tirilishuz | Unsorted

Telegram-канал tirilishuz - Tirilish | Nashriyot

2192

"Tirilish" nashriyoti oʻzbek va jahon adabiyotining eng sara kitoblarini, siz, aziz kitobxonlarga taqdim etadi. 📍t.me/iBook_uz kitob doʻkonimizning rasmiy sahifasi. Buyurtma berish uchun: @iBook_Uzbekistan

Subscribe to a channel

Tirilish | Nashriyot

"Yoshlar ovozi" gazetasining 2022- yil 14-dekabr kungi 91-sonida nashriyotimizda chop etilgan "Mona Liza tabassumi" kitobining muallifi Sherzod Ortiqovning "Bizning yozuvchilar qachon xalqaro mukofotlarni oladi?" nomi ostida intervyusi chop etildi.

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

#premyera
#tuhfamiz

Tez kunda @Tirilishuz nashriyotida!.. 🔥
Yangilik!.. 🌚

Kitob nomi:
"Ibrohim Haqqul haqiqati"
Muallif:
Ibrohim Haqqul
Muharrir:
Olimjon Allohquli
Musahhih:
Muhammad Amin Mirsaidov
Sahifalovchi:
Gulasal Qodirova
Muqova dizayneri:
Jasurbek Hasanov
Nashriyot:
@Tirilishuz
Muqovasi:
qattiq

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

#video_iqtibos

Xulosa o'zingizdan...🔥

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

#natija

"Qalb iffati" kitobi bo'yicha tashkil etilgan insholar tanlovi NATIJALARI! 🎉

Qadrli tanlov ishtirokchilari, nihoyat intiq kutilgan natijalar chiqdi. Barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Ilmga bo'lgan harisligingiz hech qachon so'nmasin. 🌚

📌 1-o'rin egasi – Zaripova Shahzoda Shavkat qizi.
📌 2-o'rin egasi – Iskandarova So'najon.
📌 3‐o'rin egasi – Abdug'apporova Guli

Bundan tashqari, quyidagi ishtirokchilar ham 😎:

Bintu Anvar
Shodmonqulova Nozima
Dehqonova Gulnoza
Saidmurodova Bonu
Nuraliyeva Nilufar
Gulhayoxon Ismoilova Ilhomjon qizi
Sayitqulova Shaxnoza

nashriyotimizning esdalik kitoblari bilan taqdirlanadilar. 📚

Yulduzxon Karimova ismli ishtirokchimiz tanlov hakamlari tomonidan qo'shimcha 100 ming so'm va esdalik kitob bilan taqdirlanadi. 🔥

Yana bir bor barcha ishtirokchilarga tashakkur. Juda kichik tafovutlar bilan siz ko'rib turgan natijalarda to'xtaldik. Aslida barcha ijod namunalari o'zgacha go'zal. Nasib, "Qalb iffati" asari bo'yicha kelasi yil yana bir tanlov o'tkazish niyatida ekanligimizni ham ma'lum qilamiz. Shunday ekan, sizda qayta ishtirok etish va g'olib bo'lish imkoniyati bor. Kimnidir qalb go'zalliklarini kashf eta olmagan bo'lsak, uzr so'raymiz. Zotan qalblarning haqiqiy kashshofi yolg'iz Allohdir. 😊

📌 G'olib va sovrindorlar o'z mukofotlarini olish uchun @Tirilish_admin akkauntiga murojaat qilishlari lozim.

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

#premyera

Tez kunda @Tirilishuz nashriyotida!.. 🔥
Yangilik!.. 🌚

Muallif:
Jeyms Bouen
Tarjimon: Nilufar Yo'lchiyeva
Muharrir:
Zilola Pazilova
Musahhihlar:
Muhammad Amin Mirsaidov, Sheyxzod Karim
Sahifalovchi:
Gulasal Qodirova
Muqova dizayneri:
Jasurbek Hasanov
Nashriyot:
@Tirilishuz
Muqovasi:
yumshoq

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

#video_iqtibos

Xulosa o'zingizdan...🔥

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

#kitobxon_fikri

Mustafo Cho'qay o'g'lining "Istiqlol jallodlari" kitobiga TAQRIZ!

