toshkentshaharmmtb | Unsorted

Telegram-канал toshkentshaharmmtb - Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

15004

Тошкент шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси. Манзили: 100000. Тошкент шаҳри Мустақиллик кўчаси 69 уй. Электрон манзили: t.toshkent_shxtbb@exat.uz Телефон — (+998) 71 237 08 01

Subscribe to a channel

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Saidaxon Hamroyeva poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 30-sonli umumta'lim maktabining 6-“B” sinfida o'qiydi. To'rt yildirki, u darslarni a'lo baholarga o'zlashtirish bilan birgalikda ingliz tilini puxta o'rganishga alohida e'tibor qaratib kelmoqda.

❇️Kuni kecha o'n bir yoshli Saidaxon Hamroyeva ingliz tilidan imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib, 7 ball jamg'ardi va xalqaro IELTS sertifikatiga sazovor bo'ldi. Bundan nafaqat ustozi Dilnoza Rahmatova, balki uning ota-onasi va butun maktab jamoatchiligi behad xursand bo'ldi.

👍Iqtidorli o'quvchining yutug'idan xabar topgan Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Shukur Burhonov maktabga tashrif buyurishdi. Saidaxon Hamroyevani tabriklab, unga ta'lim-tarbiya bergan ustozlari va ota-onasiga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Xabaringiz bor, 2023 yilda mamlakatimizda jami 2244 ta maktab (2119 ta umumiy o'rta ta'lim maktablari, 125 ta IDUM) o'rganildi. Shundan 1124 tasi (50,1%) “Zamonaviy maktab” maqomiga ega bo'ldi (210 ta 2-darajali va 914 ta 3-darajali).

♻️Quvonarlisi, hududlar kesimidagi umumiy reytingda yuqori uchlikda Toshkent shahri (89,7%), Buxoro viloyati (83,3%), Navoiy viloyati (79,3%) maktablari yuqori natijalarni qayd etishdi.

🔰Bugun Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida ana shu e'tirofga sazovor bo’lgan poytaxtimizdagi umumta'lim maktablari direktorlariga maxsus sertifikatlar tantanali topshirildi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Bugun Yangihayot tumanidagi 329-sonli umumta'lim maktabida tuman maktablarida faoliyat yuritayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirokida "Ma'naviyat — jamiyat ko'zgusi" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

🎥 Tafsilotlar bilan videolavhamiz orqali batafsil tanishing.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

➡️@Jadidmedia_rasmiy

🔴 Ijod maktablarida “Tasviriy sanʼat va chizmachilik” fani oʻrniga “Sanʼat” fani kiritish taklif etilmoqda.

Bunda faqat rasm chizish emas, balki rangtasvir, hunarmandchilik, kinematografiya, haykaltaroshlik va dizaynga oid koʻnikmalar oʻrgatiladi.


🚀 🔵 🎬 📷 🐤
➡️ myurls.co/jadid_media

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

🟥🟥🟥 🟥🟥🟥

📣 Yoshlarimiz uchun yangilik !

🧑‍💻 “Bir million o‘zbek dasturchilari” dasturiga qo‘shiling ochiq onlayn-platformadagi ajoyib bepul kurslar yordamida yuqori malakali dasturchiga aylaning !

📝 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://uzbekcoders.uz/

Keyingi avlod texnologiyasini o'rganishdagi muhim islohotiga qo'shiling. Bir million o‘zbek dasturchilari tashabbusi O‘zbekiston yoshlarini kelajak tili bilan ta‘minlaydi.


🟦 Bizning sahifalarimiz :

🟦 Telegram  | 🟦 Instagram
🟦 Facebook | 🟦 yia_toshkent">YouTube

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълимини ривожлантириш ва сифатини оширишга оид режалар тақдимоти билан танишди.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

📣📣📣 Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish vaqti belgilandi

❗️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 15-aprel kuni boshlanadi.

✅ Malaka sinovlari avval eʼlon qilingan manzillarda real vaqt rejimida test (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi.

⚡️ Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

👉 Test sinovlarini bajarish uchun:

➖ matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;

➖ qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.


👉 Malaka sinovlarining:

➖ birinchi bosqichida mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;

➖ ikkinchi bosqichda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

УЧТЕПА - ЧЕМПИОНЛАР ҲУДУДИ

Дарҳақиқат, сўнгги йилларда Учтепада ҳам спорт соҳасига катта эътибор берилмоқда. Бунинг натижаси ўлароқ кўплаб чемпионлар етишиб чиқмоқда ва Ватанимиз байроғини юксакларга кўтариб келмоқда.

