thedailyuz | Unsorted

Telegram-канал thedailyuz - THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

-

THE DAILY UZ ONLINE BIZNES JURNAL. Biznes olami haqidagi online Jurnal Biznesmenlar hayoti va tavsiyalari haqida. Talab va takliflar uchun: @rosemediapro

Subscribe to a channel

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️ِDunyodagi eng kichik mamlakatining katta iqtisodiyoti

Monako knyazligi dunyodagi eng kichik mamlakatlar topidagi ikkinchi davlatdir. Monakoning maydoni atigi 2 km.kv. (O'zbekistondan 224ming barobar kichik) bo'lib, aholisi taxminan 40 ming kishini tashkil qiladi. Davlat dunyodagi eng katta aholi zichligiga ega, 1 km.kv uchun 19 mingdan ortiq kishi to'g'ri keladi.

Mamlakat YaIM $9 mlrd dan oshiq va aholi boshiga taxminan $225000 dan tushadi (O'zbekistonniki o'rtacha $2470).

Ushbu davlat 2023 - yil uchinchi choragida import miqdori $577.2 million, eksport miqdori esa $275.7 million ni tashkil etdi.

Monako iqtisodiyoti asosan turizm, qimor o'yinlari, yangi turar joylar qurish, shuningdek, knyazlik oilasining hayotini yoritadigan ommaviy axborot vositalari hisobidan rivojlanmoqda.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️ Qoʻshni davlatlarda 1 xonali uylar narxlari

1. Tojikiston davlatida oʻrtacha narxlar $18 000 boshlanadi va bu oʻrtacha 36,5 uchun $490 atrofida toʻgʻri keladi ekan.

2. Afgʻoniston Islom Amirligida uylar biroz qimmat. Oʻrtacha narx $22 000 atrofida va uyning bir kvadrati sizga $620 ga tushadi.

3. Turkmanistonda esa uy narxlari oʻrtacha boshlangʻich $26 000 dan boʻladi. Bir kvadratining narxi esa $760 ga tushadi.

4. Qirgʻiziston Respublikasida $35 000 ga oʻrtacha 35 kvadratli uylar keladi. Kvadrati esa $1 000 va shuning atrofida boʻladi.

5. Qozogʻiston davlatida uy narxlari qoʻshni davlatlar ichida eng qimmati hisoblanadi. 1 xonali uy narxi $42 000 boʻlsa, 1 kv narxi $1 230 ga baholanadi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️O'zbekistonda kambag'allik darajasi keskin pasaydi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikka qarshi kurash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 2023 yilda O'zbekistonda kambag‘allik darajasi 14 foizdan 11 foizga kamaygan. Ushbu tendentsiya mamlakatning barcha viloyatlarda kuzatilmoqda.

O'tgan yili O'zbekistonda 4,1 million kishi ish bilan ta'minlandi, ulardan 2,3 million kishi doimiy yoki mavsumiy ish, 1,6 million kishi o‘zini o‘zi band qilish bilan ta'minlangan. Bundan tashqari, 243 mingdan ortiq fuqarolarga ijara asosida yer maydonlari ajratildi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️ Soxtalashtirish eng qiyin bo'lgan valyutalar

Avstraliya dollari. Bu valyutani 1988-yildan beri plastmassaga bosib chiqarishadi. Ushbu usul super mikrobosma, gologramma va boshqa turli xil xavfsizlik funksiyalari uchun keng imkoniyatlarni ochadi.

Yevro. 17 bosqichli himoyaga ega va kliring uchun keskinlashtirilgan qonunlarning o'ziga xos xususiyatlari tufayli soxtalashtirish haqida gapirmasa ham bo'ladi. Qiziq tomoni, katta hajmdagi naqd pulni ham topish qiyin.

Funt-sterling, grivina va rubl. Xavfsizlik tomonidan top valyutalar orasida ekspertlar funt-sterling va Ukraina grivnasini ajratib ko'rsatadi. Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi rubllari ham yaxshi himoyalangan.


@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️O'zbekistondagi eng daromadli va zarar ko'rgan universitetlari

O'zbekiston Oliy ta'lim muassasalarining 2023-yilning 9 oyidagi sof foydasi haqidagi ma'lumotlar e'lon qilindi.

