#kitobdan
#ajib 🤔
Ibn Sino Arastuning " Metafizika" kitobini oʻqib chiqqanida undagi biror narsani tushunmagan ekan. Shundan soʻng uni 40 marta oʻqib, yodlab oladi, ammo yana hech narsani tushunmaydi. Hatto 3 dirhamga qogʻoz bozordagi dalloldan Farobiyning kitobini olib, uni oʻqib chiqishga majbur boʻladi. Farobiyning sharhida Arastu "Metafizika" kitobida nima demoqchi ekanligi batafsil keltirilgan edi. Shundan keyingina Arastu nimani nazarda tutganligini soʻzma-soʻz, harfma-harf tushunib yetadi.
"Qanday buyuk boʻlishgan?" kitobidan
Sa'd Saud al-Kariboniy
📌 Biz buyuk insonlarning faqat buyuk ishlarinigina bilamiz.
📌 Ungacha qanday yoʻllarni bosib oʻtganlarini emas.
📌 Bu kitobda chin ma'noda oʻsha buyuklikkacha boʻlgan yoʻllar keltirilgan.
📱 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
#mood 😌
Kim eshitmay qolgandi? Eshitmay qolganlarga yuborib qo'yavering. 😊
📱Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
DIQQAT❗📢
KITOBXONMISIZ? DEMAK, USHBU POSTNI OXIRIGACHA O'QIMASANGIZ BO'LMAYDI)))!!!
@IBook_uz da "Bir oyda bir kitob" loyihasiga yana start berilmoqda😍
❓Bu qanday loyiha deysizmi?
❗Endi siz har oy biz bilan bitta manfaatli kitob o'qishingiz va musobaqada qatnashib, g'olib o'laroq ajoyib sovg'alarga ega bo'lishingiz mumkin🎉.
✅Tanlov uch bosqichda amalga oshiriladi:
1⃣ Dastlabki bosqichda loyiha koordinatori (@Tirilish_admin) ga murojaat qilib, ro'yxatdan o'tishingiz kerak;
2⃣ Keyingi bosqichda tanlangan kitob yuzasidan har bir kitobxon taqriz yozib, muhokama kuni tugagunga qadar koordinatorga o'sha kitobning kreativ rasmi bilan yuborishi lozim;
3⃣ So'nggi bosqichda esa ishtirokchilar koordinator tomonidan tuzilgan test savollariga javob yozishlari kerak bo'ladi.
Bunda⤵️:
💡Test savollariga eng birinchi bo'lib to'g'ri javob yo'llagan dastlabki uch ishtirokchi g'olib deb e'lon qilinadi.
🎉 G'oliblarga:
📌1–o'ringa @iBook_uz do'konidagi kitoblar uchun 100 ming so'mlik vaucher;
📌2–o'ringa @iBook_uz do'konidagi kitoblar uchun 50 ming so'mlik vaucher;
📌3–o'ringa loyihaning keyingi sonidagi muhokamaga qo'yiladigan kitobi hamda bir martalik 10% lik chegirma
TAQDIM ETILADI!!!
Eslatma: Loyihamizning ushbu oyidagi soni uchun Sa'd Saud al-Kariboniyning "Qanday buyuk bo'lishgan?" kitobi tanlandi!
✅ "Bir oyda bir kitob" tanlovida ishtirok etishni istaganlar @BirOydaBirKitob_rasmiy sahifasiga a'zo bo'lishi talab qilinadi. Tanlov shu sahifada tashkil etiladi.
BIZ ILM BILAN FATH QILAMIZ!!!🙆♂
Telegram | Instagram | ibook.uz">Tik-tok | Facebook
#ovozli_suhbat 🎙
"Qanday buyuk bo'lishgan?" kitobining onlayn TAQDIMOTI! 🔥
Spiker: @Tirilishuz nashriyoti menejeri Muhammad Amin Mirsaidov
Sana: 22-dekabr, payshanba
Vaqti: Soat 20:30 da
Suhbat manzili: @Ilm_nur_kutubxonasi telegram sahifasi
📌 Barcha kitobxonlarni ushbu manfaatli onlayn uchrashuvga taklif etamiz.
📱Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
#taqdimot
Vodiylik kitobxonlar diqqatiga!
