toshkentshaharmmtb | Unsorted

Telegram-канал toshkentshaharmmtb - Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

15004

Тошкент шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси. Манзили: 100000. Тошкент шаҳри Мустақиллик кўчаси 69 уй. Электрон манзили: t.toshkent_shxtbb@exat.uz Телефон — (+998) 71 237 08 01

Subscribe to a channel

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish Milliy Markazida “Natijaga yo'naltirilgan uzluksiz ta'limni joriy etish tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o'tmoqda.

❇️Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad ta‘lim jayonini tashkil etish, metodik ta'minotni mustahkamlash, o'quvchilarni baholash va ularning yechimlari muammolariga yechim topish hamda ularni amaliyotga joriy qilishdir.

🔰Tadbirda vazirlik mas’ullari, sohaning yetuk mutaxassislari, olimlar va professor-o‘qituvchilar, shuningdek amaliyotchi pedagoglar ishtirok etmoqda.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

Televizor, planshet va 6 ta smartfondan biriga ega bo‘ling!

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oyina.uz portali “Navro‘z” milliy qadriyatlar viktorinasi” onlayn intellektual tanlovini e’lon qildi!

G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

♦️1-o‘rin – Artel Smart TV 43;
♦️2-o‘rin – Samsung planshet;
♦️3-o‘rin – Samsung smartfon;
♦️4–10-o‘rinlar – kitoblar to‘plami;
🔹“Tanlovning eng faol targ‘ibotchisi” nominatsiyasi 5 nafar g‘olibi – Samsung smartfon.


Batafsil: https://oyina.uz/uz/announcement/98

➡️ Tanlovda ishtirok etish
➡️ Tanlovda ishtirok etish

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 201-sonli umumta'lim maktabida yuqori sinf o'quvchilarini kasb-hunarga yo'naltirish borasida talaygina ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.

🎥Bu haqda O'zbekiston 24 telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan teledastur orqali batafsil tanishing.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 7-sonli umumta'lim maktabida o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishlari, jismonan sog'lom va barkamol ulg'ayishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

🎥Bu haqda Sport telekanali ijodkorlari talqinida batafsil tanishing.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 212-sonli umumta’lim maktabida boshlang'ich sinf rahbarlari tashabbusi bilan “Olam sen bilan nurga to'lsin, Navro'z!” shiori ostida tadbir o'tkazildi.

💐Maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur bayramga yanada fayz kiritdi. Rang-barang kuy-qo'shiqlar yangradi, Ona-Vatan hamda bahorni madh etuvchi she'rlar o'qildi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Наврўз умумхалқ байрамига бағишланган тантанали маросимдаги табрик нутқи

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 217-sonli umumta'lim maktabida "Olam nurga to'lsin sen bilan Navro'z!" shiori ostida bayram sayli zo'r uyushqoqlik bilan o'tkazildi.

💐E'tiborlisi, Navro'z shodiyonalarida nafaqat maktab o'quvchilari, balki pedagog-o'qituvchilari ham faol ishtirok etishdi. Qalblarni shodlikka to'ldiruvchi yalla va laparlar yangradi. O'yin-kulgilar avjiga chiqdi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Barcha joyda bo'lgani kabi Sergeli tumanidagi 7-sonli umumta'lim maktabida ham Navro'z sayli munosib o'tkazildi.

💐Unda butun maktab jamoatchiligi faol ishtirok etdilar. Rang-barang kuy-qo'shiqlar, ona-Vatanga mehr-muhabbat hamda bahorni tarannum etuvchi raqslar, she'rlar ijro etildi. O'quvchi-yoshlarning ijodkorligini aks ettirgan ko'rgazmalar, sahna ko'rinishlari barchada katta taassurot qoldirdi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Bugun poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 103-sonli alohida ta'lim ehtiyoji bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” shiori ostida bayram sayli boʻlib oʻtdi.