Хусусан, 107-умумтаълим мактаби ўқувчилари Амир Аминов, Арслон Аминов ва Сарвар Қудратовлар Таиланднинг Пхукет шаҳрида жанг санъатлари бўйича Жаҳон кубогида спортнинг Джит Кун До тури бўйича иштирок этишиб, мутлоқ чемпионликни қўлга киритишди.

Бугун 107 мактабда Чемпионалар муносиб кутиб олинди.

Туман ҳокимлиги ғолиб ўқувчиларимизни табриклайди!



👉/channel/uchtepahokimligi

Web-site |facebook | instagram | youtube

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

🌿Ayni kunlarda mamlakatimiz bo'ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish yumushlari qizg'in davom etmoqda.

🌱Bugun Mirobod tumanidagi 328-sonli umumta'lim maktabida o'tkazilgan tadbir doirasida tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, setkor rahbarlari, maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari tomonidan manzarali va mevali daraxt nihollari o'tqazildi.

🍀Jumladan, loyiha doirasida ta'lim maskani bo'sh hududlariga 60 tup manzarali, 20 tup mevali daraxt ko'chatlari hamda 100 tup atirgul ekildi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Maktab o'quvchilarining bahorgi ta'tili ham o'z nihoyasiga yetmoqda. Ertadan umumta'lim muassasalarida to'rtinchi chorak dars jarayonlari boshlanadi.

🔰Yangihayot tumani “Yangi Darxon” mahallasida joylashgan 356-sonli umumta'lim maktabida o'quvchilarning ta'til vaqtini ma'zmunli va maroqli o'tkazishlari uchun turli fan, kasb-hunar hamda sport to'garaklarida mashg'ulotlar, jumladan, matematika, ingliz tili fanlaridan qiziqarli metodik darslar uyushtirildi. Ularda o'quvchi-yoshlar faol ishtirok etdilar.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Bugun Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Кengashining 3-majlisi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish shahar hududiy Kengashi a’zolari, poytaxtimizning tegishli tashkilot va idoralari rahbarlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Yig'ilish jarayonida Toshkent shahar hokimligining murojaatlar bo’limi boshlig’i N.Botirov Korrupsiyaga oid aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish to’g’risida ma’lumot berdi.

Shuningdek aniqlangan korrupsiya holatlariga alohida e’tibor qaratilib, ularning sabab va oqibatlari tahlil qilindi. Bu illatga qarshi kurashish yo’nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish bo’yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Qizaloqlarning sog'lom va nafis ulg'ayishlarida sport raqsining o'z o'rni bor, albatta.

🔰Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 7-sonli umumta'lim maktabi qoshida faooliyat olib borayotgan sport raqsi to'garagi a'zolari safi tobora kengayib borayotganligi ham bejiz emas.

🎥Bu haqda Sport teleknali ijodkorlari talqinida batafsil tanishing.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Taylandning Bangkok shahrida muay-tay bo'yicha XIX jahon chempionati o'z nihoyasiga yetdi.

❇️Nufuzli musobaqada poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 114-sonli umumta'lim maktabining 9-"G" sinf o‘quvchisi Shaxrizoda Mirzayeva ham munosib ishtirok etdi. U o'z vazn toifasida barcha raqibadarini yengib, oltin medalga sazovor bo'ldi va faxrli birinchi o'rinni egalladi.

🔰Quvonarlisi, umidli va yosh sportchi Shahrizoda Mirzayeva nufuzli musobaqada ikkinchi marta jahon chempioni, degan sharafli unvonni qo'lga kiritdi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Taekwondo (WTF) bo'yicha O'zbekiston karlar terma jamoasi Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahrida bo'ladigan jahon chempionatida ishtirok etish uchun jo'nab ketishdi.

🔰E'tiborlisi, mazkur nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladigan 16 ishtirokchidan 8 nafarini poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanidagi alohida ta'lim ehtiyoji bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 101-sonli maktab-internati tarbiyalanuvchilari tashkil etadi.

👍Fursatdan foydalanib, sportchi-yoshlarimizga omad tilaymiz.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Avval xabar qilganimizdek, poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 102-sonli alohida ta'lim ehtiyoji bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi maxsus maktab-internatlari o‘quvchilari uchun (ona tili va adabiyot, matematika, tarix va rus tili fanlaridan) Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi bo'lib o'tmoqda.