Bugun siz-u biz ne'matlaridan bemminatgina bahramand bo'layotgan ISTIQLOL qayerdan keldi, bu yo'lda kimlar jon olib, jon berdi, millionlab xalqimizning jabrdiyda bir holga kelishiga kimlar bosh bo'ldi? Demakki, millatni tanimoq istagan kitobsevar qalblar, albatta, bu tarixdan, og'ir tarixdan, xabardor bo'lmog'i darkor. Mustafo Cho'qay o'g'li kitobni tarjimayi hol yo'sinida, borki boshidan kechirgan kunlarini so'zlab beradi. Asosan Sovet tuzumida tub burilish yasagan 1917-yilgi inqilob davri yoritilgan bo'lib, Turkiston o'lkasidagi voqea-hodisotlar, hukumatda bo'layotgan evolutsion evrilishlar, sovetlarning sovet bo'lmagan har qanday xalqqa nisbatan riyokorona, tahqirona bir siyosati bugun o'zligimizni anglashda, Kim aslida Kim ekanligini mulohaza qilishimizda bizga ko'mak beradi. "General Samsonov: Rus mujigining o'g'risi ham har qanday turkistonlikdan, uning avliyosidan ham yaxshidir" — asardan olingan bu jumlaning o'ziyoq xalqimiz qanday tahlikali va ayanchli bir davrni boshidan kechirganini ochiqlab beradi. Biroq asl yog'iylar chet eldan yoki sovetlardan emas, balki aynan o'zimizdan ekanligi asarda bot-bot qaytariladi, aynan sotqinlar ichimizdan chiqib jadidlardan ateist sovetlarni ustun qo'yishadi, eng achinarlisi, ichki ziddiyatlar va o'zaro kelishmovchiliklar siyosiy jihatdan juda qulay pozitsion bir vaziyatda mustaqil bo'lib chiqishga, dushman to'siqlarini yengishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ha, aslida xalqni bunchalik xo'rlanishiga sabab qurol aslahaning ozligi emas, askarlarning tayyorgarligi ham emas, balki birlik ,hurfikrlilikning mavjud emasligi, muntazam nizolar sabab bo'ladi. Bir yoqadan bosh chiqarib birlashsakkina buyuk ishlarga qodir bo'lamiz, kuch— birlikda, shu haqida so'zlanadi mazkur kitob sahifalarida.

© Javohir Cho'liyev

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

O’rtamiyona odam vaqtni tez o’tkazish payida bo’ladi, iste’dod egasi esa undan foydalanib qolishga urinadi.

© A.Shopengauer

HD formatda ko'rish uchun...

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

#statistika

🔥 O'tgan noyabr oyida eng ko'p xarid qilingan @Tirilishuz kitoblari bilan tanishing!

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

#muhokama

🤔 Kuz fasli ham deyarli nihoyalab qoldi. Sizningcha, kelayotgan izg'irinli qish fasli mutolaasi uchun qaysi kitob munosib?

HD formatda ko'rish uchun...


𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

​​#kitobxon_fikri

"Barbarossaning 101 tilsimi" kitobiga TAQRIZ!

Avvalo shuni aytishim kerakki, detektiv asarlarni juda sevib òqiyman, mazkur kitob ham – "Barbarossaning 101 tilsimi" shular jumlasidandir, demak asar islomiy bilimlarni berish bilan bir qatorda, dunyoviy ilmlarga ham, g'aroyib faktlarga ham boy. Asar qahramonlar Nidal va Abdulazizning noma'lum maktub asosida xilma-xil murakkabliklarni yechishadi, bu yòlda ularga asosiy qurol sifatida islom dinidagi manbalar, muqaddas kitoblar ko'mak beradi. Kitobxon sifatida, qolaversa, o'zbek millati farzandi sifatida shuni takidlashim joiz, Nidal yoshligidan maktabdagi tizimga qarshi chiqadi, ya'ni har kun bir xil narsani takrorlashdan mantiq topmaydi va yangilikka intiladi, nimadirlarni o'rganish istagida qo'shni boladan ham so'raydi, biroq ustoz buni qabul qilmaydi, aksincha, uni izza qilib sindirishga harakat qiladi. Bugun o'zbek o'quvchilariga ham yetmayotgan narsa aynan shu emasmikin, kunlik maktab yoki universitet darslaridan boshqa yangi bilimlarni egallashga bòlgan istak, qarshilikka bardosh berish, izlanuvchanlik bular ta'limimizdagi kamchiliklardandir. Bundan tashqari kòplab nasroniy din vakillari islom dinini qabul qilib, musulmonlar bilan bir safda jang qilganlari, qirģinbarotlarga qarshi turganlari ham dinimiz islomning naqadar go'zal hamda mukammalligidan yana bir dalolat ekanligiga amin bòldim. Hatto, buyuk kashfiyotchi Leonardo Da Vinchi ham aynan musulmon olimlarining kitoblari asosida butun dunyoni hayratga solgan ulkan ixtirolarini yaratishi ham bizga ogohlantiruv qo'nģiroģi bòlishi darkor, hamonki bilimni Yevropadan, Amerikadan emas, balki òzimizdan, dinimizdan izlashimizga ishora deb òylayman.

