time_edu | Unsorted

Telegram-канал time_edu - Time180° LC

542

🏢Time Education abituriyentlar tayyorlash o'quv markazining rasmiy kanali. 📚✏Siz uchun foydali ma'lumotlar va maqolalarni shu yerdan olishingiz mumkin ☎️Ma'lumot uchun +998 97-162-12-12 💳Savol va takliflar bilan @timedu ga murojaat qiling

Subscribe to a channel

Time180° LC

Sakkizinchi savolning tahlili:
8. Tepaliklarda qor ostidan zanglagan tunuka va temir, qora va sariq gʻisht, beton parchalari chiqib turar edi.  Mazkur gap boʻyicha notoʻgʻri fikrni toping.
A) Ikki oʻrinda soʻz yasovchi qoʻshimcha qatnashgan.
B) Ham ismlarning, ham feʼllarning munosabat shakli qatnashgan.
C) Bir soʻz tarkibida ikkita munosabat shakli mavjud.
D) Lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar besh oʻrinda qatnashgan.
A javobda aytilgani kabi ikkita soʻz yasovchi mavjud: tepa+lik, zang+la;
B javobda aytilgani kabi ismlar va feʼllarning munosabat shakli mavjud: tepaliklar+da(kelishik) , tur+ar(zamon);
C javobda ham toʻgʻri fikr berilgan: ost+i+dan soʻzida ikkita munosabat shakli mavjud.
D javobda aytilgani kabi lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar besh emas, toʻrt oʻrinda qatnashgan: tepalik+lar, zangla+gan, parcha+lar+i, chiq+ib.
Toʻgʻri javob D.

Читать полностью…

Time180° LC

Oltinchi savol tahlili:
6. Quyida berilgan gapda necha oʻrinda munosabat shakli qatnashgan?
Ayrilmagin elingdan, quvvat ketar belingdan.
A) 6     B) 5     C) 4     D) 3
Munosabat shakllari qaysi qoʻshimchalar ekanligini eslab olamiz: egalik, kelishik, bogʻlama, zamon, shaxs-son, mayl qoʻshimchalari.
Testda berilgan gapni , avvalo, toʻgʻri tartibga keltirish kerak.
Elingdan ayrilmagin, belingdan quvvat ketar.
Endi soʻzlar tarkibini morfemik tahlil qilamiz:
El+ing(II shaxs-birlik egalik)+dan(chiqish kelishigi) ayir+il(nisbat) + ma(boʻlishsizlik)+gin(buyruq-istak mayli), bel+ing(II shaxs-birlik egalik)+dan (chiqish kelishigi) ket+ar(kelasi zamon).
Demak, bu gapda 6ta munosabat shakli mavjud: -ing, -dan, -gin, -ing, -dan, -ar. Toʻgʻri javob: A

Читать полностью…

Time180° LC

Toʻrtinchi savolning tahlili:
4. Jannatku bu xayot, oʻzim choʻpon boʻlar edim, iloji boʻlsa, rost aytayapman. Choʻponlar gurillab ho-holadilar. Siyrak saqol, burishgan yuzli, qotma gavdali chopon chol eʼtiroz qildi.
Yuqoridagi parchada necha oʻrinda imloviy xato mavjud?
A) 5    B) 7    C)  10     D) 8
Jannatku soʻzi jannat-ku(1), xayot soʻzi hayot(2), aytayapman soʻzi aytyapman(3), gurillab emas gurullab(4), ho-holadi emas xoxoladi(5,6,7), saqol emas soqol(8), burishgan emas burushgan(9), chopon emas choʻpon(10).
Jami 10 oʻrinda xato mavjud. Toʻgʻri javob D.