Ma'lumotlarga ko'ra eng ko'p daromad ko'rgan oliygohlar quyidagilar:

○ Namangan davlat universiteti — 215 mlrd so'm;
○ Berdaq nomidagi Qoraqolpoq davlat universiteti — 142 mlrd so'm;
○ Shahrisabz davlat pedagogika instituti — 64 mlrd so'm;
○ Guliston davlat universiteti — 45 mlrd so'm;
○ Chirchiq davlat pedagogika universiteti — 44 mlrd so'm.

Shu bilan birga, zarar ko'rgan universitetlarham bor:

• Buxoro davlat universiteti — - 44,5 mlrd so'm;
• Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — - 41,4 mlrd so'm;
• Toshkent davlat texnika universiteti — - 14,6 mlrd so'm;
• Nukus davlat pedagogika instituti — - 14,4 mlrd so'm;
• Andijon davlat universiteti — - 13,5 mlrd so'm.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️Toshkentda 1 sotix yer narxi qanaqa bo'ldi?

Markaziy bank 2023-yil uchun ko‘chmas mulk hisobotini e’lon qildi. Yil davomida O‘zbekistonda 335 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdisi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

2023 yilda eski uylar narxi (ikkilamchi bozor) 35,1 foizga oshgan bo‘lsa, yangi uylar (birlamchi bozor) 39,6 foizga qimmatlagan.

Toshkent shahrida uylarning 1 kv metri uchun o‘rtacha narx 1 212 dollarga yetgan (2022-yilda 933 dollar).

Poytaxtda 1 sotix yerning narxi 2022-yilgi 263 mln so‘mdan 362 mln so‘mga oshgan.

2022-yilda sotib olingan uylarning ijara orqali o‘zini qoplash muddati 7,1 yil bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilda bu 8,2 yilga yetgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda fuqarolik obektlarini qurish sohasida 5 ming 259 ta tashkilot, ixtisoslashtirilgan qurilish bo‘yicha 14 ming 408 ta tashkilot faoliyat yuritmoqda.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Banklar 2023-yilda qancha foyda ko‘rdi?

2023-yil davomida 35 ta O‘zbekiston banklari umumiy 12,4 trln so‘m sof foyda oldi (2022-yilda 10 trln so‘m edi). Buni operativ ma’lumotlar ko‘rsatmoqda.

Shunday qilib, 2022-yilga nisbatan 10 ta eng ko‘p foyda olgan banklar ro‘yxati deyarli o‘zgarmagan bo‘lsa ham, birinchi o‘rindagi “Milliy bank” va ikkinchi o‘rindagi “Kapitalbank” orasi sezilarli qisqardi. “Kapitalbank” 2022-yilga nisbatan 550 mlrd so‘m ko‘proq foyda olgan bo‘lsa, “Milliy bank” foydasi 693 mlrd so‘mga kamaygan.

Yilni zarar bilan yakunlagan banklar orasida 2023-yilda ochilgan “Yangi bank”, “Hayot bank” va “Apeks bank” bor. 9 oylik ma’lumotlar bo‘yicha “Avo bank” ham katta zarar ko‘rgan.

Foyda bo‘yicha 2022-yilga nisbatan eng katta o‘sishni “Xalq banki” ko‘rsatdi. Avvalgi yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan TBC Bank esa 40 mlrd so‘mlik foydaga chiqa oldi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️Qo‘yliqning yopilishi va 'Food city'ga tadbirkorlarni majburiy ko‘chirilishi narxlarni oshirgan

Qo‘yliqning rekonstruksiya bahona yopilishi bir amallab kunini ko‘rayotgan aravakashlar va bozorchilar uchun ko‘rgulik desangiz, yanglishasiz. Bu Toshkent shahri va viloyati barcha iste’molchilari uchun qo‘shimcha tovon bo‘ldi.

Demak, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qo‘yliq yopilganidan 12 kun o‘tib Food city'dagi meva va sabzavotlar narxini e’lon qila boshladi. Qo‘yliqning oxirgi kuni bo‘lgan 5-yanvarga nisbatan quyidagi meva sabzavotlarning maksimal narxi sezilarli ko‘tarilgan:

Behi 25 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha;
Anor 35 ming so‘mdan 45 ming so‘mgacha;
Sarimsoq piyoz 33 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha;
Limon 22 ming so‘mdan 30 ming so‘mgacha;
Banan 26 ming so‘mdan 28 ming so‘mgacha;
Mandarin 22 ming so‘mdan 28 ming so‘mgacha;
Kivi 22 ming so‘mdan 28 ming so‘mgacha;
Apelsin 19 ming so‘mdan 25 ming so‘mgacha;
Olma 18 ming so‘mdan 19 ming so‘mgacha;
Sabzi 2500 so‘mdan 5000 so‘mgacha;
Piyoz 2200 so‘mdan 2800 so‘mgacha;
Karam 1500 so‘mdan 2000 so‘mgach
a;

Qo‘yliq bozori bo‘yicha e’lon qilib borilgan Bulg‘or qalampiri, Baqlajon va Qovun narxlari Food city'da ko‘rsatilmagan.