💐Unda milliy liboslar, milliy taomlar, urf-odat namoyishi, varrak uchirish, milliy oʻyinlar ijrosi, qoʻshiq hamda raqslar davraga fayz kiritdi. Tadbir yakunida maktab hovlisiga daraxt koʻchatlari oʻtqazildi va xomiylar tomonidan oʻquvchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

🎥Bu haqda videolavhamiz orqali batafsil tanishing.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 277-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida ham Navro'z shodiyonalari zo'r uyushqoqlik bilan o'tkazildi.

🔰Ayniqsa, maktabning 1-“B” sinf rahbari Xadicha Kenjayeva tashabbusi bilan “Assalom, Navro'z!” shiori ostida uyushtirilgan bayram tadbiri barchaga manzur bo'ldi.

💐Unda o'quvchilar tomonidan Ona-Vatan, bahorni madh etuvchi she'rlar, qo'shiqlar ijro etildi. O'quvchilar ijro etgan milliy raqslar, sahnalashtirilgan tomoshalar bayramga yanada fayz kiritdi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Toshkent shahar prokurori o'rinbosari Ulug'bek Mamarajabov, shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Otabek Jumayev hamda ishchi guruh a'zolari Olmazor tumanidagi 11-sonli umumta'lim maktabida bo'ldilar.

🔰Tashrif chog'ida mazkur ta'lim muassasasida qurilgan qo'shimcha binoda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi. O'rganish natijasi bo'yicha maktabning qo'shimcha binosini o'z vaqtida foydalanishga topshirish bo'yicha mas'ullarga tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Mirobod tumandagi 218-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida uyushtirilgan tadbirlar “Obod va fayzli mahalla — yurt ko'rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari bilan boshlandi.

💐Dastlab ta'lim muassasasida ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish yumushlari amalga oshirildi. So'ngra, maktab jamoatchiligi pedagoglar va o'quvchilarning sohada erishayotgan natijalari va imkoniyatlarini namoyish etib berdilar.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Chilonzor tumanidagi 101-sonli umumta'lim maktabi yangi o'quv binosining tantanali ochilish marosimi maktab jamoatchiligi hamda mehmonlar uchun unutilmas va hayajonli o'tdi.

♻️Tadbir qatnashchilari maktab bog'iga mevali daraxt ko'chatlarini o'tqazdilar. Shuningdek, maktab hovlisida zamonaviy va sun'iy qoplamali sport maydonchalari ham o'quvchilar ixtiyoriga topshirildi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Ayni kunlarda yurtimizda Navro'zi olam nafasi kezib yuribdi. Poytaxtimiz umumta'lim maktablarida ham umumxalq bayrami — Navro'z shodiyonalari allaqachon boshlab yuborilgan.

❇️Jumladan, bugun Chilonzor tumanidagi 200-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Poyi qadamingdan aylanay, Navro'z!” shiori ostida bayram tadbiri uyushtirildi.

🔰Unda maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyish etildi. Dilrabo kuy-qo'shiqlar, dilrabo raqslar ijro qilindi. Bayram tadbiri barchaga manzur bo'ldi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

❇️Bugun Mirobod tumanidagi 213-sonli umumta'lim maktabida “Maktabdan ma'naviyat va madaniyat nuri taralsin!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o'tkazildi.

❇️Unda ta'lim muassasasi tajribali pedagoglari tomonidan mahorat darslari uyushtirildi. Maktab qoshida faoliyat yuritayotgan turli fan, kasb-hunar, kompyuter savodxonligi, san'at va sport to'garaklari a'zolari o'z chiqishlarini namoyish etdilar.

🔰Tadbirga tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari, tumandagi boshqa maktablar direktorlari, mahalla faollari va ota-onalar taklif qilindi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 102-sonli alohida ta'lim ehtiyoji bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi maxsus maktab-internatlari o‘quvchilari uchun (ona tili va adabiyot, matematika, tarix va rus tili fanlaridan) Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi bo'lib o'tmoqda.

