У Хар куни тунда осмонга караб,"Аллохим у сенга омонат,,деб согиниб жимгина уйкуга кетган мусофир еди🕊
Читать полностью…Qani endi, sen oʻzingni suv deb fikr qil va oʻzingni suv kabi his et. Suv kabi oʻzgacha, suv kabi hayotbaxsh, suv kabi musaffo, suv kabi zarur, suv kabi hayot garovi va suv kabi bitmas tuganmas ekanligingni xayol qil…
Ammo yana suv kabi kichik bir idishga oʻzingni sigʻdira bilgin-ki, toki insonlarning tomirlariga qadar kira olgin.
Hayot baxsh et, voz kechilmaydigan boʻl!
Sendan haliyam havotir olgani ma'nosi,na tilida na ichida yoq o'rtada muallaq turgan so'zlari tushunarsiz!🔕
Читать полностью…Illuminat tashkiloti va masonlar haqida qiziqib organadiganlar bolsa👇lich
@zinurayinn
🍃
Eshigingga keldim!
Va men "Men" bo‘lishdan voz kechdim!
Yetar ki Sen:
— "Kim u?" — degin.
Kim bo‘lishimni istasang, "o‘sha" bo‘lishga keldim...
Hech nima haddan ziyod erta yoki haddan ziyod kech bo‘lmaydi. Barcha hodisalar o‘z vaqtida sodir bo‘ladi.
Читать полностью…Kibr haqida qalbga yetib boradigan gaplar...
Yerda yurib borar ekansan, kekaymagin, takabbur qilmagin...
Oʻzingni qancha yuqori olsang ham yerni ham tesholmaysan, toqqa ham yetolmaysan!
Boʻying yetmaydi toqqa...
Hech kimmassan oʻzi!..
Shuning uchun oʻzingni gerdaymagin, oʻzingni bilgin, qadringni bilgin...
Kamtar boʻl!..
🍃
Kitob o‘qib o‘tirsam, bobom keldi.
— Uxlamayapsanmi?
— Imtihon yaqin. Tayyorlanyapman.
Yarim tun. Qarasam bobom joynamozda o‘tiribdi, duo o‘qib.
— Uxlamadingizmi?
— Imtihon yaqinlashyapti. Tayyorlanyapman.
Kim nimani tushindi?izoh qoldirilar...
🍃
Bir oz kut, orqangga qayt va unutganlaringni esla!
Yoʻqotgan boʻlsang izla,
Xafa qilgan boʻlsang uzr tila,
Xafa qilingan boʻlsang kechirib yubor.
Chunki hayot nihoyatda qisqa...
Sevgi, ayb ko‘radigan ko‘zni yumib, go‘zallik ko‘radigan ko‘zni ochadi. Sevadigan bo‘lsang, mana shunday sev!
Na aybsiz inson qidir, na insonda ayb...
Koshki sen men bolsangu seni sevmoq qiyin ekanligini anglasang.Koshki men sen bolsamu sen kabi sevilmoq rohatini sezsang.....
Читать полностью…Yomg‘irdan keyin gul ochiladi... Samoda kamalak paydo bo‘ladi... Hamma azobning ketidan rohat keladi... Qiyinmi..? Juda ham qiynalyapsizmi qadrligim..? Unda shod bo‘ling... Chunki sizni katta baxt kutyapti... Ishoning va intiling... Dardlaringizga o‘zingizdan o‘zga sababchi axtarmang... Siz vaziyatni o‘zgartirolmasangiz, unga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartiring... Qalbingizni ezgulikka yo‘naltiring.. Bu dunyo imtihon maydoni... Shuning uchun ham har kuni har xil sinovlar bilan sinalasiz... Chidang, sabr qiling, Inshaalloh mukofotlanasiz... Chunki sizga berilgan umr g‘amda ham quvonchda ham bir xil o‘tadi..! Siz vaqtni boshqara olmaysiz... Sizda undan ham qudratli narsa bor... Bu o‘sha vaqtni ezgu xotirotlarga aylantirish. Bu sizning vaqtga ta’siringiz bo‘ladi... Bu sizning goʻzal sabringiz... Bu sizning Allohga nisbatan goʻzal gumoningiz boʻladi... Oz qoldi qadrligim, juda oz qoldi... 🙂
Читать полностью…Bazan hayron qolasan kishi.erkek kishi boyligimi yoki g'ayuri borligimi avzali? Avzali hamiyati sogligi, iymonga borligi.
Читать полностью…Кимдир айтганиди "биз кийинчиликка коникувчанмиз,,деб.
Биз дард болибмиски коникди,кетдик.
🕊отмиш Ким едийикин худи кишда совкотиб, бахорди кутиб согингани.уни унутмади, конмади,кониколмади!!!
Aytilmagan,qilmaganlaringa tasavuricha sharhlaganlari,goyoki yomon deyishiga majburdek,dushman nazdida izohlanishing tushunarsiz🔕
Читать полностью…O‘tmishni sog‘inmayman...
Ammo u men uchun juda qadrli.
Ba’zan... juda kamdan-kam hollarda va albatta, bu vaqtinchalik zaiflik tufayli men o‘zimdan voz kechmayman...