Shuningdek, No‘xat 20 ming so‘mdan 35 ming so‘mgacha oshib ketgan.

Avvaloq ijtimoiy tarmoqlarda kuzatilganidek, Food city' dan ko‘ra hatto TTZ bozori ham arzonroq. Va o‘zi Qo‘yliq oligarxlar foydasiga parokanda qilingandan keyin iste’molchilar Farhod bozorini ma’qul ko‘ra boshlashgan.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️Elektromobillarning global savdosi o'sishda davom etmoqda.

2023-yilda elektr va gibrid avtomobillarning global savdosi 31 foizga oshdi va 13,6 mln donaga yetdi.

Prognozlarga ko‘ra, 2024-yilda dunyo bo‘yicha elektromobillar savdosi 25 foizdan 30 foizgacha oshishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda ham 2023-yilda rekord darajada ko‘p elektromobillar sotildi. 11 oyda savdo hajmi 3,4 barobarga oshgan.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonda elektromobil bozori yopilishi mumkin. UzAuto Motors BYD bilan birga elektromobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Sello yil sarhisobi raqamlarda

2023-yilda Sello ekotizimi yangi sayt interfeysini ishga tushirishga, 3 tasi-1 da Sello SuperApp ilovasini ishlab chiqishga va amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. Endi foydalanuvchilar bitta ilovada Sello Market-da xaridlarni amalga oshirishlari, Sello Logistics orqali tezkor yetkazilgan buyurtmalarni qabul qilishingiz, shuningdek Sello Pay-da pul o'tkazmalarini amalga oshirishlari va kommunal to'lovlarni to'lashlari mumkin.

Sello raqamlarda:

1. Yil davomida buyurtmalar soni 5 barobarga oshdi.
2. 2023-yilda mashhur «Я родился», Bloom, Terra Pro, Mix Press, Bosch, BQ, Philips, Lufian, Artel, Asaxiy Books, Basconi, Senorita Home, MacBro, Texnomart, Dafna, Kukmara, Askona, Yves Rocher va boshqa ko‘plab brendlar Sello orqali ishlay boshladi.
3. Naushniklar — saytdagi eng ko'p sotiladigan mahsulotlardan biri bo'lib, ularning assortimenti 10 barobarga oshirildi.
4. Mutlaq bestsellerlar: simsiz naushniklar, kungaboqar yog'i, bazaviy futbolka va soch olish uchun trimmer.
5. Eng katta savat 50 ta buyumdan iborat bo'ldi – shunchaki haqiqiy shopogolikning savati.
6. Postamatlar (avtomatlashtirilgan buyurtma qabul qilish punktlari) ishga tushirilgandan beri, 2023-yil noyabr oyida ular orqali 1000+ dan ortiq buyurtmalar berildi.
7. 93412 sms, 1200 ta push-bildirishnomalar foydalanuvchilarga buyurtma statuslari, kompaniya yangiliklari, reklama takliflari bilan yuborildi. Bir kishiga bularning barchasini o'qib chiqish uchun 6 kun-u 10 soat vaqt kerak bo‘lardi.
8. Sello Logistics buyurtmalarni yetkazib berish uchun 232 072 km masofani bosib o'tdi va jami jo'natmalarning og'irligi 10 tonnadan ortiq ko'rsatkichni tashkil etdi.

🛒Sello Market

Telegram | Instagram

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️Qaysi ilovalar orqali komissiyasiz pul o‘tkazsa bo‘ladi?

— “Tenge bank”ning "Tenge24" ilovasi orqali — 10 mln so‘mgacha;
Humans ilovasi — 5 mln so‘mgacha;
— “Xalq banki”ning "Xazna" ilovasi — 5 mln so‘mgacha;
— “Davrbank”ning "Davr Mobile" ilovasi — 3,5 mln so‘mgacha;
— “Mikrokreditbank”ning "Mavrid" ilovasi — 3 mln so‘mgacha;
Paynet ilovasi — "3 mln" so‘mgacha;
Alif ilovasi — "1 mln" so‘mgacha.