@Tirilishuz barchangizni navbatdagi "Mona Liza tabassumi" kitobi taqdimotiga taklif qiladi!
📌 Taqdimotda siz adabiyot va ijod borasidagi ajoyib fikrlardan bahramand bo'lishingiz, kitobxonlar bilan fikr almashishingiz va eng asosiysi, kitob yarmarkasidan ajoyib kitoblarni chegirma narxida xarid qilishingiz mumkin.
😇 Mehmon: Yozuvchi Sherzod Ortiqov
📅 Taqdimot kuni: 22-dekabr
⏳Vaqti: 13:00
📍Manzil: Namangan shahri, "Yoshlar ziyo maskani" kutubxonasi
Barchangizni kutamiz!
📱Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
#video_iqtibos
📚"Qanday buyuk bo'lishgan?" kitobidan
✍️ Sa'd Saud al-Kariboniy
📱Telegram | 🌐Instagram
#kitobxon_fikri
Mustafo Cho’qayning "Istiqlol jallodlari" kitobiga TAQRIZ! 🔥
Mustafo Cho'qay faqat turkistonlik muhojirlar o'rtasidagina emas, balki G'arbdagi, ayniqsa, Olmoniya va Turkiyadagi sharqshunos olimlar dunyosida ham katta obro' qozongan, yuksak nufuzga ega bo'lgan zotdir. Alloma bu e'tirofga bir paytlar Turkiston muxtoriyatining boshida turgani uchungina emas, balki Turkiston mustaqilligi yo'lida fidokorona faoliyati tufayli erishgan.
Ozod Sharafiddinov
Mustafo Cho'qay chet ellarda "Turkiylarning buyuk milliyotchisi va yurtsevarlaridan biri " deb e'zozlanishiga sabab tahlikali davrda faqat o'z manfaatini o'ylamasdan, yurt istiqloli uchun mardonavor kurashganligidir. Asar allomaning o'z ko'zi bilan ko'rgan hamda bevosida ishtirok etgan 1917-yilda boshlangan Rossiyadagi va Turkistondagi siyosiy vaziyat haqidagi haqiqatlardan iborat. Bu asar "Hurriyat berilmas , olinur" iborasiga yaqqol dalildir. Istiqlol jallodlari faqat rus bosqinchilari emas, balki turkiylarning o'zidan chiqqan sotqinlar, manfaati yo'lida hech narsadan tap tortmaydigan kimsalar va yurtning ertasiga befarq insonlar hamdir. Mustafo Cho'qay bir qurultoyda bolsheviklar tazyiqidan hech qo'rqmay shu so'zlarni aytadi:
"Kuch siz tarafda. Bizda esa hozirda o'z milliy haqqimizni taniganlikdan boshqa kuch yo'q. Siz bu kurashda bizni yengib chiqishingizga hech shubha yo'q. Shu bilan birga sizning hokimiyat haqqingizni, Turkistonda Sovet hokimiyatini tanishni rad etamiz".
Bu tuzumga nisbatan oshkora isyon edi. Rus hokimiyati allomani hurfikr qarashlari uchun qattiq taqib ostiga oldi, "bosmachilar rahnamosi" deya aybladi. Zero, haqiqiy bosmachilar ularning o'zlari edi. Millatimiz esa birlasha olmadi. Muxtoriyatning o'zida ham ajralishlar ro'y berdi. "Sho'royi Islomiya" va "Ulamo jamiyati" o'rtasidagi kelishmovchiliklar ham rus hokimiyatining yutug'i edi. Shuning uchun ham muxtoriyatning umri qisqa, 72 kungina bo'ldi. Shu qisqa davrda hurriyatning erkin shabadasi esishi uchun ko'plab hurfikr ajdodlarimizning qoni to'kildi va bu hozirgi mustaqil zamonning tamal toshlaridan biri edi.
✍️ Qodirova Munisa
📱𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
"Yoshlar ovozi" gazetasining 2022- yil 14-dekabr kungi 91-sonida nashriyotimizda chop etilgan "Mona Liza tabassumi" kitobining muallifi Sherzod Ortiqovning "Bizning yozuvchilar qachon xalqaro mukofotlarni oladi?" nomi ostida intervyusi chop etildi.