Читать полностью…

Time180° LC

2-savolning tahlili:
2. Qaysi javobda faqat old qator unlilar qatnashgan soʻzlardan tashkil topgan gap berilgan?
A) Aql koʻpga yetkazadi, hunar - koʻkka.
B) Oʻqish yaxshi, uqish undan ham yaxshi.
C) Yomonlikning oxiri voy.
D) Mehnatda sinalgan elda aziz.
Savolda sizdan faqat old qator unlilar qatnashgan soʻzlardan tashkil topgan gap soʻraldi. Old qator unlilarga A, E, I tovushlari kiradi.
A javobda koʻpga va koʻkka soʻzlarida Oʻ unlisi mavjud, bu unli esa orqa qator unli.
B javobda oʻqish va uqish soʻzlarida Oʻ va U orqa qator unlilari mavjud.
C javobda yomonlikning, oxiri va voy soʻzlarida O unlisi mavjud.
☝️Demak, toʻgʻri javob D.

Читать полностью…

Time180° LC

Poytug' filialimizdan ham imtihonning qaynoq jarayonlaridan issiqqina lavhalar.

@time_edu

Читать полностью…

Time180° LC

Қачон гапиришни билишинг тарбиядир.
– Гапираётган кишини эшитишинг ахлоқдир.
– Гапираётган кишини гапини бўлмаслик одобдир.
– Гапирилаётган нарсани англаш ҳикматдир.
– Гапираётган ҳар-бир кишини тасдиқламаслик зукколикдир.

@time_edu

Читать полностью…

Time180° LC

#ibratli_vedio_rolik

Farzandlarini boqish uchun otalar qanchalik mehnat qilishini bilasizmi ?

Har kuni kelib ilm olishingiz uchun qanchalar mehnat qilayotgan ota-onangiz uchun ham oʻqing.
😢 Ota-onalar farzandining kelajagi uchun o‘zidan voz kechishga tayyorlar!
Olloh ota-onalarimizni umrlarini uzoq qilsin.

TIME oilasi barchangiz ota -onangizning mehnatini qadrlashingizga istab qoladi.


@time_edu

Читать полностью…

Time180° LC

Ko'ngilda bo'lsa, inson o'zi uchun barcha sharoitlarni yaratadi!

@time_edu

Читать полностью…

Time180° LC

Menimcha, hayotdagi eng yoqimli hissiyotlardan biri kimgadir kerakligingni bilish boʻlsa kerak. Baxtiyor shunaqa yoqimli hislar ichida yuradigan baxtiyor inson. U hammaga kerak. Shu jumladan, menga, mening oilamga ham(aslida Baxtiyorjon ham oilam aʼzosi, yaʼni UKAM).
Ukam uzoooooq yashang, aka-ukachiligimizga koʻz tegmasin! Alloh oʻylagan rejalarimizni birgalikda bajarishni oʻzi nasib qilsin! Shukronalik kuningiz muborak boʻlsin! Urrraaa🎂🎂🎂🎂

Читать полностью…

Time180° LC

Илм олишнинг эрта кечи йўқ.
80 ёшли отахон илм ўрганмоқда..

Сиз неча ёшдасиз?
Илм оляпсизми ?
Умрингизни ғанимат билинг!! 👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAD_lW99cezw409xXGA

Читать полностью…

Time180° LC

Evolution of English...

"Are you hungry"

@time_edu

Читать полностью…

Time180° LC

да сўз — юрагинг туб-тубидан отилиб чиқади. Илҳом туфайли туғилган қийноқ азоби эса, ўта лаззатли. Ана шу қийноқ, изтироб, фикр теранлигига туйғун ҳолатда шеърда ҳарорат ҳосил қилади. Шеърхон шеър ўқиганда ушбу ҳароратни ҳис қилмоғи лозим…

Читать полностью…

Time180° LC

Абдулла Ориповни хотирлаб

АБДУЛЛА ОРИПОВ САБОҚЛАРИ

Читать полностью…

Time180° LC

#xabar

❌ Kelayotgan kirish test sinovlarida nazoratchilar abituriyentlar orasida yurmaydi.

DTM masʼulining xabar berishicha, tashkilotning hududlarda binolarini qurish, ularni zamonaviy AKT jihozlari bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda.