© Javohir Cho'liyev

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

🥳 Nihoyat shu kun keldi: iPhone tomon ikki qadam!

Koʻplab kitobxonlarimiz start'da kutayotgan "Tirilish" tanlovining birinchi bosqichi 30-noyabr kuni oʻtkaziladi.

📌 Botda roʻyxatdan oʻtganlarga 30-noyabr 17:00 ga qadar havola joʻnatib chiqiladi. Shu link orqali kirib, testlarni 18:00 dan 21:00gacha boʻlgan vaqt oraligʻida 30 daqiqada bajarish talab etiladi. Testlar soni 50ta. Siz 18:00 dan 21:00 gacha istalgan paytda kirib testni bajarishingiz mumkin va kirgan vaqtingizdan boshlab yarim soat beriladi.

❕ 20:30 dan keyin kirsangiz vaqt qoʻshib berilmaydi. 20:50 da kirgan taqdiringizda ham 21:00 da vaqt tugab, test yopiladi, shuning uchun masʼuliyatli boʻlishni tavsiya qilamiz.

❗️30-noyabr, soat 17:00 ga qadar administratorlarimizni "menga link kelmadi" deb bezovta qilmang. 17:00 gacha botdan joʻnatilmasa, soʻng murojaat qiling.

‼️ Havolalar bot orqali joʻnatiladi. @ibook_tirilishuzbot ni oʻchirib yubormaganingizni tekshiring.

Barchaga omad yor boʻlsin!

📱 Telegram 📱 Instagram  📱 Facebook  📱 TikTok

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

#premyera
#kitobdan_iqtibos

Urinishlarida, harakatlarida xato qilib, undan keladigan musibatlarga duchor bo'lish va sabr qilish buyuklarning ishlari, insonlarning abadiy yashaydigan sifatlaridir.

📚 "Qanday buyuk bo'lishgan?" kitobidan
🖊 Sa'd Saud al-Kariboniy

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

Ertangi taqdimotimiz "Anjanchasiga"

🤗 Andijon ahlini navbatdagi fayzli taqdimotimizga taklif etamiz. Soʻnggi bekat — Andijon!

Taqdimotda sizni 🔥atmosfera va 💣 chegirma va sovgʻalar kutmoqda. Ishonmasangiz Namangan va Fargʻonalik kitobxon doʻstlaringizdan soʻrang)

📆 27-noyabr
⏳ 10:00
📍 Andijon Mashinasozlik instituti kutubxonasi.

Ziyo davrasini oʻtkazib yubormang. Barchangizni kutamiz!

📱 Telegram 📱 Instagram  📱 Facebook  📱 TikTok

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

Keyingi bekat — Fargʻona!

iBook.uz'ning taqdimot safarlari davom etadi. Ertangi bekat — Fargʻona va Qoʻqon shaharlari.

Mehmonlar:

— Ilm sohibi va taniqli suxandon Omar Xalil;
— "Qalb iffati" tarjimoni va "Mujodala" muallifi Oʻtkirbek MuhammadSobir;
— Ijodkor, "Mona Liza tabassumi" muallifi Sherzod Ortiqov.

Fayzli ilm davrasi, sovgʻalar va chegirmalardan bebahra qolmang!

📆 Sanasi: 26-noyabr

Fargʻona shahrida:

📍Manzil: Ahmad al Fargʻoniy nomidagi kutubxona.
Mo’ljal: TojMahal.
Vaqti: 10:00

Qoʻqon shahrida:

📍Manzil: Qoʻqon univetsiteti. Moʻljal: Pedagogik kollej roʻparasida
Vaqti: 14:30

📱 Telegram 🌐 Instagram  🌐 Facebook  🌐 TikTok

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

#kitoblarda_haqiqat

Soxta tarix faqatgina tarix tilsimiyatlari yechilgandagina fosh bo'ladi...