Ha va orqaga qaytish uchun hech qanday yo‘l yo‘q. Avvalgi men endi yo‘qman. Shunday qilib, qaytib keladigan hech kim yo‘q...
Har qanday maqsading boʻlsa, Alloh bermasa , Bu Koʻngil nima yaxshi, nima yomonligini bilmaydi, faqat xohlaydi.
Xayrlisi nima boʻlsa, ana oʻshani bersin
Bu dunyodagi mojaro, ziddiyat va xusumatlarning ko‘piga til sabab bo‘ladi. Sen, sen bo‘l! Kalimalarga ortiqcha o‘ralashib qolma. Ishq diyorida, til zotan hukmini yo‘qotadi. Oshiq tilsiz bo‘ladi!
Читать полностью…Singan qalblarning hikoyasi qisqa bo’ladi.
"Nima bo’ldi?" deysan, "hech", derlar yetar...
Ishq yagonadir!
Faqatgina g‘ilaylarning ko‘ziga ikki, to‘rt bo‘lib ko‘ringanidek turli-tuman, xilma-xil shakllarda ko‘rinmoqda!
Haqiqiy ishqda surat boʻlmaydi. Quyosh nurlari devorga tushgan payt, devor porloqdir, goʻzaldir. Faqat bu goʻzallik, bu porloqlik devorda, devor ustida emas balki quyoshdadir. Devor yiqilsa ham, goʻzallik quyoshda boqiydir. Shuning uchun koʻngilni gʻishtga emas, quyoshga bermoq lozim...
#حبيبة
Hayollarni yoqtiraman. Istagan-u yetmaganini tasvirledi.Soginganlaringni ko'z oldingda aylatiraveradi-aylatiraveradi.
Читать полностью…Yuborilmagan Maktub 📨
Men faqat siz bilanman. Har qanday ma'noda va ko'rinishda. Men sizning barcha ichki qirralaringiz va qarama-qarshiliklaringizni hayratda qoldiraman. Va agar siz butun dunyo uchun yomon, dahshatli va jirkanch bo'lsangiz ham, men siz bilan bo'laman. Sizning qalbingizda millionlab yoriqlar borligi, oldindan aytib bo'lmaydigan ko'rinishlarning chaqnashlari bilan to'yingan murakkab xarakterga ega ekanligingiz meni qiziqtirmaydi. Men sizning devorga musht tushirishingizga mutlaqo qarshi emasman. Men hamma narsani qabul qilaman, xoh xato, xoh xayol. Hamma qoqiladi. Siz qoqilgan har bir toshni hurmat qilaman. Va ruhda yoki tanada qolgan har bir chandiqni men sizning buzilishingiz emas, balki o'tmish xotirasi sifatida qabul qilaman. Boshqalar orqa o'girgan joyda qo'lingizni olaman. Har tomondan qoralash va norozilik nidolari kelganda, men sizni jimgina quchoqlayman.
Men siz bilan qolaman. Har doim
Avvalgidek salom-alik va hol-ahvol so‘ramayman. Shunchaki yaxshi ekanizga umid qilaman.
Umrning o‘z bo‘limlari bor. Men umrimning hali hanuz "hayrat" degan bo‘limidаman. Haligacha ko‘rgan va eshitganlarimdan hayratlanib yashayapman. Qachondir umrimning xulosa degan bo‘limiga kelsam barchasini yozaman...
Bu dunyodan orttirganlarimni bu dunyoga tashlab ketishim kerak. Dunyodan olganlarimiz dunyoniki, bizniki emas. Meni shu holimcha, shuncha yuk bilan ko‘mib ham bo‘lmasa kerak. Hech bir go‘ristonga sig‘mayman-ov!
Bu sahifani hali hamon kuzatayotgan bo‘lsangiz mendan ko‘p yozishimni kutmang! Axir o‘zim o‘zimdan hech narsa kutmayotgan vaqtlarda mendan nimadir kutishingiz noo‘rin!
Yozganlarimda imlo xatolar bo‘lsa bunga ham e'tibor bermang. Butun boshli hayotim xatolar ustiga qurilganda yoziqlardagi xatolarga e'tibor berishingiz ham insofdan emas..
Ohirgi vaqtlar juda ko‘p o‘yladim. Bu huddi dengizda cho‘kishga o‘xshaydi. Haqiqatni qancha ko‘p bilganing sari yuking shuncha og‘ir bo‘lib, chuquroq cho‘kaverasan. Qancha chuqurroq cho‘kkaning sari esa shuncha havo yetishmaydi.
Men boshimni urgan devorlar allaqochon qulab ketdi. Men esa hamon tikman.
Bu dunyoda yagona ishonganim - bu haqiqat. U albat qachondir o‘z so‘zni aytadi.
Hullas, men ijodga (agar avval yozganlarimni ijod deb bo‘lsa) qaytmadim. Shunchaki o‘zimga qaytdim!
Qaytish muborak!
Bazi hikoyalar bor yozilmagan,o'qiging emas egasi tomonidan eshtkan sari eshitging keleverarkan.
Читать полностью…