🔰Olimpiada Nizomiga ko'ra, kecha ishtirokchilar insho va yozma ish topshirishgandi. Bugun yurtimizning barcha viloyatlari, Toshkent shahri hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasidan kelgan 142 nafar oʻquvchi test sinovlarida ishtirok etishmoqda.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Bugun Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Nilufar Husanboyeva Mirzo Ulug’bek tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi rahbari Sherali Ikromov hamrohligida tumandagi 35-, 210- hamda 222-sonli umumta'lim maktablarida bo'ldi.

🔰Tashrif chog'ida mazkur ta'lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Pedagoglar hamda o'quvchilar bilan muloqot qilindi. Yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

👉 Firibgarlikning yangi turidan ogoh bo‘ling!

So‘nggi kunlarda Toshkent shahri hududida, fuqarolarga telefon orqali o‘zini “tergovchi” deb tanishtirib, ularga farzandi yo‘l-transport hodisasi sodir etganligini aytib, aldov yo‘li bilan pullarini o‘zlashtirganlik holatlari aniqlanmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Agar sizlarga nomaʼlum shaxslar qo‘ng‘iroq qilib, yaqin qarindoshingiz avtohalokat yoki boshqa noxush hodisaga sababchi bo‘lganligini aytib, aldov yo‘li bilan pul talab qilsa, ishonmang, zudlik bilan yaqin atrofdagi ichki ishlar idorasiga yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
Ogoh bo‘ling! Firibgarlar nayrangiga uchmang!

👉 Фирибгарликнинг янги туридан огоҳ бўлинг!

Сўнгги кунларда Тошкент шаҳри ҳудудида, фуқароларга телефон орқали ўзини “терговчи” деб таништириб, уларга фарзанди йўл-транспорт ҳодисаси содир этганлигини айтиб, алдов йўли билан пулларини ўзлаштирганлик ҳолатлари аниқланмоқда.
Ҳурматли фуқаролар! Агар сизларга номаълум шахслар қўнғироқ қилиб, яқин қариндошингиз автоҳалокат ёки бошқа нохуш ҳодисага сабабчи бўлганлигини айтиб, алдов йўли билан пул талаб қилса, ишонманг, зудлик билан яқин атрофдаги ички ишлар идорасига ёки 102 рақамига қўнғироқ қилинг.
Огоҳ бўлинг! Фирибгарлар найрангига учманг!

👉 Остерегайтесь нового вида мошенничества!

За последние дни на территории города Ташкента выявлены новые схемы мошенничества с присвоением денежных средств граждан. Мошенники представляются "следователями", и сообщают гражданам о том, что их ребенок якобы стал виновником дорожно-транспортного происшествия.
Уважаемые граждане! Если вам позвонят неизвестные лица и потребуют деньги, утверждая то, что ваши близкие родственники совершили или сами попали а ДТП, просим не верить и срочно обращаться в ближайший отдел внутренних дел или звонить по номеру 102. Будьте бдительны! Не поддавайтесь попыткам мошенников ввести вас в заблуждение.

💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 iibb_uz">Threads

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Kecha poytaxtimizning Mirzo Ulig’bek tumanidagi 148-sonli umumta'lim maktabida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining navbatdagi fuqarolar sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

❇️Unda 3 nafar fuqaroning maktablarning qurilishi va ta'mirlash ishlari bo'yicha murojaati, shuningdek, 4 nafar fuqaroning farzandlarini maktabga, 5 nafar ota-onaning esa o'g'il-qizlarini maktabgacha ta'lim tashkilotiga joylashtirish to'g'risidagi, 3 nafar fuqaroning maktabda ta'lim sifatini oshirish, 1 nafar fuqaroning esa maktabga ishga joylashish masalasida murojaatlari ko'rib chiqildi.

🔰Qabul davomida tuman aholisi tomonidan berilgan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Bugungi kunda poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 131-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida yuqori sinf o'quvchilarini kasb-hunarga yo'nalitirsh borasida talaygina ibratli ishlar amalga oshirilyapti.

🎥Bu haqda O'zbekiston 24 telekanalida namoyish etilgan maxsus teleko'rsatuv orqali batafsil tanishing.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅ Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 83-sonli umumta’lim maktabida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish yumushlari ko'tarinki ruhda amalga oshirildi.

➡️ Jumladan, xayrli va ezgu tadbirda tuman hokimi Anvar Sayfutdinov hamda sektor rahbarlari maktab jamoatchiligi bilan birga ishtirok etishdi.

🌿Loyiha doirasida maktab hududiga jami 130 tupga yaqin manzarali hamda mevali daraxt ko'chatlari va gul nihollari qadaldi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Yakkasaroy tumanidagi 26-sonli umumta'lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi "Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5148-son Qaroriga asosan, 5-, 6- va 7-sinf o'quvchilaridan jismoniy tayyorgarlik darajasi meʼyorlari qabul qilindi.