Kelgusida abituriyent oʻziga biriktirgan kompyuterda test topshiradi. Kompyuterdagi maxsus kamera abituriyentning xatti-harakatini nazorat qiladi. Agar u yon-atrofidagilardan yordam olmoqchi boʻlsa yoki boshqa qoʻllanmalardan foydalanishga harakat qilsa, test avtomatik bloklanadi va bu haqda masʼullarga xabar beriladi.

/channel/majburiyfanlardtmuz

Читать полностью…

Time180° LC

#ТАШХИС

• Ҳаётда нима иш қилсанг ҳам танқид қилаверадиганлар топилади.
• Сенинг тўғри ёки нотўғри эканинг уларга қизиқмас, балки уларга танқид муҳим, шу сабаб тирноғинг остидан кир қидиришади.
• Аслида эса улар ўзлари чиқа олмаган чўққига тош отишаётган бўлишади холос.
• Шундай экан ҳаётингни кимларнингдир гап-сўзларига қараб белгилама!
• Ишонавер - ўша танқидчилар сендан маъсумроқ эмас!
• Баъзисининг юрагида иғво урчиган, бошқасининг жигарида эса ҳасад ўрнашган.
• Иғвогарни ҳақда собит бўлиш билан жазола!
• Ҳасадгўйнинг жигарини эса ҳақ йўлдаги ғалабанг билан эз!

© Ғолиб Сафо

Читать полностью…

Time180° LC

7-savolning tahlili:
7. Xalq (tabobat) qulupnay (meva) terlatuvchi, bezgak (xuruj) qarshi omil sifatida tavsiya etiladi.
Qavs ichidagi soʻzlarda nechta egalik va nechta kelishik qatnashishi kerak?
A) 3 oʻrinda kelishik, 3 oʻrinda egalik.
B) 2 oʻrinda kelishik, 3 oʻrinda egalik
C) 3 oʻrinda kelishik, 2 oʻrinda egalik
D) 2 oʻrinda kelishik, 2 oʻrinda egalik Xalq tabobat+i+da qulupnay meva+si terlatuvchi, bezgak huruj+i+ga qarshi omil sifatida tavsiya etiladi.
3 oʻrinda egalik, 2 oʻrinda kelishik qatnashgan. Toʻgʻri javob B.

Читать полностью…

Time180° LC

Beshinchi savolning tahlili:
5. Quyidagi soʻzlardan nechtasida urgʻuning oʻrnini koʻchirish orqali soʻz maʼnosini farqlash mumkin?
Koʻzlar, yangi, bogʻlar, hozir, gullar.
A) 2     B) 3     C) 4     D) 5
Maʼlumki, urgʻu maʼno farqlashi uchun soʻz ikki xil maʼnoga ega boʻlishi va ikki xil talaffuz qilinishi kerak.
Urgʻu Koʻzlar soʻzining birinchi boʻgʻiniga tushsa feʼl( uzoqni koʻzlar), ikkinchi boʻgʻinga tushsa ot( koʻzlar maʼyus edi);
Urgʻu Yangi soʻzining birinchi boʻgʻiniga tushsa ravish( yangi keldi), ikkinchi boʻgʻinga tushsa sifat(yangi koʻylak) boʻladi;
Urgʻu bogʻlar soʻzining birinchi boʻgʻiniga tushsa feʼl(belini bogʻlar), ikkinchi boʻgʻinga tushsa ot(Bogʻlar gavjum edi) boʻladi;
Urgʻu hozir soʻzining birinchi boʻgʻiniga tushsa ravish ( hozir eshitdim), ikkinchi boʻgʻinga tushsa sifat (javob berishga hozir) boʻladi;
Urgʻu gullar soʻzining birinchi boʻgʻiniga tushsa feʼl ( bahorda gullar) , ikkinchi boʻgʻinga tushsa ot ( gullar keltirdim) boʻladi.
Demak, barcha soʻzlarda urgʻu maʼno farqlashi mumkin ekan. Toʻgʻri javob D.