HD formatda ko'rish

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

#iqtibos
#premyera

– Kasbi-koringiz?
– Men yozuvchiman.
– Demak, ishsiz.
– Shunday desa ham bo'ladi, – o'zi ham ko'ndi janob Mid. Chunki anchadan beri yozmay qo'ygandi. Odamlar kitob va ro'znomalar o'qimay qo'yishgan, nashriyotlar ham, kutubxonalar ham yo'q bo'lib ketgandi. Endi hamma tirik jon oqshom cho'kishi bilan uy-uyiga berkinib olganicha, zangori ekrandagi oq-u qora, rangin va jilokor tasvirlarga o'lik basharalarini tutishgancha mahliyo bo'lishgandi. Xuddi manqurtlardek.

📚 "Atirgul o'g'risi" kitobidan

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun barchangizga muborak boʻlsin! 🎉

Ozod yurtimizda har doim emin-erkin kitob oʻqib yuraylik, yurtimiz tinch, huquqlarimiz mustahkam boʻlsin va ming yildan keyin ham avlodlar bu kunni nishonlab yurishlarini chin dildan tilaymiz.

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

#iqtibos_vaqti

📚 "Bob laqabli mushukcha" kitobidan
🖊 Jeyms Bouen


𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

#muhokama

Xo'sh? 🌚

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

#bildirgi

Assalomu alaykum, qadrli kitobxonlar, "Qalb iffati" kitobi bo'yicha tashkil etilgan insholar tanlovining natijalari ma'lum sabablarga ko'ra, bugun emas, 7-dekabr soat 21:00 da e'lon qilinadi.

Yetkazilgan noqulaylik uchun barcha ishtirokchilardan uzr so'raymiz!

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

#iqtibos

To'g'ridan-to'g'ri salbiy his-tuyg'ularga olib keladigan ikkinchi omil — muhabbatning yo'qligi yoki yetishmasligi. Bilamizki, sevgining yetishmasligi keyinchalik boshdan kechiriladigan ko'plab hissiy muammolarni keltirib chiqaradi. Odatda, ota-onalar o'z farzandlarini sevishlarini ta'kidlashadi. Men: "Farzandingizga uni sevishingiz va qadrlashingizni, u bilan faxrlanishingizni ko'p marotaba takrorlaysizmi?" deb so'raganimda, ko'pincha: "Yo'q. Bolalarimiz buni shundog'am bilishadi. Biz ularga buni takrorlashni shart emas" degan javobni berishadi. Bola bu haqida qayoqdan bilishi mumkin? Bolalar sevgiga muhtoj. Bu ular shaxsiyatini to'gri rivojlantirish uchun zarur. Axir siz yiliga bir marta sug'orilgan o'simlik o'sib, meva beradi deb bahslashmaysiz-ku?

📚Lider shaxsiyati kitobi — Brayan Treysi;

😊Tirilish nashriyoti - Kitoblar bilan hayotingizni o'zgartiring!

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

🆘 "Tirilish" tanlovining finalchilari aniqlandi!

"Tirilish" tanlovining ilk test bosqichida 1000 ga yaqin kitobxonlar ishtirok etishdi. Ular orasidan savollarga eng koʻp toʻgʻri javob belgilagan ushbu roʻyxatdagi 200 nafar qatnashchi finalga yoʻl olishdi.

Final (Taqriz) bosqichining aniq sanasi ushbu kanalda eʼlon qilinadi. @iBooK_Uz bilan qoling!

📱 Telegram |📱 Instagram |📱 Facebook |📱 TikTok

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

🥳 Nihoyat shu kun keldi! Tayyormisiz?

Koʻplab kitobxonlarimiz start'da kutayotgan "Tirilish" tanlovining birinchi bosqichi bugun soat 19.00–21.00 oraligʻida oʻtkaziladi.

📌 Botda roʻyxatdan oʻtganlarga bugun 18:00 ga qadar havola joʻnatib chiqiladi. Shu link orqali kirib, testlarni 19:00 dan 21:00gacha boʻlgan vaqt oraligʻida 30 daqiqada bajarish talab etiladi. Testlar soni 50ta. Siz 19:00 dan 21:00 gacha istalgan paytda kirib testni bajarishingiz mumkin va kirgan vaqtingizdan boshlab yarim soat beriladi.