🎥Bu haqda Sport telekanali ijodkorlari talqinida batafsil tanishing.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Rasmiy munosabat

✅Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Yunusobod hamda Mirobod tumanidagi ayrim maktablarda o'qituvchilarning “Tashabbusli byudjet” loyihasi bo'yicha ovoz yig'ishga majburlanayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.


Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Ishchi guruhi o'rganish olib bordi. Unga ko'ra, xabarda tilga olingan holatlar poytaxt umumta'lim maktablarida aniqlanmadi va o'z isbotini topmadi.

Jumladan, Mirobod tumanidagi maktab o'qituvchilar telegramm guruhidagi yozishmalar “skrinshoti” esa 2023 yil sentyabr oyidagi eski xabar ekanligi ma'lum bo'ldi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Olmazor tumanidagi mavjud 31 ta umumta'lim maktab o'quvchilari o'rtasida "Yosh qutqaruvchi" ko'rik-tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi.

❇️Tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi binosida o'tkazildi. Tanlovning har bir sharti bo'yicha bahslar murosasiz va keskin kechdi. Yakunda 298-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari eng ko'p ball jamg'arib, faxrli birinchi o'rinni egalladi. Keyingi pog'onalardan 111- hamda 278-sonli maktab vakillari joy oldilar.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

⚡️Kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari

🔹yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
🔹elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
🔹ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
🔹ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
🔹shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
🔹ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
🔹buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
🔹kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.

💢Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslik tavsiya etadi.

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

🌿Mamlakatimiz bo'ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish yumushlari qizg'in davom etmoqda.

🌱Bugun Yakkasaroy tumanidagi 132-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida uyushtirilgan tadbir doirasida Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova, setkor rahbarlari, maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari tomonidan manzarali va mevali daraxt nihollari o'tqazildi.

🍀Xalqimizda “Ko‘chat ek, bog‘ yarat” degan naql bor. Chunki ekilgan ko‘chatlar unib-o‘sib chiroyli manzara hosil qilsa ham kishining dilini yayratib, ko‘zlarni quvontiradi, ham havoning sofligini taʼminlaydi. Xayrli tadbirda jajji bolajonlar ham faol ishtirok etganligi quvonarlidir.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Kuni kecha Ozarbayjonning Boku shahrida mental arifmetika bo'yicha o'tkazilgan xalqaro olimpiadada hamyurtlarimiz ham munosib ishtirok etishdi.

🔰Quvonarlisi, unda poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 186-sonli umumta'lim maktabining Feruza Imomova rahbarlik qilayotgan 2”V” sinf o'quvchisi Abdug'afur Qobilov faxrli birinchi o'rinni egallab, oltin medal bilan taqdirlandi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Bektemir tumanidagi 347-sonli umumta'lim maktabida TESOL sertifikatiga ega ushbu dasturning faol a'zosi Fariza Jumabaeva tomonidan seminar-trening o'tkazildi.

♻️Unda o'n besh nafar ingliz tili o'qituvchisi ishtirok etdi. Mashg'ulotlar dunyoda tan olingan yangi o'qitish usullari va metodlari asosida olib borildi.

🔰E'tiborlisi, o'qituvchilar treningda faol ishtirok etib, o'rganganlarini dars jarayonida amalda qo'llash ko'nikmalarini o'zlashtirishdi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅“Natijaga yo'naltirilgan uzluksiz ta'limni joriy etish tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Yakkasaroy tumanidagi 118-sonli umumta'lim maktabida davom ettirildi.

➡️Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad ta‘lim jarayonini tashkil etish, metodik ta'minotni mustahkamlash, o'quvchilarni baholash va ularning yechimlari muammolariga yechim topish hamda ularni amaliyotga joriy qilishdir.

🔴Metodik marafonning amaliy qismida yo'nalishlar boʻyicha sho'balarda mahoratli trenerlar tomonidan ya'ni
🔹Matematik savodxonlikni rivojlantirish;
🔹Tabiiy va ilmiy savodxonlikni rivojlantirish;
🔹Oʻqish savodxonligini rivojlantirishning metodik shakllari mavzularida master klasslar tashkil etildi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

📣 Malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi

❗️Joriy yilning mart-may oylarida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagoglar uchun malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari maʼlum boʻldi.

👉 Ushbu manzillar roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Президент Шавкат Мирзиёев Наманганда ифторлик қилди

Президент Шавкат Мирзиёев провел ифтар в Намангане

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…
Subscribe to a channel