Тошкент шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси. Манзили: 100000. Тошкент шаҳри Мустақиллик кўчаси 69 уй. Электрон манзили: t.toshkent_shxtbb@exat.uz Телефон — (+998) 71 237 08 01
✅Kuni kecha Rossiyaning Kemerovo shahrida Vladimir Kvint nomidagi "Yosh strateglar maktabi" harakatining an'anaviy III xalqaro anjumani bo'lib o'tdi.
❇️Unda Olmazor tumanidagi 191-sonli umumta'lim maktabi direktori Shoira Bagirova ham ishtirok etdi. Anjumanda turli mintaqalardagi ta'lim dargohlaridan tashrif buyurgan pedagoglar va o'quvchilar o'zaro tajriba almashib, strategiya sohasidagi bilimlarini yanada boyitishga muvaffaq bo'ldi.
— Yosh avlodni strategik bilimlarini oshirish bugungi kunda muhim va dolzarb, sababi iqtisodiyotning barcha sohalarida strategik qobiliyatni ishga solish orqaligina muvaffaqiyatga erishish mumkin, — deydi akademik V.Kvint.
🔰Shuningdek, anjumanda professor Irina Novikova hamda hukumat vakillari ham qatnashdi. Kemerovo shahri hukumati tomonidan 191-maktab jamoasiga o'quvchilarning faolligi uchun minnatdorlik xati topshirildi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Yangi O'zbekistonning birinchi zamini — o'qituvchilar.
🔰Kuni kecha O'zbekiston 24 telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan maxsus reportaj Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabida yaratilgan shart-sharoitlar, yangi imkoniyatlar hamda ta'lim sifati va samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarga bag'ishlandi.
🎥Marhamat, Siz ham tanishing.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Hozirgi kunda Mirobod tumanida yigirma yettita davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat ko'rsatmoqda. Ular orasida ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda ibratli ishlarni amalga oshirayotganlari talaygina.
❇️Nilufar Muhammedova rahbarlik qilayotgan 345-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o'tgan seminar-trening ham sohada yangiliklarni amalga tatbiq etish, jumladan, “Ilk qadam” davlat dasturi asosida ta'lim sifatini oshirish masalalariga bag'ishlandi.
🔰Unda tumandagi barcha davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari ishtirok etishdi. Tadbir doirasida tajribali pedagoglar tomonidn mahorat darslari o'tkazildi, o'zaro tajriba almashildi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Mirobod tumani o'quvchilari o'rtasida "Turon" maktab teatri Respublika tanlovining 2-sektor maktab saralash bosqichi bo'lib o'tdi.
❇️Tanlovda maktab jamoalari uchta shart asosida o'z qobiliyatlarini namoyish qilishdi. Yakunda 100-maktab vakillari eng ko'p ball jamg'arib, faxrli birinchi o'rinni egalladi. Shuningdek, 328- va 94-sonli maktab o'quvchilari keyingi pog'onalarni band etishdi.
🔰Endi g'olib va sovrindorlar tuman bosqichida o'z omadlarini sinovdan o'tkazadilar.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
Rasmiy munosabat
✅Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Yunusobod tumanidagi maktablardan birida o'quvchilardan bayramlar munosabati bilan pul yig'imlari amalga oshirilayotgani haqida xabar chop etildi.
Mazkur holat Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Ishchi guruhi tomonidan o'rganildi. Unga ko'ra, xabarda tilga olingan holat aniqlanmadi va o'z isbotini topmadi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
Rasmiy munosabat
✅Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Yunusobod tumanida joylashgan 259-sonli maktabdagi doska, parta, stol va stul kabi boshqa ehtiyoj uchun zarur bo'lgan jihozlarning yaroqsiz holatga kelib qolgani va boshqa ayrim muammolar yuzasidan shikoyat qilingan xabarlar chop etilgandi.