Читать полностью…

Time180° LC

3. Qaysi javobda hosil boʻlish oʻrniga koʻra birlashtiruvchi undoshlar qatnashgan soʻzlardan tashkil topgan gap berilgan?
A) Yer - dehqonning joni, suv - qoni.
B) Yerni siylaganni el siylaydi.
C) Yer - xazina, suv - oltin.
D) Yer egasi boʻlma, mehnat egasi boʻl.
Savolda undoshlar hosil boʻlish oʻrniga koʻra bir xil boʻlishi shartligi aytilgan. Eslab olamiz: undoshlar hosil boʻlish oʻrniga koʻra til undoshlari, lab undoshlari va boʻgʻiz undoshiga boʻlinadi.
A javobda dehqon soʻzida boʻgʻiz undoshi, suv soʻzida lab undoshi mavjud.
B javobda y,r,n,s,y,l,g,n,n,y,r,s,y,l,y til undoshlari qatnashgan.
C javobda suv soʻzida V lab undoshi mavjud.
D javobda til undoshlaridan tashqari m,b lab undoshlari va h boʻgʻiz undoshi mavjud.
Demak, toʻgʻri javob B.

Читать полностью…

Time180° LC

⚡️⚡️⚡️ Diqqat! Bugungi blok testdagi ona tili va adabiyot fanidan savollarni tahlil qilishni boshlaymiz!
Majburiy ona tili 1-savol tahlili:
1. Bizning Homid shunaqa qoʻlansa soʻzlar uchun yaralgan, - dedi Ziyo shohichi. Mazkur gapda maʼno koʻchishining qaysi turi qatnashgan?
A) metafora   B) metonimiya  
C) sinekdoxa  D) vazifadoshlik
Bizdan maʼno koʻchish turi soʻralgani uchun, avvalo, maʼnosi koʻchgan soʻzni topib olamiz. Gapdagi "qoʻlansa" soʻzi aslida badboʻy hidga nisbatan ishlatiladi. Demak, bu soʻz oʻz maʼnosidan koʻchgan, chunki soʻzning hidi mavjud emas. Homidning aytgan soʻzi oʻrinsiz va yoqimsiz boʻlganligi uchun "qoʻlansa" ga oʻxshatilgan. Oʻxshatish esa oʻz-oʻzidan maʼno koʻchishining metafora usuliga tegishli.
☝️Toʻgʻri javob A.

Читать полностью…

Time180° LC

An'analarimizga sodiq qolgan holda bugun noyabrning so'nggi yakshanbasida o'quv markazimizning barcha filiallarida oylil blok test imtihonlari o'tkazilmoqda.
Abituriyentlar yuqori nazorat ostida, malakali ustozlarimiz tomonidan tuzilgan testlarda o'z bilimlarini sinab ko'rishmoqda.
Barcha o'quvchilarmizga omad tilaymiz.

@time_edu

Читать полностью…

Time180° LC

#xush_xabar_yangi_kurs
Assalomu alaykum, qadrdonlar!!
⚡️⚡️⚡️"Time 180°"  NTMda dekabr oyidan  Kuyganyor va Poytug' filiallarida ona tili va adabiyot fanidan yangi o'quv kurslari tashkil etilmoqda.
☝️Joylar soni cheklangan, shoshiling!!!🏃‍♀🏃
📌Darslar dushanba, chorshanba, juma kunlari Poytugʻda;
📌seshanba, payshanba, shanba kunlari esa Kuyganyorda boʻlib oʻtadi.

☎️Qabul uchun:  88 162 12 12
                           90 200 30 27
@time_edu

Читать полностью…

Time180° LC

Assalomu alaykum.Bugun Tarix fani mohir ustozi biz uchun ham aka ham ustoz Hamidillo Xolmatov tavallud kuni.Fursatdan foydalanib ustozga tan-sihatlik oilaviy baxt barakali umr so'rab qolaman.Hamisha qaddingizdan qadriz baland bo'lsin🎉🎉🎉🎁🎁🎁(A.Qaxorov)