Deyarli barcha banklarda Humo‘dan Humo‘ga pul o‘tkazmalari bepul hisoblanadi. Bank o‘z kartalari orasidagi o‘tkazmalar ham aksariyat banklarning ilovasida foizsiz yoki kam foiz bilan amalga oshiriladi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Endi chiqindi uchun pul to‘lamasangiz, elektr uchun pul to‘lay olmaysiz

2024-yilning 1-iyunidan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida chiqindi xizmatlari bo‘yicha 6 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;

2024-yilning 1-noyabridan respublikaning barcha hududida chiqindi xizmatlari bo‘yicha 3 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;

2025-yilning 1-yanvaridan e’tiboran respublikaning barcha hududida chiqindi xizmatlari bo‘yicha 1 oylik qarzdorlik uchun elektr energiyasiga to‘lovni amalga oshirishda cheklovlar o‘rnatiladi.

Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 2024-yil 4-yanvarda imzolangan "Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-5-sonli Farmoni 4-bandida belgilab qo‘yilmoqda.

@thedailyuz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️Endi blogerlar ham soliqqa tortiladi

Prezidentning 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-sonli qarori bilan "O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar" uchun faoliyat turlari ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, ularning faoliyatidan olingan daromadlari soliqqa tortilmasdi.

Ko‘pchilik qatori blogerlar ham Ro‘yhatdagi “ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat” degan faoliyat bilan o‘zini-o‘zi band qilgan holda, olingan daromadidan SK 369-moddasidagi imtiyoz asosida daromad solig‘i to‘lashmagan.

2024-yil 1-yanvardan kuchga kirgan yangi qonun bilan esa o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soliq davrida 100 mln. so‘mdan ortiq daromad ko‘rsa, daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilmaydi va ular daromadi 100 mln. so‘mdan oshgan kundan e’tiboran xuddi YATTlar kabi soliq to‘laydi.

Mazkur o‘zgarishlar o‘zini o‘zi band qilgan holda faoliyat yuritayotgan barchaga tegishli.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️ Yarim tayyor makaron mahsulotlari mavzusida biznes reja.

— Uskuna va iste’mol qilinmaydigan xarajatlar haqida ma’lumotlar:
• Pechat uskunasi – $25 - $50
• Qadoq paketlari uchun – $100
• Qadoq idishlar uchun – $100

— Iste’mol mahsulotlari haqida:
• Yarim tayyor makaron – $300
• Ziravorlar uchun – $65
• Quritilgan goʻsht – $40
• Yogʻ mahsuloti – $30
• Quritilgan sabzavotlar – $20
• Qizil sous – $15
• Qalampir talqon – $10

— Bir oylik oʻrtacha xarajatlar:
• Elektr toki uchun – $60
• YTT oylik toʻlovi – $35
• Qoʻshimcha xarajatlar – $100
• Biznesni rasmiylashtirish – $50

— Oʻrtacha $400 lik xarajat bilan eng kami $380 sof foyda olishingiz mumkin.

#Biznesreja

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️O'zbekistonda Chevrolet premium klass avtomobillari narxlari qanchalik o'zgardi?

2019-yil, 25-dekabr holatiga koʻra:
• Equinox: 258 – 348,5 mln soʻm
• Trailblazer: 303,6 – 398 mln soʻm
• Traverse: 464,6 – 595,7 mln soʻm
• Tahoe: 595 – 795 mln soʻm

2023-yil, 29-dekabr holatiga koʻra:
• Equinox: 408 450 560 – 472 500 000 soʻm
• Trailblazer: Ma’lumot mavjud emas
• Traverse: 734 530 720 soʻm atrofida
• Tahoe: 1 109 274 880 soʻm atrofida

— Yuqorida keltirib oʻtilgan narxlar QQS foizi ham qoʻshib hisoblangan va ishlab chiqaruvchi (va sotuvchi rasmiylar) tomonidan QQS bilan sotiladi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish — bu turdagi “moyka"larning daromadi qancha?

Bugungi kunda yurtimizda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi avtomobillar yuvish shoxobchalari soni ko‘paymoqda. Masalan “DS-Moyka” ning poytaxtda 9 ta filiali bor.

Biznes-premium toifadagi shoxobchada 6 ta post bo‘lib, unda 7 ta yuvish funksiyasi mavjud va buni ochish narxi $120 ming ketgan.