Yuqoridagi holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi. Yunusobod tumanidagi 259-sonli umumta'lim maktabidagi holat to'liq boshqarma nazoratiga olingan. Haqiqatan mazkur ta'lim muassasasi mukammal ta'mirlashga muhtoj. Bu haqda tegishli tartibda yuqori turuvchi mas'ul tashkilotlarga murojaat qilingan. Davlat Investitsiya dasturi asosida mukammal ta'mirlanishi va maktab to'liq zamonaviy jihozlanishi ko'zda tutilgan. Bu esa mazkur maktabda ta'lim sifati va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
Rasmiy munosabat
✅Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Chilonzor tumanining 16-mavze hududida joylashgan 164-maktabiga kirishning qo'shimcha eshigini yopgani uchun asosiy kirishdagi darvoza oldida tirbandlik kuzatilayotgani xabar qilingandi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi shuni ma'lum qiladiki, Chilonzor tumanidagi 164-sonli umumta'lim maktabi 1050 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, hozirda 1700 nafardan ziyod o'quvchi ta'lim olyapti.
O'quvchilar xavfsizligini ta'minlash, dars jarayonlariga xalaqit qilmaslik hamda boshqa noxush holatlar oldini olish maqsadida maktabning qo'shimcha eshiklari kunning ma'lum qismida ochiladi. Jumladan, birinchi smenada soat 7.30 dan 9.00 gacha hamda ikkinchi smenada esa 12.50 dan 13.50 gacha o'quvchilarning maktabga kirib chiqishiga ruxsat etiladi. Hozirgacha maktab asosiy darvozasi oldida tirbandlik holati kuzatilmaganligini bildiramiz.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Xabaringiz bor, umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovi e’lon qilingan edi.
❇️Kecha Mirobod tumanida mazkur tanlovning 1-sektor maktab saralash bosqichi bo'lib o'tdi.
⚡️Tadbir tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
👉Unda maktab jamoalari 3 ta shart asosida bahslashdilar:
1-o'rin — 158 - maktab
2-o'rin — 214 - maktab
3-o'rin — 154-maktab.
🔰Endi 158- va 214-maktab jamoalari tuman bosqichida ishtirok etishadi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Kuni kecha Samarqand viloyatida ona tili, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili fanlari bo'yicha Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi o‘tkazildi va g‘oliblar aniqlandi.
❇️Quvonarlisi, unda poytaxtlik umumta'lim maktablari o'quvchilari ham munosib ishtirok etdilar. Jumladan, nemis tili fanidan Mirobod tumanidagi 60-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi o'quvchisi Aliyeva Farida Fuad qizi, fransuz tilidan Yunusobod tumanidagi 51-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi o'quvchisi Abdurazaqova Mohinur Dilshod qizi eng yuqori ball to'plab, faxrli birinchi o'rinni egalladi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 249-sonli umumta'lim maktabida o'quvchilar bilimini boshlang'ich sinflardayoq mustahkamlash, o'z iqtidorini namoyish etishlari uchun ular o'rtasida turli tanlovlar uyushtirishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.
🎥Bu haqda Yoshlar telekanali ijodkorlari talqinida batafsil tanishing.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
Ayrim sabablarga ko‘ra maktab yoki kollejni tugatmaganlar diqqatiga
🎯 Ma’lum vaziyat va holat sababli maktab yoki kollejni tugata olmadingiz, lekin oliy oʻquv yurtida oʻqishni istaysiz va buning uchun sizga shahodatnoma kerak. Bunday vaziyatda sizga eksternat yordam beradi.
✅ Buning uchun siz 1-martdan 1-maygacha ariza topshirishingiz zarur. Sahifamizga obuna boʻling, keyingi postlarda ushbu xizmat haqida batafsilroq maʼlumot beramiz.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
✅Xalqimiz bahorni, yasharish va yangilanish fasli – Navro‘zi olamni hamisha orziqib, intizorlik bilan kutadi. Ushbu bayram mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillarining sevimli bayramiga aylangan.
🌷Mirobod tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida ham "Navro'z - nafosat bayrami! " shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda milliy urf-odat va an'analarimiz tarannum etilgan raqslar tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki ruh baxsh etdi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 60-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti jajji tarbiyalanuvchilari uchun unutilmas xayrli tadbir o'tkazildi.
🌿Tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, sektor rahbarlari, maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari mazkur ta'lim tashkilotiga tashrif buyurishdi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida turli mevali va manzarali daraxt, buta va gul nihollari o'tqazildi.