Читать полностью…

Time180° LC

Qadridonim, bratim , Time oilasining azolaridan biri Baxtiyor aka tugʻilgan kuningiz qutlugʻ boʻlsin. Ohhoyt akam Tugʻilgan kuningiz muborak boʻoptashasin. Doimo insonlar ardogʻida boʻlib yurish nasib qilsin. Jaa uzoq emas lekin mazmunli yashab 100ga kirish baxtiga muyassar boʻling aka. Hoʻoʻpey boʻz di ti yu. 🥳🥳🥳🥳🥳

Читать полностью…

Time180° LC

Bugun, do'stimiz, hamkasbimiz, ham aka, ham uka hech kimdan beminnat yordamini ayamaydigan inson Baxtiyorjonning tavallud ayyomi.
Baxtiyorjonni, ushbu tavallud ayyomi bilan muborak etamiz.
Allohdan uzoq umr, barakot va muvaffaqiyat tilaymiz.
Doimo shunday barcha uchun kerak shaxs bo'lib yuring.

@time_edu

Читать полностью…

Time180° LC

#kun_shoiri

26 АПРЕЛ — ЎЗБЕКИСТОН ХАЛҚ ШОИРИ МУҲАММАД ЮСУФ ТАВАЛЛУД ТОПГАН КУН.

Бош бир кун тош ёстиққа етар,
Руҳ тўтиси танни тарк этар.
Дейдилар, ёш танламас ажал,
Худо билар, ким олдин кетар…

Офтоб елиб толса кўк узра,
Унга осмон сандиғи ҳужра.
Ҳақдан ҳукм, бандадан ижро,
Худо билар, ким олдин кетар?!

Пок дилингни кемирди ҳасад,
Қадамингда топдинг азият.
Дўстим, менга қилма васият,
Худо билар, ким олдин кетар.

Асо тутмиш қанча қадди дол,
Мен бир кучга тўлган навниҳол,
Отам мени кўмар эҳтимол…
Худо билар, ким олдин кетар.

Кўзим кўкда, сизда хаёлим,
Жужуқларим – менинг камолим!..
Ғаниматмиз, жуфти ҳалолим,
Худо билар, ким олдин кетар!..

Читать полностью…

Time180° LC

#test

Bugun 25.05.2021 Aprel oyining so'ngi yakshanbasi. Har galgidek o'quv markazimizda oylik blok testlar o'tkazilmoqda.
Muborak Ramazon oyida o'quvchilarimizning yil davomida qilib kelayotgan mehnatlarini natijasini ko'rishligini so'raymiz.
Hammaga omad!

@time_edu

Читать полностью…

Time180° LC

Абдулла Ориповни хотирлаб

АБДУЛЛА ОРИПОВ САБОҚЛАРИ

* …Ижодкорлар маънавият дунёсининг доимо ҳушёр, кўзи очиқ аскарларидир.

* Ҳазрат Алишер Навоий Самарқандда яшаган кезлари бир гадойнинг бозорларда куйлаб юрадиган “шоҳ байти”га харидор бўлади. Бу ҳақда ўқигансиз ва биласиз. Гадонинг ёқимли ижросидаги матлаъ ҳам ёдингиздадир:

Кўкрагимдир субҳнинг пироҳанидин чокроқ,
Кипригим шабнам тўкилган сабзадин намроқроқ.

Хуллас, бу истак Навоийни тинч қўймайди ва қариянинг барча айтганларини амалга ошириб, “шоҳ байт”ни ўзининг шахсий харид мулки қилиб олгач, ушбу икки мисрани мукаммал ғазал ҳолига келтиради.
Хўш, ана энди айтинг, бир “бегона” байтга ошуфта бўлиш, ундан кўнгил узолмаслик ва орадан шунча йиллар ўтса-да, орзусини амалга оширган ҳолда соҳиби айтган “баҳо”га сотиб олишнинг “ғазал мулкининг султони” бўлган улуғ шоирга нима зарурияти бор эди?!
Бу ўринда, Ҳазрат Навоийнинг мақсад-муддаоси шундан иборат эдики, халқ томонидан яратилган, икки қаторгина бўлса-да, ноёб шеърий мисраларни йўқ бўлиб кетишдан сақлаб қолиш, уни мукаммаллаштирган ҳолда, элнинг мулкини яна ўзига қайтариш эди.
Ҳа, Ҳазрат Навоийнинг асло тўзим билмас, абадий уйғоқ ижоди қаторида серқирра ҳаётий фаолияти ҳам зиёга интиқ, маърифатга интилган кўнгиллар учун андоза бўларликдир…

