉 @TheDailyuz #TheBusiness

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Ilon Mask yangi marrani o'rnatdi:

U bir kunda rekord darajada 25 milliard dollar ishlab topdi.

— Bloomberg Billionaires Index ma'lumotlariga ko'ra, Tesla Inc kompaniyasining aksiyalari seshanba kuni 20 foizga o‘sidi va bu so'nggi bir yildagi eng katta yutuq bo‘ldi.
Milliarder asoschisining boyligini 174 milliard dollarga yetdi.
Musk Bloomberg boylik indeksida birinchi o'rin uchun Bezos bilan kurashmoqda.
Endi bu ikki gigant milliarderlar boyligi bir-biridan 6 milliard farq qilmoqda.

👉 @TheDailyuz#TheNews

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

📺 You Tube da endi daromad solig'i solinishi mumkin.

Shu yilning iyun oyidan boshlab YouTube mamlakatdan tashqarida yashovchi mualliflarning daromadlaridan AQSh soliqlarini ushlab qolishni boshlashi mumkin - agar ular daromadlari to'g'risida hisobot bermasa, to'lovlarning 24 foizigacha ham ushlab qolinilishi mumkin.

— Shuningdek, Qo'shma Shtatlar Rossiya bilan ikki tomonlama soliqqa tortilmaslik to'g'risida kelishuvga ega.

P.s: Bu ko'pchilik You Tube bloggerlarga yoqmasa kerak. Menimcha norozichiliklar ham ko'payishi mumkin.

👉 @TheDailyuz#TheNews

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Mary Barra – General Motors (GM) amaldagi raisi va CEOsi.

• AQSHda 1961-yil, Michigan shtatida tug'ilgan.
• 2014–yil, 15–yanvardan beri General Motors Company da CEO lavozimida ishlaydi.
• Kettering Universiteti hamda Stanford Universiteti talabasi.
• Studentlik davrida 1980-yilda GM zavodiga ish o'rganuvchi sifatida ishga kiradi. ( 18 yosh )
• 2013–yilda Forbes nashri tomonidan "Yilning eng kuchli ayoli" nomzodi bo'lgan.
• 2014–yilda "Eng boy ayol" nominatsiyasi g'olibasi bo'lgan.

🔝 Chevrolet Camaro va Pontiac Firebird mashinalarini o'z eridan ham ko'proq yaxshi ko'rishini aytgan )

•2019–yil hisobiga ko'ra Mary Barraning boylik qiymati $21.6 mlrd ga teng.

P.s. Eng qiziq joyi shundaki, ko'pchilik ayollar erlarining familiyasiga o'tishsa, bu ayolning eri xotini familiyasiga o'tgan ekan:)
"Конец".

👉 @TheDailyuz#TheWoman

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

📍Muzqaymoq biznesiga COVID-19 PANDEMIYA ta'siri.

– Pandemiyada Muzqaymoqqa talab o'sdi. Faqatgina iste'mol formati ya'ni shakli o'zgardi. Savdoda donabay qadoqlardan cheklanish kuzatildi.

• Misol uchun DairyClassic brendida oladigan bo'lsak 0,5kg dan 2kg gacha bo'lgan qadoqdagi muzqaymoqlarga bo'lgan talab birinchi karantin vaqtida ya'ni 2020 yilning aprel oyida 2019 yilning aprel oyiga nisbatan 40% ga o'sgan. Bunda albatta elektron savdoning o'rni juda katta bõldi.

• Telgram platformasidagi 👉 @morojniybot orqali savdoning asosiy qismi amalga oshirildi.

• Xorijiy hamkorlarimiz tomonidan 2021 yilgi mavsumda sohada o'sish kutilayotgani aytilmoqda, chunki karantin vaqtida iste'molchilar o'zlari uchun muzqaymoqlarning yangi ta'mlarini topishdi va 2021 yilning issiq ob havosini intizorlik bilan kutmoqdalar tabiiyki ajoyib sayr muzqaymoqsiz bo'lmaydi.

©Saidov Saidrahmatxo'ja –DairyClassic brendi marketologi, Muzqaymoq ishlab chiqarish va savdosi bo'yicha mutaxassis.

Link: @saidrakhmatkhuja

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Tesla va Ilon Mask ga nima bo'ldi?

Tesla kompaniyasi aksiyalari narxi keskin tushib ketdi. Shuningdek, buning ortidan Ilon Mask shaxsiy boyligidan naqd 15 mlrd $ ni yo'qotdi.