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
#premyera
#tuhfamiz
Tez kunda @Tirilishuz nashriyotida!.. 🔥
Yangilik!.. 🌚
Kitob nomi: "Ibrohim Haqqul haqiqati"
Muallif: Ibrohim Haqqul
Muharrir: Olimjon Allohquli
Musahhih: Muhammad Amin Mirsaidov
Sahifalovchi: Gulasal Qodirova
Muqova dizayneri: Jasurbek Hasanov
Nashriyot: @Tirilishuz
Muqovasi: qattiq
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
#natija
"Qalb iffati" kitobi bo'yicha tashkil etilgan insholar tanlovi NATIJALARI! 🎉
Qadrli tanlov ishtirokchilari, nihoyat intiq kutilgan natijalar chiqdi. Barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Ilmga bo'lgan harisligingiz hech qachon so'nmasin. 🌚
📌 1-o'rin egasi – Zaripova Shahzoda Shavkat qizi.
📌 2-o'rin egasi – Iskandarova So'najon.
📌 3‐o'rin egasi – Abdug'apporova Guli
Bundan tashqari, quyidagi ishtirokchilar ham 😎:
Bintu Anvar
Shodmonqulova Nozima
Dehqonova Gulnoza
Saidmurodova Bonu
Nuraliyeva Nilufar
Gulhayoxon Ismoilova Ilhomjon qizi
Sayitqulova Shaxnoza
nashriyotimizning esdalik kitoblari bilan taqdirlanadilar. 📚
Yulduzxon Karimova ismli ishtirokchimiz tanlov hakamlari tomonidan qo'shimcha 100 ming so'm va esdalik kitob bilan taqdirlanadi. 🔥
Yana bir bor barcha ishtirokchilarga tashakkur. Juda kichik tafovutlar bilan siz ko'rib turgan natijalarda to'xtaldik. Aslida barcha ijod namunalari o'zgacha go'zal. Nasib, "Qalb iffati" asari bo'yicha kelasi yil yana bir tanlov o'tkazish niyatida ekanligimizni ham ma'lum qilamiz. Shunday ekan, sizda qayta ishtirok etish va g'olib bo'lish imkoniyati bor. Kimnidir qalb go'zalliklarini kashf eta olmagan bo'lsak, uzr so'raymiz. Zotan qalblarning haqiqiy kashshofi yolg'iz Allohdir. 😊
📌 G'olib va sovrindorlar o'z mukofotlarini olish uchun @Tirilish_admin akkauntiga murojaat qilishlari lozim.
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
#premyera
Tez kunda @Tirilishuz nashriyotida!.. 🔥
Yangilik!.. 🌚
Muallif: Jeyms Bouen
Tarjimon: Nilufar Yo'lchiyeva
Muharrir: Zilola Pazilova
Musahhihlar: Muhammad Amin Mirsaidov, Sheyxzod Karim
Sahifalovchi: Gulasal Qodirova
Muqova dizayneri: Jasurbek Hasanov
Nashriyot: @Tirilishuz
Muqovasi: yumshoq
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
#kitobxon_fikri
Mustafo Cho'qay o'g'lining "Istiqlol jallodlari" kitobiga TAQRIZ!