🔰Quvonarlisi, unda jajji o'g'il-qizlar ham faol ishtirok etib, ezgu ishga o'z hissalarini qo'shdilar.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Bugungi kunda pedagog va o'qituvchilarni moddiy qo'llab-quvvatlash o'z samarasini bermoqda. Maktablarda ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda bu ayniqsa qo'l kelmoqda.
♻️O'zbekiston 24 telekanali ijodkorlarining Chilonzor tumanidagi 200-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi faoliyatiga bag'ishlab tayyorlagan maxsus ko'rsatuvida ham aynan shu jihatlarga alohida urg'u berib o'tildi.
🎥Marhamat, mazkur ko'rsatuvni e'tiboringizga havola qilamiz.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
Апрелда ҳарорат меъёр атрофида, ёғингарчилик бўйича меъёрдан кам ва меъёрдаги ёғин кутилмоқда
Апрель ойи қуруқ ва ўртача илиқ об-ҳаво билан бошланади. Биринчи беш кунликда ҳаво 15-20 даража илиққача исийди, кечалари ҳарорат 5-10 даража илиқ атрофида бўлади. Ойнинг биринчи ўн кунлигининг иккинчи ярмида ҳарорат асосан кечалари 8-13 даража илиқ, кундуз кунлари 18-23 даража илиқ бўлади.
Ойнинг иккинчи ва учинчи ўн кунликларида ҳарорат кечалари 2-7 даража илиқдан 10-15 даража илиққача, кундуз кунлари 13-18 даража илиқдан 25-30 даража гача ўзгариб туради.
Ой давомида ёғингарчилик жойларда меъёрдан кам ва меъёр атрофида бўлади.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
✅Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovi e’lon qilingan edi.
🎭Ushbu tanlovning Chilonzor tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlov nizomiga asosan maktab jamoalari 3 ta shart asosida bellashdilar.
🔰Yakuniy natijalarga ko'ra, 179 - maktab jamoasi 1-o'rinni egalladi. Ikkinchi pog'onadan 280- va 162-maktab o'quvchilari joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikni 281-, 195- va 126- maktab vakillari yakunlab berishdi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 298-sonli umumtaʼlim maktabida "Turon" maktab teatri Respublika tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
♻️Unda maktab jamoalari 3 ta shart asosida bellashdilar. Yakunda eng ko'p ball jamg'argan 249-maktab o'quvchilari faxrli birinchi o'rinni egallashdi. Ikkinchi o'rin 111-, uchinchi o'rin esa 298- hamda 243-maktab vakillariga nasib etdi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
#Nocomment
#TALIS
Xalqaro TALIS 2024 tadqiqotining asosiy so’rovnoma jarayonlari
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅Bugungi kunda "Kitob kuni" yuzdan ortiq mamlakatlarda turli xil uyushmalarga birlashgan odamlar tomonidan nishonlanadi.
❇️Har yili “2-aprel — Xalqaro bolalar kitoblari kuni”ga bag’ishlangan turli tashabbuslar va tadbirlar soni ko’paymoqda. Shunday tadbirlardan biri Toshkent shahar Bolalar kutubxonasida o'tkazildi. Unda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Zuhriddin Isomiddinov, Yashnobod tumanidagi 206-maktab oʻquvchilari qatnashdi.
🔰Tadbir davomida xushovoz xonandalar Sanjar Usmonov, Sardor Bekmurodovlar oʻzlarining kuy-qoʻshiqlari bilan barchaga koʻtarinki ruh va oʻzgacha kayfiyat baxsh etishdi. Kutubxonada kitob yarmarkasi ham tashkil qilinib, tashrif buyuruvchilar jahon va oʻzbek adabiyotining eng sara namunalaridan xarid qilish imkoniga ega boʻldi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Bektemir tumanida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilar oʻrtasida "Turon" teatr tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
❇️Tanlovda umumtaʼlim maktab jamoalari sahnada oʻz mahoratini namoyish etib, teatr va sanʼat sohasiga qiziqishlarini ifoda etishdi. Oʻquvchi yoshlar oʻrtasida teatr sanʼatini ommalshtirish, har-bir umumtaʼlim maktabida teatr jamoalarini shakillantirib doimiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsad qlingan.
🔰Tanlov yakunida gʻolib hamda sovrindorlar tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan taqdirlandilar.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Xabaringiz bor, shu kunlarda umumta’lim maktablarining 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovi tuman bosqichlari qizg'in davom etmoqda.