🔰Unda mamlakatimizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahridan jami 142 nafar o'quvchi o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishyapti. Olimpiada Nizomiga ko'ra, bugun ishtirokchilar insho va yozma ish topshirishdi. Ertaga test sinovi bo'lib o'tadi.

👉Olimpiada natijalariga ko'ra g‘oliblikni qo’lga kiritgan o'quvchilar Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq g‘oliblikni qo'lga kiritgan fanidan OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal bal beriladigan imtiyozga ega bo‘ladilar.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#Ustoz_shogird

✅ Ustoz va shogird “Turon” maktab teatri Respublika tanlovi haqida.

❗️Maqsadimiz o’quvchilarimizning iqtidorini qo’llab-quvvatlashdir!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumta'lim maktabining 2-"G" sinf o'quvchisi Jasmina Xudoyberganova badiiy gimnastika bo'yicha Dubay shahrida o'tkazilgan xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi.

🔰Yosh va umidli sportchi nufuzli musobaqada bronza medaliga sazovor bo'ldi va faxrli uchinchi o'rinni egalladi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

🏫: Школа №208 Мирзо Улугбекского района.

✅: В школе проведены гулянья – сайил в приподнятом настроении и на высоком уровне под девизом: «С тобой, Навруз, мир светом озарится!».

📖: 1-11 классы.

🖌Пресс-служба УДШО города Ташкента

👉Подписывайтесь наш канал и делитесь с друзьями:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Hurmatli hamshaharlar!
Aziz ustoz va murabbiylar!
Qadrli pedagog-o'qituvchilar!


Fursatdan foydalanib, Sizlarni yasharish va yangilanish, tinchlik va ezgulik ramzi — Navro'z ayyomi bilan chir yurakdan samimiy tabriklayman.

Sizlarga olam-olam quvonch, oilalaringizga tinchlik, farovonlik, shodlik va baxt tilayman.

Yurt ravnaqi va istiqboli yo'lida amalga oshirayotgan fidokorona va mashaqqatli mehnatingizda ulkan zafarlar yor bo'lishiga tilakdoshman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz hamisha musaffo bo'lsin!
Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan,

🖌Nilufar HUSANBOEVA,
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i.


👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида "Humo Arena" мажмуасида Наврўз шодиёнаси бўлиб ўтмоқда. Унда давлатимиз раҳбари нутқ сўзлаб, халқимизни байрам билан табриклади.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 66-sonli alohida ta'lim ehtiyoji bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda ham “Assalom, Navro'z!” shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

❇️Unda tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta'limi, “Inson” ijtimoiy himoya agentligi tuman bo'limi mas'ullari ham istirok etdi.

🔰Homiylar tomonidan taskil qilingan bayramona dasturxon va osh bolajonlar ko'nglini xushnud etdi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 147-sonli umumta'lim maktabida ham Navro'z sayli ko'tarinki ruhda uyushtirildi.

💐Doshqozonda sumalaklar tayyorlanib, milliy taomlar pishirildi. Maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur bayramga yanada fayz kiritdi. Ijodkor yoshlar o'z chiqishlari va yaratgan ijod mahsulini namoyish qildilar.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Yunusobod tumanidagi 88-sonli umumta'lim maktabida “Poyi qadamingdan aylanay, Navro'z!” shiori ostida uyushtirilgan bayram tadbiri barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.

🔰Unda o'quvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyish etildi. Milliy taomlar tanlovi, bahoriy kuy-qo'shiqlar ostida xalq o'yinlari, tosh ko'tarish, arqon tortish bellashuvlari o'tkazildi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 202-sonli umumta'lim maktabining 8-"B" sinf o'quvchilari tomonidan "Kitob — tafakkur mash'ali" mavzusida kitobxonlik tanlovi o'tkazildi.