Bugun siz-u biz ne'matlaridan bemminatgina bahramand bo'layotgan ISTIQLOL qayerdan keldi, bu yo'lda kimlar jon olib, jon berdi, millionlab xalqimizning jabrdiyda bir holga kelishiga kimlar bosh bo'ldi? Demakki, millatni tanimoq istagan kitobsevar qalblar, albatta, bu tarixdan, og'ir tarixdan, xabardor bo'lmog'i darkor. Mustafo Cho'qay o'g'li kitobni tarjimayi hol yo'sinida, borki boshidan kechirgan kunlarini so'zlab beradi. Asosan Sovet tuzumida tub burilish yasagan 1917-yilgi inqilob davri yoritilgan bo'lib, Turkiston o'lkasidagi voqea-hodisotlar, hukumatda bo'layotgan evolutsion evrilishlar, sovetlarning sovet bo'lmagan har qanday xalqqa nisbatan riyokorona, tahqirona bir siyosati bugun o'zligimizni anglashda, Kim aslida Kim ekanligini mulohaza qilishimizda bizga ko'mak beradi. "General Samsonov: Rus mujigining o'g'risi ham har qanday turkistonlikdan, uning avliyosidan ham yaxshidir" — asardan olingan bu jumlaning o'ziyoq xalqimiz qanday tahlikali va ayanchli bir davrni boshidan kechirganini ochiqlab beradi. Biroq asl yog'iylar chet eldan yoki sovetlardan emas, balki aynan o'zimizdan ekanligi asarda bot-bot qaytariladi, aynan sotqinlar ichimizdan chiqib jadidlardan ateist sovetlarni ustun qo'yishadi, eng achinarlisi, ichki ziddiyatlar va o'zaro kelishmovchiliklar siyosiy jihatdan juda qulay pozitsion bir vaziyatda mustaqil bo'lib chiqishga, dushman to'siqlarini yengishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ha, aslida xalqni bunchalik xo'rlanishiga sabab qurol aslahaning ozligi emas, askarlarning tayyorgarligi ham emas, balki birlik ,hurfikrlilikning mavjud emasligi, muntazam nizolar sabab bo'ladi. Bir yoqadan bosh chiqarib birlashsakkina buyuk ishlarga qodir bo'lamiz, kuch— birlikda, shu haqida so'zlanadi mazkur kitob sahifalarida.
© Javohir Cho'liyev
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
#iqtibos
O'z farzandlariga rahm qilib, ularni ortiqcha himoya qiladigan oila keyinchalik farzandini jamiyatning orqasida yuruvchi va iste'molchi yoshlariga aylantirib qo'yishadi. O'z farzandlariga qiyinchiliklarni ravo ko'radigan, qalblariga sabr qilish xususiyatini joylaydigan oiladan keyinchalik jamiyatni boshqaradigan dunyoning buyuk va mutafakkirlari yetishib chiqadi.
📚 "Qanday buyuk bo'lishgan?" kitobidan
🖊 Sa'd Saud al-Kariboniy
📱𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
#natija
"Barbarossaning 101 tilsimi" kitobi bo'yicha tashkil etilgan taqrizlar tanlovi NATIJALARI! 🔥
Qadrli tanlov ishtirokchilari, nihoyat intiq kutilgan natijalar chiqdi. Barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Ilmga bo'lgan harisligingiz hech qachon so'nmasin. 🌚
📌 1-o'rin egasi – Sardor Norboyev
📌 2-o'rin egasi – Abdulaziz Shuhrat o'g'li
📌 3‐o'rin egasi – Ibodullayev Sherzod
Yana bir bor barcha ishtirokchilarga tashakkur. Juda kichik tafovutlar bilan siz ko'rib turgan natijalarda to'xtaldik. Aslida barcha ijod namunalari o'zgacha go'zal. Kimnidir qalb go'zalliklarini kashf eta olmagan bo'lsak, uzr so'raymiz. Zotan qalblarning haqiqiy kashshofi yolg'iz Allohdir.
📌 G'olib va sovrindorlar o'z mukofotlarini olish uchun @Tirilish_admin akkauntiga murojaat qilishlari lozim.
📱𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
#jadid_adabiyoti
Jadid bobolarimizning ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi kurashi barchamiz uchun, yoshlarimiz uchun ibrat maktabi bo‘lishi zarur. Jadid bobolarimiz merosini o‘rganish va targ‘ib qilishda davom etamiz
© O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va o'zbek xalqiga Murojaatnomasidan
📱Telegram | 🌐Instagram
#sotuvda
Va nihoyat SOTUVDA!
🔥
Muallif: Sa'd Saud al-Kariboniy
Kitob nomi: "Qanday buyuk bo'lishgan?"
Narxi: 25 ming so'm
Sahifalar soni: 168
👨💻Buyurtma berish uchun: @iBook_Uzbekistan
📱Telegram | 🌐Instagram
#bildirgi
Assalomu alaykum, qadrli kitobxonlar, "Barbarossaning 101 tilsimi" kitobi bo'yicha tashkil etilgan taqrizlar tanlovining natijalari ma'lum sabablarga ko'ra, 20-dekabr soat 21:00 da e'lon qilinadi.