🔰Jumladan, mazkur tanlovning Yashnobod tuman bosqichi ham yuksak saviyada uyushtirildi.
🎥Bu haqda O'zbekiston 24 telekanali ijodkorlari talqinida batafsil tanishing.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
Rasmiy munosabat
✅Yaqinda ijtimoiy tarmoq sahifalarida Toshkent shahridagi 103-sonli maktab o'qituvchisi Yu.P. ning o'z o'quvchilarini nafsoniyati va shaxsiyatiga tegib, haqorat qilib kelayotgani to'g'risida xabar chop etilgandi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi. Boshqarma mas'ul xodimi Chilonzor tumanidagi 103-maktabda bo'lib, maktab direktori, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari, psixolog ishtirokida matematika o'qituvchisi Yu.P. bilan suhbatlashdi.
Suhbat davomida maktabning matematika fani o'qituvchisi Yu.P. ga o'quvchilar bilan muloqot chog'ida ovoz ohangini ko'tarmaslik, o'quvchilarning shaxsiyatiga tegmaslik yuzasidan ogohlantirish berildi va tushuntirish xati olindi. Yu.P. ga nisbatan maktab rahbari tomonidan intizomiy jazo qo'llanilganligini ma'lum qilamiz.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
Rasmiy munosabat
✅Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Toshkent shahridagi 5-sonli maktabning o'qituvchisi o'quvchini haqoratlab, urgan videosi tarqalgan edi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Ishchi guruhi o'rganish olib bordi. Unga ko'ra, Yunusobod tumani 5-sonli umumta'lim maktabida 9-sinf o'quvchisi dars jarayonida musiqa yoqib, raqsga tushishni boshlagan. Shu paytda o'qituvchi U.A. bir necha bor o'quvchilarni ogohlantirib, tartibga chaqirgan. Ammo qolgan o'quvchilar ham U.A.ning takroriy tanbehlariga qaramasdan darsga xalaqit berib, uning ustidan kulishgan. Bu holat o'qituvchi sha'niga ta'sir ko'rsatganligi sababli, u jahl ustida bolani yuziga shapaloq tortib yuborgan.
Bu holat yuzasidan maktab ma'muriyati ichki tekshiruv o'tkazib, tarix fani o'qituvchisi U.A. bilan suhbat olib borgan. O'qituvchi U.A. o'z xohishiga ko'ra, ishdan bo'shash haqida ariza yozgan. Maktab ma'muriyati o'qituvchi bilan tuzilgan shartnomasini bekor qilgan.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
📈Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi yakuniga yetti.
⏺Joriy yil 24-31-mart kunlari 16 ta fandan (Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, Informatika va axborot texnologiyalari, Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili, Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Tojik tili, Qozoq tili, Geografiya va Tarix) , ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi maxsus maktab-internatlari o‘quvchilari uchun 4 ta fandan Ona tili va adabiyot, Matematika, Tarix, Rus tili va adabiyoti fanlaridan Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi o‘tkazildi va g‘oliblar aniqlandi.
🕯Olimpiada yakuniy natijalariga ko‘ra o‘rinlar soni hududlar kesimida yuqorida rasmda ko’rsatilgan.
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Eksternat uchun qanday tartibda ariza topshiriladi?
Eksternning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
-Baholar (oʻzlashtirish) tabeli (agar mavjud boʻlsa);
-pasport nusxasi, ekstern pasport olmagan boʻlsa, uning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi (asli koʻrsatilgan holda);
- Eksternning ismi, familiyasi o'zgargan bo'lsa tasdiqlovchi hujjat;
-Oxirgi o'qigan ta'lim muassasasidan arxiv ma'lumotnoma.
Diqqat: Hujjatlar Toshkent shahar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi (Olmazor tumani, 2-Chimboy (Talabalar) ko'chasi 96-uy)ga topshiriladi.
Hujjatlarni qabul qilish 2024-yil 1-martdan, 2024-yil 25-aprelgacha davom etadi.
Murojaatlar uchun telefonlar: +998-55-511-55-44 (200)
Ariza qoldirgan fuqaro murojaat holatini maxsus bot orqali tekshirishi mumkin.