* Ҳар қандай жанр, хусусан, шеърият образлилик билан тирик. Бу борада мисол келтирилса, айтайлик, бирор-бир шоирнинг қаҳрамони севгилисига ўз муҳаббатини изҳор қилмоқчи дейлик.. Бундай пайтда кўпинча: “Эй, ёр, мен сени севаман!” қабилида сўз айтилади ёки шунга ўхшаш…
Аммо ана шу гапни Мирзо Ғолиб: “Эй, ёр, остонангда ётган тошни нима қилардинг, нарига суриб қўйиб. Ахир у менинг пешонамга урилавериб, ўз-ўзидан йўқ бўлиб кетарди-ку!”, дея ифодалашида жуда кучли образлилик барқ уриб туради.
Шу маънода ёш ижодкорлардан ўтинчим мумтоз адабиётимиз, классикларимизнинг асарларидан доимий тарзда мадад олиб туриш зарур. Афсуски, ҳозирда айрим асарларни ўқиганингда тил гўзаллигини, ипакдек майин бўлиб жилоланиб туришини камдан-кам учратамиз.
Яширишнинг кераги йўқ, ҳатто баъзи катта адибларимиз асарларида ҳам она тилимизнинг руҳи синиқ. Аксарият сўзларимиз луғатлар “қабрига” кўмилиб қолмоқда. Луғатимиздан ўз ўрнини топган арабча, форсча сўзларни тобора камроқ қўллаяпмиз. Менимча улардан, албатта, фойдаланиш зарур, лекин меъёри билан. Шуни билингки, қайси тилда синоним кўп бўлса, ўша тил бой ҳисобланди. Тилимизда эса синонимлар беҳисоб.
Мисол тариқасида, Навоий бобомиз биргина “йиғлаш” сўзининг “бўзламоқ”, “ўкирмоқ”, “инграмоқ”, “синграмоқ”, “инчкирмоқ” каби ўнлаб синонимларини ишлатган. Тилимиз туркий тиллар орасида энг бой, нафис, мусиқий эканини, Дантени таржима этиш жараёнида яна бир карра ишонч ҳосил қилганман. Яна бир истагим, мактаб, олий ўқув юртларимизда ҳам тилни ўрганиш ва ўргатишни янада такомиллаштиришимиз даркор.

* Ўрни келганда бир гапни айтиб ўтай. Зинҳор битта шеърни бир ўтиришда ёздим деб мақтаниб юрманг. Боиси, шеър, яъни сўз айрим унли ва ундошларига қадар тинимсиз сайқал топгандагина ва айни чоқда, биринчи ёзилишдаги руҳий қуввати ва сеҳрини йўқотмаган тақдирдагина мукаммал асарга айланиши мумкин.
Узоқ йиллик ижодий тажрибамдан яна бир хулоса шуки, ижодкор истеъдодининг даражасидан қатъи назар, иложи борича ўзини ёлғон-яшиқдан олиб қочсин.

* Ижодда — ҳалоллик бош мезонингиз бўлсин.

* Катта ва кичик ҳаётий ҳақиқатларни фарқлай билинг. Шахсий кечинмаларингизни бутун бир халқнинг кечинмалари деб эълон қилишдан ўзингизни тийинг. Шахсий дардингизни халқники деб эмас, аксинча, халқнинг дардини ўзингизники деб билинг…

* Ижод китобхон савияси билан ҳам боғлиқ жараён саналади. Шундай экан, баъзи-баъзида ёзувчи сифатидагина эмас, балки китобхон сифатида ҳам “адабий дид” ва савияни назорат қилиб бориш талаб этилади.