Yetkazilgan noqulaylik uchun barcha ishtirokchilardan uzr so'raymiz!
📱𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
#kitobdan_iqtibos
#premyera
Unga ta'zim qilganlarni ko'klarga ko'tarib maqtar, yo'liga yurmaganlarni esa yerga kiritishga urinardi. Bunaqa munaqqidlar bor mamlakatda adabiyot taraqqiy etadimi? U bir dushman edi. Kitob qotili edi...
✍️ "Atirgul o'g'risi" kitobidan
📱Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
#tadbir
“Book Festival”da sizni kutib qolamiz!
📚 16-dekabr kuni soat 14:00da “Sodiq School” xususiy maktabida kitob festivali boʻlib oʻtadi va ushbu tadbirda sevimli nashriyotingiz ham ishtirok etadi. 🎉
Festival davomida sizni:
- o'ziga xos kitobxonlik atmosferasi;
- kitoblar haqida maʼlumot olish;
- ajoyib kitoblarni xarid qilish;
- “Osmondagi bolalar” loyihasi ishtirokchilari bilan suhbat kutib turibdi. 🔥
📍 Tadbir manzili: Sodiq School
Festivalda koʻrishguncha👋
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
#kitoblarda_haqiqat
Soxta tarix faqatgina tarix tilsimiyatlari yechilgandagina fosh bo'ladi...
HD formatda ko'rish
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
#iqtibos
#premyera
– Kasbi-koringiz?
– Men yozuvchiman.
– Demak, ishsiz.
– Shunday desa ham bo'ladi, – o'zi ham ko'ndi janob Mid. Chunki anchadan beri yozmay qo'ygandi. Odamlar kitob va ro'znomalar o'qimay qo'yishgan, nashriyotlar ham, kutubxonalar ham yo'q bo'lib ketgandi. Endi hamma tirik jon oqshom cho'kishi bilan uy-uyiga berkinib olganicha, zangori ekrandagi oq-u qora, rangin va jilokor tasvirlarga o'lik basharalarini tutishgancha mahliyo bo'lishgandi. Xuddi manqurtlardek.
📚 "Atirgul o'g'risi" kitobidan
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun barchangizga muborak boʻlsin! 🎉
Ozod yurtimizda har doim emin-erkin kitob oʻqib yuraylik, yurtimiz tinch, huquqlarimiz mustahkam boʻlsin va ming yildan keyin ham avlodlar bu kunni nishonlab yurishlarini chin dildan tilaymiz.
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
#iqtibos_vaqti
📚 "Bob laqabli mushukcha" kitobidan
🖊 Jeyms Bouen
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
#bildirgi
Assalomu alaykum, qadrli kitobxonlar, "Qalb iffati" kitobi bo'yicha tashkil etilgan insholar tanlovining natijalari ma'lum sabablarga ko'ra, bugun emas, 7-dekabr soat 21:00 da e'lon qilinadi.
Yetkazilgan noqulaylik uchun barcha ishtirokchilardan uzr so'raymiz!
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
#iqtibos
To'g'ridan-to'g'ri salbiy his-tuyg'ularga olib keladigan ikkinchi omil — muhabbatning yo'qligi yoki yetishmasligi. Bilamizki, sevgining yetishmasligi keyinchalik boshdan kechiriladigan ko'plab hissiy muammolarni keltirib chiqaradi. Odatda, ota-onalar o'z farzandlarini sevishlarini ta'kidlashadi. Men: "Farzandingizga uni sevishingiz va qadrlashingizni, u bilan faxrlanishingizni ko'p marotaba takrorlaysizmi?" deb so'raganimda, ko'pincha: "Yo'q. Bolalarimiz buni shundog'am bilishadi. Biz ularga buni takrorlashni shart emas" degan javobni berishadi. Bola bu haqida qayoqdan bilishi mumkin? Bolalar sevgiga muhtoj. Bu ular shaxsiyatini to'gri rivojlantirish uchun zarur. Axir siz yiliga bir marta sug'orilgan o'simlik o'sib, meva beradi deb bahslashmaysiz-ku?
📚Lider shaxsiyati kitobi — Brayan Treysi;
😊Tirilish nashriyoti - Kitoblar bilan hayotingizni o'zgartiring!