— Tahlilchi mutahasislarning fikriga ko'ra, aksiyalar narxining tushib ketishiga asosiy sabab bu - Tesla kompaniyasi Bitcoin sotib olgani bo'lishi mumkin ekan.

To'g'ri! — Bunday Gigant kompaniyalardan biri, o'zi uchun oddiy hisoblangan, Bitcoin tangasini sotib olishi kerak emasdi, menimcha! Bu Tesla kompaniyasi va Ilon Mask uchun juda katta zarar keltirdi.

👉 @TheDailyuz — #TheNews

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

AQSHda 30.7 million kichik bizneslar bor.

Ular kamida 10 kishilik odamlardan tashkil topgan bo'ladi. Qanchalik kichik biznes bo'lmasin u AQSH iqtisodiyotiga katta ta'sir ko'rsatadi. Misol uchun: SBA statistikasiga ko'ra 2000 - yildan 2013 - yilgacha kichik bizneslar AQSH iqtisodiyotining 20% oborotiga hissa qo'shgan.

P.s. Bizdachi? Kichik bizneschi akalarimiz bormi? ;)

👉 @TheDailyuz #TheFakt

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Dangasalikni yengish uchun maslahatlar !

1. O'zingizga mehribon bo'lmang.
• Ya'ni biroz ko'p ishlab qo'ysangiz darrov "Red Bull"larni ovolib, konditsionerlik xonaga chiqib ketmang.

2. Katta ishlarni kichik-kichik urinishlarda bajaring.
• Misol uchun idish-tovoqlar ko'p bo'lib turganda juda yuvishga og'ir bo'lib ko'rinsada, aslida ular oddiy "тарелка" va qoshiqlardan iborat. Siz biroz yuvib bir aylanib kelib, so'ng yana yuvishda davom etsangiz qanday qilib yuvib qo'ygangizni ham bilmay qolasiz. (Ayollar uchun)

3. Kun davomida eng birinchi qilinadigan ishlaringiz ro'yxatini tuzib oling.
• Bu uslub sizga biror zarurroq ishni keyin bajarsa bo'ladigan ish bilan farqini anglashni o'rgatadi.

4. Ish paytida dangasaligingiz tutib qolsa, yotib uxlang :)
• Hech narsa qilmay o'tirgandan ko'ra yotib orom olgan afzal.

5. Bekorchilik va dangasalik qilish uchun turli xil uzurlar topishni bas qiling!
• Yani o'zingiz uchun hech qanday bahona qoldirmang!

👉 @TheDailyuz - #TheMaslahat

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

O'zingizni ustingizda ishlashni to'xtatmang!

⚱Kulolchini ko'zasini tasavvur qiling. U qanchadir muddat oldin oddiy loy edi. Ammo, ma'lum vaqtdan keyin haqiqiy sanʼat asariga aylandi. Endi o'ylab ko'ring, agar kulolchi oʻsha loydan koʻza yasamaganida, u hozir qanday holatda boʻlar edi? Albatta, oddiy loy boʻlib qolaverardi. Kulolchi uni yaxshilab qoradi, ishlov beradi. Ancha mashaqatlardan keyin haqiqiy sanʼat asari chiqadi.

• Siz ham oʻzingizni ustingizdan ishlamasangiz, kitob oʻqimasangiz, qatʼiyatli bo'lmasangiz, turli sinovlarga bardosh bera olmasangiz "oddiy loy" boʻlib qolaverasiz...

👉 @TheDailyuz - #TheMaslahat

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

«Biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun birinchi va asosiy shart — bu sabr-toqatdir»

©️ Jon Rokfeller

👉 @TheDailyuz — #TheMotive

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️Eng koʻp maosh toʻlaydigan davlatlar

1. Shvetsariya – 90 537 712 soʻm.
2. Lixtenshteyn – 80 279 675 soʻm.
3. AQSH – 78 977 534 soʻm.
4. Daniya – 76 842 597 soʻm.
5. Monako – 62 345 276 soʻm.
6. Luksemburg – 62 156 080 soʻm.
7. Singapur – 62 112 550 soʻm.
8. Germaniya – 58 271 003 soʻm.
9. Niderlandiya – 56 423 642 soʻm.
10. Norvegiya – 56 295 729 soʻm.
11. Avstraliya – 53 832 528 soʻm.
12. Avstriya – 52 822 360 soʻm.
13. Belgiya – 52 257 727 soʻm.
14. Kanada – 51 521 288 soʻm.
15. Shvetsiya – 51 375 263 soʻm.
16. Irlandiya – 49 804 861 soʻm.
17. Finlandiya – 49 308 349 soʻm.
18. Fransiya – 46 477 091 soʻm.
19. Buyuk Britaniya – 45 332 436 soʻm.
20. Yangi Zelandiya – 44 603 506 soʻm.

— Yuqoridagi ma’lumotlar top-20 davlatlariga tegishli boʻlib, o'rtacha oylik maoshlar xalqaro siyosat, davlat orasidagi munosabatlar fonida oʻzgargan boʻlishi mumkin.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️ "X" (Twitter) ijtimoiy tarmog‘i pullik bo‘ladi

Sobiq Twitter, X ijtimoiy tarmog‘i pullik bo‘ladi. Foydalanuvchilardan xabarlar yozish, fikr bildirish va iqtibos keltirish kabi asosiy funksiyalardan foydalanish uchun yillik to‘lov olinadi. Yangi Zelandiya va Filippinda yaratilgan yangi akkaunt egalari allaqachon bunday cheklovga duchor bo‘lgan. Ular avvalo o‘z telefon raqamlarini tasdiqlashlari, so‘ng pul depozit qilishlari kerak bo‘ladi.

Kompaniya egasi Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, to‘lov ramziy bo‘ladi, lekin bot akkauntlari bilan kurashishga yordam beradi. Avvalroq Mark Sukerbergning Twitterga mutlaq o'xshash Threads platformasi chiqqandan so'ng, Ilon Mask Twitterga oid bir necha o'zgarishlarni amalga oshirgandi. Buni ba'zi odamlar odatiy qabul qilgan bo'lsa, qolganlar o'rtasida keng muhokamalarga sababchi bo'lgan edi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️Dunyo aholisining nechi foizi smartfonlardan foydalanadi?

Mobil operatorlar uyushmasi (GSMA) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, dunyo aholisining 55 foizi smartfonlardan foydalanishi aniqlangan. Bu 4,3 milliard kishini tashkil etadi. Biroq insoniyatning qolgan qismi mobil telefonlarga ega emas yoki tugmachali modellarni afzal ko‘radi. Internetdan foydalanuvchilarning 4,6 milliardi internetga ulangan.

Qayd etilishicha, ushbu guruhning 4 milliardi internetga kirish uchun smartfonlardan foydalansa, qolganlari oddiy mobil telefonlarni tanlaydi. Qizig‘i shundaki, aholining 90 foizdan ortig‘i mobil telefonlar qamrovi zonalarida yashashiga qaramay , 3,4 milliardga yaqin kishi o‘z qurilmalaridan internetga ulanmaydi. Ayniqsa, internetdan mahrum bo'lganlarning katta qismi Afrika va Janubiy Osiyo mamlakatlarida yashaydi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal !

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️Isroil Eronga qarata tahdid qildi

Yahudiy davlati Iqtisodiyot vaziri Nir Barkat agar "Hizbulloh" Isroil-Falastin mojarosida ikkinchi front ochishga harakat qilsa, Isroil Eronga zarba berib uning rahbarlarini yoʻq qilishini aytdi. Isroil vazirining soʻzlariga koʻra, Tel-Aviv oʻz dushmanlari haqida “juda aniq xabarlarga ega”. Shuningdek, Isroil Eronga ochiqchasiga bir necha bor tahdid qildi.

"G'azoda nima bo'lyapti buni ko'ryapsiz. Bizga hujum qilsangiz, sizga ham shunday munosabat bo'ladi. Sizni Yer yuzidan o'chirib tashlaymiz", - dedi."Eronning rejasi Isroilga har jabhada hujum qilishdir. Agar ular Isroilga hujum qilish niyatida ekanliklarini aniqlasak, biz nafaqat bunga javob qaytaramiz, balki Erondagi "ilon"ning boshiga ham yetib boramiz. Keyin Oyatulloh Eronda kechalari tinch uxlay olmaydi”, dedi vazir.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal !

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

• Apple dunyodagi eng ko'p sotilgan tovarlar ro'yxatida 2–o'rinda turadi.
• Sayyorada eng ko'p sotilgan mahsulot bu Kubik Rubik hisoblanadi. ( 500 000 000 martadan ko'p sotilgan )

Manba: UsaToday nashri!

👉 @TheDailyuz#TheFakt

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Paynet kompaniyasi qancha sarmoya bilan ish boshlagan?

Paynet tizimiga 2005-yilda Botir Orifjonov tomonidan asos solingan.
O'shanda Paynet'ga $300 000 boshlang'ich sarmoya kiritilgan va kompaniya dastlabki 6 oy ichida foydaga chiqqan.

Kompaniya rivojlanish cho'qqisiga chiqqan paytida hattoki rossiyaliklar tomonidan kompaniya uchun muzokaralar boshlanganida, Paynet asoschilarining ulushi $10 mlnga baholanadi.

Ammo, Paynet asoschilari o'sha paytdagi ayrim kuchlar ta'sirida kompaniyadan majburan voz kechishadi.

«Biz kompaniyani boshqalarning nomiga o'tkazib berdik. Buning uchun bizga taxminan 60 ming dollar to'landi» — deya esga oladi Orifjonovning o'zi.

👉
@TheDailyUz — #UzBiznes

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Samarali ish qilish bo'yicha maslahatlar.

1. Bismillah deb ish boshlang.
2. Ma'lum bir natijani bajarmaguncha ijtimoiy tarmoqlarga kirmang.
3. O'zingiz uchun pul qizg'onmang, internet MB qimmat bo'lsa ham tezligi yaxshi kompaniyadan MB oling.
4. Ish qilayotganingizda zarurat yuzasidan biron ish chiqib qolsa ana shu ishni tugatishingiz bilan 1 daqiqa o'tmasdan asosiy ishingizga qayting.
5. Reja bilan ish qiling. Bugungi rejani tugatmaguncha uxlamang!
Bardavomlik eng katta natijani beradi.

👉@TheDailyuz #TheMaslahat

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Puli yoʻqligidan hamma noliydi, aqli yoʻqligidan esa - hech kim

©️ Benjamin Franklin

👉 @TheDailyUz — #TheMotive

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Fix Price asoschilari IPO dan so'ng milliarderga aylanishdi.

Forbes ning yozishicha Rossiyaning
"Fix Price" do'konlar tarmog'i asoschilari Artem Xachatryan va Sergey Lomakinlar kompaniyaning IPO (birinchi ommaviy aksiyalari) o'tkazilishidan so'ng milliarderga aylanishdi.

— Gazetaning hisob-kitoblariga ko'ra, har bir tadbirkorning boyligi 3,4 milliard dollarga baholangan. IPO paytida ularning har biri 52 915 624 donadan aksiyani sotdi. Bunday paket narxi 516 million dollarni tashkil etadi.

👉 @TheDailyuz#TheNews

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Warren Baffet – Bekshire Hathaway kompaniyasi asoschisi.

🔝 Dunyoning Mark Zuckerbergdan keyingi o'rinda turuvchi 6–eng boy odami. Hozirda u milliarderning hisobida $96.5 mlrd mavjud.

• Warren dunyodagi eng sahiy milliarderlardan biridir. U o'ziga-o'zi "O'lib ketgunimcha barcha boyligimni muxtojlarga berib yuboraman" deb va'da bergan.
• U ayni damgacha $40 milliardan ortiq pullarni "Xalqaro Bolalarni Himoya Qilish" tashkilotlariga va turli yetimxonalarga berib yuborgan.

• 2019–yilda bir muddat dunyoning eng boy odami o'rnida bo'lgan.
• U har bir sohaga investitsiya qilgan yagona odam sifatida tan olinadi.
• AQShda 1930-yilda, Nebraska shtatida tug'ilgan. Hozirda 90 yoshni qarshi olgan.

Bu milliarder naqd 3 ta University of Pennsylvania, University of Nebraska – Lincoln va Columbia University kabi universitetlarni tamomlagan.

P.s. Milliarder bo’lsangiz yoshni farqi yo’q))

👉 @TheDailyuz – #TheBusiness

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Yandex asoschisi – Arkadiy Voloj haqida.

• Arkadiy Voloj Qozog'istonning cho'l qishloq tumanida, 1964-yilda tug'iladi.
• Oddiy qishloqdagi maktabni bitirb Moskvaning ( МГУ ) top universitetiga topshiradi. Ammo kira olmaydi.
• Lekin shunga qaramasdan u keyingi yil Rossiyaning "Губкин" nomli insitutiga Internet marketing sohasida o'qishga qabul qilinadi.

• Keyinchalik u eng kuchli mutaxassislardan guruh yig'ib 1997-yilda "Yandex" kompaniyasiga asos soladi.

• Hozirda "Yandex" "СНГ" (Sobiq Ittifoq) davlatlarida eng rivojlangan kompaniya hisoblanadi.

Misol uchun: "Yandex Taxi"
• Nafaqat O'zbekistonda balki butun O'rta Osiyo davlatlarida eng rivojlanayotgan onlayn taxi buyurtma xizmati.

Yandexni Osiyodagi "Google"ga haqiqiy raqobatdosh kompaniya deb aytsak bo'ladi. Sababi ayni vaqtda uning tarkibida:
1. Yandex Alisa (Sun'iy intellekt).
2. Yandex Dzen (Sun'iy intellekt).
3. Yandex Taxi.
4. Yandex Music
kabi 10 dan ortiq yuqori servis xizmatlari mavjud.

👉 @TheDailyuz -#TheBusiness

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

"Tasavvur bilimdan ko'ra muhimroqdir. Chunki ilm chegaralangan, tasavvur esa dunyoni qamrab oladi, taraqqiyotni rag'batlantiradi, borliqqa yaratish kuchini taqdim etadi."

Albert Enshteyn

👉 @TheDailyuz — #TheMotive

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Bernard Arnault – Louis Vuitton CEOsi va asoschisi.

• Louis Vuittonning amaldagi boshqaruvchisi va dunyoning Mark Zuckerbergdan oldin va Bill Gatesdan keyingi o'rinni egallab turgan 4–o'rindagi milliarder.

• 1949–yilda, Fransiyaning Roubaix shahrida tug'ilgan.
• Eng boy fransuz bo'lgan bu milliarder asli kasbi san'atshunos bo'lgan.
• 2020–yilning Yanvar oyida sayyoraning eng boy odami ro'yxatida birinchi o'rinda turgan.
• Shuningdek u DIOR brendining ham asoschisidir.

Bernard Arnaultning eng hayratlanarli va kulguli sovrinlaridan biri shuki 2011–yilda ya'ni u 62 yoshligida "Yilning eng "модный" odami" tanlovi g'olibi bo'lgan :)
"Прикольно даа?"

P.s. Milliarder bo'gandan keyin, yoshni ham farqi yo'q ekan-da )

• Hozirda uning butun boyligi
$153.9 milliardni tashkil etadi (2021-yil, Mart oyi hisobiga ko'ra).

👉 @TheDailyuz – #TheBusiness

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Amerikalik biznesmen hayoti.

Investor – Robert Kiyosaki.
Umumiy boylik qiymati – $100 million.
Tug'ilgan yili – 1947-yil, 8-aprel.
Kasbi – Yozuvchi, investor, biznesmen, biznes ma'ruzachi, motivator hamda uchuvchi.
Millati – Yapon.
Fuqaroligi – AQSH.

Robert Kiyosaki Amerikadagi 4-avlod yapon millatiga mansub inson. U Hawaii(Gavayi) da tug'ilgan. Uning otasi o'qituvchi bo'lgan. U o'z do'stining otasiga biznesdan dars olish uchun boradi. Do'stining otasi katta biznesmen edi. Robert biznesmen ustozini ham ota deb chaqiradi. Unda mana shunday kambag'al va boy otasi bo'lgani uchun, "Boy va kambag'al ota"(Rich dad and poor dad) nomli motivatsion kitob yozadi. U kitob chiqqan davridan boshlab to hozirgacha "bestseller" – "eng ko'p sotiluvchi" kitob sifatida tanilgan.

P.s. Hammaga o'qishlikni tavsiya qilamiz!

👉 @TheDailyuz - #TheBusiness

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Shuhrat Shamsutdinov – "Golden House Development" realtorlik kompaniyasi asoschisi, "Real Estate" – "Ko'chmas mulk" sohasida 12 yillik tajribaga ega. Bir qator katta va yangi proyektlar asoschisi. Shu jumladan "Mirabad Avenue" proyekti ham Shuhrat Shamsutdinovga qarashli.

Hozirda "Golden House Development" ga qarashli 30 dan ziyod proyektlar mavjud. Bu kompaniya O'zbekistonda yetakchi va yirik qurilish kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

👉 @TheDailyuz — #UzBiznes

Читать полностью…
Subscribe to a channel