Ma'lumot o'rnida: Boshqarma faqat 11-sinf doirasida eksternlarning arizalarini ko'rib chiqadi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
✅Poytaxtimizning Yashnobod tumani umumta'lim maktablarining 5-9-sinf o'quvchilari o'rtasida “Eng yaxshi kitobxon o'quvchi“ ko'rik- tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
❇️Unda mavjud 33 ta umumta'lim maktabidan 25 nafar kitobxon o'quvchi o'z bilimlarini sinovdan o'tkazdi.
🔰Yakunda sakkiz nafar o'quvchi hakamlar tomonidan alohida e'tirof etilib, turli nominatsiyalar bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Jumladan, 198-maktabning 8-sinf o'quvchisi Nazokat Odilova "Eng ijodkor o'quvchi" , 30-maktabining 9-sinf o'quvchisi Bahora Botirboyeva "Eng tirishqoq kitobxon", 152-maktabning 8-sinf o'quvchisi Ominabonu Tohirboyeva "Eng zukko kitobxon" nominatsiyalariga sazovor bo'ldi.
👍Tanlovda eng ko'p — 60 ball jamg'argan 244-maktabning 8-sinf o'quvchisi Shaxboz Komiljonov birinchi o'rinni egallab, shahar bosqichiga yo'llanma oldi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Olam nurga to'lsin sen bilan Navro'z!
💐Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 478-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o'tkazilgan tadbir ana shunday nomlandi.
🎥Tafsilotlar bilan Yoshlar telekanali ijodkorlari talqinida batafsil tanishing.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Bahorning ilk oyi bayramlarga boyligi bilan qalblarni to'lqinlantiradi. Jumladan, poytaxtimiz maktabgacha va maktab ta'lim muassasalarida umumxalq bayrami — Navro'zi olam shodiyonalari zo'r uyushqoqlik bilan o'tkazildi.
❇️Kuni kecha Yunusobod tumanidagi 191-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida jajji bolajonlar uchun uyushtirilgan bayram tadbiri ham fikrimiz tasdig'idir.
🔰Ota-onalar bilan hamkorlikda tashkil etilgan tantanalarda xalqimizning azaliy qadriyatlari yana bir bor ulug'landi, bolajonlar tomonidan tayyorlangan badiiy dastur esa barchaga manzur bo'ldi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizdagi Tashkent International University of Education hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamkorligida mazkur universitet rektor olimpiadasi o'tkazilganini xabar qilgandik.
❇️Kecha olimpiada ishtirokchilarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. G‘olib va sovrindorlar (1-25 o‘rin sohiblari)ga erishgan yutuqlari uchun TIUE universitetida o‘qish uchun grantlar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, universitet 50 ball va undan yuqori ball toʻplagan olimpiada ishtirokchilarini kirish imtihonlarisiz talaba sifatida qabul qilishga tayyorligini maʼlum qildi.
🔰Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5-6 mart kunlari Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilaridan 201 nafari matematika va ingliz tili fanlari bo'yicha tashkil etilgan rektor olimpiadasida ishtirok etdi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
Умумий ўрта таълим муассасаларида якуний давлат аттестацияси ўтказиш тартиби тасдиқланди
Унга кўра, 9-синф ўқувчиларининг якуний давлат аттестацияси:
➖Она тили ва адабиёти фанидан — ёзма;
➖Давлат тили (таълим тили ўзбек тили бўлмаган синфлар учун)дан — ёзма;
➖Математика фанидан — ёзма;
➖Ўзбекистон тарихи фанидан — ёзма/оғзаки;
➖Жисмоний тарбия фанидан — амалий шаклда ўтказилади.
11-синф ўқувчиларининг якуний давлат аттестацияси:
➖Она тили ва адабиёти фанидан — ёзма (иншо);
➖Математика фанидан — ёзма;
➖Давлат тили (таълим ўзбек тилида олиб борилмайдиган умумий ўрта таълим муассасалари учун, таълим муассасаси танлови асосида)дан — ёзма ва оғзаки;
➖Чет тили фанидан — ёзма/оғзаки;
➖Ўзбекистон тарихи фанидан — ёзма/оғзаки;
➖(Ўқувчининг танлови бўйича) Кимё, Физика, Давлат ҳуқуқ асослари, География фанларидан — ёзма шаклда ўтказилади.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк