thedailyuz | Unsorted

Telegram-канал thedailyuz - THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

-

THE DAILY UZ ONLINE BIZNES JURNAL. Biznes olami haqidagi online Jurnal Biznesmenlar hayoti va tavsiyalari haqida. Talab va takliflar uchun: @rosemediapro

Subscribe to a channel

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Apple'ni bankrot bo'lganini eshitganmisiz?

20 yil oldin hozir dunyoning eng gigant kompaniyalaridan biri Apple o'z xarajatlari daromadlaridan ko'payib ketib "crisis" yoki ruscha aytganda "банкрот" bo'lishiga sal qolgan. Kasodga uchrashini sababi ana shu davrda Apple o'zining yetarli auditoriyasiga va malakasiga ega emas edi. "Yelkasi yerga tegmagan kurashchi haqiqiy kurashchi emas" deganlaridek, APPLE ham o'zining kichik summadagi, atiga $1mlrd zararga kirganini e'lon qildi.

Keyinchalik, Apple'ning baxtiga Stiv Jobs degan boshqaruvchi uni shunday holatdan olib chiqqan edi. Shu davrlarda Apple o'zining birinchi iMac hamda iPod larini namoyishini qilgan edi.

P.S. Hozir esa u gigant kompaniya boyligi Rossiyaning butun o'rmonlarini sotib olishga yetadi.

👉 @TheDailyuz – #TheCompany

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Biznes G'oya: Zamonaviy kiyim do'koni ochish qanchaga tushadi?

$300 bilan kiyim biznesi boshlasa bo’ladimi?
Kiyim biznesining barcha sirlari bu ko’rsatuvda ochildi.

Poytaxtda zamonaviy kiyim do'koni rivojlantirib oyiga 30 mln so'm daromad qilish uchun $30 000 AQSh dollari atrofida sarmoya kerak bo'ladi.

Lekin, biznesni onlayn Instagram do'koni ko'rinishida boshlash uchun $300 dollar yetarli. Intervyu qahramoni ham Instagram do'kondan ish boshlagan. Hozirda oylik daromadi 30 000 000 so’m.

Kiyim do'koni ochish xarajatlari, qanday ochish sirlari va qiyinchiliklari haqida @TheDailyUz intevyusida batafsil ko'ring:

👉 Video: https://youtu.be/CTL2ShTkrD8

Tadbirkor do’stlaringizga ham yuboring!

👉 @TheDailyUz Onlayn biznes jurnaliga obuna bo'lish!

#TheDailyUz #Theintervyu

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Qaytishiga umid qilmasdan boshqalarga yordam bering, mukofot qanchalik katta ekanligiga ishonmaysiz.

© Alisher Usmonov

👉 @TheDailyuz — #TheMotive

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Dunyoda kutuvchilar, foydalanuvchilar hamda yaratuvchilar mavjud.

• Kutuvchi inson har doim imkoniyatini kutib yashaydi, imkoniyat kelib qolsa yana keyingisini kutadi.
• Foydalanuvchi inson imkoniyatlaridan foydalanadi.
• Yaratuvchi inson esa o‘ziga imkoniyat yaratadi. Ya’ni imkoniyatim yo‘q deb qo‘lini qovushtirib o‘tirmaydi.

Siz shu uch turdan qaysi biriga mansubsiz?

Tadbirkor do‘stlaringizga ham ulashing!

👉 @TheDailyuz – #TheMaslahat

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Alisher Usmonovning yaxtasi

Oʻzbek milliarderi Alisher Usmonovga tegishli «Dilbar» nomli yaxtaning uzunligi 156 metrga teng va uzunligi boʻyicha dunyoda 4-oʻrinda turadi. Yaxta 120 kishini qabul qila oladi, ikkita vertolyot maydonchasi, bir nechta basseyn, kinoteatr, sportzal, restoran bilan jihozlangan.

Tadbirkor do‘stlaringizga ham ulashing!

👉 @TheDailyuz — #TheFakt

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Bugun - bu o‘zingiz xohlagan ertangi kunni qurishga imkoniyat.

Do‘stlaringizga ham ulashing va bizni kuzatishda davom eting!

👉 @TheDailyuz — #TheStatus

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Click ommaviy pul oʻtkazmalar tizimi.

- Click kompaniyasining asoschilari, bir nechta doʻstlar boʻlib, uning sarmoyadori Click'ning asosiy asoschisi Ulugʻbek Rustamovning yaqin qarindoshi boʻlgan.

- Click'ning yillik daromadi 2019-yil nisbatiga qaraganda 6 million dollardan oshiq.

- Click kompaniyasini tashkil qilish uchun 1 million dollar ajratilgan edi 2011-yili, lekin unga rejadagidan koʻp sarmoya kiritilgan.

- Click oʻzini 0 hisobda qoplash 2015-yilda boshlangan boʻlib, u Oʻzbekistonda eng tez rivojlangan kompaniyalardan biri hisoblanadi.

- Click'ning asosiy daromadi Mobil operatorlar hisobidan tushadi va shuningdek keyingi daromad oʻrinlari turli yangi shartnomlardan tushadi.

- Click'ning hozirgi kundagi foydalanuvchilari soni 13,5 million nafardan oshgan boʻlib, ularning asosiy foydalanuvchilarini oddiy aholi tashkil qiladi.

👉 @TheDailyuz — #UzBiznes

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

🧿 Brendning kuchi — oʻz Brendingizdan toʻgʻri foydalaning!

Rasmda koʻrib turganingizdagidek brenddan toʻgʻri foydalanish katta foydaga va katta obroʻ olib kelishi mumkin. Atiga 5 sent xarajat qilinib, mahsulot narxi 2,5 dollarga oshirilgan.

Sizning mahsulotingizga kichik va bilinmas oʻzgartirish ham juda katta foyda keltirishi mumkin. Jumladan qutiga tushiriladigan sizning oʻz brendingizga narxni 50 foizgacha oshirishi mumkin.

💬 Bu haqida sizning fikringiz qanday?

Do‘stlaringizga ham ulashing va bizni kuzatishda davom eting!

👉 @TheDailyuz — #TheMaslahat

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

​​Eng qimmatbaho boyliklarimizdan biri bu xatolarimizdir. Chunki ularning har biri biz uchun hayotiy bir tajriba. Men doimo oʻzimni biznesda sinab koʻrishni juda xohlardim va albatta biznesmen boʻlishga ishonchim komil edi. Talabalik davrlarimda ilk gul doʻkonimni ochdim. Oʻsha vaqtlarda juda koʻp xatolarga yoʻl qoʻydim va oxir oqibat biznesim sindi. Biznesni yopish toʻgʻrisida qarorni qabul qilish oson boʻlmadi, biroq endilikda oʻsha vaqtda eng toʻgʻri va mantiqiy qadam boʻlganini anglab yetyapman. Biznesni rejalashdagi bilimsizlik, marketing sohasiga oid koʻnikmani yoʻqligi, moliyaviy modelim eng romantik biznesmen boʻlish orzuimni yoʻqqa chiqardi.

Bu tajribam menga hozirgacha yordam beradi. Agar oʻsha kunlarni ortga qaytarish imkoni boʻlganda edi toʻplangan tajriba va bilim bilan uni shaharning eng mashhur gul doʻkoniga aylantirgan boʻlardim.

Hamma xato qilishi mumkin. Asosiysi, oʻsha vaziyatdan oʻzingiz uchun maksimal darajada xulosa chiqara olishingiz muhim. Aytingchi, siz qanday xatolarga yoʻl qoʻygansiz? Keling buni sharhlarda muhokama qilaylik.

© Kamran Gulamov

Ceo Akfa Group

👉 @TheDailyuz — #TheMotive

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Clubhouse nomli yangi Platforma haqida bilasizmi?

Ushbu dastur 2020-yil boshlarida yaratilgan. Uning muallifi oddiy bloger qiz ekanligi aytilmoqda, lekin, bu aniq ma'lumot emas. Hozirgi kunda ushbu platforma ishchilari soni atiga 9 nafar ekan.

Clubhouse platmormasi Zoom dasturiga o'xshash bo'lib, lekin tekshiruv va kuzatuv natijalariga ko'ra, ushbu platforma Zoom dan ancha qulay, ixcham va keng imkoniyatlarga egaligi aniqlandi.

Dastur ilk bor internet olamiga chiqarilganda ularni faqat IOS foydalanuvchilari o'rnatishi mumkin edi. Lekin oradan hech qancha vaqt o'tmasdan, u Android uchun ham ishlab chiqildi. Dasturni eng ko‘p yuklab olingan 7 kun uni foydalanuvchilarini 2 milliontaga oshirdi.

Ushbu Clubhouse dasturiga 2021-yil holatiga ko'ra unga IT investor va Biznesmen investorlar tomonidan 1 milliard dollarlik sarmoya kiritish taklifi berilgan. Lekin kompaniya direktori buni rad etgan. Ma'lumot uchun ushbu platforma 100 million dollarga baholanmoqda ekan.

👉 @TheDailyuz — #TheTech

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Boylar uchun moʻljallangan dastur haqida bilasizmi?

Ushbu dasturning nomi iVIP Black boʻlib, ushbu dasturni AppStore dan yuklab olishingiz mumkin. Misoli bir boyvachcha millionerlar uchun yaratailgan deyiladi.

Dastur sizga mehmonxonalar, yaxtalar, qimmat turar joylar, uylar, avto xizmat va avto turargohlarni bron qilish va topish uchun moʻljallangan.

Ushbu dastur yana VIP xizmatlarning eng yuqori imtiyozlari va chegirmalaridan foydalanish imkoniyatlarini ham beradi.

Dasturning hozirgi kundagi narxi AppStore da 999,99 dollarni tashkil etmoqda.

Shu bilan birgalikda ushbu dastur AppStore dagi (va Play Market) eng qimmat dasturlardan biri deb hisoblanadi.

👉 @TheDailyuz — #TheFakt

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Ijtimoiy tarmoqlar haqida eng muhim yangiliklar.

— TikTok ijtimoiy tarmog'i EURO-2020 ning rasmiy hamkoriga aylandi. TikTok bilan tuzilgan shartnomaga ko'ra hamkorlar sport va boshqa sohalarda yaqindan hamkorlik qilishlari e'lon qilindi.

— Endilikda Telegram ijtimoiy tarmog'ida ham reklama bo'ladi. Lekin Pavel Durov bundan telegram foydalanuvchilari xavotir olmasliklarini aytmoqda. Shuningdek bu reklamalar orqali telegram foydalanuvchilariga ortiqcha muammo keltirmaydi.

— Shuningdek Facebook ijtimoiy tarmog'i ham o'zining aqlli soatlarini ishlab chiqarishni boshlamoqchi. Aqlli soatlar 2022-yildan sotuvga chiqarilishi mumkin. Aniqroq ma'lumot beradigan bo'lsak, mahsulotning birinchi modellari Android uchun ishlab chiqariladi va u asosan Facebook uchun xizmat qiladi.

👉 @TheDailyuz — #TheNews

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

«The Daily Uz» onlayn biznes jurnalini nima uchun kuzatib borasiz va kanalda yana nimalarni ko‘rishni, qanday o‘zgarishlar bo‘lishini istardingiz?

Tavsiyalar, takliflar va e’tirozlarni izohlarda yozib qoldiring. Fikringiz biz uchun muhim!

👉 @TheDailyUz

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Alisher Usmonovning 2021-yildagi boyligi miqdori qancha?

Taniqli biznesmen, asli Oʻzbekistonlik boʻlgan Alisher Usmonov Dunyo reytingida boyligi boʻyicha 84-oʻrinda turadi, Rossiya reytingida esa 5-oʻrinda turadi va uning boyligi 21,2 mlrd dollarni tashkil etadi.

Shuningdek u Xalqaro Xayriya va yordam ishlari boʻyicha eng faol boy inson deb tan olingan va u 2020-yilda 180 million dollar atrofida xayriya ishlarini amalga oshirgan.

Bundan tashqari u Amazon aksiyalarining bir necha kichik qismiga ham egalik qiladi. Shuningdek u Megafon kabi Rossiyaning yirik kompaniyalarining asosiy sarmoyadori hamdir.

Alisher Usmonov sport sohasiga ham juda katta eʼtibor qaratgan va u Xalqaro Qilichbozlik sport fondiga ham asos solgan. Usmonov turli qilichbozlik musobaqalarining asosiy sarmoyadori boʻlib musobaqa tashkilotchilariga yaqindan yordam beradi.

👉 @TheDailyuz — #UzBiznes

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Pul oqimi (Cash Flow) biznes o‘yinini endi siz «TheDo‘kon» do‘konidan xarid qilishingiz mumkin.

📄 Maʼlumot uchun: Cash Flow oʻyini Robert Kiosaki tomonidan yaratilgan va mashhur bestseller kitoblardan boʻlmish «Boy ota kambagʻal ota» kitobida tavfsiya qilingan o‘yin.

☝️ Bu oʻyin qanday qilib ishchidan tadbirkorga aylanish mumkinligini va biznes billimlarni rivojlantirish, muzokaralarni qanday olib borish kerakligi, shaxsiy rivojlanish, katta sotuvlarni qanday amalga oshirish mumkinligini oʻrgatadi.

📌 Hoziroq buyurtma bering va biz sizning uyingizgacha yetkazib beramiz.

📞BUYURTMA QILISH UCHUN: Tel: +998935518212
Telegeram: @rosemediapro

💰 Narxi: 600 000 so‘m 499 000 so‘m

TelegramInstagramFacebook

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

G‘oya – bu arzon tovar. G‘oyani hayotga tatbiq qilish – mana nima qimmatroq turadi.

©Maykl Dell

👉 @TheDailyuz — #TheMotive

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Amerikalik Kris Reynolds bir lahzaga dunyodagi eng boy odamga aylanganligini bilasizmi?

Amerikaning PayPal toʻlov tizimi Pensilvaniya shtatida yashovchi 56 yoshli Kris Reynoldsning hisob raqamini 92 233 732 328 547 800 yoki qisqa qilib aytganda 92 kvadrillion dollar miqdoridagi pul bilan toʻldirib yuboradi.

U bir zumda tarixdagi eng boy odamga aylanadi va hozirgi dunyodagi eng boy inson — Jef Bezos (200 millard $) dan bir necha ming martaga boyib ketadi. Lekin Reynolds nimalar boʻlayotganini anglaguncha, PayPal xatoni toʻgʻrilagan.

P.S. Bola bechoraga chupa-chups berib keyin boshiga bir urganga oʻxshaydi :)

👉 @TheDailyuz — #TheFakt

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

AQSHda kichik bizneslarning statistikasi.

AQSHda kichik biznes aholining 55% qismini ish bilan taʼminlaydi, bu taxminan 183 million odam degani.

Statistikaga qaraganda, 1972-yildan boshlab kichik bizneslar aholining 66 foizigacha ish bilan band qila olar ekan. Demak bu degani, AQSHda ish topish «проблема» emas, degani.

P.S. «Bizda ham bo‘sh ish o‘rinlari juda ko‘p» :))

👉 @TheDailyuz — #TheFakt

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Tadbirkorni boshqa odamlarning ishonchsizligi to'xtatmasligi kerak. Asosiysi - o‘zingizga ishonish...

© Oleg Tinkov

👉 #TheDailyUz — #TheMotive

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Video Marketing nima?

Hozirgi Globallashuv davrida mijozlar qulaylikni istashadi, siz o’z mahsulotingizni ularga foto yoki matn, turli xil emotsional kuchga ega bo’lmagan joylarda reklama qilsangiz, sizning mahsulotingiz haqida batafsil ma’lumot olishi juda kam foizni tashkil qiladi.

Lekin, bu holat Video Marketingda ya’ni reklama ro’liklar juda katta ko’rishlarga olib keladi va sotuvlar yaxshigina o’sadi, bu tajribadan o’tib kelayotgan, eng muvaffaqiyatli marketing usullaridan biri.

Agar sizni biznesingizni ommaga tanitish, sotuvlarning o’sishi va muvaffaqiyatli korxona bo’lish qiziqtirayotgan bo’lsa?

Unda sizga aynan brend yaratuvchilari Creative Jamoasi Rose Media Production Video Marketing agentligi yordam beradi!

SMM mutaxassislari, Marketologlar va tadbirkorlar uchun alohida chegirmalar mavjud.

🎯 Hoziroq aloqaga chiqing, birgalikda rivojlanamiz.

📲 Telegram: @rosemediapro
📞 Tel: +998935518212
(SMS: +)

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Sevimli ishing bilan shugʻullan. Haqqoniy harakat qil. Haqiqiy buyuk ishlar qilishning yagona yoʻli, bu — sevimli ish bilan shugʻullanish.

© Stiv Jobs

Do‘stlaringizga ham ulashing va bizni kuzatishda davom eting!

👉 @TheDailyuz — #TheMotive

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Mashhur yozuvchi Deyl Karnegi'dan eng yaxshi maslahatlar ketma-ketligi.

— Donishmand inson uchun har kuni yangi hayot boshlanadi.

— Inson oʻz-oʻzi bilan urush boshlar ekan, u darhaqiqat qiymatga ega.

— Qoʻrquv aqlingizdan boshqa yerda mavjud boʻlmaydi.

— Band boʻling. Bu dunyodagi eng arzon va eng samarali dorilardan biridir.

👉 @TheDailyuz — #TheMaslahat

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Abdurashid Iminov «GO‘SHT GROUP» asoschisi.

O‘zbekistonlik muvaffaqiyatli tadbirkorlardan, «GO‘SHT BURGER», «GO‘SHT MAHALLA», «GO‘SHT KIDS» restorani va Amerika uslubidagi burgerxonalar asoschisi.

Toshkentdagi «BlackStar» burger franshizasi rahbari, ToporBarber barbershop erkaklar sartaroshxonasi ham rahbari, Rossiyaning Moskva shahridagi «Bazaranetbydoni» restorani ham rahbari, uning do‘sti va sherigi mashhur BlackStar guruhi a’zosi Doni.

Abdurashid Iminovga savollaringiz bo‘lsa yozib qoldirshingiz mumkin, eng sara savollar to‘plamini yaqinda bo‘ladigan intervyumizda ularga berishga harakat qilamiz. Savol yo‘llash: @rosemediapro

👉 @TheDailyuz — #UzBiznes

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

«Doimo harakatda bo‘l. Hech qachon bir soniya ham dam olma. Toʻxtasang o‘tirging keladi, o‘tirsang yotging keladi, yotsang esa uxlaging. Umr esa o‘tib ketaveradi!»

👉 @TheDailyuz — #TheStatus

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Biznes qilishdan asosiy maqsad?

Biznes qilishdan asosiy maqsad - pul emas, biror bir muammoni yechimini topish, odamlarda biror bir narsaga bo‘lgan talabni qondirish bo‘lsin.

Shunda pulni o‘zi sizga keladi.

👉 @TheDailyuz — #TheMaslahat

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Barcha tirik odamlardan faqat ikki kishi Coca-Cola retseptini bilishadi. Samolyot qulashi mumkinligi sababli, ularga bitta samolyotda uchish ham taqiqlanadi.

👉 @TheDailyuz — #TheFakt

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Bu xuddi marshrutkada oʻrindiq bepul, lekin yoʻlkira har kilometr uchun 899 soʻm degandek mol tepgan gap boʻlibdi.

Hurmatli “Bilayn” rahbariyati, reklama boʻlimiga 2 litr qoʻy yogʻi buyurtiring. Boshga surtib turilsa, foydasi katta...

© Rais Buva

👉 @TheDailyuz — #TheKulgi

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

«WhatsApp» ning dunyoga kelish tarixini bilasizmi?

WhatsApp'ning yaratuvchisi Brian Acton ismli Stanford bitiruvchisi, IOS Enginner, Adobe Systems sobiq hodimi, Rockwell International administrator boʻlib, u 2009-yilda WhatsApp'ga asos solgan.

Aslida Brian Acton Facebook'ga ishga kirish uchun ariza topshirganda uni Facebook ishga qabul qilmaydi va xuddi shu yili Brian Acton WhatsApp'ni yaratadi.

Oradan 5 yil oʻtib, 2014-yili Facebook kompaniyasi WhatsApp'ni 15 mlrd dollarga sotib oladi. Agar Facebook Brian Acton'ni ishga olganda edi qoʻshimcha 15 mlrd dollar kompaniya foydasiga tushgan boʻlar edi.

Hozirgi kunda Brain Actonning sof boyligi 2,5 mlrd dollar deyilmoqda lekin, Forbes maʼlumotlariga koʻra 4,5 mlrd dollarga teng boʻlishi mumkin.

👉 @TheDailyuz — #TheBrend

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

O‘zingiz xohlagan narsani his qilishni boshlang va u sizning hayotingizga kiradi.

© Richard Bax

👉 @TheDailyuz — #TheMotive

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Yashash uchun yaxshi qoidalar:

• Hamma narsa uchun minnatdor boʻling.
• Mehribon boʻling.
• Foydali boʻling.
• Kuchli boʻling.
• Sevuvchi boʻling.
• Hurmatli boʻling.
• Hech qachon qoʻrqmang.
• Xavfsiz boʻling.
• Baxtli boʻling.
• Sogʻlom boʻling.
• Sadoqatli boʻling.
• Ishonchli boʻling.
• Kamtar boʻling.

👉 @TheDailyuz — #TheMaslahat

Читать полностью…
Subscribe to a channel