Hozir bitta shoxobchada kuniga o‘rtacha 400−500 avtomobilga xizmat ko‘rsatiladi. O‘rtacha chek narxi 15 ming so‘mni tashkil qiladi. Oylik daromad $15−20 mingni tashkil etadi.

Xarajatlar, bir oyda suv uchun 1-1,5 mln so‘m, elektr energiyasi uchun undan ko‘proq, ya’ni 4,5-5 mln so‘mgacha to‘lanadi. Bir oyda bitta moyka uchun o‘rtacha 26−27 mln so‘mlik kimyoviy moddalar sotib olamiz. Shuningdek, beshta xodim uchun o‘rtacha 18−20 mln so‘m oylik ajratiladi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️O‘zbek so‘mi Top 10 eng qadrsizlangan valyutalar ro'yxatiga kirdi

Creative Planning reytingiga ko‘ra, o‘zbek so‘mi so‘nggi o‘n yil ichida AQSH dollariga nisbatan eng qadrsizlangan milliy valyutalar ro‘yxatida 8-o‘rinni egalladi. So‘m shu vaqt mobaynida dollarga nisbatan 82,3 foizga zaiflashgan. Bu MDH davlatlari orasida eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi.

Misol uchun, Ukraina grivnasi - 77,5 foizga, qozoq tengesi - 65,4 foizga, Rossiya rubli - 61,3 foizga, tojik somoniysi - 56,3 foizga, qirg‘iz so‘mi - 43,3 foizga arzonlashgan. Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng barqaror valyuta turkman manati hisoblanadi, u 18,4 foizga qadrsizlangan.

Shuningdek, arman drami va Shveysariya franki dollarga nisbatan narxi ko‘tarilgan valyutalar bo‘ldi, ularda o‘sish mos ravishda 1,1 foiz va 3,1 foiz bo‘lgan.

Venesuela bolivari esa 100 foizga arzolashgan — bu eng yomon ko‘rsatkich. Bundan tashqari, Suriya funti (-99,1 foiz), Argentina pesosi (-99,1 foiz), turk lirasi (-92,3 foiz) va Surinam dollari (-91,2 foiz) ham eng qadrsizlangan valyutalar sanaladi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

💸 Trend Brend Tijorat - moliya, kriptovalyuta, ekonomika va biznes haqida ommaviy axborot kanal.

Bu yerda siz hamma tushuna oladigan aniq va ixcham izohlarni topasiz, moliya va biznes dunyosini osongina o'rganib olishingiz mumkin👌🏦

t.me/mediabiznesuz

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️Rossiya Ukrainaga bostirib kirish uchun qancha pul sarflayapti?

Rossiya 2022-yil fevral oyida Ukrainaga bostirib kirganidan beri bu zararlarning barchasi uchun Rossiya nisbatan kam xarajat qilgan.

Rossiyaning xarajatlari yiliga o'rtacha $70 mlrd yoki mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YIM) 3 %ni tashkil qiladi. Bu tarixiy me’yorlarga ko‘ra, arzimas miqdor.

Masalan YIMning:
— SSSR, 2-jahon urushida 61%;
— AQSH, 2-jahon urushida 50%;
— AQSH, Koreya urushida 4,2%;
— AQSH, Vetnam urushida 2,3%;
— AQSH, Iroq urushida 1%;
— SSSR Afg'oniston urushida 0,4%;
— Ukraina, Rossiya urushiga 34%.

Yuqoridagi statistikadan ko'rinib turibdiki, Rossiya uchun bo'lib o'tayotgan urush katta xarajatlarga boy bo'lsada, Yalpi ichki mahsulotiga nisbatan juda kichik ulushni tashkil etar ekan.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️ Singapurda shaxsiy avtomobilga egalik qilish qanchaga tushadi?

Singapurda haydovchilar shaxsiy avtomobilga ega bo‘lishni xohlasa, sertifikat uchun 106 ming AQSh dollarigacha to‘lashi kerak bo‘ladi. Mamlakatda tirbandliklarga qarshi kurash uchun 1990-yilda avtomobilga egalik qilish sertifikati (Certificate of Entitlement yoki COE) berish tizimini yo‘lga qo‘yadi.