📚Unda o'quvchilar O'zbekiston qahramoni Said Ahmadning "Ufq" trilogiyasi asosida tayyorlangan turli qiziqarli shartlar asosida bahslashdilar. Trilogiyaning har bir qismi o'quvchilar tomonidan taqdimot, sahna ko'rinishlari orqali mukammal yoritib berildi. Ayniqsa, 8-"B" sinf õquvchisi Shobahrom Mahmudov sun'iy intellekt yordamida yaratgan asar qahramonlarining suratlari hammada qiziqish uyg'otdi. Tadbir ishtirokchilari Jannat xola, Ikromjon, Tursunboy timsollarining ichki va tashqi qiyofasi haqida tasavvurga ega bo'ldi.
Bu o'quvchilarning kitobga mehri va qiziqishi doimiy oshib borishiga, ular orasidan etuk insonlar chiqishiga ishonamiz. Zero, bugun bitta kitob o'qigan bola ertaga o'nta telefon o'ynagan bolani boshqara oladi.

🖌Shoira SODIQOVA.

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida “Turon” maktab teatri Respublika tanlovi tashkil etilishi belgilangan. Ushbu tanlovning mazmun-mohiyatini ta'lim muassasalarida keng targ‘ib qilish maqsadida Yunusobod tumanidagi 250-sonli umumt'lim maktabida tuman madaniyat bo'limi bilan hamkorlikda seminar o'tkazildi.

❇️Tadbirni tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Ochil Yarashev ochdi va olib bordi.

🔰Seminar davomida umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga “Turon” maktab teatri Respublika tanlovining mazmun-mohiyati yuzasidan madaniyat bo'limi mutaxassislari, "Yosh tomoshabinlar" va " Diydor" teatr aktyorlari tomonidan batafsil ma'lumot berildi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Mirobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tashabbusi bilan barcha umumta'lim maktablarida “Ochiq eshiklar kuni”, “Kasbim — faxrim!” festivali davom etmoqda.

❇️Navbatdagi tadbirlar tumandagi 218-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida uyushtirildi. Ahamiyatli jihati, mazkur tadbirlarga tumandagi boshqa ta'lim muassasalari rahbar va pedagog-xodimlari taklif etilib, o'zaro fikr va tajribalar almashilmoqda.

🔰Unda har bir maktab ish tajribasi o'rganilib, zarur tavsiya va ko'rsatmalar berilyapti. Mahoratli pedagoglar tomonidan o'tilayotgan mahorat darslari mutaxassislar e'tiboriga havola qilinmoqda.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Ayni kunlarda o'lkamizda Navro'zi olam shukuhi kezib yuribdi. Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 101-sonli umumta'lim maktabi jamoasi uchun bugun qo'shaloq bayram bo'ldi.

❇️Bayram arafasida mazkur ta'lim muassasasida yangi 630 o'ringa mo'ljallangan o'quv binosi qurib foydalanishga topshirildi. Unda barcha zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan bo'lib, maktabning boshlang'ich sinf o'quvchilari ushbu binoda tahsil olishadi. Shuningdek, turli fan, kasb-hunar va san'at to'garaklari ham mazkur o'quv binosida faoliyat olib boradi.

🔰Tantanali ochilish marosimida Toshkent shahar prokurori Erkin Yuldashev, shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Nilufar Husanboyeva, tuman sektor rahbarlari, mahalla faollari hamda ota-onalar ishtirok etdilar.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 196-sonli umumta'lim maktabida ta'lim sifatini oshirish bilan birgalikda o'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

🎥Bu haqda Sport telekanali ijodkorlari talqinida batafsil tanishing.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 88-sonli umumta'lim maktabida "Ezgulik shiorimiz – ma’rifat qurolimiz!" shiori ostida keng ko‘lamli targ‘ibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

❇️Tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi, “Obod” mahalla fuqarolar yig'ini hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda o'quvchi-yoshlar, xotin-qizlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, berilayotgan keng imkoniyatlar haqida to‘xtaldi.

🔰Shuningdek, el-yurt uchun munosib farzandlar tarbiyalash, ularni milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida voyaga yetkazish barchamizning asosiy burchimizga aylanishi zarurligini alohida ta’kidladilar.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…
Subscribe to a channel