* Шеър-қалб ва ақл жанги. Шеърнинг қай даражада маъно ва мазмун касб этиши уларнинг қай бири ғолиб чиқишига боғлиқ.

* Шеър осон ёзила бошладими, шубҳага тушаман. Айтмоқчи бўлганим, илҳом келган дақиқаларда ҳаққоний шеър туғилади. Бундай кезлар

Читать полностью…

Time180° LC

🚩 Ingliz tilida eng ko'p uchraydigan qisqartmalar

◾➟ aren’t = are not
◾➟ can’t = cannot
◾➟ could’ve = could have
◾➟ couldn’t = could not
◾➟ didn’t = did not
◾➟ doesn’t = does not
◾➟ don’t = do not
◾➟ gonna = going to
◾➟ gotta = got to, got a
◾➟ hadn’t = had not
◾➟ hasn t = has not
◾➟ haven t = have not
◾➟ he’d = he had, he would
◾➟ he’ll = he shall, he will
◾➟ he’s = he has, he is
◾➟ how’d = how did, how would
◾➟ how’ll = how will
◾➟ how’s = how has, how is
◾➟ I’d = I had, I would
◾➟ I’ll = I shall / I will
◾➟ I’m = I am
◾➟ I’ve = I have
◾➟ isn’t = is not
◾➟ it’d = it would
◾➟ it’ll = it shall, it will
◾➟ it’s = it has, it is
◾➟ mightn’t = might not
◾➟ might’ve = might have
◾➟ mustn’t = must not
◾➟ must’ve = must have
◾➟ needn t = need not
◾➟ she’d = she had / she would
◾➟ she’ll = she shall, she will
◾➟ she’s = she has, she is
◾➟ should’ve = should have
◾➟ shouldn’t = should not somebody’s = somebody is
◾➟ someone’d = someone had, someone would
◾➟ someone’ll = someone shall, someone will
◾➟ someone’s = someone has, someone is
◾➟ something’d = something had
◾➟ something’ll = something shall, something will
◾➟ something’s = something has, something is
◾➟ that’ll = that will
◾➟ that’s = that has, that is
◾➟ that’d = that would, that had
◾➟ there’d = there had, there would
◾➟ there’d’ve = there would have
◾➟ there’re = there are
◾➟ there’s = there has / there is
◾➟ they’d = they would
◾➟ they’d’ve = they would have
◾➟ they’ll = they shall, they will
◾➟ they’re = they are
◾➟ they’ve = they have
◾➟ wasn’t = was not
◾➟ we’d = we had
◾➟ we’ll = we will
◾➟ we’re = we are
◾➟ we’ve = we have
◾➟ weren’t = were not
◾➟ what’ll = what will
◾➟ what’re = what are
◾➟ what’s = what has / what is
◾➟ what’ve = what have
◾➟ when’s = when is
◾➟ where’d = where did
◾➟ where’s = where has, where is
◾➟ where’ve where have
◾➟ who’d = who would
◾➟ who’d’ve = who would have
◾➟ who’ll = who shall, who will
◾➟ who’re = who are

👉 manba IELTS_Ingliz_tilini

@time_edu

Читать полностью…

Time180° LC

Абитуриентлар диққатига!

⚡️⚡️ ЎзР таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссиясининг 2021 йил 7 мартдаги 10-сон баёни билан 2021-2022-ўқув йили учун республика ОТМларининг бакалавриат таълим йўналишларига мос тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси, тест топшириқлари сони ҳамда баҳолаш мезонлари тасдиқланди.

⚠️ Бу йилги кириш имтиҳонларида абитуриентлар 5 та фандан имтиҳон топширади. Максимал балл – 280,5

❗️Барча тест топширувчилар учун мажбурий 3 та фан (максимал балл – 94,5 балл):

1. Она тили (ўзбек, рус, қорақалпоқ ва бошқа тиллар) – 15 та савол, тўғри жавоб учун – 2,1 балл.