Qizig‘i, avtomobil xarid qilishdan avval haydovchi sertifikatni sotib olishi kerak. Sertifikat 10 yil amal qiladi. Singapur avtomobilga egalik qilish sertifikatining narxi bo‘yicha dunyodagi eng qimmat mamlakat hisoblanadi. 2020-yilga nisbatan katta hajmli avtomobillar uchun sertifikat narxi 4 baravarga oshib, 106 376 AQSh dollariga yetdi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️Afg'onistonda yana bir aviakompaniya o'z xizmatlarini kõrsatishni boshladi

Eronning Yazd Airways aviakompaniyasi Tehrondan Mozori Sharifdagi Maulana Jaloliddin Muhammad Balxiy xalqaro aeroportiga ilk parvozini amalga oshirdi.

Bundan buyon Yazd Airways Tehron va Mozori Sharif õrtasida haftada bir marta (shanba) parvoz qiladi.

Xalqaro aviakompaniyalar Afg'onistonga parvozlarni Tolibon hokimiyatga kelganidan keyin tõxtatgan edi.

Ayni paytda mamlakatda faqat ikkita mahalliy aviakompaniya bor edi – Ariana Afghan Airlines va Kam Air.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️20-yanvardan boshlab elektropoyezdlar va tez yurar poyezdlarning chiptalar narxi oshadi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralararo tarif komissiyasi qaroriga muvofiq, temir yo‘l infratuzilmasini isloh qilish, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish maqsadida 2024-yil 20-yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari hamda "Sharq", "Nasaf" va "O‘zbekiston" tez yurar poyezdlarining chiptalar narxi 20% ga oshmoqda.

"Afrosiyob" yuqori tezlikdagi elektr poyezdlariga chiptalar narxi:

Toshkent - Buxoro - Toshkent

VIP 636 000 so‘m

Biznes 462 000 so‘m

Ekonom 336 000 so‘m


Toshkent - Qarshi -Toshkent

VIP 534 000 so‘m

Biznes 390 000 so‘m

Ekonom 282 000 so‘m

Toshkent - Samarqand Toshkent

VIP 396 000 so‘m

Biznes 276 000 so‘m

Ekonom 204 000 so‘m etib belgilandi.


@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️Tesla yanvar oyi boshidan beri deyarli $100 mlrd yo‘qotdi

Qayd etilishicha, bunga AQShda elektromobillarga bo‘lgan talab o‘sishining sekinlashishi va Xitoyda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxining pasayishi sabab bo‘lgan.

“Tesla” aksiyalari o‘tgan yil davomida ikki baravar ko‘paydi, biroq 2024-yilning boshlanishi kompaniya uchun eng yomoni bo‘ldi.

Kompaniya 2024-yilning dastlabki ikki haftasida bozor qiymatini $94 mlrddan ko‘proq yo‘qotdi.

Buning sabablari orasida “Hertz Global Holdings Inc” kompaniyasining elektr transport vositalarining raqobati, Xitoyda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxining yana pasayishi va ishchi kuchi narxining oshishi belgilari mavjud.

Bularning barchasi, ayniqsa, AQShda elektromobillarga bo‘lgan talab o‘sishining sekinlashishi fonida sodir bo‘lmoqda.

“Investorlarning „Tesla“ bilan bog‘liq asosiy tashvishi turg‘unlikdir”, — dedi “Cowen” tahlilchisi Jeffri Osborne.

Xitoyning narxlarni pasaytirishi bu xavotirlarni yanada kuchaytiradi, chunki u bozordagi kuchli raqobatni hisobga olgan holda elektromobil sanoati uchun poygaga o‘xshay boshlaydi.

“Biz elektr avtomobil bozorida davriy pasayishdamiz, ammo raqobat dinamikasi davriy bosimni kuchaytirmoqda”, — deydi “Spear Invest” bosh investitsion direktori Ivana Delevska.

Uning qo‘shimcha qilishicha, pastroq narxlar va foydaning keskin pasayishi bu noqulay raqobat dinamikasining natijasidir.

Bular qatorida, “Tesla” Qizil dengizdagi xavfsizlik muammolari tufayli Berlindagi zavodi uchun mo‘ljallangan yetkazib berish yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Dekabrda Toshkentdagi uy-joy ijara narxlari qanday bo‘ldi?

O‘tgan oyda poytaxtda o‘rtacha va to‘liq ta’mirlangan 1 xonali va 3 xonali uy-joy ijara narxlari pasaygan.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2023-yilning dekabr oyida Toshkent shahrida taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini tahlil qilishdi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida o‘rtacha va to‘liq ta’mirlangan uy-joy ijara narxlarida tushish kuzatildi. Lekin, 4 xonali xonadonlar ijara narxlarida ko‘tarilish qayd etilgan.