❕ 20:30 dan keyin kirsangiz vaqt qoʻshib berilmaydi. 20:50 da kirgan taqdiringizda ham 21:00 da vaqt tugab, test yopiladi, shuning uchun masʼuliyatli boʻlishni tavsiya qilamiz.

❗️30-noyabr, soat 18:00 ga qadar administratorlarimizni "menga link kelmadi" deb bezovta qilmang. 18:00 gacha botdan joʻnatilmasa, soʻng murojaat qiling.

‼️ Havolalar bot orqali joʻnatiladi. @ibook_tirilishuzbot ni oʻchirib yubormaganingizni tekshiring. Agar oʻchirib yuborgan boʻlsangiz ham qayta roʻyxatdan oʻtib ishtirok etishingiz mumkin.

Barchaga omad yor boʻlsin!

📱 Telegram 📱 Instagram  📱 Facebook  📱 TikTok

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

#reja

Ko'plab nashriyotlarning kitoblarni krillchada yoki lotinchada chop etish borasidagi so'rovnomalarini kuzatib boraman. Aksariyat so'rovnoma natijalari kitobxonlar lotinchani afzal ko'rishayotganini tasdiqlaydi. Qolaversa, bu masalada hattoki kitobxonlarning o'zlari ham menga ko'p bora murojaat qilishadi.

Shu jihatdan, nashriyotimiz faoliyatida kirib kelayotgan 2023-yilda bu borada bosqichma-bosqich o'zgarishlarni amalga oshirmoqchimiz.

Yanvar oyida ketma-ket ikkita kitobimizni lotinchada bosishni ma'qul topdik. Undan keyingi har bir oyda kamida 1 ta kitobni lotinchada chop etish ham kelajakdagi strategiyamizda bor. Bu usul, menimcha, o'zini oqlaydi. Lekin bunda ham hal qilinishi kerak bo'lgan tashkiliy ishlar yetarlicha. Qolaversa, lotinchadagi imloviy va tinish belgilariga xos bo'lgan umumiy qonun-qoidaning yo'qligi ham bizga bog'liq bo'lmagan muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, tinish belgilarini qo'llashdagi noaniqliklar bizni jiddiy o'ylab ko'rishga majbur qiladi.

@Ilm_nur_kutubxonasi

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

#iqtibos

Dadil odamlarning dadilligi miqdoricha dadillik keladi, karomat miqdoricha mukarramlik keladi. Kichik ko'zda kichik narsalar ham buyuklashadi, katta ko'zda buyuk narsalar ham kichiklashadi.

📚 "Qanday buyuk bo'lishgan?" kitobidan
🖊 Sa'd Saud al-Kariboniy


𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

#bildirgi

Qadrli kitobxonlar, "Tirilish" tanlovi uchun bugun bo'lib o'tishi kerak bo'lgan test sinovi ma'lum texnik tayyorgarliklar kechikkanligi sabab bugun bo'lib o'tmaydi.

Test sinovining aniq sanasi tez kunda
@Tirilishuz kanalida batafsil e'lon qilinadi.

Yetkazilgan noqulaylik uchun barcha ishtirokchilardan uzr so'raymiz!

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

#weekend_reading

📌 Dunyo bizga har doim ham haqiqatni so'zlamagan...

HD formatda ko'rish uchun...

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

🔥Fargʻonada hozir boʻlib oʻtayotgan taqdimotdan qaynoq lavhalar

📱 Telegram 📱 Instagram  📱 Facebook  📱 TikTok

Читать полностью…

Tirilish | Nashriyot

Namangandagi taqdimotga kelyapsizmi? Sovgʻalar va chegirmalar siz uchun tayyor. Goʻzal maskan, ilmli insonlar va albatta kitoblar — atmosferaning 🔥boʻlishi kutilmoqda!

Eslatib oʻtamiz, taqdimot bugun 14:00 da, rasmda keltirilgan joyda)

📍Manzil: Yoshlar ziyo maskani. Yangi kutubxona
Mo’ljal: Tennis korti.

📱 Telegram 📱 Instagram  📱 Facebook  📱 TikTok

Читать полностью…
Subscribe to a channel