2. Математика – 15 та савол, тўғри жавоб учун – 2,1 балл.

3. Ўзбекистон тарихи – 15 та савол, тўғри жавоб учун – 2,1 балл.

‼️ Бакалавриат таълим йўналишига мос 2 та фан бўйича (максимал балл – 186 балл):

👉 1-фан – 30 та савол, тўғри жавоб учун – 3,1 балл.

👉 2-фан – 30 та савол, тўғри жавоб учун – 3,1 балл.

Вазирликнинг расмий саҳифалари:
Telegram | edu.uz | Facebook| YouTube

Читать полностью…

Time180° LC

❗Yodlash kerak

✳️In predlogi bilan ishlatiladigan iboralar yodlab oling✳️

▪️in the rain — yomg‘irda
▪️in the sun — quyoshda
▪️in the shade — soyada
▪️in the dark — qorong‘ida
▪️in bad weather — yomon havoda
▪️in block letters — bosh harflar bilan
▪️in the affirmative (the negetive) ijobiy (salbiy)
▪️in bulk uyib, tepa qilib
▪️in any case har ehtimolga qarshi, ehtiyot shart
▪️in the circumstances ana shu (ushbu) sharoitda
▪️in the country qishloqda, shahardan tashqarida
▪️in demand talabda, xaridorgir
▪️in due course vaqtida
▪️in the east (west, south, north) sharqda (g‘arbda, janubda, shimolda)
▪️in full - to‘la
▪️in full swing - eng qizg‘in paytda
▪️in general - umuman
▪️in somebody’s interest(s) - ning manfaati uchun
▪️in the long run - oxiri, axiyri, oqibatda, pirovardida, axir
▪️in a loud (calm) voice — baland (tinch) ovozda
▪️in the market — bozorda
▪️in stock — omborda
▪️in store — zaxirada
▪️in the street — ko‘chada
▪️in a picture — rasmda
▪️in a mirror — oynada
▪️in ink — siyoh bilan
▪️in biro — sharikli ruchkada
▪️in pencil — qalamda
▪️in words — so‘z bilan
▪️in figures — raqam bilan
▪️in cash — naqd pul bilan
▪️in order (disorder) - tartibli, saranjom (tartibsiz)
▪️in part - qisman
▪️in conclusion - pirovardida, oxirida, nihoyat
▪️in the direction yo‘nalishda, -ga qarab
▪️in question - gap ketayotgan (Here is the book in question. Mana gapirilayotgan kitob).
▪️in English (Uzbek, Russian, French) inglizcha (o‘zbekcha, ruscha, fransuzcha).
🔹The letter was written in English.
🔸 Xat inglizcha yozilgan edi.
⚠️Lekin: He speaks English. U inglizcha gapiradi.
▪️in return o‘rniga
▪️in sight — ko‘rish maydonida, doirasida
▪️in so far as — modomiki, hamonki; sababli, uchun
▪️in the meantime — shu asnoda, shu vaqt ichida
▪️in the spring (summer, autumn, winter) bahorda (yozda, kuzda, qishda)
▪️in the morning (afternoon, evening) ertalab, (kunduzi, kechqurun)
▪️in the open air ochiq havoda
▪️in the front of a car — avtomobilning oldida
▪️in the back of the car — avtomobilning orqasida
▪️in the sea — dengizda
▪️in the corner — muyulishda, burchakda
▪️in excitement — hayajon ichida in the beginning (end) — boshida (oxirida)
▪️in a queue — navbatda
▪️in a row — bir qatorda
▪️in the open air — ochiq havoda
▪️in one’s opinion — ning fikricha
▪️in (at) one’s option xohlagani, tanlagani, didiga yoqqani
▪️in vain — behuda, bekorga
▪️in time o‘z vaqtida
▪️in a car/ in a taxi — avtomobilda/ taksida
▪️in a line — bir chiziqda
▪️in the past (future) —o‘tmishda (kelajakda)
▪️in a letter — ( bir) xatda

@time_edu

Читать полностью…
Subscribe to a channel