2023-yilning so‘nggi oyida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari noyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,3% ga pasaydi.

Ushbu guruhda 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari noyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,2%ga pasayib, $400ni tashkil etgan bo‘lsa, 2 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari ($443) 1%ga, 3 xonali uylarning ijara narxlari ($515) 0,7%ga arzonlagan.

Biroq, 4 xonali uylarning o‘rtacha ijara narxlari ($594) esa 0,7% ga oshgan.

To‘liq ta’mirlangan guruhdagi uylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlarida 0,4%ga tushish kuzatildi.

Xususan, shahar bo‘yicha 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari ($476) 2%ga arzonlagan bo‘lsa, 2 xonali ($653) va 3 xonali ($782) uylar uchun ushbu ko‘rsatkich mos ravishda 0,3% va 0,4% ni tashkil etgan.

Lekin, 4 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari 0,9%ga qimmatlab, $915 ga yetgan.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

Suniy intellekt dunyoni egallamoqda

Bunga sabab, Duolingo ilovasi tarjimonlarni ishdan bo‘shatmoqda. Qayd etilishicha, kompaniya tarjimon xodimlar o‘rniga sun’iy intellektdan foydalanishni boshlagan.

Tarjimonlar “Reddit” tarmog‘ida “Duolingo” til o‘rganish xizmati tarjimonlarni ishdan bo‘shatib, ularni sun’iy intellekt bilan almashtirayotgani haqida yozishmoqda.

Xususan, No_Comb_4582 nomli foydalanuvchi 5 yillik mehnatidan so‘ng kompaniyadan ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.

“Ular allaqachon kontent yaratish va tarjimalar uchun sun’iy intellektdan foydalanishni boshlagan. Shu sababdan meni tarjimonlikdan bo‘shatishdi”, deb yozadi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, platforma dekabr oyidan boshlab xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qila boshlagan.

Xodimlardan biri kompaniya tomonidan yuborilgan ishdan bo‘shatish tafsilotlarini oshkor qilgan elektron pochta skrinshotini ham baham ko‘rdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning mingga yaqin xodim ishdan bo‘shatilgan.

Biroq, barcha xodimlar ham bo‘shatilmagan, sun’iy intellektlarni ishini nazorat qilish uchun ayrim mutaxassislar faoliyatini davom ettirmoqda.

P/S: Agar bu tajriba sinovdan muvaffaqiyatli o'tsa, tarjimonlarning bir qismi ishsiz qolishi mumkin.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

🇵🇸 HAMAS rahbari Ismoil Haniya:

"Al-Aqso Tõfoni" operatsiyasi Falastin masalasini chetga surib qõyish, Al-Aqso masjidini nazorat qilish va mintaqada sizning bosqinchi davlatingiz markaziy õrinni egallaydigan ittifoqlar yaratishga urinishidan keyin boshlangan.

Bosqinchilar, HAMAS va Ğazodagi qarshilikni yõq qilishni, isroillik asirlarni qaytarishni va falastinliklarni Misr hududiga siqib chiqarişni istashini e'lon qildi. Bu maqsadlar Amerika ma'muriyati va Ğarb koalitsiyasi tomonidan qabul qilindi. Bu Amerika-isroil agressiyasi, chunki Amerika ma'muriyati urush rejasini ishlab chiqish va qarshilikni yõq qilish ushun barcha harakatlarni qildi.

Rejalari amalga oshmadi, chunki Falastin xalqi õz zaminida ildiz otgan.

Biz HAMASni yõq qilmoqchimiz, dedilar. Biz ularga aytamizki, HAMAS butun xalqdir, HAMAS butun Falastindir va Falastin xalqi orasidadir.

HAMAS arab va islom dunyosi hamda butun dunyoning har bir uyiga kirib bordi.

100 kunlik urushdan sõng, dushman õzining urush maqsadlariga erishdimi? Bu urushda dushman qirğinlar va katta xarajatlariga qaramay õz maqsadlariga erisha olmadi.

Isroil qamoqxonalaridagi barcha mahbuslarimiz ozod qilinmaguncha, bosqinchi isroil õz mahbuslarini qutqara olmaydi.

Isroil davlati bir narsada muvaffaqiyat qozondi: u õzining xunuk va qonli yuzini kõrsatdi!

Manbaa - Azon Global

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️Tikuv sexidan qancha daromad qilish mumkin?

• Tikuv sexida 2 xil yo'nalishda xizmat ko'rsatiladi.
Buyurtma asosida va o'z shaxsiy brend va dizaynlari asosida kiyimlar tikish mumkin.

Agarda siz kuniga o'rtacha 100ta mahsulot ishlab chiqarsangiz, ishchilar oyligidan tashqari har bir mahsulotdan kamida 5000 so'mdan, bir kunga 500'000 so'm va bir oyga 15'000'000 so'm daromad olishingiz mumkin.

Ijara, kommunal xizmatlar va boshqa xarajatlarga 5mln so'm chiqarilsa, bir oyga 10.000.000 so'm sof foyda qilsa bo'ladi.

❗️Bu korsatkichlar eng kam o'rtacha hisobda ko'rsatildi. Agarda siz o'zingizning xom ashyo va dizayningiz oqali kiyimlar tikib sotsangiz, har bir tayyor mahsulotdan o'rtacha 10'000-20'000 so'm sof foyda ko'rasiz va bu oyiga 25mln dan 55mln gacha daromad deganidir.

Tikuv sexi uskunalari o'rtacha miqdorda 80-100mln so'm atrofida sotib olish mumkin. Uskunalar bilan har kuni faol ish olib borilsa, biznes o'rtacha 6 oyda o'z pulini qoplab foydaga o'tadi.

#Biznesreja

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️O‘qituvchilarga ish haqlari qachon o‘tkazib beriladi?

Byudjet tashkilotlarida, jumladan, maktab o‘qituvchilari va shifokorlarda dekabr oyi uchun ish haqi to‘lab berilmayotgani bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining xabar berishicha, “UzASBO-2” tizimiga o‘tish munosabati bilan tizimda ayrim muammo va uzilishlar kuzatilmoqda. Bugungi kunda ushbu nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilyapti hamda budjet tashkilotlarining dekabr oyi II yarmi uchun 35 foiz budjet tashkilotlarining ish haqlari moliyalashtirib berilishi ta‘minlandi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining masʼullari bilan ushbu masalada gaplashdim, aytilishicha, texnik muammo deyarli bartaraf etilgan, tegishli banklarga ish haqlari o‘tkazib berilgan, endi tez orada xizmat ko‘rsatuvchi banklar o‘qituvchilarga ish haqlarini o‘tkazib berilishi kutilmoqda.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

🕋 O'zbekistonda Haj safari narxlari

— Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan Haj safari narxi 68 760 000 soʻm boʻlganligini 2023-yil boshida e’lon qilgan.

— Xususiy (qoʻshma, sherikchilik kabi) sayohat kompaniyalari tomonidan tashkil etilayotgan Umra safarlari narxi esa oʻrtacha $900 dan $1 350 gacha, ba’zida minimum $650, maksimum $2 500 gacha boʻlmoqda. Ba’zilar firmalar 130 000 dan 450 000 (900 000) soʻmgacha xizmat haqi ham olmoqda.

— Mustaqil sayohatchi sifatida tashrif buyurish uchun esa $250 dan $700 gacha bilet uchun, oʻrtacha $500 atrofida qoʻshimcha xarajatlar uchun ajratish kerak. Umumiy hisobda siz $750 dan $1 200 gacha pul bilan Umra safariga borolasiz!

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…

THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT

⚡️ 2024-yilda Sun’iy intelekt xizmatlari, maoshlari qancha boʻlishi kutilmoqda?

— Sun’iy intelekt narxi turli omillarga qarab oʻzgaradi. Taxminan narxlar quyidagicha boʻlishi mumkin:
• Dastur narxi: $30 000 – $45 000
• Ishchi kuchi: $25 – $49 (soatiga)
• Texnik xizmat: $8 999 – $14 999

— Siz AI (SI) ga buyurtma bergan kompaniya bozor qiymati va boshqa moliyaviy sabablar AI narxiga ta’sir qiladi va quyidagicha boʻladi:
• Kichik kompaniya: $20 000 – $45 000
• Oʻrta kompaniya: $50 000 – $100 000
• Katta kompaniya: $100 000 – $1,5 mln

— AI buyurtmaning murakkabligi va uning aqli kabi jihatlarda ham narxlar oʻzgaradi:
• Past darajali AI: $15 000 – $35 000
• Oʻrta darajali AI: $40 000 – $60 000
• Yuqori darajali AI: $80 000 – $100 000

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!

Читать полностью…
Subscribe to a channel